Научная статья на тему 'MARKAZIY OSIYODA “XALQ DIPLOMATIYASI”NING RIVOJLANISH TENDENSIYALARI'

MARKAZIY OSIYODA “XALQ DIPLOMATIYASI”NING RIVOJLANISH TENDENSIYALARI Текст научной статьи по специальности «Политологические науки»

CC BY
327
55
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Markaziy Osiyo / Maslahat uchrashuvlari / “xalq diplomatiyasi” / madaniy aloqalar / xavfsizlik va barqarorlik. / Central Asia / Consultative meetings / “people’s diplomacy” / cultural relations / security and stability.

Аннотация научной статьи по политологическим наукам, автор научной работы — Xolmatov, Baxodir Xolmuradovich

Maqolada Markaziy Osiyo davlatlari oʻrtasidagi yaqin qoʻshnichilik va oʻzaro manfaatli hamkorlik aloqalarini rivojlantirish hamda mintaqada xavfsizlik va barqarorlikni mustahkamlash maqsadida Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Maslahat uchrashuvlarida ilgari surilgan tashabbuslari, ularning mazmun va mohiyati haqida soʻz yuritilgan. Shu bilan birga, “xalq diplomatiyasi” tushunchasining mazmun-mohiyati, dunyoda tinchlikni saqlash, davlatlararo munosabatlarni rivojlantirish hamda turli xalqlar oʻrtasidagi doʻstlik aloqalarini oʻrnatishda “xalq diplomatiyasi”ning oʻrni katta ekanligi haqida fikr yuritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

DEVELOPMENT TENDENCIES OF “PEOPLE DIPLOMACY” IN CENTRAL ASIA

The article talks about the initiatives put forward by the leaders of the Central Asian countries in the Consultative Meetings, their content and essence, in order to develop close neighborly and mutually beneficial cooperation relations between the Central Asian countries and to strengthen the security and stability in the region. At the same time, the meaning of the concept of “people’s diplomacy”, the importance of “people’s diplomacy” in maintaining peace in the world, developing interstate relations and establishing friendly relations between different peoples were discussed.

Текст научной работы на тему «MARKAZIY OSIYODA “XALQ DIPLOMATIYASI”NING RIVOJLANISH TENDENSIYALARI»

o

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(1), Jan., 2023

MARKAZIY OSIYODA "XALQ DIPLOMATIYASI"NING RIVOJLANISH

Maqolada Markaziy Osiyo davlatlari o 'rtasidagi yaqin qo 'shnichilik va o 'zaro manfaatli hamkorlik aloqalarini rivojlantirish hamda mintaqada xavfsizlik va barqarorlikni mustahkamlash maqsadida Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Maslahat uchrashuvlarida ilgari surilgan tashabbuslari, ularning mazmun va mohiyati haqida so 'z yuritilgan.

Shu bilan birga, "xalq diplomatiyasi" tushunchasining mazmun-mohiyati, dunyoda tinchlikni saqlash, davlatlararo munosabatlarni rivojlantirish hamda turli xalqlar o 'rtasidagi do 'stlik aloqalarini o 'rnatishda "xalq diplomatiyasi "ning o 'rni katta ekanligi haqida fikr yuritilgan.

Tayanch so izlar: Markaziy Osiyo, Maslahat uchrashuvlari, "xalq diplomatiyasi ", madaniy aloqalar, xavfsizlik va barqarorlik.

DEVELOPMENT TENDENCIES OF "PEOPLE DIPLOMACY" IN

CENTRAL ASIA

Kholmatov Bakhodir Kholmuradovich,

Doctoral student of the Department of "Social and Political Sciences" of the Tashkent Institute of Chemical Technology, [email protected]

The article talks about the initiatives put forward by the leaders of the Central Asian countries in the Consultative Meetings, their content and essence, in order to develop close neighborly and mutually beneficial cooperation relations between the Central Asian countries and to strengthen the security and stability in the region.

At the same time, the meaning of the concept of "people's diplomacy", the importance of "people's diplomacy " in maintaining peace in the world, developing interstate relations and establishing friendly relations between different peoples were discussed.

Key words: Central Asia, Consultative meetings, "people's diplomacy", cultural relations, security and stability.

