Научная статья на тему 'XALQ DIPLOMATIYASINING XALQARO MUNOSABATLAR TIZIMIDA TUTGAN O‘RNI'

XALQ DIPLOMATIYASINING XALQARO MUNOSABATLAR TIZIMIDA TUTGAN O‘RNI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
859
116
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
globallashuv / diplomatiya / nodavlat / siyosat / xalqaro / strategiya. / globalization / diplomacy / non-state / politics / international / strategy.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — S. Doniyev

Mazkur maqolada xalqaro munosabatlar tizimida xalq diplomatiyasining tutgan o‘rni, uning kelib chiqishi, unga berilgan ta’riflar haqida ma’lumotlar keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE ROLE OF PUBLIC DIPLOMACY IN THE SYSTEM OF INTERNATIONAL RELATIONS

This article provides information about the role of public diplomacy in the system of international relations, its origin, and its definitions.

Текст научной работы на тему «XALQ DIPLOMATIYASINING XALQARO MUNOSABATLAR TIZIMIDA TUTGAN O‘RNI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

XALQ DIPLOMATIYASINING XALQARO MUNOSABATLAR TIZIMIDA TUTGAN

O'RNI

Doniyev Sardor Ixtiyor o'g'li

Chirchiq davlat pedagogika universiteti Gumanitar fanlar fakulteti "Tarix" kafedrasi tayanch

doktoranti https://doi.org/10.5281/zenodo.7135112

Annotatsiya. Mazkur maqolada xalqaro munosabatlar tizimida xalq diplomatiyasining tutgan o'rni, uningkelib chiqishi, unga berilgan ta'riflar haqida ma'lumotlar keltirilgan.

Kalit so'zlar: globallashuv, diplomatiya, nodavlat, siyosat, xalqaro, strategiya.

РОЛЬ ПУБЛИЧНОЙ ДИПЛОМАТИИ В СИСТЕМЕ МЕЖДУНАРОДНЫХ

ОТНОШЕНИЙ

Аннотация. В данной статье представлена информация о роли публичной дипломатии в системе международных отношений, ее происхождении и определениях.

Ключевые слова: глобализация, дипломатия, негосударственное, политика, международное, стратегия.

THE ROLE OF PUBLIC DIPLOMACY IN THE SYSTEM OF INTERNATIONAL

RELATIONS

Abstract. This article provides information about the role of public diplomacy in the system of international relations, its origin, and its definitions.

Keywords: globalization, diplomacy, non-state, politics, international, strategy.

KIRISH

Xalqaro globallashuv chuqurlashuvi davlatlar va hukumatlarning nafaqat bir-birlari o'rtasidagi munosabatlarini, balki o'zaro aloqada bo'lgan mamlakatlar xalqlarini ham birlashtirish uchun an'anaviy usullardan foydalana boshlagani xalq diplomatiyasining rivojlanishiga ta'sir ko'rsatdi.

Xalq diplomatiyasi bugungi o'zgaruvchan siyosiy muhitda an'naviy diplomatiyaning yetarli emasligini ko'rsatmoqda. Shu tufayli yangi diplomatiya uslubi sifatida rivoj topmoqda. Tashqi siyosiy maqsadlarga erishish vositasi sifatida xalq diplomatiyasi va an'anaviy diplomatiya bilan bir qatorda qo'llanilmoqda va an'naviy diplomatiyani to'ldiru vchi vazifasini bajarmoqda.

Xalq diplomatiyasi norasmiy diplomatiya yoki galstuksiz diplomatiya deb ham ataladi. Xalq diplomatiyasi tashqi siyosatga yangi vositalar va mexanizmlarni olib kirish orqali diplomatiyani vositalar va uslublar jihatidan diversifikatsiya qildi [1].

Xalq diplomatiyasining ta'rifiga o'tishdan oldin uning tarkibiy qismlariga to'xtalib o'tish zarur. Xalq va diplomatiya tushunchalari xalq diplomatiyasi yondashuvining asosini tashkil etuvchi ikkita eng muhim komponentdir.

Xalq - muayyan mamlakatning barcha aholisi [2].

