Научная статья на тему '“ARAB BAHORI” VOQEALARIDAN KEYIN YAQIN SHARQ MINTAQASIDAGI GEOSYOSIY O’ZGARISHLAR'

“ARAB BAHORI” VOQEALARIDAN KEYIN YAQIN SHARQ MINTAQASIDAGI GEOSYOSIY O’ZGARISHLAR Текст научной статьи по специальности «Политологические науки»

CC BY
610
108
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Yaqin Sharq / Arab bahori / Suriya / Tunis / geosiyosat / qo’zg’alon / hokimiyat / “inqilob” / Middle East / Arab Spring / Syria / Tunisia / geopolitics / uprising / power / "revolution"

Аннотация научной статьи по политологическим наукам, автор научной работы — Raximova, Surayyo

Ushbu maqolada “Arab bahori” atamasining mohiyati, nazariy jihatlari hamda amaliyotga joriy etish jarayonlari haqida so‘z yuritiladi hamda Yaqin Sharq mamlakatlarida so‘nggi yillarda sodir bo‘lgan siyosiy voqealar oqibatlari aniqlanadi va tahlil qilinadi, mintaqadagi geosiyosiy vaziyatning asosiy tendentsiyalari va “Arab bahori”dan keyingi o’zgarishlar aniqlanadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

GEOPOLITICAL CHANGES IN THE MIDDLE EAST REGION AFTER THE EVENTS OF THE ARAB SPRING

In this state, there is a talk about the validity, theoretical aspects and processes of the realization of the term "Arab Spring", as well as the consequences of the last political events in the Middle East, the main trends of the geopolitical situation in the region and changes after the "Arab Spring".

Текст научной работы на тему «“ARAB BAHORI” VOQEALARIDAN KEYIN YAQIN SHARQ MINTAQASIDAGI GEOSYOSIY O’ZGARISHLAR»

Oriental Renaissance: Innovative, (E)ISSN:2181-1784

educational, natural and social sciences www.oriens.uz

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7 3(1/2), Jan., 2023

"ARAB BAHORI" VOQEALARIDAN KEYIN YAQIN SHARQ MINTAQASIDAGI GEOSYOSIY O'ZGARISHLAR

Surayyo Raximova

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti "Xalqaro munosabatlar va jahon siyosati" ta'lim yo'nalishi magistranti

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada "Arab bahori" atamasining mohiyati, nazariy jihatlari hamda amaliyotga joriy etish jarayonlari haqida so'z yuritiladi hamda Yaqin Sharq mamlakatlarida so 'nggi yillarda sodir bo 'lgan siyosiy voqealar oqibatlari aniqlanadi va tahlil qilinadi, mintaqadagi geosiyosiy vaziyatning asosiy tendentsiyalari va "Arab bahori "dan keyingi o'zgarishlar aniqlanadi.

Kalit so 'zlar: Yaqin Sharq, Arab bahori, Suriya, Tunis, geosiyosat, qo 'zg 'alon, hokimiyat, "inqilob "

АННОТАЦИЯ

В данной статье говорится о сущности, теоретических аспектах и процессах реализации термина «арабская весна», а также выявляются и анализируются последствия последних политических событий в странах Ближнего Востока, основные тенденции геополитической ситуации в регионе и изменения после «Арабская весна».

Ключевые слова: Ближний Восток, арабская весна, Сирия, Тунис, геополитика, восстание, власть, "революция"

ABSTRACT

In this state, there is a talk about the validity, theoretical aspects and processes of the realization of the term "Arab Spring", as well as the consequences of the last political events in the Middle East, the main trends of the geopolitical situation in the region and changes after the "Arab Spring".

