QATARNING "YUMSHOQ KUCH" SIYOSATINI AMALGA OSHIRISH
VOSITALARI
OyatilloRasuljon o g 4i Toshtemirov
Tayanch doktorant Toshken t davlat sharqsh unosl ik un iversiteti
Toshkent, O 'zbekiston.
Annotatsiya. Maqolada Qatar yumshoq kuch siyosatini amalga oshirish vositalari, Amir Hamadning va Tamim Al Tanining mamlakat milliy mavqei va imidjini oshirish yo'lidagi siyosati, davlatning xalqaro nizolarda mediator sifatidagi ishtiroki, mamlakatda ta'lim tizimining qayta tashkil etilishi, stipendiyalar, xorijiy universitetlarning filiallarini mamlakatga olib kelinishi, Qatar milliy tadqiqot jamg'armasining tashkil etilishi, uning faoliyati haqida, so 'ngra davlat tashqi siyosatidagi o 'zgarishlar haqida o 'rgandikva tahlil qildik.
Kalit so'zlar: Yumshoq kuch, Qattiq kuch, Mediatsiya, Qatar milliy tadqiqot jamg 'armasi, Neytral diplomatiya.
TOOLS FOR IMPLEMENTING QATAR'S "SOFT POWER"
POLICY
OyatilloR. Toshtemirov
PhD student
Tashkent State University of Oriental Studies
Tashkent, Uzbekistan.
Annotation. In the article, the means of implementing Qatar's soft power policy, the policy of Amir Hamad and Tamim Al Thani to increase the country's national position and image, the state's participation as a mediator in international disputes, the reorganization of the education system in the country, www. sharqjurnali. uz
scholarships, bringing branches of foreign universities to the country, we studied and analyzed the establishment of the Qatar National Research Foundation, its activities, and then changes in the state's foreign policy.
Keywords: soft power, hard power, mediation, Qatar National Research Foundation, neutral diplomacy.
ИНСТРУМЕНТЫ КАТАРА ДЛЯ РЕАЛИЗАЦИИ ПОЛИТИКИ
"МЯГКОЙ СИЛЫ"
Оятилло Р. Тоштемиров
Базовый докторант Ташкентский государственный университет востоковедения
Ташкент, Узбекистон.
Аннотация. В статье рассматриваются средства реализации политики мягкой силы Катара, политикаАмираХамада и Тамима Аль Тани по повышению национального положения и имиджа страны, участие государства в качестве посредника в международных спорах, реорганизация системы образования в стране., стипендии, привлечение в страну филиалов зарубежных университетов, мы изучили и проанализировали создание Катарского национального исследовательского фонда, его деятельность, а затем изменения во внешней политике государства.
Ключевые слова: мягкая сила, жесткая сила, посредничество, национальный исследовательский фонд Катара, нейтральная дипломатия.
KIRISH.
Barchaga ma'lumki, harbiy qarama-qarshilik va gegemonlik mojarolari davrida davlatlarning tashqi siyosatdagi asosiy tanlovi qattiq kuch siyosati bo'lgan. Shu nuqtai nazardan, super kuchlar tashqi siyosiy va milliy manfaatlar borasidagi maqsadlariga erishish uchun harbiy imkoniyatlarni oshirishga intildilar. Lekin, kichik davlatlardagegemon kuchlarning harbiy imkoniyati yoki xalqaro siyosatdagi
ta'siri sababli, shuningdek, o'zlarida mavjud demografik cheklovlar tufayli bunday siyosat olib boorish imkoniyati mavjud emas edi.
So'ngi yillarda xalqaro munosabatlar muhim o'zgarishlarni boshdan kechirdi, bu esa hokimiyat kontseptsiyasini qayta shakllantirish, muhokama qilish uchun imkoniyat yaratdi. Jozibadorlik, rag'batlantirish va fikrlarga ta'sir o'tkazish kabi tushunchalar majburlash, tahdidlar, sanksiyalarga muqobil sifatida paydo bo'ldi. Bu xalqaro siyosatda "yumshoq kuch" tushunchaning paydo bo'lishiga olib keldi.
Qatar ham hududi uncha katta bo'lmagan, lekin o'ziga xos iqtisodiy tayanch va boshqa davlatlardan ajralib turuvchi ichki va tashqi siyosatga ega mamlakat sanaladi. Ushbu maqolada Qatar tashqi siyosati va uning eng muhim ustuni: yumshoq kuch hamda uni amalga oshirish vositalari haqida so'z boradi.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR.
