SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(4), April, 2023
O'ZBEKISTON VA XITOY XALQ RESPUBLIKASI: TARAQQIYOT
YO'LIDAGI HAMKORLIK
K.M. Mamatraimov
TerDU magistranti
Maqolada ikki mamlakat o'rtasida XX asr oxiri-XXI asr boshlarida amalga oshirilayotgan o'zaro manfaatli va ko'p tomonlama hamkorlik aloqalarining rivojlanish bosqichlari ilmiy tahlil etilgan.
Kalit so'zlar: Xalqaro munosabatlar, strategik sheriklik, iqtisodiy munosabatlar, manfaatli hamkorlik.
The article scientifically analyzes the development stages of mutually beneficial and multilateral cooperation between the two countries in the late 20th and early 21st centuries.
Key words: International relations, strategic partnership, economic relations, beneficial cooperation.
XX asrning 90-yillari dunyo mamlakatlari siyosiy hayotida keskin o'zgarishlar sodir bo'lgan davr sifatida tarixda qoldi. Sovet Ittifoqining parchalanishi natijasida uning o'rnida mustaqil demokratik respublikalar tarix sahnasiga chiqdi. Ana shu davlatlar qatoriga mustaqil O'zbekiston Respublikasi ham qo'shildi va keng qamrovli tashqi siyosiy faoliyat davriga dastlabki qadamini tashladi. Mustaqillik Deklaratsiyasi1ning qabul qilinishi O'zbekiston tashqi siyosatini amalga oshirishda tamal toshini qo'ydi. Mazkur deklaratsiyada tashqi siyosat tamoyillari uchun asos bo'lgan "Xelsinki shartnomalari"ga amal qilgan holda, tashqi siyosatda boshqa davlatlarning milliy suvereniteti va tashqi munosabatlarining hurmat qilinishi belgilandi va bu mamlakatning jahon hamjamiyatiga qo'shilishi uchun ulkan imkoniyatlar eshigini ochdi.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Hozirda xalqaro hamjamiyat mustaqil O'zbekiston diplomatiyasining dastlabki qadamlari, Markaziy Osiyodagi mavqeyi, mintaqa xavfsizligini ta'minlashdagi o'rni alohida ekanini tan olmoqda. O'zbekiston tashqi siyosatining ma'naviy yo'nalishi -insonparvarlik, oshkoralik, o'z imkoniyatlariga tayanish va insoniyatning yagona oilasida o'z taraqqiyot yo'liga ega bo'lishdir. Shu bois istiqlol yillarida mamlakatimiz
1 "Mustaqillik Deklaratsiyasi" - O'zbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasi Oliy Sovetiningi20.06.1990-yil ikkinchi
ANNOTATSIYA
ABSTRACT
KIRISH
sessiyasi
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(4), April, 2023
133 davlat bilan rasmiy diplomatik munosabatlar o'rnatgan, Toshkentda 45 ta xorijiy davlatning elchixonalari, 9 ta faxriy konsulxona, 11 ta xalqaro tashkilotlarning vakolatxonalari faoliyat olib bormoqda2.
O'zbekiston Respublikasi tashqi siyosat tizimi O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Vazirlar Mahkamasining 1992-yil may oyidagi «O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi faoliyatini tashkil etish masalalari to'g'risida»gi qarori va 1994-yil mart oyida qabul qilingan «O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi faoliyatini takomillashtirish to'g'risida»gi qarorlari asosida shakllantirildi. Mazkur qarorlarning amalga oshirilishi samarasi o'laroq keyichalik «O'zbekiston Respublikasi tashqi siyosiy faoliyatining asosiy prinsiplari to'g'risida»gi qonun qabul qilindi. 2012-yil sentabrda O'zbekiston Respublikasining «Tashqi siyosiy faoliyati konsepsiyasi» e'lon qilindi.