Keywords: Middle East, Arab Spring, Syria, Tunisia, geopolitics, uprising, power, "revolution"

KIRISH

Yaqin Sharq jahon siyosatining geostrategik ahamiyatga molik mintaqalaridan bin ekanligi soha mutaxassislariga yaqindan ma'lum. Bugungi kunda ushbu mintaqadagi kuchlar nisbati va hattoki unga ta'sir ko'rsatish mexanizmlari ham tobora yangi xususiyat kasb etib kelmoqda. Tabiiyki, geografik, energetik va diniy omillar Yaqin Sharqqa bo'lgan geosiyosiy qiziqishning oshib borishi sabablaridan bo'lib, mintaqani "katta o'yinlar" girdobiga tortishga olib kelmoqda. Alohida qayd etadigan bo'lsak, bu mintaqa jahonda neki muammo bo'lsa, barchasini o'zida

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(1/2), Jan., 2023

mujassam qiladi. Chunki, unda etnik va diniy muammolar, chegara va qochoqlar, iqtisodiy va ijtimoiy masalalar, terrorizm, ekstremizm va separatizm, uyushgan jinoyatchilik, tashqi kuchlarning geosiyosiy raqobati kabi dolzarb muammolar bir-biri bilan bog'lanib ketgan. Bular orasida 2011-yilda bo'lib o'tgan "Arab bahori" voqealari va uning davom etayotgan asorati soha tadqiqotlari uchun zaruratga aylanayotgan mavzulardan biri hisoblanadi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

"Arab bahori". Bugungi kunda bir qator tadqiqotchilar Shimoliy Afrika va Yaqin Sharq mamlakatlarida birin-ketin sodir bo'lgan inqiloblar xususida hali hanuz bahs-munozaralar olib borishadi. Ushbu hodisalarda "boshqariladigan beqarorlik" texnologiyasi yetarli darajada qo'llanilganligi va oqibatda inqiloblar paydo bo'lishiga sabab bo'lganini ta'kidlash mumkin. Voqealar rivojining paydo bo'lishi va ommalashishi ushbu hodisalarni "inqilob" deb atashga sharoit yaratdi. Bu hodisalarni g'arb OAV "arab bahori inqilobi" deb atasa, boshqalari "arab bahori va qishi", "arab uyg'onishi", "panarab inqilobi", "arab isyoni" kabi tushunchalar bilan nomlashadi.1

"Arab bahori" tushunchasining paydo bo'lishi xususida turli xil munozaralar va bahsli holatlar mavjudligini ko'rish mumkin. Ba'zi bir tadqiqotchilarning fikriga ko'ra, bugungi "arab bahori" va "arab uyg'onishi" kabi tushunchalarni o'rganishda arab jamiyatlaridagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlarning o'ziga xos tarixiy xususiyatlarini tahlil qilish nihoyatda muhim ahamiyatga ega. Arab olamidagi to'natarishlarni tadqiqotchilar ommaviy tartibsizliklarning uchta to'lqini sifatida baholashadi. Arab ommaviy isyonlarining birinchi to'lqini 1914-yilda sodir bo'ldi va "Buyuk arab inqilobi" nomi bilan ataldi. Sharif Husayn rahbarlik qilgan ushbu inqilobning o'ziga xos xususiyati shundan iboratki, uning asosiy mo'ljali arab dunyosida Usmonlilar imperiyasini tugatishga qaratilgan edi.

Ushbu to'lqin ikkita asosiy hodisa bilan muvofiq keladi - global va mintaqaviy. Birinchi jahon urushi asosiy global hodisa hisoblansa, Usmonlilar imperiyasining tugatilishi asosiy mintaqaviy hodisa edi. Britaniya imperiyasi tomonidan qo'llab-quvvatlangan ushbu inqilob to'lqinining asosiy sababi Usmonlilar imperiyasini mintaqada mavjudligini yo'qotish hisoblangan. 2 Arab ommaviy isyonlarining ikkinchi to'lqini XX asrning 50-60-yillarida sodir bo'ldi va aynan 1959-yilda fransuz yozuvchisi Jak Benua Meshin tomonidan "arab bahori" atamasi foydalanildi. U o'zining 1959-yilda nashr etilgan "Un Printemps Arabe" nomli maqolasida Yaqin Sharqda sodir bo'lgan arab isyonlarini tasvirladi va ularni 1848-yildagi "millatlar

1 Подгорнова Н. П. "Арабская весна" в странах Магриба. - М.: 2014. - Б. 4

2 Mehmet Sahin, '1950-1960 Arab Revolutions and the 2011 Arab Spring: Similarities and Differences', in New World Order, Arab Spring and Turkey, B. Senem Cevik- Ersaydi and Bora Baskak (eds.), Ankara: Ankara University Center for the Study and Research for Political Psychology, 2012. - P. 3-5 .

