Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
OCHIQLIK, OSHKORALIK VA KO'P TOMONLAMA HAMKORLIK -
O'ZBEKISTON TASHQI SIYOSATINING USTUVOR YO'NALISHI
Mamatraimov Komil
Termiz muhandislik- texnologiya instituti Ijtimoiy gumanitar fanlar kafedrasi o'qituvchisi
ANNOTATSIYA
Maqolada O'zbekiston Respublikasi tashqi siyosiy faoliyat konsepsiyasi,uning amalga oshirilishi,Yangilangan konstitutsiyaning tashqi siyosatga bag'ishlangan moddalari,2022-2026-yillarga mo 'Ijallangan "taraqqiyot strategiyasi "ning mazmun-mohiyati va uning amalga oshirilish bosqichlari shuningdek prezident SH.Mirziyoyevning asarlari asosida malakatimiz siyoatinng asosiy maqsad vazifalari ilmiy jihatdan tahlil etilgan.
Kalit so'zlar: Kibermakon, ijtimoiy tarmoq, ekstremizm, axborotning himoyasi, ommaviy madaniyat.
АННОТАЦИЯ
В статье рассмотрены понятие внешнеполитической деятельности Республики Узбекистан, ее реализация, статьи обновленной Конституции, посвященные внешней политике, сущность «Стратегии развития» на 20222026 годы и этапы ее реализации, а также а также труды Президента Ш. Мирзиёева на основе нашей квалификации были научно проанализированы основные цели и задачи нашей политики.
Ключевые слова: Внешняя политика Республики Узбекистан, Конституция Республики Узбекистан, концепция внешнеполитической деятельности, стратегия действий, геополитическое положение Центральной Азии, стратегия «Узбекистан-2030».
KIRISH (INTRODUCTION)
O'zbekiston Respublikasi o'z milliy manfaatlariga asoslangan holda ochiq, o'zaro manfaatli tashqi siyosat olib boradi. Respublikaning zamonaviy tashqi siyosiy faoliyati dunyoda va mintaqada shiddat bilan o'zgarayotgan vaziyat hamda mamlakatning ichidagi keng ko'lamli o'zgarishlarga asoslanib shakllanadi.O'zbekiston Respublikasi tashqi siyosiy faoliyatining bosh maqsadi-davlat mustaqilligi va suverenitetining xalqaro maydondagi o'rni va rolini mustahkamlash yon-atrofida xavfsizlik, barqarorlik va ahil qo'shnichilik muhitini shakllantirish, respublikaning tashqi iqtisodiy manfaatlarini faol tarzda ilgari surishdan iborat. Mamlakatimiz harbiy-siyosiy bloklarga qo'shilmaslik kursiga sodiq bo'lib, o'z hududida xorijiy harbiy bazalar va obyektlarni joylashtirishga, shuningdek,
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
mamlakat harbiy xizmatchilarining chet eldagi tinchlikparvarlik amaliyotlarida yoki harbiy mojarolarda ishtirok etishiga yo'l qo'ymaydi.
