Научная статья на тему '“ARAB BAHORI” VA “KURD BAHORI”: QIYOSIY-SIYOSIY TAHLIL'

“ARAB BAHORI” VA “KURD BAHORI”: QIYOSIY-SIYOSIY TAHLIL Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
499
83
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
“Arab bahori” / “arab qishi” / “boshqariladigan beqarorlik” / “Twitter inqilobi” / “Facebook inqilobi” / “Al-Jazira inqilobi” / “WikiLeaks birinchi inqilobi” / “Kurd bahori” / “Yangi Yaqin Sharq” / “Ozod Kurdiston”. / «арабская весна» / «арабская зима» / «управляемая нестабильность» / «революция Twitter» / «революция Facebook» / «революция Аль-Джазиры» / «первая революция WikiLeaks» / «курдская весна» / «новая средняя Восток» / «Свободный Курдистан».

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Nazarova, Fotima

Mazkur maqolada “Arab bahori” va “Kurd bahori” singari atamalarning mohiyati, nazariy jihatlari hamda amaliyotga joriy etish jarayonlari haqida so‘z yuritiladi. Maqolada “Arab bahori” singari istiqbolda “Kurd bahori”ning ham sodir bo‘lish ehtimollari xususida tahliliy mulohazalar keltirib o‘tiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

«АРАБСКАЯ ВЕСНА» И «КУРДСКАЯ ВЕСНА»: СРАВНИТЕЛЬНЫЙ ПОЛИТИЧЕСКИЙ АНАЛИЗ

В данной статье говорится о сущности, теоретических аспектах и процессах реализации таких терминов, как «арабская весна» и «курдская весна». В статье сделаны аналитические комментарии о возможности возникновения в будущем «курдской весны», а также «арабской весны».

Текст научной работы на тему «“ARAB BAHORI” VA “KURD BAHORI”: QIYOSIY-SIYOSIY TAHLIL»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 10 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

"ARAB BAHORI" VA "KURD BAHORI": QIYOSIY-SIYOSIY TAHLIL

Mazkur maqolada "Arab bahori" va "Kurd bahori" singari atamalarning mohiyati, nazariy jihatlari hamda amaliyotga joriy etish jarayonlari haqida so'z yuritiladi. Maqolada "Arab bahori" singari istiqbolda "Kurdbahori"ningham sodir bo 'lish ehtimollari xususida tahliliy mulohazalar keltirib o'tiladi.

Tayanch so'z va iboralar: "Arab bahori", "arab qishi", "boshqariladigan beqarorlik", "Twitter inqilobi", "Facebook inqilobi", "Al-Jazira inqilobi", "WikiLeaks birinchi inqilobi", "Kurd bahori", "Yangi Yaqin Sharq", "Ozod Kurdiston".

В данной статье говорится о сущности, теоретических аспектах и процессах реализации таких терминов, как «арабская весна» и «курдская весна». В статье сделаны аналитические комментарии о возможности возникновения в будущем «курдской весны», а также «арабской весны».

Ключевые слова и фразы: «арабская весна», «арабская зима», «управляемая нестабильность», «революция Twitter», «революция Facebook», «революция Аль-Джазиры», «первая революция WikiLeaks», «курдская весна», «новая средняя Восток», «Свободный Курдистан».

Yaqin Sharq jahon siyosatining geostrategik ahamiyatga molik mintaqalaridan bin ekanligi soha mutaxassislariga yaqindan ma'lum. Bugungi kunda ushbu mintaqadagi kuchlar nisbati va hattoki unga ta'sir ko'rsatish mexanizmlari ham tobora yangi xususiyat kasb etmoqda. Tabiiyki, geografik, energetik va diniy omillar Yaqin Sharqqa bo'lgan geosiyosiy qiziqishning oshib borishi sabablaridan bo'lib, mintaqani "katta o'yinlar" girdobiga tortishga olib kelmoqda. Alohida qayd etadigan bo'lsak, bu mintaqa jahonda neki muammo bo'lsa, barchasini o'zida mujassam etadi. Chunki, unda etnik va diniy muammolar, chegara va qochoqlar, iqtisodiy va ijtimoiy masalalar, terrorizm, ekstremizm va separatizm, uyushgan jinoyatchilik, tashqi kuchlarning geosiyosiy raqobati singari dolzarb muammolar bir-biri bilan chatishib ketgan. Bular orasida 2011-yilda bo'lib o'tgan "Arab bahori" voqealari va uning davom etayotgan asorati hamda istiqbolda "portlash" ehtimoli mavjud bo'lgan

