Научная статья на тему 'DAVLAT MOLIYAVIY NAZORATIDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISHNI KENGAYTIRISH MASALALARI'

DAVLAT MOLIYAVIY NAZORATIDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISHNI KENGAYTIRISH MASALALARI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
218
72
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
moliyaviy nazorat / davlat moliyaviy nazorati / davlat budjeti / davlat budjeti xarajatlari / masofaviy nazorat / moliyaviy xato va kamchiliklar / raqamli texnologiyalar / financial control / state financial control / state budget / state budget expenditures / remote control / financial errors and shortcomings / digital technologies.

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Jaxbarov, Jamshidbek

Mazkur maqolada davlat moliyaviy nazorati tizimi, uning Davlat budjeti ijrosi, Davlat budjeti xarajatlarining samaradorligini oshirishdagi o‘rni hamda budjet qonunchiligi buzilishining profilaktikasini kuchaytirish va masofaviy moliyaviy nazoratni kengaytirish, shuningdek davlat moliyaviy nazorati organlari faoliyatini takomillashtirish yo‘nalishlari yoritilgan. Davlat moliyaviy nazoratini mamlakatimizdagi holati tahlil va raqamli texnologiyalardan keng foydalangan holda davlat moliyaviy nazoratini tashkil etish bo‘yicha ilmiy va amaliy xulosa va takliflar berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ISSUES OF EXPANDING THE USE OF INFORMATION TECHNOLOGIES IN PUBLIC FINANCIAL CONTROL

This article describes the state financial control system, its role in the implementation of the state budget, increasing the efficiency of state budget expenditures, strengthening the prevention of violations of budget legislation and expanding remote financial control, as well as the directions for improving the activities of state financial control bodies. Analysis of the state of state financial control in our country and scientific and practical conclusions and suggestions on the organization of state financial control with extensive use of digital technologies are given.

Текст научной работы на тему «DAVLAT MOLIYAVIY NAZORATIDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISHNI KENGAYTIRISH MASALALARI»

International journal of theoretical and practical research

Scientific Journal

Volume: 3 28.02.2023

Year: 2023 Issue: 2 Published: http://alferganus.uz

Citation :

Jaxbarov J.T. (2023). Issues of expanding the use of information technologies in public financial control. SJ International journal of theoretical and practical research, 3 (02), 73-80.

Jaxbarov J.T. (2023). Davlat moliyaviy nazoratida axborot texnologiyalaridan foydalanishni kengaytirish masalalari.

Nazariy va amaliy tadqiqotlar xalqaro jurnali, 3 (02), 73-80

Doi:

https://dx.doi.org/10.5281/zenodo.7766820

QR-Article

HSSiH

Jaxbarov, Jamshidbek Tilavoldi o'g'li

Student of the Academy of Banking and Finance, Tashkent. E-mail:

jamshid.jaxbarov@,gmail. com

UDC 336.71:004

ISSUES OF EXPANDING THE USE OF INFORMATION TECHNOLOGIES IN

PUBLIC FINANCIAL CONTROL

Abstract: This article describes the state financial control system, its role in the implementation of the state budget, increasing the efficiency of state budget expenditures, strengthening the prevention of violations of budget legislation and expanding remote financial control, as well as the directions for improving the activities of state financial control bodies. Analysis of the state of state financial control in our country and scientific and practical conclusions and suggestions on the organization of state financial control with extensive use of digital technologies are given.

Key words: financial control, state financial control, state budget, state budget expenditures, remote control, financial errors and shortcomings, digital technologies.

Jaxbarov Jamshidbek Tilavoldi o'g'li

Bank-moliya akademiyasi tinglovchisi,

Toshkentsh.

