Научная статья на тему 'YAQIN SHARQDA BARQARORLIKNI TA’MINLASH BO‘YICHA QATAR SIYOSATINING ZAMONAVIY HOLATI'

YAQIN SHARQDA BARQARORLIKNI TA’MINLASH BO‘YICHA QATAR SIYOSATINING ZAMONAVIY HOLATI Текст научной статьи по специальности «Политологические науки»

CC BY
38
8
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Yaqin Sharq / barqarorlik / keskinlik / zamonaviy islohat / huquqiy asos. / Middle East / stability / tension / modern reform / legal framework.

Аннотация научной статьи по политологическим наукам, автор научной работы — Mamanazarova, Malohat Xo‘shvaqt qizi

Mazkur maqola Qatar siyosatining Yaqin Sharq hududidagi roli va barqarorlikni ta’minlashga qaratilgan islohatlari tahlil qilishga qaratilgan. Qatarning Yaqin Sharq mintaqasida arab bo‘lmagan davlatlar: Turkiya, Eron va Isroil bilan munosabatlari tashqi siyosatninig muhim va ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE MODERN STATE OF QATAR'S STABILITY POLICY IN THE MIDDLE EAST

This article aims to analyze the role of Qatar's policy in the Middle East region and reforms aimed at ensuring stability. Qatar's relations with non-Arab countries in the Middle East region: Turkey, Iran and Israel are one of the important and priority directions of foreign policy.

Текст научной работы на тему «YAQIN SHARQDA BARQARORLIKNI TA’MINLASH BO‘YICHA QATAR SIYOSATINING ZAMONAVIY HOLATI»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

YAQIN SHARQDA BARQARORLIKNI TA'MINLASH BO'YICHA QATAR SIYOSATINING ZAMONAVIY HOLATI

Mamanazarova Malohat Xo'shvaqt qizi

O'zXIA 2-kurs magistranti

ANNOTATSIYA

Mazkur maqola Qatar siyosatining Yaqin Sharq hududidagi roli va barqarorlikni ta'minlashga qaratilgan islohatlari tahlil qilishga qaratilgan. Qatarning Yaqin Sharq mintaqasida arab bo'lmagan davlatlar: Turkiya, Eron va Isroil bilan munosabatlari tashqi siyosatninig muhim va ustuvor yo 'nalishlaridan biri hisoblanadi.

Kalit so'zlar: Yaqin Sharq, barqarorlik, keskinlik, zamonaviy islohat, huquqiy

asos.

ABSTRACT

This article aims to analyze the role of Qatar's policy in the Middle East region and reforms aimed at ensuring stability. Qatar's relations with non-Arab countries in the Middle East region: Turkey, Iran and Israel are one of the important and priority directions of foreign policy.

Key words: Middle East, stability, tension, modern reform, legal framework.

KIRISH

Qatar-Turkiya Respublikasi munosabatlari. Qatarning Yaqin sharq mintaqasidagi siyosatida Turkiya muhim o'ringa ega. Aynan Qatar va Turkiyaning Yaqin Sharq mintaqasida Saudiya Arabistoni, Misr, BAAga nisbatan geostrategik raqobatlaridagi o'xshashlik o'zaro ikki davlat aloqasini mustahkamlamoqda.

Qatar va Turkiyaning arab mintaqasida, ayniqsa Misr, Liviya inqirozi, shuningdek, Suriya fuqarolar urushida yetakchilik mavqeini mustahkamlash borasidagi birgalikdagi sa'y-harakatlari ularning munosabatlarini ittifoq sifatida tavsiflash mumkinligiga olib keldi1.

Qatar mustaqillikka erishgandan bir-yil o'tib,1972-yilda Qatar Davlati va Turkiya Respublikasi o'rtasida elchilar darajasida diplomatik munosabatlar o'rnatildi. Keyinchalik Qatar hukumati 1979-yilda Anqarada o'z elchixonasini ochdi. O'sha-yili Dohada Turkiya elchixonasi ochildi. 1980-yillarda ikki davlat o'rtasida ikki tomonlama shartnomalar imzolana boshladi.

