Научная статья на тему 'DAVLAT MOLIYAVIY NAZORATI TIZIMI FAOLIYATINING NATIJALARI TAHLILI'

DAVLAT MOLIYAVIY NAZORATI TIZIMI FAOLIYATINING NATIJALARI TAHLILI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
45
9
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
moliyaviy nazorat / transparensiya / inspeksiya / davlat byudjeti / monitoring / subsidiya / soliq / bojxona / makroiqtisodiy ko’rsatkichlar / moliyaviy xavfsizlik / innovatsiya / inflyasiyani.

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Xusanov Eldor Yetmishovich

Ushbu maqola moliyaviy nazorat organlarining faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari bo'yicha tahlil qiladi. Maqolada, moliyaviy nazorat organlarining asosiy vazifalari va ularning faoliyatining mohiyati, muhimligi va zarur bo'lganligi keltiriladi. Shuningdek, muvofiqlashtirish bo'yicha muammolar, huquqiy va ilmiy ta'limga oid masalalar, shu jumladan, moliyaviy nazorat organlarining ta'sir ko'rsatish va moliyaviy xavfsizlikni ta'minlashda o'z o'rinini o'zida olganligi taqqoslanadi.Maqola, moliyaviy nazorat organlarining o'z faoliyati va ularga tegishli muhim masalalarni taqqoslashni maqsad qiladi. Maqola, moliyaviy nazorat organlarining amalga oshirishdagi eng muhim tushunchalarni, ularning faoliyatining belgilangan bosqichlarini, muvofiqlashtirish jarayonida duch kelgan muammolarni, shuningdek, moliyaviy nazorat organlarining faoliyatini muvofiqlashtirishdagi ilmiy-ijtimoiy muammolarni tahlil qiladi

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «DAVLAT MOLIYAVIY NAZORATI TIZIMI FAOLIYATINING NATIJALARI TAHLILI»

Central Asian Journal of

Education and Innovation

DAVLAT MOLIYAVIY NAZORATI TIZIMI FAOLIYATINING

NATIJALARI TAHLILI

Xusanov Eldor Yetmishovich

https://doi.org/10.5281/zenodo.12177942

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Qabul qilindi: 10-June 2024 yil Ma'qullandi: 15- June 2024 yil Nashr qilindi: 20- June 2024 yil

KEY WORDS

moliyaviy nazorat, transparensiya, inspeksiya,davlat byudjeti,

monitoring, subsidiya, soliq, bojxona, makroiqtisodiy

ko'rsatkichlar, moliyaviy

xavfsizlik, innovatsiya ,inflyasiyani.

Ushbu maqola moliyaviy nazorat organlarining faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari bo'yicha tahlil qiladi. Maqolada, moliyaviy nazorat organlarining asosiy vazifalari va ularning faoliyatining mohiyati, muhimligi va zarur bo'lganligi keltiriladi. Shuningdek, muvofiqlashtirish bo'yicha muammolar, huquqiy va ilmiy ta'limga oid masalalar, shu jumladan, moliyaviy nazorat organlarining ta'sir ko'rsatish va moliyaviy xavfsizlikni ta'minlashda o'z o'rinini o'zida olganligi taqqoslanadi.Maqola, moliyaviy nazorat organlarining o'z faoliyati va ularga tegishli muhim masalalarni taqqoslashni maqsad qiladi. Maqola, moliyaviy nazorat organlarining amalga oshirishdagi eng muhim tushunchalarni, ularning faoliyatining belgilangan bosqichlarini, muvofiqlashtirish jarayonida duch kelgan muammolarni, shuningdek, moliyaviy nazorat organlarining faoliyatini

muvofiqlashtirishdagi ilmiy-ijtimoiy muammolarni

tahlil qiladi

Iqtisodiyot xarajatlarini amalga oshirish usullari ham keng bo'lib, ularni moliyaviy nazoratini ta'minlash uchun xar bir moliyalashtirish usuliga alohida yondoshuv zarur bo'ladi. Iqtisodiyot xarajatlari manbalari ham ijtimoiy soha xarajatlari kabi budjet tizimi budjetlarining barcha manbalarini qamrab oladi;

