Научная статья на тему 'DINIY BAG‘RIKENGLIKNING HUQUQIY ASOSLARI'

DINIY BAG‘RIKENGLIKNING HUQUQIY ASOSLARI Текст научной статьи по специальности «Право»

19
7
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Область наук
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «DINIY BAG‘RIKENGLIKNING HUQUQIY ASOSLARI»

Tashkent State Technical University The Constitution of the Republic of Uzbekistan is a Legal Guarantee of the Establishment of a Civil Society and a People-Friendly State

Volume 4 | TSTU Conference 1 | 2023 O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi -fuqarolik jamiyati va xalqparvar davlat barpo _etishning huquqiy kafolati

DINIY BAG'RIKENGLIKNING HUQUQIY ASOSLARI

N. Y. Jo'raboev

TDTrU dotsenti

I.B. Mirzaev

TDTrU o'qituvchisi

O'zbekiston turli dinlarga mansub qadriyatlarni asrab-avaylashga, barcha fuqarolarga o'z e'tiqodini amalga oshirish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratib berishga, dinlar va millatlararo hamjihatlikni yanada mustahkamlashga, ular o'rtasida qadimiy mushtarak an'analarni rivojlantirishga alohida e'tibor qaratayotgan mamlakatdir.

Diniy bag'rikenglik borasida fikr yuritar ekanmiz, albatta bu kalimalarning lug'aviy va istilohiy ma'nolarini tushinib olishimiz kerak bo'ladi. «Bag'rikenglik» ("tolerantlik") so'zi deyarli barcha tillarda bir xil yoki bir-birini to'ldiruvchi -bag'rikenglik, chidamlilik, bardoshlilik, toqatlilik kabi ma'nolarga ega deyish mumkin.

Ma'lumki, har yili 16 noyabr kuni jahonda xalqaro bag'rikenglik (tolerantlik) kuni sifatida nishonlanadi. Shu kuni 1995 yilda Birlashgan Millatlar tashkiloti (BMT)ning maorif, fan va madaniyat masalalari bilan shug'ullanuvchi ixtisoslashgan muassasasi - YuNESKOga a'zo davlatlar "Bag'rikenglik tamoyillari Deklaratsiyasi"ni qabul qildi. Ushbu hujjatga ko'ra, bag'rikenglik siyosiy-huquqiy ehtiyoj bo'lib, u inson huquqlari, plyuralizm, demokratiya va qonun ustuvorligi ta'minlanishiga xizmat qiladi. Mazkur Deklaratsiyada e'tiqod va vijdon erkinligiga ham e'tibor qaratilgan bo'lib, uning 1-moddasida, bag'rikenglik o'zimiz yashab turgan dunyo madaniyatining boy va xilma-xilligi, inson individualligining namoyon bo'lish shakllari va usullarini hurmat qilish, uni qabul qilish va to'g'ri tushunish hamda vijdon va e'tiqod erkinligi sifatida izohlangan. Glaballashuv kuchayib borayotgan hozirgi davrda dinlar, ayniqsa, islom dinidagi bag'rikenglik tamoyillarini yoritish va yoshlar ongiga singdirish muhim vazifa hisoblanadi. Binobarin, "Bag'rikenglik tamoyillari Deklaratsiyasi"da ta'kidlanganidek: "Bag'rikenglik bo'lmasa, tinchlik bo'lmaydi, tinchliksiz esa taraqqiyot va demokratiya bo'lmaydi"[1]. Shu ma'noda aytganda, diniy bag'rikenglik g'oyasi — xilma-xil diniy e'tiqodga ega bo'lgan kishilarning bir zamin, bir Vatanda, olijanob g'oya va niyatlar yo'lida hamkor

December 1-7, 2023 Republican Scientific and Practical Conference

39

Tashkent State Technical University The Constitution of the Republic of Uzbekistan is a Legal Guarantee of the Establishment of a Civil Society and a People-Friendly State

Volume 4 | TSTU Conference 1 | 2023 O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi -fuqarolik jamiyati va xalqparvar davlat barpo _etishning huquqiy kafolati

hamda hamjihat bo'lib yashashini, tolerantlik esa chidamlilik, sabr-toqatiilik, bardoshlilik, kelishuvchanlik, qayishqoqlik, ochiq ko'ngillik, kengfe'llik, shu bilan birga "birlik — xilma-xillikda" prinsipining keng miqyosda amalga oshishini anglatadi.