TENDENSIYALARI

Xolmatov Baxodir Xolmuradovich,

Toshkent kimyo-texnologiya instituti Tjtimoiy-siyosiy fanlar" kafedrasi tayanch doktoranti, [email protected]

ANNOTATSIYA

ABSTRACT

o

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(1), Jan., 2023

KIRISH

Hozirgi globallashuv jarayonlari chuqurlashib borayotgan bir davrda Markaziy Osiyoda tinchlik va xavfsizlikning ta'minlanishi mintaqa davlatlari oldida turgan dolzarb masala bo'lib, davlatlararo aloqalarni yanada chuqurlashtirishni taqozo etadi. Buning asosiy sababi shundaki, O'zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.A.Karimov ta'kidlaganidek, "mintaqa muammolarini mintaqa davlatlarining hamkorlik aloqalarisiz bartaraf etish mumkin emas" [2, Karimov I.A., 1997.- B.78.].

ASOSIY QISM

Hususan, Markaziy Osiyo mintaqasida o'zaro tinchlik va xavfsizlikning ta'minlanishi bevosita mintaqa davlatlarining oldida turgan dolzarb masalalardan biri bo'lib hisoblanadi. Bu o'z navbatida, Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarini mintaqaviy xavfsizlik, tinchlik va osoyishtalikni ta'minlashga hamda barqaror iqtisodiy taraqqiyotga erishishga oid masalalarni birgalikda hal etish uchun konstruktiv muloqot qilishga undaydi.

- "Biz o'tgan davrda "O'zbekiston tashqi siyosatida Markaziy Osiyo - bosh ustuvor yo'nalish" tamoyilini amalda tatbiq etishga kirishdik. Natijada, mushtarak siyosiy irodamiz va birgalikdagi sa'y-harakatlarimiz natijasida mintaqamiz yaxshi qo'shnichilik, o'zaro mafaatli hamkorlik hamda barqaror rivojlanish maydoniga aylanib bormoqda.

So'nggi yillarda Markaziy Osiyoda mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlash yo'lida sezilarli yutuqlarga erishdik. Bu amaliy jihatdan yangi mazmunga ega bo'lgan vazifalarni hal etish, ya'ni dunyoning boshqa mintaqalari bilan yanada yaqin aloqalar o'rnatishga imkon beradi.

Mintaqamizda yangi siyosiy muhitning shakllanishida Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari maslahat uchrashuvlarining o'rni va ahamiyati beqiyosdir", - deb ta'kidlaydi Shavkat Mirziyoyev [7, Mirziyoyev Sh.M., 2021, 362-bet].

Ma'lumki, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2017-yil 19-sentabr kuni Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Maslahat uchrashuvini o'tkazish taklifini ilgari surgan edi [12, https://prezident.uz/uz/lists/view/1063].

Mazkur Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Maslahat uchrashuvi ana shunday yaxshi qo'shnichilik muhiti, xalqlar o'rtasidagi do'stlikni yanada mustahkamlashga qaratilgan ezgu tashabbusdir. Bu tashabbus qardosh xalqlarimizning manfaatlariga to'liq mos bo'lgani uchun mintaqadagi barcha davlatlar va xalqaro tashkilotlar tomonidan keng qo'llab-quvvatlandi va tezda amalga oshdi.

o

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(1), Jan., 2023

Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining birinchi Maslahat uchrashuvi 2018-yil 15-mart kuni Qozog'iston Respublikasining poytaxti Ostona shahrida bo'lib o'tgan edi. Unda mintaqa mamlakatlari o'rtasida siyosiy, savdo-iqtisodiy va gumanitar hamkorlikni rivojlantirish, terrorizm, diniy ekstremizm, narkotik moddalar va qurol-yarog' kontrabandasiga qarshi birgalikda kurashish, Markaziy Osiyoda xavfsizlik va barqarorlikni mustahkamlash masalalari muhokama qilingandi.