- markazlashtirilgan investitsiyalarni moliyalashtirish xarajatlari davlat budjeti xarajatlari tarkibida 2018-2022 yillarda keskin o'sgan xarajat yo'nalishi bo'lib, 2022 yilda 2018 yilga nisbatan 5 barobarga o'sgan va 27,7 mlrd so'mni tashkil qilgan. Uning jami xarajatlardagi ulushi 2018 yilda 6,8 foizni tashkil qilgan bo'lsa, 2022 yilga kelib 11,7 foizga yetgan. Ushbu xarajat yo'nalishi bo'yicha ham yuqorida iqtisodiyot xarajatlarini tahlil qilishda aytib o'tilgan ma'lumotlarni keltirishimiz mumkin. Shu bilan birga, markazlashgan investitsiya xarajatlarining davlat moliyaviy nazoratini tashkil qilishdagi o'ziga xosligi sifatida u hisobidan ko'p yillik qurilish loyihalari amalga oshirilishini keltirish mumkin. Bundan tashqari, markazlashgan investitsiya xarajatlarining iqtisodiy o'sishga bevosita ta'sir qiluvchi

infrastrukturani shakllantirishdagi muhim roli borligi uning qonunchiligida ham aks etgan bo'lib, mazkur xarajatlarni nazorat qilishda albatta buning ta'siri mavjud bo'ladi. Shu bilan birga markazlashgan investitsiya xarajatlarni amalga oshirishda davlat xaridlarining ham o'ziga xos murakkabliklari mavjud;

- davlat hokimiуati va boshqaruv organlari, adliуa, prokuratura va sud organlarini saqlash xarajatlari miqdori 2022 yilda 2018 yilga nisbatan 4,1 barobarga ortgan bo'lsa, jami xarajatlardagi ulushi 2018 yildagi 3,8 foizdan 2022 yilda 5,4 foizga yetgan. Mazkur xarajatlar davlat hokimiyati, boshqaruv organlari, adliya, prokuratura va sud organlarini har birini saqlashda alohida tartiblarning qo'llanilishi sababli ularni moliyaviy nazorati va auditini tashkil etishga ham alohida yondoshuv lozim bo'ladi. Shu bilan birga, mazkur xarajat yo'nalishi o'z ichiga xokimiyatning bo'linish prinsipi asosida tashkil etilgan qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatini qamrab olganligi sababli ular faoliyatini moliyalashtirishning davlat moliyaviy nazoratini tashkil etish institutsional va funksional jihatdan o'zaro tiyib turish va manfaatlar muvozanatini ta'minlashni talab qiladi;

- davlat qarzlariga xizmat ko'rsatish va qoplash xarajatlari miqdori 2022 yilda 2018 yilga nisbatan 3,6 barobarga ortgan bo'lsa, jami xarajatlardagi ulushi 2018 yildagi 1,2 foizdan 2022 yilda 1,5 foizga yetgan. Davlat qarziga xizmat ko'rsatish xarajatlarining moliyaviy nazorati va auditi nafaqat qarzni to'lash bilan bog'liq xarajatlarni balki olingan qarz mablag'larini to'g'ri va samarali sarflanishini nazorat qilishni ham nazarda tutadi. Davlat qarzi turli manbalardan turli maqsadlar uchun olingani bois uning qamrovi katta bo'ladi. Shu bilan birga davlat qarzi portfelida kafillik berish kabi qarzni olishning usullari mavjudligi sababli uning moliyaviy nazorati xususiy sektorni ham qamrab olishi mumkin. Bunda, davlat moliyaviy nazoratining dolzarbligi hamda qamrovi yanada ortadi;

- zaxira jamg'armalari mablag'lari miqdori 2022 yilda 2018 yilga nisbatan 3,1 barobarga ortgan bo'lsada, jami xarajatlardagi ulushi 2022 yilda ham 2018 yildagi 0,8 foiz holatida saqlangan. Zaxira jamg'armasi xarajatlarining o'ziga xosligi shundaki, uni amalga oshirishda to'g'ridan-to'g'ri shartnomalar tuzishga ruxsat berilgan. Buning asosiy sababi esa zaxira jamg'armasi zudlik bilan amalga oshirish lozim bo'lgan lekin tegishli budjetlarda nazarda tutilmagan xarajatlarni amalga oshirish uchun mo'ljallangan. Zaxira jamg'armasi xarajatlarini nazorat qilish nafaqat mablag'larni manzilli va maqsadli sarflanishini nazorat qilishni balki mazkur xarajatlarning haqiqatdan ham juda zarur bo'lganligi hamda tegishli budjetlarda nazarda tutilmaganligini tekshirishni ham o'z ichiga olishi bilan murakkabdir;

