Research BIB / Index Copernicus
XITOY TASHQI SIYOSATINING SHAKLLANISHIDA NAZARIY
YONDASHUVLAR
Azbergenov Sharaf
TDSHU tadqiqotchisi
ANNOTATSIYA
Xitoy bugungi kunda tashqi siyosiy yo 'nalishini faol rivojlanayotgan davlat hisoblanadi. Davlatning tashqi siyosati huddi boshqa davlatlada bo 'Igani singari umumiy siyosatning bir qismi sifatida ifodalanadi. Aynan shuning uchun ham tashqi siyosat juda ko 'p ichki va tashqi, obyektiv va subyektiv omillarga asosan shakllanib boradi. Bu omillar qatorida yana geografik, iqtisodiy, siyosiy, ilmiy - texnikaviy, demografik, harbiy va boshqa omillarni misol keltirishimiz mumkin. 1949 yil 1 oktabrida Xitoy Xalq Respublikasi tashkil etildi. Yarim asrdan ko'proq vaqt davomida u siyosiy iqtisodiy hamda madaniy rivojlanish yo 'llarida qiyin yo 'lni bosib o 'tdi. Shunday bo 'lsada XXR rivojlanishda to 'xtamadi. 1948 yildan 1979 yilgacha bo'lgan davrda XXRning tashqi siyosatining rivojlanishi natijasida Xitoy xalqaro munosabatlar tizimida ta 'sirli o 'rinlarni egallashga harakat qilib kelmoqda. Bunga yaqqol misol qilib Xitoyning "sovuq urush " davrida qatnashganligini ko 'rsatishimiz mumkin. Ya'ni bu uningshaxsiy manfaatlari bilan bog'liq edi.
Kalit so'zlar: Xitoy, tashqi siyosat, davlat, hukumat, iqtisod, partiya, sovuq urush, BMT, ustav, konstitutsiya.
Китай на сегодняшний день является активно развивающимся государством внешнеполитического направления. Внешняя политика государства выражается как часть общей политики, как и в любом другом государстве. Именно поэтому внешняя политика формируется на основе множества внутренних и внешних, объективных и субъективных факторов. Среди этих факторов мы также можем привести примеры географических, экономических, политических, научно - технических, демографических, военных и других факторов. 1 октября 1949 года была образована Китайская Народная Республика. Более полувека он прошел нелегкий путь в политико-экономическом и культурном развитии. Тем не менее, КНР не остановилась в развитии. В результате развития внешней политики КНР в период с 1948 по 1979 год Китай пытается занять влиятельное место в системе международных отношений. Ярким примером может служить участие
АННОТАЦИЯ
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences
Research BIB / Index Copernicus
Китая в период "Холодной войны". То есть это было связано с его личными интересами.
Ключевые слова: Китай, внешняя политика, государство, правительство, экономика, партия, холодная война, ООН, устав, Конституция.
ANNOTATION
Today, China is an actively developing country in the foreign policy field. The foreign policy of the state is expressed as part of the general policy, as in any other state. That is why foreign policy is formed on the basis of a variety of internal and external, objective and subjective factors. Among these factors, we can also give examples of geographical, economic, political, scientific and technical, demographic, military and other factors. On October 1, 1949, the People's Republic of China was established. For more than half a century, he has gone through a difficult path in political, economic and cultural development. Nevertheless, China has not stopped developing. As a result of the development of China's foreign policy in the period from 1948 to 1979, China is trying to take an influential place in the system of international relations. A striking example is China's involvement during the Cold War. That is, it was related to his personal interests.
Keywords: China, foreign policy, state, government, economy, party, cold war, UN, charter, Constitution.
KIRISH
XXRning Koreya (1950 - 1953 yy) va Vyetnam (1964 - 1975 yy) urushlarida ishtirok etishi, XXRning yadro quroliga ega bo'lishi va nihoyat 1971 yilda "qiyinchilik" bilan BMT tarkibiga kirishi, shu va boshqa ro'y bergan voqealar Xitoyni mintaqaviy ta'siri kuchli davlatdan xalqaro munosabatlarning sezilarli aktoriga aylantirib qo'ydi1.