O'zbekiston Respublikasining Tashqi siyosiy faoliyati konsepsiyasi - bu davlat tashqi siyosatining prinsiplari va strategik ustuvor yo'nalishlarini, xalqaro maydondagi maqsad va vazifalarini, istiqbolda O'zbekiston milliy manfaatlarini ilgari surish mexanizmlarini belgilab beradigan qarashlarning yaxlit tizimidir.Qabul qilingan konsepsiyaga muvofiq mustaqillikni mustahkamlash, mamlakatimizning xavfsizligi, barqarorligi va taraqqiyoti ko'p jihatdan xorijiy davlatlar bilan diplomatik aloqalarning yo'lga qo'yilishi bilan bog'liq ekanligi mamlakatimizning dasturiy maqsadlaridan biriga aylandi.
O'zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligini tan olgan dastlabki davlatlardan biri sifatida Xitoy Xalq Respublikasi bilan hamkorlik munosabatlarining yo'lga qo'yilishi o'ziga xos tarixga ega. Jumladan, 1992 yil 2-yanvarda XXR Tashqi savdo va iqtisodiy hamkorlik vaziri Li Lyantsinning O'zbekistonga tashrifi davomida ikki mamlakat o'rtasida diplomatik munosabatlarni o'rnatish to'g'risida Bayonnoma imzolangan. 1992-yil 15-oktabrdan Toshkentda XXR elchixonasi, 1995-yil 6-maydan Pekinda O'zbekiston Respublikasining elchixonasi faoliyat ko'rsata boshladi3. XX asr 90-yillar oxirlari va bugungi kungacha O'zbekiston Prezidenti Xitoyga bir necha bor rasmiy vizit bilan boradi, bu tashriflar ikki mamlakat o'rtasidagi hamkorlik va do'stlik aloqalarini rivojlantirishda muhim rol o'ynadi.
O'zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimovning 2014-yilning avgust oyida Xitoyga davlat tashrifi ikki tomonlama strategik sheriklik munosabatlarini yangi bosqichga ko'tardi. Mazkur tashrif doirasida umumiy qiymati 5,2 milliard AQSh dollariga teng loyihalar bo'yicha yigirmadan ziyod hujjat, shuningdek, 800 million dollar miqdorida savdo shartnomalari imzolangani va shu
2 http:// www.stat.uz (Statistik ma'lumotlar portali)
3 Sadibekova B. Xitoy iqtisodiyoti. III qism. - T., 2011. - 89 b.
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(4), April, 2023
tariqa jami 6 milliard dollarlik kelishuvga erishilgani o'zaro hamkorlik ko'lami yanada kengayib borayotganidan dalolat beradi 4 . Mamlakatlarimiz o'rtasida munosabatlar Strategik sheriklik o'rnatish to'g'risidagi qo'shma deklaratsiya, Do'stlik va hamkorlik to'g'risidagi shartnoma, Ikki tomonlama strategik hamkorlikni yanada chuqurlashtirish va rivojlantirish haqidagi qo'shma deklaratsiya hamda boshqa ko'plab ikki tomonlama muhim hujjatlar asosida izchil rivojlanib bormoqda.
O'zaro savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy, ilmiy-texnikaviy va madaniy aloqalarni kengaytirish, xavfsizlik sohasidagi hamkorlikni mustahkamlash ikki tomonlama munosabatlarda ustuvor o'rin tutadi. O'zbekiston ham, XXR ham ulkan iqtisodiy salohiyatga ega davlatlar qatoriga kirganligi sababli mamlakatlar o'rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlik yuksak samaralar bermoqda. Hamkorlikni rivojlantirishdan katta manfaatdorlik tufayli o'zaro tovar ayirboshlash hajmi ham jadal sur'atlar bilan o'smoqda. O'zbekistonda XXR kapitali ishtirokida qariyb 310 ta qo'shma korxona tashkil etilgan, XXRning 70 dan ziyod yetakchi kompaniyalari vakolatxonasi faoliyat yuritmoqda. Ikki davlat o'rtasida hamkorlik aloqalarining rivojlanishida XXRning "Bir makon-bir yo'l" tashabbusi muhim ahamiyat kasb etadi. "Bir makon, bir yo'l" — Markaziy Osiyo, Yevropa va Afrika mintaqasida joylashgan 60 dan ortiq mamlakatlarni o'zaro bog'lovchi iqtisodiy yo'laklarni yanada takomillashtirish hamda yangi transport va savdo yo'llarini yaratishga qaratilgan xalqaro dastur hisoblanadi. Ushbu hududdagi davlatlar jahon yalpi ichki mahsulotining 55 foizini, global energiya zaxiralarining 75 foizini o'zida jamlagan5.
