Научная статья на тему 'O‘ZBEKISTON XAVFSIZ VA TINCHLIKSEVAR DAVLAT'

O‘ZBEKISTON XAVFSIZ VA TINCHLIKSEVAR DAVLAT Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

CC BY
52
2
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
«Xavfsiz va tinchliksevar davlat» / Yangi O‘zbekiston / yangilangan Konstitutsiya / «O‘zbekiston–2030» strategiyasi. / "Safe and peaceful state" / New Uzbekistan / updated Constitution / "Uzbekistan-2030" strategy.

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Tolipov H.

O‘zbekiston – tinchliksevar yurt. Boshqa mamlakatlar bilan do‘stona va o‘zaro manfaatli munosabatli aloqalarni o‘rnatish esa xalq farovonligi va mamlakat tinchligining eng muhim shartlaridan biridir. Konstitutsiyaga tashqi siyosat bo‘yicha alohida moddalarga qo‘shimchalar kiritishning zarurati ham ana shunda – barcha davlatlar bilan do‘stona va tinchliksevar munosabatlarni o‘rnatish juda muhim. Ushbu maqolada shu haqda fikr yuritiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

UZBEKISTAN IS A SAFE AND PEACE-LOVED COUNTRY

Uzbekistan is a peace-loving country. Establishing friendly and mutually beneficial relations with other countries is one of the most important conditions for the well-being of the people and peace of the country. That is why it is necessary to add special articles to the Constitution on foreign policy it is very important to establish friendly and peaceful relations with all countries. This article discusses this.

Текст научной работы на тему «O‘ZBEKISTON XAVFSIZ VA TINCHLIKSEVAR DAVLAT»

Tolipov H. tadqiqotchisi ADPI

O'ZBEKISTON - XAVFSIZ VA TINCHLIKSEVAR DAVLAT

Annotatsiya. O'zbekiston - tinchliksevar yurt. Boshqa mamlakatlar bilan do'stona va o'zaro manfaatli munosabatli aloqalarni o'rnatish esa xalq farovonligi va mamlakat tinchligining eng muhim shartlaridan biridir. Konstitutsiyaga tashqi siyosat bo'yicha alohida moddalarga qo'shimchalar kiritishning zarurati ham ana shunda - barcha davlatlar bilan do'stona va tinchliksevar munosabatlarni o'rnatish juda muhim. Ushbu maqolada shu haqda fikr yuritiladi.

Kalit so'zlar: «Xavfsiz va tinchliksevar davlat», Yangi O'zbekiston, yangilangan Konstitutsiya, «0'zbekiston-2030» strategiyasi.

Tolipov H. researcher ASPI

UZBEKISTAN IS A SAFE AND PEACE-LOVED COUNTRY

Abstract. Uzbekistan is a peace-loving country. Establishing friendly and mutually beneficial relations with other countries is one of the most important conditions for the well-being of the people and peace of the country. That is why it is necessary to add special articles to the Constitution on foreign policy - it is very important to establish friendly and peaceful relations with all countries. This article discusses this.

Key words: "Safe and peaceful state", New Uzbekistan, updated Constitution, "Uzbekistan-2030"strategy.

2023-yilning 13-sentabrida qabul qilingan «O'zbekiston-2030» strategiyasining beshinchi — «Xavfsiz va tinchliksevar davlat» tamoyiliga asoslangan siyosatni izchil davom ettirish yo'nalishi doirasida amalga oshiriladigan muhim maqsad va vazifalar, xususan, strategiya orqali istiqbolli yo'nalishlarda hamkorlikni yo'lga qo'yish, keng mintaqalarni bog'lovchi va O'zbekistonning jahon bozoriga chiqishiga imkon yaratuvchi transport-logistika yo'laklarini shakllantirish, Qurolli Kuchlar qudrati, mamlakatning mudofaa qobiliyati va harbiy salohiyatini yanada kengaytirish ko'zda tutilmoqda.