Ma'lumki, Ikkinchi jahon urushi yillari O'zbekistonga urush uchoqlaridan ota onasidan yetim qolgan minglab bolalar olib kelindi. Aslida O'zbekistondagi ahvol ham urush sabab juda og'ir bo'lishiga qaramay, bolajon o'zbek xalqi bu bolalarni quchoq ochib kutib oldi va eng oxirgi burda nonini birga baham ko'rdi. Ular o'zbek oilalarida tarbiyalanib ulg'aydi va o'qib, jamiyatda turli kasb hunar egalariga aylandi.

O'zbekistonga urush yillarida olib kelingan yetim bolalar ichida turli xil millat va xatto nemis bolalari ham bor edi. Bag'rikeng o'zbek xalqi bu bolalarga o'zini bolasidek mehr ko'rsatdi. Shu sababdan bo'lsa kerak, bu bolalar o'zbek xalqiga va O'zbekistonga sadoqat bilan xizmat qilishdi.

Hozir ham yurtimizda 130 dan ortiq turli millat va elat vakillari va 16 xil diniy kanfessiyaga mansub xalqlar tinch va osoyishta hayot kechirmoqda. O'zbek xalqining bunday bag'rikengligi va shu kabi insoniy fazilatlari muqaddas dinimizning ma'naviy buloqlaridan sug'orilgan bo'lsa, huquqiy poydevori esa qonunlarimiz bilan kafolatlangandir. Buni isboti o'laroq respublikamiz Prezidenti topshirig'i bilan besh marta "Mehr"- insonparvarlik missiyasi o'tkazildi. Uning doirasida 530 nafardan ziyod fuqarolar, avvalo, ayollar va bolalar Yaqin Sharq va Afg'onistondagi qurolli nizolar hududlaridan yurtimizga qaytarildi. O'zbekiston birinchi marta diniy masalalar bo'yicha «alohida xavotir uyg'otuvchi» davlatlar ro'yxatidan chiqarildi.

Bosh qomusimizda mamlakatimizda yashayotgan barcha millat vakillari millati, tili, e'tiqodi, ijtimoiy holatidan qat'iy nazar O'zbekiston halqini tashkil qilishi va ularning huquq va manfaatlari, shuningdek, e'tiqod erkinligi mustahkamlangan. Jumladan, O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 19-moddasiga ko'ra:"O'zbekiston Respublikasida insonning huquq va erkinliklari xalqaro huquqning umume'tirof etilgan normalariga binoan hamda ushbu Konstitutsiyaga muvofiq e'tirof etiladi va kafolatlanadi. Inson huquq va erkinliklari har kimga tug'ilganidan boshlab tegishli bo'ladi.

O'zbekiston Respublikasida barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bo'lib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, e'tiqodi, ijtimoiy kelib chiqishi, ijtimoiy mavqeidan qat'i nazar, qonun oldida tengdirlar. Imtiyozlar faqat qonunga muvofiq belgilanadi va ijtimoiy adolat prinsiplariga mos bo'lishi shart"[2], - deb qayd etilgan. Asosiy qonunimizda ushbu

1-7, 2023

https://tstu.uz/ Republican Scientific and Practical Conference

Tashkent State Technical University The Constitution of the Republic of Uzbekistan is a Legal Guarantee of the Establishment of a Civil Society and a People-Friendly State

Volume 4 | TSTU Conference 1 | 2023 O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi -fuqarolik jamiyati va xalqparvar davlat barpo _etishning huquqiy kafolati

huquqning aks ettirilishi mamlakatimizda insonlarning vijdon va e'tiqod erkinligi ta'minlanishining asosi bo'lib xizmat qilmoqda. Bu qoida Asosiy Qomusimizning 75-moddasida:"Diniy tashkilotlar davlatdan ajratilgan hamda qonun oldida tengdirlar. Davlat diniy tashkilotlarning faoliyatiga aralashmaydi. Davlat qonunda belgilangan tartibda faoliyat ko'rsatayotgan diniy tashkilotlar faoliyatining erkinligini kafolatlaydi"[3], - deb aniq-ravshan ifoda etilgan.