1 Al-Haj S. Turkey and Qatar look to be building a new alliance // Middle East Monitor. 15 March 2015 -https://www.middleeastmonitor.com/20150315-turkey-and-qatar-look-to-be-building-a-new-alliance/

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

Ikki davlat o'rtasida birinchi texnik va iqtisodiy hamkorlik to'g'risidagi shartnoma 1985-yilda imzolangan2. Qatar amiri Hamad bin Xalifa Ol Soniyning 2001-yil 25-26-dekabr kunlari Turkiyaga tashrifi o'zaro soliqqa tortishni to'xtatish, sarmoyalarni o'zaro rag'batlantirish va himoya qilish to'g'risidagi bitimlarni imzolash orqali iqtisodiy va harbiy hamkorlikning huquqiy asoslarini yaratishga zamin yaratdi. 2002-yil iyul oyida Qatar va Turkiya o'rtasida harbiy tayyorgarlik sohasida hamkorlik to'g'risidagi bitim, shuningdek, mudofaa sanoati sohasida o'zaro anglashuv memorandumi imzolandi. Bu mudofaa sohasida hamkorlikning asosiy sabablaridan biri Saudiya Arabistoni tomonidan 1995-yildagi Qatar amiri Xamadan -at-Tanini hokimiyatdan ag'darishga urinish bo'lgan.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Mamlakatlar o'rtasidagi aloqalarni mustahkamlashda "Musulmon birodarlar" harakati muhim rol o'ynadi, bu ham Qatar islomchilari, ham Turkiya islomchilari bilan yaqin aloqalar o'rnatishda ifodalangan. Keyinchalik "Musulmon birodarlar"ning mo'tadil islomchiligi Turkiya va Qatar hukumatlari o'rtasida umumiy tashqi siyosat yo'nalishini barpo etishda mafkuraviy asos bo'ldi. Turkiya bilan yaqinlashishga urinishlar Qatar tomonidan "Adolat va tarqqiyot" partiyasi va R.T.Erdog'on hokimiyatga kelishidan oldin ham bo'lgan. Bu, asosan, Saudiya-Qatar munosabatlaridagi 1990-yillardagi keskinlashuv bilan bog'liq edi.

Saudiya Arabistonining 1992-yilda Qatarga bostirib kirishga urinishi va 1995-yilda Shayx Hamadni ag'darishga bo'lgan muvaffaqiyatsiz urinish Qatar hukmron oilasiga ruhiy jarohatlar yetkazdi. Ular uchun Saudiya Arabistoni xavfsizligi uchun asosiy tahdidga aylandi3. Bu Qatarni Yaqin Sharqdagi ittifoqchilarni Fors ko'rfazidan tashqarida izlashga majbur qildi.

Qatar amiri Hamad bin Xalifa Ol Soniyning 2001-yil 25-26-dekabr kunlari Turkiyaga tashrifi qator kelishuvlarni imzolash orqali iqtisodiy va harbiy hamkorlikning huquqiy asoslariga zamin yaratdi. Ushbu bayonnomalar ikki tomonlama soliqqa tortishning oldini olish to'g'risidagi bitim, Sarmoyalarni o'zaro rag'batlantirish va himoya qilish to'g'risidagi bitim, Harbiy sohada hamkorlik to'g'risidagi bitimlardan iborat edi. 2002-yil iyul oyida Qatar va Turkiya o'rtasida harbiy tayyorgarlik sohasida hamkorlik to'g'risidagi bitim, shuningdek, mudofaa sanoati sohasida o'zaro anglashuv memorandumi imzolandi 4

2 Хайруллин Т. Формирование Катарско-Турецкого Альянса // Азия и Африка сегодня. -- 2019. - №4. - С.30

3 Yaghi M.A Comparative Analysis of the role of Saudi Arabia, Qatar and United Arab Emirates in the Syrian Crisis / Paper presented at 2018 Gulf Research Meeting. 31 July - 3 August 2018. - University of Cambridge,2018. - P.22.

