Научная статья на тему 'ISLOM INQILOBIDAN KEYIN ERONNING TASHQI SIYOSATI VA UNDA MISR OMILI'

ISLOM INQILOBIDAN KEYIN ERONNING TASHQI SIYOSATI VA UNDA MISR OMILI Текст научной статьи по специальности «Биологические науки»

CC BY
535
57
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Islom inqilobi / Kemp-Devid / neft / Islom bayrog’i / sovuq urush / ichki siyosat / fraksiya / iqtisodiy sherik / anti-imperiyalizm

Аннотация научной статьи по биологическим наукам, автор научной работы — Yusupov Dilshod Qaxramon O‘G‘Li

Ushbu maqolada Eronda yuzbergan “Islom inqilobi”dan so’ng rasmiy Tehronning boshqa davlatlar bilan aloqalari, Eron va Iroq o’ratasidagi usrush sabablari va Misr davlati bilan siyosiy uzoqlashuv holati xorijiy ommoviy axborot vositalari ma’lumotlari asosida yoritib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «ISLOM INQILOBIDAN KEYIN ERONNING TASHQI SIYOSATI VA UNDA MISR OMILI»

ISLOM INQILOBIDAN KEYIN ERONNING TASHQI SIYOSATI VA UNDA

MISR OMILI

Yusupov Dilshod Qaxramon o'g'li

Toshkent shahar Sergeli tumani 237 maktab Ma'naviy marifiy ishlar bo'yicha direktor o'rinbosari Tel.: +998 99 894 90 94, e-mail: dilshod.yusupov.92@gmail.com

Annotatsiya: Ushbu maqolada Eronda yuzbergan "Islom inqilobi"dan so'ng rasmiy Tehronning boshqa davlatlar bilan aloqalari, Eron va Iroq o'ratasidagi usrush sabablari va Misr davlati bilan siyosiy uzoqlashuv holati xorijiy ommoviy axborot vositalari ma'lumotlari asosida yoritib berilgan.

Kalit so'zlar: Islom inqilobi, Kemp-Devid, neft, Islom bayrog'i, sovuq urush, ichki siyosat, fraksiya, iqtisodiy sherik, anti-imperiyalizm

Eron va Misr davlatlarining o'zaro munosabatlari tarixiga nazar tashlasak, unda rang-barang munosabatlar, turli xil davrlarni ko'rishimiz mumkin. Bunga sabab ikki davlat tarixida inqiloblar sonining ko'pligi va har ikki davlat siyosatining bir necha bor o'zgarganligi oqibati deyishimiz mumkin. Eron va Misr davlatlari tarixan qadimdan deyarli bir xil islom madaniyati ostida rivojlanishdi. VII asrlarda Arab xalifaligining kuchayishi oqibatida ikkalasi bitta davlat tarkibiga kirishdi. Lekin, arab xalifaligi qulagach Eron hududining ko'pchilik hududi islom dinining shialik mazhabiga e'tiqod qiluvchi guruhlar qo'l ostiga o'tgan bo'lsa, qolgan hududlari O'rta Osiyodagi kuchli davlatlar tarkibiga kirib ketgan. Mustamlakalar davrida esa Misr Buyuk Britaniya nazorati ostida bo'lsa, Eron esa rasman mustaqil bo'lsada, bir nechta qudratli davlatlar uning katta hududi nazorat ostida ushlab turilgan. XX asrning 30 yillarida ular o'rtasidagi munosabatlar ancha yaxshilanadi. Jumladan, 1939-yilda Tehronda Misrning birinchi elchixonasi ochiladi va elchi vazifasini Yusuf Zulfiqor poshsho amalga oshirishga kirishadi. Aynan shu yil Misr qiroli Faruh I ning singlisi malika Favziya Eronning valiahd shaxzodasi Muhammad Rizo Pahlaviyga turmushga chiqadi. O'sha paytda arab davlatlari orasida faqatgina Misrninggina Eronda elchixonasi bor edi. Lekin Kemp-Devid shartnomasidan so'ng bu ikki davlat o'ratasidagi munosababtlarda haqiqiy "muzlash davri" boshlandi. Bundan tashqari, Erondagi islom inqilobi ham vaziyatni yanada yomonlashtirdi [1].

