Научная статья на тему 'QATAR TASHQI SIYOSATI RIVOJLANISHINING ZAMONAVIY TENDENSIYALARI'

QATAR TASHQI SIYOSATI RIVOJLANISHINING ZAMONAVIY TENDENSIYALARI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
358
46
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Kichik gigant / katta siyosat / CMC / “Niche Diplomacy” / “Qatar National Vision 2030” dasturi / “O‘zbekiston–Turkmaniston–Eron–O‘mon Sultonligi–Qatar” transport yo‘lagi. / Маленький гигант / большая политика / КМС / «Нишевая дипломатия» / программа «Катарское национальное видение 2030» / транспортный коридор «Узбекистан-Туркменистан-Иран-Султанат Оман-Катар».

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Ma’Ruf Qo’Chqorov

Ushbu maqolada Yaqin Sharq mintaqasida joylashgan Qatar davlatining hozirgi zamonaviy dunyodagi o’rni va ahamiyati, uning tashqi siyosatining rivojlanish tendensiyalari, mintaqa doirasida olib borayotgan siyosati haqida bayon qilinadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

СОВРЕМЕННЫЕ ТЕНДЕНЦИИ РАЗВИТИЯ ВНЕШНЕЙ ПОЛИТИКИ КАТАРА

В данной статье описаны роль и значение государства Катар на Ближнем Востоке в современном мире, тенденции развития его внешней политики, его политика в регионе.

Текст научной работы на тему «QATAR TASHQI SIYOSATI RIVOJLANISHINING ZAMONAVIY TENDENSIYALARI»

Oriental Journal of History, Politics and Law

ORIENTAL JOURNAL OF HISTORY, POLITICS AND

LAW

journal homepage: https://www.supportscience.uz/index.php/oihpl

CURRENT TRENDS IN THE DEVELOPMENT OF QATAR'S FOREIGN POLICY

Maruf Kuchkorov

Student

Tashkent State University of Oriental Studies

Tashkent, Uzbekistan

E-mail: marufkuchkarov@,gmail. com

_ABOUT ARTICLE_

Key words: Small Giant, Big Politics, Abstract: This article describes the role CMC, Niche Diplomacy, Qatar National and importance of the state of Qatar in the Vision 2030, Uzbekistan-Turkmenistan-Iran- Middle East in the modern world, the Oman-Qatar Transport Corridor. development trends of its foreign policy, its

policy in the region.

Received: 14.05.22 Accepted: 16.05.22 Published: 18.05.22

QATAR TASHQI SIYOSATI RIVOJLANISHINING ZAMONAVIY TENDENSIYALARI

Ma'ruf Qo'chqorov

Talaba

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti

Toshkent, O'zbekiston

E-mail: marufkuchkarov@gmail. com

_MAQOLA HAQIDA_

Kalit so'zlar: Kichik gigant, katta Annotatsiya: Ushbu maqolada Yaqin siyosat, CMC, "Niche Diplomacy", "Qatar Sharq mintaqasida joylashgan Qatar National Vision 2030" dasturi, "O'zbekiston- davlatining hozirgi zamonaviy dunyodagi Turkmaniston-Eron-O'mon Sultonligi- o'rni va ahamiyati, uning tashqi siyosatining Qatar" transport yo'lagi. rivojlanish tendensiyalari, mintaqa doirasida _olib borayotgan siyosati haqida bayon qilinadi.