4 Al-Harmi J. Qatar and Turkey ... Relations that transcend traditional diplomatic frames // YeniSafak. 10 September -https://www.yenisafak.com/en/news/qatar-and-turkey-relations-that-transcend-traditionaldiplomatic-frames-2297729 -

15.12.2018

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

Biroq Qatar va Turkiyaning haqiqiy strategik sheriklarga aylanishi Turkiyada "Musulmon birodarlar"ga yaqin Rajab Toyyib Erdo'g'on boshchiligidagi "Adolat va taraqqiyot partiyasi" (ATP) hokimiyat tepasiga kelganidan so'ng boshlandi. Ammo dastlab APT o'zini "Musulmon birodarlar" va Qatar bilan yaqin aloqasi va yaqinligini namoyon qilmaslikka harakat qilib, o'zini xalq nazarida markazlashgan siyosiy kuch sifatida ko'rsatishga intildi. Bu davrda Turkiya hukumati mamlakatning Yevropa Ittifoqiga qo'shilishi, AQSh bilan kelishish va global iqtisodiyotga yanada integratsiyalashuviga e'tibor qaratdi.

Turkiya prezidenti R.T.Erdog'anning Qatar va "Musulmon birodarlar" bilan yaqinlashish yo'nalishidagi faoliyati "Adolat va taraqqiyot partiyasi"ni 2007-yilgi parlament saylovlarida ishonchli g'alaba qozonganidan so'ng sezilarli darajada faollashdi. 2008-yilda Qatar Davlatining Istanbulda Bosh konsulligi ochilganidan so'ng, davlat rahbarlari darajasidagi tashriflar yangi bosqichga ko'tarildi. Buni 2008-yil fevral va aprel oylarida Turkiya Prezidenti Abdulla Gulning Moliya vaziri, Energetika vaziri, Jamoat qurilishi va aholi punktlari vaziri hamda yirik tadbirkorlar guruhi hamrohligida Qatarga qilgan rasmiy tashriflari tasdiqlaydi5.

Bundan tashqari, o'sha vaqtdagi Turkiya Bosh vaziri R.T. Erdog'an 2008-yilning aprel oyida Qatarga ham tashrif buyurgan va Dohada Demokratiya, taraqqiyot va erkin savdo forumida asosiy nutq so'zlagan, shundan so'ng Qatar amiri, bosh vazir va tashqi ishlar vaziri bilan iqtisodiy kelishuvlar yuzasidan muzokaralar o'tkazgan. 2008-yilda Qatar Tashqi ishlar vaziri va Bosh vaziri Turkiyaga javob ziyoratlarini amalga oshirdi va bu tashrif davomida 1-Turkiya-Qatar biznes forumi o'tkazildi.

Qatar va Turkiya hamkorligining muhim yo'nalishi - Falastinni qo'llab-quvvatlashga qaratatilgan. Qatar va Turkiyaning "Musulmon birodarlar"ning qardosh tashkiloti XAMASni birgalikda qo'llab-quvvatlashi ham ittifoqning mustahkamlanishiga yordam berdi. 2007-yilda guruh Fathni G'azo sektoridan siqib chiqargandan so'ng, Xamasni qo'llab-quvvatlagan yagona davlatlar Turkiya bilan birga Qatar edi. Hamas va Qatar o'rtasidagi munosabatlar 2008 va 2009-yillarda Doha sammitiga XAMAS yetakchisi Xolid Mash'al taklif qilinganidat keyin mustahkamlangan. Sammit chog'ida Qatar Isroilning G'azodagi urushi oqibatida yetkazilgan zararni qoplash uchun 250 million dollar xayriya qilishini ma'lum qildi. Qatar G'azo blokadasini adolatsiz va axloqsiz deb atadi va G'azodagi XAMAS hukumati, jumladan Falastin ma'muriyatining sobiq bosh vaziri Ismoil Haniya Qatarga "shartsiz" qo'llab-quvvatlagani uchun minnatdorchilik bildirishga undadi. Bu harakatlar Qatarning "Falastin masalasi"ning muhim o'yinchisiga aylanishiga hissa qo'shdi. Keyinchalik Qatar hukumati XAMASga muntazam ravishda siyosiy, moddi y,

5 Хайруллин Т. Формирование Катарско-Турецкого Альянса // Азия и Африка сегодня. - 2019. - №4. - С.30.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

gumanitar va xayriya yordamini ko'rsata boshladi. O'z navbatida, Isroil G'azo sektorini bombardimon qilgandan so'ng, Turkiya aniq isroillikka qarshi pozitsiyani egalladi va "Musulmon birodarlar" va XAMAS bilan yanada yaqinlashdi.