"Markaziy Osiyoda integratsiyani qayta tiklash uchun esa o'n yil talab qilindi. ... Mazkur mexanizm avvaliga ehtiyotkorlik yuzasidan Maslahat uchrashuvi, deb nomlangan. Chunki o'n yilga "muzlatilgan" mintaqaviy integratsiyani birdaniga institutsional ko'rinishda tiklab bo'lmasdi. Har yoqqa tarqalib ketgan Markaziy Osiyo respublikalari bir-birini yaxshiroq tanib olishi, umumiy til topishi uchun vaqt kerak edi. Ostonada o'tkazilgan Birinchi maslahat uchrashuvida Qozog'istonning o'sha paytdagi Prezidenti Nursulton Nazarboyev ham shunga ishora qilgan holda: "Biz hozir integratsiya haqida emas, muntazam uchrashuvlarni tiklash haqida gapiryapmiz", - degani esimda [5, https://www.uzanalytics.com/siyosat/9499/], deb ta'kidlaydi siyosatshunos olim F. Tolipov.

Sammit yakunida tomonlar bu kabi oliy darajadagi uchrashuvlar hamkorlikni yanada rivojlantirishga xizmat qilishini ta'kidlab, keyingi Maslahat uchrashuvini 2019-yilda Toshkentda o'tkazishga kelishib olgan edi.

2019-yilning 29-noyabr kuni Toshkent shahrida bo'lib o'tgan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining ikkinchi Maslahat uchrashuvida tomonlar Markaziy Osiyo davlatlari ko'p tomonlama hamkorlik bo'yicha yagona nuqtai nazarga kelish zarurligini e'tirof etgan holda uning asosiy yo'nalishlari haqida fikr almashib, qator muhim tashabbuslarni ilgari surdi.

Maslahat uchrashuvida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev muzokaralar an'anaviy do'stlik va o'zaro anglashuv ruhida o'tganini, davlat rahbarlarining mintaqada ishonch va yaxshi qo'shnichilik muhitini yanada mustahkamlashga bo'lgan intilishi va qat'iy siyosiy irodasining yaqqol ifodasi bo'lganini ta'kidlagan.

- Bizni mushtarak tarix va madaniyat, yagona muqaddas din, o'xshash mentalitet, ma'naviy-axloqiy qadriyatlar va an'analar, hamda ajralmas do'stlik chambarchas bog'lab turadi. Bularning barchasi, xalqlarimiz farovonligi va ravnaqi yo'lida Markaziy Osiyo davlatlari salohiyatini birlashtirishga qaratilgan o'zaro manfaatli hamkorligimizga mustahkam poydevor bo'lib xizmat qiladi, - deydi Shavkat Mirziyoyev [15, https://president. uz/uz/lists/view/3106].

o

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(1), Jan., 2023

Mazkur uchrashuvda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyoda ko'p tomonlama hamkorlik bo'yicha yagona nuqtai nazarni kelishish zarurligini ta'kidlab, beshta muhim tashabbusni ilgari surgan edi.

Jumladan, birinchi yo'nalish - savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy aloqalarni rivojlantirishdir. Katta bozorga ega, tabiiy xomashyo va inson resurslari salmoqli bo'lgan mintaqamizning raqobatdosh ustunliklarini imkon qadar to'liq ishga solish;

Ikkinchi yo'nalish - Bosh vazir o'rinbosarlari va tashqi ishlar vazirlarining ko'p tomonlama uchrashuvlarini muntazam tashkil qilish bilan birga Markaziy Osiyo mamlakatlari parlamentlararo do'stlik guruhini ta'sis etish;

Uchinchi yo'nalish - "Markaziy Osiyo - yagona o'tmish, umumiy kelajak" shiori ostida madaniy-gumanitar almashuv platformasini yaratish;

To'rtinchi yo'nalish - mintaqaning murakkab suv va ekologik muammolarini hal qilish va yechish;

Beshinchi yo'nalish - mintaqaviy barqarorlik va xavfsizlikni ta'minlash, bu borada zamonaviy tahdid va xavf-xatarlarga keng miqyosda qarshi turish uchun mamlakatlarimizning huquqni muhofaza qiluvchi idoralari va maxsus xizmatlarining operativ hamkorlik qilishi bo'yicha ishchi mexanizmlarni yaratish [13, 30.11.2019, http://uza.uz].