- boshqa xarajatlar miqdori 2022 yilda 2018 yilga nisbatan 2,2 barobarga ortgan bo'lsa, jami xarajatlardagi ulushi 2018 yildagi 22,3 foizdan 2022 yilda 16,7 foizga tushgan. Boshqa xarajatlar xarajatlarning o'ziga xos turi bo'lganligi va asosan maxfiy shakldagi xarajatlardan tashkil topganligi sababli albatta uning davlat moliyaviy nazoratini amalga oshirish alohida masala hisoblanadi. Boshqa xarajatlar ulushining kamayganligi uning budjet xarajatlaridan kamroq o'sganligini anglatadi. Mazkur xarajatlarni moliyaviy nazoratini tashkil qilish albatta uning maxfiy xarakterga egaligi bilan murakkab hisoblanadi.

2.9-jadvalni tahlil qilish orqali davlat budjeti xarajatlari tarkibining davlat moliyaviy nazorati tizimini tashkil etishga va takomillashtirishga to'g'ridan-to'g'ri ta'siri borligini aniqladik. Shuningdek, xarajatlarning sohaviy yo'nalishlaridan tashqari ularning maqsadi bo'yicha yo'nalishlari yoki xarajat guruhlari bo'yicha bo'linishi moliyaviy nazoratni tashkil

etishda juda muhim hisoblanadi.

Davlat moliyaviy nazoratini tashkil etishda xarajatlar tarkibi ob'ektlarni aniqlash va qamrov masalasida katta ahamiyat kasb etadi. Shu bilan birga, vazirlik va idoralar faoliyatini ta'minlashning asosiy qismlarini ajratib olish asosida guruhdagi xarajatlarni nazorat qilishga sarflanadigan resurslarni hisoblash va shunga ko'ra ishni tashkil qilish lozim bo'ladi.

Bizningcha, davlat moliyaviy nazoratini xarajat guruhlari bo'yicha tashkil etish samarali bo'lishi mumkin. Ayniqsa bugungi kunda ayrim xarajat guruhlarini amalga oshirish axborot tizimlari asosida amalga oshirilayotganligi hisobga olinsa bu yo'nalish istiqbolli yo'nalish hisoblanadi. 2.10-jadval.

Davlat budjeti xarajatlari guruhlarining tarkibi tahlili

(trln so'mda)

2018 yil 2019 yil 2020 yil 2021 yil 2022 yil

№ Xarajat guruhlari

1. Ish haqi va unga tenglashtirilgan to'lovlar 26,2 38,0 46,1 57,7 77

Jami xarajatlardagi ulushi (%) 32,8 32,2 32,0 30,7 32,5

2. Ijtimoiy soliq (ish haqidan ajratma) 5,5 8,1 9,6 11,6 14,4

Jami xarajatlardagi ulushi (%) 6,8 6,9 6,7 6,2 6,1

3. Kapital qo'yilmalar 5,4 14,8 14,4 17,5 14,0

Jami xarajatlardagi ulushi (%) 6,8 12,5 10,0 9,3 5,9

4. Boshqa xarajatlar 42,7 57,1 74,0 101,4 131,2

Jami xarajatlardagi ulushi (%) 53,6 48,4 51,4 53,9 55,5

Jami xarajatlar 79,7 118,0 144,1 188,1 236,6

Manba: Iqtisodiyot va moliya vazirligi ma'lumotlari asosida muallif hisob-kitobi

2.10-jadvalda davlat budjeti xarajatlari guruhining tarkibi keltirilgan bo'lib, bizningcha ushbu xarajatlar guruhlariga davlat moliyaviy nazorati tizimini tashkil etish va rivojlantirishda alohida e'tibor qaratilishi lozim. Chunki, 2.10-jadvalda keltirilgan xarajatlarning maqsadiga ko'ra yo'nalishlari moliyaviy nazorat tizimini tashkil etishning mexanizmlari hamda natijalariga bevosita ta'sir qilmasdan qolmaydi.