Turkiya 2010-yilda Falastinga "Ozodlik flotiliyasi" deb nomlangan oltita gumanitar yordam kemasini jo'natib, Isroilning G'azo sektorini blokadalash siyosatini buzish niyatida edi. Biroq 2010-yil 31-may kuni O'rta yer dengizining xalqaro suvlarida "flotilla" Isroil harbiy kuchlari tomonidan hujumga uchradi, natijada bir necha kishi halok bo'ldi. Reydga nisbatan keng tarqalgan xalqaro qoralash va munosabat bildirildi. Turkiya hukumati bu voqeaga o'ta og'riqli munosabatda bo'ldi va Isroil tomondan G'azo sektori blokadasini bekor qi lishni talab qildi. Keyinchalik G'azo blokadasi yumshatildi. G'azo falastinliklarini qo'llab-quvvatlash chizig'i, shuningdek, Adalao va taraqqiyot partiyasinning 2011 -yilgi umumiy saylovlar oldidan mashhurligini oshirishning muhim ichki maqsadiga xizmat qildi.

2014-yilda harbiy sohadagi hamkorlikni tartibga solish uchun ikki davlat o'rtasida Oliy strategik qo'mita tuzildi. 2015-yilda Qatar poytaxti Dohadan janubda joylashgan Turkiyaning "Tarek bin Ziyod" harbiy bazasi Turkiya quruqlikdagi kuchlari va havo kuchlari bo'linmasini joylashtirish uchun ochildi. Bu bazadagi 3000 nafarga yaqin turk harbiylari mavjud6. 2016-yil iyul oyida Turkiya armiyasining harbiy to'ntarishga urinishganda, Qatar rahbari birdamlik namoyishi sifatida Prezident R.T.Erdo'g'anga qo'ng'iroq qilgan birinchi davlat bo'ldi. Qatar ham davlat to'ntarishini keskin qoraladi7.

Turkiya aynan Qatarni 2017-yildagi diplomatik inqiroz sharoitida keng qo'llagan davlat bo'ldi. Turkiyaning Saudiya Arabiston va Misr bilan mintaqaviy yetakchilik, "Musulmon birodarlari", Suriya va Liviyadagi raqobati, Qatar bilan yaqinlashish imkonini berdi.

2021-yil 6-7 dekabr kunlari Turkiya prezidenti R.T.Erdog'an Qatarga tashrif buyurib, ikki tomanla hamkorlik bo'yicha bir qator kelishuvlarga erishdi. Bu safar Turkiyadagi iqtisodiy inkiroz fonida yuz bergani va Qatardan mamlakatga investisiya jalb qilish masalasi asosiy mavzulardan biri bo'ldi. Shuningdek, R.T.Erdog'anning Dohada bo'lib turgan vaqtida Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bir Salmonning ham tashrifi o'zaro aloqalarni qayta ko'rib chiqishga imkon yaratdi, biroq Turkiya-Saudiya Arabistoni munosabatlari murakaabligicha qolmoqda8.

6 Колесникова М.А. Военный аспект внешней политики Турции на африканском направлении // Проблемы национальной стратегии. - № 1.(58). - 2020. - C.37.