Shubhasiz, istiqlol yillarida erishgan eng katta boyligimiz - xalqimizning tinch va osuda hayotidir. Mamlakatimizda iste'qomat qilayotgan barcha millat va elat vakillarining o'z ona tilida o'qishi uchun keng imkoniyatlar yaratilgani, oliy o'quv yurtlari, kasb-hunar kollejlari, akademik litsey va maktablarda barcha millat vakillari uchun teng shart-sharoitlar yaratilgani, ko'plab tillarda gazeta va jurnallar chop etilib, teleko'rsatuv va radioeshittirishlar olib borilayotgani bu boradagi faoliyatning yaqqol dalilidir. Mustaqillik yillarida respublikamizda yuzlab masjidlar, cherkovlar, sinagoga va ibodat uylari qurildi va qayta ta'mirdan chiqarildi. Ular qatorida Toshkentdagi "Hazrati Imom" majmui, viloyat markazlaridagi jome' masjidlar, Toshkentdagi Rus pravoslav cherkovlari, shuningdek, buddaviylik ibodatxonasi, Samarqanddagi Arman Apostol cherkovi, Koraqalpog'iston Respublikasidagi "Sultan Uvaysbobo" va "Muhammad Norimjoniy" ziyoratgohlari, "Panteylemon" cherkovi va boshqalarni ko'rsatish mumkin. Bularning barchasi dinlararo bag'rikenglik va millatlararo totuvlikning ko'rinishidir.

O'zbekistonda diniy bag'rikenglik va millatlararo totuvlik tarixiy ildiz va mustahkam qonuniy asoslarga ega bo'lib, dunyoviy davlat va din orasidagi munosabatlarning mustahkam huquqiy asoslari yaratilgan. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 35-moddasida:"Hamma uchun vijdon erkinligi kafolatlanadi. Har kim xohlagan dinga e'tiqod qilish yoki hech qaysi dinga e'tiqod qilmaslik huquqiga ega. Diniy qarashlarni majburan singdirishga yo'l qo'yilmaydi"[4], - deb belgilangan. Ushbu moddani amalga oshirish mexanizmi 1998 yil 1 mayda qabul qilingan "Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to'g'risida"gi Qonunida keng yoritib berilgan. Uning 3-moddasiga ko'ra, Vijdon erkinligi fuqarolarning har qanday dinga e'tiqod qilish yoki hech qanday dinga e'tiqod qilmaslikdan iborat kafolatlangan konstitutsiyaviy huquqidir. 1998 yil 1 mayda qabul qilingan "Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to'g'risida"gi Qonunida keng yoritib berilgan. Uning 3-moddasiga ko'ra, Vijdon erkinligi fuqarolarning har qanday dinga e'tiqod qilish yoki hech qanday dinga e'tiqod qilmaslikdan iborat kafolatlangan konstitutsiyaviy huquqidir[5]. Shuningdek, Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasining 18-moddasida: "Har bir inson fikr, vijdon va

1-7, 2023

https://tstu.uz/ Republican Scientific and Practical Conference

Tashkent State Technical University The Constitution of the Republic of Uzbekistan is a Legal Guarantee of the Establishment of a Civil Society and a People-Friendly State

Volume 4 | TSTU Conference 1 | 2023 O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi -fuqarolik jamiyati va xalqparvar davlat barpo _etishning huquqiy kafolati

din erkinligi huquqiga ega,bu huquq o'z dini yoki e'tiqodini o'zgartirish erkinligini va ta'limotda, toat ibodat qilishda va diniy rasm-rusum hamda marosimlarni ommaviy yoki xususiy tartibda ado etish, o'z dini yoki e'tiqodiga yakka tartibda, shuningdek boshqalar bilan birga amal qilish erkinligini o'z ichiga oladi"[6], - deb belgilangan. BMT tomonidan dinlararo bag'rikenglik g'oyasini butun dunyoga targ'ib etish maqsadida 2011 yilning 1-7 fevral kunlarini butun jahonda "Dinlararo munosabatlar uyg'unligi butunjahon haftaligi" deb e'lon qilingan.