Inqilobdan keyin Eronning tashqi siyosatining asosi salbiy muvozanat tamoyiliga asoslangan edi. Amerika Qo'shma Shtatlari bilan barcha harbiy bitimlar bekor qilindi, barcha Amerika Qo'shma Shtatlari harbiy bazalari va Erondagi kuzatuv stantsiyalari yo'q qilindi. Bundan tashqari Eron siyosatidagi Amerika Qo'shma Shtatlarining ta'siri Sovet Ittifoqi bilan munosabatlarni sovuqlashishiga olib kelgan edi. Eron Islom Respublikasi "Uchinchi kuch" siyosatini turli versiyalarda amalga oshirdi. Ya'ni endi Eron o'ziga yangi ittifoqchi va iqtisodiy sherik izlashni boshladi. Bu yo'lda Xitoy, Yaponiya, G'arbiy Evropa, Shimoliy va Janubiy Koreya bilan iqtisodiy va siyosiy munosabatlar mustahkamlashga harakat qildi. Neft zaxiralari

Tehronga ushbu davlatlar o'rtasida erkin harakatlanish imkonini berdi. Eronning tashqi siyosatdagi yana bir maqsadi Yaqin va O'rta Sharq mintaqasida asosiy kuchga aylanish edi. Ayni paytda, mintaqaviy tashqi siyosatning asosiy poydevori islom mafkurasi bo'lib qoldi. Yaqin Sharqdagi obro'sini tiklash yo'lida Livandagi shia jamoasiga yaqinlashishga urunishi Eronga o'z maqsadlariga erishish uchun yordam berdi. Iroqning fors ko'rfazi zonasining konservativ Arab rejimlari bilan yaqinlashishiga javoban Suriya bilan ittifoq tuzdi. Bu munosabatlar Eron-Iroq urushini boshlanishiga sababchi bo'ldi.

Iroqqa qarshi urushga bir necha omillar sabab bo'lgan. Bu omillarning asosi mafkuraviy to'qnashuvlar edi. BAASchi Iroq hukumati dunyoviy Arab vatani, Vatan g'oyasini himoya qildi. Eron Islom Respublikasi esa diniy e'tiqodga asoslangan barcha musulmonlarning birligi uchun diniy ummatni yaratishga intildi. Iroq ham xuddi Eron kabi ko'rfaz va arab dunyosida asosiy kuch bo'lishga harakat qilar edi. Bundan tashqari inqilobdan oldinroq 1975-yilning qisqa urushida shoh qurolli kuchlarining zarbalari ostida Iroq xalqining tahqirlanishi uni Eronga hujum qilishga undadi. Bu urushda Iroqni ko'plab arab davlatlari qatorida Misr ham qo'llab quvvatladi. Bu holat Misr va Eron munosabatlaridagi aloqalarning yomonlashishiga ta'sir etmasdan qolmadi. Yana bir holat bu ikki davlat o'rtasida munosabatlarni aniq aks ettiradi. Ya'ni, 1981-yilda Misr prezidenti A.Sadat o'ldirilgach Eronda uning qotili kelib chiqishi asli turk bo'lgan Xolid Istambuliy qahramon deb e'lon qilindi va Tehrondagi ayrim ko'chalarga, maydonlarga uning nomi berila boshlandi. 1980-yil Eron-Iroq urushining boshlanishi bilan Eronning Arab dunyosi bilan munosabatlari keskin yomonlashib ketdi. Bunga sabab Iroqni Arab davlatlari tomonidan moliyalashtirish masalasi edi. Mazkur vaziyat Eronning Arab davlatlari shu jumladan Misr bilan munosabatlarining yomonlashuviga asos bo'lib xizmat qildi va o'zaro ishonchsizlikka olib keldi. Eron, katta yo'qotishlar va xalqaro sanksiyalar domida bo'lishiga qaramasdan, Iroqning hujumini to'xtatishga muvaffaq bo'ldi. Bu deyarli 100 yil ichida Eronning hududiy yo'qotishlarsiz tugatgan birinchi urush edi. Eron va Arab davlatlari munosabatlarining holati Iroqning Quvaytga hujumidan keyin ya'na yomonlashdi. Arab dunyosidagi umumiy vaziyat iqtisodiy beqarorlikga olib kelishi tabiiy hol edi. Xalqaro valyuta jamg'armasi ma'lumotlariga ko'ra, Ko'rfaz urushi vaqtida Yaqin Sharq mamlakatlari umumiy yo'qotishlari yalpi ichki mahsulotning 4% ni tashkil etdi. Inflyatsiya 2,5% ga oshdi. To'g'ridan-to'g'ri yo'qotishlar 600 milliard dollarni tashkil etdi [2]. Ko'plab Arab davlatlari barqaror moliyaviy byudjet kamomadini his qila boshladilar, Yaqin Sharqning barcha davlatlarida iqtisodiy shartnomalar va hamkorliklar zaiflashdi, neft bozorining beqarorligi paydo bo'ldi. Chegara muammolari, bir qator Arab mamlakatlarida hokimiyatni tashkil qilish tizimlarida katta farqlar, diniy, siyosiy, etnik nizolar iqtisodiy muammolarni yanada kuchaytirdi va siyosiy rejimlarni ekstremizm g'oyasi bilan aralashib ketishiga sabab bo'ldi. Ammo barcha to'siqlarga qaramay, Arab dunyosi va Eron o'zaro hamkorlikni yo'lga qo'yish va ularni ajratib turgan omillarni bartaraf etish zarurligini his qilar edilar. Mintaqaviy o'zaro bog'liqlikning ortishi avvalgi nizolarni bartaraf etish

mexanizmlarini shakllantirish uchun yaxshi istiqbollarni va qaysidir ma'noda har ikki tomon uchun umid uchqunlarini yoqdi.

