Научная статья на тему 'DAVLAT TARAQQIYOTIDA TASHQI SIYOSATNING O‘RNI'

DAVLAT TARAQQIYOTIDA TASHQI SIYOSATNING O‘RNI Текст научной статьи по специальности «Социологические науки»

CC BY
12
10
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Tashqi siyosat / davlatchilik / xalqaro aloqalar / demografiya / xalq diplomatiyasi / yumshoq kuch / madaniy hamkorlik / ilmiy –tadqiqot / ommaviy axborot vositalari / muzey / xalqaro ko‘rgazmalar Xalqaro diplomatiya.

Аннотация научной статьи по социологическим наукам, автор научной работы — Ismatullayeva Zebo Shukurjonovna

Maqolada Tashqi siyosatning shakllanishi, rivojlanish bosqichlari hamda xalqaro munosabatlarda tutgan o‘rni masalalariga e’tibor qaratilgan. Shu bilan birga O‘zbekiston tashqi siyosatining asosiy yo‘nalishlari ham tahlil etilgan. Muallif davlatchilik rivojida tashqi siyosatning ahamiyati, xalqaro diplomatiyaning rivojlanib borishi, tashqi siyosatga oid dastlabki ilmiy-tadqiqotlarning paydo bo‘lishi bilan bog‘liq jarayonlarni tarixshunoslik nuqtai nazaridan yoritishga harakat qilgan. O‘zbekiston tashqi siyosatida “Yumshoq kuch”dan foydalanish va uning ijobiy natijalarini tadqiq etib, bu borada o‘zining mulohazalarini bildirgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «DAVLAT TARAQQIYOTIDA TASHQI SIYOSATNING O‘RNI»

PPSUTLSC-2024

PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS TO THE USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES OF THE 2IST CENTURY

tashkent, o-8 MAv 2004 www.in~academy.uz

DAVLAT TARAQQIYOTIDA TASHQI SIYOSATNING O'RNI

Ismatullayeva Zebo Shukurjonovna

"Tarix" kafedrasi katta o'qituvchisi, Toshkent amaliy fanlar universiteti.

Gavhar ko'chasi 1-uy, Tashkent 100149, O'zbekiston ([email protected]) https://doi.org/10.5281/zenodo.13292378 Annotatsiya: Maqolada Tashqi siyosatning shakllanishi, rivojlanish bosqichlari hamda xalqaro munosabatlarda tutgan o'rni masalalariga e'tibor qaratilgan. Shu bilan birga O'zbekiston tashqi siyosatining asosiy yo'nalishlari ham tahlil etilgan. Muallif davlatchilik rivojida tashqi siyosatning ahamiyati, xalqaro diplomatiyaning rivojlanib borishi, tashqi siyosatga oid dastlabki ilmiy-tadqiqotlarning paydo bo'lishi bilan bog'liq jarayonlarni tarixshunoslik nuqtai nazaridan yoritishga harakat qilgan. O'zbekiston tashqi siyosatida "Yumshoq kuch"dan foydalanish va uning ijobiy natijalarini tadqiq etib, bu borada o'zining mulohazalarini bildirgan.

Kalit so'zlar: Tashqi siyosat, davlatchilik, xalqaro aloqalar, demografiya, xalq diplomatiyasi, yumshoq kuch, madaniy hamkorlik, ilmiy - tadqiqot, ommaviy axborot vositalari, muzey, xalqaro ko'rgazmalar Xalqaro diplomatiya.

1 KIRISH

Tashqi siyosatning eng muhim vositasi diplomatiyadir. Tashqi siyosat davlatning ichki siyosati bilan uzviy bog'liq holda rivojlanadi. Davlat tashqi siyosati ham tashqi va ichki omillar ta'sirida shakllanadi, ularning murakkab o'zaro hosilasi hisoblanadi. Demak, aytish mumkinki, tashqi siyosat davlatning va jamiyatdagi boshqa siyosiy institutlarining xalqaro darajada milliy manfaatlari va ehtiyojlarini hamda o'zaro manfaatlar uyg'unligini amalga oshirish bo'yicha faoliyatidir.

