DIRIJYORNING ORKESTR VA ANSAMBL PARTITURALARI BILAN
ISHLASH USULLARI
Navbaxor Xamraqulovna Xasanova
JDPU
Annotatsiya: Dirijyor butun orkestr jamoasini boshqaradi, jamoaviy musiqa ijrosining uyg'unligi, badiiy va texnik mukammalligini ta'minlaydi. Mazkur maqolada dirijyorning sozanda va xonandalar bilan munosabati, orkestr, ansambl jamoalarini boshqarish uslubi, tartibi haqida fikr-mulohazalar bildirilgan.
Kalit so'zlar: orkestr, dirijyor, ansambl, sozanda, partitura, opera, repetitsiya, repertuar, kompozitor
METHODS OF WORKING WITH ORCHESTRA AND ENSEMBLE SCORE
OF THE CONDUCTOR
Navbakhor Khamrakulovna Khasanova
JSPU
Abstract: The conductor directs the entire orchestra, ensures harmony, artistic and technical perfection of collective music performance. This article gives feedback on the conductor's relationship with musicians and singers, the style and procedure of managing orchestras and ensembles.
Keywords: orchestra, conductor, ensemble, musician, score, opera, rehearsal, repertoire, composer
Yetuk madaniyatli, taraqqiy etgan jamiyatni shakllantirish davom etayotgan bugungi kunda milliy an'analarimiz bo'lmish musiqiy merosni o'rganish, yoshlarning ma'naviy salohiyatini, dunyoqarashini oshirish muhim vazifalardan hisoblanadi. Bu esa barcha sohalar singari dirijyorlik sohasida ham sezilarli ahamiyatga egadir. Bu o'rinda dirijyor - rahbarning o'rni kattadir. Chunki, har bir dirijyor - rahbar badiiy jamoa ishini tashkil etish, ta'lim - tarbiya, ijrochilik mahorat, repertuar tanlash orqali g'oyaviy, siyosiy, ijodiy saviyasini oshirishga qaratilgan dolzarb masalani ro'yobga chiqaradi.
Musiqa san'atida dirijorlik noyob va murakkab turlardan bo'lib, o'zining serqirraligi bilan ajralib turadi. Dirijyor va kompozitor, ijrochilar jamoasi (orkestr), xonanda va sozandalar bilan ijodiy muloqoti natijasida, chinakam musiqa san'ati namunalarini tinglovchilar e'tiboriga havola etadi. Opera - simfonik dirijyorligi
nihoyatda serqirra va murakkab soha bo'lib, ijodkordan yuksak kasbiy bilim va mahoratni, keng tafakkur, dunyoqarashn, qolaversa, kasbiy fidoiylikni talab etad.
Ansambl ijrochiligida dirijyor oldindan akkordlar bilan musiqa asarining tezligini, ritm urg'usini, boshi yoki ko'zlari imo-ishoralari bilan ko'rcatib typran, gohida oyoq zarblari bilan ham o'ziga yordam bergan. Bunday uslubdagi dirijyorlik XVII asrning oxiri va XVIII asrnish boshlarida operada keyinroq esa konsert amaliyotida mustahkamkam o'rin oladi.
Dirijyorlikning o'ziga xos uslubi va xususiyatlari mavjud. G'ayrat Abrorov "Dirijyorlik san'ati " nomli kitobida dirijorlik texnikasi haqida shunday ma'lumotlar beriladi: "Dirijorlik kursini olib boruvchi pedagog oldida talabada dirijorlik texnikasining uch turini rivojlantirish va takomillashtirish vazifasi turadi: a) repetitsiya oldi texnikasi; b) ijrochilik yoki dirijorlik texnikasi, v) repetitsiya o'tkazish texnikasi. Dirijorlik texnikasining bunday tarkibiy qismlarga ajratilishi, albatta, shartlidir, chunki ta'lim jarayonida ham, dirijyorning professional faoliyatida ham umumiy ish jarayonidan uning alohida unsurini boshqalariga tegmagan holda ajratib olish qiyin."[1]
Orkestr bilan ishlashda dirijyor tartibli, qa'tiy, talabchan, sabr-toqatli va partiturani yaxshi bilishi lozim.
Orkestr bilan ishlash usullarni tanlashda ko'plab omillarga qarab ish tutadi. Masalan, repetitsiya sharoitlari, ularning sifati, orkestr malakasi, dasturning murakkablik darajasi, asarlar uslubi, ular orkestrga ma'lum yoki ilk bor ijro etilayonganligi, dirijyor orkestrning doimiy rahbari yoki faqat safar paytida u bilan ishlashi, va nihoyat, dirijyorning o'ziga xosligi - uning ijodiy qiyofasi, xususiyatlari, tajribasi va boshqa ko'plab omillar orkestr bilan ishlash uslubini tanlashga bevosita ta'sir ko'rsatadi. Murakkab va ma'suliyatli repetitsiyalar jarayonidagi asosiy maqsad— ijro rejasini orkestrning jonli yangrashida amalga oshirishga yo'naltiriladi.
