Научная статья на тему 'DRAMADA PSIXOLOGIK TASVIR'

DRAMADA PSIXOLOGIK TASVIR Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
60
6
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
drama / qahramon / ruhiy holat / badiiy tasvir / remarka / xarakter / badiiy obraz / konflikt / dialog / funktsiya / kontekst / badiiy nutq / konflikt / ijodiy jarayon. / drama / hero / state of mind / artistic image / remark / character / artistic image / conflict / dialogue / function / context / artistic speech / conflict / creative process.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Rustamova, Ibodat Ikramovna

Mazkur maqolada drama qatnashchilarining ruhiy holatinining berilish usulllari va o’ziga xosligi haqida fikr yuritiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

PSYCHOLOGICAL IMAGERY IN THE DRAMA

This article discusses the ways and peculiarities of the mental state of drama participants.

Текст научной работы на тему «DRAMADA PSIXOLOGIK TASVIR»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

(E)ISSN:2181-1784 www.oriens.uz 3(10), October, 2023

DRAMADA PSIXOLOGIK TASVIR

Rustamova Ibodat Ikramovna

FarDU adabiyotshunoslik kafedrasi dotsenti, filologiya fanlari doktori

ANNOTATSIYA

Mazkur maqolada drama qatnashchilarining ruhiy holatinining berilish usulllari va o'ziga xosligi haqida fikr yuritiladi.

Kalitso'zlar: drama, qahramon, ruhiy holat, badiiy tasvir, remarka, xarakter, badiiy obraz, konflikt, dialog, funktsiya, kontekst, badiiy nutq, konflikt, ijodiy jarayon.

ABSTRACT

This article discusses the ways and peculiarities of the mental state of drama participants.

Key words: drama, hero, state of mind, artistic image, remark, character, artistic image, conflict, dialogue, function, context, artistic speech, conflict, creative process.

KIRISH

Pssixologik tasvir asar ishtirokchilarning ruhiy holatidir. Drama qatnashchilarining ruhiy holatini haqqoniy tasvirlash sahna asarining hayotiy chiqishini taminlaydi. Nasriy asarda muallif hikoyachi nutqi orqali psixologik tasvimi istagan o'rinda berishi mumkin. Qahramon ruhiy olamining emotsional xususiyatlari orqali muallif kitobxonga ta' sir qilishi, uni shu holatga olib kirishi mumkin.

Drama keskin vaziyatlar, ruhiy kechinmalar kurashidir, shu sababli dramada qahramon ruhiy olamini tasvirlash asosiy masalalardan biridir. Muallif imkoniyatlari cheklangan dramatik turda muallif psixologik tasvirni qanday vositalar yordamida beradi? Uning o'ziga xos xususiyatlari nimadan iborat?

"Drama qahramoni odamdir, dramada odam ustidan voqea, hukmronlik qilmaydi, balki voqea ustidan inson hukmronlik qiladi, inson o'z irodasi bilan voqeani istagancha yakunlaydi, unga istagancha xotima beradi.1

Inson ruhiyatining nozik tomonlarini ta'sirli va ishonarli berib borish dramaturgdan juda katta mahorat talab etadi. Drama xarakterlar, ruhiy kechinmalar kurashining asosiga quriladi. Ayniqsa, dramada ko'p qo'llanilgan kollizion

1 Ee^HHCKHH B.r. TaHraHraH acapmp. T., 1955. 144-145-6eT.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(10), October, 2023

konfliktda inson ruhiyatidagi keskin kurashlar o'z ifodasini topadi. Psixologik tasviming dramatik asarlarda o'z o'rni, o'z ahamiyati bor.

Nasriy asarda qahramon ruhiy holatining ko'p o'rinlari muallifning bayoni orqali beriladi.