СОВРЕМЕННЫЕ ТЕНДЕНЦИИ РАЗВИТИЯ ВНЕШНЕЙ ПОЛИТИКИ КАТАРА

Маруф Кучкоров

Студент

Ташкентский государственный университет востоковедения

Ташкент, Узбекистан

E-mail: marufkuchkarov@,gmail. com

_О СТАТЬЕ_

Ключевые слова: Маленький гигант, Аннотация: В данной статье описаны большая политика, КМС, «Нишевая роль и значение государства Катар на дипломатия», программа «Катарское Ближнем Востоке в современном мире, национальное видение 2030», тенденции развития его внешней политики,

транспортный коридор «Узбекистан- его политика в регионе. Туркменистан-Иран-Султанат Оман-

Катар»._

KIRISH

Arabiston yarimorolidagi kichik davlatdan dunyodagi eng boy mamlakatlardan biriga aylangan Qatar oxirgi ikki o'n yillikda Fors ko'rfazi mintaqasi va Yaqin Sharqda o'ziga xos o'rin egallashga muvaffaq bo'ldi. Qatar bugungi boy davlatga aylanish uchun Britaniya protektorati sifatida o'zining ildizlaridan uzoq yo'lni bosib o'tdi. U jahon miqyosida obro'-e'tibor qozonish uchun o'zining neft va gaz sanoatidan tushgan katta daromadlardan maksimal darajada foydalandi va foydalanib kelmoqda. Uning o'ziga xosligini shundan ko'rish mumkinki, Qatarning rasmiy poytaxti bo'lgan Dohaning na ichki, na tashqi siyosatini muxtasar bir jumla bilan ta'riflab bo'lmaydi. Biror bir hudud, biror bir masala, biror bir ixtilofga Qatar xech qachon o'z e'tiborini davomiy qaratmagan. Uning tashqi siyosati doimo o'zgarishda va oldindan bashorat qilib bo'lmaydi.

Ushbu maqolada tizimli, mantiqiy tahlil va tarixiy metodlar va usullardan yetarlicha foydalanilgan.

ASOSIY QISM

Qatar davlatining siyosiy tarixiga nazar tashlaydigan bo'lsak, bir paytlar Bahrayn nazorati ostida bo'lgan va 1867-yildagi urushdan keyin inglizlar tomonidan Muhammad ibn al-Tani Qatarga hukmdor etib tayinlanadi. Bu tayinlov bugungi kunda davom etayotgan Al-Tani oilasi a'zolarining uzluksiz hukmronligiga zamin yaratdi.

Amir 1893-yilda Qatarni Usmonli turklariga qarshi muvaffaqiyatli himoya qildi. Ammo ajablanarlisi shundaki, u 1916-yilda Qatarning Britaniya protektoratiga aylanishiga rozilik berdi.

Xususan, 1783-yilda Bani Utba va boshqa arab qabilalari Bahraynni zabt etgandan so'ng Al-Xalifa Bahrayn va Qatar ustidan o'z hokimiyatini o'rnatdi.

1916-yilda Qatar Britaniya protektoratiga aylantiriladi va Abdulla al-Tani hududni faqat inglizlarga berish mumkinligi haqidagi shartnomani imzoladi. Bu shartnoma esa dengiz orqali har qanday tajovuzdan himoya qilish va quruqlik hujumida yordam berish evaziga amalga oshdi.

1970-yillarning boshida Qatar Birlashgan Arab Amirliklarining bir qismi bo'lish uchun qo'shni davlatlarga qo'shilishi kerak edi. Biroq, Bahrayn bilan birga buni rad etib, o'rniga mustaqil davlat tuzdi va Qatar 1971-yil 3-sentabrda o'z mustaqilligini e'lon qildi.

Qatar islom aqidasi, madaniyati bilan bir vaqtda g'arbona qarashlarni ham o'zida singdirgan alohida bir davlat. Mamlakat Yaqin Sharqning boshqa davlatlaridan farqli o'laroq anchayin demokratik-liberal ruhda yashasa ham, ichki va tashqi siyosat mutlaq hukmron oila, aniqrog'i, amirning qo'lida to'plangan. Aynan amir mamlakatning barcha hayotiy yo'nalishlarini belgilab beradi. Qatarning hozirgi tashqi siyosati sobiq amir Hamad bin Xalifa al-Tani tomonidan shakllantirilgan. Hamad bin Xalifa al-Tani 1995-yil iyunida o'z otasi Abdulla bin Nosir bin Xalifa al-Tanini hokimiyatdan ag'daradi.