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(1/2), Jan., 2023

bahori" yoki "xalqlar bahori" nomi bilan mashhur Yevropa inqiloblari bilan bog'lashga harakat qildi.3 Xuddi birinchi to'lqin singari ikkinchi to'lqinga ham asosiy global va mintaqaviy hodisalar muvofiq keladi. Asosiy global hodisa ikkinchi jahon urushi hisoblansa, asosiy mintaqaviy hodisa arab dunyosining markazida Isroil davlatiga asos solinishi edi. Ushbu davrda Isroil davlatining "sionizm"iga qarshi o'laroq "arabizm" shiori asosiy o'rinni egalladi.

Arab isyonlarining ikkinchi to'lqini va arabizm shiorini asosan Misrning sobiq Prezidenti Jamol Abdul Nosir nomi bilan bog'lashadi. O'z navbatida, arabizm g'oyalarini keng yoyilishida Baas partiyasining ham o'rni katta bo'lgan. Ayrim nuqtayi nazaricha, ushbu davrda tashqi kuchlarning o'z intervensiyasi va gegemonligi kuchaygani sari mintaqada arab millatchiligi ham kuchaya boshladi.4

Arab ommaviy chiqishlarining uchinchi to'lqini 2010-yil 17-dekabrda Tunisda meva sotadigan savdogar Muhammad Buazzaziyning politsiya o'zboshimchaligi va poraxo'rligiga qarshi norozilik bildirib, Sidi-Buzid shahar maydonida namoyishkorona o'z-o'ziga o't qo'yishi natijasida boshlandi. Tunis to'ntarishi muvaffaqiyatli tugaganligi sababli, norozilik to'lqinlari Misr, Liviya, Suriya, Iroq, Bahrayn, Yaman, Iordaniya, Marokash, Jazoir, Ummon, Quvayt, Saudiya Arabistoni, Sudan, Mavritaniya va boshqa arab mamlakatlariga yoyilib ketdi. Arab dunyosidagi namoyishlarning asosiy shiori "Odamlar rejimni qulatishni istashadi" (Ash-sha'b yurid isqat an-nizam) bo'ldi. Shu tariqa, Shimoliy Afrika va Yaqin Sharq mamlakatlarida ommaviy tartibsizliklarning ketma-ket avj olishi "arab bahori" degan atamaning paydo bo'lishiga zamin yaratdi.5

Umumiy ma'noda, "Arab bahori"ning o'ziga xos xususiyati haqida ta'kidlaydigan bo'lsak, ushbu hodisalar o'z-o'zidan sodir bo'lmasdan, balki tashqi kuchlar ta'siri orqali pinhona rejalashtirilgan ssenariylar mahsuli ekanligini ko'rish mumkin. Shu sababli, yuqorida ta'kidlangan sabablar vositasida "arab bahori" atamasi ishlab chiqilganligini qayd etish mumkin.

"Arab bahori"ga o'n bir yildan oshgan bo'lsada hali hamon uning akssadosi ko'pchilikni xushyorlikka chorlaydi. O'sha 2010 yilning 17 dekabr sanasida ko'chada savdo qiluvchi tojir Muxammad Buazizi Tunisning Sidi - Buzid shaxrida o'z mahsulotlarini mahalliy xokimiyat tomonidan tortib olinishiga qarshi norozilik sifatida o'zini yoqib yuborishi nafaqat Tunisda, balki butun arab dunyosida xech kim kutmagan olamshumul inqiloblar uchqunini avj oldiradi va xalq inqiloblarini keltirib chiqaradi. Bu qor uyumi bir yumalab ko'plab mamalakatlarni qamrab oldi. Bong

3 Jacques Benoist-Mechin. Un Printemps Arabe (An Arab Spring), Paris: Albin Michel, 1959.

4 Fadi Elhusseini. Post Arab Spring Thoughts: The Middle East between external and internal mechanisms (Political Economic & Social Forces). Polish Academy of Sciences. November 2013. - P. 5.

