Научная статья на тему 'ERON VA SAUDIYA ARABISTONI PODSHOHLIGI MUNOSABATLARINING TARIXI VA ZAMONAVIY HOLATI'

ERON VA SAUDIYA ARABISTONI PODSHOHLIGI MUNOSABATLARINING TARIXI VA ZAMONAVIY HOLATI Текст научной статьи по специальности «Политологические науки»

CC BY
155
33
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Qirol Faysal / Eron inqilobi / shia-sunniy raqobati / xavfsizlik halqasi / Ka’ba bosqini / vahhobiylik / o‘n ikki imomchilik. / King Faisal / Iranian revolution / Shia-Sunni rivalry / security ring / invasion of Kaaba / Wahhabism / Twelve Imams.

Аннотация научной статьи по политологическим наукам, автор научной работы — Azimov, Habibulloxon Yakubovich

Eron va Saudiya Arabistoni o‘rtasidagi munosabatlar Yaqin Sharq mintaqasidagi siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy jarayonlarga to‘g‘rida ta’sir o‘tkazadi. 1979-yildan keyingi ikki davlat o‘rtasidagi raqobat, nafaqat siyosiy balki diniy ko‘rinish kasb etib bordi. Ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlarning salbiy tomonga o‘zgarishi natijasida sunniy va shia mazhabi o‘rtasidagi tarixiy qarama-qarshilik qaytadan olov oldi. Ushbu maqolada Eron va Saudiya Arabistoni munosabatlarining tarixi va zamonaviy holati haqida atroflicha bayon qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

HISTORY AND MODERN STATE OF RELATIONS OF IRAN AND THE KINGDOM OF SAUDI ARABIA

Relations between Iran and Saudi Arabia directly affect political, economic and social processes in the Middle East region. After 1979, the rivalry between the two countries acquired not only a political but also a religious aspect. As a result of the negative change in the relations between the two countries, the historical conflict between the Sunni and Shiite sects has rekindled. This article details the history and current state of relations between Iran and Saudi Arabia.

Текст научной работы на тему «ERON VA SAUDIYA ARABISTONI PODSHOHLIGI MUNOSABATLARINING TARIXI VA ZAMONAVIY HOLATI»

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(5), May, 2023

ERON VA SAUDIYA ARABISTONI PODSHOHLIGI MUNOSABATLARINING TARIXI VA ZAMONAVIY HOLATI

Azimov Habibulloxon Yakubovich

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti o'qituvchisi

ANNOTATSIYA

Eron va Saudiya Arabistoni o 'rtasidagi munosabatlar Yaqin Sharq mintaqasidagi siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy jarayonlarga to'g'rida ta'sir o'tkazadi. 1979-yildan keyingi ikki davlat o'rtasidagi raqobat, nafaqat siyosiy balki diniy ko'rinish kasb etib bordi. Ikki mamlakat o'rtasidagi munosabatlarning salbiy tomonga o 'zgarishi natijasida sunniy va shia mazhabi o 'rtasidagi tarixiy qarama-qarshilik qaytadan olov oldi. Ushbu maqolada Eron va Saudiya Arabistoni munosabatlarining tarixi va zamonaviy holati haqida atroflicha bayon qilingan.

Kalit so'zlar. Qirol Faysal, Eron inqilobi, shia-sunniy raqobati, xavfsizlik halqasi, Ka 'ba bosqini, vahhobiylik, o 'n ikki imomchilik.

Relations between Iran and Saudi Arabia directly affect political, economic and social processes in the Middle East region. After 1979, the rivalry between the two countries acquired not only a political but also a religious aspect. As a result of the negative change in the relations between the two countries, the historical conflict between the Sunni and Shiite sects has rekindled. This article details the history and current state of relations between Iran and Saudi Arabia.

Keywords. King Faisal, Iranian revolution, Shia-Sunni rivalry, security ring, invasion of Kaaba, Wahhabism, Twelve Imams.