Tashqi siyosat davlatlar bilan diplomatik munosabatlar o'rnatish, xalqaro tashkilotlar qoshida vakolatxonalarini ochish yoki unga a'zo bo'lish, turli darajalarda o'zaro aloqalarni o'rnatish shakllarida amalga oshirilib boriladi[1]. Unda o'zaro axborot almashish, ikki va ko'p tomonlama shartnomalar va kelishuvlar, o'zaro munosabatlar rivojiga xayrihohlik ko'rsatish yo'llari va vositalaridan foydalanish mumkin. Tashqi siyosat har bir zamonaviy davlatning bosh atributi, fundamental jihati, ajralmas qismi va funksiyasi hisoblanadi. Davlat hayotida konstitutsiyaviy tayanch, siyosiy tizim, siyosiy hokimiyat organlari, ramzlar, hudud, fuqaro, chegara va milliy manfaatlar tizimi singari tushunchalar qanday muhim o'rin tutsa, siyosat sub'ekti bo'lgan davlatning barhayotligi va xavfsizligiga qanchalik daxldor bo'lsa, tashqi siyosat ham davlat uchun shunchalik ulkan qadriyat hisoblanadi. Tashqi siyosat orqali davlat geografik-makoniy jihat kasb qilish bilan birga o'zini noyob tarixiy, sotsiomadaniy, sivilizatsion va nihoyat, geosiyosiy yaxlitlik sifatida ham namoyon bo'ladi[2].

2 TADQIQOT METODOLOGIYASI

Maqola umum qabul qilingan tarixiy metodlar -tarixiylik, qiyosiy-mantiqiy tahlil, ketma-ketlik, analiz, sintez, xolislik tamoyillari asosida yoritilgan bo'lib, unda O'zbekiston tashqi siyosatining nazariy jihatlari hamda "Yumshoq kuch" siyosatiga oid masalalarining ayrim jihatlari yoritilgan.

Maqolani tayyorlashda davriy matbuot nashrlari, ilmiy adabiyotlar, rasmiy ijtimoiy tarmoqlar, turli

mahalliy va xorijiy ilmiy jurnallardagi maqolalardan foydalanildi.

Tashqi siyosatning shakllanishi va ta'sir doirasining kengayishi muayyan resurslar bilan bog'liqdir. Bu muammoni nazariy jihatdan ko'plab siyosatshunos olimlar tadqiq etgan bo'lib, ularning safiga G.A.Dro-bot[3], J.Rozenau[4], P.A.Sigankov[5], R.Bosk[6], R.Bleyker[7] G.Allinson[8], D. Shafritslarni[9] kiritish mumkin.

Tashqi siyosat va uning funksiyalari haqida R.Bosk o'zining "Sotsiologiya mira"[10] nomli asarida davlat salohiyatini o'z maqsadlariga erishish uchun qo'llanishi zarur bo'lgan resurslar majmuida deb ko'rsatadi. Davlat tashqi siyosatining shakllanishi moddiy resurslar doirasida cheklanib qolmay, ushbu jarayonda ma'naviy resurslar ham alohida o'rin tutadi. O'z navbatida davlat salohiyati, bevosita davlat tashqi siyosatining mohiyati va xususiyatini belgilashga ta'sir ko'rsatuvchi ma'naviy omillar sirasiga: milliy axloq, jamiyatning axloq tonusi, xalqaro tizimdagi strategik holati (masalan, hamjamiyat, ittifoq va boshqalar doirasida) kabilarni kiritadi[11].

Shuningdek, G.A.Drobot ham davlatning xalqaro maydondagi darajasini oshirishga, kuchli tashqi siyosatning shakllanishiga olib keluvchi resurslarni ikki: moddiy va nomoddiy resurslarga ajratgan. Moddiy resurslar tarkibiga davlatning geografik, demografik, iqtisodiy va harbiy resurslarini keltirgan. Nomoddiy resurslar sifatida siyosiy, ijtimoiy, mafkuraviy, madaniy, informatsion va ilmiy-texnikaviy resurslarni ko'rsatgan. Bundan ayon bo'ladiki, davlat salohiyatini belgilovchi har bir omil uning tashqi siyosatini ham shakllanishiga muntazam o'z ta'sirini ko'rsatadi. Shunga ko'ra davlatning xalqaro maydondagi holatiga ko'ra tashqi siyosat ta'sirchanligi ham o'zgaruvchan xarakterga ega bo'ladi. Shu bois tashqi siyosat va uning shakllanish masalasi ko'plab olimlarning tadqiqot obyektini tashkil etgan[12].