5 The Arab Spring. https://en.rn.wikipedia.org/wiki/Arab Spring

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(1/2), Jan., 2023

urgan xalq tartibsiz inqilobdan umidlari katta edi, ammo keyingi rivojlanishlar ulaming orzularini puchga chiqardi.

Agar "arab bahori" arafasidagi arab mamlakatlarining ijtimoiy iqtisodiy ko'rsatkichlariga e'tibor bilan qaraladigan bo'lsa, quyidagi manzarani ko'rish mumkin bo'ladi:

Arab mamlakatlari aholisining yarmidan ko'pini 25 yoshgacha bo'lgan yoshlarlar tashkil etgan; yoshlar va ayollar o'rtasida dunyo miqyosidagi eng yuqori darajadagi(37%) ishsizlik mavjud edi; Misr, Tunis va Iordaniyadagi 30% oliy ma'lumotlilar ishsiz bo'lgan; yoshlarning xar beshtasidan biri boshlang'ich maktabni tugatmagan va 50 millionga yaqin katta yoshdagilar (aholining 1/8) savodsiz bo'lgan, ularning 2/3 qismi ayollarni tashkil etgan.6

Shunga qaramay, mazkur tarixiy voqea butun mintaqaning qiyofasini o'zgartirib yubordi: Yaqin Sharqdagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlar dinamikasiga ta'sir ko'rsatgan, hattoki, mintaqa geosiyosiy xaritasida o'zgarishlar bo'lishiga olib kelgan muhim voqea "Arab bahori" hodisalari hisoblanadi. Ba'zi mutaxassislarning fikriga ko'ra, "Arab bahori" - an'anaviy islom jamiyati sharoitiga moslashtirilgan o'ziga xos rangli inqilobdir7. "Islomiy davlat" vujudga kelgan bo'shliqdan unumli foydalanib, Suriya va Iroqning keng xududlarida " xalifalik davlati"ni quradi, ma'lum vaqt o'tganidan keyin dunyo mamlakatlarini dahshatga solgan bu davlat xam barham topadi. 2011 yildan buyon mintaqani larza solgan va "arab bahori" deb nomlangan bu siyosiy va jug'rofiy zilzila turli xil natijalarni olib keldi. Tunis, Liviya, Misr, Yaman va Suriyadagi ommaviy namoyishlar umidsizlikka uchragan islohatlar yoki diktatorlik rejimlarining repressive javoblari bilan, balki qonli to'qnashuvlar bilan hamohang bo'ldi. Biroq inqilob ruhi xali o'lmagan, buni sakkiz yildan so'ng Sudan, Jazoir, Iroq va Liviyadagi xalq qo'zg'alonlarining ikkinchi to'lqini ko'rsatdi.8

Ilmiy doiralarda mamlakat yoki ma'lum mintaqa ichidagi ijtimoiy tartibsizlik, o'zaro nizolar va boshqa turdagi ixtiloflarga umumiy nisbat berilib "xaos" atamasi ishlatiladi. So'nggi ilmiy tadqiqotlarda "boshqariladigan xaos", ya'ni "boshqariladigan beqarorlik" tushunchasi keng ravishda qo'llanilmoqda. Boshqariladigan xaos - umumiy ma'noda, tartibsizlikni keltirib chiqarish yoki tartibsizlik vujudga kelganda uni nazorat qilish va o'z manfaatlari doirasiga moslashtirish texnologiyasi sifatida tushunilishi mumkin.9

6 Крылов А.В., Федорченко А.В., Торин А.И. «Арабская весна»: итоги и перспективы» (круглый стол в МГИМО) // Вестник МГИМО-Университета. 2012, № 4 (25). СС. 296-299

7Манойло А.В. Специфика цветных революций "Арабской весны" // Тренды современного политического процесса, 2013. - С. 32.