Mazkur maqolani yoritish jarayonida ilmiy bilishning mantiqiylik, tarixiylik, izchillik va obyektivlik usullaridan keng foydalanildi. Yumshoq kuch konsepsiyasi Jozef Nay tomonidan 1990-yilda chop etilgan "Chegaralanganlikdan yetakchilikkacha: Amerika qudratining o'zgaruvchan tabiati" kitobi chop etilgandan so'ng ommalashdi1. Uning fikricha, bu tushuncha "davlatga tegishli harbiy kuchdan tashqari boshqa davlatlarning qarorlari va siyosatlari natijalariga ta'sir qilish va nazorat qilish qobiliyatini ta'minlaydigan turli xil resurslarga ega bo'lish"ni anglatadi.
Jozef Nay madaniy tarix va madaniy meros, turli xil tadbirlar va konferensiyalar kabi manbalar va intellektual va badiiy ishlab chiqarish, shuningdek, muzeylar, kutubxonalar va nufuzli milliy arboblar ushbu siyosatda muhim ekanligini qayd etadi. Bular davlatni targ'ib qilish va boshqalarga ta'sir qilish uchun zarur bo'lgan imidjni yaratish imkonini beradigan vositalar hisoblanishini ta'kidlaydi.
1 Nye, Joseph S. (1990). Bound to Lead: The Changing Nature of American Power. Art of Mentoring Series (reprint ed.). Basic Books. ISBN 9780465001774. Retrieved 1 March 2020. www. sharqjurnali. uz
U 2004-yilda chop etilgan "Yumshoq kuch: Jahon siyosatida muvaffaqiyatga erishish vositalari" kitobida ushbu kontseptsiyani yanada rivojlantirdi.
MUHOKAMA VA NATIJALAR.
Qatarning yumshoq kuch vositalari ikkita asosiy qismga bo'lishimiz mumkin: milliy mavqe va brending hamda betaraflikdan raqobatga o'tish va ta'sir qilish kuchi.
Qatar tashqi siyosatini aniq ifodalashda Hamad bin Xalifa olib borgan siyosat muhim rol o'ynadi. Amir Saudiya Arabistonidan mustaqil siyosat qurishga intilib va bu yo'lda yumshoq kuchni ushbu siyosatdagi asosiy strategiyaga aylantirdi. Bu yo'l Qatarning ta'siri va mavqeini mintaqaviy va xalqaro maydonda oshishiga imkoniyat yaratdi. Davlat an'anaviy kuchlarni hisobga olgan real va muvozanatli amaliyotlarni qabul qildi. Ushbu bosqichda, davlat mintaqadagi hukmronlik uchun kurashdan qochdi hamda neytral diplomatiya ortidan bordi. Mintaqadagi barcha tomonlarga bir xilda munosabatda bo'ldi. Shunday qilib, ushbu bosqichda yumshoq kuch asosiy maqsadlarga xizmat qiladigan vositalarini o'z ichiga oldi, bular birinchi navbatda vositachilik va nizolarni hal qilish diplomatiyasi edi.
Mediatsiya - kelib chiqqan nizoni taraflar o'zaro maqbul qarorga erishishi uchun ularning ixtiyoriy roziligi asosida mediator ko'magida hal qilish usuli. Mediator uchun qarama-qarshi tomonlarni ko'ndirish qobiliyati va ta'sir kuchi zarur bo'ladi. Masalan, Norvegiya va Shvetsiya kabi mamlakatlar butun dunyo miqyosida mediator mamlakatlar sifatida mashhur, maqbuldir. Ushbu davlatlar keng va barqaror diplomatik munosabatlarga egaligi, betarafligi, yaxlitligi va ishonchliligi bilan ajralib turadi. Amir Hamad boshchiligidagi Qatar rahbariyati qo'shni davlatlar bilan to'g'ridan-to'g'ri mojarolardan qochdi. Shu bilan birga, mintaqadagi yirik o'yinchilar hisoblangan AQSh va ba'zi Yevropa Ittifoqi mamlakatlari bilan mustahkam aloqalar o'rnatishga faol harakat qildi. Qatar muhim iqtisodiy tayanchi mavjudligi, ya'ni u suyultirilgan tabiiy gazning katta
zaxirasiga ega ekanligi, unga ushbu davlatlar bilan jozibador shartnomalar tuzish va mamlakatga sarmoya kiritish imkonini berdi.