XXR tashabbusi bilan ilgari surilgan ushbu dasturda O'zbekistonning tranzit hudud vazifasini o'tab berishi mamlakatni iqtisodiy jihatdan yanada yuksaltirish imkonini beradi. O'zbekiston Osiyo mamlakatlari orasida Xitoy billan ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini rivojlantirishga alohida etibor bilan qaraydi. Bu ikki mamlakat bir-biri bilan bir necha ming yillik hamkorlik rishtalari bilan bog'langan, madaniyatimiz, manaviyatimiz bir-biri bilan chambarchas bog'liq va aloqalarning tarixiy ildizlari zamonaviy bosqichdagi hamkorlikning rivojlanishiga ham samarali ta'sir ko'rsatmoqda. Xitoyda amalga oshirilgan keng miqqiyosdagi iqtisodiy, ijtimoiy - siyosiy islohotlar tajribasi O'zbekiston Respublikasi uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Sababi O'zbekiston Respublikasi Xitoyning dasturlarida tranzit hudud sifatida muhim o'rin tutadi.
Muxtasar qilib aytganda Xitoy, O'zbekiston va boshqa mamlakatlarga taraqqiyot uchun yangi imkoniyatlarni yaratib beradi.Xulosa o'rnida shuni aytish
4 http:// www.stat.uz (Statistik ma'lumotlar portali)
5 "Marifat"gazetasi ning 26.04.2019 dagi soni
XULOSA
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(4), April, 2023
mumkinki O'zbekiston mustaqillikni qo'lga kiritgach Janubiy-sharqiy Osiyo mamlakatlari, jumladan Xitoy Xalq Respublikasi bilan hamkorligi mustaqil tashqi siyosatning asosiy yo'nalishlaridan biri sifatida belgilab olindi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI (REFERENCES)
1. "Mustaqillik Deklaratsiyasi" - O'zbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasi Oliy Sovetiningi20.06.1990-yil ikkinchi sessiyasi
2. http:// www.stat.uz (Statistik ma'lumotlar portali)
3. Sadibekova B. Xitoy iqtisodiyoti. III qism. - T., 2011. - 89 b.
4. http:// www.stat.uz (Statistik ma'lumotlar portali)
5. "Marifat"gazetasi ning 26.04.2019 dagi soni.
6. Saidov, S. (2021). Ibn al-Muqaffaning islom tarjima san'atiga qo 'shgan hissasi. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 7(1), 334-337.
7. Saidov, S. (2022). "TADBIR UL-MANZIL" RISOLASI-OILAVIY MUNOSABATLAR UCHUN DASTURULAMAL. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(5-2), 894-897.
8. Saidov, S. (2022). TARIXIY MANBALARDA KELTIRILGAN IBN AL-MUQAFFA BORASIDAGI MA'LUMOTLAR TAHLILI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(2), 525-528.
9. Saidov, S. (2023). "TARIXI GARDIZIY" ASARINING TARIXIY QIYMATI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 3(2), 842-847.
10. Saidov, S. A. O. G. L. (2021). IBN AL-MUQAFFANING HAYOTI VA ILMIY FAOLIYATI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1(7), 8-14.
11. Саидов, С. (2022). ЯНГИ МАЪНАВИЙ МАКОННИ ТАШКИЛ ЭТИШДА ИБН МУКАФФА АСАРЛАРИНИНГ РОЛИ. International scientific journal of Biruni, 1(3), 19-22.