8 Арипов Шавкат '^раб ба^ори"нинг кутилган мевалари кутилган натижаларни бердими? // "Uzbekistan-China: development of cultural, historical, scientific and economic relations", 2021 - B.495

9 Сундиев И. "Управляемый хаос" Социальные технологии в массовых беспорядках // Dictum et factum, 2014. -

C. 95

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(1/2), Jan., 2023

"Arab bahori" ta'sir qilgan mamlakatlar orasida faqat Tunis xaosdan omon qoldi xolos. Biz Tunisdagi o'tish jarayonida rol o'ynagan omillarni ba'zilarini nomlashimiz mumkin: Birinchidan, Tunis armiyasi boshqa davlatlarning armiyalaridan befarqligi bilan va o'zining manfaatlarini jamiyat dushmanlari manfaatlari bilan solishtirmasligi bilan farq qiladi.

Ikkinchi omil - bu Tunis arab bahorining boshqa davlatlaridan farqli o'laroq, kuchli nodavlat tashkilotlarga ega ekanligi. 2013 yilda mamlakatdagi siyosiy qotilliklar sabab siyosiy qutblanish va yangi konstitutsiyani yaratish to'g'risida muzokaralar boshi berk ko'chaga kirib qoldi. Mamlakatdagi yetakchi ishchi kasaba uyushmalari, ish beruvchi tashkilotlar, advokatlar hay'ati va yetakchi inson huquqlari tashkilotlari raqobatchi siyosiy qutblar o'rtasidagi muzokaralarni qayta boshlashda rol o'ynagan "Milliy muloqot kvarteti"ni tuzdilar.

Uchinchi muhim omil esa Tiklanish partiyasi (An-Nahda)ning roli edi. 2011 yilgacha An Nahda partiyasi taqiqlangan va uning rahbarlari surgunda bo'lganiga qaramay, u boshqa Islomiy harakatlardan farqli o'laroq muloqot o'rnatish va boshqa siyosiy harakatlar bilan birga harakat qilardi. Bu vaziyat Zin al-Abidina Ben Ali o'z kursisini tark etganda birinchi saylovlardan keyin An Nahda partiyasi bilan ikki dunyoviy partiya o'rtasida koalitsiya tuzishga yordam berdi. 2014 yilgi barcha umumiy saylovlardan so'ng, bu partiya mag'lubiyatga uchradi, lekin hukmron partiya bilan doimiy aloqada qoldi.10

Ben Ali Tunisni tark etgach, 2011-yil fevralida Misrda Husni Muborak iste'foga chiqdi, Liviyada Muammar Qaddafiy o'ldirildi va 2012 yil fevralida Yaman prezidenti Ali Abdulla Solih mamlakatni tark etdi. Bir yil ichida to'rtta avtokrat hokimiyatdan chetlashtirildi. Liviyadan boshqa mamlakatlarda fuqarolar qarshiligi muvaffaqiyatli bo'lganiga shubha yo'q. Biroq keyingi voqealar bu g'alabalarga soya soldi.

Misrdagi harbiy to'ntarishdan keyin 2013 yil iyul oyida saylovlar orqali hokimiyatga kelgan "Musulmon birodarlar" hokimiyatdan ag'darilgan va bu harakatning minglab a'zolari qamoqqa yuborilgan yoki o'ldirilgan. Liviya va Yaman fuqarolar urushlarida qotib qolishgan. 2011-yilgacha sobiq prezident Muborak hokimiyatni o'z qo'lida ushlab turish uchun ataylab mamlakatdagi zaif institutsional tuzilmani afzal ko'rgan. Armiya yagona istisno bo'lib siyosiy tuzilmadan chiqib ketdi. Shunday qilib, Muborak ag'darilgach, armiya bo'sh joyni to'ldirishiga to'g'ri keldi. Yaman va Liviyada umumiy institutsionalizatsiya va armiya Misr bilan solishtirganda ancha zaif edi. Shunday qilib, avtokratlarning kuchi o'chirilgandan keyin armiya

