Научная статья на тему '“BIR MAKON – BIR YO‘L” LOYIHASINING O‘ZBEKISTON IQTISODIY-SIYOSIY HAYOTIDAGI TARIXIY AHAMIYATI'

“BIR MAKON – BIR YO‘L” LOYIHASINING O‘ZBEKISTON IQTISODIY-SIYOSIY HAYOTIDAGI TARIXIY AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
358
84
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Xitoy / Markaziy Osiyo / Ipak yo‘li / O‘zbekiston / iqtisodiy diplomatiya / resurs / dunyo bozori / temir yo‘l / investitsiya / siyosat / “qarz diplomatiyasi”. / China / Central Asia / Silk Road / Uzbekistan / economic diplomacy / resource / world market / railway / investment / politics / “debt diplomacy”.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Mahmudov, Zavqibek

Ushbu maqolada Xitoy Xalq Respublikasi tashabbusi bilan ilgari surilayotgan Zamonaviy Ipak yo‘li deb tariflanayotgan “Bir makon – bir yo‘l” loyihasining mohiyati, harakat yo‘nalishlari, transport va logistika salohiyati, Xitoydan boshlanishi ko‘zlangan iqtisodiy yo‘lakning Markaziy Osiyo, xususan O‘zbekiston orqali Yevropa, Afrika va hatto Amerika davlatlarigacha kirib borishi yoritilgan. Shuningdek, mazkur maqolada “Bir makon – bir yo‘l” loyihasi asosida O‘zbekistonning xalqaro maydondagi iqtisodiy-siyosiy mavqeining rivojlanishi va loyihaning ayrim salbiy jihatlari ham tahlil asosida keltirib o‘tilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE HISTORICAL SIGNIFICANCE OF THE "ONE BELT- ONE ROAD" PROJECT IN THE ECONOMIC AND POLITICAL LIFE OF UZBEKISTAN

In this article, the nature of the "One Belt One Road" project, which is being promoted by the initiative of the People's Republic of China, is defined as the "One Belt One Road" project, the directions of movement, the potential of transport and logistics, the economic corridor, which is planned to start from China, Central Asia, in particular, its penetration into European, African and even American countries through Uzbekistan is highlighted. Also, in this article, the development of the economic and political position of Uzbekistan in the international arena based on the project "One Belt one road" and some negative aspects of the project are also mentioned based on the analysis.

Текст научной работы на тему «“BIR MAKON – BIR YO‘L” LOYIHASINING O‘ZBEKISTON IQTISODIY-SIYOSIY HAYOTIDAGI TARIXIY AHAMIYATI»

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(6), June, 2023

"BIR MAKON - BIR YO'L" LOYIHASINING O'ZBEKISTON IQTISODIY-SIYOSIY HAYOTIDAGI TARIXIY AHAMIYATI

Ushbu maqolada Xitoy Xalq Respublikasi tashabbusi bilan ilgari surilayotgan Zamonaviy Ipak yo'li deb tariflanayotgan "Bir makon - bir yo'l" loyihasining mohiyati, harakat yo 'nalishlari, transport va logistika salohiyati, Xitoydan boshlanishi ko 'zlangan iqtisodiy yo 'lakning Markaziy Osiyo, xususan O 'zbekiston orqali Yevropa, Afrika va hatto Amerika davlatlarigacha kirib borishi yoritilgan. Shuningdek, mazkur maqolada "Bir makon - bir yo'l" loyihasi asosida O'zbekistonning xalqaro maydondagi iqtisodiy-siyosiy mavqeining rivojlanishi va loyihaning ayrim salbiy jihatlari ham tahlil asosida keltirib o 'tilgan.

Kalit so'zlar: Xitoy, Markaziy Osiyo, Ipak yo'li, O'zbekiston, iqtisodiy diplomatiya, resurs, dunyo bozori, temir yo 'l, investitsiya, siyosat, "qarz diplomatiyasi ".