Diplomatiya - xalqaro munosabatlar konsepsiyasi sifatida ajralib turadigan va hukumatlararo munosabatlarni tuzadigan, tartibga soladigan tashqi siyosat vositasi sifatida qabul qilinadi [3].

TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI

"Xalq diplomatiyasi" tushunchasiga ilmiy ta'rif berishga qaratilgan birinchi urinishlar XIX asr oxiri - XX asr boshlarida yuzaga keldi. "Xalq diplomatiyasi" atamasi "xushmuomalalik"

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

so'zining sinonimi sifatida birinchi marta 1856-yilda Times gazetasida AQSh prezidenti Franklin Pirs faoliyati to'g'risida chop etilgan maqolada ishlatilgan [4]. 1871-yilda kongressmen Samuel Koks ushbu atamani ochiq, halol diplomatiya ma'nosida ishlatgan.

Bugungi kunda davlatlar va chet el jamoatchiligi o'rtasida o'rnatilgan diplomatik munosabatlar xalq diplomatiyasi deb atala boshlandi. Amerikalik olim R.Gallionning fikricha, xalq diplomatiyasi davlatga o'z tashqi siyosatini amalga oshirish va shakllantiri sh uchun xorijiy xalqlarga ta'sir o'tkazishga yordam beradi [5]. Yana bir olim X.Tuch xalq diplomatiyasini "Milliy g'oyalar, qadriyatlar va madaniyatni xorijiy xalqlar orasida ommalashtirish uchun hukumat tomonidan o'rnatilgan aloqa shakli" deb ta'riflaydi [6]. Strategik aloqa vositasi sifatida xalq diplomatiyasi "jamoatni tushunish, xabardor qilish va ularga ta'sir o'tkazish" faoliyatining yig'indisi sifatida ta'riflanadi [7]. Bu jarayonning muhim qismi bo'lgan siyosiy kommunikatsiya "davlatlar, tashkilotlar yoki shaxslar tomonidan siyosiy imkoniyat va manba sifatida axborotni ishlab chiqarish, tarqatish, nazorat qilish, foydalanish va qayta ishlash"dir.

Xalq diplomatiyasi faoliyati ikkita asosiy doirada amalga oshiriladi:

Davlatdan-j amoatchilikka;

Jamoatchilikdan-j amoatchilikka;

Davlat-jamoatchilik o'qi bo'yicha faoliyat davlatning yuritayotgan siyosati, faoliyati va tashabbuslarini rasmiy vositalar va kanallar orqali jamoatchilikka yetkazishidir. To'g'ridan-to'g'ri jamoatchilik bilan muloqot qilish faoliyatida nodavlat notijorat tashkilotlari, tadqiqot markazlari, jamoatchilik fikrini o'rganish institutlari, ommaviy axborot vositalari, universitetlar, assotsiatsiyalar va fondlar kabi nodavlat fuqarolik vositalaridan foydalanish juda muhimdir[8] .

Xalq diplomatiyasi foydalaniladigan resurslar va vositalar va amalga oshirish usullari tufayli ko'plab fanlar doirasida o'rganiladi. U jamoatchilik bilan aloqalar va reklama, marketing, tarix, siyosatshunoslik, xalqaro munosabatlar, axborot texnologiyalari, sotsiologiya va psixologiya kabi ko'plab fanlar bilan kesishadi.

Xalqaro munosabatlar tizimining uchta asosiy nazariyasi — realizm, liberalizm va konstruktivizm xalq diplomatiyasiga turlicha munosabatda bo'ladi. Xalq diplomatiyasining realistik maktabi tomonidan ilgari surilgan asosiy yondashuv shundaki, davlatlar boshqa davlatlar bilan o'z milliy manfaatlariga muvofiq muloqot qilish uchun ularning xalqlari bilan aloqalarni yo'lga qo'yishi lozim. Boshqacha qilib aytganda, realizm xalq diplomatiyasiga tashqi siyosat vositasi sifatida qaraydi. Liberalizm esa masalaga hamkorlik doirasida yondashadi va xalq diplomatiyasi orqali ikki davlat o'rtasida uzoq muddatli sheriklik o'rnatilishi mumkinligini ta'kidlaydi. Konstruktivistlar xalq diplomatiyasini milliy va madaniy o'ziga xoslikni shakllantirish vositasi deb tushunadi.