Yaqin Sharq mintaqasida Eron va Saudiya Arabistoni raqobati hozirda juda ziddiyatli hisoblanadi. Mintaqaviy "kuch markazi" sifatida ham Eron, ham Saudiya Arabistoni bu mintaqadagi geosiyosiy va geoiqtisodiy manfaatlarini himoya qilishga jiddi-jahd qilmoqda. Eron islom dinining shia mazhabi markazi ekanligi va Saudiya Arabistoni esa Islom dini markazi sifatida ikki mamlakat o'rtasidagi raqobat nafaqat, siyosiy balki mazhabiy bir qarama-qarshilik sifatida ham e'tirof etish mumkin. 1979-yildan keyin Eron va Saudiya Arabistoni o'rtasidagi raqobat aynan mazhablar o'rtasidagi bir raqobatga aylanib ketganligini ko'rish mumkin.

Ikki davlatning diniy qarashlari shu qadar farq qiladiki, hattoki, bu ikki davlatning bir dinga mansubligini tushunish qiyin. Saudiya Arabistonida aholi XIV asrda yashagan ilohiyotchi Ibn Taymiyaga borib taqaladigan, XVII asrda Muhammad Abdulvahhob tomonidan asos solingan islom dining vahhobiylik oqimiga e'tiqod

ABSTRACT

KIRISH

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(5), May, 2023

qiladi. Saudiya Arabistoni Podshohigi 1932-yilda suveren va mustaqil davlat sifatida tashkil topgan bo'lsada, Vahhobiylik oqimi bu davlatning diniy ta'limotiga aylanishga muvaffaq bo'ldi. Vahhobiylikka ko'ra, Islom dinining yagona manbasi Qur'on va payg'ambar Muhammad s.a.v. sunnatlari bo'lishi kerak. Boshqa tomondan, Eron aholisining katta qismi Islom dinining shia mazhabiga e'tiqod qilishadi. Ular payg'ambar Muhammad s.a.v.dan keyin Alini r.a. ilk xalifa sifatida e'tirof etib, qolgan uch ta xalifani hokimiyatga nohaq kelganlikda ayblashadi. 1979-yilda Eron Islom Respublikasi tashkil etilgandan keyin qabul qilingan yangi konstitutsiyada Eron Islom Respublikasiga butun islom olamini himoya qilish vazifasi yuklatilgan. Bu qoidaning o'zi Eronning Yaqin Sharq mintaqasidagi tashqi siyosatining mohiyatini ko'rsatadi. Eron mintaqadagi boshqa davlatlarning shia aholisidan foydalanib, Yaqin Sharqdagi siyosiy ta'sirini oshirishga qaratilgan faol tashqi siyosat yuritmoqda. Ikki davlatning islom diniga nisbatan turlicha qarashlari turli ziddiyatlarga olib keldi. Bu kabi mojarolar ayniqsa haj ziyorati paytida yaqqol namoyon bo'lganligini ko'rish mumkin. Bugunga qadar eronlik hojilar namozlarda sunniy imomga iqtido qilishdan bosh tortgan holatlar ham ko'p uchrab turadi. Bu kabi voqealar ikki davlat o'rtasidagi siyosiy ziddiyatlarni paydo bo'lishiga ham sabab bo'lgan.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Saudiya Arabistoni tashkil topganidan beri G'arb, xususan AQSh bilan munosabatlari uning tashqi siyosatining asosini tashkil etadi. Saudiya Arabiston musulmon dunyosida ham o'zining ta'sirini orttirish va mavjud imkoniyatlardan foydalangan tashqi siyosat olib borishni maqsad qiladi, lekin vahhobiylik oqimining mamlakatda rasmiy maqomda ekanligi bu imkoniyatlarni chegaralaydi. O'z navbatida, Eron ham Saudiya Arabistoniga o'xshash tashqi siyosat yuritadi. Eronning faqat Yaqin Sharqdagi tashqi siyosatiga nazar tashlasak, bu holatni osonlik bilan anglab bo'lmaydi. Xususan, Yevroosiyo va Kavkazda Eron musulmon davlatlarga qarshi musulmon bo'lmagan davlatlar bilan hamkorlik qilayotganiga guvoh bo'lish mumkin.