Ta'kidlash joizki, har qanday tashqi siyosatning maqsadi davlat suverenitetining yaxlit va bo'linmas ekanligini ta'minlashdir. Bugungi kunda unga nisbatan ikki xil yondashuv shakllanmoqda. Bir toifa mutaxassislar (xalqaro siyosiy terminologiyada

"¿J PPSUTLSC-2024

. -.(¡.¿if.I PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS TO THE

55 USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES Of

I Li I ™ ^ЭТ CENTURY

TASHKENT, 6-8 MAY 2004

"idealistlar" deb ataladi) tashqi siyosatda global, umumbashariy manfaatlar va xavfsizlikni milliy davlat manfaatlaridan ustun qo'yishsa, boshqa bir guruh mutaxassislar (ular "pragmatik" nomi bilan tanish) bugun va yaqin kelajakda tashqi siyosatda davlat suvereniteti ustuvorlikni o'zida saqlab qolishi ma'qul va samarali ekanligi to'g'risida fikr bildirishmoqda. Lekin bugungi kunda murakkab bosqichda real jarayonlar, yechimini kutib turgan dolzarb muammolardan kelib chiqib barcha davlatlar, kerak bo'lsa, o'zaro hamkorlikni murosayu madora yo'li bilan tan olish, bu borada diplomatik rasmiyatchilikdan yiroqlashuv konkret ishlarni amalga oshirishlari lozim bo'ladi. Boshqacha aytganda, tashqi siyosatning bosh maqsadi xalqaro maydonda davlat milliy manfaatlarini ta'minlashdir. Milliy manfaatlar -davlat tashqi siyosatining amaliyoti va nazariyasida, diplomatiyada, milliy xavfsizlikni ta'minlashda asosiy tushuncha sifatida xalqaro munosabatlar tizimida eng ko'p qo'llaniladigan atamadir.

Ushbu atama Yevropada milliy davlatlar paydo bo'lishi jarayoni ketayotgan paytda, ya'ni XVII asrda diplomatik muomalaga kirib keldi[13]. Urush, anneksiya, mustamlakalarni bosib olish, diplomatik munosabatlarning uzilishi yoki tiklanishi, davlatlar o'rtasidagi ittifoqlar yoki kaolitsiyalar tuzilishidan iborat barcha tashqi siyosat milliy manfaatlarni saqlash yoki himoya qilish yo'lida sodir bo'lgan. Shu bilan birga, "milliy manfaat" tushunchasi siyosat tilida yoki diplomatik amaliyotda qo'llanishiga qaramasdan, uni talqin etishdagi bahslar bugun ham to'xtagani yo'q.

Ko'z o'ngimizda siyosatni ichki va tashqiga bo'lish ahamiyatli bo'lmagan global dunyo paydo bo'ldi. 1969-yilda J.Rozenau tomonidan ilgari surilgan jamiyatning ichki hayoti va xalqaro munosabatlarning o'zaro ta'siri to'g'risidagi g'oyalari bunday yondashuvga katta ta'sir ko'rsatdi. U birinchilardan bo'lib, dunyoning "ikkiga bo'linishi"ga oid fikrlarni bayon etdi: zamonaviylik, bir tomondan, davlatlararo o'zaro munosabatlar maydonlari mavjudligi bilan xarakterlanadi, bu yerda klassik diplomatiya va strategiya "qonunlari" amalda bajariladi; boshqa tomondan, "suverenitetdan tashqari" aktorlar, ya'ni nodavlat ishtirokchilar to'qnashadigan maydon mavjud. Bundan jahon siyosatining ikki qatlamligi kelib chiqadi: davlatlararo munosabatlar va nodavlat aktorlarning o'zaro aloqalari bir-biri bilan alohida nisbatan mustaqil va bir-biriga parallel ikki "post-xalqaro" siyosatni tashkil etadi.

3 MAVZUGA OID ADABIYOTLAR TAHLILI

Maqolada Mavzu oid yozilgan o'nga yaqin adabiyotlarda keltirilgan ma'lumotlar qiyosiy tahlil qilinib, tadqiqot olib borildi. Jumladan, Халкаро муносабатлар (геосиёсат, дипломатия, хавфсизлик), Аскаров А. Узбекистан тарихи, Эргашев И. ва бошк. Политология, Дробот Г.А. Международные отношения. Теории, конфликты, движения, организaции, Сайфуллаев Д. Узбекистан Республикаси маданий дипломатиясининг шаклланиши ва ривожланиши. Tarix fanlari doktori (DSc) dissertatsiyasi avtorefarati kabi tarixiy adabiyotlar shular jumlasidandir.

www.in-academy.uz

4 TAHLIL VA NATIJALAR

Hozirgi davrda tashqi siyosatni shakllantirishda "soft power" ya'ni "yumshoq kuch"ning o'rni ortib bormoqda[14], Ayniqsa, 2017-yildan buyon O'zbekiston Respublikasi yuritayotgan tashqi siyosatda ham ekspertlarning fikricha "yumshoq kuch"dan unumli foydalanilmoqda.