Amir Hamad davrida Qatarning tashqi siyosati yana bir yo'nalishni egallay boshladi, ushbu esa davlatni xalqaro maydonda o'ziga xos mavqega ega bo'lishiga imkon berdi. Bu Qatarning o'zini betaraf va ishonchli xalqaro vositachi sifatida ko'rsatishi edi. Shu ma'noda, mamlakat poytaxti Dohada ko'p yillar davomida, turli to'qnashuvlarda qarama-qarshi tomonlar o'zaro muzokaralar olib bordi. Qatar vositachiligi Darfurdagi Doha tinchlik kelishuvida, Suriyadagi Eritreyalik mahbuslar va garovga olinganlarni ozod qilishda, shuningdek, Livandagi siyosiy inqirozni hal qilishda muvaffaqiyatga erishganligini qayd etish lozim.
Qatar modeli juda muammoli hududlarda chuqur nizolarni hal qilishga qodir vositachi sifatida xalqaro siyosatda mamlakatning nufuzli ishtirokini ta'minladi. Boshqacha aytganda, Qatar hammaga do'st bo'lmasa ham, hech bo'lmaganda barcha tomonlarni, shu jumladan qurolli harakatlarni neytrallashtira oldi.
Qatar moliyaviy yordam berish orqali ziddiyatli mamlakatlarni muzokaralar olib borish va nizolarni hal qilishga undadi. Kuzatuvchilar Qatar aynan mana shu strategiya orqali Yaqin Sharqda o'z ta'sirini o'rnatganligi ta'kidlashadi. Shuning uchun, Birlashgan Millatlar Tashkiloti, AQSh, Yevropa Ittifoqi va asosiy o'yinchilar Qatarga ko'plab qiyin vaziyatlarda vositachilik qilish uchun tayanishgan.
Qatar davlatining mavqeini va o'ziga xos brendini yaratishda oliy ta'lim va yaratilgan ta'lim imtiyozlarining ahamiyati juda katta. Ta'limni rivojlantirish va muassasalarni rag'batlantirish Amir Hamad yumshoq kuch strategiyasining eng muhim, asosiy ustunlaridan biri hisoblanadi. U ta'lim tizimining barcha bo'g'inlarida keng qamrovli islohotlarni amalga oshirdi. U muassasalarni qayta shakllantirdi, ta'lim muassasalarini tashkil etishni kengaytirish bilan bir qatorda ta'lim sifati va mazmunini oshirishga yordam beradigan yangi siyosat qabul qilindi. Qatar rahbariyati ta'limning ahamiyati va uning jamiyat va davlat rivojlanishi uchun ichki ta'siriga ishonch hosil qildi.
Ta'lim va ilm-fan uchun Qatar Jamg'armasi Oliy ta'lim standartlarini ko'tarish uchun dastlabki qadam bo'ldi. Shayx Hamadning fond tashkil etish qarori ta'lim va tadqiqotlarni rivojlantirish hamda global miqyosda raqobatlashishni maqsad qilgan edi. Jamg'arma xalqaro universitetlarning filiallarini Dohaga olib keldi, masalan Jorjtaun universiteti, Karnegi Mellon universiteti, Texas A&M va boshqalar. Bundan tashqari, Qatar universiteti va Hamad Bin Xalifa kabi milliy universitetlar ta'lim va ilmiy tadqiqotlar sohasida yetakchilik qilishda markaziy o'rin tutgan. Qatar ekspert va olimlarni o'ziga jalb qilish bo'yicha katta mavqega erisha oldi va uzoq muddatga mo'ljallangan loyihalarni ishga tushura oldi. Davlatning oliy ta'lim muassasalaridan foyda olishni maqsad qilgan stipendiya loyihalarini yaratishi yumshoq kuchdagi davlatning eng muhim madaniy quroli edi. Ta'lim imtiyozi loyihalari ko'plab mamlakatlardan izlanuvchilar va talabalar uchun imkoniyat yaratib berdi. Binobarin, u Qatarliklar jamiyatining madaniyati, g'oyalari va qadriyatlarini ifodalovchi ko'prik sifatida xizmat qildi. Bir so'z bilan ta'lim bu yumshoq kuchning faol vositasiga aylanganligini ta'kilash lozim.