"Ana o'shanda Elchinning qalbida yovuz bir fikr uyg'ondi. Xomidiy aynan unga jinnixonaga, aynan xojatxonaga osilishi kerak edi, hukm qildi. Faqat hukm ijrosi kechikdi. Elchin Anvar ishlagan institutga borib, Homidiyni ko'rib ham keldi. Uning ko'zlari aylanib, tilini tishlagan holda hojatxonada osilib turishini juda-juda istadi".2

Keltirilgan muallif - hikoyachi nutqida asar qahramoni Elchinning ruhiy dunyosidan o'tgan o'ylari, kechinmalari berildi. Ammo dramada aynan shu funktsiya asar ishtirokchilarining zimmasiga yuklatiladi; ayrim o'rinlarda muallif remarkasi yordamida berib boriladi. Dramada qahramon psixologik holatga tomoshabin oldida kirishishi shart, aynan Shu xususiyat nasriy asar qahramonidan uni farqlaydi. Qahramon ruhiy kechinmalarini berayotganda, dramaturgdan sahna imkoniyatlarini hisobga olishi, psixologik vaziyatni yaratishi talab etiladi. Shu vaziyatda tomoshabinni ishontirishi, ko'niktirishi zarur. Nasrda muallif birdaniga kitobxonni psixologik kechinmalar olamiga olib kirishi, so'ngra bo'lib o'tgan kechinmalarni tahlil qilishi mumkin.

NATIJALAR

Dramatik asarda badiiy psixologizmni aks ettirish ijodning eng muhim vav murakkab jihati sanaladi. SHuning uchun bu jarayonni badiiy aks ettirishda drama bosh qahramonining faoliyati muhimdir. Mazkur maqolada aynan shu jihatlar o'rganiladi va ilmiy xulosalar chiqariladi. Maqolaning ilmiy ahamiyati ham ana shu jihatlari bilan belgilanadi.

Psixologik tasvir haqida gap ketganda, ong oqimi haqida albatta to'xtalib o'tish o'rinlidir. Chunki badiiy xarakter yaratishda ong oqimi qahramonlarning ruhiy dunyosini, psixologiyasini ochib berishda katta ahamiyatga ega. Inson ruhiyatining kechinmalari, ziddiyatlari bilan bog'liq bo'lgan badiiy adabiyotda ong oqimi psixologik tasvir masalasini o'rganilishi zarur bo'lgan muammo sanaladi. Shuning uchun ham o'zbek adabiyotShunosligida psixologik tahlil vositalari ichki monolog, ruhiy kolliziya, psixologik parallelizmlar, psixologik portretlar bir qancha ishlarda o'rg anib chiqilgan.3

2 Малик Т. Шайтанат. 3-китоб. -Т., 1997. 227-бет.

3 Кушжонов М. Абдулла Кодирийнинг тасвирлаш махорати. -Т.: Фан, 1996; Умуров Д. Бадиий психологизм ва хозирги узбек романчилиги. -Т.: Фан, 1983; Шодиев Н. Рухият рассоми. -Т., 1971; Йулдошев Б. Проблемы психологического анализа в узбекской советской прозе. (Внутренний монолог в романах А.Кадыри, Айбека,

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(10), October, 2023

Odatdagi psixologik tasvirda so'zsiz munosabatlar, xatti-harakat, so'zlash yo'sini, nutqning alohida ifodalari, portret xarakteristikasi kabilardan qahramonlarning ijtimoiy, individual axloqiy xususiyatlarini, ya'ni ularning botiniy va zohiriy olamini ochishda vosita sifatida foydalaniladi, bulaming barchasini muallif amalga oshiradi.

MUHOKAMA

Demak, nasrda psixologik tahlilni muallif amalga oshirar ekan, muallif aralashuvini hazm etmaydigan dramaturgiya janrida psixologik tahlil va tasvir qanday amalga oshiriladi? Dramaturgiyada, eng avvalo, psixologik vaziyat yaratilib, so'ngra psixologik tasvir turli vositalar yordamida amalag oshirilishi shart.

Psixologik vaziyat asar qahramonining ruhiy holatga tushishi, ya'ni ruhiy qiynoqlar, azoblar, quvonch va shodliklarga tomoshabinni ishontirishidir. Qachonki qahramonning insoniy fazilatlari, uning irodasi, dunyoqarashi u tanlagan yo'lga munosib tushgandagina, tomoshabin muallif tomonidan berilgan psixologik tasvirga, yaratilgan psixologik vaziyatga ishonishi mumkin. Psixologik vaziyat esa qahramon xarakter mantiqiga mos tushishi zarur.