Qatar siyosiy jihatdan konstitutsiyaviy monarxiyadir, lekin aslida hukmdor (amir) qonunlarni tasdiqlash yoki rad etish uchun ijro etuvchi hokimiyatga ega. Amir o'zining Bosh vazirini (odatda u oila a'zosidan tayinlanadi) va qonun chiqaruvchi organlar a'zolarini tayinlaydi. Va natijada, u har qanday qonunlar bo'yicha yakuniy qarorni o'zi qabul qiladi[1].

Qatarning amaldagi amiri Hamad bin Xalifa al-Tanining hokimiyatdagi roli katta va Vazirlar Kengashini chaqirish va diplomatik xodimlarni tayinlashdan tortib, qonunlarni ratifikatsiya qilish va amnitsiyalar berishgacha bo'lgan vazifalar uning qo'lida to'plangan.

Xold bin Xalifa bin Abdulaziz - Qatarning amaldagi Bosh vaziri. Uning asosiy vazifasi Qatar hukumatining asosiy bo'linmalari o'rtasida birlikka erishish maqsadida Vazirlar Kengashi majlislariga raislik qilish va Kengash nomidan qarorlarni imzolashdan iborat.

Qatarda saylov tizimi ham to'liq munitsipial tizimga o'tkazilgan deb aytish mumkin. 2021-yil oktabr oyida 45 o'rinli Sho'ro kengashining 30 a'zosini saylash uchun mamlakat tarixidagi birinchi qonunchilik saylovlari bo'lib o'tdi. Bu kengash amirga maslahatchi sifatida rol o'ynaydi va mudofaa, xavfsizlik, iqtisodiy va sarmoyaviy masalalar bo'yicha cheklangan vakolatlarga ega.

Shuningdek, 29 a'zodan iborat Markaziy shahar kengashiga saylovlar bo'lib o'tadi. CMC(Central municipial council) ovoz berish har to'rt yilda bo'lib o'tadi, bu esa aholiga o'z mahalliy vakillarini tanlash imkonini beradi[2].

Qatar iqtisodiyoti:

Gaz va neft resurslariga eng boy mamlakatlaridan biri bo'lgan Qatar, so'nggi 10 yil ichida o'zining mintaqaviy va global ta'sirini kuchaytirishni tashqi siyosatini asosiy mezoni deb belgiladi. Bunday pozitsiya, Qatarning bir yoqlama iqtisodi va mintaqadagi Eron va Saudiya Arabistoni orasidagi siquvga olingan geopolitik o'rnini qaysidir ma'noda tashqi investitsiyalar va madaniy

integratsiyalar orqali qoplashga urinish deb tushunishimiz mumkin. Jumladan, mamlakat YAIMning 65%i yoqilg'i energiyasining eksportidan tashkil topgan.

Dunyoga o'z ta'sirini o'tkazishda Qatar portfel siyosatini o'ziga asos qilib olgan. Gaz va neft sotishdan kirib kelayotgan mablag'lar Qatar iqtisodida 20 mlrd AQSH dollarini ishlatilmasdan ortib qolishiga sabab bo'lmoqda. Ushbu mablag' esa asosan chet-ellardagi, ayniqsa Yevropadagi, ko'plab xizmat ko'rsatish muassasalari Qatarliklar hisobiga o'zlashtirishga sarflanmoqda.

Big politics (katta siyosat):

Qatar iqtisodiyotidagi eng muhim o'zgarish 1940-yillarda katta neft zaxiralarining topilishi bilan sodir bo'ldi. Bu mamlakatga misli ko'rilmagan boylik olib keldi. Bugungi kunga kelib, davlat eksport daromadining qariyb 85 foizi neftdan tushadi. Bu esa dunyodagi aholi jon boshiga to'g'ri keladigan eng yuqori daromadlardan biridir.