Nazarova Fotima

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti "Jahon siyosati" ta'lim yo'nalishi talabasi

ANNOTATSIYA

АННОТАЦИЯ

KIRISH

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 10 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

kurdlar muammosi (Kurd bahori) soha tadqiqotlari uchun zaruratga aylanayotgan mavzular hisoblanadi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR

Ushbu maqolada g'arb, rus, arab va mahalliy olimlarning mavzuga oid ilmiy tadqiqotlari va ularning natijalari aks etgan adabiyotlardan foydalanildi. "Arab bahori" va "Kurd bahori" atamalarining nazariy asoslari g'arb adabiyotlarida keng qo'llanilgani tahlil etildi. Maqolada tarixiylik, tizimli-mantiqiy, event va qiyosiy tahlil usullaridan foydalanilga e'tibor qaratildi.

NATIJALAR

XX asr oxirida jahon maydonida yuz bergan o'zgarishlar jahon hamjamiyatini jiddiy xavotir va tashvishlarga olib keldi. XXI asrda esa butun davlat yoki mintaqa xalqlariga o'z ta'sirini o'tkazuvchi etnik nizolar tobora murakkab tus oldi. Ta'kidlash joizki, ko'p millatli davlatlardagi ijtimoiy-siyosiy barqarorlik aynan mana shu omil bilan bog'liq, biroq eng bahsli va takrorlanuvchi nizolarning ildizi ham aynan etnik munosabatlardagi beqarorlikka bog'liq bo'lib qolmoqda. Yaqin Sharq mintaqasi ham etnik, ham diniy muammolar ila to'qnash kelgan mintaqalardan biri hisoblanadi. Mazkur mintaqadagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlar o'zgarishida etno-diniy masalalar bir-biri bilan chambarchas bog'lanib murakkab ko'rinishga ega bo'lib bormoqda. Aslida, arab olamida ushbu ikki muhim omilning birdek xususiyat kasb etishi tabiiy jarayon hisoblanadi. Boisi arab xalqlari o'zlarini etnik jihatdan arab ummati, diniy jihatdan musulmon avlodlari deb hisoblaydi. Shu sababdan ham ko'pchilik tadqiqotlarda "arab-musulmon" termini o'zaro muvofiq ravishda ishlatib kelinadi. Yaqin Sharq mintaqasida etnik yoki diniy ozchilik manfaatlarining yetarli darajada qondirilmasligi, qolaversa, mintaqada arablashtirish tendensiyasi hamda islom omilining terroristik va radikalistik yo'nalish tomon burishga zo'rma-zo'raki urinishlarning saqlanib qolayotganligi etno-diniy omilning ahamiyatini kun tartibida masalaga aylantirmoqda. Shu bilan birgalikda, bugungi davrda mintaqada etno-diniy omilning ta'siri shunda namoyon bo'lmoqdaki, islom diniga e'tiqod qiluvchi ayrim etnik ozchilik vakillari boshqa millatlarga nisbatan millatchilikni shior qilib olayotgan bo'lsa, kelib chiqishi bir millatga mansub xalqlar radikal islomiy qarashlarni o'ziga bayroq qilib olishmoqda. Yaqin Sharqning asosiy muammosi esa mana shu joyda, ya'ni ikkala omil muvozanatini o'zaro muvofiqlashtirishdagi qiyinchiliklarda ko'rinmoqda.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 10 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

1990-yy. boshlarida Arab dunyosidagi etnik-lingvistik ozchiliklar1

1-jadval

Ozchilik guruhlar Arab dunyosida umumiy soni Ko'pchilikni tashkil qiluvchi din Etnik kelib chiqish Kelib chiqish davlati Joylashuv davlati

Kurdlar 5 000 000 Musulmon Hamitic/semi tic Kurdiston Turkiya/Suriya /Iroq

Armanlar 1 000 000 Yahudiy Hamitic/semi tic Armaniston (Turkiya va Sobiq Ittifoq) Livan/Suriya/Ir oq/Misr