Qahramon xarakterining shakllanishida muallif kontseptsiyasini amalga oshirishda, asar dramatizmining yuz berishida psixologik tasvirning ahamiyati katta.

Keyingi yillar dramaturgiyasiga nazar tashlasak, adabiyotning barcha turlari kabi, bu turda ham inson ruhiy olamiga kirib borish, inson qalbining nozik tomonlarini ochish, qisqasi, psixologik dramalar yaratishga katta ahamiyat berildi. Chunki tezkor hayot aynan shu narsani talab etmoqda. O'zbek dramaturgiyasida O'.Umarbekovning "Shoshma quyosh" (1978), "Arizasiga ko'ra" (1982), "Kuzning birinchi kuni" (1981), "Komissiya" (1974) dramalarida psixologik holatlarga katta o'rin berilgan. Muallifning "Qiyomat qarz" (1976) dramasi ham xuddi shunday dramalar sirasiga kiradi.

Drama bosh qahramoni Sulaymon ota - halol, mehnatsevar, birovning haqqidan qo'rqadigan, to'g'ri so'z, imoni but, nuroniy chol. O'g'lidan urush tufayli ajragan ota qishloqqa ishlash uchun borgan No'monjon ismli vrach yigitni asrab oladi. No'monjonga butun mehr-muhabbatini ko'rsatib xotini Zebi bilan yeru ko'kka ishonmay yashaydilar. Baxtga qarshi urush boshlanib, No'monjonni ham urushga olib ketishadi. No'monjon otaga o'z puliga ikkita qo'y olib beradi. Yillar o'tadi, ammo asrandi o'g'ildan darak bo'lmaydi, qo'ylar to'rt yuztaga yetadi.

A.Kaxxapa, A..3Ky6oBa). KaH.gncc. M., 1982; HopMaTOB y. Kenarn KyHHMH3HHHr xa^o^ Ba TepaH Tax™™. ÀgaÔHëT Ba camaT HampnëTH, 1988, 509-6eT; ^ypaeB T. OHr orhmh Ba TacBHpnräHK. -T.: ®aH, 1994. 106-6.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(10), October, 2023

No'monjonni tirik ko'rish, nabirali bo'lish, elga dang'illama to'y qilib berish orzusi bilan yashagan Zebi xola ham olamdan o'tadi. Yolg'iz qolgan Sulaymon otaning qalbini ikki narsa yemira boshlaydi. Biri Zebining so'ng so'zi - vasiyati bo'lsa, ikkinchis asrandi yigitdan qolgan qo'y - qiyomat qarz edi. Aynan shu hayotiy voqea drama syujetiga asos bo'ladi, asar dramatizmini yuzaga keltiradi. Keltirilgan ikki voqea hayotda Shunday olinganda, hech qanday dramatizm emas edi, u asarda Sulaymon otaning milliy psixologiyasi dramatizm darajasiga ko'tarildi.

Kuzatishlarimizdan shu narsa ma'lum bo'ldiki, dramatik asarda badiiy psixologizmning berilish Muallif rivoya tarzi boshqa asarlardagi kabi hikoyachi bayoni, tasnifi orqali emas, obrazlar replikasi va dialoglar ko'rinishida shakllangan bo'ladi. Badiiy voqelikni tashkillashda dramatik asarda remarkaning o'rni beqiyos va o'ziga xosdir.

Dramada psixologik tasvirni haqqoniy ifodalash qahramon ishtirok etayotgan muhitga, dramatik vaziyatga bog'liqdir. Nasriy asarlarda psixologik tasvir bevosita muallif aralaShuvi orqali amalga oshirilishi, birdaniga bayon etilib berilishi mumkin. Ammo dramada psixologik tasvir ishtirokchilarning aralaShuvlari orqali amalga oshiriladi.

O'.Umarbekovning "Qiyomat qarz" dramasi bosh qahramoni Sulaymon otaning psixologik holati ishonarli tasvirlab berilgan. Chunki muallif psixologik holatga kirishi uchun zarur bo'lgan muhitni yarata olgan.