Qatar o'z mamlakatida va jahon miqyosida iqtisodiy muvaffaqiyatlarga erishganiga qaramay, yaqinda o'z tarixidagi eng katta inqirozlardan birini boshdan kechirdi. 2017-yil iyun oyida uning to'rt qo'shnisi - Saudiya Arabistoni, Bahrayn, Misr va BAA Qatarni birin ketin bloklay boshladi. Ushbu bloklashlar ortida, mamlakat terrorchi guruhlarga xayrixohlik bildirishda ayblovlar turardi.

Qatar importining 60% ga yaqini ushbu davlatlar bilan bevosita bog'liqligi va bu davlatlarning savdo qilishdan bosh tortganligi o'z kuchini tezda ko'rsata boshladi. Qatar fuqarolari ham qo'shni davlatlardan chiqarib yuborildi. Natijada, diplomatik vositachilik orqali 2021 - yilda blokada qilish yakunlandi.

So'nggi yillarda Qatar tobora jahon arenasida munosib o'rin egallamoqda. U 2022-yilda futbol bo'yicha jahon chempionatiga mezbonlik qiladi. Ushbu chempionat orqali Qatar dunyo hamjamiyatidagi o'rnini mustahkamlab olishni ko'zlagan. Chempionatga tayyorgarlik uchun Qatar 200 mlrd AQSh dollari miqdorida mablag' ajratishni e'lon qilgan.

Jahon chempionatiga tayyorgarlik Qatarning iqtisodiy muvaffaqiyatlari sari o'z yo'lini qurishga intilayotganini ko'rsatadi. Doha yaqinida joylashgan yangi Lusayl shahri poytaxtdan so'ng o'zgarishlarning markazida turibdi. Natijada ushbu shaharni rivojlantirish dasturi doirasida 200 milliard dollarlik infratuzilmani rivojlantirish dasturi ishlab chiqilgan.

2021-yilgi Iqtisodiy erkinlik indeksiga ko'ra, Qatar dunyodagi eng erkin mamlakatlar ichida 44-o'rinda, hukumat yaxlitligi va pul erkinligi bo'yicha esa undan ham yuqori o'ringa egaligi ko'rsatilgan[2].

"Niche diplomacy" yoki "o'z o'rnini topish diplomatiyasi":

"Niche diplomacy" yoki "o'z o'rnini topish diplomatiyasi" Hamad bin Xalifa al-Tani tomonidan 18 yil davomida olib borildi. Amir o'zining kichik davlatining ahamiyatini dunyoga isbotlash uchun "yumshoq kuch" (soft power)dan faol foydalana boshladi. Bunga misol qilib,

Afg'oniston barqarorligini ta'minlashda ishtirok etish, xususan Yaman, Sudan, Livan, Afrika Burni kabi hududlardagi ixtiloflarni tinch yo'l bilan hal etish yo'lidagi harakatlar birinchisi bo'ldi[2].

Qatarning Afg'oniston barqarorligini ta'minlashdagi o'rni haqida gapiradigan bo'lsak, garchi Afg'oniston Qatar tashqi siyosatida markaziy o'rin egallamasada, Afg'on muammosini hal qilishdagi ishtirok Qatarning xalqaro maydondagi o'rni va ambitsiyalarini ochib beradi. Mintaqaviy va xalqaro muammolarda vositachi rolini o'tash 2008-yilda Hamad bin Xalifa al-Tani tomonidan e'lon qilingan "Qatar National Vision 2030" nomli 20 yilga mo'ljallangan milliy dasturda o'z aksini topgan. Dasturga ko'ra, Qatar mintaqada Fors Ko'rfazi Kengashi, Arab Ligasi va Islom Konferensiyasi Tashkiloti doirasida iqtisodiy, siyosiy va madaniy rolini oshirish hamda siyosiy tashabbuslar va insonparvarlik tamoyili orqali xalqaro tinchlik va barqarorlikka xissa qo'shishda davom etishi ko'zda tutilgan.