10 Нассасра Ю.Д.А. Геополитические последствия «арабской весны» для региона Ближнего Востока // International Journal of Humanities and Natural Sciences, vol.11

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(1/2), Jan., 2023

Misrdagi kabi vazifani bajara olmadi va nufuzli makon ikkala mamlakatni ham fuqarolar urushiga tortdi.

Zamonaviy konfliktlarning Yaqin Sharqdagi oqibatlari ko'p qirrali va ular gumanitar, iqtisodiy, siyosiy, geostrategik aspektlarni o'z ichiga oladi. "Suriyaning o'zida xuddi oynadagidek "arab bahori"ning salbiy va ijobiy tomonlari, ya'ni: aholining etnik bo'linishi o'z aksini topdi va konfessiyaviy mansubligi, mintaqadan tashqari kuchlarning aralashuvi, BMTning kuchsizligi, arab davlatlari o'rtasidagi qarama-qarshilik, demokratik tuzilmalarning zaifligi, Isroilning tajovuzkorligi, Misr, Saudiya Arabistoni, Qatar, Eron, Turkiyaning gegemonlik intilishlari, transmilliy, mintaqaviy va mamlakat ichidagi terrorizmning kuchayishi, Katta Yaqin Sharqning qayta formatlanishi va h.k.", - deya qayd etadi V.S. Yagya11

NATOning "arab bahori" voqealarini tartibga solish bo'yicha yondashuvlarini amalga oshirishining asosiy oqibatlaridan biri bu Yaqin Sharq mintaqasidagi geosiyosiy vaziyatda tub o'zgarishlarga olib kelgan "beqarorlik" eksporti edi. Butun Yaqin Sharqning geosiyosiy konfiguratsiyasi o'zgardi. Biz alohida davlatlarning hududiy faoliyatining diffuziyasini kuzatamiz (Iroq, Liviya, Suriya). Arab inqirozi davrida yangi etnik (Kurd) va hududiy ("Islomiy davlat") anklavlari paydo bo'ldi. Mojaroda tobora ko'proq mamlakatlar ishtirok etishdi. Arab inqirozining bu xalqarolashuvi, rossiyalik siyosatshunos D.Malysheva ta'kidlaganidek, quyidagi xavfli tendentsiyalarni o'z ichiga oladi: mintaqaviydan global miqyosga o'tishga qodir, "xalqaro va ichki oqibatlarini oldindan aytish qiyin "12

"Arab bahori"ning salbiy oqibati mintaqa davlatlarida radikal islomiylikning kuchayishi edi. Akademik E.M. Primakov ta'kidlaydiki, "so'ng "bahor"dan keyin sovuq davr keldi, islomiy kuchlar kuchaydi. Yaqin Sharq va Shimoliy Afrika kelajagi endi faqat yetakchi jahon kuchlari siyosatiga bog'liq bo'lmasdan, balki islom siyosati lageridagi kuchlar muvozanatida hamdir".

Ko'pchilik tahlilchilar sodir bo'lgan voqealarning o'z-o'zidan, tartibsiz ro'y berganligi va ularni globallashuvning zamonaviy jarayonlari bilan bog'liqligiga va "arab bahori "ning kutilgan mevalari kutilgan natijani bermaganligini ishora qiladilar, ya'ni "arab bahori": birinchidan, ushbu mamlakatlardagi elitalarni tubd an o'zgartira olmadi, ikkinchidan, korrupsiya ustidan g'alaba qozana olmadi, uchinchidan, mamlakatlardagi ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatlarni yaxshilay olmadi va to'rtinchidan, mazkur mamlakatlarda erkinlik darajasini oshira olmadi.

