Научная статья на тему 'DAVLAT BOSHQARUVIDA DAVLAT XIZMATIDAGI RAHBAR KADRLAR FAOLIYATINING TAKOMILLASHISH JARAYONI'

DAVLAT BOSHQARUVIDA DAVLAT XIZMATIDAGI RAHBAR KADRLAR FAOLIYATINING TAKOMILLASHISH JARAYONI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
71
21
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
davlat xizmati / boshqaruv tizimi / funksiya / kadr / modernizatsiya / integratsiya / Elektron hukumat.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Esonov Fazliddin Dushayevich

Mazkur maqolada davlat boshqaruvida davlat xizmatidagi rahbar kadrlar faoliyatini takomillashtirishning ahamiyati va dolzarbligi haqida batafsil yoritilgan. Rahbar kadrlar faoliyatining takomillashish jarayonida qo‘llash zarur bo‘lgan zamonaviy texnologiyalar yuzasidan taklif, tavsiya va xulosalar berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «DAVLAT BOSHQARUVIDA DAVLAT XIZMATIDAGI RAHBAR KADRLAR FAOLIYATINING TAKOMILLASHISH JARAYONI»

"RAQOBATBARDOSH KADRLAR TAYYORLASHDA FAN - TA'LIM - ISHLAB

CHIQARIS H INTEGRATSIYAS INI TAKOMILLAS HTIRIS H ISTIQBOLLARI" MAVZUSIDAGI XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA 2023-yil 22-noyabr

DAVLAT BOSHQARUVIDA DAVLAT XIZMATIDAGI RAHBAR KADRLAR FAOLIYATINING TAKOMILLASHISH JARAYONI Esonov Fazliddin Dushayevich

O'zbekiston Milliy universiteti, Ijtimoiy fanlar fakulteti 2-kurs magistri https://doi.org/10.5281/zenodo.10159294

Annotatsiya. Mazkur maqolada davlat boshqaruvida davlat xizmatidagi rahbar kadrlar faoliyatini takomillashtirishning ahamiyati va dolzarbligi haqida batafsil yoritilgan. Rahbar kadrlar faoliyatining takomillashish jarayonida qo'llash zarur bo'lgan zamonaviy texnologiyalar yuzasidan taklif, tavsiya va xulosalar berilgan.

Kalit so'zlar: davlat xizmati, boshqaruv tizimi, funksiya, kadr, modernizatsiya, integratsiya, Elektron hukumat.

Аннотация. В данной статье подробно описывается важность и актуальность совершенствования деятельности руководящих кадров государственной службы в органах государственного управления. Были даны предложения, рекомендации и выводы относительно современных технологий, которые следует использовать в процессе совершенствования деятельности руководящего состава.

Ключевые слова: государственная служба, система управления, функция, кадры, модернизация, интеграция, Электронное правительство.

Abstract. This article describes in detail the importance and urgency of improving the activities of the leading personnel in the public service in public administration. Proposals, recommendations and conclusions were given regarding the modern technologies that should be used in the process of improving the activities of the leading personnel.

Keywords: public service, management system, function, personnel, modernization, integration, Electronic government.

Kirish

Davlat xizmatida faoliyat ko'rsatayotgan boshqaruv kadrlari faoliyati va mamlakat kadrlari potensialini boshqarishda darning rolini oshirish yuzasidan quyidagi masalalar muhim hisoblanadi: davlat xizmati va lavozimlar reestrini belgilash to'g'risida qonun qabul qilish; kadrlar siyosatida davlat xizmati va tarmoqlar bo'yicha boshqaruv kadrlari ta'minoti tizimini modernizatsiyalash; davlat xizmati sohasida kadrlarni kasbiy, ishbilarmonlik va shaxsiy xususiyatlari nuqtai nazaridan baholashning yagona mezonlarini ishlab chiqish; kadrlar siyosatida ko'zda tutilgan ma'naviy-axloqiy talab va tamoyillarni rasmiy hujjat tarzida qabul qilish; turli daraja va sohada kadrlar tayyorlash muassasalarini ko'paytirish, o'quv dasturlari xilma-xilligini ta'minlash; kadrlar siyosatining integrativ va innovatsion funksiyalari samaradorligini oshiris h; boshqaruv tizimi uchun talab etiladigan kadrlarni muntazam tayyorlashning uch bosqichli, ya'ni, kollej, oliy ta'lim va oliy ta'limdan keyingi bosqichni qamrab oluvchi tizimini shakllantirish; rahbar kadrlarning ilm-fan, maorif, amaliy faoliyat sohalaridagi o'zgarishlarni, yutuqlarni e'tiborga olib yuksak taraqqiyot tendensiyalariga integratsiyalanishiga yordam berish; kadrlar siyosatini amalga oshirishda davlat, jamiyat va shaxs maqsadlarining yuqori darajada o'zaro mos tushishiga erishish va boshqalar.