Xalq diplomatiyasi globallashuv, modernizm, postmodernizm kabi ko'plab omillar ta'sirida bo'lgan va shu tushunchalar almashinuvida o'z rivojlanishini davom ettirayotgan voqelik va hodisadir. E'tibor talab qiladigan yana bir jihat bu an'anaviy xalq diplomatiyasining vaqt o'tishi bilan konseptual o'zgarishidir.

TADQIQOT NATIJALARI

Globallashayotgan xalqaro tizim jahon siyosatining subyektlarini ham, bu subyektlarning bir-biri bilan o'zaro ta'sir qilish vositalarini ham o'zgartirdi. Sovuq urush tugashi bilan dunyoda davlatlar soni ortdi va bu o'sish yangi hamkorlik aloqalarining o'rnatilishiga sabab bo'ldi.

Albatta, globallashuvning yagona o'lchovi bu aktorlar sonining ko'payishi emas. Ayni paytda texnika taraqqiyoti bilan jahon siyosatidagi chegaralar ma'lum darajada ko'rinmas holga

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

keldi. Texnologiya juda keng qo'llanilayotgan dunyoda davlatning boshqa davlat xalqi bilan muloqot qilishi avvalgidan ko'ra ancha osonlashadi. Masalan, 1950-yillarning boshlarida davlatlar bosma ommaviy axborot vositalari, radio, televideniye va madaniy almashinuv dasturlari kabi vositalardan foydalanganlar. Bugungi kunda ommaviy axborot vositalari ham davraga kiritildi. Adabiyotlarda yangi xalq diplomatiyasi deb ataladigan ushbu diplomatik hamkorlik jarayoni nodavlat notijorat tashkilotlari, xalqaro tashkilotlar kabi yangi aktorlarni ham qamrab oladi. Konsepsiyada oldinga chiqadigan "yangi" sifati, xalq diplomatiyasidagi ishtirokchilar sonining ortib borayotgani va texnologiyalarning tobora xilma-xil tus olayotganiga ishora qiladi.

Asosiy nuqta davlatlarning chet el xalqlari bilan o'zaro munosabatda bo'lishi va ularni o'z davlatlari to'g'risida xabardor qilish atrofida bo'lganligi sababli, xalq diplomatiyasi va propaganda o'rtasidagi bog'liklikka e'tibor qaratishimiz lozim. Ba'zilar uchun xalq diplomatiyasi aslida propagandani ijobiy ma'noda yetkazish usuli bo'lsa, boshqalar uchun esa yangi munosabatlarni tasvirlaydi. Masalan, amerikalik olim J.Xart xalq diplomatiyasini "tashqi siyosat vositasi sifatida institusionallashtirilgan propaganda" [9] deb ta'riflagan bo'lsa, J.Manxeim ushbu konsepsiya hukumat tomonidan amalga oshiriladigan tashviqot ekanligini aytadi [10]. Ushbu konsepsiyani propaganda bilan sinonim sifatida ko'rmaydigan tadqiqotchilar xalq diplomatiyasi strategik aloqa bilan uyg'unlashgan tashqi siyosat vositasi ekanligini qayd etadilar.