Aromiylar 125 000 Musulmon Hamitic/semi tic Suriya/ Isroil/Livan Suriya/Iroq/Li van

Turkmanlar 125 000 Musulmon Hamitic/semi tic Janubiy sobiq Ittifoq/Turkiya Iroq/Suriya

Turklar 125 000 Musulmon Hamitic/semi tic Turkiya Suriya/Iroq

Eroniylar 350 000 Musulmon Hamitic/semi tic Eron Iroq/Fors ko'rfazi

G'arbiy yahudiylar 3 500 000 Yahudiy Hamitic/semi tic Yevropa va ikkita Amerika Falastin/Isroil

Afrika urug'lari 5 500 000 Pagan Afrika Janubiy Sudan/Janubiy Marokash/Janub iy Misr Janubiy Sudan/Janubiy Marokash

Nubiylar 500 000 Musulmon Hamitic/semi tic Sudan Janubiy Misr/G'arbiy Sudan

Barbarlar 15 000 000 Musulmon Hamitic/semi tic Marokash/Jazoir / Tunis/Liviya Marokash/Jazo ir/ Tunis/Liviya

Yaqin Sharq ijtimoiy-siyosiy jarayonlar dinamikasi, jumladan milliy-etnik munosabatlar doirasidagi voqealar tahlili shohidlik bermoqdaki, ushbu muammo hanuzgacha mintaqadagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlarning o'tkir nuqtasi bo'lib qolmoqda. Kurdlarning Yaqin Sharq davlatlari aholisining etnik tarkibida yuqori ko'rsatkichlardan birini egallashi mazkur muammo Yaqin Sharq geosiyosiy xaritasi istiqbolida muhim va dolzarb o'rin egallashini anglatadi.

1 Batafsil qarang: Каримов Ф.Э. Якин Шаркдаги этносиёсий муаммолар ва минтакавий хавфсизлик масалалари. Монография. - Т.: Шарк, 2016. - Б.82-83.

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 21 ISSUE 10

educational, natural and social sciences -------- JtV ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022:5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

2-jadval

Yaqin Sharq davlatlari aholisining etnik tarkibi2

Davlatlar/ millatlar arab yahudiy kurd arman cherkes turk forsiy Boshqa xalqlar

Isroil 20% 75% 4-5%

Suriya 80% 1% 13% 2% 2% 1%

Iordaniya 87% 3% 3% 7%

Livan 95% 4% 1%

Turkiya 15% 1% 80% 5-6%

Iroq 75% 20% 4-5%

Eron 16% 4% 74% 5%

Yaqin Sharqdagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlar dinamikasiga ta'sir ko'rsatgan, hattoki, mintaqa geosiyosiy xaritasida o'zgarishlar bo'lishiga olib kelgan muhim voqea "Arab bahori" hodisalari hisoblanadi. Ba'zi mutaxassislarning fikriga ko'ra, "Arab bahori" - an'anaviy islom jamiyati sharoitiga moslashtirilgan o'ziga xos rangli inqilobdir3. Ilmiy doiralarda mamlakat yoki ma'lum mintaqa ichidagi ijtimoiy tartibsizlik, o'zaro nizolar va boshqa turdagi ixtiloflarga umumiy nisbat berilib "xaos" atamasi ishlatiladi. So'nggi ilmiy tadqiqotlarda "boshqariladigan xaos", ya'ni "boshqariladigan beqarorlik" tushunchasi keng ravishda qo'llanilmoqda. Boshqariladigan xaos - umumiy ma'noda, tartibsizlikni keltirib chiqarish yoki tartibsizlik vujudga kelganda uni nazorat qilish va o'z manfaatlari doirasiga moslashtirish texnologiyasi sifatida tushunilishi mumkin. Ma'lumki, "boshqariladigan xaos" g'oyasi 1970-yillarda Rim klubi tomonidan ishlab chiqilib, keyinchalik Uch tomonlama komissiya, Bilderberg klubi va boshqa g'arb institutlari tomonidan qo'llab-quvvatlangan edi. Bu g'oyaga ko'ra, alohida tanlab olingan mamlakatlarni milliy hukumatlar emas, balki xalqaro korporatsiya va sindikatlar boshqaradi. Bunga erishish uchun tabiiy resurslarga boy mamlakatlarga turli tomonlardan hujumlar uyushtiriladi va mamlakat parokanda qilinadi. Mazkur mamlakatlarda fuqarolar hukumatga qarshi qo'yilib, fuqarolar urushi keltirib chiqariladi. "Xaos" atamasiga oid nazariyalarning dastlabki ko'rinishlarini amerikalik tadqiqotchi Stiven Mann nomi bilan bog'lashadi. U o'zining "Xaos nazariyasi va strategik g'oyalar" maqolasida jahonda hukmronlik qilish jarayonida to'g'ridan-to'g'ri "xaos yaratish"ni AQSh milliy manfaatlarini ta'minlash usuli sifatida ko'rsatib