In this article, the nature of the "One Belt - One Road" project, which is being promoted by the initiative of the People's Republic of China, is defined as the "One Belt - One Road" project, the directions of movement, the potential of transport and logistics, the economic corridor, which is planned to start from China, Central Asia, in particular, its penetration into European, African and even American countries through Uzbekistan is highlighted. Also, in this article, the development of the economic and political position of Uzbekistan in the international arena based on the project "One Belt - one road" and some negative aspects of the project are also mentioned based on the analysis.

Key words: China, Central Asia, Silk Road, Uzbekistan, economic diplomacy, resource, world market, railway, investment, politics, "debt diplomacy ".

Suv transporti yo'llarida o'z o'rniga ega Xitoy hozirgi kunda bunday imkoniyatga to'laqonli ega bo'lmagan davlatlarga, Markaziy Osiyo orqali Janubiy Osiyo va Yaqin sharqdagi, bevosita Yevropa davlatlari bozorlariga kirib borishni jadal suratlarda amalga oshirmoqda. Ayni shu sababli ham Xitoy tomoni o'z ishlab chiqaruvchilarini ushbu bozorlar bilan qulay avtomobil va temir yo'llar tarmog'i orqali bog'lashga harakat qilmoqda. Xitoy tomonidan ilgari surilayotgan "Bir makon

Zavqibek Mahmudov

O'zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi

Tarix instituti kichik ilmiy xodimi

ANNOTATSIYA

ABSTRACT

KIRISH

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(6), June, 2023

- bir yo'l" dasturi - bu yangi, zamonaviy "Ipak yo'li" loyihasi hisoblanib, bu Xitoyning tashqi dunyo uchun ochiqlik tamoyilini ishlab chiqish strategiyasi deyish mumkin.

2019-yil 27-aprelda "Bir makon, bir yo'l" loyihasi doirasidagi ikkinchi xalqaro forumda ("Yansi" xalqaro konferensiyalar markazida) prezident Shavkat Mirziyoyev nutq so'zlab1: "Xalqaro va mintaqaviy o'zaro bog'liklik masalalari Markaziy Osiyo, jumladan, dengiz portlariga bevosita olib chiquvchi yo'lga ega bo'lmagan mamlakatimiz uchun dolzarb bo'lib kelgan va hozir ham shunday. O'zbekiston mamlakatlarimizning barqaror taraqqiyotida muhim omil bo'ladigan "Bir makon, bir yo'l" tashabbusini avval boshdanoq qo'llab-quvvatlagan" deb ta'kidlaydi

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 71-rezolyutsiyasi "Bir makon - bir yo'l " va boshqa iqtisodiy hamkorlik tashabbuslarini qo'llab-quvvatladi. Barcha tomonlarni "Bir makon - bir yo'l" tashabbusini qabul qilishga va xalqaro hamjamiyatni "Yo'l" qurilishi uchun xavfsiz muhitni ta'minlashga chaqirdi2. Xitoy Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan xalqaro temir yo'l va Xitoy-Markaziy Osiyo tabiiy gaz quvuri qurilishi bilan Markaziy Osiyoda "makon va yo'l" qurilishini sifatli rivojlantirishga ko'maklashadi. Markaziy Osiyo "Bir makon - bir yo'l" qurilishining "namoyish maydoni" hisoblanadi3.

TAHLIL VA NATIJALAR

Xitoyning mazkur yirik loyihasida hozirgi kunda 60 dan ortiq mamlakat ishtirok etmoqda. Quruqlik yo'llari orqali Janubiy Osiyo va undan Yevropa bozorlariga mahsulotlar yetkazish va o'z iqtisodiyotini yanada rivojlantirish uchun ushbu mintaqalardan xomashyoga bo'lgan ehtiyojini qondirish maqsadida ham bu tanlangan strategiya nufuzli ahamiyatga ega. 2013-yilda hokimiyat tepasiga Si Szinpin kelishi bilan yanada jadallashgan bu jarayon 2000-yillarning boshlaridan asta-sekinlik bilan amalga oshirib kelinmoqda. Si Szinpin hokimiyat tepasiga kelgan yildan beri Xitoy va G'arbiy Osiyo davlatlari o'rtasidagi tez-tez yuqori darajadagi tashriflar Xitoy va G'arbiy Osiyo davlatlari o'rtasidagi siyosiy va iqtisodiy munosabatlarni kuchaytirdi4. Ushbu loyiha Xitoyning tashqi dunyo uchun ochiqlikni rag'batlantirish, ya'ni tovar, investitsiya, moliyaviy, texnologik loyihalarning chuqurlashtirishni o'zida aks ettiradi. 2017-yilning may oyida Pekinda bo'lib o'tgan Xalqaro forumda 68 mamlakat va xalqaro tashkilot Xitoy bilan hamkorlik to'g'risidagi bitimlarni imzoladi. Mazkur