Bundan tashqari O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ikkinchi Maslahat uchrashuvining o'tkazilishi manfaatlarning o'zaro mushtarakligi, mamlakatlar bilan mintaqaviy taraqqiyotning eng dolzarb masalalari bo'yicha ochiq muloqot va birgalikda qarorlar qabul qilishga tayyor ekanini yana bir bor yaqqol tasdiqlashini ta'kidlagan.

Markaziy Osiyo va MDH mamlakatlari bo'yicha mutaxassis A.Dubnovning fikricha, "Mintaqa davlatlari rahbarlari ilk bor Markaziy Osiyo muammolarini do'stona va konstruktiv ruhda muhokama qilishga tayyor ekanini namoyish etishdi. Bu, o'z navbatida, mintaqaviy sa'y-harakatlarni muvofiqlashtirish avvalgi urinishlarga qaraganda muvaffaqiyatli bo'lishiga umid uyg'otadi" [4, 06.12.2019, http://uza.uz].

Shuningdek, Toshkent uchrashuvida savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy aloqalarni rivojlantirish, katta bozorga ega, tabiiy xomashyo va inson resurslari salmoqli bo'lgan mintaqaning imkoniyatlarini to'liq ishga solish, qo'shilgan qiymat zanjirini shakllantirish, mintaqa ichidagi savdo hajmini ko'paytirish, ish o'rinlarini yaratish maqsadida iqtisodiyotning turli tarmoqlarida yangi yo'nalishlarni aniqlash va kooperatsiya loyihalarini amalga oshirish, mintaqaning transport jihatidan o'zaro bog'liqligini mustahkamlash va tranzit salohiyatini ro'yobga chiqarish, energetika

o

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(1), Jan., 2023

sohasidagi hamkorlikni kengaytirish, mintaqaning turizm salohiyatini rivojlantirish masalalari atroflicha muhokama qilindi [1, Jo'rayev Q., https://parliament.gov.uz/].

Ushbu oliy darajadagi uchrashuvlarni o'tkazish qoidalariga ko'ra, uni yilda bir marta o'tkazish rejalashtirilgan edi. Biroq, 2020-yilning kuzida Qirg'iziston Respublikasining poytaxti Bishkek shahrida o'tkazilishi rejalashtirilgan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining uchinchi Maslahat uchrashuvi jahon miqyosidagi koronavirus pandemiyasi sababli 2021-yilga qoldirildi.

Keyinchalik, Turkmaniston tomoni uchinchi uchrashuvni 2021-yilda Turkmaniston Respublikasida o'tkazishni taklif qildi. Shundan so'ng 2021-yil 6-avgust kuni Turkmanistondagi "Avaza" milliy sayyohlik zonasida Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining uchinchi Maslahat uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Mazkur oliy darajadagi uchrashuv avvalgilaridan farqli tarzda, to'liq tarkibda bo'lib o'tdi. Turkmaniston Respublikasi Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov raislik qilgan sammitda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev, Qozog'iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqaev, Qirg'iziston Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov va Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon, shuningdek, BMT Bosh kotibining Markaziy Osiyo bo'yicha maxsus vakili, Markaziy Osiyo uchun preventiv diplomatiya bo'yicha mintaqaviy markaz rahbari Natalya German ishtirok etdi.

Maslahat uchrashuvida mintaqaviy hamkorlik jarayonlariga barqaror tus berish, shu maqsadda "xalq diplomatiyasi", parlamentlar, fuqarolik jamiyati institutlari va media sohasi salohiyatidan yana keng foydalanish muhim ekani qayd etildi [10, https: //president.uz/uz/lists/view/4530].

Ya'ni, "xalq diplomatiyasi" - bu davlat diplomatiyasidan farqli o'laroq, davlatlararo va mintaqalararo hamkorlik aloqalarini o'rnatishda turli madaniyat vositalari hamda xalqlarning azaliy qadriyatlaridan keng foydalangan holda yo'lga qo'yish, shuningdek, xalqlar va davlatlar o'rtasidagi munosabatlarni yaxshilashga qaratilgan sa'y-harakatlarni amalga oshirish mahoratidir [3, Kholmuradovich, K. B., & Kizi, A. G. R. (2020)., 177-183.].

