Научная статья на тему 'HINDISTONNING MARKAZIY OSIYO DAVLATLARI BILAN MUNOSABATLARI XUSUSIYATLARI'

HINDISTONNING MARKAZIY OSIYO DAVLATLARI BILAN MUNOSABATLARI XUSUSIYATLARI Текст научной статьи по специальности «Политологические науки»

CC BY
258
31
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Integratsiya / sammit / geostrategiya / geoiqtisodiyot / industrial baza / gaz quvuri / kommunikatsiya / kredit liniyasi / logistika tarmoqlari. / Integration / sammit / geostrategy / geoeconomy / industrial base / pipeline / communication / credit line / logistics networks

Аннотация научной статьи по политологическим наукам, автор научной работы — Qosimova, Ra’no Dilshod Qizi

Hindiston va Markaziy Osiyo davlatlari qadimdan o’zaro hamkorlik qilib kelganligi barchaga ma’lum, xususan, sobiq sovet ittifoqi parchalangandan beri bu aloqalar sezilarli darajada rivojlangan. Ushbu maqolada, Hindiston va Markaziy Osiyo mamlakatlari o’rtasidagi aloqalarning rivojlanish bosqichlari, unga ta’sir ko’rsatuvchi omillar va munosabatlarning istiqbollari tahlil etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

CHARACTERISTICS OF INDIA'S RELATIONS WITH CENTRAL ASIAN STATES

It is known to everyone that India and the countries of Central Asia have been cooperating for a long time, especially since the time of the former Soviet Union, these relations have developed significantly. In this article, the stages of development of relations between India and the countries of Central Asia, the factors influencing it and the prospects for relations are analyzed.

Текст научной работы на тему «HINDISTONNING MARKAZIY OSIYO DAVLATLARI BILAN MUNOSABATLARI XUSUSIYATLARI»

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

(E)ISSN:2181-1784 www.oriens.uz 3(2), Feb., 2023

HINDISTONNING MARKAZIY OSIYO DAVLATLARI BILAN MUNOSABATLARI XUSUSIYATLARI

Qosimova Ra'no Dilshod qizi

Toshkent Davlat Sharqshunoslik Universiteti "Xalqaro munosabatlar va jahon siyosati" fakulteti I bosqich magistranti

ANNOTATSIYA

Hindiston va Markaziy Osiyo davlatlari qadimdan o'zaro hamkorlik qilib kelganligi barchaga ma 'lum, xususan, sobiq sovet ittifoqi parchalangandan beri bu aloqalar sezilarli darajada rivojlangan. Ushbu maqolada, Hindiston va Markaziy Osiyo mamlakatlari o'rtasidagi aloqalarning rivojlanish bosqichlari, unga ta'sir ko 'rsatuvchi omillar va munosabatlarning istiqbollari tahlil etilgan.

Kalit so'z va iboralar: Integratsiya, sammit, geostrategiya, geoiqtisodiyot, industrial baza, gaz quvuri, kommunikatsiya, kredit liniyasi, logistika tarmoqlari.

AННОТАЦИЯ

Всем известно, что Индия и страны Центральной Азии давно сотрудничают, особенно со времен бывшего Советского Союза, эти отношения значительно развились. В данной статье проанализированы этапы развития связей между Индией и странами Центральной Азии, факторы, влияющие на нее, и перспективы взаимоотношений.

Опорные слова и выражения: Интеграция, саммит, геостратегия, геоэкономика, промышленная база, трубопровод, коммуникация, кредитная линия, логистические сети.

ABSTRACT

It is known to everyone that India and the countries of Central Asia have been cooperating for a long time, especially since the time of the former Soviet Union, these relations have developed significantly. In this article, the stages of development of relations between India and the countries of Central Asia, the factors influencing it and the prospects for relations are analyzed.

Keywords and expressions: Integration, sammit, geostrategy, geoeconomy, industrial base, pipeline, communication, credit line, logistics networks.

KIRISH

Sovet Ittifoqi parchalanganidan so'ng Hindiston tashqi siyosati keskin o'zgarishlar ro'y berganligini kuzatishimiz mumkin. Markaziy Osiyodagi sobiq Sovet Respublikalari mustaqil davlatchilikka qadam qo'ya boshlayotgan bir paytda Dehlining Qo'shma Shtatlar bilan hamkorligi kuchaya bordi.

o

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(2), Feb., 2023

Hindistonning Yevropa va Osiyo mamlakatlarining qoq markazida joylashgan Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan o'zaro aloqalarni mustahkamlashning geostrategik va geoiqtisodiy sabablari mavjud edi.