Sulaymon ota - halol, mehnatsevar, birovning haqqidan hazar qiladigan nuroniy chol. Yolg'iz farzandidan ajrab qolgan ota, qishloqqa vrachlik qilish uchun kelgan No'monjon ismli yigitni o'z farzandi singari mehr qo'yib, frontga jo'natadi, u ketayotib otaga ikkita qo'y olib beradi. Yillar o'tib qo'ylarning soni to'rt yuztaga yetadi. Urush tugasa ham, asrandi o'g'ildan darak bo'lmaydi. To'rt yuzta qo'yni "qiyomat qarz"ni o'z egasiga topshirish Sulaymon otaning tinchini, oromini oladi. Psixologik tasvirning birinchi bosqichida ruhiy vaziyat yaratildi. Shundan so'ng bosh qahramon qator ruhiy kechinmalarni boshidan kechiradi. Ruhiy vaziyat yaratilib, bosh qahramon ruhiy holatga kirishadi. Qo'ylarning egasiga topshirish hissi, Zebining vasiyatini ado etish mas'uliyati dramada psixologik tasvirini yuzaga kelishiga asos bo'ldi.

Sulaymon otaning murakkab o'zbekona xarakteri psixologik holatlarini yuz berishiga sabab bo'ldi. Muallif drama syujetida bu narsalarga qanday erishdi?

Ruhiy kechinmalar asosan dramaning ikkinchi ko'rinishidan boshlanadi. Sulaymon ota o'lib ketgan umr yo'ldoshi Zebi bilan xayolan uchrashadi. Berilgan

XULOSA

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(10), October, 2023

remarka yordamida bosh qahramon o'tmishini eslaydi. Qo'ylaming qolib ketishi ham, Zebining vasiyati ham hali hayotda dramatizm emas edi. Sulaymon otaning xarakteridan kelib chiqib asarda haqiqiy dramatizm yaratildi.

Ikkita qo'y o'z-o'zidan to'rt yuzta bo'lib qolgani yo'g, Sulaymon ota ularni parvarish qildi, qaradi. Qo'ylarning ko'payishida Sulaymon otaning mashaqqatli mehnati yotadi. Aslida No'monjon qaytib kelib qo'ylarni talab qilganda, o'iib ketgan deb ikkita qo'yning pulini berishi ham mumkin edi. Ammo Sulaymon ota xarakteridagi o'zbekona halollik - milliy psixologiya murakkab psixologik vaziyatni yaratishga sabab bo'ladi. Boshqa millat kishilari kabi o'tib ketgan kishilarning vasiyatini bajarish o'zbeklar uchun ham qarz, ham farzdir. Yuqoridagi muammolarni hal etishda bosh qahramon xarakteri bo'rttirilib, drama konfliktini rivojlantirishga olib keladi. Sulaymon ota ikki o't o'rtasida qoladi.

Drama kolxoz pravleniyasidagi majlis bilan boshlanadi. Unda Drama kolxoz pravleniyasidagi majlis bilan boshlanadi. Unda Sulaymon otaning qo'ylarini jamoa xo'jaligiga olib qo'yishi haqida gap bo'ladi. Bu taklif Sulaymon otaning eski dardlarini qo'zg'atishga turtki bo'ladi. Bosh qahramonning o'ylanishiga, iztirob chekishiga, Zebi bilan xayolan uchraShuviga sabab bo'ladi. Zebining vasiyati ham, qo'ylarning Sulaymon otaning qo'lida qolib ketishi ham hali dramatizm emas edi. Sulaymon otaning milliy xarakteri uni dramatizm darajasiga olib chiqadi. Muallif xuddi Shu narsalar asosida, ya'ni hayotiy voqelik orqali insoniy dramatizmni ochgan. Majlisdagi gaplar Sulaymon otaning tinchini yo'gotadi. U endi o'zi bilan o'zi so'zlashar, o'tmishga, Zebi bilan kechgan damlar iga qaytardi.

Dramada tasvirlangan remarka yordamida Sulaymon otaning kayfiyati qanday ekanligini bilib olish mumkin.

"Sahna ayvondan iborat. Bir yog'i hovliga chiqadi, bir yog'i uyga tutashgan. Uyning eshigiga qulf osig'liq. To'rda pastak so'ri. Sulaymo n ota ayvonga kirib xayol bilan o'tiradi.