Ta'limdan tashqari, Qatar ilmiy tadqiqot sohasida uzoq muddatli investitsiya siyosatini qabul qildi. Amir Hamad Qatar milliy tadqiqot jamg'armasi (QNRF) ga asos soldi. U doimiy ravishda energiya, IT, ijtimoiy fanlar, tibbiyot va atrof-muhit sohalaridagi ilmiy tadqiqotlarni rivojlanishga homiylik qildi va innovatsiyalarni qo' llab-quvvatladi.
Arab bahorining siyosiy va ijtimoiy oqibatlari Qatarning kengayishi uchun imkoniyat yaratdi. Inqiloblar mintaqaviy kuchlar balansida o'zgarishlarga olib keldi. Mintaqadagi Saudiya Arabistoni va Misr kabi an'anaviy kuchlarning ta'siri pasaydi; va yangi o'yinchilar yuzaga chiqdi. Bundan tashqari, arab jamiyatlari katta iqtisodiy muammolar va siyosiy beqarorlikdan aziyat chekdilar. Ushbu noqulay sharoitlardan foydalanib, Qatar ko'plab yutuqlarga erishdi va o'zining xalqaro rejalarini amalga tatbiq etdi. Neytralitetdan raqobat va ta'sir etishga o'tish boshlandi. Bu bosqich yangi xohish-istakdagi Amirning hokimiyatga kelishi bilan
mos keldi. Shayx Tamim bin Hamad Qatarni yana ham keng va ta'sirli mavqega olib chiqishga intildi.2
Bu yo'lda 1996-yilda tashkil etilgan Al-Jazira tarmog'i arab ommaviy axborot vositalari tizimida o'ziga xos voqea bo'ldi. Kanal Arab axborot maydoni maqsadlari, doirasi va tuzilishini tubdan o'zgartirdi. Al-Jazira dastlabki ondanoq mustaqillik va betaraflik shiorlarni ilgari surdi. Shunday bo'lsa-da, Amir Hamad bin Xalifa tarmoqqa asos solgan va homiylik qilganligi sir emas. Al-Jazira cheklangan siyosiy cheklovlarga ega mustaqil ommaviy axborot vositalari modelini taqdim etdi va eng sara muxbirlar va media mutaxassislari uning xodimlari safiga qo'shilishgan. Rivojlanayotgan kanal Afg'onistondagi urush kabi muhim voqealar, bahsli siyosiy arboblar bilan eksklyuziv reportajlarni tufayli katta mavqega ega bo'ldi.
Bir necha yil ichida Al-Jazira tuzilish va ta'sir jihatidan kengayishga muvaffaq bo'ldi. Bir necha yil davomida Al-Jazira tarmog'i CNN, Sky yoki BBC dan kam bo'lmagan o'rinni egalladi.
Shayx Tamim Al Tani 2013-yilda Qatarda hokimiyatni egallagandan so'ng, tashqi siyosat boshqaruvida o'zgarishlar boshlandi. . Bu mintaqaviy o'zgarishlar, xususan, Misr, Iroq va Suriyadagi voqealar bir qatorda yuz berdi. Bundan tashqari, Qatarning tashqi siyosat uslublari yumshoq kuch tushunchalari doirasida sezilarli darajada rivojlandi. Yumshoq kuch bilan uning xilma-xil vositalari yangi yetakchilik strategiyasi uchun asos bo'ldi. Xuddi shunday, xorijiy yordam ushbu strategiya uchun dinamikani ta'minlagan eng muhim yumshoq vositalardan biri bo'ldi. Bu yumshoq kuch aqlli kuch kontseptsiyasiga o'tkazgan vositalardan biri bo'ldi. 3
Xorijiy yordam dasturi Hamad bin Xalifa davrida boshlangan bo'lsa-da, Qatar Tashqi yordam siyosati (QFAP) Shayx Tamimning hokimiyatga kelishi bilan muhim o'rin egalladi. Tashqi yordam strategiyasi shakllar va moliyalashtirish
2 Hüdaverdi, A. S. (2020). Revolutionary change versus counter-revolutionary status quo: Tracing the reactions of Qatar and the United Arab Emirates to the Arab Spring. Istanbul: ibn Haldun Üniversitesi.pp.114.