Fikrimizcha, 2.10-jadval ma'lumotlaridan quyidagi xulosalarni ajratib ko'rsatish mumkin:

1. Ish haqi va unga tenglashtirilgan to'lovlar miqdori 2022 yilda 2018 yilga nisbatan 3 barobarga o'sgan bo'lsada, uning jami xarajatlardagi ulushi deyarli o'zgarishsiz qolgan. Buning asosiy sababi ish haqi xarajatlarining budjet xarajatlari bilan hamoxang o'sganligidir. Ish haqi va unga tenglashtirilgan to'lovlar bo'yicha davlat moliyaviy nazoratini tashkil qilish ko'p vaqt va resurs talab qiladigan jarayon hisoblanadi. Chunki ish xaqini rejalashtirish va to'lovini amalga oshirish xar bir vazirlik va idoralar bo'yicha ularning faoliyatidan kelib chiqib turlicha bo'lib, bir tizimda bir nechta turdagi ish haqi tizimlari amal qilishi mumkin. Masalan, ta'lim vazirligida ta'lim jarayonini tashkil etish bilan bog'liq ravishda o'qituvchi-pedagoglar ish haqini hisoblashning maxsus tartibi bo'lishi bilan birgalikda boshqaruv tuzilmalarida faoliyat yurituvchi hodimlarning ish haqlarini hisoblanishi

o'qituvchi-pedagoglar ish haqi tizimlaridan farq qiladi. Shuning uchun ham oylik ish haqi va unga tenglashtirilgan to'lovlar bo'yicha moliyaviy nazorat va auditni yo'lga qo'yish individual yondoshuvlarni talab qiladi;

2. 2.10-jadvalda keltirilgan xarajatlar guruhlari tarkibida ijtimoiy soliq (ish haqidan ajratma) kategoriyasi eng sodda yo'nalish hisoblanadi. Uning nazorati bevosita hisoblangan ish haqiga bog'liq bo'lib ish haqining to'g'ri hisoblanganligi to'g'ridan-to'g'ri ijtimoiy soliqning ham to'g'ri hisoblanishini ta'minlaydi. Shuning uchun ham bu yo'nalishda davlat moliyaviy nazoratini tashkil etishga alohida e'tibor qaratilmaydi;

3. Kapital qo'yilma xarajatlari 2018 yilda 5,4 trln so'mni, uning jami xarajatlardagi ulushi 6,8 foizni tashkil qilgan bo'lsa, 2022 yilga kelib xarajat miqdori 2018 yilga nisbatan 2,6 barobarga ortib 14 trln so'mga yetgan bo'lsada, jami xarajatlardagi ulushi 5,9 foizgacha tushgan.

Ta'kidlash lozimki, kapital qo'yilma xarajatlari 2019 yilda 2018 yilga nisbatan keskin o'sgan bo'lib, miqdori 14,8 trln so'mni, jami xarajatlardagi ulushi 12,5 foizni tashkil qilgan. Mazkur tendensiya

2020 va 2021 yilda ham saqlanib qolgan bo'lib, 2020 yilda miqdori 14,4 trln so'mni, jami xarajatlardagi ulushi 10,0 foizni tashkil qilgan bo'lsa, 2021 yilda xarajat miqdori 17,5 trln so'mni, jami xarajatlardagi ulushi esa 9,3 foizgacha tushgan.

Kapital qo'yilmalar xarajatlarining nobarqaror o'zgarishiga asosiy sabab sifatida aholiga qulay tibbiyot va ta'lim xizmatlarini ko'rsatish uchun qurilishlarning ortganini keltirishimiz mumkin. Kapital qo'yilmalarning bir necha yillik loyihalar shaklida bo'lishi va ulardan kutiladigan natijalar iqtisodiy o'sishga xizmat qilganligi bilan uni moliyaviy nazoratini amalga oshirishda ham maxsus hollar mavjud bo'ladi;

4. Boshqa xarajatlar yo'nalishi muassasani saqlash xarajatlarini o'z ichiga olishi bilan davlat moliyaviy nazoratini tashkil etishda alohida yondoshuvni talab qiladi.

Boshqa xarajatlarga 2018 yilda 42,7 trln so'm yoki umumiy budjet xarajatlarining 53,6 foizi yo'naltirilgan bo'lsa, 2022 yilda amalga oshirilgan xarajatlar miqdori 2018 yilga nisbatan 3 barobarga o'sib, 131,2 trln so'mga yetgan va uning umumiy xarajatlardagi ulushi 55,5 foizni tashkil qilgan.

O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligidan 2016 yil 22 dekabrda 2850-son bilan ro'yxatdan o'tgan «O'zbekiston Respublikasi budjet tizimi budjetlarining g'azna ijrosi qoidalari»da boshqa xarajatlarni amalga oshirilish ketma-ketligi quyidagicha belgilangan:

oziq-ovqat va dori-darmon;

kommunal xizmatlar;

yonilg'i va yoqilg'i-moylash materiallari;

boshqa xarajatlar.