1979-yildagi Eronda sodir bo'lgan Islom inqilobi va mamlakatning islomiy qoidalar asosida boshqarilishiga o'tilgandan keyin Yaqin Sharq mintaqasida ikki davlat o'rtasidagi raqobat ham siyosiy, ham mazhablar o'rtasidagi kurashga aylandi. Eron Islom Respublikasining Yaqin Sharq mintaqasida olib borayotgan siyosati bevosita mazhabiy asoslarga tayanadi. Bu holat albatta Saudiya Arabistoni kabi sunniy musulmon davlatlarga yoqmaydi.

1979-yildan boshlab Eron fuqarolarining haj ziyorati ham siyosiy mazmun kasb etib bordi. Ular 1985-yildan boshlab har yili haj ziyoratda Amerika va Isroilga norozilik bildirib, Islom dinining eng muqaddas shaharlarida turli ko'rinishdagi

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(5), May, 2023

yurishlar (marsh) o'tkaza boshlashdi. Shunday harakatlardan biri 1987-yilda sodir bo'lgani edi. Bu norozilik yurishida eronlik hojilar va Saudiya xavfsizlik kuchlari o'rtasida to'qnashuv kelib chiqqan. Natijada Makkada 400 nafar eronlik ziyoratchilar halok bo'ldi. Ushbu voqea natijasida ikki tomonlama diplomatik munosabatlar uch yil davomida uzilib qoldi.

1979-yilgi Islom inqilobidan keyin Eron G'arbdan butunlay yuz o'girgan edi. Inqilobdan keyin eronlik hojilarning ziyorat qilishidagi muammolar kun sayin ortib bordi. Haj mavsumidagi diniy-siyosiy namoyishlar, siyosiy varaqalar tarqatish kabi holatlar Eronning mintaqadagi tashqi siyosatining asl mohiyatini ko'rsatdi. O'sha davrda ular Islom dinining muqaddas shaharlaridan Islom inqilobini yoyish maydoni sifatida foydalandi. Aslida Eron rahbariyatidagi konservativ siyosiy qanot radikallar va mo'tadillarga bo'linadi. Har ikki tomonning Saudiya Arabistoni bilan aloqalarga yondashuvi farqlidir. Birinchi guruh AQSH bilan yaqin aloqada bo'lgan Saudiya Arabistonini dushman sifatida ko'radi va haj mavsumida yuqorida ta'kidlangan namoyishlarni yoqlaydi. Mo'tadil konservatorlar esa Saudiya Arabistoni bilan minimal darajada aloqalarni saqlash tarafdorlari hisoblanadi. Biroq, bizga ma'lumki, Eronda radikal konservatorlarning siyosati ustunlik qiladi. Shuningdek, Oyatulloh Humayniy Saudiya Arabistonini boshqa musulmon davlatlarga qarshi Hijoz mintaqasidagi muqaddas joylarni himoya qila olmayapti, degan shiddatli tashviqot olib bordi. Humayniyning Hijoz mintaqasi boshqaruvini saudiyaliklardan olib qo'yish va uning boshqaruvi uchun maxsus qo'mita tuzish taklifi Saudiya Arabistonining sabrini to'ldirdi. Saudiya Arabistoni Eron-Iroq urushi (1980-1988) boshlanishi bilan Eronning faol va ekspansiyanistik siyosatiga qarshi o'z pozitsiyasini Iroq tominda turib ko'rsatdi. Saudiya Arabistonining Iroq tomonida bo'lishi ikki davlat o'rtasidagi munosabatlarning yomonlashishiga olib keldi. Natijada, Saudiya Arabistoni tashabbusi bilan 1981-yilda Eronning ko'rfazdagi ta'siri ortishiga to'sqinlik qilish uchun Ko'rfazi hamkorlik kengashi tashkil etildi. Shu tariqa u ko'rfazdagi kichik davlatlarining Eron siyosiy ta'siriga tushib qolishi va o'zi uchun mintaqada xavfsizlik xalqasini tashkil qildi. Saudiya Arabistonining bu harakatlari mintaqadagi shia aholisi ko'pchilikni tashkil etadigan Yaman, Bahrain xattoki o'zining sharqiy hududlaridagi aholisini Eron ta'sirdan mutloq chiqara olmadi. Ikki tomonlama munosabatlarga umumiy nuqtai nazardan qaraganda, Eron Islom Respublikasi Saudiya Arabistonining AQSH va Isroil bilan munosabatlaridan xavotirda. Eron Saudiya Arabistonini mintaqa va musulmon davlatlarga hiyonat qilishda ayblaydi va AQSH va Isroil bilan bog'liq har qanday aloqalarini qattiq tanqid qilib kelada.