E-mail: j amshid.j axbarov@gmail. com

DAVLAT MOLIYAVIY NAZORATIDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISHNI KENGAYTIRISH

MASALALARI

cc

®

73

Annotatsiya: Mazkur maqolada davlat moliyaviy nazorati tizimi, uning Davlat budjeti ijrosi, Davlat budjeti xarajatlarining samaradorligini oshirishdagi o 'rni hamda budjet qonunchiligi buzilishiningprofilaktikasini kuchaytirish va masofaviy moliyaviy nazoratni kengaytirish, shuningdek davlat moliyaviy nazorati organlari faoliyatini takomillashtirish yo 'nalishlariyoritilgan. Davlat moliyaviy nazoratini mamlakatimizdagi holati tahlil va raqamli texnologiyalardan keng foydalangan holda davlat moliyaviy nazoratini tashkil etish bo 'yicha ilmiy va amaliy xulosa va takliflar berilgan. Kalit so'zlar: moliyaviy nazorat, davlat moliyaviy nazorati, davlat budjeti, davlat budjeti xarajatlari, masofaviy nazorat, moliyaviy xato va kamchiliklar, raqamli texnologiyalar.

ВОПРОСЫ РАСШИРЕНИЯ ПРИМЕНЕНИЯ ИНФОРМАЦИОННЫХ ТЕХНОЛОГИЙ В ГОСУДАРСТВЕННОМ ФИНАНСОВОМ КОНТРОЛЕ

Аннотация: В данной статье описывается система государственного финансового контроля, ее роль в исполнении государственного бюджета, повышении эффективности расходов государственного бюджета, усилении профилактики нарушений бюджетного законодательства и расширении дистанционного финансового контроля, а также направления совершенствования деятельность органов государственного финансового контроля. Дан анализ состояния государственного финансового контроля в нашей стране и приведены научно-практические выводы и предложения по организации государственного финансового контроля с широким использованием цифровых технологий. Ключевые слова: финансовый контроль, государственный финансовый контроль, государственный бюджет, расходы государственного бюджета, дистанционное управление, финансовые ошибки и недостатки, цифровые технологии.

Barchamizga ma'lum, islohotlar va yangilanishlar o'z-o'zicha amaliyotga tatbiq qilinganda oxirgi ya'ni yakuniy samara kutilganidek bo'lmasligi yoki kutilgan natijaga keyinroq erishish mumkin bo'ladi. Shuning uchun, yangi iqtisodiy tizim va munosabatlarning qaror topishida barcha tarmoqlar kerakli darajada xukumat tomonidan qo'llab-quvvatlab boriladi, bu olib borilayotgan islohotlarning samarali bo'lishini kafolatlaydi.

Mamlakatimizda iqtisodiy islohotlar va yangilanishlarni bosqichma-bosqich asta-sekinlik bilan amalga oshirish va bu jarayonda davlatning bosh islohotchi vazifasini bajarishi mamlakatimizning bozor iqtisodiyotiga o'tishida o'ziga xos turtki bo'lib hisoblanadi. Bu jarayon investitsiyalarni jalb qilish va ularni boshqarishni tartibga solish borasida ko'plab yangi va mamlakatimiz iqtisodiyoti uchun muhim qarorlar qabul qilishni

Жахбаров Жамшидбек Тилаволди ртли

Слушатель Банковско-финансовой академии,

г. Ташкент

E-mail: jamshid.jaxbarov@gmail.com

Kirish

© ®

talab kiladi.

Ya'ni, mamlkatimizda amalga oshiralayotgan iqtisodiy islohotlarni jadallashtirish va yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish va ularni amalga oshirishlishi ustidan davlat moliyaviy nazoratini yo'lga qo'yilishi tom ma'noda haqiqiy natijasini berishi shubhasizdir. Sababi, hurmatli prezidentimiz tomonidan Yangi O'zbekistonning yangi kelajagini qurishdagi say-harakatlari o'z-o'zidan yangi-yangi marralarni va yangi innovatsion loyihalarni amalga oshirishni taqozo etadi.

Shu o'rinda davlat budjetining daromadlar va xarajatlar qismini optimallashtirish budjetdan sarflanadigan xar bir mablag'ning to'g'ri va oqilona ishlatilishini yo'lga qo'yish va uning nazortini amalga oshirish bugungi kunda iqtisodchilarni oldida to'rgan dolzarb masalalardan bir hisoblanadi.