Mazkur ketma-ketlik boshqa xarajatlarni muhimligi jihatidan tarkibiy qismlarga ajratishni nazarda tutadi. Boshqa xarajatlar tarkibining kengligi uni moliyaviy nazoratini tashkil etishning murakkabligini keltirib chiqaradi.

Tahlillar natijalaridan kelib chiqib, quyidagi xulosalarni sanab o'tish mumkin:

1. Davlat moliyaviy nazorati tizimi funksional va institutsional jihatidan budjet tizimi budjetlari daromadlari va xarajatlarini qamrab oladi. Qonunchilikka asosan budjet tizimi budjetlari tarkibiga davlat budjeti, davlat maqsadli jamg'armalari budjeti hamda budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari jamg'armalari kiritilgan;

2. Yalpi ichki mahsulot 2022 yilda 2018 yilga nisbatan 2 barobarga o'sgan bo'lib, bu mos davrga budjet tizimi budjetlari daromadlarini 2,1 barobarga, xarajatlarini esa 2,4 barobarga o'sishiga imkoniyat yaratgan;

3. Budjet tizimi budjetlari xarajatlarining yalpi ichki maxsulotga nisbatan ulushi o'sib bormoqda. Boshqacha qilib aytganda budjet tizimi budjetalri xarajatlari 2022 yilda 2018 yilga nisbatan 2,5 barobarga yoki 182,5 trln so'mga ortgan;

4. Davlat budjeti xarajatlari tarkibidagi ijtimoiy soha xarajatlari miqdor va ulush jihatidan eng katta salmoqqa ega;

5. Iqtisodiyot xarajatlari miqdori 2022 yilda 2018 yilga nisbatan 3,8 barobarga o'sgan bo'lsa, uning jami xarajatlardagi ulushi 2018 yildagi 10,6 foizdan 2022 yilga kelib 13,7 foizga yetgan;

6. Markazlashtirilgan investitsiyalarni moliyalashtirish xarajatlari davlat budjeti xarajatlari tarkibida 2018-2022 yillarda keskin o'sishga erishilgan xarajat yo'nalishi bo'lib, 2022 yilda 2018 yilga nisbatan 5 barobarga o'sgan;

7. Davlat qarzlariga xizmat ko'rsatish va qoplash xarajatlari miqdori 2022 yilda 2018 yilga nisbatan 3,6 barobarga ortgan bo'lsa, jami xarajatlardagi ulushi 2018 yildagi 1,2 foizdan 2022 yilda 1,5 foizga yetgan. Davlat qarziga xizmat ko'rsatish xarajatlari moliyaviy nazorati va auditi nafaqat qarzni to'lash bilan bog'liq xarajatlarni balki olingan qarz mablag'larini to'g'ri va samarali sarflanishini nazorat qilishni ham nazarda tutadi;

8. Budjet tizimi budjetlari miqdor jihatidan ham yalpi ichki mahsulotdagi ulushi jihatidan ham ortib bormoqda va bu taqchillik yuzaga kelayotgan sharoitda davom etmoqda. Bunday sharoitda davlat moliyaviy nazorati tizimining nafaqat qonunchilikka muvofiqlik balki samaradorlikni baholash funksiyasidan keng foydalanish lozim bo'ladi.

Umumiy davlat moliyaviy nazorati tizimini baholash amaliyoti mavjud bo'lmasada xalqaro tajribada ichki va tashqi audit faoliyatini baholash yo'lga qo'yilgan. Bunda asosiy muammo moliyaviy inspeksiya funkitsiyasini baholash mezonlarining mavjud emasligidir;

Davlat xarajatlari va moliyaviy hisobdorlik (PEFA) dasturida tomonidan 2018 yil yakunlari bilan O'zbekistonning ichki va tashqi audit tuzilmalari faoliyati baholangan va xalqaro ilg'or tajribalarga moslik darajasi past deb belgilangan;

Tashqi audit vazifasini bajaruvchi Hisob palatasi va ichki audit xizmatlari shtatlar soni o'sib borgan. Mazkur o'sish ularga yangi vazifalarning yuklatilishi bilan bog'liqdir;