Saudiya Arabistonida bugungi kunda qaryib 5 millionga yaqin shia musulmonlari istiqomat qiladi. Bu raqam mamlakat umumiy aholisining 10% tashkil

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(5), May, 2023

etadi. Mamlakat ichidagi shialar jamoasi Eronning Saudiya Arabistoniga qarshi siyosiy bosim o'tkazish uchun muhim vositadir. Eron Islom inqilobidan keyin eronlik haj ziyoratiga kelgan ziyoratchilar saudiyalik shia ozchilik bilan birgalikda Saudlar oilasi rejimini tanqid qilishi natijasida, Saudiya Arabistoni hukumati o'zining shia aholisini milliy xavfsizligiga katta tahdid sifatida baholaydi.

Eronning Yaqin Sharq mintaqasida shialikka asoslangan tashqi siyosatining kuchayib ketayotganiga qarshi mintaqa davlatlarining unga qarshi yakdil siyosat olib borishda katta muvaffaqiyatga erisha olmayotganligida ko'rish mumkin. Buning eng muhim sababi sifatida mamlakatda rasmiy darajada Islom dinini faqat Qur'on va Payg'ambar sunnatlariga asoslangan holda idrok etishni o'z ichiga olgan vahhobiylik oqimini ko'rsatish mumkin. Mintaqadagi boshqa sunniy musulmon davlatlari Islom haqida vahobiylik oqimidan farqli tushunchaga ega. Bu holat Saudiya Arabistonining dindan samarali siyosat olib borish va mintaqada yetakchi "kuch markazi"ga aylana olmayotganligiga o'z ta'sirini ko'rsatmoqda.

2010-yilda Tunisda boshlangan va qisqa vaqtda Shimoliy Afrikda hamda Yaqin Sharq mintaqasidagi arab davlatlarini qamrab olgan xalq norozichilik harakati yuqorida sanab o'tilgan mintaqalardagi ijtimoiy va siyosiy vaziyatlarni tubdan o'zgartirib yubordi. Bir qancha arab davlatlarida uzoq vaqtdan beri hokimiyat tepasida bo'lgan davlat rahbarlari o'z lavozimin topshirishga majbur bo'ldi. Bu voqealar mintaqadagi kuch markazlar o'rtasidagi raqobatni yangi bosqichga olib chiqdi. Jumladan, Yaqin Sharq mintaqasida Saudiya Arabistoni va Eron Islom Respublikasi aloqalari keskin holatda ziddiyatli ko'rinishga keldi.

Ikki mamlakat o'rtasidagi siyosiy raqobatni Suriya, Yaman va Bahrain kabi mintaqa davlatlarida kechayotgan siyosiy jarayonlarda kuzatishimiz mumkin bo'ladi. Har ikki davlat ham "Arab bahori" deb nom olgan bu namoyishlarni mintaqada ta'sir doirasini kengaytirish uchun fursat sifatida baholab, tashqi siyosat olib bormoqda. Yaqin Sharq siyosatining hozirgi dinamikasida Eron Suriya bilan yaqin hamkorlik olib borishini kuzatish mumkin. Etnik tafovutga qaramay rivojlangan bu munosabatlar, mintaqada AQSH va Isroilga qarshilik ko'rsatish, Falastin va Livanga nisbatan o'xshash tashqi siyosat, sunniy arablar bilan muammoli munosabatlar sifatida umumlashtirish mumkin bo'ladi.