1. Geostrategik manfaat. Markaziy Osiyo strategik jihatdan Yevropa va Osiyo o'rtasidagi bog'lovchi ko'prik sifatida joylashgan bo'lib, savdo, sarmoya va o'sish uchun keng imkoniyatlarni taqdim etadi.

2. Geoiqtisodiy manfaat. Mintaqa tabiiy gaz, oltin, mis, alyuminiy va temir kabi tabiiy resurslarga boyligi sababli iqtisodiy jihatdan ko'plab hamkorlik loyihalari qilish imkoniyatini yaratadi.

Markaziy Osiyo postsovet davrida geoiqtisodiy, geosiyosiy va geostrategik ahamiyatga ega mintaqa sifatida maydonga chiqdi. Mintaqa uglevodorod va uran rudasi konlari kabi ko'plab tabiiy mineral resurslarga, ulkan gidroenergetika salohiyatiga ega bo'lib, bularning barchasi buyuk davlatlarning e'tiborini tortgan. Markaziy Osiyo ham millionlab iste'molchilarga ega bo'lgan yirik bozorlardan biridir. Mintaqa qit'alararo iqtisodiy va savdo aloqalari sababli markazga aylandi. Shu nuqtai nazardan, Hindiston ham Markaziy Osiyoga ishonchli neft va tabiiy gaz manbai sifatida qaraydi va o'zining strategik maqsadlarini amalga oshirishda tobora ko'proq intilmoqda. Yangi Dehlining asosiy manfaatlariga energiya xavfsizligi, infratuzilmani rivojlantirish, islom fundamentalizmiga qarshi kurash, savdo va sarmoya kiradi1.

Xitoyning ortib borayotgan ishtiroki tufayli Hindiston 2012 yilda o'zining Markaziy Osiyo bilan hamkorlik siyosatini ishlab chiqdi, bu siyosat, xavfsizlik, iqtisodiy va madaniy aloqalarni o'z ichiga olgan keng ko'lamli yondashuvdir.

"Connect Central Asia" siyosatining asosiy maqsadi Hindiston bilan uzoq tarixga ega bo'lgan mintaqa bilan qayta aloqa o'rnatish edi.

Ushbu siyosatning asosiy elementlari siyosiy, iqtisodiy, strategik, mintaqaviy aloqalar, axborot texnologiyalari, ta'lim sohasidagi hamkorlik, odamlar o'rtasidagi aloqa, tibbiy hamkorlik va mintaqaviy guruhlardagi hamkorlik kabi ko 'plab muhim masalalar sohalarini qamrab oladi.

Hindiston o'zining yumshoq kuch orqali va neytral, ammo qulay imidjini mintaqada bir nechta sohalarda - IT, tajriba almashish, innovatsiya, tibbiyot va sog'liqni saqlash, madaniyat va turizm, shuningdek, transport sohalarida, energetika va boshqa sohalarda ikki tomonlama aloqalarni mustahkamlamoqda2.

1 N. Kaushiki . The New Great Game and India's Connect Central Asia Policy: Strategic Perspectives and Challenges.-Journal of international and area studies. Volume 20, Number 2, 2013, 84 b.

2 B.Dave . RESETTING INDIA'S ENGAGEMENT IN CENTRAL ASIA: FROM SYMBOLS TO SUBSTANCE. Policy Report January 2016, 2 b.

o

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(2), Feb., 2023

2015 yili mintaqaning beshta davlatiga tashrif buyurgan Bosh vazir Narendra Modining Markaziy Osiyoga diplomatik safari o'zaro hamkorlik yo'nalishida muhim bosqich bo'ldi. Ular natijasida erishilgan kelishuv va bitimlar turli sohalardagi rasmiy aloqalarni, ishbilarmonlik va gumanitar hamkorlikni faollashtirishga xizmat qiladi.

O'z navbatida, jahondagi va mintaqaviy yetakchi sheriklar bilan hamkorlikni muvaffaqiyatli rivojlantirayotgan Markaziy Osiyo davlatlari Hindiston bilan ikki tomonlama asosda va mintaqaviy formatda ko'p qirrali hamkorlikni rivojlantirishda salmoqli salohiyatni ko'rmoqda.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Mamlakatimizda 2016 yildan buyon O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahnamoligida amalga oshirilayotgan keng ko'lamli o'zgarishlar, ya'ni iqtisodiyotning ochilishi, Markaziy Osiyoda mintaqaviy siyosat va tashqi iqtisodiy faoliyatning faollashuvi munosabati bilan Hindiston bilan hamkorlikni rivojlantirishga katta ahamiyat berilmoqda.

Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2018 yil oktabr oyida Hindistonga buyurgan davlat tashrifi doirasida 20 ta ikki tomonlama hujjat imzolangani, shuningdek, 2019 yilning yanvar oyida «Jo'shqin Gujarat» sammitiga amaliy tashrifi va ishtiroki hamda 2020 yilning dekabr oyida Bosh vazir Narendra Modi bilan o'tkazgan masofaviy sammiti bundan dalolatdir.

Oxirgi besh yilda O'zbekiston va Hindiston o'rtasida hukumatlararo va idoralararo aloqalar sezilarli darajada faollashdi, mintaqalar va ishbilarmon doiralar o'rtasida to'g'ridan-to'g'ri aloqalar o'rnatilib, ular tobora rivojlanib bormoqda. O'zaro tovar ayirboshlash ikki baravar ko'paydi. Tibbiyot, farmatsevtika, ta'lim va qurilish sohalariga Hindiston sarmoyasini jalb qilish ortib bormoqda.

Hamkorligimizning salmoqli salohiyatini yanada faolroq ro'yobga chiqarishga mintaqa mamlakatlari uchun umumiy bo'lgan Hindiston va Janubiy Osiyo bilan o'zaro transport aloqasi muammolari, savdo, sarmoya va ishbilarmonlik aloqalarini rag'batlantirish mexanizmlarining yetarli darajada rivojlanmaganligi to'sqinlik qilmoqda. Shuning munosabati bilan, O'zbekiston Hindiston bilan mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirishning faol tarafdori bo'lib chiqmoqda. Dehli bilan mintaqaviy hamkorlikning boshlanishiga 2019 yilning yanvar oyida Prezident Shavkat Mirziyoyev va Bosh vazir Narendra Modi tashabbusi bilan Samarqandda tashqi ishlar vazirlari o'rtasida o'tgan «Hindiston-Markaziy Osiyo» muloqotining birinchi yig'ilishida tamal toshi qo'yilgan edi. O'shandan beri Hindiston Markaziy Osiyo davlatlarining 5+1 formatidagi yetakchi nomintaqaviy hamkorlari, jumladan, Rossiya, Xitoy, AQSH, Yevropa Ittifoqi, Koreya Respublikasi va Yaponiya bilan muloqotlar tizimining bir qismiga aylandi.

o

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(2), Feb., 2023

Hamkorlikning yana bir muhim jihati tomonlarning mintaqalararo o'zaro bog'liqlikni rivojlantirishga qaratilgan o'zaro hamkorligi bo'ldi. 2021 yilning iyul oyida Hindiston tashqi ishlar vaziri Subramanyam Jayshankar «Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy o'zaro bog'liqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar» xalqaro konferensiyasida ishtirok etdi. Unda O'zbekiston Prezidenti tomonidan ikki mintaqa o'rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish bo'yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi taqdim etildi. 2021 yil dekabr oyida Dehli shahrida bo'lib o'tgan «Hindiston -Markaziy Osiyo» muloqoti 3-uchrashuvining Qo'shma bayonotida Toshkent konferensiyasi yakunlari ijobiy baholandi. Taxmin qilish mumkinki, Hindiston va Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining bo'lajak masofaviy sammiti nafaqat o'zaro munosabatlar ravnaqida shu kungacha erishilgan natijalarni sarhisob qiladi, balki ikki tomonlama va mintaqaviy hamkorlik mexanizmlarini yanada mustahkamlash bo'yicha tashabbuslarni ham ilgari suradi.

Shuning munosabati bilan, Markaziy Osiyo mamlakatlari va Hindiston o'rtasidagi o'zaro manfaatli hamkorlikning quyidagi istiqbolli yo'nalishlariga qiziqish ortib bormoqda:

Birinchidan, o'zaro savdo hajmini oshirish, Hindiston sarmoyasi va kredit-moliya ko'magini mintaqa davlatlarini rivojlantirish loyihalariga jalb qilish. 2030 yilga kelib Hindiston dunyoda iqtisodiyoti 3-o'rindagi mamlakatga aylanadi, uning 2021 yildagi yalpi ichki mahsuloti 2,7 trillion dollardan 8,4 trillion dollarga yetadi.