Zamonaviy xalqaro munosabatlarda kuch hodisasini "qattiq kuch" va "yumshoq kuch'larga ajratgan holda talqin qilinishi, bugungi kunda dunyo tadqiqotchilarining katta qiziqishlariga sabab bo'lmoqda[15]. "Qattiq kuch" bosim o'tkazuvchi instrumentlar to'plamidan (harbiy -siyosiy, iqtisodiy, diplomatik) iborat bo'lib, mamlakatlarni ma'lum bir doirada harakat qilishiga majburlovchi hodisadir[16]. Siyosatshunos J.Nay ta'rificha, "yumshoq kuch" davlatning "qattiq kuch" uchun xarakterli bo'lgan bosim o'tkazish (kuch ishlatish, majburlash) orqali emas, balki ishontirish, ittifoqlar, koalitsiyalar tuzish orqali o'ziga jalb qilishi va o'zi xohlagan natijalarga erishish layoqatidir. "Qattiq kuch" mamlakatning harbiy va iqtisodiy qudrati orqali majburlash qobiliyatidir.

So'nggi yarim asr davomida dunyoning turli davlatlarida "yumshoq kuch" va "qattiq kuch" siyosatining tashqi siyosatdagi o'rni, ahamiyati, bir-biriga ta'siri masalasida ilmiy tadqiqotlar amalga oshirilgan bo'lib, haligacha munozaralar davom etmoqda. Ushbu masala ko'plab xorijiy olimlar, jumladan, P.Senarslens, Lyu Szaysi, Y. Kaufman, J.Nay, A.O. Naumov kabi siyosatchilarning tadqiqotlarida alohida o'rin tutadi. Masalan, P.Senarslens tashqi siyosatni "yumshoq kuch" va "qattiq kuch'larga bo'lmasada, majburlash va ishontirish xususiyatini ajratib ko'rsatgan. Lyu Szaysi o'zining Xitoy tashqi siyosati strategiyasida "yumshoq kuch" o'rni haqida fikr bildirib, agarda "qattiq kuch" davlat kuchining moddiy bazasini tashkil etsa, "yumshoq kuch" donishmandlik va umuman kuchdan foydalanish strategiyasini namoyon qiladi". Mamlakatlarning "qattiq kuch" va "yumshoq kuch"ni uyg'un-la-shuvi, moddiy va ma'naviy qudratini ichki birdamligi yaxlitlashgan holda ko'rinishidir. Dinamik nuqtai nazardan "yumshoq kuch" - bu mamlakatlarning xalqaro raqobatbardoshligini oshib borishidir - deya ta'kidlaydi Lyu Szaysi.

Bu borada Prinston universitetining professori U.Kaufman harbiy qudrat hamisha davlatning asosiy kuch ko'rsatkichi va obro'si bo'lib xizmat qilishini, harbiy qudratning ta'sirisiz xalqaro siyosatning rivojlanishini tasavvur qilish qiyin ekanligini ta'kidlagan[17].

Bundan tashqari amerikalik ekspert J.Klark davlatlar bir-birlariga siyosiy, moliyaviy ta'sir ko'rsatadi, o'z navbatida xalqaro nizolar hakami urush hisoblanadi, harbiy omil esa tashqi siyosatda eng yuqori mavqeini egallaydi deb ta'kidlaydi[18].

Davlatlar milliy manfaatlarini himoya qilish va o'z ta'sir doirasini kengaytirish uchun doimo o'zaro kurashda, raqobatda bo'ladilar va bu jarayonda ular har qanday kuch kategoriyasidan foydalanadilar. Ammo davlatlar, inson ongining o'sishi va fan texnika

PPSUTLSC-2024

. PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS TO THE

55 USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES OF

I Li I ™ ^ЭТ CENTURY

TASHKENT, e-e MAY 2024

taraqqiyoti natijasida "yumshoq kuch"dan foydalanish orqali ko'proq istalgan maqsadga erishish mumkinligini anglamoqdalar.