2 Batafsil qarang: Каримов Ф.Э. Якин Шаркдаги этносиёсий муаммолар ва минтакавий хавфсизлик масалалари. Монография. - Т.: Шарк, 2016. - Б. 102-103.

3Манойло А.В. Специфика цветных революций "Арабской весны" // Тренды современного политического процесса, 2013. - С. 32.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 10 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

o'tadi. Stiv Mannning fikriga ko'ra, u yoki bu hududda xaos yaratishda quyidagi vositalar navjud:

- liberal demokratiya ko'magi;

- bozor islohotlarini qo'llab-quvvatlash;

- aholining, avvalo elitaning turmush standartlarini oshirish;

- an'anaviy qadriyatlar va mafkurani almashtirish4.

2002-yilda yana bir amerikalik tadqiqotchi Govard Reyngoldning "aqlli olomon: yangi ijtimoiy inqilob" nomli kitobida ommaviy norozilik namoyishlarida ijtimoiy tashkilotlar axborot texnologiyalarining yangi shakllaridan foydalanayotgani xususida fikr yuritiladi. Govard Reyngoldning ta'kidlashicha, ushbu texnologiyalarning dastlabki foydalanuvchilari boshqa davlatlarda rejimlar almashinuvini tashkillashtiruvchi jinoiy tashkilotlar va maxsus xizmat tashkilotlari bo'lishadi5. O'zbek tilidagi majoziy ibora bilan aytganda, "boshqariladigan xaos" "suvni oldindan loyqalatib katta baliqni qarmoqqa ilintirish" texnologiyasidir.

"Arab bahori". Bugungi kunda bir qancha tadqiqotchilar Shimoliy Afrika va Yaqin Sharq mamlakatlarida birin-ketin sodir bo'lgan inqiloblar xususida hali ham bahs-munozaralar olib borishadi. Ushbu hodisalarda "boshqariladigan beqarorlik" texnologiyasi yetarli darajada qo'llanilganligi va oqibatda inqiloblar paydo bo'lishiga olib kelganini ta'kidlash mumkin.

Voqealar rivojining paydo bo'lishi va ommalashishi ushbu hodisalarni "inqilob" deb atash uchun sharoit yaratdi. Bu hodisalarni g'arb OAV "arab bahori inqilobi" deb atasa, boshqalari "arab bahori va qishi", "arab uyg'onishi", "panarab inqilobi", "arab isyoni" kabi tushunchalar bilan nomlashdi6. Ayrim tadqiqotchilar ushbu voqealar to'g'risida fikr yuritishar ekan, unda OAVlari nihoyatda muhim va hal qiluvchi ahamiyatga ega bo'lganligini ta'kidlashadi va ushbu hodisalarni tahlil etishda "Twitter inqilobi"7, "Facebook inqilobi"8, "Al-Jazira inqilobi"9, "WikiLeaks birinchi

4 Qarang: Сундиев И. "Управляемый хаос" Социальные технологии в массовых беспорядках // Dictum et factum, 2014. - C. 95.

5 O'sha manba: - C. 96.

6 Подгорнова Н. П. "Арабская весна" в странах Магриба. - М.: 2014. - Б. 4.

7"Twitter inqilobi" atamasi dastlab belorus ilmiy tadqiqotchisi Yevgenij Morozov tomonidan 2009-yilda Tehrondagi voqealar munosabati bilan ishlatilgan. Qarang: Lakomy M. Arab Spring and New Media/The Arab Spring. Faculty of Political Science and Journalism Adam Mickiewicz University Poznan 2011. - P. 12.