Mamlakatda iste'mol bozori 2020 yildagi 1,5 trillion dollardan 3 trillionga oshdi. 2030 yilda jahon importchilari ro'yxatida Hindiston 2019 yildagi 8-o'rindan 2030 yilda 4-o'ringa va 2050 yilda esa 3-o'ringa ko'tariladi. 2030 yilda Hindiston Yevropa Ittifoqini quvib o'tib, jahonda energiya resurslarini iste'mol qilish bo'yicha 3-o'rinni egallaydi.

2020 yilda Hindistonning Markaziy Osiyo davlatlari bilan umumiy tovar ayirboshlash hajmi 2 milliard dollardan ko'proqni tashkil etgan edi3, vaholanki mintaqaning boy energiya resurslari, jumladan, neft, gaz va uranning o 'zi bilangina uni bir necha barobarga oshirish mumkin. Bunga energetika, farmatsevtika, tibbiyot, axborot texnologiyalari va qurilish sohalariga, jumladan, O'zbekistonda tashkil etilgan O'zbekiston-Hindiston erkin iqtisodiy zonalariga Hindiston sarmoyalarini jalb qilish bo'yicha o'zaro sa'y-harakatlar ham ko'maklashadi.

Hindiston tomoni mintaqa davlatlariga transport, energetika, axborot texnologiyalari, tibbiyot, ta'lim va qishloq xo'jaligi sohalarini rivojlantirishning qo'shma loyihalarini amalga oshirish uchun 1 mlrd. dollar miqdorida kredit liniyasi ajratdi. Ijtimoiy loyihalarni amalga oshirish uchun ham grantlar ajratilmoqda.

3 R.K.Kothari. India's strategic interests in Central Asia. The Journal of International Issues pp.100-117

o

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(2), Feb., 2023

Hindiston Eksimbanki O'zbekiston hukumatiga infratuzilma loyihalarini moliyalashtirish uchun 448 million dollarlik kredit liniyasi ajratdi.

Hindiston va Janubiy Osiyo mamlakatlari Markaziy Osiyo uchun eng yirik bozorlardan biriga aylanishi mumkin va shart, shu sababli ular bilan uzoq muddatli savdo va sarmoyaviy aloqalarni o'rnatish O'zbekiston va Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun tashqi iqtisodiy siyosatning strategik muhim vazifasiga aylanadi.

Hindiston ishbilarmon doiralari va mintaqa mamlakatlari o'rtasidagi o'zaro hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan sa'y-harakatlar bu maqsadlarga erishishga ko'maklashmoqda. 2020 yil fevral oyida Dehlida Tashqi ishlar vazirlari muloqoti mexanizmi doirasida «Hindiston-Markaziy Osiyo» biznes kengashi tashkil etildi. Uning tarkibida 4 ta - neft va gaz, qishloq xo'jaligi mahsulotlarini va texnikasini qayta ishlash, transport va logistika, farmatsevtika va biotexnologiya yo'nalishlarida ishchi guruhi ham bor.

Kengash savdo va sarmoyaviy aloqalarni mustahkamlash uchun platformaga aylanishi ko'zda tutilgan. Shuningdek, qayta tiklanadigan energiya, ta'lim, avtomobilsozlik, axborot texnologiyalari, fuqaro aviatsiyasi, shahar infratuzilmasi va temir yo'llar uning e'tibori markazida bo'ladi.

Ikkinchidan, Hindiston va Janubiy Osiyo mamlakatlari bilan transport sohasidagi o'zaro bog'liqlikni mustahkamlash masalasi ham juda muhimdir. Bugungi kunda to'g'ridan-to'g'ri transport yo'laklarining yo'qligi Markaziy Osiyoda Hindiston savdosi va sarmoyasini oshirish borasidagi eng katta muammo bo 'lib qolmoqda.

Shu munosabat bilan, Hindiston va Markaziy Osiyo o'rtasidagi transport aloqalarini rivojlantirish masalalari tomonlarning o'zaro munosabatlarida muhim o'rin tutadi. 2021 yil dekabr oyida «Hindiston-Markaziy Osiyo» muloqotining 3-majlisi yakunlari bo'yicha qabul qilingan Qo'shma bayonotda quyidagilar zarurligi ta'kidlandi:

- Hindiston va Markaziy Osiyo mamlakatlari o'rtasidagi o'zaro bog'liqlikni mustahkamlash uchun "Shimol-Janub" xalqaro transport yo'lagi va Ashxobod kelishuvidan (u mintaqadan Ammanga multimodal transport yo 'lagini yaratish to'g'risida bo'lib, 2018 yilda Dehli qo'shilgan) samarali foydalanish;

- Eronning Chabahor bandargohini "Shimol-Janub" XTK tarkibiga kiritish;

- mamlakatlarning tranzit va transport salohiyatini rivojlantirish, mintaqaviy logistika tarmoqlarini takomillashtirish va yangi transport yo'laklari bo'yicha qo'shma tashabbuslarni ilgari surish.