Favqulotda va muxtor elchi, professor Alisher Fayzullayev propaganda haqida, "Propaganda tushunchasi ma'lum bir salbiy ma'noga ega va odamlar unga ishonishga moyil. Propagandada maqsad vositalarni oqlaydi va tashviqot mashinasi o'z maqsadlariga erishish uchun aldash va manipulyatsiyadan foydalanishi mumkin. Propagandistlarning asosiy tashvishi maqsadli auditoriyaning ongi va munosabatini ma'lum bir yo'nalishda o'zgartirishdir. Auditoriyani tinglash, ularga gapirish, ular bilan muloqotga kirishish imkoniyatini berish ularning vazifalariga kirmaydi. Boshqacha qilib aytganda, propagandani bir tomonlama ko'chaga taqqoslash mumkin", deydi. Olim xalq diplomatiyasini ikki tomonlama yo'lga o'xshatadi; "Xalq diplomatiyasi esa, aksincha ikki tomonlama ko'chaga o'xshaydi: nafaqat gaplashish, balki tinglash ham muhimdir. Dialogni yo'lga qo'yish, chet ellik auditoriyani suhbatga, mamlakatning davlat va nodavlat tashkilotlari tomonidan o'tkaziladigan ommaviy tadbirlariga jalb qilish kerak. Ular tanqiddan qo'rqmaydilar, balki tanqidiy munosabat sababini tushunishdan manfaatdor. Chet ellik auditoriya bilan muloqot qilish uchun xalq diplomatiyasi taniqli jamoat va madaniyat arboblaridan, tashkilotlardan, shu jumladan nodavlat tashkilotlardan va turli sohalardagi mutaxassislardan foydalanishi mumkin" [11].

MUHOKAMA

Xalq diplomatiyasi dinamik va ko'p qirrali muloqot jarayonidir [12]. Ma'lumot yetkazish bilan birga, auditoriyani tinglash, muloqotga ochiq bo'lish muhimdir. Iqtisodiyot, tashqi siyosat, energetika yoki atrof-muhit bo'yicha siyosatni jamoatchilik ko'magisiz belgilash va amalga oshirish mumkin emas.

Muvaffaqiyatli xalq diplomatiyasining eng asosiy sharti uning oqilona, ishonchli va himoyalangan bo'lishidir. Umumjahon qonun-qoidalarini buzuvchi, adolatdan yiroq, tahdid, bezorilik, agressiya kabi noqonuniy usullarga asoslangan va shunga o'xshash ma'noga ega siyosatni himoya qilish ham, jahon jamoatchiligiga tushuntirish ham mumkin emas. Inson huquqlarini muntazam ravishda buzayotgan yoki boshqa bir davlat hududiga kirib borgan

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

mamlakat xalq diplomatiyasini samarali olib bora olmaydi. Xitoyning Sharqiy Turkiston mintaqasidagi siyosati, Isroilning Falastin yerlarini bosib olishi, kichik J.Bush davrida AQSh tomonidan Afg'oniston va Iroqning ishg'ol qilinishi ushbu davlatlar imidjiga salbiy ta'sir qiluvchi omillar sifatida qolaveradi.

Xalq diplomatiyasi tushunchasi ijtimoiy fanlar maktabi tomonidan talqin qilinishi mumkin bo'lsa-da, ushbu konsepsiyaning yagona ta'rifini ilgari surish juda qiyin [13]. Chunki xalq diplomatiyasini aniqlash uchun bu diplomatiyani kim-kimga, nima uchun, qachon va qayerda qo'llashi haqidagi boshqa kichik tushunchalarni muhokama qilish zarur. Kontekst muhim, lekin undan ham muhimi shundaki, bu kontekst juda o'zgaruvchan va aniq chegaralarga ega emas.

Boshqacha aytganda, an'anaviy diplomatiyaning usullari, aktorlari, vositalari va maqsadlariga ega bo'lmagan hamma narsani xalq diplomatiyasiga kiritish mumkin. Davlatlar o'rtasidagi munosabatlarda jamoatchilik ham, diplomatiya ham bor, jamiyatni tushunmay turib, u bilan diplomatiyani o'rnatish mushkul vazifadir.

Hozirgi kunda global yoki mintaqaviy siyosiy yetakchilikka intilayotgan mamlakatlar o'zlarining milliy xalq diplomatiyasi tizimlarini faol rivojlantirmoqdalar. Hukumatlar maxsus fondlar yaratadilar, ta'lim va gumanitar loyihalarni ishlab chiqishga katta mablag' sarflamoqda va tematik internet-resurslarni qo'llab-quvvatlashni kuchaytirmoqda. Biroq, yuqoridagi barcha vositalar yordamida davlatlar har doim ham tashqi siyosiy maqsadlariga erisha olmaydilar, bu ko'p hollarda tegishli muassasalarning rivojlanmaganligi va mablag' yetishmasligi bilan bog'liq [14]. Ishlab chiqilgan dasturlar har doim ham ko'zlangan natijani bermaydi.