Bundan tashqari mintaqada milliy iqtisodiyotlar va aholi soni o'sishi ta'sirida energetik xavfsizlik masalalari tobora dolzarb ahamiyat kasb etayotgani bois, umumiy energetika makonini shakllantirish bo'yicha sa'y-harakatlarni davom ettirish, bunda "yashil" energetika va energiya tejamkor texnologiyalarni jadal joriy et ishga alohida e'tibor qaratish lozimligi ta'kidlangan.

2022-yilning 21-iyul kuni Cho'lponota shahri (Qirg'iziston Respublikasi)da Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining to'rtinchi Maslahat uchrashuvi bo'lib o'tdi.

o

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(1), Jan., 2023

Mazkur Maslahat uchrashuvida O'zbekiston, Qozog'iston, Tojikiston, Turkmaniston va Qirg'iziston Respublikasi Prezidentlari o'z nutqlarida bunday muntazam uchrashuvlarning dolzarb ahamiyatini alohida qayd etib, mintaqada do'stlik, yaxshi qo'shnichilik va sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlashga qaratilgan qator tashabbuslarni ilgari surdilar.

- "Ushbu formatda olib borilayotgan muloqot tufayli do'stlik va yaxshi qo'shnichilik munosabatlarini mustahkamlashga, mintaqamizda mutlaqo yangi konstruktiv hamkorlik muhitini yaratishga muvaffaq bo'ldik.

Markaziy Osiyoning xavfsizligi va barqarorligini, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini ta'minlash bo'yicha murakkab vazifalarni izchil hal etib kelmoqdamiz.

Bu borada ko'plab to'siqlar bartaraf etildi, fuqarolarimizning erkin harakatlanishi, faol madaniy va sayyohlik almashuvlari amalga oshirilishi uchun sharoitlar yaratildi. O'zaro savdo va investitsiyalarning o'sishiga xizmat qilayotgan qulay muhit shakllantirildi" [14, https://uza.uz/uz 391884], - deydi Shavkat Mirziyoyev.

Sammit yakunida XXI asrda Markaziy Osiyoni rivojlantirish yo'lidagi do'stlik, yaxshi qo'shnichilik va hamkorlik to'g'risida shartnoma imzolandi. Davlat rahbarlari Cho'lponota Maslahat uchrashuvining qo'shma bayonoti, 2022-2024-yillarda mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirish bo'yicha yo'l xaritasi, "Markaziy Osiyo uchun "Yashil kun tartibi" mintaqaviy dasturi hamda Markaziy Osiyo davlatlarining ko'p tomonlama formatlar doirasidagi hamkorligi konsepsiyasini qabul qildilar [11, https://uza.uz 391867].

Bu kabi Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Maslahat uchrashuvlarida ko'tarilgan mintaqa davlatlari uchun dolzarb bo'lgan masalalar rasmiy sammitlardan tashqari davlat rahbarlarining davlat va ishchi tashriflari doirasida ham muntazam ravishda muhokama qilinib kelinmoqda. Bu ham bo'lsa davlatlarning o'zaro yaqin qo'shnichilik aloqalarini yanada mustahkamlanishiga xizmat qiladi.

Shuningdek, O'zbekiston tashabbusi bilan Markaziy Osiyo mamlakatlari hamkorligida 2018-2021-yillarda BMT Bosh Assambleyasining bir necha maxsus rezolyutsiyalari qabul qilindi.

Jumladan, "Markaziy Osiyo mintaqasida tinchlik, barqarorlik va izchil taraqqiyotni ta'minlash bo'yicha mintaqaviy va xalqaro hamkorlikni mustahkamlash" (2018-yil 22-iyun), "Ma'rifat va diniy bag'rikenglik" (2018-yil 12-dekabr), "Markaziy Osiyoda barqaror turizm va barqaror rivojlanish" (2019-yil 19-dekabr), "Orolbo'yi mintaqasini ekologik innovatsiyalar va texnologiyalar hududiga aylantirish to'g'risida" (2021-yil 18-may) kabi BMT rezolyutsiyalari xalqaro hamkorligimizning yaqqol misolidir.

o

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(1), Jan., 2023

Hamkorlikda amalga oshirilayotgan barcha sa'y-harakatlar, loyiha va dasturlar, hech shubhasiz, o'zaro ishonch va hurmat muhitini mustahkamlab, Markaziy Osiyo xalqlari tomonidan qo'llab-quvvatlanmoqda va ularning manfaatlariga to'liq javob beradigan bunday mintaqaviy hamkorlik izchil rivojlanmoqda [8, Mirziyoyev Sh.M., 2021, 365-bet.].