Adabiyotlar sharhi

Mavzuga oid adabiyotlarni tahlil etish jarayonida davlat moliyaviy nazorati tizimini takomillashtirish yo'llari yuzasidan bir qancha yetakchi iqtisodchi olim va mutaxassislar tomonidan ilmiy izlanishlar olib borilganligiga guvoh bo'ldik, ular quyidagilardan iborat. Ulardan S.O.Shoxin, L.H.Voronina moliyaviy nazoratni tashkilotlarning moliyaviy-xo'jalik faoliyatini nazorat qilish vakolatiga ega bo'lgan davlat va jamoat organlari tizimi sifatida belgilaydi, ularning faoliyati iqtisodiy samaradorligini baholash, iqtisodiy va moliyaviy operatsiyalarning qonuniyligi va maqsadga muvoqikligini aniqlash va davlat budjetiga daromad olishning o'z vaqtida va to'liqligi. Nazorat, o'z navbatida, qonunlarni ustivorligini ta'minlash maqsadida, doimiy ravishda amalga oshiriladi. Shunday qilib, moliyaviy nazoratni nazorat qilish orqali talqin qilishda nazorat maqsadi buziladi [1].

Boshqa mualliflar, masalan, Y.M.Voronin, moliyaviy nazoratni faqat qonuniylikni belgilash jarayoni sifatida emas, balki boshqaruv obyektining samaradorligi va natijadorligini baholash jarayoni sifatida ham ko'rishadi [2].

A.N.Kozyrinning fikricha, moliyaviy nazorat - bu "... maxsus shakl va usullardan foydalangan holda amalga oshiriladigan davlat organlarining faoliyati, shuningdek, ayrim xollarda moliyaviy operatsiyalarning qonuniyligi va ishonchliligini belgilash vakolatiga ega bo'lgan nodavlat organlarining faoliyati, moliya-xo'jalik faoliyatining iqtisodiy samaradorligini obyektiv baholash, uni oshirish uchun zaxiralarni aniqlash, budjet rentabelligini oshirish va mulkni davlat "qo'lida" saqlashdir" deb izohlagan [3].

Boshqa bir muallif N.I.Ximicheva tomonidan esa moliyaviy nazoratni ".. davlat, munitsipal va boshqa pul mablag'larini (moliyaviy resurslarni) shakllantirish, taqsimlash va ulardan foydalanish sohasidagi harakatlarning qonuniyligi va maqsadga muvofiqligiga rioya qilish" deb ta'riflaydi [4].

Matveeva Elena Evgenievna tomonidan "Horzirgi vaqtda davlat moliyaviy nazorati sohasida ushbu sohani rivojlantirish istiqbollarini tavsiflovchi ko'plab tadqiqotlar mavjud. Bugungi kunda normativ-huquqiy bazaga ko'ra, viloyatlar va tumanlar davlat hokimiyati organlari tuzilmasida ichki moliyaviy nazorat funksiyalari yuklatiladigan alohida bo'linma nazarda tutilmagan. Bu muammolar mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining moliyaviy nazorat samaradorligi va samaradorligini oshirishdan manfaatdor emasligi, shuningdek, ushbu sohani rivojlantirishning sustkashligi bilan

75

kuchaydi. Agar tashqi va ichki nazorat o'z vaqtida va xolisona, aniq tartibga solingan va natijaga yo'naltirilgan bo'lsa, davlat moliyaviy nazoratining samaradorligi ta'minlanishi mumkin, bu esa muayyan vazifalarning bajarilishini va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish maqsadlariga erishishni ta'minlaydi" deb takidlangan[5].

Tadqiqot metodologiyasi

O'zbekiston davlat moliyaviy nazorati tizimidagi islohotlar: hozirgi holati va takomillashtirish yo'llari bo'yicha dunyo olimlari va iqtisodchilari tomonidan olib borilayotgan tadqiqotlarni o'rganish, ma'lumotlar to'plash, to'plangan ma'lumotlarni tahlil qilish, sintezlash, mantiqiy fikrlash kabi iqtisodiy tadqiqot usullaridan keng foydalanildi.