8 Nikila Srinivasan, Of Cyber-Skeptics and Cyber-Utopians: Debunking Myths and Discussing the Future", Meta-Activism (blog), February 17, 2011.

9 Abdelaziz Kesbi. Political upheavals the Arab spring. This paper was presented in the second Annual International Conference on Cultures and Languages in Contact at the Faculty of Letters and Human sciences Eljadida, Morocco in November 23-24, 2012. - P. 2.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 10 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

inqilobi"10 kabi tushunchalardan foydalanishadi. Lekin eng umumiy talqin sifatida "arab bahori" tushunchasi ilmiy muomalada keng foydalaniladi.

"Arab bahori" tushunchasining paydo bo'lishi xususida turli xil munozaralar va bahsli holatlar mavjudligini ko'rish mumkin. Ba'zi bir tadqiqotchilarning fikriga ko'ra, bugungi "arab bahori" va "arab uyg'onishi" kabi tushunchalarni o'rganishda arab jamiyatlaridagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlarning o'ziga xos tarixiy xususiyatlarini tahlil qilish nihoyatda muhim ahamiyatga ega. Arab olamidagi to'natarishlarni tadqiqotchilar ommaviy tartibsizliklarning uchta to'lqini sifatida baholashadi.

Arab ommaviy isyonlarining birinchi to'lqini 1914-yilda sodir bo'ldi va "Buyuk arab inqilobi" nomi bilan ataldi. Sharif Husayn rahbarlik qilgan ushbu inqilobning o'ziga xos xususiyati shundan iboratki, uning asosiy mo'ljali arab dunyosida Usmonlilar imperiyasini tugatishga qaratilgan edi. Ushbu to'lqin ikkita asosiy hodisa bilan muvofiq keladi - global va mintaqaviy. Birinchi jahon urushi asosiy global hodisa hisoblansa, Usmonlilar imperiyasining tugatilishi asosiy mintaqaviy hodisa edi. Britaniya imperiyasi tomonidan qo'llab-quvvatlangan ushbu inqilob to'lqinining asosiy sababi Usmonlilar imperiyasini mintaqada mavjudligini yo'qotish hisoblangan11.

Arab ommaviy isyonlarining ikkinchi to'lqini XX asrning 50-60-yillarida sodir bo'ldi va aynan 1959-yilda fransuz yozuvchisi Jak Benua Meshin tomonidan "arab bahori" atamasi foydalanildi. U o'zining 1959-yilda nashr etilgan "Un Printemps Arabe" nomli maqolasida Yaqin Sharqda sodir bo'lgan arab isyonlarini tasvirladi va ularni 1848-yildagi "millatlar bahori" yoki "xalqlar bahori" nomi bilan mashhur Yevropa inqiloblari bilan bog'lashga harakat qildi12. Xuddi birinchi to'lqin singari ikkinchi to'lqinga ham asosiy global va mintaqaviy hodisalar muvofiq keladi. Asosiy global hodisa ikkinchi jahon urushi hisoblansa, asosiy mintaqaviy hodisa arab dunyosining markazida Isroil davlatiga asos solinishi edi. Ushbu davrda Isroil davlatining "sionizm"iga qarshi o'laroq "arabizm" shiori asosiy o'rinni egalladi. Arab isyonlarining ikkinchi to'lqini va arabizm shiorini asosan Misrning sobiq Prezidenti Jamol Abdul Nosir nomi bilan bog'lashadi. O'z navbatida, arabizm g'oyalarini keng yoyilishida Baas partiyasining ham o'rni katta bo'lgan. Ayrim tadqiqotchilarning

10 Foreign Policy jurnali Tunisdagi hokimiyat almashinuvini shunday nomladi. Qarang: Политическое цунами. Аналитика событий в Северной Африке и на Ближнем Востоке. Авторы: С.Кургинян, Ю.Бялый, А.Кудинова, И.Кургинян, В.Новиков, В.Овчинский, М.Подкопаева, М.Рыжова. - М.: МОФ ЭТЦ, 2011. - С. 6.

11 Mehmet Sahin, '1950-1960 Arab Revolutions and the 2011 Arab Spring: Similarities and Differences', in New World Order, Arab Spring and Turkey, B. Senem Cevik- Ersaydi and Bora Baskak (eds.), Ankara: Ankara University Center for the Study and Research for Political Psychology, 2012. - P. 3-5 .