Aytish mumkinki, "yumshoq kuch" boshqa mamlakatlarni tahdidlar va rag'batlarsiz jalb qilishni bildirib, u qo'yilgan maqsadga ham bog'liq bo'ladi. U mamlakatning o'z madaniyati, siyosiy ideallari, qadriyatlari va dasturlaridan kelib chiqadi. J.Nay bu turdagi kuchning uch muhim jihatini ajratib ko'rsatadi. Bu madaniy, siyosiy-mafkuraviy va tashqi diplomatiyadir[19]. J.Nayning ta'kidlashicha, madaniyatdan "yumshoq kuch" sifatida foydalanishga shart-sharoit bo'lishi zarur. Hududlarning geografik joylashuvi, aholi mentaliteti, etnopsixologik xususiyatlari, tarixan rivojla-nish bosqichlari, madaniyati va qadriyatlariga qarab bu kuch turlicha ta'sir qiladi. Masalan, tank o'rmon yoki botqoqda "qattiq kuch'ning muhim manbasi bo'la olmagani kabi, musulmon, Sharq dunyosida Yevropa qadriyatlari, an'analari hamma vaqt ham ijobiy qabul qilinavermaydi. Aksariyat hollarda qud-ratli davlatlarning madaniyati, xalqaro munosabatlarning boshqa ishtirokchilariga singdirilishi, bu jamiyatning qoidalari va an'analarini buzib yuborishga, natijada buzg'unchilik va porokandalikni keltirib chiqarishga xizmat qilishi mumkin.

Insoniyat axborot asrida yashamoqda. Axborot va uning vositalari "yumshoq kuch"ning ham muhim elementi bo'lib, eng katta qudratga egadir. Bugungi kunda axborot siyosiy qarorlar qabul qilinishi uchun asos vazifasini o'tamoqda, u iqtisodiyot, moliya va bank sohasida, harbiy ishda ham muhim ahamiyatga ega bo'lib, kim unga egalik qilsa, boshqara olsa, undan o'z manfaatlari yo'lida foydalana olishi mumkin. Xalqaro kommunikasiyalarni nazorat qilish davlatlar o'rtasidagi qaramlikning yangi shakllarini yarat-moqda. O'tgan asrning so'nggi yillaridan boshlab to'rtinchi axborot revolyutsiyasi boshlandi va multimediyali, raqamli texnologiyalar va xizmatlar joriy etildi. Shunga muvofiq ravishda yangi gigant multimediya korporatsiyalari paydo bo'ldi. AQSh bu borada ham jahonda yetakchilik qilmoqda[20].

Har bir davlat Ommaviy axborot vositalari (OAV) va boshqa tashviqot manbalari orqali o'z mafkurasi, qadriyatlari va axloqini singdirishga harakat qiladi. Bu borada O'zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimov "bugungi zamonda mafkura poligonlari yadro poligonlaridan ham ko'proq kuchga ega" [21] deya o'rinli ta'kidlagan edi.

Shu o'rinda e'tirof etish mumkin bo'lgan holat shundan iboratki, Yangilanayotgan O'zbekistonda yumshoq kuch elementlari bo'lgan, madaniyat kunlari, festivallarini o'tkazish, do'stlik jamiyatlarini tuzish va sayohlarni keng jalb etish kabi tadbirlardan unumli foydalanilmoqda[22]. Har yili yurtimizda o'tkazilib kelinayotgan ko'plab xalqaro tadbirlar, jumladan, Sharq taronalari musiqa festivali, Xalqaro baxshilar va Xalqaro maqom festivallarini o'tkazilishi buning yorqin isbotidir.

Bundan tashqari, 2022 yil kuzida dunyo madaniyati poytaxti bo'lgan Parijda joylashgan Luvr muzeyida

www.in-academy.uz

"O'zbekiston madaniy merosi" namoyishini o'tkazilishi ham katta voqealikdir. Qolaversa, yurtimizga kelayotgan sayyohlar soni ham kundan-kunga ortib bormoqda. Bunga albatta, yuzdan ortiq xorijiy mamlakatlar fuqarolariga vizasiz rejimni joriy etilganligi ham katta imkoniyat bermoqda. Masalan, 2022 yilning birinchi olti oyida davlat statistika agentligi ma'lumotlariga ko'ra, O'zbekistonga kelgan sayyohlar soni 2,4 millionni tashkil etgan. Agar qiyoslaydigan bo'lsak, bu ko'r-satkich 2021 yilning mos davri bilan solishtirilganda 1,3 mln. nafarga yoki 2,2 baravarga oshgan. Bu bevosita sohada amalga oshirilayotgan islohotlar hamda pragmatik tashqi siyosatdan dalolatdir.

Demak, san'at, musiqa, turizm ya'ni "madaniy diplomatiya" O'zbekiston tashqi siyosatining muhim istiqbolli yo'nalishlaridan biri bo'lib qol-moqda. Bu orqali o'zbek madaniyati jahon madaniyatini boyishiga, boshqa xalqlar ham ushbu madaniyatdan oziqlanishiga imkoniyat yaratadi. Bundan ko'rinadiki, mafkuraviy g'oyalar ham xalqaro munosabatlarda o'z o'rniga ega hisoblanadi.