11 Ягья В.С. Международные аспекты арабского кризиса // Арабский кризис и международные последствия / Под общ. ред. А.М. Васильева. Отв. ред. А.Д. Саватеев, Л.М. Исаев. - М.: ЛЕНАНД, 2014. - С. 176-238.

12 Малышева Д. Ближневосточная турбулентность // Мировая экономика и международные отношения. - 2015. - №10. - С. 113-118.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(1/2), Jan., 2023

2019 yilda amerikalik yozuvchi Noa Feldman bu mavzudagi asarini "Arab qishi" deb nomladi, bu atama inqiloblarning militarizasiyasi, diniy ekstremizmning kuchayishi, urushlar va mojarolarning boshlanishi munosabati bilan ba'zan u yerda, ba'zan bu yerda paydo bo'lgan. Bu kitob xaqida o'z fikrini berar ekan, taniqli akademik M.Ignatiev, muallif bizning davrimizning eng muhim voqealaridan biri -"arab bahori" ning fojiali muvaffaqiyatsizligini yoritganligini ta'kidlaydi13

Darhaqiqat, Tunisni hisobga olmaganda, hech qanday demokratik islohatlar tuzumlar qulashi bilan bo'shliqni to'ldirmadi va aksincha, zo'ravonlik yanada kuchaydi.

REFERENCES

1. Подгорнова Н. П. "Арабская весна" в странах Магриба. - М.: 2014. - Б. 4

2. Mehmet Sahin, '1950-1960 Arab Revolutions and the 2011 Arab Spring: Similarities and Differences', in New World Order, Arab Spring and Turkey, B. Senem Cevik- Ersaydi and Bora Baskak (eds.), Ankara: Ankara University Center for the Study and Research for Political Psychology, 2012. - P. 3-5 .

3. Jacques Benoist-Mechin. Un Printemps Arabe (An Arab Spring), Paris: Albin Michel, 1959.

4. Fadi Elhusseini. Post Arab Spring Thoughts: The Middle East between external and internal mechanisms (Political Economic & Social Forces). Polish Academy of Sciences. November 2013. - P. 5.

5. The Arab Spring. https://en.rn.wikipedia.org/wiki/Arab Spring

6. Крылов А.В., Федорченко А.В., Торин А.И. «Арабская весна»: итоги и перспективы» (круглый стол в МГИМО) // Вестник МГИМО-Университета. 2012, № 4 (25). СС. 296-299

7. Манойло А.В. Специфика цветных революций "Арабской весны" // Тренды современного политического процесса, 2013. - С. 32.

8. Арипов Шавкат "Араб бах,ори"нинг кутилган мевалари кутилган натижаларни бердими? // "Uzbekistan-China: development of cultural, historical, scientific and economic relations", 2021 - B.495

9. Сундиев И. "Управляемый хаос" Социальные технологии в массовых беспорядках // Dictum et factum, 2014. - C. 95

10. Нассасра Ю.Д.А. Геополитические последствия «арабской весны» для региона Ближнего Востока // International Journal of Humanities and Natural Sciences, vol. 11

13 Долгов Б.В. Феномен «Арабской весны» 2011--2016 гг.: Причины, развитие, перспективы: Тунис, Египет, Ливия, Сирия, Алжир. URSS. 2021. 200 с. ISBN 978-5-9519-2263-2.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(1/2), Jan., 2023

11. Ягья В.С. Международные аспекты арабского кризиса // Арабский кризис и между народные последствия / Под общ. ред. А.М. Васильева. Отв. ред. А.Д. Саватеев, Л.М. Исаев. - М.: ЛЕНАНД, 2014. - С. 176-238.

12. Малышева Д. Ближневосточная турбулентность // Мировая экономика и междуна родные отношения. - 2015. - №10. - С. 113-118.

13. Долгов Б.В. Феномен «Арабской весны» 2011--2016 гг.: Причины, развитие, перспективы: Тунис, Египет, Ливия, Сирия, Алжир. URSS. 2021. 200

с. ISBN 978-5-9519-2263-2.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.