MUHOKAMA VA NATIJALAR. (DISCUSSION AND RESULTS)
Mamlakatimizda keyingi yillarda tashqi siyosat sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar mintaqamizda tinchlik va barqarorlikni mustahkamlashga, mamlakatimizning xalqaro maydondagi salohiyatini kengaytirishga va xorijiy davlatlar bilan keng qamrovli hamda o'zaro manfaatli aloqalarini rivojlantirishga xizmat qilib kelmoqda. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 17-moddasida"O'zbekiston Respublikasi xalqaro munosabatlarning to'la huquqli subyektidir.O'zbekistonning tashqi siyosati davlatlarning suveren tengligi, kuch ishlatmaslik yoki kuch bilan tahdid qilmaslik, chegaralarning buzilmasligi, davlatlarning hududiy yaxlitligi, nizolarni tinch yo'l bilan hal etish, boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik prinsiplariga hamda xalqaro huquqning umume'tirof etilgan boshqa prinsiplari va normalariga asoslanadi"18-moddasida "O'zbekiston Respublikasi davlatlar va xalqaro tashkilotlar bilan ikki va ko'p tomonlama munosabatlarni har taraflama rivojlantirishga qaratilgan tinchliksevar tashqi siyosatni amalga oshiradi. O'zbekiston Respublikasi davlatning, xalqning oliy manfaatlaridan, uning farovonligi va xavfsizligidan kelib chiqqan holda ittifoqlar tuzishi, hamdo'stliklarga va boshqa davlatlararo tuzilmalarga kirishi hamda ulardan chiqishi mumkin" degan qoidaning belgilab qo'yilishi mamlakatimiz tashqi siyosatni amalga oshirishda qat'iy pozitsiyaga ega ekanligini ko'rsatadi.Xalqaro munosabatlarda davlatlararo munosabatlar asosiy o'rinni egallagani bois diplomatiy a tashqi siyosatni amalga oshirishning jud muhim vositasi hisoblanadi.O'zbekiston tashqi siyosati diplomatiyasining asosiy maqsadi davlat suverenitetini himoya qilish,tinchlik ,mintaqaviy va xalqaro xavfsizlikni ta'minlash maqsadida barcha davlatlar bilan manfaatli hamkorlikni o'rnatishdan iborat hisoblanadi.2012-yil sentyabrda O'zbekiston Respublikasining «Tashqi siyosiy faoliyati konsepsiyasi» qabul qilindi.Konsepsiya "Umumiy qoidalar" va to'rtta bo'limdan iborat bo'lib,u o'tgan davr mobaynida O'zbekiston Respubliksi progressiv tashqi siyosatining asosiy maqsad-vazifalarini va ustuvor yo'nalishlarini o'zida mujassam etdi.O'zbekiston Respublikasining Tashqi siyosiy faoliyati konsepsiyasi - bu davlat tashqi siyosatining prinsiplari va strategik ustuvor yo'nalishlarini, xalqaro maydondagi maqsad va vazifalarini, istiqbolda O'zbekiston milliy manfaatlarini ilgari surish mexanizmlarini belgilab beradigan qarashlarning yaxlit tizimidir.Mazkur Konsepsiyada Markaziy Osiyo mintaqasiga alohida e'tibor qaratilgan va «O'zbekistonning hayotiy muhim manfaatlari shu mintaqa bilan bog'liq» ekanligi rasman e'tirof etilgan.Unda Markaziy Osiyo o'zining muhim geosiyosiy joylashuvi va mineral xomashyo resurslarining
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
ulkan zahiralariga ega ekanligi tufayli jahon miqyosida kuchli e'tibor ob'yektiga, yirik davlatlarning strategik manfaatlari to'qnashadigan hududga aylanib borayotgani ta'kidlangan. Shuningdek,dunyoning yirik davlatlari tomonidan mintaqada olib borilayotgan o'zaro raqobat inobatga olinib,«Markaziy Osiyo muammolari tashqi kuchlarning aralashuvisiz, mintaqadagi davlatlarning o'zlari tomonidan yechilmog'i zarur», degan fikr bayon etilgan .Konsepsiyada O'zbekistonning tinchliksevar siyosat yuritishi,harbiy-siyosiy bloklarda ishtirok etmasligi, har qanday davlatlararo tuzilmalar harbiy-siyosiyblokka aylangan taqdirda, ulardan chiqish huquqini o'zida saqlab qolishi ta'kidlandi va bu orqali mazkur konsepsiya O'zbekistonda amalga oshirilayotgan siyosiy jarayonlarning huquqiy asosi bo'lib xizmat qildi.
Mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tashabbusi bilan olib borilayotgan islohotlar samarasini yanada oshirish, davlat va jamiyatning har tomonlama va jadal rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratish, mamlakatimizni modernizatsiya qilish hamda hayotning barcha sohalarini liberallashtirish bo'yicha ustuvor yo'nalishlarni amalga oshirish maqsadida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi farmoni bilan "2017-2021-yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasi" tasdiqlandi. Strategiya dolzarb hamda aholi va tadbirkorlarni tashvishga solayotgan masalalarni kompleks o'rganish, qonunchilik, huquqni muhofaza qilish amaliyoti va xorijiy tajribani tahlil qilish yakunlari bo'yicha ishlab chiqilgan. Harakatlar strategiyasi 5 bosqichda amalga oshirilib, ularning har biri bo'yicha yil nomlanishidan kelib chiqqan holda alohida bir yillik davlat dasturini tasdiqlashni nazarda tutadi.Mazkur strategiyaning beshinchi bosqichi "Xavfsizlik, diniy bag'rikenglik va millatlararo totuvlik, o'zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosat" deb nomlanib tashqi siyosatning amalga oshirilishida muhim o'rin tutdi. Keyingi yillarda yuqoridagi dasturni izchil davom ettirish maqsadida muhtaram yurtboshimiz Sh.Mirziyoyevning 2023-yil 11-sentabrdagi PF-158-sonli farmoni asosida "O'zbekiston-2030" strategiyasi ishlab chiqildi .Mazkur strategiya yetti bo'limdan iborat bo'lib 100 ta maqsadni o'z ichiga oladi.Ushbu strategiyaning 93-maqsadidan toki 100-maqsadiga qadar mamalakatimizning tashqi siyosat masalalariga alohida e'tibor qaratildi. Mustaqillik yillarida amalga oshirilgan keng ko'lamli islohotlar milliy davlatchilik va suverenitetni mustahkamlash, xavfsizlik va huquq-tartibotni, davlatimiz chegaralari daxlsizligini, jamiyatda qonun ustuvorligini, inson huquq va erkinliklarini, millatlararo totuvlik va diniy bag'rikenglik muhitini ta'minlash uchun muhim poydevor bo'ldi. Ayni vaqtda mamlakatimiz bosib o'tgan taraqqiyot yo'lining tahlili, bugungi kunda jahon bozori talabi keskin o'zgarib, globallashuv sharoitida raqobat tobora kuchayib borayotgani davlatimizni yanada jadal sur'atlar bilan
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
rivojlantirish uchun mutlaqo yangicha yondashuvni ishlab chiqishni taqozo etdi.Bu xususida muhtaram prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev so'z yuritib quyidagi fikrlarni bildirib o'tgan edi. "O'zbekistonning tashqi siyosati Birlashgan Millatlar Tashkiloti Nizomida mustahkamlab qo'yilgan asosiy huquq va tamoyillarga va Konstitutsiyamizga,biz zimmamizga olgan xalqaro majburiyatlarga to'liq mos holda amalga oshirilmoqda.Biz bundan buyon ham tashqi siyosatimizni olib borishda O'zbekiston Respublikasining tashqi siyosiy konsepsiyasida belgilangan strategik vazifalar va ustuvor yo'nalishlarga tayanamiz.Biz o'zimiz tanlagan, tinchlikparvarlikka asoslangan, yuzaga keladigan ziddiyat va qarama-qarshiliklarni faqat tinch,siyosiy vositalar bilan hal etishga qaratilgan yo'lga doim sodiqmiz.Hech qanday harbiy-siyosiy bloklarga qo'shilmaslik,boshqa davlatlarning harbiy bazalari va obektlarining O'zbekiston hududida joylashuviga va harbiylarimizning chet ellardagi operatsiyalarda ishtiroketishiga yo'l qo'ymaslik davlatimizning qat'iy siyosiy pozitsiyasi bo'lib qoladi.Tashqi siyosat sohasidagi barcha hamkorlarimizga nisbatan ochiqlik va xayrixohlik ruhida,pragmatik siyosat olib boramiz" .Yuqorida muhtaram prezidentimiz tomonidan qayd etib o'tilgan fikrlar mamlakatrimizning tinchlik va o'zaro mustahkam ishonch asosida amalga oshirilayotgan tashqi siyosatining bardavom amalga oshirilishing tasdig'idir.
O'zbekistonning amalga oshirilayotgan yangi tashqi siyosati xalqaro hamjamiyat tomonidan munosib baholanmoqda. Xususan, AQSHdagi Gudzon instituti Harbiy- siyosiy tadqiqotlar markazi direktori Richard Vays fikricha, O'zbekistonning tashqi siyosiy tashabbuslari butun Markaziy Osiyo uchun yangi imkoniyatlarni ochmoqda. Rim geosiyosiy tadqiqotlar instituti (IsAG) Yevrosiyo dasturi ilmiy xodimi Fabrissi Viyelmini qayd etishicha, uzoq vaqt regional jarayonlardan chetda bo'lgan O'zbekiston bugungi kunda yangicha harakat qilmoqda. Mintaqa yuragi hisoblangan Toshkent Markaziy Osiyoda barqarorlashtiruvchi davlat tabiiy rolini o'ziga qaytarib olmoqda . Rossiya Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik instituti katta ilmiy xodimi Andrey Grozin ham hozirgi paytda Markaziy Osiyoda davlatlararo munosabatlar tizimi shakllanayotganligiga e'tibor qaratadi. Uning so'zlariga qaraganda, so'nggi vaqtda Toshkent turli xil yo'nalishlar bo'yicha yuqori faollikni namoyon qildi va Mintaqa mamlakatlari o'rtasidagi munosabatlarda sezilarli sog'lomlashish belgilari yaqqol ifodalanmoqda .