Nimanidir axtarib, hammayoqqa qaraydi. Ko'p o'tmay bir bo'g'cha ko'tarib chiqadi. So'ri ustida uni ochadi. Bo'xcha xotinining kiyimlaridan iborat.

Sochvon, paranji, eski mahsi.., dorpech. Chol ularni birpas ko'rib taxlaydi, bo'xchani tugadi".4

Keltirilgan remarkadan joyning tasviridan tashqari, Sulaymon otaning Zebining eslashiga ishora qilinadi, tomoshabinga malumot beriladi. Sochvon, paranji, eski mahsi, dorpech detallari Zebining qaysi zamonda yashagani haqida malumot beradi. Demak, yuqoridagi detallar Sulaymon otaning xayolida Zebining gavdalanishidan darak beradi.

4 yma khto6. 83-6et.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(10), October, 2023

Muallif remarkani davom ettirib; "Yana xonaga kirib, eski bir qutini ko'tarib chiqdi. Uning ichini titkilaydi. Qandaydir qog'ozlar, xatlar ichidan k ichkinagina tugun chiqadi. Qidirgan narsa Shu edi. SHoshib ochadi. Bu yangi chust do'ppi, shohi qiyiqcha"5

Bu bilan yana kimningdir eslaganiga ishora beriladi. Sulaymon otaning ruhiy holati, uning iztiroblari detallar yordamida tiklanadi. Keltirilgan birinchi remarkada keksaygan Zebining obrazi xayolan tiklansa, ikkinchi remarkadagi kiyilmagan do'ppi, bog'lanmagan qiyiq bosh qahramon armonlarini yanada kuchaytirib yuboradi. Keltirilgan remarka yordamida muallif Zebini sahnaga olib chiqadi. Assotsiativ syujet yordamida Sulaymon ota xayolida kechgan o'ylar sahnada gavdalantiriladi. Asar remarkasida berilgan detal - tugun, eedi jonli muloqotda ishtirok etadi. Uning mohiyati Zebining nutqida ochiladi.

"Zebi xola: No'monjonga atab oldim buniyam!

Sulaymon ota: Obbo, sen-ey. Yaxshi, yaxshi.

Zebi xola: Siz bo'lsangiz kimmiz, unga deysiz.

Urushdan keyin kelaman degan, sizlar bilan turaman degan.

Kelmasa... kelmasa... (yig'laydi).

Sizni kimga tashlab ketaman? Huvillagan hovlida bir o'zingiz..."6

Muallif inson qalbidagi e'zozlanishi zarur bo'lgan nozik qirralarni topgan. Sulaymon ota uchun yorug' dunyoda Zebidan, uning vasiyatidan ko'ra azizroq narsa yo'g. Xuddi Shu holatni dramada ishonarli ochib beradi. Bu muloqotni hech bir kitobxon va tomoshabinni befaqr qoldirmayd i. O'zligidan, huzur-halovatidan kechib, Sulaymon ota No'monjonni qidirishga tushib ketadi. Ichki dramatizmni kuchaytirish maqsadida muallif qo'y detalini No'monjon obraziga olib borib taqaydi. Zebining ham, Sulaymon otaning ham suyangan kishisi No'monjon edi. Ayniqsa, Zebi xola uni tez-tez o'ylar, faqat yaxshi orzular qilar edi. Zebining orzu -istaklari tomoshabinning orzu-istaklariga aylanib qoladi.

"Zebi xola: No'monjonning to'yini ko'rsam devdim.

Sulaymon ota: Ko'rasan, keladi u. Shundaqangi to'y qilamiz ki, butun Zarkat gumburlab ketsin. Hali u bola-chaqali bo'ladi. Ularni kim qaraydining, kim boqadi o'zing bo'lmasang? O'zing boqasan. Bolalari ko'p bo'ladi. Fotima-Zuhra, Hasan-Husan, Tohir-Zuhra...7

Ularning o'zaro dialoglaridan keyin Zebi xola sahnada ko'rinmaydi. Sahna qorong'ilashib ketadi. Amalga oshmagan orzular, armonga aylanib, bosh

5 yma KHTo6. 83-6eT.

6 yMap6eKOB y. CaräaHMa. -T., 1985, III tom, 84-6. KeHHHra KynnpMa^ap my MaH6agaH o^HHagn.