1 fflaBKar Mnp3HëeB: ÖHpra^HKgarH catH-^apaKaraapHMro HarH^aiapHHH xa^rapHMro ce3nmn KepaK https://president.uz/uz/2533 27.04.2019.

2 https://baike.baidu.com/item/AF/13132427

3 http://www.chinareform.org.cn/2022/0916/36703.shtml

4 . ^S^W^IfflB® 2020-03-20 https://baike.baidu.com/item/24618319.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(6), June, 2023

forumda so'zga chiqqan Si Szinpin uch yil ichida «Bir makon, bir yo'l»ga qo'shilgan mamlakatlardagi Xitoy investitsiyasi 50 milliard dollarga yaqin mablag'ni tashkil etganini ma'lum qildi5.

Rasmiy Pekin "Bir makon - bir yo'l" dasturi doirasida 900 ta investitsion loyihani amalga oshirish uchun 890 milliard dollardan ziyod mablag' sarflashni rejalashtirgan. Va bu investitsiyalar bevosita loyihaga aloqador bo'lgan davlatlar bilan ikki va ko'p tomonlama manfaatli shartnomalar tuzishga sarflanishi belgilab olingan. Birgina misol, "Xitoy - Markaziy Osiyo" tabiiy gaz quvuri Turkmaniston va O'zbekiston chegarasi, Amudaryoning o'ng qirg'og'idan boshlanib, markaziy O'zbekiston va Qozog'iston janubidan o'tib, Xorg'os (Shinjon-Uyg'ur viloyati) dan Xitoyga kiradi va "Ikkinchi G'arbiy-Sharqiy gaz quvuri"ga aylandi6. Quvurning umumiy uzunligi qariyb 10 ming kilometrni tashkil etadi. O'zbekiston va Xitoy o'rtasidagi gaz sotish va sotib olish borasidagi ikki tomonlama o'zaro iqtisodiy hamkorligi alohida tarixiy ahamiyatga ega. Mamlakatimizning Xitoy Xalq Respublikasi bilan gaz sotish bo'yicha tuzilgan hokum atlararo shartnomasi 30 yil davomida amal qiladi.

Loyihada Markaziy Osiyo davlatlarining tutgan roli va o'rni katta strategik ahamiyatga ega hisoblaniladi. Birgina misol, loyihaning quruqlik qismini tashkil etishi lozim bo'lgan oltita taklif etilgan transport yo'laklaridan to'rttasida Markaziy Osiyo eng muhim rol o'ynaydi7. Shu sababli ham Xitoy "Bir makon - bir yo'l" loyihasini ishlab chiqilgan davrdan boshlab avvalo Markaziy Osiyo davlatlari bilan har tomonlama aloqalarini yanada rivojlantirib oldi. Mazkur loyiha doirasida Xitoyning Markaziy Osiyoga nisbatan rolini quyidagi yirik kategoriyalarga ajratish mumkin:

- Hududdagi mavjud yaqin kelajakda o'z ehtiyoji uchun kerak deb hisoblaydigan tabiiy resurslardan foydalanish;

- Ushbu yirik loyiha doirasida asosiy quruqlik yo'lagi sifatida Markaziy Osiyoga tayanadi8.