XULOSA (CONCLUSION)
So'nggi yillarda O'zbekiston hayotining ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, madaniy-ma'rifiy va boshqa sohalarida muhim va dolzarb ulkan islohot hamda o'zgarishlar izchil amalga oshirilmoqda.Davlatimiz rahbari tomonidan, Tashqi siyosiy faoliyatimizni ustuvor tamoyillaridan biri deb, birinchi navbatda, mintaqamizda,
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
xususan, qo'shni Qozog'iston, Qirg'iziston, Tojikiston Respublikalari va Turkmaniston bilan hamda jahonning yetakchi mamlakatlari (Rossiya, Amerika Qo'shma Shtatlari, Xitoy, shuningdek, Osiyo, Yevropa va Yaqin Sharqdagi qator davlatlar) bilan ochiq, pragmatik va amaliy yondashuv asosida, ikki hamda ko'p tomonlama, barcha yo'nalishlardagi munosabatlarimizni rivojlantirish va kengaytirish belgilangan.O'zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan mintaqaning barcha mamlakatlariga yuqori darajadagi tashriflar amalga oshirildi. Mazkur tashriflar davomida Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun o'zaro manfaatli bo'lgan xavfsizlik, iqtisodiyot, investitsiya, madaniyat va ekologiya masalalari bo'yicha qarorlar qabul qilindi. Buning natijasi o'laroq tarixan qisqa vaqt ichida O'zbekiston va Markaziy Osiyo mamlakatlari o'rtasidagi munosabatlarning yaxshi tomonga burilishiga sabab bo'lgan ulkan o'zgarishlarro'y berdi.Mintaqada mutlaqo yangi, o'zaro ishonch va hurmatga asoslangan siyosiy muhit va geosiyosiy reallik shakllandi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI (REFERENCES)
1. Yangi tahrirdagi O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi (Qonunchilik milliy bazasi.01.05.2023-y. 03/23/837/0241-son).// www.lex.uz
2. O'zbekiston Respublikasi "Tashqi siyosiy faoliyat konsepsiyasi"16.09.2012.Mazkur konsepsiya hozirda tahrir ostida. (Manba.www.lex.uz)
3. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7-fevraldagi PF-4947-sonli "2017-2021-yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasi to'g'risida"gi Farmoni.Manba. http// www.lex.uz
4. O'zbekiston Respublikasi prezidenti SH.M.Mirziyoyevning "O'zbekiston-2030" strategiyasini tasdiqlash bo'yicha 2023-yil 11-sentabrdagi PF-158-sonli farmoni .// www.lex.uz
5. Shakambarov, A. A. (2023). MA'NAVIY MARGINALLASHUVDAN HIMOYALANISH-MILLIY MADANIY MEROSMIZNI ASRAB-AVAYLASH YO'LIDIR. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 3(9), 308-311.
6. Shakambarov, A. A. (2023). MA'NAVIY MARGINALLASHUV YOSHLAR MA'NAVIYATI SHAKLLANISHIGA XAVF SOLUVCHI TAHDID SIFATIDA. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 3(6), 418-422.
7. Normatova, F. A. (2023). TARIX FANINI O 'QITISHDA SAMARALI
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
INTERAKTIV
METODLARDAN
FOYDALANISHNING
AHAMIYATI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 3(6), 15-18.
8. Шакамбаров, А. А. (2023). ИСТОРИЧЕСКИЕ КОРНИ И ЗНАЧЕНИЕ ДУХОВНОЙ МАРГИНАЛИЗАЦИИ. International scientific journal of Biruni, 2(2), 133-137.