Yuqoridagi ilmiy tadqiqotlar va fikrlar tahlili shuni ko'rsatadiki, hozirgi keng miqyosda kechayotgan globallashuv davrida puxta o'ylangan amaliy tashqi siyosat yuritish, mamlakat rivojlanishi va taraqqiyoti uchun yagona va amalda sinalgan yo 'li bo'lib qolmoqda.

Aslida tashqi siyosat masalasi barcha davlatlar uchun qadimgi davrlardan buyon har doim ustuvor yo'nalish hisoblangan. O'sha davrlardayoq, siyosat, tashqi siyosat haqida asarlar yozilgan. Jumladan, eramizdan avvalgi IV asrda yashagan Aristotel "Siyosat"[23], o'rta asrlarning yetuk namoyondasi Nikolo Makiavelli "Hukmdor"[24] asarlarini yaratib, unda davlat, tashqi siyosat, manfaatlar haqida qimmatli fikrlarini bildirganlar. Albatta, ushbu asarlarda ko'tarilgan davlat boshqaruviga oid yangi qarashlar va g'oyalar keyinchalik davlatlarning tashqi va ichki siyosatini yuritishda asosiy dasturilamal bo'ldi. Hozirgi davrda ham ushbu asarlar o'z dolzarbligini yo'qotmagan holda mashhur siyosatchi va davlat arboblarining stol kitobiga aylangan.

Hozirgi davrda dunyodagi ko'plab davlatlarda jahon siyosati, insoniyat taraqqiyoti va istiqboli bilan bog'liq ilmiy izlanishlar va strategiyalar ishlab chiqish bilan shug'ullanadigan maxsus tadqiqot institutlari, aql markazlari faoliyat yuritadi. Masalan, Buyuk Britaniya, AQSh, Fransiya, Germaniya, Yaponiya, Koreya Respublikasi, Singapur tarixiga e'tibor qaratsak, ular dunyo uchun ochiqlik siyosati, pragmatik yo'ldan borganligi, tashqi siyosatni to'g'ri yuritganligi, yumshoq kuch vositalaridan unumli foydalanganligi uchun muvaffaqiyatga erishgan.

Davlatchilik paydo bo'libdiki, hamma vaqt davlatlar o'zlarining manfaatlaridan kelib chiqib tashqi siyosat yuritganliklariga guvoh bo'lamiz. Buni biz Qadimgi Misr, Mesopotamiya, Xitoy, Hindiston, Yunoniston[25], Rim[25] va Kushon[27] davlatlari davlatchiligi taraqqiyotida ko'ramiz. Tarixda mukammal tashqi siyosat yuritgan davlat imperiya darajasiga ko'tarilgan.

XX asrning oxiri va XXI asr boshlarida jahon siyosatida tub yangiliklar ya'ni demokratik

PPSUTLSC-2024

PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS TO THE USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES OF THE 2IST CENTURY

TASHKENT, 0-8 MAY 2004 WW W. ¡П "Э СЭС^ГПу . U Z

boshqaruvdagi davlatlar sonining ortganligi, so'z erkinligi, inson huquqlari, davlatlarning iqtisodiy yaqinlashuvi ya'ni integratsiya jarayonlari kuchayganligini ko'ramiz. Bu jarayonlar albatta, jahon davlatlarida turlicha qabul qilindi. Hatto, ayrim davlatlarda integratsiyadan qochish, cho'chish holatlari uchramoqda. U davlatlarning siyosatchilarini nazlida bu suverenitetdan ayrilish, milliy qadriyatlarni yo'qotishga sabab deb noto'g'ri tushunishmoqda. Bu esa o'sha davlatlarda yashayotgan xalqlarni yashash tarzi va faoliyatiga salbiy ta'sir qilmoqda.

Agar tarixga e'tibor qaratsak, Ikkinchi jahon urushidan so'ng vayron shaharlar, nochor iqtisodiyot bilan qolgan G'arbiy Yevropa davlatlari istiqbolda yashab qolish, rivojlanishga erishuvning yagona umidi faqat integratsiyada ekanligini yaxshi angladi. Qisqa davrda iqtisodiy rivojlangan, hamma uchun namuna bo'lgan, hozircha unga o'xshashi bo'lmagan yagona integratsion tashkilot - Yevropa Ittifoqiga asos soldilar. Bunda albatta, davlat liderlarining siyosiy iroda topa olganliklari ham muhim rol o'ynadi. Dunyodagi eng farovon davlatlar ham aynan Yevropa Ittifoqiga a'zo dav-latlar ekanligini e'tiborga olsak, ular uchun integratsiya faqat taraqqiyot uchun xizmat qilmoqda.