Tahlil va natijalar muhokamasi

Bugungi kunda iqtisodiy islohotlarni va moliya siyosatini amalga oshirish uchuy moliyaviy munosabatlarni boshqarishning vositasi hisoblanadigan samarali davlat moliyaviy nazorat tizimini tubdan takomillashtirishni talab etadi. Ushbu moliyaviy munosabatlarni yaxshilash uchun hukumatimiz tomonidan bir qator iqtisodiy islohotlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, davlat moliyaviy nazoratida axborot texnologiyalaridan foydalanishni kengaytirish maqsadida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 14-fevral kungi "O'zbekiston Respublikasi Davlat budjeti xarajatlarining samaradorligini yanada oshirish va davlat moliyaviy nazorati organlari faoliyatini takomillashtirish to'g'risida" gi PQ-128-son Qarori15 qabul qilindi. Qaror bilan qo'shimcha yuklatilgan vazifalar ijrosini ta'minlash maqsadida "UzASBO" dasturiy ta'minoti va boshqa dasturlardan keng foydalangan holda budjet mablag'larining maqsadli sarflanishi yuzasidan budjet tashkilotlarida monitoring va profilaktika hamda kameral nazorat tadbirlarini keng tadbiq etilmoqda.

Davlat moliyaviy nazorati organlar faoliyati samaradorligini oshirish budjet jarayonining shaffofligini oshirish hamda turli ma'lumotlar bazalardan foydalanish talab etiladi. Davlat moliyaviy nazorati organlari tomonidan masofaviy nazorat va tahliliy faoliyatni amalga oshirish uchun zarur bo'lgan ma'lumotlar bazasi hajm va tarkib jihatidan juda kengligi sababli zamonaviy axborot texnologiyalari va maxsus avtomatlashtirilgan dasturiy maxsulotlar vositalarini keng qo'llashni joriy etishni taqozo etadi.

Yuqoridagilarni inobatga olib, Moliya vazirligi tomonidan "Budjet mablag'laridan maqsadli foydalanish yuzasidan kameral nazorat" dasturiy ta'minoti ishlab chiqilib, amaliyotda foydalanilmoqda.

Shuningdek, Moliya vazirligida ishchi guruh tomonidan "Davlat moliyaviy nazorati to'g'risida" gi qonun loyihasi ishlab chiqilib, belgilangan tartibda Vazirlar Maxkamasiga kiritilgan. Lekin, bu qonun loyihasini boshqa mamlakatlar tajribasidan kelib chiqib qayta ko'rib chiqilmoqda. Bunda davlat moliyaviy nazoratini amalga

15 O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "O'zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti xarajatlarining samaradorligini yanada oshirish va davlat moliyaviy nazorati organlari faoliyatini takomillashtirish to'g'risida" gi PQ-128-son Qarori. 2022 yil 14 fevral/ https://lex.uz/uz/docs/5858712

CC

®

76

oshirishda asosiy e'tibor profilaktika ishlariga qaratilishi hamda vazirlik va idoralarda ichki audit xizmatlarini tashkil etilishi nazarda tutilmoqda.

Shuningdek, ilg'or xalqaro tajribada davlat moliyaviy nazorati to'g'risidagi qonunlarda vazirlik va idoralarning ichki audit xizmatlari faoliyati qamrab olinganligi sababli ishlab chiqilishi rejalashtirilgan "Davlat moliyaviy nazorati to'g'risida" gi va "Davlat ichki nazorati va ichki auditi to'g'risida"gi qonunlar loyihalarini birlashtirgan holda "Davlat moliyaviy nazorati to'g'risida" gi qonun loyihasini ishlab chiqish rej alashtirilmoqda.

Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi Farg'ona viloyat boshqarmasi tomonidan 2022-yilda budjet intizomiga rioya etilishi va budjet mablag'larning maqsadli foydalanilishi yuzasidan 749 ta nazorat tadbirlarida 70,1 mlrd, so'm miqdorida budjet intizomini buzish, pul va tovar-moddiy boyliklar kamomadi va asossiz xarajatlar aniqlanib, shundan 23,8 mlrd. so'mni budjetga tiklanishi ta'minlandi.