Qo'shma bayonotda Markaziy va Janubiy Osiyo mintaqalarining o'zaro bog'liqligi bo'yicha Toshkent konferensiyasi hamda Hindiston, O'zbekiston va

o

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(2), Feb., 2023

Eronning Chabahordan birgalikda foydalanish bo'yicha vazirlar yig'ilishi yakunlari alohida qayd etildi.

Hindiston tomoni, shuningdek, fuqaro aviatsiyasi va raqamli iqtisodiyot sohalari yaratilayotgan multimodal transport yo'laklariga muhim qo'shimcha bo'lishi mumkinligiga ishongani holda hamkorlikni faollashtirish tarafdori bo'lib chiqmoqda. Hindiston bilan bog'liq yuk va yo'lovchilar tranzitining ulkan salohiyatini hisobga olgan holda, bu "Navoiy" logistika xabi va mamlakatlar aeroportlarini rivojlantirish, Markaziy Osiyoda elektron tijoratning taraqqiyoti uchun yaxshi istiqbollarni ochadi.

Dehli Yevropa Ittifoqi, Yaponiya va ASEAN bilan mintaqaviy aloqalar masalalari bo'yicha hamkorlikni faol rivojlantirmoqda. 2017 yildan e'tiboran SHHTga a'zo bo'lgan Hindiston tomoni tashkilot doirasida Chabahor portidan Eron orqali Markaziy Osiyo va Rossiyaga trans-afg'on temir yo'l yo'lagini yaratishga ustuvor ahamiyat bermoqda.

Shubhasiz, bu rejalarni amalga oshirish transafg'on yo'laklarini barpo etishga, jumladan, Mozori Sharif-Kobul-Peshovar temir yo'lini qurish va O'zbekiston-Hindiston-Eron transport-logistika hamkorligini rivojlantirishda ham foydali bo'ladi. Chunki bu Markaziy Osiyo orqali yuklar tranziti hajmlarini oshirishga, Janubiy Osiyo va Yevroosiyoning boshqa mintaqalari bilan aloqalarni mustahkamlash uchun sarmoyalarni jalb qilishga yordam beradi.

Uchinchidan, Hindistonning raqamli transformatsiya va Markaziy Osiyo mamlakatlari raqamli iqtisodiyotining o'sishiga ko'magini faollashtirish. Hindiston shitob bilan raqamli sanoatning global markazlaridan biriga aylanmoqda. "Raqamli Hindiston" dasturining amalga oshirilishi tufayli 5 yildan so'ng raqamli sektor mahsuloti 1 trln. dollarni tashkil etadi. Mamlakatda sun'iy intellekt, ashyolar interneti, mashinada o'rgatish va ma'lumotlarni tahlil qilish kabi raqamli texnologiyalar faol rivojlanmoqda. Bu texnologiyalar allaqachon moliya, ta'lim va tibbiyot sohalarida keng joriy etilgan.

Hindiston bilan bu boradagi hamkorlikni rivojlantirish «Raqamli O'zbekiston -2030» strategiyasi va mintaqa davlatlarining shu kabi dasturlarini amalga oshirishga turtki berishi mumkin. Bunga Hindistonning yurtimizda raqamli mutaxassislarimizni tayyorlayotgan «Amiti» va «Sharda» kabi yetakchi universitetlari yordam berishni boshlab yuborgan.