Davlat moliyaviy nazorati tizimi funksional va institutsional jihatidan budjet tizimi budjetlari xarajatlarini qamrab oladi. Qonunchilikka asosan budjet tizimi budjetlari tarkibiga davlat budjeti, davlat maqsadli jamg'armalari budjeti hamda budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari jamg'armalari kiritilgan. Mazkur mablag'lar ortib bormoqda va mos ravishda moliyaviy xato va kamchiliklar miqdorining ortishi ehtimoli mavjudligi regression tahlilda o'z tasdig'ini topdi;

Yalpi ichki mahsulot 2022 yilda 2018 yilga nisbatan 2 barobarga o'sgan bo'lib, bu mos davrga budjet tizimi budjetlari daromadlarini 2,1 barobarga, xarajatlarini esa 2,4 barobarga o'sishiga imkoniyat yaratgan;

Davlat budjeti xarajatlari tarkibidagi ijtimoiy soha xarajatlari miqdor va ulush jihatidan eng katta salmoqqa ega bo'lgan bo'lsa, Iqtisodiyot xarajatlari miqdori 2022 yilda 2018 yilga nisbatan 3,8 barobarga o'sgan bo'lsa, uning jami xarajatlardagi ulushi 2018 yildagi 10,6

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION AND INNOVATION SJIF = 5.281

foizdan 2022 yilga kelib 13,7 foizga yetgan;

Budjet tizimi budjetlari miqdor jihatidan ham yalpi ichki mahsulotdagi ulushi jihatidan ham ortib bormoqda va bu taqchillik yuzaga kelayotgan sharoitda davom etmoqda. Bunday sharoitda davlat moliyaviy nazorati tizimining nafaqat qonunchilikka muvofiqlik balki samaradorlikni baholash funksiyasidan keng foydalanish lozim bo'ladi;

Budjet tizimi budjetlari ijrosi bo'yicha tahlillarimizdan ma'lum bo'ldiki, budjet taqchilligi ortib borayotganligi davlat moliyaviy nazorati tizimida asosiy e'tiborni iqtisodiy tejamkorlik ham xarajatlar samaradorligi va natijadorligiga qaratish lozim bo'ladi. O'z navbatida budjet taqchilligining mavjudligi davlat qarzining ortishiga sabab bo'lishi tabiiy. Davlat qarzining ortishi esa oltin valyuta zahiralari kabi juda muhim iqtisodiy manbalarga ta'sir qilish bilan o'ziga hos murakkabliklarga ega;

Bizningcha, samarali davlat moliyaviy nazorati tizimini yo'lga qo'yilishi orqali aniqlangan hamda oldi olingan moliyaviy xato va kamchiliklar miqdori kamayib borishi hamda nazorat (audit) tadbirlar asosan natijadorlik va samaradorlikni baholashga qaratilgan bo'lishi lozim. Buning uchun esa davlat moliyaviy nazorati tizimida funksional va tashkiliy islohotlarni amalga oshirish lozim..

И Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:

1. Маматов, Б., & Маматова, С. (2023). ИКТИСОДИЁТДАГИ ДАВЛАТ ИШТИРОКИНИ

;ис;артириш ва хусусийлаштириш тенденцияси х,олати тах,лили. the

INNOVATION ECONOMY, 1(02), 20-28.

2 Элмирзаев, С., & Маматов, Б. (2023). АКЦИЯЛАРНИ ОММАВИЙ ЖОЙЛАШТИРИШ АМАЛИЁТЛАРИНИ САМАРАЛИ ТАШКИЛ ЭТИШ МАСАЛАЛАРИ. Iqtisodiyot va ta'lim, 24(3), 283-288.

3. Mamatov, B. (2022). УЗБЕКИСТОН ИКТИСОДИЁТИГА ТУГРИДАН-ТУГРИ ХОРИЖИЙ ИНВЕСТИЦИЯ ВА ХОРИЖИЙ КРЕДИТЛАР ЖАЛБ КИЛИШ САМАРАЖОРЛИГИ ТАХ,ЛИЛИ. Science and innovation, 1(A8), 170-175.

4. Маматов, Б. Ш. У. (2022). ТИЖОРАТ БАНКЛАРИ УСТАВ КАПИТАЛИДАГИ ДАВЛАТ УЛУШИНИНГ ИНВЕСТИЦИОН ЖОЗИБАДОРЛИККА ТАЪСИРИ. Инновацион технологиялар, 1(4 (48)), 109-112.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.