O'zbekiston dengiz portlariga chiqish imkoniyatiga ega bo'lmagan mamlakatlardan biri bo'lganligi sababli ham ushbu "Bir makon - bir yo'l" dasturidan manfaatdor mamlakat hisoblanadi. Nafaqat O'zbekiston, balki Markaziy Osiyoning boshqa davlatlari uchun ham Rossiyaning iqtisodiy va investitsion imkoniyatlari

5 "Вп- такоп, Ыг уП" — тапТаайаг chorrahasi // Ma'rifat gazetasi. 2019-уП 26-арге1

6 ж-шж&ш^ш . 2020-03-20

https://baike.baidu.com/item/24618319.

7 Сыроежкин К.Л. Проект «Экономический пояс Шёлкового пути» в сложном пространстве Центральной Азии. Контуры глобальных трансформаций. Выпуск 6, Том 9, 2016. - С. 107-111.

8 Махмудов З. Хитойнинг "—^—(Замонавий Ипак йули) лойихаси ва унинг Узбекистан учун ахамияти (https://effect.uz/8151) . 2022 йил 28 ноябр.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(6), June, 2023

Xitoyga nisbatan zaif hisoblanadi. Hozirgi kundagi Rossiya SSSR dan ajralib, mustaqillikka erishgan Markaziy Osiyo mamlakatlarining rivojlanishi bilan bog'liq ehtiyojlarini to'laqonli qondirish imkoniyatiga ega emas. Xitoy tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan "Bir makon - bir yo'l" loyihasi orqali Markaziy Osiyo, xususan O'zbekistonga ko'plab investitsiyalar kirishi, yangi korxonalar hamda minglab ish o'rinlari yaratilishi kuzatilmoqda. Asosiy maqsadi Yevropa va Afrika bozorlarini egallash bo'lgan Xitoy uchun esa Markaziy Osiyo davlatlari "Bir makon -bir yo'l" loyihasida asosiy ishtirokchi emas, balki, tovar va investitsiya tashish uchun asosiy yo'lak vazifasini o'taydigan davlatlar sifatida ko'rilmoqda9. Xitoy manfaati doirasida "Tanganing ikkinchi tomoni", ya'ni loyihaning nozik va xatarli tomoni ham ayni shu qismi hisoblaniladi. Xitoyning "qarz tuzog'iga" tushib qolmasligi uchun O'zbekiston Xitoydan qarz va kredit olishida ehtiyotkorlik bilan harakat qilishi lozim. Global Taraqqiyot Markazi tomonidan o'tkazilgan tadqiqot va undagi statistik ma'lumotlarga tayanib, Xitoyning mazkur loyihasida ishtirok etayotgan 65 mamlakatdan 8 tasi "qarz falokati" xavfi ostida, degan xulosaga kelish mumkin10. Birgina misol, Xitoy Tojikistonning eng katta tashqi kreditori bo'lib, bu davlatning 2007-2016-yillarda tashqi qarzlari 80 foizga o'sgan (Tojikiston tashqi qarzining 52 foizi Xitoy ulushiga to'g'ri keladi). Qirg'izistonning esa eng katta tashqi kreditori Xitoydagi «Exim Bank» bo'lib, 2016-yilda mamlakat tashqi qarzining 40 foizi shu bank hissasiga to'g'ri kelgan. Hozirgi kunda O'zbekiston tashqi qarzining 20 foizdan ortig'i (Qirg'iziston tashqi qarzining 45 foizi) bevosita Xitoyga to'g'ri kelayotganligi ham fikrimiz isboti hisoblanadi. Iqtisodiyoti rivojlanayotgan davlatlar "tashqi qarz" omili orqali dunyoning eng rivojlangan davlatlar darajasiga erishganini tarixdan ko'rishimiz mumkin. Biroq, bir davlatga katta miqdorda "qarz diplomatiyasi" evaziga bog'lanib qolish, keyinchalik, bu davlatni siyosiy jihatdan ham "qaram" bo'lib qolishiga olib keladi.