Qolaversa, bugungi kunda Markaziy Osiyo mintaqasidagi davlatlar o'rtasidagi munosabatlarni yaxshilashda "xalq diplomatiyasi"ning o'rni juda muhim hisoblanadi. Bunda eng muhimi, mintaqaning madaniyati bir-birga o'xshash, ular bir-birini to'ldiradi.

Bunga misol tariqasida aytadigan bo'lsak, O'zbekistonning hududiy jihatdan eng katta qo'shnilaridan biri Qozog'iston hisoblanadi. O'zbekiston bilan Qozog'iston o'rtasidagi chegara 2150 km.ni tashkil etadi. Ikki davlat o'rtasida diplomatik aloqalar mustaqil davlatlar sifatida 1992-yil 23-noyabrdagi kelishuvdan so'ng o'rnatilgan. 1994-yil 23-30-may kunlari O'zbekistonda Qozog'iston kunlari, 1995-yil 20-27-may kunlari Qozog'istonda O'zbekiston kunlari bo'lib o'tgan. 1998-yil 31-oktyabrda Qozog'iston va O'zbekiston o'rtasida "Abadiy do'stlik" haqida bitim imzolangan [16, Sirojov, O. (2022).,399-403.].

2018-yil Qozog'istonda "O'zbekiston yili" deb e'lon qilindi. Uning doirasida 80 dan ortiq madaniy, sport tadbirlari, kino kunlari, turli festivallar o'tkazildi. 2019-yil esa O'zbekistonda "Qozog'iston yili" bo'ldi. Bu yillarda ko'plab madaniy tadbirlar tashkillashtirildi.

Shuningdek, O'zbekistonning Markaziy Osiyo mamlakatlariga nisbatan olib borayotgan ochiq va konstruktiv siyosati naqadar to'g'ri ekanini global pandemiya davrida mintaqa rahbarlarining o'zaro yordam va koronavirus tarqalishi oqibatlarini yumshatish bo'yicha amalga oshirgan qo'shma chora-tadbirlari ham isbotladi.

Global pandemiya xavfiga qaramay, Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining doimiy muloqoti ta'minlandi va mamlakatlar o'rtasida faol hamkorlik aloqalari davom ettirildi. Mintaqa davlatlari koronavirus infeksiyasi tarqalishining dastlabki kunlaridanoq bir-birlariga ijtimoiy yordam ko'rsatishni boshladilar. O'zbekiston Qozog'iston, Qirg'iziston va Tojikistonga bir necha bor gumanitar yordam yubordi. Bunga javoban Qirg'iziston va Tojikiston singari qo'shnilarimiz Sardoba suv omborini tiklash uchun insonparvarlik yordamini ko'rsatdilar. Shuningdek, 2020-yilning dekabr oyida O'zbekiston ko'magi bilan Qirg'izistonda zarur tibbiy jihozlar va mebellar bilan to'liq jihozlangan 200 o'rinli yuqumli kasalliklar shifoxonasi foydalanishga topshirildi.

Bundan tashqari, pandemiya davrida koronavirusga qarshi kurashda tibbiyot sohasida axborot va tajriba almashinuvi, o'zaro gumanitar yordam ko'rsatish, chegaralarda yuklarning uzluksiz harakatlanishini yo'lga qo'yishga erishildi. Bu esa

o

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(1), Jan., 2023

mintaqada dunyoning boshqa davlatlariga nisbatan koronavirus bilan kasallanish va uning natijasidagi o'iim sonining kamligini ta'minlash imkonini berdi [17, Tulyakov E., Hakimov F., https://uza.uz/].