Albatta, keng miqyosda boshlangan globallashuv jarayonlari barcha davlatlar, ayniqsa, possovet davlatlari uchun biroz sinovli keldi. Chunki ularning oldida ham milliy davlatchilikni tiklash, xalq ma'naviyatini rivojlantirish, iqtisodiy barqarorlikka erishish bilan birga globallashgan dunyoga kirish, kuchli davlatlar ta'siriga tushib qolmaslik va o'z o'rnini topish kabi masalalar ustuvorlik qildi. Albatta, bu davlatlar rahbarlari oldida ushbu muammolarni yechish kabi murakkab jarayonlar turar edi. Bu muammolarni faqatgina bosqichma-bosqich, barcha sohalarda tub islohotlar o'tkazish, ilmiy-tadqiqotlar va izlanishlar olib borish bilan hal etilishi mumkinligini ular yaxshi anglashgan.

5 XULOSA VA TAKLIFLAR

Xulosa qilib aytganda, tashqi siyosat davlatlarning xalqaro hamjamiyat doirasida milliy manfaatlarini ta'minlashga, xavfsizligini kafolatlashga qaratilgan oqilona siyosat olib borish vositasi bo'lib, o'z navbatida ushbu faoliyat bir qator zaruriy strategiyalarni ham qamrab oladi. Ushbu strategiyalar doimiy ravishda ijobiy xarakterga ega bo'lmasdan, ko 'p xollarda umumbashariy manfaatlardan ko'ra individual manfaatlar ustuvorligi aks etadi. Shuningdek, tashqi siyosatni ta'sirchan va puxta tashkil etishda davlatning turli sohalardagi salohiyati, tashqi siyosiy resurslari, geostrategik joylashuvi va siyosiy yеtakchining qat'iyati asosiy omillar sirasiga kiradi. Natijada har bir davlatda tashqi siyosatni nazariy va amaliy jihatdan tadqiq etish, zaruriy xulosalar berish va istiqboldagi tashqi siyosiy rejalarni ishlab chiqish bugungi kunda ham faol davom etmoqda.

ADABIYOTLAR:

1. Хaлкapо мyносaбaтлap (геосиёсaт, дипломaтия, xaвфсизлик). - Тошкент: Акaдемия,

2006. - Б.91. (International relations (geopolitics, diplomacy, security). - Tashkent: Academy, 2006. - P.91)

2. Эргашев И. ва бошк. Политология. - Тошкент: Абдулла Кодирий номидаги халк мероси нашриёти,

2002. - Б. 222-223. (Ergashev I. and others. Political science. - Tashkent: Public heritage publishing house named after Abdulla Qadiri, 2002. - P. 222-223.).

3. Дробот Г.А. Международные отношения. Теории, конфликты, движения, организации. Учеб. пособие. - Москва, 2008. - С 45. (Drobot G.A. International relationships. Theories, conflicts, movements, organizations. Textbook allowance. -Moscow, 2008. - P 45.)

4. Rosenau J. Order and Disorder in the study of World Politics. Globalisra versus Realism: International Relations third Debate. N.Y., 1982. - P.56.

5. Цыганков П.А. Теория международных отношений. - Москва.: Гардарики, 2003. - Б. 590. (Tsygankov P.A. The theory of international relations. -Moscow.: Gardariki, 2003. - P. 590.)

6. Боск Р. Социология мира. https://studme.org/196377/ (Bosc R. Sociology of the world. https ://studme.org/196377/.)

7. Bleiker R. Order and Disorder in World Politics. Published to Oxford Scholarship Online: January 2005. -С. 1-19.

8. Аллисон Г. Ядерный Терроризм: Окончательная Предотвратимая Катастрофа М., 2004. (Allison G. Nuclear Terrorism: The Ultimate Preventable Catastrophe M., 2004.)

9. Шафритц Д., Хайд А. Классики теории государственного управления: американская школа (статья под названием "Государственный и частный менеджмент: являются ли они похожими по существу во всех второстепенных моментах?") М.,

2003. - С. 47-48. (Shafritz D., Hyde A. Classics of the theory of public administration: the American school (article entitled "Public and private management: are they essentially similar in all minor points?") M., 2003. -pp. 47-48.)

10. Цыганков. П.А. Социология международных отношений // Понятия и категории: Вспомогательный проект портала ХРОНОС // http://ponjatija.ru/node/12119. Дата обращения: 8.04.23. (Tsygankov. P.A. Sociologiya mejdunarodnyx otnosheniy // Ponyatiya i kategorii: Vspomogatelnyy proekt portala Khronos // http://ponjatija.ru/node/12119. Data processing: 8.04.23)

11. Юлдашева Г.И. Халкаро муносабатларнинг методологик аспектлари. - Тошкент, 2009. - Б.168-169. (Yuldasheva G.I. Methodological aspects of international relations. - Tashkent, 2009. - P.168-169.)