O'zbekiston Xitoyning "Bir makon - bir yo'l" loyihasi doirasida kun sayin rivojlanayotgan Xitoy bilan iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy, ikki tomonlama manfaatli aloqalarida keyingi davrni va maqsadlarni inobatga olgan holda ehtiyotkorona munosabatda bo'lish lozim. Xitoyning iqtisodiy kelajagi uchun esa eng maqbul bozor sifatida Janubiy Osiyo va Yevropaga o'z tovarlarini olib borish maqsadida ham

9 Как Узбекистан становится приоритетным партнером Китая в Центральной Азии?

https://www.Gaanetw0rk.0ra/arGhives/21445/KaK-y3)6eKHCTaH-CTaH0BHTCM-npH0pHTeTHMM-napTHep0M-KHTaM-B Центральной Азии 15 ФЕВРАЛЯ, 2021

10 Burchill, R. The Belt and Road Initiative evolving into a multilateral project // China-US Focus. June 11, 2019. URL: https://chinausfocus.com/finance-economY/the-belt-and-road-initiative-evolving-into-a-multilateral-proiect

XULOSA

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(6), June, 2023

qadimiy dengiz va quruqlikdagi Ipak yo'lini qayta tiklashdirn. Bu loyihadan esa loyiha asoschisi va boshlanuvchi yo'lagi sifatida eng ko'p manfaatdor ham aynan Xitoy hisoblaniladi. Markaziy Osiyo davlatlari, xususan O'zbekiston Xitoy iqtisodiyoti o'sishini ta'minlab beruvchi transit zonalar hisoblaniladi. Bu davlatlarning iqtisodiyotiga to'loqonli kirib olgach (aniqrog'i egallagach) o'z shart va talablarini o'zgartirmasligiga hech qaysi davlat aniq xulosa bera olmaydi. Ushbu loyihaning ijobiy tomoni sifatida davlatimiz tashqi iqtisodiy va siyosiy jihatdan erishishi kutilayotgan eng asosiy omillar:

- O'zbekiston tashqi savdo tovarlarning Janubiy Osiyo, Yaqin Sharq va Afrikaning rivojlanayotgan bozorlariga olib kirishiga xizmat qiluvchi Eron va Pokiston portlariga chiqishiga imkoniyat yaratiladi;

- Loyihalashtirilgan Xitoy-Qirg'iziston-O'zbekiston temir yo'l koridori doirasida O'zbekiston Xitoy bilan Yevropani bog'lovchi yo'ldan to'g'ridan-to'g'ri foydalanish imkoniyatiga ega bo'ladi. Va bu esa yuk tashish vaqtini 5-6 kunga qisqartiradi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR (REFERENCES)

1. Сыроежкин К.Л. Проект «Экономический пояс Шёлкового пути» в сложном пространстве Центральной Азии. Контуры глобальных трансформаций. Выпуск 6, Том 9, 2016.

2. Лю Ижу, Авдокушин. Е.Ф. Проект «Один пояс, один путь» 2.0 — стратегия стимулирования глобальной экспансии Китая. Мир новой экономики. - М.,

3. Шавкат Мирзиёев: биргаликдаги саъй-харакатларимиз натижаларини халкларимиз сезиши керак https://president.uz/uz/2533 27.04.2019.

4. "—^—Й"±ЮШЙШ:ФШ-ФМ-ЭМШЙШ . 2020-03-20 https://baike.baidu.com/item/24618319.

5. http://www.chinareform.org.cn/2022/0916/36703.shtml

6. Махмудов З. Хитойнинг "—(Замонавий Ипак йули) лойихаси ва унинг Узбекистон учун ахамияти (https://effect.uz/8151)

7. Как Узбекистан становится приоритетным партнером Китая в Центральной Азии? https: //www.caanetwork.org/archives/21445/Как-Узбекистан-становится-приоритетным-партнером-Китая-в Центральной Азии 15 ФЕВРАЛЯ, 2021

8. Burchill, R. The Belt and Road Initiative evolving into a multilateral project // China-US Focus. June 11, 2019. URL: https://chinausfocus.com/finance-economy/the-belt-and-road-initiative-evolving-into-a-multilateral-project

11 Лю Ижу, Авдокушин. Е.Ф. Проект «Один пояс, один путь» 2.0 — стратегия стимулирования глобальной экспансии Китая. Мир новой экономики. - М., 2019. - С. 68

2019.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.