Xitoy keyingi davrlarda tashqi siyosatini bosqichma - bosqich rivojlantirib bordi. Buning mohiyati shundaki, endilikda Xitoy o'z tashqi siyosatini va maqsadini harbiy siyosat yoki mafkuraviy omillar asosida amalga oshirmaydigan bo'ldi. Bu holat asosan Mao Szedun davrida ro'y berar edi2. Eng sezilarli o'zgarishlar bu endilikda Xitoy tashqi siyosatini iqtisodiy hamkorlik yo'li bilan amalga oshira boshladi va so'nggi 30 yillikda Xitoy harbiy metodlardan voz kechib, yangi konsepsiyalar ishlab chiqa boshladi. Ular esa quyidagilardir: "tinch siyosat", "ilmiy rivojlanish konsepsiyasi", "ochiq siyosat", "davlat qudratining umumiyligi konsepsiyasi", "buyuk ma'suliyatli derjava", "muvofiq dunyo konsepsiyasi" va boshqalardir.3 Xitoy
1 Цыганков П.А. Внешняя политика: вопросы теории и практики. - М.: Эдитус, 2008. - C. 56.
2 Хаджаев А. Китайский фактор в Центральной Азии. - Т.: Фан, 2007. - C. 5.
3 Волохова А.А. Основы китайской дипломатии. - М.: Научная Книга, 2007 - C. 63.
Research BIB / Index Copernicus
yangi usullarni qo'llsh natijasida yangi ko'rinishga ega bo'lgan xalqaro iqtisodiy va siyosiy hayotning faol ishtirokchisiga aylandi.
XXRning hozirgi tashqi siyosati yangilanishda davom etmoqda. Ammo uning zamirida asosan o'tgan asr 80-yillarining konseptual yondashuvlari yotadi. Shu narsa diqqatga sazovorki, o'sha zamonlarda sotsialistik tizim tanazzulga yuz tutishi va SSSR parchalanishidan oldingi davrdayoq Xitoy rahbariyati XXRning tashqi dunyo bilan o'zaro munosabatlarining 90-yillar boshidagi dramatik vaziyatda o'zini to'liq oqlagan ancha samarali paradigmasini yaratgan edi. 90-yillarda Xitoy tashqi siyosatini modernizatsiya qilish jarayoni ham mamlakatdagi islohotlar singari asta-sekin, bosqichma-bosqich amalga oshirila boshladi. Bu jarayon asosan davr sinovidan o'tgan elementlar va konstruktsiyalardan iborat inshoot qurilishini ohiriga yetkazishni o'zida ifodalar edi. 4
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Muammolarni yechishning kuch ishlatishga asoslanmagan, ancha tejamli va shu bilan bir vaqtda samarali yo'llarini doimiy ravishda izlash, shuningdek, ayrim davlatlar bilan alohida munosabatlarga urg'u berish Xitoy tashqi siyosatining muhim hususiyati hisoblanmoqda. Shunga mos ravishda, u yoki bu diplomatik yurishlarni tayyorlayotganda tahliliy ishning muayyan qismi jahonda mavjud ziddiyatlarni, ulardan mamlakat manfaatlarida foydalanish imkoniyatlarini o'rganishga bag'ishlanadi.
Hokimiyatga Den Syaopin, Chjao Tziyana va Xu Yaobanlarning kelishi bilan Xitoy rivojlanishning yangi bosqichi, ya'ni "iqtisodiy ochiqlik siyosati" tanlandi. Bu davrda eng asosiy sezilarli qadamlar bu - Xitoyning ilg'or xalqaro iqtisodiy tashkilotlarga a'zo bo'lgani bo'ldi. Ya'ni- Xalqaro Bank va Xalqaro Valyuta Fondi tashkilotlariga (1980 yil). Shu munosabat bilan Xitoy 1986 yilda tarif va savdo shartnomasiga kirishga ariza topshirdi. 2001 yilda XXR eksport siyosatini va chet ellik kapitallarni qo'lga kiritish maqsadida JSTga a'zo bo'ldi. Bu qadam esa ochiq siyosat va "tashqariga chiqish" strategiyasining keyingi bosqichi edi5.
Xitoy o'z iqtisodini rivojlantirish natijasida dunyoda yetakchi davlatlar qatoriga kirib oldi. XXR dunyoda tashqi savdo eksportining hajmi bo'yicha yetakchi davlatlardan biridir.6
1978 yildan so'ng XXRning tashqi siyosatining normativ huquqiy bazasini yetti darajaga bo'lingan kompleks hujjatlar tashkil qiladi:
4 Галенович Ю.М. Наказы Цзян Цзэминя. Принципы внешней и оборонной политики современного Китая. - М.: ИВ РАН, 2003. - C. 82.