Aslida Qatarning o'zgaruvchan va arab-islom dunyosida ajralib turuvchi ichki va tashqi siyosati uning geosiyosiy joylashuviga ham qisman bog'liqdir. Chunki qudratli bo'lgan qo'shnilar, Saudiya Arabistoni, Eron, BAA, Ummon tomonidan o'rab olingan va dunyodagi eng notinch mintaqada joylashgan hamda yagona oila tomonidan boshqariladigan Qatar uchun xavfsizlik doimo birinchi o'rinda bo'lib kelgan.

Rivojlanayotgan mamlakatlar ro'yxatiga nazar tashlaydigan bo'lsak, neft eksport qilish bo'yicha aholi jon boshiga YalM 10 dan 20 ming dollargacha yetishi mumkin. Ushbu ro'yxatdan esa Saudiya Arabistoni, BAA, Eron, Quvayt, shuningdek, Bruney, Liviya va tabiiyki Qatar davlatlari o'rin olgan[3].

O'zbekiston-Qatar munosabatlari:

So'nggi yillarda O'zbekiston Respublikasining arab mamlakatlari bilan munosabatlari sezilarli darajada faollashdi. Xususan, O'zbekiston-Qatar munosabatlari tobora mustahkamlanib, rivojlanib bormoqda.

O'zbekiston Respublikasi va Qatar o'rtasidagi diplomatik aloqalar 1997-yilda yo'lga qo'yilgan. 2010-yil 23-24-noyabr kunlari O'zbekiston delegatsiyasi Hamad bin Xalifa taklifiga binoan Qatarga rasmiy tashrif buyurdi. O'shanda tomonlar ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirish, savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirish, transport-kommunikatsiya, gumanitar sohadagi hamkorlik va ikki tomon uchun manfaatli bo'lgan mintaqaviy hamda xalqaro masalalarni muhokama etgan.

Mamlakatimiz va Qatar hamkorligining yangi bosqichida O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilovning 2021-yil 10-11-aprel kunlari mazkur davlatga amaliy tashrifi esa katta ahamiyat kasb etadi. Mazkur tashrif O'zbekiston-Qatar tashqi siyosiy yo'nalishida yangi qadam bo'lib, ikki tomonlama aloqalarni sezilarli darajada kengaytirdi. O'zbekiston Tashqi ishlar

vazirining Qatar Davlati Bosh vaziri Xold bin Xalifa bin Abdulaziz bilan uchrashuvida muhokama etilgan masalalarning ko'lami ham bu fikrni tasdiqlaydi.

Qatar o'zining qulay geografik joylashuvi bilan Markaziy Osiyo mamlakatlarining Arab dengizi orqali xalqaro transport-kommunikatsiya yo'laklariga chiqishiga imkon yaratishi mumkin. Shu maqsadda O'zbekiston tomoni O'zbekiston-Turkmaniston-Eron-O'mon Sultonligi-Qatar transport yo'lagini yaratish loyihasini ilgari surgan edi.

Muzokaralar jarayonida O'zbekiston-Qatar munosabatlarining hozirgi holati, rivojlanish istiqbollari, xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar doirasidagi o'zaro aloqalarning dolzarb jihatlari, tomonlarning o'zaro siyosiy muloqotini faollashtirish, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy sohalarda hamkorlikni kuchaytirish, Afg'onistonda uzoq muddatli tinchlikka erishish va xavfsizlikni ta'minlash bo'yicha afg'onlararo inklyuziv muzokaralarni chuqurlashtirish kabi dolzarb muammolarning ko'rib chiqilgani, ikki mamlakat o'rtasidagi aloqalarning yangi bosqichga ko'tarilayotganidan dalolat bermoqda.