12 Jacques Benoist-Mechin. Un Printemps Arabe (An Arab Spring), Paris: Albin Michel, 1959.

497

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 10 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

nuqtayi nazaricha, ushbu davrda tashqi kuchlarning o'z intervensiyasi va gegemonligi kuchaygani sari mintaqada arab millatchiligi ham kuchaya boshladi13.

Arab ommaviy chiqishlarining uchinchi to'lqini 2010-yil 17-dekabrda Tunisda meva sotadigan savdogar Muhammad Buazzaziyning politsiya o'zboshimchaligi va poraxo'rligiga qarshi norozilik bildirib, Sidi-Buzid shahar maydonida namoyishkorona o'z-o'ziga o't qo'yishi natijasida boshlandi. Tunis to'ntarishi muvaffaqiyatli tugaganligi sababli, norozilik to'lqinlari Misr, Liviya, Suriya, Iroq, Bahrayn, Yaman, Iordaniya, Marokash, Jazoir, Ummon, Quvayt, Saudiya Arabistoni, Sudan, Mavritaniya va boshqa arab mamlakatlariga yoyilib ketdi. Arab dunyosidagi namoyishlarning asosiy shiori "Odamlar rejimni qulatishni istashadi" (Ash-sha'b yurid isqat an-nizam) bo'ldi. Shu tariqa, Shimoliy Afrika va Yaqin Sharq mamlakatlarida ommaviy tartibsizliklarning ketma-ket avj olishi "arab bahori" (arab. degan atamaning paydo bo'lishiga zamin yaratdi14.

Qo'shimcha sifatida ta'kidlash o'rinliki, "arab bahori" voqealari natijasida diniy ekstremizm, fuqarolar urushi, mintaqaviy beqarorlik va etno-diniy nizolarga sifat berilib "arab qishi" atamasi ham ishlatiladi. Aslida, ushbu atama ham dastlab 2011-yil dekabrda "Washington Post" jurnalida foydalanilgan edi15.

Umumiy ma'noda, "Arab bahori"ning o'ziga xos xususiyati haqida ta'kidlaydigan bo'lsak, ushbu hodisalar o'z-o'zidan sodir bo'lmasdan, balki tashqi kuchlar ta'siri orqali pinhona rejalashtirilgan ssenariylar mahsuli ekanligini ko'rish mumkin. Shu boisdan, yuqorida ta'kidlangan sabablar vositasida "arab bahori" atamasi ishlab chiqilganligini qayd etish mumkin.

"Kurd bahori". Arab olamida yuz bergan voqealarda "domino effekti" misol yuz berdi. Bir davlatda sodir bo'lgan ommaviy chiqishlar ikkinchi davlatga, umuman arab olamiga ta'sir qildi. Masalaning e'tiborga molik jihati shundaki, shunday vaziyatda kurdlarning faollashuvi jarayoni kuzatila boshlandi. Hattoki, ayrim ekspertlar istiqboldagi "kurdlar bahori" haqida bashorat qilishmoqda. Jumladan, AQSh Davlat departamentining tashqi ishlar bo'yicha eksperti va maslahatchisi sifatida faoliyat yuritgan, Inson huquqlari bo'yicha Kolumbiya universiteti professori Devid Filipsning "Kurd bahori: Yaqin Sharq yangi xaritasi"16 deb nomlangan kitobida istiqbolda kurdlarning ommaviy harakatlari yuz berishi, bu esa Yaqin Sharq xaritasiga katta ta'sir ko'rsatishini tahlil etadi. Ekspertning qaydlariga ko'ra, "Kurd

13Fadi Elhusseini. Post Arab Spring Thoughts: The Middle East between external and internal mechanisms (Political Economic & Social Forces). Polish Academy of Sciences. November 2013. - P. 5.