Xalqimiz bir necha asrdan buyon e'tiqod qilib kelayotgan va milliyligimizning bir bo'lagiga aylangan islom dinida bag'rikenglik masalalari vahiy boshlanishining ilk davridayoq bag'rikenglik dini sifatida namoyon bo'ldi. Jahon dinlarining ichida faqat islom dinida e'tiqod erkinligi ochiq-oydin e'lon qilingan. Qur'oni karimda "Baqara" surasining 256-oyatida: "Dinda zo'rlash yo'q"[7], - deyilgan. Shu bilan birga, Qur'oni karimda boshqa payg'ambarlarga nisbatan bag'rikenglik tamoyillariga asoslangan holda muomalada bo'lish ochiq-ravshan bayon etilgan.

So'nggi paytlarda ayrim mamlakatlarda ko'zga tashlanayotgan diniy toqatsizlik, islomofobiya holatlariga aslo yo'l qo'yib bo'lmasligi haqida gapirar ekan, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev BMT minbaridan turib (2023 yil, 19-sentyabr, 78-sessiya) jahon miqyosida dinlararo bag'rikenglik va hamjihatlik g'oyalarini keng targ'ib etish maqsadida O'zbekistonda YuNESKO shafeligida Dinlararo muloqot va bag'rikenglik xalqaro markazini tashkil etish, shuningdek, 2024 yil O'zbekistonda "Islom - tinchlik va ezgulik dini" mavzusida xalqaro konferensiya o'tkazish tashabbusini ilgari surdi [8].

Xulosa qilib aytganda, yurtimizda millatlararo va davlatlararo totuvlikni yanada mustahkamlashga qaratilgan yangi g'oya va tashabbuslarning paydo bo'layotganligi do'stlik va hamjihatlik qo'rg'onining yanada mustahkam bo'lishiga asos bo'lib xizmat qilmoqda.

REFERENCES

1. Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi. Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining Rezolyusiyasi 217 A (III) bilan 1948 yil 10 dekabrda qabul va e'lon qilingan. - https://constitution.uz

2. O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi (Yangi tahriri). - T., 2023 y.

3. O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi (Yangi tahriri). - T., 2023 y.

4. O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi (Yangi tahriri). -T., 2023 y.

December 1-7, 2023 Republican Scientific and Practical Conference

42

Tashkent State Technical University The Constitution of the Republic of Uzbekistan is a Legal Guarantee of the Establishment of a Civil Society and a People-Friendly State

Volume 4 | TSTU Conference 1 | 2023 O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi -fuqarolik jamiyati va xalqparvar davlat barpo _etishning huquqiy kafolati

5. O'zbekiston Respublikasining "Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to'g'risida"gi qonuni...

6. Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi. Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining Rezolyusiyasi 217 A (III) bilan 1948 yil 10 dekabrda qabul va e'lon qilingan. - https://constitution.uz/

7. Qur'oni karim (ma'nolarining tarjimasi). - T., 2001 y.

8. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining BMT Bosh Assambleyasining 78-sessiyasidagi nutqi. - https://sputniknews.uz/

9. Маликов, Б. К (2021). ШАРК МУТАФАККИРЛАРИНИНГ ДАВЛАТ ХИЗМАТЛАРИГА ДОИР СИЁСИЙ КАРАШЛАРИ. Scientific progress, 7(4), 207-212.

10. Н. Ш. Юнусова (2022). ЁШ МУТАХАССИСЛАРНИ ТАРБИЯЛАШДА КАДРИЯТЛАРНИНГ УРНИ. Academic research in educational sciences, 3 (TSTU Conference 1), 339-341.

11. Sharifovna, Y. N. (2021). Theoretical Fundamentals of Spiritual Culture Research. American Journal of Social and Humanitarian Research, 2(9), 111-115

12. Nosirov Rashod Adilovich1, Yunusova Nasiba Sharifovna2, Akbarova Laylo Upashevna3, Temirova Svetlana Vladimirovna4, Nazarova Nilufar Juraevna5. THE PHENOMENON OF FRIENDSHIP IN THE SOCIAL VIEWS OF EASTERN THINKERS. JOURNAL o f CRITICAL REVIEWS. - 4695-4698, 2020-yil.

13. Yunusova Nasiba Sharifovna. (2021). Mass Cultureand Informational-Psychological Security in The Modern Process. Pindus Journal of Culture, Literature, and ELT, 9, 68-72.

December 1-7, 2023 Republican Scientific and Practical Conference

43

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.