5 M. Leonard. Foreign policy of China. - Washington.: NAP, 2012. - P. 26.
6 http://www.ruschinatrade.ru/ru/about-china-new/foreign-trade
Research BIB / Index Copernicus
1. XXR konstitutsiyasi. 1982 yil 4 dekabrdagi Xalq vakillarining Umumxitoy yig'ilishining 5 - sessiya va beshinchi chaqirig'ida qabul qilingan Xitoy Xalq Respublikasining konstitutsiyasi va 1988,1993 va 2004 yillardagi konstitusiyaga o'zgartirish kiritilishi;
2. XKPning qarorlari;
3. Xalqaro huquqning umum qabul qilingan norma va prinsiplari;
4. Xitoy Xalq Respublikasining xalqaro shartnomalari;
5. Xitoy Xalq Respublikasining harbiy doktrinasi (u ochiq ravishda e'ion qilinmaydi). Bu yo'l bilan Xitoy o'z harbiy siyosatini mustaqil olib borish tarfdori ekanligini bildiradi. Shuning uchun ham 1998 yildan beri har ikki yilda "XXRning milliy qo'mondonligining oq kitobi" chop etib kelinadi;
6. Tashqi siyosat doirasida davlat hokimiyatining federal organlari faoliyatini tartibga solib turuvchi Xitoy Xalq Respublikasining normativ huquqiy aktlari.
7.XXRning tashqi iqtisodiyat va investitsiyalarini tartibga soluvchi huquqiy aktlar.7
Xitoyda yetakchi partiyaning roli juda ham ahamiyatlidir. Boshqacha aytganda barcha qarorlar Xitoy Kommunistik Partiyasining Markaziy Qo'mitasi tomonidan qabul qilinadi.
XXRda tashqi siyosatni belgilovchi yagona manbaa yo'q. Yuqorida ko'rsatilib o'tilgan barcha hujjatlar XXRning har bir tashqi siyosatining aniq yo'nalishiga qarab qabul qilingan, Xitoy tashqi siyosatining o'ziga xosligi ham aynan shundadir -haddan tashqari pragmatiklik. Faqatgina Xitoy tashqi siyosatini belgilashda qo'llaniladigan 1982 yilda qabul qilingan Xitoy Konstitutsiyasi, ya'ni "tinch yashashning besh prinsipi"gina o'zgarmaydi xolos. Boshqa har qanday tashqi siyosatni belgilovchi konsepsiyalar vaziyatga qarab o'zgartirilib turilishi mumkin. Bu xususiyat Yaqin Sharqdagi olib borilayotgan siyosatga ham xosdir.
XXRning Yaqin Sharqdagi siyosatini belgilovchi bir qator hujjatlar mavjuddir. Ular XXRning Yaqin Sharq davlatlari bilan tuzilgan xalqaro shartnomalar hisoblanishadi. Bu guruhga biz birinchi navbatda XXRning Yaqin Sharqdagi alohida davlatlar bilan tuzilgan shartnomalarini, ikkinchi tomondan esa uning ichiga mazkur mintaqadagi mavjud mintaqaviy tashkilotlar bilan tuzilgan XXRning shartnomalarini kiritishimiz mumkin.8
Xitoyning mintaqalarga nisbatan olib boradigan tashqi siyosatining asosiy yo'nalishlarini alohida hujjat sifatida ochiq holatda har doim ham topishning iloji yo'q. Masalan, Xitoy hukumati ohirgi paytlarda "Xitoyning Afrika davlatlariga
7 Gill B. Rising star. China's new security diplomacy. - Washington.: BU, 2007. - P. 36.
8 Волохова А.А. Основы китайской дипломатии. - М.: Научная Книга, 2007 - C. 65.