14 The Arab Spring. https://en.rn.wikipedia.org/wiki/Arab Spring

15 Arab Winter. https://en.rn.wikipedia.org/wiki/Arab Winter

16 David L.Phillips. The Kurdish Spring: A New Map of the Middle East. Transaction Publishers, New Brunswick, 2015. - 240 pp.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 10 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

bahori" aslida XX asrning 80-yillaridan boshlangan va bu XXI asrning istiqbolida Iroq va Suriyada o'z aksini topadi. Darhaqiqat, Iroqdagi vaziyat, "Arab bahori" natijasida boshlangan Suriyadagi fuqarolar urushi natijasida kurdlarning sezilarli darajada faollashuvi va ma'lum hududlarni mustaqil boshqaruv va nazorat ostiga olayotganini ko'rish mumkin.

Amerikaning 40-prezidenti Ronald Reygan shunday degan edi: "Kurdlar Amerika istalgan vaqtda yondirishi mumkin bo 'lgan gugurtdir". Bu so'zlar zamirida pinhon bo'lgan siyosatning istiqbolini ehtimolan tasavvur qilish mumkin. Buning geosiyosiy loyihasi ham mavjud bo'lib, u "Yangi Yaqin Sharq" (New Middle East) deb ataladi. Bu konsepsiya to'liq neokonservativ ruhda shakllantirilgan bo'lib, AQShning Yaqin Sharqdagi tashqi siyosiy strategiyasining muhim jihatlarini namoyon qiladi. "Yangi Yaqin Sharq" jumlasi ilk bor AQSh rasmiylari tomonidan 2006-yil iyunda tomonidan "Katta Yaqin Sharq" konsepsiyasiga o'rindosh sifatida Tel-Avivdagi chiqishida e'lon qilingan. Uning ahamiyatli jihatlaridan biri Boku-Tbilisi-Jayxun neft terminalining ishga tushishi bilan bir vaqtda e'tirof etilganidir. AQShning sobiq davlat kotibasi K.Raysning ma'lumot berishicha, "Yangi Yaqin Sharq" loyihasi Livandan boshlanadi. Ekspertlar fikricha, bu chaqiriq AQSh-Buyuk Britaniya-Isroilning birgalikda ishlab chiqqan Yaqin Sharqdagi "yo'l xaritasi" hisoblanadi. Bu konsepsiya mintaqa bo'yicha urush o'choqlari va tartibsizlik vaziyatini kuchaytirib, "ijodiy xaos" kuchlarini barpo etishga qaratiladi. Yangi Yaqin Sharqda yangi davlatlar paydo bo'lishi yoki ma'lum davlatlarning hududiy parchalanishi, shuningdek, chegaralar almashinuvi jarayonlari Britaniya imperiyasining "Bo'lib tashlab, hukmronlik qil" siyosatining zamonaviy shakli sifatida talqin etilmoqda.

"Yangi Yaqin Sharq" geosiyosiy xaritasi amerikalik iste'fodagi polkovnik Ralf Peters tominidan ishlab chiqilgan. Xarita R.Petersning "Hech qachon kurashni to'xtatma" ("Never Quit the Fight") nomli kitobining bir muhim qismi hisoblanib, u 2006-yilning 10-iyulida ommaga taqdim etilgan edi. Bundan tashqari, bu xarita R.Peters tomonidan AQShning qurolli kuchlari jurnalida "Qonli chegaralar: Yaqin Sharq qanday ko'rinishga ega bo'lishi yaxshiroq" (Blood Borders: How a better Middle East would look17) sarlavhasi ostida ham bosib chiqarilgan.

Ralf Peters xaritasiga ko'ra, bugungi kundagi Yaqin Sharq mintaqasi chegaralari tarixiy, etnik, milliy jihatdan haqiqatga mos emas. Shuning uchun ham muammolar yechimi topilmayapti. Bu esa chegaralar o'zgarishini taqozo etadi. O'zgarishlar

17 Ralf Peters. Blood borders: How a better Middle East would look http://armedforcesjournal.com/blood-borders

01.06.2006.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 10 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

davlatlar o'rtasidagi keskin siyosatning yuzaga kelishi, davlatlardagi ichki va konfessiyalararo qarama-qarshiliklar oqibatidagi qurolli nizolar natijasida ro'y berishi mumkin. Ralf Peters va Bernard-Anri Levi qaydlariga ko'ra, "Yangi Yaqin Sharq" loyihasi Turkiya, Iroq, Eron va Suriyadagi bir qator hududlarni o'z ichiga olgan mustaqil "Ozod Kurdiston" davlatini tashkil topishiga olib keladi. Ushbu mamlakatlarda istiqomat qiluvchi taxminan 40 million kurdlarni yagona davlatga birlashtirish orqali Yaqin Sharqning istiqboldagi yangi geosiyosiy xaritasi vujudga keladi.