7 yma KHTo6. 84-6eT.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(10), October, 2023

qahramonning yanada keskin konfliktlar kurashiga olib boradi. Dramatizm yanada kuchaytiriladi. Muallifning navbatdagi remarkasida u yaqqol ko'rinadi.

"Sahna yorishadi. Sulaymon ota do'ppiga tikilgancha o'tiribdi. Keyin boshini ko'taradi. Xatlarni yig'ishtirib bir qo'yniga, do'ppi qiyiqchani tugib, ikkinchi qo'yniga soladi-da, ayvondan chiqib ketadi "8

Bosh qahramon yuqoridagi dialog va remarkalar yordamida murakkab psixologik holatni boshidan kechiradi. Sulaymon ota ichki tug'yon natijasida No'monjonni qidirishga, topishga bel bog'laydi. Zebining ruhi oldidagi javobgarlik, qiyomat qarzni egasiga topshirishini oldidagi mas'uliyat unga sira tinchlik bermayotgan bir vaqtda, poezddagi yuz bergan voqealar uning ruhiyatiga yanada kuchli ta' sir etadi.

Dramaturg No'monjonni qidirish jarayonida hayotiy muammolarni ham Sulaymon ota atrofida, uning qarashlari yordamida tahlildan o'tkazadi. Sulaymon ota faqat o'zining tashviShu quvonchi bilan o'ralashib qolgan shaxs emasligini ko'rsatib beradi.

Sunday qilib, dramada ruhiy holat bosh qahramon yoki ishtirokchilarning nutqi orqali beriladi. Muallif ishtirokini xazm etmaydigan dramada ruhiy holatni remarkada berilishi drama janrining o'ziga xosligini ta'minlaydi.

REFERENCES

1. Rustamova Ibodat Ikramovna. Rhythm Views on the Plot of the Work / / Badiy asar syujetida ritm ko'rinishlari. // International Journal of Innovative Research. -India,June, 2021, -P. 8355-8357. Impast-faktor.7.512.

2. Rustamova Ibodat Ikramovna.ROVI FUNCTION IN THE STRUCTURE OF THE WORK//Asar strukturasida roviy funksiyasi//EPRA International Journal of Multidisciplinary Research (IJMR) - India, May, 2021, -P. 624-66. . Impast-faktor.

3. Rustamova Ibodat Ikramovna. PORTRAIT AND ITS ARTISTIC-AESTHETIC FUNCTION IN THE WORKS OF ABDULLA QAHHOR//Abdulla Qahhor asarlarida portretning badiiy-estetik funksiyasi//AMERICAN JOURNAL OF SOCIAL AND HUMANITARIAN RESEARCH. -America, December, 2021, -P. 230-234. Impast-faktor. 8.047

4. Rustamova Ibodat Ikramovna. NATIONAL DETAIL AND NATIONALISM IN ARTINTERPRETATION OF VALUES(ON THE EXAMPLE OF ULUGBEK HAMDAM'S NOVEL "FATHER") // Badiiy asarda milliy detallar tahlili(U.Hamdam "Ota" romani misolida // AMERICAN JOURNAL OF SOCIAL AND HUMANITARIAN RESEARCH. -America, December, 2021, -P. 196-198.

8 Yma khto6. 84-6eT.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

(E)ISSN:2181-1784 www.oriens.uz 3(10), October, 2023

5. Gafurovich, S. A. (2021). Analysis Of The Poem" Autumn Dreams" By Abdulla Oripov. The American Journal of Social Science and Education Innovations, 3(01), 556-559

6. Sabirdinov, A. (2021). ASKAR KASIMOV IN THE UZBEK POETRY OF THE XX CENTURY THE ROLE AND IMPORTANCE OF CREATION. Konferentsii, 1(2).

7. Rustamova I. Abdulla Qahhor hikoyalarida roviy pozitsiyasi va funktsiyasi // "Adabiyotshunoslikning nazariy muammolari" mavzusidagi . ilmiy-nazariy anjuman. -Toshkent: Fan, 2022. -yanvarb.-B. 120-125.