Research BIB / Index Copernicus
nisbatan tashqi siyosat strategiyasi"(2006 yil yanvar) va "Xitoyning Lotin Amerika va Karib havzasi davlatlariga nisbatan tashqi siyosat strategiyasi"(2008 yil noyabr) kabi hujjatlarni birin - ketin taqdim etib kelmoqda. Bu hujjatlarda Xitoy tashqi siyosatining mazkur mintaqalarga nisbatan tashqi siyosatining asosiy xususiyatlari bayon etilgan.9
Tashqi siyosatning umumiy prinsiplari XXRning Konstitutsiyasida belgilab qo'yilgan: "Xitoyning revolyutsiya va qayta qurilishdagi muvaffaqqiyatlari butun dunyo xalqlari bilan chambarchas bog'liqdir. Xitoyning kelajagi bo'lajakdagi dunyo bilan chambarchas bog'liqdir. Xitoy bosqichma - bosqich ravishda mustaqil tashqi siyosatini amalga oshiradi, "birga yashashning besh prinsipi"ga sodiq qoladi, boshqa davlatlar bilan diplomatik aloqalarni rivojlantiradi, iqtisodiy va madaniy almashish; imperializm, gegemonizm va kolonalizmga nisbatan qattiq qarshilik qiladi; dunyoning turli xil mamlakatlari xalqlari bilan qaloqalarni mustahkamlaydi; rivojlanayotgan va jabrlangan xalqlar milliy mustaqilligiga erishish, milliy iqtisodiyotini saqlab qolishi uchun olib borayotgan adolatli kurashlarini qo'llab -quvvatlaydi; butun dunyoda tinchlikni saqlash va insoniyat rivojlanishiga yordam berishda zo'r berib harakat qiladi."10
XXR tinchlikka asoslangan mustaqil tashqi siyosatini izchil amalga oshirmoqda, jahondagi vaziyatda ko'p qutblilikni har tomonlama qo'llab-quvvatlamoqda, iqtisodiyotdagi globallashuv jarayonlariga faol moslashmoqda, mintaqaviy hamkorlikda barcha yo'nalishlarda ishtirok etmoqda, odilona va oqilona yangi xalqaro siyosiy va iqtisodiy tartibni bor kuchi bilan ilgari surmoqda, tinchlikni barqaror etish va insoniyatni rivojlantirish adolatli ishini rag'batlantirmoqda.
Xitoyning bu prinsiplarni qabul qilishi XXRning umume'tirof etilgan xalqaro hamjamiyatning a'zosi bo'lish va BMTda o'rin egallashga harakat qilish bilan bir vaqtda davom ettirilgani yaqqol namoyon bo'lmoqda. Tinch yashashning besh prinsiplari BMT Ustavining ajralmas qismi bo'lib qoldi.
XXR kamdan-kam hollarda o'zi yirik xalqaro tashabbuslar bilan maydonga chiqadi. Odatda bu mamlakat jahonda yuz berayotgan voqealarni baholashga ham shoshilmaydi, ko'pincha fursat poylashga yoki betaraflikka asoslangan pozitsiyani egallaydi. Xitoy tashqi siyosatining so'nggi ikki o'n yillikdagi tashqi siyosatining tadrijiy rivojlanish jarayonini ma'lum darajada shematizm bilan davom etayotgan bir nechta o'zgarishlar va almashayotgan o'zaro nisbatlar sifatida ifodalash mumkin. Bunda tashqi siyosatning milliy istiqlolni ta'minlovchi "turg'un" holati bilan uning
9 Leonard M. Foreign policy of China. - Washington.: NAP, 2012. - P. 58.
10 http://chinalawinfo.ru/constitutional law/constitution
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences
Research BIB / Index Copernicus
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish jarayonini qo'llab-quvvatlashga qaratilgan "faolligi" o'rtasidagi jiddiy farqni e'tiborga olish talab etiladi.11
Xitoy tashqi siyosati doirasida 3 ta vektorni ajratib ko'rsatish mumkin. Ularni muhumligi jihatidan ko'rib chiqamiz: 1) rivojlangan davlatlar; 2) rivojlangan va rivojlanayotgan davltlar, ularni "XXRning strategik qurshovi" desak ham bo'ladi; 3) Rivojlanayotgan davlatlar.
Birinchi guruhga AQSH, Yevropa Ittifoqi davlatlari kiradi.
Ikkinchi guruhga esa Rossiya, Yaponiya, Hindiston, Janubi - sharqiy Osiyo davlatlari, KXDR, Koreya Respublikasi, Markaziy Osiyo davlatlari kiradi.