Hindiston bilan birga qo'shma klinikalar tarmog'ining kengayishi raqamli texnologiyalarni tibbiy amaliyotga faol joriy etishni rag'batlantiradi. Hindiston AKT xizmatlari eksporti bo'yicha dunyoda birinchi o'rinda turadi va uning Markaziy Osiyo bilan raqamli aloqasini rivojlantirishi biznes-jarayonlar autsorsingini o'stiradi, umuman, mintaqa davlatlarining raqamli iqtisodiyoti taraqqiyotini tezlashtiradi.

o

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(2), Feb., 2023

To'rtinchidan, Hindiston bilan madaniy-gumanitar hamkorlik madaniyat sohasini modernizatsiya qilish va mamlakatlarimiz madaniy diplomatiyasini rivojlantirishni jadallashtiradi. Markaziy Osiyo va Hindiston xalqlarini asrlar davomida siyosiy, iqtisodiy va gumanitar aloqalar chambarchas bog'lab kelgan. Bu madaniyatlarimizning o'zaro boyishiga, intellektual va ma'naviy yuksalish, fikrlar, g'oyalar, dinlar va falsafaning tarqalishiga xizmat qildi. Beruniy, Ibn Sino, Alisher Navoiy kabi mamlakatlarimiz madaniyati va fanining klassiklari hind mutafakkirlari, madaniyat arboblari bilan faol aloqada bo'lgan. Bu aloqalarni o'rganish munosabatlarimiz tarixini boyitadi, mamlakatlarimiz madaniy almashuvi va madaniy diplomatiyasini faollashtirish imkonini beradi.

Hindistonning ta'lim, tibbiyot, madaniyat, turizm va xalqaro madaniy almashuvni rivojlantirish bo'yicha tajribasi mamlakatlarimizda gumanitar sohani modernizatsiya qilish va rivojlantirish uchun foydali bo'lishi mumkin. Umumiy madaniy merosni birgalikda targ'ib qilish turizm va umuman hamkorlikni rivojlantirishni rag'batlantirishi mumkin.

Bugungi kunda Hindiston dunyodagi eng tez sur'atlarda o'sayotgan iqtisodiyotga ega. Mamlakatda kuchli industrial baza shakllantirilgan va sezilarli ilmiy-texnikaviy salohiyat to'plangan bo'lib, bu avvalo information texnologiyalar, tibbiyot va farmatsevtika, yengil sanoat va boshqa sohalarda aks etmoqda. Shu jihatdan Hindiston va Markaziy Osiyo davlatlari savdo-iqtisodiy, moliya-investitsion va turizm sohalarida hamkorlikni oshirish uchun ulkan resurslar va zahiralarga ega.

Bundan tashqari Markaziy va Janubiy Osiyoni o'zaro bog'lashga qodir ulkan transmintaqaviy loyihalarni amalga oshirish uchun qulay sharoitlar vujudga kelmoqda. Shakllanayotgan voqelikda "Surxon - Puli-Xumri" elektr uzatish liniyasi, "TAPI" truboprovodi, "Mozori-Sharif - Hirot" temir yo'li va boshqa shu kabi ahamiyatli umummintaqaviy loyihalarga yangi turtki berilishi mumkin. Shu o 'rinda, ta'kidlanganidek, mazkur loyihalarning amalga oshirilishi Afg'onistonga taraqqiyotning tinch yo'liga o'tishida, uning mintaqadagi savdo-iqtisodiy va transport-kommunikatsiya aloqalariga faol jalb qilinishiga ko'mak beradi.

Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, Markaziy Osiyo va Hindiston o 'rtasidagi xalqaro munosabatlar o'zining rivojlanish bosqichida barcha davlatlar manfaatini ko'zlagan holda ijobiy natijalarni qo'lga kiritib kelmoqda. Xususan, kelajakda ham ushbu loyihalar o'z istiqboliga erishib hamkorlikka kirishgan barcha mamlakatlarga ijtimoiy va iqtisodiy foyda keltirishi turgan gap

XULOSA

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(2), Feb., 2023

REFERENCES

1. Sh.Mirziyoyev. Yangi O'zbekiston strategiyasi .-T.:O'zbekiston,2021.-371 b.

2. Е.В.Савкович. Развитие отношений Индии с Государствами Центральной Азии в 1990-2000-е гг. И позиция Китая.-Вестник Томского государственного Университета,2012.-115 с.

3. N. Kaushiki . The New Great Game and India's Connect Central Asia Policy: Strategic Perspectives and Challenges.-Journal of international and area studies. Volume 20, Number 2, 2013, 84 b

4. M.Adnan. Strategic and Economic Interests of Pakistan and India in Central Asia. A Research Journal of South Asian Studies, 2015.-187-200 pp

5. R.K.Kothari. India's strategic interests in Central Asia. The Journal of International Issues pp.100-117

6. B.Dave . RESETTING INDIA'S ENGAGEMENT IN CENTRAL ASIA: FROM SYMBOLS TO SUBSTANCE. Policy Report January 2016, 2 b.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.