7 Qatar denounces military coup attempt in Turkey // https://www.reuters.com/article/turkey-security-qatar/refile-update-2-qatar-denounces-military-coup-attempt-in-turkey-idUSL8N1A15HN - July 16, 2016

8 Анха А.Г. Результаты визита Эрдогана в Катар // https://www.hawarnews.com/ru/haber/rezultaty-vizita-erdogana-v-katar-h18735.html - 14 Декабрь 2021

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

Iqtisodiy aloqalarga ko'ra, 2018-yil yakuniga ko'ra ikki davlat o'rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 2017-yilga nisbatan 57 foizga o'sib, 1,4 milliard dollar darajasiga yetdi. Hozirda Qatarda 180 dan ortiq turk shirkati faoliyat yuritmoqda va turk kompaniyalari tomonidan Qatarda amalga oshirilgan loyihalarning umumiy qiymati 17,4 milliard dollar darajasiga yetdi. Bundan tashqari, Qatar turk pudratchilari tomonidan amalga oshirilgan loyihalar soni bo'yicha Fors ko'rfazi davlatlari orasida birinchi o'rinda turadi. Qatarning Turkiyaga kiritgan sarmoyalari hajmi ham barqaror ravishda ortib bormoqda. Turkiyaning Qatar bilan aloqalarini chuqurlashtirishga muvofiq, Turkiya qatarlik sayyohlar uchun muhim manzilga aylandi9.

2020-yil may oyida Qatar moliyaviy barqarorlik va savdoni qo'llab-quvvatlash maqsadida o'zining ilgari belgilangan kelishuvini uch barobarga oshirib, uni o'n besh milliard dollarga ko'tardi. Keyingi noyabr oyida Qatar amirining Turkiyaga tashrifi chog'ida ikki davlat o'nta yangi bitimni imzoladi10.

Rivojlanayotgan Qatar-Turkiya ittifoqi ancha katta salohiyatga ega. Darhaqiqat, o'zining ulkan iqtisodiy, demografik va harbiy salohiyatiga (Eron, Saudiya Arabistoni yoki Misr bilan solishtirish mumkin) qaramay, Turkiya (arab bo'lmagan davlat sifatida) asosan arablar yashaydigan mintaqada mintaqaviy yetakchilikka erishish uchun hech qanday real imkoniyatga ega emas. Boshqa tomondan, Qatar o'zining ulkan moliyaviy resurslari va inkor etib bo'lmaydigan arab o'ziga xosligiga qaramay, mintaqada yetakchilik mavqeini egallashga jiddiy urinishlar qilish uchun juda kichikdir11. Shu sababdan Qatar-Turkiya alyansini shakllantirish geosiyosiy zarurat hisoblanadi.

2. Qatar-Eron Islom Respublikasi munosabatlari. Qatarning Fors Ko'rfazi arab monarxiyalari tomonidan ma'qul ko'rilmaydigan tashqi siyosatining yo'nalishlaridan biri Eron Islom Respublikasi bilan aloqalaridir. Eron 1972-yilgi davlat to'ntarishidan so'ng amir Xalifa bin Hamad Ol-Soniy hokimiyatini tan olgan birinchi davlatlardan biri hisoblanadi. Bu vaqtda Eronda Paxlaviylar sulolasi hokimiyatda edi. Mamlakatlar o'rtasidagi munosabatlar qisman geografik yaqinlik va o'zaro manfaatlarga asoslanadi. Shu bois Qatar FKADHKga a'zo bo'lsada, BAA va Saudiya Arabistoni qaraganda Eronning ichki va tashqi siyosatini keskin tanqid qilish siyosatini olib bormaydi.

Ikki davlat o'rtasida yaqin iqtisodiy aloqalar mavjud bo'lib, bu ularning diplomatik munosabatlariga, xususan, neft va gaz sanoatiga ta'sir qiladi. Qatar

9 Turkey-Qatar Economic and Trade Relations // https://www.mfa.gov.tr/turkey_s-commercial-and-economic-relations-with-qatar.en.mfa

10 Meliha Benli Altuniçik. The end of the Gulf rift may not signal the end of Turkey-Qatar relations // https://www.atlanticcouncil.org/blogs/turkeysource/the-end-of-the-gulf-rift-may-not-signal-the-end-of-turkey-qatar-relations/ -April 5, 2021

11 Хайруллин Т. Формирование Катарско-Турецкого Альянса // Азия и Африка сегодня. - 2019. - №4. - С.31.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

neftining katta qismi Eron bilan bog'liq bo'lgan kondan keladi. Eron va Qatar dunyodagi eng yirik tabiiy gaz konini birgalikda nazorat qiladi. Qatar dunyodagi jami tasdiqlangan gaz zahiralarining 13 foiziga egalik qiladi. Qatar konning o'z qismidan kuniga 650 million kubometr gaz qazib oladi, Eron esa xuddi shu kondan kuniga 430 million kubometr gaz qazib oladi. Bu kon Qatar Shimoliy Pars, Eronda Janubiy Pars deb nomalanadi. Eron va Qatar neft va tabiiy gaz sohasidagi aloqalardan tashqari, yuk tashish sohasida ham hamkorlik qiladi.