Shuningdek, O'zbekistonning dunyo hamjamiyatida tutgan roli va o'rnini oshirish, xalq farovonligi, tinchligi, inson huquqlari kafolatini ta'minlaydigan adolatli davlat qurishda mamlakat xavfsizligi va mudofaa salohiyatini kuchaytirish muhimdir. Bu borada «Xavfsiz va tinchliksevar davlat» tamoyiliga

asoslangan siyosatni izchil davom ettirish orqali ochiq, pragmatik va faol tashqi siyosat olib borish, mamlakatimiz xavfsizligi va mudofaa salohiyatini kuchaytirish bo'yicha islohotlarni jadallashtirish alohida ahamiyat kasb etadi. Shuningdek, ushbu tamoyil asosida bir qator ustuvor va istiqbolli vazifalarni amalga oshirish orqali mamlakatning ijtimoiy-siyosiy mavqeyini mustahkamlash dolzarb ahamiyat kasb etadigan omildir. Bu faoliyatda tasdiqlangan quyidagi yo'nalishlar qamrab olingan istiqbol rejalarini amalga oshirishda mas'uliyat va burch bilan yondashuv talab qilinadi.

Bunda quyidagi maqsadlar ko'zda tutiladi:

"- Yangi O'zbekiston tashqi siyosatini xalq va davlatning manfaatlaridan kelib chiqqan holda izchil amalga oshirish;

- Markaziy Osiyo mintaqasida amaliy hamkorlikni sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish;

- an'anaviy sheriklar bilan o'zaro manfaatli aloqalarni rivojlantirish, xalqaro hamkorlik geografiyasini kengaytirish, global ishlab chiqarish va yetkazib berish zanjirlariga qo'shilish;

- tashqi mehnat migratsiyasi tizimini takomillashtirish, xorijda mehnat faoliyatini yuritayotgan fuqarolarga har tomonlama ko'mak ko'rsatish;

- jahonda sodir bo'layotgan murakkab global jarayonlarni inobatga olgan holda, Qurolli Kuchlarning qudrati, mamlakatning mudofaa qobiliyati va harbiy salohiyatini yanada oshirish;

- favqulodda vaziyatlar va global iqlim o'zgarishi bilan bog'liq aholi hayotiga xavf soluvchi ofatlarning oldini olish;

- chegaralar xavfsizligini mustahkamlash;

- jamiyatda millatlararo totuvlik muhitini mustahkamlash va xorijiy mamlakatlar bilan do 'stlik aloqalarini rivojlantirish masalalari shular jumlasidandir " 76.

Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda, "bugungi sharoitda mamlakatimizning istiqboli bevosita tashqi siyosat masalasiga bog'liqdir. Yangi O'zbekiston o'z tashqi siyosatini xalq va davlatning manfaatlaridan kelib chiqqan holda amalga oshirish, Markaziy Osiyodagi barcha mamlakatlar bilan yaxshi qo'shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini rivojlantirish hamda Yaqin va O'rta Sharq mintaqasidagi davlatlar bilan aloqalarni kengaytirish orqali samarali olib bormoqda. BMTda O'zbekistonning qo'shni mamlakatlarga nisbatan yangicha, ochiq va yaxshi qo'shnichilik siyosati ijobiy baholanmoqda. O'zbekistonning yangi mintaqaviy siyosatiga berilgan bunday baho Prezidentimiz rahbarligida yuritilayotgan tinchliksevar va do'stona tashqi siyosat BMTning asosiy maqsadlari va vazifalari bilan hamohangligi natijasidir"77.

Yangi tahrirdagi Konstitutsiyamizda tashqi siyosatning asosiy tamoyillarini belgilovchi IV bob, 17-18-moddalariga bir qator yangi normalar kiritildi.

76 O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "O'zbekiston — 2030" strategiyasi to'g'risida"gi Farmoni, 11.09.2023 yildagi PF-158-son. https://lex.uz/ru/docs/-6600413 77https://uz.telegram-politics.com/catalog/channels/manaviyat_va_marifat_darsi/4476

Xususan, Asosiy qonunimizda yurtimiz tashqi siyosati chegaralarning buzilmasligi, davlatlarning hududiy yaxlitligi singari tamoyillariga asoslanishi alohida e'tirof etilmoqda.