Markaziy Osiyo mamlakatlarini bog'lab turgan eng muhim transport yo'llari qayta tiklandi va modernizasiya qilindi, yangi yer usti va havo yo'llari ochildi. O'zaro joriy qilingan chegirmalar natijasida yuk tashish, avvalo, tranzit xajmi ortib bormoqda.

Mintaqada ekologik, jumladan, suv-energetika masalalarini hal qilish borasida oldinga siljish kuzatilmoqda. O'zbekiston Qambar ota va Rog'un GESlari qurilishi loyihalarida ishtirok etish imkoniyatini ko'rib chiqdi. "O'zbekiston - Turkmaniston -Eron - O'mon" transport yo'lagining uchastkasi qurilishi muhim ahamiyatga ega ishlar sirasiga kiradi. Amudaryo orqali "Turkmanobod - Forob" temir yo'l va avtomobil ko'priklari ochildi.

Shu asnoda "O'zbekiston - Turkmaniston - Kaspiy dengizi - Janubiy Kavkaz" yo'nalishi bo'yicha Boku - Tbilisi - Kars hamda Gruziya, Turkiya, Ruminiya va boshqa davlatlarning Qora dengiz portlariga chiqish yo'llari bilan oraliq transport-kommunikasiya magistralini barpo etish uchun qulay imkoniyat yaratildi.

Chegaradagi o'tkazish punktlari faoliyati qayta tashkil etildi, ularning o'tkazuvchanlik imkoniyati kengaytirilmoqda. Chegara idoralari va bojxona organlarining samarali hamkorligi yo'lga qo'yildi.

O'z faoliyatini qayta tiklagan o'tkazish punktlari orqali ishbilarmonlik va madaniy-gumanitar sohalardagi aloqalarni faollashtirish doirasida o'z qarindoshlari bilan uchrashish va sayyohlik ob'ektlarini ko'rish maqsadida mintaqa davlatlari chegaralaridan har kuni o'n minglab fuqarolarimiz o'tmoqda [9, Mirziyoyev Sh.M., 2021, 363-364-betlar.].

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Turkmaniston, Qozog'iston, Qirg'iziston va Tojikiston respublikalari davlat rahbarlari bilan o'zaro manfaatga asoslangan istiqbolli kelishuvlari yaqin kelajakda o'z mevasini berib, Markaziy Osiyo davlatlari bilan o'zaro manfaatli aloqalarni yangi bosqichga olib chiqadi.

Tizimli muloqot, barcha tomonlarning manfaatlarini inobatga olish va oqilona murosa asosida o'zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish masalalari Markaziy Osiyoning barcha mamlakatlari tomonidan qo'llab-quvvatlanmoqda. Mintaqaviy hamkorlik va xavfsizlikni, Markaziy Osiyoda tinchlik, xavfsizlik va izchil taraqqiyotni ta'minlash borasida birgalikdagi sa'y-harakatlar xalqaro hamjamiyat tomonidan keng qo'llab-quvvatlanmoqda [6, Mirziyoyev Sh.M., 2021, 364-365-betlar.].

XULOSA

o

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(1), Jan., 2023

Yuqorida keltirilgan barcha tashabbuslar va sa'y-harakatlar Markaziy Osiyo mintaqasida barqarorlik va xavfsizlikni ta'minlash, mintaqada keng madaniy-gumanitar almashinuvlar uchun qulay sharoitlar yaratib berish, davlatlar o'rtasida yaxshi qo'shnichilik va sheriklikni mustahkamlash borasida "xalq diplomatiyasi"ning imkoniyatlaridan samarali foydalanishga undaydi.

REFERENCES

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

1. Jo'rayev Q. Maslahat uchrashuvlari - mintaqaviy muloqotning samarali mexanizmi. https://parliament.gov.uz/uz/events/opinion/35279/

2. Karimov I. A. O'zbekiston XXI asr bo'sag'asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari. - T.: "O'zbekiston", 1997. - B.78.

3. Kholmuradovich, K. B., & Kizi, A. G. R. (2020). The Concept Of' People's Diplomacy", Its Content And Significance. The American Journal of Social Science and Education Innovations, 2(07), 177-183.