Eron-Iroq urishida Qatar davlati Iroqni qo'llab-quvvatladi. Natija 1989-yil may oyida Eron Qatardan Shimoliy/Janubiy Pars supergigant neft va gaz konining 1/3 qismini talab qildi, tomonlar kondan birgalikda foydalanish bo'yicha kelishuvga erishdilar. Shuningdek, "Sovuq urush"dan keyin Qatar Eronni Fors ko'rfazidagi mintaqaviy xavfsizlik tizimiga jalb etishga intildi va 1991-yil ikki tomonlama shatnoma imzolandi. Ushbu kelishuv arab monarxiyalari tomonidan jiddiy qarshilik bois amalga oshmadi. 1992-yilda Karun daryosidan Erondan Qatarga suv yetkazib rejalashtirildi va bu oxiriga yetmadi.

Qatar Eron birgalikda gaz qazib olish borasida birgalikda faoliyat yuiritsha intiladi. 2009-yil 11-yanvarda uch davlat (Qatar, Eron va Rossiya) vakillari Tehronda uchrashib, o'zlarining gaz zaxiralarini ishlab chiqarish bo'yicha kelishib oldilar. Garchi tomonlar o'z geosiyosiy maqsadalarini ilgari surishsada, umumiy kelishuv jahon gaz bozorida o'z o'rniga ega bo'lishga qaratilgan. COVID-19 pandemiya davrida Qatar ikki marta 2020 mart va 2021-yil sentyabrda Eronga yordam yubordi.

2022-yilning 12-aprelida Eron Qatarda bo'lib o'tadigan futbol bo'yicha jahon chempionati muxlislarini qabul qilish maqsadida Qatar bilan bir qator kelishuvlarga erishdi. Qatar axborot agentligining xabar berishicha, ikki davlat Doha Flight Information Region (FIR)ni Tehron FIR bilan bog'lash bo'yicha operatsiyalar bo'yicha kelishuv imzolagan. Shuningdek, ular o'rtasidagi reyslar sonini kengaytirishga kelishib oldilar va transport hamkorligini yaxshilash yo'llari va port sektorida xususiy sarmoyaviy istiqbollar haqida muzokaralar olib borildi12.

Qatardagi Eron jamiyati anchagina katta, ammo bu jamiyatga integratsiyalashgan va hukmron rejimga tahdid solmaydi. Boisi Qatar xavfsizligi bevosita AQSh va Saudiya Arabistoni bilan bog'liqdir.

Bugungi kunda Qatar va Eron o'rtasida taranglik holatlari ham mavjud. Hatto Qatar 2016-yilda Eron bilan diplomati aloqalarni uzdi. Sababi:

Birinchidan, Saudiya Arabistoni bosimi kuchliligi va asosiy hamkorlari bo'lgan Fors Ko'rfazi monarxiyalari manfaatlarini hisobga olish. Mazkur davlatlar Qatarning

12 Iran hoping to host World Cup fans after agreement with Qatar // https://www.aljazeera.com/news/2022/4/12/iran-preparing-to-host-world-cup-fans-after-agreement-with-qatar - 12.04.2022

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

Eron siyosatini muntazam jiddiy tanqid qilishadi. 2017-yil Qatar inqirozi va uning doirasida Eron bilan aloqalami uzish talabi qo'-yilishidan ham buni kuzatish mumkin.;

Ichchinchidan, Suriyadagi Eron-Qatar raqobati. Ikki tomon ham qarama-qarshi pozisiyada turishi. Shu sabali ham 2021-yilda Suriya muammosini hal qilish bo'yicha Ostona formati: Rossiya-Turkiya-Eron o'rniga yangi Rossiya-Turkiya-Qatar formati shakllantirildi13.