Muvaffaqiyatsizliklarning asosiy sabablaridan biri ma'lum bir mamlakatga nisbatan aniq faoliyat strategiyasining yo'qligi deb taxmin qilish mumkin. Qoida tariqasida, davlat rahbariyati tashqi siyosatning ustuvor yo'nalishlarini shakllantiradi, uning asosida davlat va nodavlat tashkilotlar faoliyatining asosiy yo'nalishlari aniqlanadi. Xalq diplomatiyasi sohasidagi "aktorlar" aksar hollarda o'z dasturlarini amalga oshirishda quyidagi masalalarni aniqlashtirmasdan faoliyatini boshlaydilar [15]:

Ushbu mamlakatda davlatimizning asosiy siyosiy maqsadi nima?

Loyihalar realizatsiyasining aniq muddatlari bormi?

Mamlakatlarimiz o'rtasidagi munosabatlar tarixi qanday?

Vazifalarni amalaga oshirish uchun qanday texnologiyalar qo'llanilishi kerak?

Xalq diplomatiyasi milliy tizimining asosiy aktorlaridan qaysi biri bu sohada eng katta muvaffaqiyat va tajribaga ega?

Amalga oshirilgan ishlar samaradorligi qanday baholanadi?

Turli mamlakatlar hukumatlari tomonidan amalga oshirilgan xalq diplomatiyasi dasturlarini tahlil qilib, xulosa qilish mumkinki, ko'p hollarda yangi ustuvorlikni (yoki mavjud tashqi siyosat vektorlarining yangi tasdig'ini) belgilashda turli ishtirokchilar - universitetlardan tortib atrof - muhit tashkilotlariga qadar bir vaqtning o'zida ushbu yo'nalishda ishlashni boshlaydilar. Odatda bu juda ko'p muammolarni keltirib chiqaradi:

Davlat uchun faqat bir nechta, ammo aniq va tushunarli loyihalarni moliyalashtirish imkoniyati kamayadi;

Ishtirokchi tashkilotlarning mas'uliyatini pasaytiradi;

O'xshash (ayrim hollarda bir xil) faoliyatni amalga oshirish uchun xarajatlarning takrorlanishi;

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

Yetarli tajriba va tushunchaga ega bo'lmagan tashkilotlarning dasturlarida ish tirok etishi (bu jarayonning barcha ishtirokchilari uchun xavflarni keltirib chiqaradi) va boshqalar.

Yuqorida aytilganlarning barchasi ma'lum bir algoritm asosida xalq diplomatiyasi sohasidagi dasturlarni yanada puxta va tizimli rejalashtirish zarurati mavjud degan xulosaga kelishimizga imkon beradi. Bunday rejaning misoli quyidagi rasmda sxematik tarzda ko'rsatilgan.

Dastlabki bosqichda dasturning ta'sir obyektini aniqlash kerak. Har qanday davlatning siyosiy va iqtisodiy resurslari cheklanganligini hisobga olish kerak. Xalq diplomatiyasi texnologiyalaridan samarali foydalanish uchun, davlat tashqi siyosati uchun juda muhim bo'lgan bir nechta mamlakatlarni tanlashi kerak. Xalq diplomatiyasi nazariyotchisi Mark Leonard ta'kidlaganidek, ta'sir qilish nuqtayi nazaridan eng qulay bo'lgan davlatlar bilan emas, balki strategik nuqtai nazardan eng muhim bo'lgan davlatlar bilan munosabatlarni chuqurlashtirish kerak [16].

M.Leonardning so'zlariga ko'ra, davlat uchun o'ziga bog'liq bo'lmagan tarmoqlar va tuzilmalar orqali xalq diplomatiyasini amalga oshirish samaraliroq. Nodavlat tashkilotlar yaxshi reputatsiyaga, xorijiy sheriklar va ekspertlar bilan keng transmilliy tarmoqlarga ega. Diasporalar ham muhim vositadir, chunki ular til ko'nikmalariga, ikki davlatning madaniy va siyosiy kontekstini tushunish qobiliyatiga ega. Xususiy kompaniyalar va ularning brendlari mamlakat haqidagi ma'lumotlarni uzatish va aloqalarni o'rnatish uchun muhim vosita bo'lib xizmat qilishi mumkin.