8. Rustamova I. Abdulla Qahhor hikoyalarida ritm va uning o'ziga xosligi // FarDU. Ilmiy xabarlar - Nauchnbiy vestnik FerGU. -2021yil, 6-son. -B. 190-193.

9. Rustamova I. Abdulla Qahhor hikoyalarida roviy pozitsiyasi va funktsiyasi. Adabiyotshunoslikning dolzarb muammolari. Respublika ilmiy-nazariy onlayn anjumani materiallari. - Toshkent, 2022, -B. 52-55.

10. Rustamova I. Badiiy obraz va uning tarbiyaviy ahamiyati.//"Kadrlar tayyorlash milliy dasturida boshlang'ich ta'limning yangicha tizimi va mazmunini shakllantirish masalalari" Xalqaroro ilmiy-amaliy anjuman materiallari. 1-qism. -Farg'ona, 2010. -B. 27-30.

11. Rustamova I. Badiiy ijodda o'xshatish va uning ahamiyati. //Filologiyaning dolzarb muammolari. Xalqaro ilmiy-nazariy anjuman materiallari. - Farg'ona, 2013 yil. -B. 45-50.

12. Gafurovich, S. A. (2021). Analysis Of The Poem" Autumn Dreams" By Abdulla Oripov. The American Journal of Social Science and Education Innovations, 3(01), 556-559.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

13. Sabirdinov, A. (2021). ASKAR KASIMOV IN THE UZBEK POETRY OF THE XX CENTURY THE ROLE AND IMPORTANCE OF CREATION. Конференции, 7(2).

14. Sabirdinov, A. (2019). Sketches to the novel "Night and day" by Chulpan. Scientific journal of the Fergana State University, 1(6), 119-120.

15. Sabirdinov, A. G. (2021). Interpretation of Characters in Utkir Hoshimov's Story "Yanga" International Journal of Multicultural and Multireligious Understanding, 8(6), 196-200.

16. Oripova, G. (2019). UZBEK POETRY AND THE WORLD LITERATURE IN THE YEARS OF INDEPENDENCE. Scientific Journal of Polonia University, 32(1), 116-120.

17. Oripova Gulnoza Murodilovna. (2019). THE PECULIARITIES OF VAZN METER IN UZBEK POETRY OF THE INDEPENDENCE PERIOD. International

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(10), October, 2023

Journal of Anglisticum. Literature, Linguisitcs and Interdisciplinary Studies. Volume: 8 /Issue:2/. - Macedonia, 2019. -P.33-39.

18. Murodilovna, O. G. (2020). Melody and musicality in Lirycs. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 10(11), 656-664.

19. Oripova G. M., Tolibova M. T. Q. Composition Of Modern Uzbek Stories //The American Journal of Social Science and Education Innovations. - 2021. - Т. 3. - №. 03. - С. 245-249.

20. Oripova, G. (2020, December). RHYTHM AND MYTHING IN LYRICAL GENRE. In Конференции.

21. Oripova, G. (2019) "Traditions of folk ballads and distinctiveness of uzbek poetry of independence period," Scientific journal of the Fergana State University: Vol. 2 , Article 12.

22. Oripova, G. M. (2021). Genesis And Essence Of Genre Concept. The American Journal of Social Science and Education Innovations, 3(12), 90-94.

23. Oripova, G. M., & Abdurasulova, N. A. Q. (2022). O'ZBEK NASRIDA URUSH MAVZUSI VA "YO'QOTILGAN AVLOD" MUAMMOSI. International scientific journal of Biruni, 1(2), 213-220.

24. Oripova, G., & Alijanova, M. A. Q. (2022). ASQAD MUXTORNING "CHINOR" ROMANIDA AYOL PORTRETINING BADIIY-PSIXOLOGIK ASOSLARI. International scientific journal of Biruni, 1(2), 221-226.

25. Oripova, G., & Ibrohimova, G. (2022). SIROJIDDIN SAYYID IJODIDA MUMTOZ MUSHTARAKLIKLAR. International scientific journal of Biruni, 1(2), 251-255.

26. Oripova, G. M., Akhmadjonova, O. A., Kholmatov, O. U. U., & Muminova, T. S. (2022). INTERPRETATION OF MOTHER IMAGE IN LITERATURE. International scientific journal of Biruni, 1(2), 304-309.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.