4. Markaziy Osiyo davlatlari umummintaqaviy masalalarni hamkorlikda hal etishga intilmoqda. https://uza.uz/uz/posts/markaziy-osiye-davlatlari-umumminta-aviy-masalalarni-amkorli-06-12-2019

5. Markaziy Osiyo integratsiyasi qay tomon yo'nalmoqda? https://www.uzanalytics.com/siyosat/9499/

6. Mirziyoyev Sh.M. Yangi O'zbekiston strategiyasi. T., "O'zbekiston", 2021,

364-365-betlar.

7. Mirziyoyev Sh.M. Yangi O'zbekiston strategiyasi. T., "O'zbekiston", 2021, 362-bet.

8. Mirziyoyev Sh.M. Yangi O'zbekiston strategiyasi. T., "O'zbekiston", 2021,

365-bet.

9. Mirziyoyev Sh.M. Yangi O'zbekiston strategiyasi. T., "O'zbekiston", 363-364-betlar.

10. O'zbekiston Prezidenti Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Maslahat uchrashuvida nutq so'zladi. https: //president.uz/uz/lists/view/4530

11. O'zbekiston Prezidenti mintaqada ko'p tomonlama hamkorlikning samaradorligini oshirishni taklif etdi. https://uza.uz/uz/posts/ozbekiston-prezidenti-mintaqada-kop-tomonlama-hamkorlikning-samaradorligini-oshirishni-taklif-

etdi 391867

12. O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida nutq so'zladi. https://prezident.uz/uz/lists/view/1063

О

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

(E)ISSN:2181-1784 www.oriens.uz 3(1), Jan., 2023

13. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Maslahat uchrashuvidagi nutqi. http://uza.uz/oz/politics/-zbekiston-respublikasi-prezidenti-shavkat-mirziyeevning-mar-30-11 -2019

14. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining to'rtinchi Maslahat uchrashuvidagi nutqi. https://uza.uz/uz/posts/ozbekiston-respublikasi-prezidenti-shavkat-mirziyoevning-markaziy-osiyo-davlatlari-rahbarlarining-tortinchi-maslahat-uchrashuvidagi-nutqi 391884

15. Sh.M.Mirziyoyev. Biz oliy darajadagi mintaqaviy muloqotni rivojlantirishning sifat jihatidan mutlaqo yangi bosqichiga ko'tarildik. https://president.uz/uz/lists/view/3106

16. Sirojov, O. (2022). BORDER PROBLEMS IN CENTRAL ASIA AND OPPORTUNITIES TO SOLVE THEM. Oriental Journal of History, Politics and Law, 2(02), 399-403.

17. Tulyakov E., Hakimov F. Markaziy Osiyo davlatlari bilan do'stona hamkorlik -O'zbekiston tashqi siyosiy faoliyatining ustuvor yo'nalishi. https://uza.uz/uz/posts/markaziy-osiyo-davlatlari-bilan-dostona-hamkorlik-ozbekiston-tashqi-siyosiy-faoliyatining-ustuvor-yonalishi 291570

18. Раматов, Ж.С., Баратов, Р.У., Кушаков, Файзулла Абдуллаевич, Валиев, Л.А., & Хасанов, М.Н. (2022). ТРАНСПОРТ ТИЗИМИ ТАРАККИЁТ БОСКИЧЛАРИ (УЗБЕКИСТОН ТЕМИР ЙУЛ ТРАНСПОРТИ МИСОЛИДА). Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2 (9), 606612.

19. Ramatov, J., Umarova, R., Baratov, R., Jurabayev, N., & Artikova, B. (2022, June). Constructive and optimal solutions for the formation of a stable ecological situation in the Aral Sea region of Uzbekistan. In AIP Conference Proceedings (Vol. 2432, No. 1, p. 030113). AIP Publishing LLC.

20. Baratov, R. (2021). Prospects of Higher Education System (on the Example of Uzbekistan). International Journal on Orange Technologies, 3(3), 128-131.

21. Баратов, Р. У. (2022). ТРАНСПОРТ ТИЗИМИДА ТАЪЛИМ ИСЛОХ,ОТЛАРИ ВА ИСТЩБОЛЛАРИ. Academic research in educational sciences, 3(TSTU Conference 1), 90-95.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.