Bosh vazirlar bilan o'tkazilgan muzokaralarda ikki davlat o'rtasidagi siyosiy, savdo -iqtisodiy, investitsiyaviy, turizm, madaniy-gumanitar sohalardagi munosabatlarning bugungi kundagi holati va istiqbollari, tomonlarning xalqaro tuzilmalar doirasidagi o'zaro aloqalari, O'zbekiston-Qatar hamkorligiga ko'p qirrali mazmun bag'ishlash, ikki mamlak at tashqi ishlar vazirliklari o'rtasida siyosiy maslahatlashuvlarni yo'lga qo'yish kabi masalalar ham muhokama etildi.

XULOSA

Ma'lumki, Qatarda "Tolibon" harakatining siyosiy vakolatxonasi faoliyat yuritadi. Tashrif davomida uning rahbari mulla Barodar Oxund bilan bo'lib o'tgan uchrashuvda Afg'onistonda barqaror va uzoq muddatli tinchlik o'rnatish maqsadida tinchlikka asoslangan siyosiy jarayonni mustahkamlash bilan bog'liq masalalar muhokama qilindi. "Tolibon" harakati rahbariyati vakili O'zbekistonning Afg'onistonda transport va energetika sohalarida muhim iqtisodiy loyihalarni amalga oshirish bo'yicha tashabbuslarini yuqori baholagani ham diqqatga sazovordir. O'zbekiston tomonidan amalga oshirilayotgan infratuzilmaviy yirik loyihalar Afg'onistonning nafaqat iqtisodiy rivojlanishi, balki mamlakatda to'laqonli tinch siyosiy jarayonni boshlash uchun zarur sharoitlarni yaratishga xizmat qilishi ta'kidlangani ham tashrif davomida erishilgan e'tiborli natijalar qatoriga kiradi.

Xulosa qilib aytganda, O'zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilovning mazkur amaliy tashrifi Fors ko'rfazida joylashgan nufuzli arab davlatlaridan biri Qatar bilan aloqalarni yangi bosqichga ko'tarishni ko'zlagan tashqi siyosiy qadam sifatida baholashga munosib voqea bo'ldi deb bemalol aytish mumkin[4].

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI

1. About Qatar's Constitution. Qatar's Constitution - Legal Information (2003)https://hukoomi.gov.qa/en/about-qatar/the-constitution

2. Stephen Maunder "The government and Politicial system in Qatar" (2022.14.03)https://www.expatica.com/qa/living/gov-law-admin/government-and-political-system-in-qatar-70986/

3. Avaz Takhirov, Yaqin sharq ruknidan (2014.25.11) https://geopolitika.uz/hududlar/yevrosiyo/yaqin-sharq/85-afg-on-muammosi-yechimi-qatarning-qo-lidami

4. Bahodir Xo'jayev,O'zbekiston xalqaro islom akademiyasi tadqiqotchisi, O'zbekiston-Qatar: hamkorlikning yangi ufqlari - YOSHLAR OVOZI (2021.22.04) https://yoshlarovozi.uz/2021/04/22/ozbekiston-qatar-hamkorlikning

5. Mehran Kamrava, Qatar:Small State, Big politics (Cornell University Press,2015) https://books.google.co.uz/books?hl=en&lr=&id

6. Madaminova, D. (2020). Migration Process and Problems in North Africa and the Middle East. In ОБЩЕСТВЕННЫЕ НАУКИ В СОВРЕМЕННОМ МИРЕ: ПОЛИТОЛОГИЯ, СОЦИОЛОГИЯ, ФИЛОСОФИЯ, ИСТОРИЯ (pp. 80-85).

7. Yakubovich, A. H. (2019). The emergence of the Syrian crisis and the impact of the external forces on it. Bulletin Social-Economic and Humanitarian Research, (4 (6)), 92-97.

8. Azimov, H. Y. (2021). The Kurdish Factor in Turkish-Syrian Relations Until the "Arab Spring". In АКТУАЛЬНЫЕ ВОПРОСЫ СОВРЕМЕННОЙ НАУКИ И ОБРАЗОВАНИЯ (pp. 218-220).

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.