Amerika Qo'shma Shtatlarining Eronga qurol yetkazib berish orqali ta'sir o'tkazishga urinishlari Sovet Ittifoqining Eron bilan o'zaro munosabatlarini kuchaytirishiga sabab bo'ldi. Bunga qarshi J.Karter ma'muriyati Sovet Ittifoqining Janubiy chegaralarida "Islom kamarini" mustahkamlash g'oyasini ko'rib chiqdi va bu yo'lda Humeyni diplomatik qo'llab-quvvatladi. Bu holat Amerika Qo'shma Shtatlari Islomiy inqilobni yoqlaganini anglatmasdi, aksincha AQSH ma'muriyati vaziyatdan foydalanishga intilganini ko'rishimiz mumkin. "Islom zonasi" siyosati Sovet Ittifoqining harakatlariga to'sqinlik qilishi kerak bo'lgan "Shimoliy qatlam" ya'ni Amerika uning ittifoqchilari siyosatining o'zgarishiga bir misol edi. Xashemi-Rafsanjani davrida Islom doirasida mo'tadil iqtisodiy va siyosiy kursga ergashib, Eron va AQSH o'rtasidagi munosabatlarni qayta tiklashga hayrixoh ekanini bildirdi. O'z navbatida R. Regan boshliq AQSH ma'muriyati ham strategik jihatdan muhim Eronda muvozanatni tiklashga intilib, Rafsanjani tashabbusini qo'llab-quvvatladi.

Sovet Ittifoqi va Eron Islom Respublikasi o'rtasidagi o'sha paytdagi munosabatlar ehtiyotkorlik va qisman noaniqlik holatida edi. 1981-yilda XXVI Kongressida Eron hukumati Sovet Ittifoqi Kommunistik partiyasi Islom erkinligi uchun kurashishi mumkinligi bilan ogohlantirdi. Bu juda yaqin tarixda bo'lib o'tgan Islom inqilobi bilan tasdiqlanishini ta'kidlab o'tdi. Humayniy shuningdek, Sovet Ittifoqining reaktsiyasi ham Islomiy shiorlar bilan qarshi inqilobiy isyonlarni qo'zg'atish mumkin ekanligi ta'kidlab o'tdi [3]. Bu fikrlarning Sovet davlati asoschisi V.I.Leninning panislamizmga qarshi g'oyalari va umuman burjua millatchiligiga qarshi ogohlantirishi bilan o'xshashligi hayratlanarli. Kommunistik mafkurada burjua millatchilik muammosini aks ettirishi o'sha davrdagi Eron-Sovet munosabatlariga ta'sir ko'rsatishda davom etdi. Bir tomondan, Kengashlar Islom Respublikasining diniy millatchiligining "antimperializm" g'oyasinini ma'qulladilar, boshqa tomondan esa, Humayni mamlakat ichkarisida va chetdagi sotsializmni qo'llab-quvvatlovchi muxolifat tomonidan tanqid ostiga olindi. Inqilobdan keying davrda TUDA va boshqa Eron chap guruhlarining mag'lubiyatidan so'ng, Sovet-Eron munosabatlar yanada keskinlashtirgan edi. E'tiborlisi o'sha paytda SSSRning ko'pchilik arab davlatlari jumladan Misr bilan ham aloqalari ancha yaxshi edi. Sovet davlat arbobi va olim Jorj Arbatovning fikriga ko'ra, "tinchlik-osoyishtalik siyosati SSSRning Fors ko'rfazi zonasiga o'tishiga to'sqinlik qiladi, bu esa muqarrar ravishda uchinchi jahon urushiga olib kelishi mumkin" degan edi olim. Biroq, sotsialistik bazani himoya qilish nafaqat strategik, balki mafkuraviy xavfsizlikka ham erishishni nazarda tutganligi sababli SSSR chegarasida sodir bo'lgan Islomiy inqilob kabi madaniy harakatlarni potensial xavfli omillar deb hisoblandi. Shuning uchun SSSR Eron-Iroq urushining oqibatlarini o'ylab, Eronni to'xtatishga harakat qildi. SSSR Eronning siyosiy gegemonyasini mafkuraviy tahdid sifatida tarqalishini ko'rib chiqdi. Urushning so'nggi yillarida Eronning harbiy yutuqlari va AQShning bu mamlakatda yana bir bor ta'sir o'tkazishga urinishlari Sovet Ittifoqining bu voqealarga bo'lgan reaktsiyasini kuchaytirdi. Bu Eronning Moskva va Vashington o'rtasidagi "sovuq