Orkestr bilan olib borilayotgan ish jarayoni qiziqarli bo'lishi, dirijyor orkestr a'zolarida mashq qilishga ishtiyoq uyg'ota olishi va ular asarni o'zlashtirishdan qoniqish hosil qilishlarini ta'minlashi lozim. Buning uchun dirijyor orkestming barcha a'zolariga nisbatan bir xil muomalada bo'lishi shart. Dirijyor mohir ijrochilarga yaxshi munosabatda bo'lib, boshqalarga esa e'tibor bermasa, bu umumiy ishga juda katta salbiy ta'sir ko'rsatadi. Dirijyor yaxshi musiqachilarga ham, yomoniga ham bir xilda munosabat ko'rsatishga qodir bo'lishi kerak. Orkestrning fazilatlaridan qat'iy nazar barcha sozandalarga nisbatan bir xilda e'tiborli bo'lish ish uchun eng qulay va sog'lom muhit yaratadi. Shu bois orkestr bilan doimiy ishlovchi dirijyor har bir musiqachining fe'li, dunyoqarashi, fazilat va kamchiliklarini yaxshi bilishi tahsinga loyiq. Bu ob'ektiv ma'lumotlarni hisobga olish orkestr bilan ishlashni yengillashtiradi.
Fransuz dirijori Igor Markevich dirijorning roli haqida shunday yozadi: "Haqiqiy dirijor o'z musiqachilariga yot bo'lgan har qanday teatrallikdan voz kechib, butunlay
o'z ixtiyorida bo'lishi kerak. Orkestr yoki xor dirijorligi, bir vaqtning o'zida san'at, fan va boshqaruvdir" [2]
Asarni o'rganish chog'ida dirijor anglab yetishi lozim bo'lgan masalalar ko'lami juda kengdir. G. Neygauz aytganidek: «Ijrochi qaysidir ma'noda ham tarixchi, ham nazariyotchi bo'lishi kerak». Haqiqatan ham kompozitor yashab, ijod qilgan davr, uning tarjimai holi, dunyoqarashini o'rganish, o'sha davr san'ati bilan tanishish -ijrochiga kompozitor yaratgan obrazlarni yaxshiroq tushunish, uning maqsadlarini anglashga yordam beradi. Bu jarayon davomida olingan ma'lumotlar muayyan bir tayanch bo'lib xizmat qiladiki, unga tayangan dirijor partitura ustida yanada samaraliroq ishlashi mumkin. Ma'lumki, har bir dirijorning partitura bilan tanishish borasida o'z uslubi bor: kimdir uni fortepianoda chalib ko'radi, boshqasi faqat ko'zi bilan o'qib, ichki eshitish qobiliyati yordamida musiqa yangrashini tasavvur qiladi, yana kimdir magnit yozuvlarni eshitib, partitura bilan solishtiradi.
Shundan ko'rinib turibdiki, dirijorning ijrochi va talqinchi sifatidagi vazifalari uning oldiga juda murakkab masala, muallif nazarda tutgan mulohazalarni tushunib, uning fikrlarini to'g'ri talqin etish muammosini ko'ndalang qo'yadi.
O'zbekistonda ilk dirijyorlar orasida F.V.Leysek, N.Mironov, V.Uspenskiy kabi iste'dodli dirijyorlar yetishib chiqqan. O'zbek davlat filarmoniyasi, Navoiy nomidagi opera va balet teatri, Muqimiy nomidagi o'zbek musiqali drama teatrida simfonik orkestrlar tashkil etilgach, N.Olimov, A.Kozlovskiy, M.Ashrafiy, B.Inoyatov, M.Nasimov, T.Sodiqov, F.Shamsutdinov, A.Abduqayumov, D.Abdurahmonova, 3.Haqnazarov, G'.To'laganov, N.Xalilov, H.Shamsutdinov, B.Rasulov singari dirijyorlar yetishib chiqib, o'zbek dirijyorligi san'atini rivojiga o'z salmoqli hissalarini qo'shmoqdalar.
Xulosa o'rnida shuni aytish joizki, dirijyorlik sohasi o'ziga xos fidokorlik, mas'uliyat, talabchanlik talab etiladigan soha hisoblanadi. Har bir orkestr yoki ansambl repertiarining boyligi, har bir asarning mukammal ijro etilishi va muxlislar olqishiga sabab bo'lishida birinchi navbatda dirijyorning mehnati kattadir.
Bugungi kunda O'zbekistonda bir necha simfonik orkestrlar mavjud bo'lib, bular qatoriga O'zbekiston milliy simfonik orkestri, O'zbekiston yoshlar simfonik orkestri, O'zbekiston davlat konservatoriyasi qoshidagi musiqali -teatr studiyasi simfonik orkestrlarini kiritish mumkin. Shu bilan bir qatorda, A.Navoiy nomidagi DAKT va rus musiqali komediya va operetta teatrlari orkestrlari ham faoliyat yuritmoqda. Mazkur jamoalar xalqimizga O'zbekiston va jahon kompozitorlarining eng sara va noyob ijod mahsullarini yetkazishda jonbozlik ko'rsatib, muxlislar olqishiga sazovor bo'lmoqdalar.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. G'. Abrorov. Dirijyorlik san'ati. Toshkent - 2019 y. 5-b.
2. N.A. Kolesnikova. Osnovti teorii i metodiki obucheniya dirijirovaniyu. Vladimir. 2012 y. 147-b.
3. B. Azimov. Dirijyorlik amaliyoti. Toshkent. 2010 y.
4. K.Azimov. O'zbekiston dirijyorlari. Toshkent. 2001y.
5. M.Qurbonova. Dirijyorlik asoslari. Dirijyorlik. Qo'qon. 2022 y.