Uchinchi guruhga esa 3 ta kichik guruhlarni ajratib ko'rsatish mumkin: Lotin Amerikasi davlatlari, Afrika davlatlari va Yaqin Sharq davlatlari.
Rivojlangan davlatlar bilan hamkorlikni rivojlantirishning ustuvor yo'nalishlari: "Xitoy rivojlangan davlatlar bilan strategik muloqotni olib borishni davom ettiradi, kelishmovchiliklarni hal etuvchi o'zaro ishonch va hamkorlikni rivojlantiradi, uzoq muddatli barqaror sog'lom aloqalarini rivojlantirishni ilgari suradi."12 Bu yo'nalishda Xitoy qarama - qarshiliklardan uzoqda bo'lishi, savdo - iqtisodiy aloqalarni rivojlantirishi, yuqori texnologik sohalarda, tinchlik va rivojlanish yo'lidagi muammolarda kelishuvlarga erishmog'i darkor.
Ikkinchi guruh davlatlariga nisbatan: bular, asosan Xitoyga qo'shni mamlakatlar hisoblanishadi. "Xitoy qo'shni mamlakatlar bilan va do'stona yo'llar bilan aloqa o'rnatish, birgalikda mintaqaviy vaziyatni yaratish, tinchlik va barqarorlik, teng huquqlilik va o'zaro ishonch, o'zaro manfaatdor hamkorlik sharoitida aloqalarni rivojlantirish tarafdori" 13 . Bu o'z navbatida maqbul va barqaror holatni ta'minlashdagi ustuvor yo'nalishlardir. Bu guruh davlatlari bilan munosabatlar davomiy hisoblanadi. Xitoy bu davlatlarga nisbatan ancha kuchli va rivojlangan derjava davlat sifatida munosabatda bo'lishga o'rgangan. Shu yo'nalishda XXRi mintaqada yetakchi bo'lish uchun bir nechta davlatlar bilan raqobatlashib kelmoqda.
XULOSA
XXRning rivojlanayotgan mamlakatlar bilan aloqalarni mustahkamlash quyidagi parametrlar bo'yicha juda muhim, ya'ni xalqaro maydonda "yangi adolatli tartib"ni qo'llab quvvatlashni mustahkamlash va iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish. Xitoyning rasmiy murojaatlariga ko'ra, "Xitoy ko'pgina rivojlanayotgan mamlakatlar
11 Остроухов О.Л. Политика, общество внешняя политика Китая в годы реформ и перспективы ее развития // Международная экономика и международные отношения. - М.: 2002. - № 2. - С. 42.
12 Цыганков П.А. Внешняя политика: вопросы теории и практики. Материалы научного семинара. - М.: КДУ, 2008. - С. 93.
13 Цыганков П.А. Внешняя политика: вопросы теории и практики. Материалы научного семинара. - М.: КДУ, 2008. - С. 94.
Research BIB / Index Copernicus
bilan birlik va hamkorlikni rivojlantirish, an'anaviy do'stona munosabatlarini rivojlantirish, hamkorlikni kengaytirish, ularga qo'ldan kelgancha yordam berish, rivojlanayotgan mamlakatlarning umumiy manfaati va xoxishlarini himoya qilish tarafdori".
ADABIYOTLAR RO'YHATI (REFERENCES)
1. Цыганков П.А. Внешняя политика: вопросы теории и практики. - М.: Эдитус, 2008. - C. 56.
2. Волохова А.А. Основы китайской дипломатии. - М.: Научная Книга, 2007
3. Хaджаев А. Китайский фактор в Центральной Азии. - Т.: Фан, 2007. - C. 5.
4. Галенович Ю.М. Наказы Цзян Цзэминя. Принципы внешней и оборонной политики современного Китая. - М.: ИВ РАН, 2003. - C. 82.
5. M. Leonard. Foreign policy of China. - Washington.: NAP, 2012. - P. 26.
6. Gill B. Rising star. China's new security diplomacy. - Washington.: BU, 2007.
7. http://chinalawinfo.ru/constitutional law/constitution
8. Остроухов О.Л. Политика, общество внешняя политика Китая в годы реформ и перспективы ее развития // Международная экономика и международные отношения. - М.: 2002. - № 2. - С. 42.
9. http: //www. ruschinatrade. ru/ru/about-china-new/foreign-trade
C. 63.
P. 36.