Mazkur prinsipga ko'ra, har qanday davlat boshqa davlatning hududiy yaxlitligini hurmat qilishi, uning suvereniteti, milliy birligi va hududiy yaxlitligini qisman yoki to'liq buzishga qaratilgan har qanday harakatlardan o'zini tiyishi lozim. Bundan tashqari, davlatlar va xalqaro huquqning boshqa subyektlari biror-bir davlat hududiga, uning bir qismiga yoki resurslariga kuch bilan yoki kuch ishlatish tahdidi bilan bevosita yoxud bilvosita tajovuz qilmasliklari shart. Bunda davlatlar alohida davlat hududi yoki uning bir qismiga ziyon yetkazuvchi har qanday harakatlardan tiyilishlari lozim.

Shu bilan birga, yangi tahrirdagi Konstitutsiyamizning 18-moddasida O'zbekiston davlatlar va xalqaro tashkilotlar bilan ikki va ko'p tomonlama munosabatlarni har taraflama rivojlantirishga qaratilgan tinchliksevar tashqi siyosatni amalga oshirishi haqidagi qoida mustahkamlanmoqda78.

Amalga oshirilayotgan konstitutsion o'zgartirishlar tashqi siyosat sohasida ham erishilgan yutuqlarimizni mustahkamlab, oldindan boshlangan tashqi siyosiy kursimizni davom ettirishni, bunda uchinchi tomonga nisbatan qarshi bormaslik asosiy qoida sifatida ta'minlanmoqda. Shuningdek, xalqaro miqyosda tobora chuqurlashib borayotgan global o'zgarishlarga munosobat bildirish va o'zining faol pozitsiyasini amalga oshirish imkonini bermoqda. O'z navbatida xalqaro siyosatda sheriklari uchun tashqi siyosiy harakatlarini tushunarli bo'lib qolishi hamda o'zaro ishonchga va o'zaro manfaatdorlikka asoslangan munosobatlar olib borishni mustakaxkamlanishiga shart - sharoitlar yaratmoqda. "Bugungi kunda O'zbekiston Respublikasi dunyoning 142 ta davlati bilan diplomatik aloqalar o'rnatgan. Toshkentda 46 ta chet el elchixonalari, 3 ta bosh konsullik, 13 nafar faxriy konsullar, 24 ta xalqaro tashkilotlar vakolatxonalari, 26 ta xorijiy xalqaro hukumatlararo va hukumat tashkilotlari vakolatxonalari, 1 ta savdo vakolatxonasi samarali faoliyat ko'rsatmoqda. Xorijiy mamlakatlarda va xalqaro tashkilotlarda O'zbekiston Respublikasining 59 ta diplomatik va konsullik vakolatxonalari mavjud. O'zbekiston 100 dan ortiq xalqaro tashkilotlarning a'zosi bo'lib, mamlakatimiz turli xil ko'p tomonlama hamkorlik tuzilmalari bilan o'zaro sherikchilik aloqalarini rivojlantiradi. O'zbekiston Respublikasiga fuqarolari vizasiz kirishi mumkin bo'lgan xorijiy mamlakatlar soni 90 taga yetdi" 79.

Xulosa qilib aytganda, yuqoridagi o'zgarishlar davlatimizning xalqaro hamjamiyat oldida ishonchli sherik sifatida maqomini kuchaytirish hamda tinchlik va xalqaro xavfsizlikni saqlash va mustahkamlash uchun muhim ahamiyat kasb etadi.

78 O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. https://lex.uz/docs/-6445145

79 Sayfiddin JO'RAYEV, Toshkent davlat sharqshunoslik Universiteti, xalqaro munosobatlar kafedrasi professori, siyosiy fanlar doktori. https://xabar.uz/uz/mahalliy/konstituciyada-tinchliksevar-tashqi-siyosat-tamoyili

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "O'zbekiston — 2030" strategiyasi to'g'risida"gi Farmoni, 11.09.2023 yildagi PF-158-son. https://lex.uz/ru/docs/-6600413

2. https://uz.telegram-

politics.com/catalog/channels/manaviyat_va_marifat_darsi/4476

3. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. https://lex.uz/docs/-6445145

4. Sayfiddin JO'RAYEV, Toshkent davlat sharqshunoslik Universiteti, xalqaro munosobatlar kafedrasi professori, siyosiy fanlar doktori. https://xabar.uz/uz/mahalliy/konstituciyada-tinchliksevar-tashqi-siyosat-tamoyili

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.