2011-yilda Suriyada amaldagi Bashar Asad hukumatiga qarshi xalq namoyishlari butun mamlakat bo'ylab boshlandi. Bu xalq namoyishlari asta-sekin o'z talablarini ortirib bordi va natijada ular 1964-yildan beri Suriya hokimiyati boshqaruvida bo'lgan Baas partiyasini ag'darishga qaratilgan norozichilikka aylanib ketdi. Eron Yaqin Sharq mintaqasida o'z ta'sir doirasini saqlab turishu uchun Suriya yordamiga muhtoj hisoblanadi. Suriya orqali Eron Livandagi Hizbulloh guruhini

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(5), May, 2023

boshqarishda foydalanadi. Suriya Eron bilan strategik yaqin munosabatlarga ega bo'lgani uchun Arab dunyosi tomonidan tanqidga uchrab keladi. Saudiya Arabistoni Livandagi geosiyosiy manfaatlarini himoya qilish maqsadida Hizbullohga qarshi u yerdagi sunniy guruhlami qo'llab keladi. Saudiya Arabistoni Livandagi sunniy guruhlarni qo'llab-quvvatlayotgan bo'lsa, Suriya - Eron bilan parallel ravishda shialarni qo'llab-quvvatlashda davom etmoqda. Boshqa tomondan, hozirda Saudiya Arabistoni tomonidan Suriyani arab dunyosiga qaytadan olib kirishga urinishlar mavjud bo'lib, buning zamirida Suriyani Eron ta'siridan butunlay qutqarish. Saudiya Arabistonining bu harakatlari muvaffaqiyatli bo'lsa, Eronning Hizbulloh bilan munosabatlari izdan chiqishi mumkin natijada Eronning Suriya va Livandagi harbiy va siyosiy ta'siri kamayadi.

Saudiya Arabistoni Yaqin Sharqdagi bu kabi siyosatiga qarshi Eron ham turli shakllarda javob qaytarib kelmoqda. Jumladan Saudiya Arabistonining xavfsizlik halqasi sifatida e'tirof etiladigan Bahrain va Yaman kabi qo'shni davlatlardagi shia aholisini qonuniy hokimiyatga qarshi gij-gijlab kelmoqda. Shuningek, Eron Saudiya Arabistonining sharqiy qismlardagi shia aholisini ham ibn Saud rejimiga qarshi qo'llab kelmoqda. Eron tomonidan mintaqada olib borilayotgan siyosat natijasida Saudiya Arabistini milliy xavfsizligiga yangi tahdidlar duch kelmoqda. Mamlaktdagi rejim uchun Eron eng xavfli mintaqaviy dushman davlatga aylanib qoldi.

Xulosa o'rnida shuni aytish mumkinki, Saudiya Arabistoni va Eron o'rtasida kechayotgan mintaqadagi raqobat natijasida u yerda etnik va mazhablararo ziddiyatlar ortib bormoqda. 1979-yilning noyabr oyida muqaddas shahar Makkadagi Masjid ul-Harom Juhayman al-Utaybiy1 boshchiligidagi qurolli guruhlar tomonidan egallab olindi va bu harakat Mahdiylik harakati deb e'lon qilindi. Saudiya Arabistoni bu qurolli bosqin ortida Eronning qo'li borligini iddo qilsada, bu o'z isbotini topmadi. Bugun mintaqa istiqboli uchun ikki mamlakat o'rtasidagi siyosiy aloqalarning qayta tiklanishi u yerdagi siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy jarayonlarga ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Ikki davlat aloqalar Xitoy aralashuvi natijasida 2023-yilda ijobiy tomonga siljish qildi. Xitoy vositachiligida Eron va Saudiya Arabistoni diplomatik aloqalarni qayta yo'lga qo'yishga hamda elchixonalarni qaytada ochishga kelishib oldi. Bu aloqalar qanchalik uzoq davom etishi haqida aniq fikr bildirish hozircha mushkil hisoblanadi.