urush" oqibatida yuzaga kelgan keskinlikdan foydalanishga va Iroqqa qarshi urushni davom ettirish imkoniyatini berdi. 1988-yilda qayta tiklash, super kuchlar o'rtasidagi do'stona munosabatlar manyovr imkoniyatini yo'q qildi. Urushni davom ettirish va Eronda yuzaga kelgan keskin iqtisodiy va harbiy qiyinchiliklar hukumatni tinchlikka erishishga majbur qildi.

Eron endilikda ichki siyosati va tashqi siyosatda barqarorlikga erishish uchun Amerika Qo'shma Shtatlari va Sovet Ittifoqkabi qudratli davlatlar bilan aloqalarni yumshatishga harakat qildi. 1981-yilning yozida kelib chiqqan Beheshtining o'limi Eron Islom Respublikasida fraksiya kurashini tiklash uchun yo'l ochdi. Yangi fraktsiya ikki shaxs, Xojat al-Islam Rafsanjani va ichki ishlar vaziri Ali Akbar Mohtashemi atrofida shakllandi. Xojat al-Islam Rafsanjani jamoat nuqtai nazari bilan bog'liq bo'lgan pragmatik fraksiyani boshqargan. Ali Akbar Mohtashemi radikal fraksiyaning etakchisi bo'lib, g'arbga qarshi bayonotlar va o'ziga xos vatanparvarlik ruhidagi g'oyalar bilan mashxur edi. Davlat boshqaruvi sohasida . Xojat al-Islam Rafsanjani samarali boshqaruvni qo'llab-quvvatladi. Ali Akbar Mohtashemi esa inqilobga bo'lgan sadoqatga e'tibor qaratdi. Xarbiy sohada . Xojat al-Islam Rafsanjaniy armiyaning ustunligini yanada mafkuraviy jihatdan qayta qurish va uni rivojlantirishga qaratgan bo'lib keyinchalik Ali Akbar Mohtashemiyning jandarm ustidan nazoratini yo'qqa chiqardi. Tashqi siyosatda . Xojat al-Islam Rafsanjani Islom inqilobining boshqa mamlakatlarga tarqalishiga qarshi bo'lib, Eronda Islomiy kuchlarni birlashtirish g'oyasini himoya qildi. Shuningdek, u Iroqqa qarshi urushni to'xtatishga harakat qildi va G'arb bilan yaqin aloqada bo'lib, muxoliflarga qarshi kurash olib bordi [4].

Xulosa qilib aytganda XX asr 70-yillar oxirida yuz bergan "Islom inqilobi" Eronning nafaqat ichki balki, tashqi siyosatini keskin o'zgarishiga sababchi bo'ldi. Inqilob oqibatida hokimyatga Oyatulloh Humayniy boshliq dindorlar chiqishdi. Ularning boshqaruvi tabiiy-ki, diniy aqidalarga asoslanib monarxiya tuzumidagi Erondan keskin farqlanar edi. Shu sababli ham, oldin iliq munosabatlar o'rnatilgan davlatlar bilan aloqalar batamom uzilib, ular o'rniga yangi Eron talablariga mos davlatlarni topishga harakat qilindi. Misr bilan tashqi aloqalar esa boshqacharoq harakterga ega bo'lib, Yaqin Sharq va sionizm borasidagi fikrlar to'qnashuvi, bu ikki davlat o'rtasida munosabatlarning yomonlashuviga sababchi bo'lgan.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati

1. Iran MP says Tehran not in hurry to resume ties with Cairo. URL: http://isna.ir/en/news/9005-12426/Iran-MP-says-Tehran-not-in-hurry-to-resume (дата обращения: 09.08.2011).

2. Iran seeks alliance to protect Syria against US meddling. URL: http://en.mehrnews.com/news/47418/Iran-seeks-alliance-to-protect-Syria-against-US-meddling (дата обращения: 10.08.2011).

3. Imam Khomeini, father of Islamic Awakening // URL: http://www.leader.ir/langs/ en/ index.php?p=contentShow&id=9483 (дата обращения: 25.11.12).

4. 'West seeks to defeat Muslim's revolutions' // URL: http://www.lea-der.ir/langs/en/index.php?p=contentShow&id=8585 (дата обращения: 16.11.12).

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.