3 Pierini, M. (2013). Qatar's Foreign Policy Under the New Emir. Carnegie Europe. Pp.2. www. sharqjurnali. uz
nuqtai nazaridan sezilarli darajada rivojlandi. Davlatning tashqi siyosati va yumshoq kuch strategiyasi tubdan o'zgardi betaraflik siyosati ta'sir va nazoratni izlovchi yanada ulug'vor strategiyaga o'zgardi. XULOSA.
Xulosa qilib aytganda, Qatar zamonaviy siyosatda ikkita bosqichdan o'tganligini kuzatishimiz mumkin. Davlat dastlabki shakllanish davrida duch kelgan qiyinchiliklarni muvaffaqiyatli yengib chiqdi. U qarama-qarshilik va tahdidlarga boy geosiyosiy muhitda omon qolish uchun kurashga qaratilgan bosqich edi. Qatar yumshoq kuch vositalarini yaratishda o'zining iqtisodiy salohiyatidan muvaffaqiyatli foydalandi. Shu nuqtai nazardan, tashqi va ichki xavfsizlik va siyosiy to'siqlar oldida davlat barqarorligini ta'minladi va omon qolishga muvaffaq bo'ldi.
Keying davrda Qatar omon qolishdan hukmronlik va ta'sir uchun kurashga o'tdi. Amir Hamad va undan so'ng o'g'li Tamim Al Tani yumshoq kuch bo'yicha maqsadli tashqi siyosatni shakllantirdilar. Ular yumshoq kuch manbalari va vositalarini yanada hal qiluvchi va samarali tarzda ishlab chiqishga tayandilar. Shubhasiz Qatarning yumshoq kuch tashqi siyosati davlatning omon qolishidan mintaqaviy kuchga aylanishida katta hissa qo'shdi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI
1. Nye, Joseph S. (1990). Bound to Lead: The Changing Nature of American Power. Art of Mentoring Series (reprint ed.). Basic Books. ISBN 9780465001774. Retrieved 1 March 2020.
2. Nye Jr, J. S. (2008). Public Diplomacy and Soft Power. The Annals of the American Academy of Political and Social Science, 616(1), pp.94-109.
3. Peterson, J. E. (2006). Qatar and the World: Branding for A Micro-State. The Middle East Journal, pp.741-742.
4. Putri, A. S., & Surwandono, S. (2019). Qatar's Clean Diplomacy Facing Regional Conflict. Jurnal Sosial Politik, 5(2), pp.255-256.
5. Antwi-Boateng, O. (2013). The Rise of Qatar as A Soft Power and The Challenges. European Scientific Journal, 9(31), pp.39-51.
6. Stephen Maunder "The government and Political system in Qatar" (2022.14.03)https://www. expatica.com/qa/living/gov-law-admin/government-and-political-system- in-qatar-70986/
7. Avaz Takhirov, Yaqin sharq ruknidan (2014.25.11) https://geopolitika.uz/hududlar/yevrosiyo/yaqin-sharq/85-afg-on-muammosi-yechimi-qatarning-qo-lidami
8. Bahodir Xo'jayev, O'zbekiston xalqaro islom akademiyasi tadqiqotchisi, O'zbekiston-Qatar: hamkorlikning yangi ufqlari - YOSHLAR OVOZI (2021. 22.04) https://yoshlarovozi. uz/2021/04/22/ozbekiston-qatar-hamkorlikning
9. Mehran Kamrava, Qatar:Small State, Big politics (Cornell University Pres s ,2015) http s ://books .google.co. uz/books ?hl=en&lr= &id
10.Madaminova, D. (2020). Migration Process and Problems in North Africa and the Middle East. In ОБЩЕСТВЕННЫЕ НАУКИ В СОВРЕМЕННОМ МИРЕ: ПОЛИТОЛОГИЯ, СОЦИОЛОГИЯ, ФИЛОСОФИЯ, ИСТОРИЯ (pp. 80-85).
11. Yakubovich, A. H. (2019). The emergence of the Syrian crisis and the impact of the external forces on it. Bulletin Social-Economic and Humanitarian Research, (4 (6)), 92-97.
12. Azimov, H. Y. (2021). The Kurdish Factor in Turkish-Syrian Relations Until the "Arab Spring". In АКТУАЛЬНЫЕ ВОПРОСЫ СОВРЕМЕННОЙ НАУКИ И ОБРАЗОВАНИЯ (pp. 218-220).
13. Peterson, J. E. (2006). Qatar and the World: Branding for A Micro-State. The Middle East Journal, pp.732-748.
w ww.shgiqiuinali. uz