Ikkinchi bosqichda xalq diplomatiyasining tanlangan texnologiyalaridan foydalangan holda tanlangan mamlakatda amalga oshirilishi kerak bo'lgan siyosiy qarorlarni aniqlash muhimdir. Vaqt davomiyligi nuqtai nazaridan ushbu vazifalarni shartli ravishda uchta asosiy toifaga bo'lish mumkin: qisqa muddatli (1 yilgacha), o'rta muddatli (1-3 yil) va uzoq muddatli (3 yildan ortiq). Bundan tashqari, muayyan siyosiy vaziyatga qarab, turli vaziyatlarda ularning vaqt davomiyligi har xil bo'lishi mumkin.

XULOSA

Globalizatsiya jarayoni jadal rivojlanayotgan bir davrda xalqaro munosobatlar tizimida "qattiq kuch" bilan birgalikda "yumshoq kuch" sifatida xalqlar va davlatlar o'rtasida keng yoyilib borayotgan xalq diplomatiyasi siyosat va diplomatiyaning muhim elementi sifatida o'z o'rni va mavqesiga ega bo'lib bormoqda. Mazkur diplomatiya tizimi o'z samaradorligi bilan ayrim hollarda an'anaviy siyosiy diplomatiyadan ko'proq natijaga erishib kelmoqda.

REFERENCES

1. Гражданская (народная) дипломатия и её роль в российско-японском политическом диалоге. Медведева Тамара Ивановна. http://www.dslib.net/glob-razvitie/grazhdanskaja-diplomatija-i-ejo-rol-v-rossijsko-japonskom-politicheskom-dialoge.html

2. Халк тушунчаси. https://qomus.info/encyclopedia/cat-x/xalq-uz/

3. Yildiz, Z. (2013). Politika Sözlügü. istanbul: Etkileçim Yayinlari.

4. «Исторические отцы PR»: первые практические опыты публичной дипломатии. https://elibrary.ru/item.asp?id=32269831

5. Cull, N. 2006, Public diplomacy before Gullion: the evolution of a phrase, USC Center on Public Diplomacy, Southern California, viewed 3 March 2018, https://uscpublicdiplomacy.org/blog/public-diplomacy-gullion-evolution-phrase

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

6. Tuch, H. 1990, Communicating with the world: US public diplomacy overseas, St.Martin's Press, New York.

7. Peter Krause ve Staphen van Evera, "Public Diplomacy: Ideas for the War of Ideas", Belfer Center for Science and International Affairs, Harvard Kennedy School

8. Практические аспекты внешнеполитической коммуникации. П. Меньшиков. https://elibrary.ru/item.asp?id=30708158

9. Hart, J. 2013, Empire of ideas: the origins of public diplomacy and the transformation of US foreign policy. Oxford University Press, New York.

10. Manheim, J., B. 1994, Strategic public diplomacy and American foreign policy: the evolution of influence, Oxford University Press, New York.

11. Doniyev S.I Science and art of Uzbekistan and India strengthening cultural ties in various fields as a form of public diplomacy. EPRA International journal of Multidisciplinary Research (IJMR). Volume 7. Issue 6. June-2021.

12. Doniyev S.I. Historical stages of formation of socio-political relations between Uzbekistan and India. O'zMU xabarlari. 2021-yil 1/5 soni.

13. Doniyev S.I. Establishment and development of cultural relations between Uzbekistan and India. "Xorazm Ma'mun akademiyasi axborotnomasi" 2021-10 soni.

14. Doniyev S.I. Prospects of socio-economic relations between Uzbekistan and India context of globalization. "Xorazm Ma'mun akademiyasi axborotnomasi" 2021-10 soni.

15. Doniyev S.I. Establishment and strengthening of mutually benefical relations between Uzbekistan and India. Current research journal of history. Volume 03, Issue 03.

16. Hindiston yangi xalq diplomatiyasining sabab va omillari. Science and innovation. 2022 №3.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.