TASHKILOTLAR VA IDORALAR BO'YICHA QONUNBUZILISH HOLATLARI VA BOSHQA XATO-KAMCHILIKLAR

1-rasm. Vazirliklar va idoralar bo'yicha qonunbuzilish holatlari va boshqa xato-kamchiliklar (Farg'ona viloyati bo'yicha) mlrd. so'mda16

Yuqoridagi rasmdan ko'rishimiz mumkinki, 2021-2022 yillarda vazirliklar va idoralar bo'yicha qonunbuzilish holatlari va boshqa xato-kamchiliklar sezilarli darjada o'sgan. Yani 1,86 martaga oshgan. Bu esa o'z-o'zidan davlat moliyaviy nazoratini amalga oshirishda bir qator jiddiy islohotlarni amalga oshirish kerakligini ko'rsatmoqda. Shuningdek, ushbu qonunbuzulishlarini sohalar kesimida tahlil qiladigan bo'lsak, quydagilarni ko'rishimiz mumkin.

16 Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi Farg'ona viloyat boshqarmasi ma'lumotlari asosida muallif tomonida tayyorlandi.

© ©

77

VAZIRLIKLAR VA IDORALAR BO'YICHA QONUNBUZILISH HOLATLARI VA BOSHQA XATO-KAMCHILIKLAR SOHALAR KESIMIDAGI DINAMIKASI

□ 2021-yil D2022-yil

23,9

10,1

2-rasm. Vazirliklar va idoralar bo'yicha qonunbuzilish holatlari va boshqa xato-kamchiliklar sohalar kesimidagi dinamikasi mlrd. so'mda

(Farg'ona viloyati bo'yicha)17

Yuqoridagi rasmdan vazirlik va idoralar bo'yicha qonunbuzilish holatlari va boshqa xato-kamchiliklar sohalar kesimidagi tahlilini ko'rishimiz mumkin.

Jumladan, Uy-joy kommunal xizmat ko'rsatish vazirligi tizimida o'tkazilgan 30 ta nazorat tadbirlarining 24 tasida 23,9 mlrd. so'm miqdorida qonunbuzilish holatlari aniqlanib, 2021-yilga (2,7 mlrd. so'm) nisbatan 8,9 martaga oshgan. Yagona buyurtmachi xizmati injiniring kompaniyalarida o'tkazilgan 79 ta nazorat tadbirlarining 70 tasida 10,1 mlrd. so'm miqdorida qonunbuzilish holatlari aniqlanib, 2021-yilga (7,7 mlrd.so'm) nisbatan 1,3 martaga oshgan. Hokimiyatlar tizimida o'tkazilgan 89 ta nazorat tadbirlarining 43 tasida 5,3 mlrd.so'm 2021-yilga (1,5 mlrd. so'm) nisbatan 3,5 martaga oshgan. Maktabgacha ta'lim vazirligi tizimida o'tkazilgan 58 ta nazorat tadbirlarining 41 tasida 4,5 mlrd. so'm miqdorida qonunbuzilish holatlari aniqlanib, 2021-yilga (4,3 mlrd.so'm) nisbatan o'zgarmagan. Turizm va sport vazirligi tizimida o'tkazilgan 13 ta nazorat tadbirlarining 9 tasida 4,4 mlrd. so'm miqdorida qonunbuzilish holatlari aniqlanib, 2021-yilga (1,0 mlrd. so'm) nisbatan 4,4 martaga oshgan. Shuningdek, Moliya vazirligi (4,3 mlrd. so'm), Obodonlashtirish boshqarmalari (4,2 mlrd. so'm), Xalq ta'limi vazirligi (2,8 mlrd. so'm), Sog'liqni saqlash vazirligi (2,4 mlrd. so'm) hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (1,1 mlrd. so'm) tizimidagi budjet tashkilotlarida ham yirik miqdorda moliyaviy qonunbuzilish holatlari aniqlangan.

Xulosa va takliflar

Davlat moliyaviy nazoratining asosiy maqsadi ishlab chiqarishning barcha sohalarida moliyaviy resurslarni boshqarish amaliyotining davlat moliyaviy siyosatining

17 Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi Farg'ona viloyat boshqarmasi ma'lumotlari asosida muallif tomonida tayyorlandi.