11979-yil 20-noyabrda boshlangan va 1979-yil 4-dekabrgacha davom etgan Ka'badagi qurolli to'qnashuv. 1955-1973-yillarda Saudiya Arabistoni Milliy gvardiyasida xizmat qilgan Juhayman al-Utaybiy bu guruhning boshida turgan. Bosqin davomida u Masjid ul-Haromda bir necha ming haj ziyoratchilarni garovga oldi va hukumatga o'zining siyosiy talablarini qo'ydi. Shundan so'ng qayin birodari Abdulloh al-Qahtoniyni Mahdiy deb e'lon qildi. Ikki hafta davom etgan bosqin Fransiya terrorizmga qarshi bo'linmalari ko'magida olib borilgan harbiy operatsiya natijasida yakunlandi va qo'lga olingan barcha, jumladan Juhayman al-Utaybiy ham qo'llari kesilganidan keyin qatl etildi.

XULOSA

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

(E)ISSN:2181-1784 www.oriens.uz 3(5), May, 2023

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR (REFERENCES)

1. Cooper, A. S. (2012). The oil kings: how the US, Iran, and Saudi Arabia changed the balance of power in the Middle East. Simon and Schuster.

2. Chubin, S., & Tripp, C. (2014). Iran-Saudi Arabia relations and regional order. Routledge.

3. Ravshanov, F. R., & Azimov, H. Y. (2021). Danger and Security: History and Present. International Journal of Multicultural and Multireligious Understanding, 8(4), 280-285.

4. Ahmadian, H. (2018). Iran and Saudi Arabia in the age of Trump. survival, 60(2), 133-150.

5. Yakubovich, A. H. (2019). The emergence of the Syrian crisis and the impact of the external forces on it. Bulletin Social-Economic and Humanitarian Research, (4 (6)), 92-97.

6. Amiri, R. E., & Samsu, K. H. K. (2011). Security Cooperation of Iran and Saudi Arabia. International Journal of Business and Social Science, 2(16).

7. Azimov, H. Y. (2021). Emergence Of New Threats To Turkey's National Security During The Syrian Crisis:"Euphrates Shield" Movement. The American Journal of Political Science Law and Criminology, 3(01), 42-48.

8. Mabon, S. (2015). Saudi Arabia and Iran: power and rivalry in the Middle East. Bloomsbury Publishing.

9. Sajedi, A. (1993). Iran's Relations with Saudi Arabia. India Quarterly, 49(1-2), 75-96.

10. Internet manba: Unutulan Kabe Baskini: 1979'da ne olmu§tu? https: //www. aa. com.tr/tr/arastirma/unutulan-kabe-baskini-1979da-ne-olmustu-/1651076 20.11.2019

11. Azimov, H. Y. (2022). Main Directions of Modern International Security Approaches. International Journal of Social Science Research and Review, 5(2), 151157.

12. S.Bo'ronov, H.Azimov. (2023). Sharq mamlakatlarida xavfsizlik muammolari va mojarolari.

13. Madaminova, D. (2020). Migration Process and Problems in North Africa and the Middle East. In ОБЩЕСТВЕННЫЕ НАУКИ СОВРЕМЕННОМ МИРЕ: ПОЛИТОЛОГИЯ, СОЦИОЛОГИЯ, ФИЛОСОФИЯ, ИСТОРИЯ (pp. 80-85).

14. Buranov, S. (2021). Afghanistan National-Regional Dualism: New Scientific Approaches. The American Journal of Political Science Law and Criminology, 3(05), 112-116.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(5), May, 2023

15. Mukhammadolim, M. (2019). Problems of regulation of secularism and religious principles in Arab countries. Bulletin Social-Economic and Humanitarian Research, (4 (6)), 114-122.

16. Mukhammadsidiqov, M. (2021). Problems of Escalation of Religious Xenophobia in the ERA of Globalization. Central Asian Journal of Literature, Philosophy and Culture, 2(12), 17-23.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.