12. Мировая политика и международные отношения: Учебное пособие / Под ред. С.А.Ланцова, В.А.Ачкасова. - СПб.: Питер, 2009. -С.266. (World politics and international relations: Textbook / Ed. S.A. Lantsova, V.A. Achkasova. - St. Petersburg: Peter, 2009. - P.266.)

13. Эргашев Ш. Жадон тарихи: (Янги давр. 1.к. XVI-XVIII асрлар). - Тошкент: "Узбекистан", 2014. -

PPSUTLSC-2024

PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS TO THE USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES OF THE 2IST CENTURY

TASHKENT, 0-8 MAY 2004 WW W. ¡П "Э СЭС^ГПу . U Z

Б. 28. (Ergashev Sh. World history: (New era. 1.b. XVI-XVIII centuries). - Tashkent: "Uzbekistan", 2014. - P. 28.)

14. Сайфуллаев Д. Узбекистан Республикаси маданий дипломатиясининг шаклланиши ва ривожланиши. Тарих фанлари доктори (DSc) диссертацияси авторефарати. Тошкент, 2020. - 96 б. (Sayfullaev D. Formation and development of cultural diplomacy of the Republic of Uzbekistan. Doctor of History (DSc) Dissertation Abstract. Tashkent, 2020. - 96 p.)

15. Лебедова М. М. Публичная дипломатия. Теория и практика. - Москва, 2017. - 360 с. (Lebedova M. M. Public diplomacy. Theory and practice. -Moscow, 2017. - 360 p.)

16. Казанцев А.А., Меркушев В.Н. Россия и постсоветское пространство: перспективы использования "мягкой силы". // Полис. - Москва, 2008. - № 2. - С. 125. (Kazantsev A.A., Merkushev V.N. Russia and the post-Soviet space: prospects for using "soft power". // Policy. - Moscow, 2008. - No. 2. -P.125.)

17. Kaufman Y. Power and International Relations // Military Policy and National Security / Y. Kaufman (ed.). New York: Princeton, 1956. - P. 242.

18. Давыдов Ю.П. "Жёсткая" и "Мягкая" сила в международных отношениях // Международные процессы. - М.: 2010. - № 2. - С 23.( Kazantsev A.A., Merkushev V.N. Russia and the post-Soviet space: prospects for using "soft power". // Policy. - Moscow, 2008. - No. 2. - P.125.)

19. Nye. J. Soft Power. The Means to Success in World Politics. - New York: Public Affairs, 2004. - Р. 192.

20. Кокошин А. Новый международный контекст // Независимая газета. - Москва, 2000. - 25 май. (Kokoshin A. New international context // Nezavisimaya Gazeta. - Moscow, 2000. - May 25.)

21. Каримов И.А. Юксак маънавият - енгилмас куч. - Тошкент: Маънавият, 2008. - Б. 113. (Karimov I.A. High spirituality is an inexhaustible power. -Tashkent: Spirituality, 2008. - P. 113.)

22. Сайфуллаев Д. Узбекистон Республикаси маданий дипломатияси шаклланиши ва ривожланиши: Тарих фан. д-ри(DSc) ... дисс. -Тошкент: ТДШУ, 2020. - 321 б. (Sayfullaev D. Formation and development of cultural diplomacy of the Republic of Uzbekistan: History of science. d-ri(DSc) ... diss. - Tashkent: TDShU, 2020. - 321 p.)

23. Аристотель. Политика // Аристотель. Сочинения: В 4 т. - Москва: Мысль, 1983. - 650 с. (Aristotle. Politics // Aristotle. Works: In 4 volumes -Moscow: Mysl, 1983. - 650 p.)

24. Маккиавелли Н. Государь. - Москва: Эксмо

- Пресс, 1999. - 321 с.( Machiavelli N. Sovereign. -Moscow: Eksmo - Press, 1999. - 321 p.)

25. Тойнби А.Ж. Постижение истории. - Москва, 1991. - С. 45. (Toynbee A.J. Comprehension of history.

- Moscow, 1991. - P. 45.)

26. HAy3., $.M-2., g.172, a.13. (National Archives of Uzbekistan., f.M-2., d.172, p.13.)

27. Ac^apoB A. y36eKHCTOH Tapuxu. - TomKeHT: "y^HTybhh", 1994. - E.190. (Askarov A. History of Uzbekistan. - Tashkent: "Teacher", 1994. - P.190.).

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.