Biroq 2017-yilda qayta tikladi. 2018-yil avgust oyida Eron prezidenti Hasan Ruhoniy Qatar amiri Tamim bin Hamad Ol Tani bilan muzokaralar o'tkazdi va Saudiya Arabistoni va uning ittifoqchilari bilan hozirgi qarama-qarshilikda Qatarni so'zsiz qo'llab-quvvatlashini tasdiqladi. Lekin tovar aylanmasi bugungi kunda ancha kam- 2017-yilgi ma'lumotlarga ko'ra 250 million dollarni tashkil etadi.

Dohaning Tehron bilan normal munosabatlarni saqlab qolish istagi sabablari ham iqtisodiy, ham siyosiydir. Ma'lumki, Qatarning iqtisodiy farovonligi suyultirilgan gaz (SNG) eksportiga asoslanadi. Shu bilan birga, eronliklar va qatarlar Fors ko'rfazining shelfidagi bir xil gaz konini (eroncha variantda - Janubiy Pars, Qatar variantida - Shimoliy gumbaz) o'zlashtirmoqda. Eron bilan munosabatlarning har qanday keskinlashishi Qatar iqtisodiyotiga salbiy ta'sir qiladi. Qolaversa, "Saudiya gegemonligi"dan cho'chigan Qatarning hukmron oilasi Eronni kelajakda o'z xavfsizligi kafolatlaridan biri sifatida ko'radi14.

Isroil bilan aloqalar. Qatar 1990-yillarning o'rtalaridan beri Isroil bilan yuqori darajadagi aloqalarga ega. U 1996-yilda Isroilning o'sha paytdagi Bosh vaziri Shimon Peresning tashrifiga mezbonlik qilgan va Isroilga 2000-yildan 2009-yilgi Isroil-Hamas mojarosi boshlanmaguncha Dohada rasmiy savdo ofisini ochishga ruxsat bergan. Xabar qilinishicha, kichik miqyosdagi to'g'ridan-to'g'ri Isroil-Qatar savdosi, shuningdek, Isroil xavfsizlik amaldorlari, sportchilar, shifokorlar va boshqa isroilliklarning Dohaga tashriflari o'sha to'qnashuvdan keyin ham davom etgan. Shu bilan birga, Amir Tamim muntazam ravishda Isroilni falastinliklarni suiiste'mol qilishda ayblaydi va Falastinning Birlashgan Millatlar Tashkilotiga to'liq a'zo bo'lish va tan olinishi yo'lidagi sa'y-harakatlarini qo'llab-quvvatlaydi. Qatar rasmiylari Isroil-Falastin mojarosini hal qilishda sezilarli muvaffaqiyatga erishmaguncha, Isroil bilan munosabatlarni normallashtirishda BAA va Bahraynga qo'shilishdan voz kechishlarini aytishdi.

13 Россия, Турция и Катар создали новый формат по урегулированию в Сирии // https://iz.ru/1135809/2021-03-ll/rossiia-turtciia-i-katar-sozdali-novyi-format-po-uregulirovaniiu-v-sirii - 11 марта 2021

14 Кузнецов А.А. Разногласия между государствами Совета сотрудниче-ства арабских государств Персидского Залива как фактор изменения политической ситуации в регионе Ближнего Востока. // Международная аналитика. - 2017. - №.2. -С.72.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

Qatar 2007-yildan beri G'azo sektorini amalda nazorat qilib kelayotgan "Musulmon Birodarlar"ning sho'basi bo'lgan va AQSh tomonidan belgilangan terrorchilik guruhi bo'lgan Xamas guruhi bilan aloqada. Xamasning yuqori rahbarlarining ba'zilari Dohada joylashgan va uning siyosiy byurosining amaldagi rahbari Ismoil Haniya 2020-yilda u erga ko'chib o'tgan. Qatar 2021-yilning may oyida Isroil va XAMAS o'rtasidagi o'n bir kunlik to'qnashuvlarga barham berishda asosiy vositachi bo'lgan va bu qisman G'azoga qo'shimcha yordam va'dalari bilan yordam bergan15.