CC

®

78

INTERNATIONAL JOURNAL OF THEORETICAL AND PRACTICAL

ISSN 2181-2357

T. 3 №2 2023

RESEARCH!__.

ISJIF 2023:5.971

vazifalariga muvofiqligini aniqlashdan iborat.

Davlat moliyaviy nazoratining eng muhim vazifasi davlat organlari va jamiyatni davlat mablag'larini shakllantirish va ulardan foydalanish bo'yicha keng qamrovli va ishonchli axborot bilan ta'minlashdan iboratdir. Bu esa o'z navabatida mamlakatimizni ham iqtisodiy ham ijtimoiy tomondan rivojlanishiga yordam beradi.

Shunday ekan, o'tkazilayotgan davlat moliyaviy nazorati tadbirlari natajalari Hisob palatasi, Moliya vazirligi, vazirlik va idoralarning ichki audit xizmatlari birinchi navbatda quyidagi yo'nalishlarda budjet qonunchiligi buzilishining profilaktikasiga alohida e'tibor qaratishlarini taqazo etadi:

■ budjet tashkilotlarida ish haqi va unga tenglashtirilgan to'lovlarning to'g'ri hisoblanishi;

■ ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturiga kiritilgan ob'ektlarda amalga oshirilayotgan qurilish ishlarini monitoring qilish va ularda nazorat tadbirlarini o'tkazish;

■ budjet tizimi budjetlaridan to'lanayotgan subsidiyalarning manzilliligini va samaradorligini baholash;

■ davlat xaridlarida qonunchilik hujjatlarida belgilangan talablarga rioya etilishini nazorat qilish;

■ davlat qarzi va grantlar hisobiga amalga oshirilayotgan loyihalarning natijadorligini o'rganish.

Shu maqsadda quyidagilarga alohida e'tibor qaratish lozim bo'ladi:

■ budjet tashkilotlarida budjet mablag'lari boshqarilishi va budjet hisobi yuritilishini maxsus avtomatlashtirilgan dasturiy mahsulotlar vositasida doimiy monitoring qilish;

■ masofaviy nazoratni keng ko'lamda qo'llash, zamonaviy axborot texnologiyalari va ma'lumotlar bazasi vositasida tekshirish ob'ektlari va maqsadlarini aniqlash yo'li bilan kam samarali taftishlarni qisqartirish bilan bir vaqtda budjet tashkilotlarini tekshirish samaradorligini oshirish.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

Davlat moliyaviy nazorati organlariga vazirlik va idoralar bilan real vaqt rejimida axborot almashinuvi orqali budjet qonunchiligini buzish xavfini tahlil qilish maqsadida Moliya vazirligining moliyaviy nazorat ma'lumotlari bazasini ishga tushirish, davlat moliyaviy nazorati obyektining muayyan davr uchun ayrim masalalar bo'yicha faoliyatini nazorat qilish (mavzuli nazorat) modulini yaratish Davlat moliyaviy nazorati samaradorligini oshirishini ta'minlaydi.

Reference:

1. Козырин A. ^ Финансовый контроль // Финансовое право / под ред. проф. О. Н. Горбуновой. — М.: Юристъ, 1996. — С.48.

2. Химичева Н. И. Финансовое право: учебник / отв. ред. — Ф59 5"е изд., перераб. и доп. — М. : Норма : ИНФРА"М, 2012. — С.129

3. Шохин С.О., Воронина Л. Н. Бюджетно-финансовый контроль и аудит. Теория и практика применения в России: научно-методическое пособие. М.: финансы и статистика, 1997.

© ©

79

4. Воронин Ю. М. Государственный финансовый контроль. М.: финансовый контроль, 2005.

5. Матвеева, Е. Е. (2020). Совершенствование системы государственного финансового контроля. Экономический журнал, (2 (58)), 38-46.

6. www.mf.uz - О^ЬеЫБ1ап КеБриЬНкаБ! МоНуа vazirligining гаБш1у БаЫГаБЬ

7. www.lex.uz - O'zbekiston Respublikasi qonunchilik ma'lumotlari МПНу bazasi

сс

®

80

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.