Realpolitik yondashuv asosida tahlil etganda yagona Kurdistonni qurish mohiyatan utopik g'oya, chunki diniy, lingvistik va madaniy xilma-xillik an'anaviy milliy davlat barpo etishda katta to'siqlarning vujudga keltiradi va bu loyihaga Turkiya, Eron, Iroq va Suriya davlatlari tamomila qarshidir. Ushbu mamlakatlar uchun Mustaqil Kurdiston loyihasini amalga oshirish aslida hududiy yaxlitlikning tugashi va ularning suverenitetining tubdan zaiflashishi, hatto ularning to'liq qulashi demakdir.

MUHOKAMA

"Arab bahori" hodisalari tub mohiyatini va oqibatlarini hali hanuz fuqarolar urushi, terrorchilik, diniy ekstremizm va terrorizm kuchayishi, mazhabiy nizolar hamda millatchilik ko'rinishida davom etayotgan hodisalar bilan izohlash mumkin.

Yaqin Sharq ijtimoiy-siyosiy jarayonlari dinamikasida kurdlarning ishtiroki va ta'siri sezilarli ekanligi "Kurd bahori" istiqboli haqida tadqiq etishga chorlaydi. Zeroki, Kurdlar masalasi Yaqin Sharqning "Heartland" hududida joylashgan Turkiya, Iroq, Eron va Suriya davlatlari uchun jiddiy va murakkab muammo bo'lib qolmoqda. Boz ustiga, Qo'shma Shtatlar va uning ittifoqchilar tomonidan kurdlarni harbiy-moliyaviy qo'llab-quvvatlash strategiyasi, jumladan, "Yangi Yaqin Sharq" konsepsiyasini amalga oshirishga qaratilgan vositalar mintaqadagi milliy-etnik munosabatlar tizimiga salbiy etishi mumkin.

REFERENCES

1. Каримов Ф.Э. Якин Шаркдаги этносиёсий муаммолар ва минтакавий хавфсизлик масалалари. Монография. - Т.: Шарк, 2016. - Б.82-83, 102-103.

2. Манойло А.В. Специфика цветных революций "Арабской весны" // Тренды современного политического процесса, 2013. - С. 32.

3. Сундиев И. "Управляемый хаос" Социальные технологии в массовых беспорядках // Dictum et factum, 2014. - C. 95.

4. Подгорнова Н. П. "Арабская весна" в странах Магриба. - М.: 2014. - Б. 4.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 10 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

5. Abdelaziz Kesbi. Political upheavals the Arab spring. This paper was presented in the second Annual International Conference on Cultures and Languages in Contact at the Faculty of Letters and Human sciences Eljadida, Morocco in November 23-24, 2012. - P. 2.

6. Политическое цунами. Аналитика событий в Северной Африке и на Ближнем Востоке. Авторы: С.Кургинян, Ю.Бялый, А.Кудинова, И.Кургинян,

B.Новиков, В.Овчинский, М.Подкопаева, М.Рыжова. - М.: МОФ ЭТЦ, 2011. -

C. 6.

7. Mehmet Sahin, '1950-1960 Arab Revolutions and the 2011 Arab Spring: Similarities and Differences', in New World Order, Arab Spring and Turkey, B. Senem Cevik- Ersaydi and Bora Baskak (eds.), Ankara: Ankara University Center for the Study and Research for Political Psychology, 2012. - P. 3-5 .

8. Jacques Benoist-Mechin. Un Printemps Arabe (An Arab Spring), Paris: Albin Michel, 1959.

9. Fadi Elhusseini. Post Arab Spring Thoughts: The Middle East between external and internal mechanisms (Political Economic & Social Forces). Polish Academy of Sciences. November 2013. - P. 5.

10. David L.Phillips. The Kurdish Spring: A New Map of the Middle East. Transaction Publishers, New Brunswick, 2015. - 240 pp.

11. Ralf Peters. Blood borders: How a better Middle East would look http://armedforcesjournal.com/blood-borders 01.06.2006.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.