Xulosa qilib ayganda, rivojlanayotgan Qatar-Turkiya ittifoqi ancha katta salohiyatga ega edi. Darhaqiqat, o'zining ulkan iqtisodiy, demografik va harbiy salohiyatiga (Eron, Saudiya Arabistoni yoki Misr bilan solishtirish mumkin) qaramay, Turkiya (arab bo'lmagan davlat sifatida) asosan arablar yashaydigan mintaqada mintaqaviy yetakchilikka erishish uchun hech qanday real imkoniyatga ega emas edi. Boshqa tomondan, Qatar o'zining ulkan moliyaviy resurslari va inkor etib bo'lmaydigan arab o'ziga xosligiga qaramay, mintaqada yetakchilik mavqeini egallashga jiddiy urinishlar qilish uchun juda kichikdir. Qolaversa, "arab bahori" voqealaridan bir necha-yil avval biz "Musulmon birodarlar"ning mo'tadil islomchiligiga asoslangan Qatar-Turkiya ittifoqining aniq konturlari shakllanganini ko'ramiz.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR (REFERENCES)

1. Al-Haj S. Turkey and Qatar look to be building a new alliance // Middle East Monitor. 15 March 2015 - https://www.middleeastmonitor.com/20150315-turkey-and-qatar-look-to-be-building-a-new-alliance/

2. Mukhammadsidiqov, M., & Turaev, A. (2020). Influence of us neoconservatism on formation of national security paradigm. The Light of Islam, 2020(3), 7-14.

3. Habibullo, A., & Durdona, M. (2021). Xalqaro xavfsizlik o'quv qo'llanma.

4. Хайруллин Т. Формирование Катарско-Турецкого Альянса // Азия и Африка сегодня. -- 2019. - №4. - С.30

5. Ravshanov, F. R., & Azimov, H. Y. (2021). Danger and Security: History and Present. International Journal of Multicultural and Multireligious Understanding, 8(4),

15 Katzman K. Qatar: Governance, Security, and U.S. Policy // Congressional Research Service, R44533-https://crsreports.congress.gov - April 11, 2022

XULOSA

2S0-2S5.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

6. Azimov, H. Y. (2022). Main Directions of Modern International Security Approaches. International Journal of Social Science Research and Review, 5(2), 151157.

7. Yaghi M.A Comparative Analysis of the role of Saudi Arabia, Qatar and United Arab Emirates in the Syrian Crisis / Paper presented at 2018 Gulf Research Meeting. 31 July - 3 August 2018. - University of Cambridge,2018. - P.22.

8. Azimov, H. Y. (2023). ERON VA SAUDIYA ARABISTONI PODSHOHLIGI MUNOSABATLARINING TARIXI VA ZAMONAVIY HOLATI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 3(5), 857-863.

9. Madaminova, D. I., & Zilong, W. (2022). The Problem of Migration and Approaches to Its Study. International Journal of Social Science Research and Review, 5(1), 176-183.

10. Yakubovich, A. H. (2019). The emergence of the Syrian crisis and the impact of the external forces on it. Bulletin Social-Economic and Humanitarian Research, (4 (6)), 92-97.

11. Al-Harmi J. Qatar and Turkey ... Relations that transcend traditional diplomatic frames // YeniSafak. 10 September -https://www.yenisafak.com/en/news/qatar-and-turkey-relations-that-transcend-traditionaldiplomatic-frames-2297729 -15.12.2018

12. Katzman K. Qatar: Governance, Security, and U.S. Policy // Congressional Research Service, R44533- https://crsreports.congress.gov - April 11, 2022

13. S.Bo'ronov, H.Azimov. (2023). Sharq mamlakatlarida xavfsizlik muammolari va mojarolari.

14. Кузнецов А.А. Разногласия между государствами Совета сотрудниче-ства арабских государств Персидского Залива как фактор изменения политической ситуации в регионе Ближнего Востока. // Международная аналитика. - 2017. -№.2. -С.72.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.