Metodlar

Davlat xizmati kadrlarini tanlashda ular o'zlari boshqarayotgan sohalari va vakolatlarini yaxshi bilishlariga yuksak darajada e'tibor qaratish rahbar kadrlar tanlashning bosh tamoyillaridan

"RAQOBATBARDOS H KADRLAR TAYYORLASHDA FAN - TA'LIM - ISHLAB CHIQARIS H INTEGRATSIYAS INI TAKOMILLAS HTIRIS H ISTIQBOLLARI" MAVZUSIDAGI XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA 2023-yil 22-noyabr

biri sanaladi. Mamlakatimiz Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev ta'kidlaganidek, "Eng muhim vazifamiz - mamlakatimizda tinchlik va farovonlikni mustahkamlash, odamlarni, xalqimizni hayotdan rozi qilishdan iborat. Buning uchun el-yurtimiz avvalo biz - rahbarlarning faoliyatidan rozi bo'lishi kerak. Buning uchun har bir rahbar o'z aravasini o'zi tortishi, o'z sohasidagi ishlarning ahvoli uchun o'zi shaxsan javob berishi kerak. Shundan keyin jamiyatimizda o'zgarish bo'ladi, rivojlanish bo'ladi".[2] Davlat xizmatidagi kadrlarni tayyorlash holatini o'rganish bo'yicha olib borilgan tadqiqotlarimiz natijalariga ko'ra, amaldagi oliy o'quv yurtlari, malaka oshirish va qayta tayyorlash kurslari o'quv qo'llanmalari, davlat xizmatidagi axloqiylik muammolariga tegishli mavzular bilan yetarli darajada boyitilmagan. Bundan tashqari, ta'lim jarayonida turli kasb-korlar o'rtasidagi aloqadorlikni tushunib yetishga yordamlashuvchi modellashtirish prinsiplariga yetarlicha e'tibor berilmayapti.

Davlat va jamiyat taraqqiyoti hamda uning strategik maqsadlarini amalga oshirishda rahbar faoliyati va uning o'rni juda muhim ahamiyatga ega. Bu haqda Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev ta'kidlaganidek, "Odamlar orasida yashash, ularning dardiga quloq solish, alohida ehtiyojlari va qonuniy talablarini amalga oshirish uchun tezkor choralar ko'rish - har bir rahbarning asosiy vazifasi, deb hisoblayman".[3] Shunday ekan bugungi kunda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishda rahbar faoliyatining o'ziga xos xususiyati, tamoyil va talablari ish samaradorligi odamlar turmush-tarzidagi real va pozitiv o'zgarishlar negizida o'rganish dolzarb ahamiyat kasb etadi. Mazkur masalalar, albatta, turli sohalarda yetishib chiqayotgan mutaxassislarni o'z sohasining yetuk kadrlari bo'lib shakllanishlariga bog'liq. O'zbekistonda oliy ta'lim tizimida turli sohalar bo'yicha zarur mutaxassislar tayyorlash maqsadida yangi oliy ta'lim muassasalari va viloyatlarda ularning filiallari ochildi, ta'lim olishning maxsus sirtqi bosqichi faoliyati ham yo'lga qo'yildi. Rivojlangan davlatlar tajribasini o'rganish asosida oliy ta'limdan keyingi ikki bosqichli tizim asosida ilmiy darajalar berish tartibi amaliyotga joriy qilindi. Natijalar va muhokama

Mazkur jarayonda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi tinglovchilarini rivojlangan davlatlardagi turdosh akademiyalarda malakasi oshirilib, zamonaviy davlat xizmati kadrlarini tayyorlashda samarali boshqaruv kompetensiyalarini shakllantirish va yuksaltirish asosidagi mexanizmi ishlab chiqildi va xorijiy davlatlar tajribasini o'rganish bo'yicha o'zaro hamkorlik aloqalari yo'lga qo'yildi. Davlat xizmati kadrlari faoliyatini yanada takomillashishida bugungi kun talablaridan kelib chiqib, boshqaruv kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishning samarali tizimi amaliyotga joriy qilinib, ularni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari bo'yicha muhim tashkiliy-huquqiy hujjatlar asosidagi faoliyat yo'lga qo'yildi. [4]

Davlat xizmatlarini ko'rsatish yangicha asosda tashkil etilib, tashkilot va tuzilmalar bevosita joylarga, mahallalarga chiqib, aholining real muammolarini chuqur o'rganish, tasniflash asosidagi davlat xizmatlarini ko'rsatish tizimi yo'lga qo'yildi. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev topshirig'iga muvofiq, "Davlat xizmati to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi qonuni loyihasini ishlab chiqish hamda davlat xizmati kadrlarini muvaffaqiyatga erishishida "har bir davlat xizmatchisi har kuni o'zining mehnati bilan egallab turgan lavozimiga loyiqligini isbotlashi shart"[5]ligi bugungi kunda davlat xizmati sohasidagi kadrlarning asosiy vazifasiga aylangan. Ayniqsa, 2017-2021-yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasining birinchi ustuvor yo'nalishidagi "Elektron hukumat" tizimini takomillashtirishga kirishilgani, yurtimiz fuqarolari davlat va jamiyat

"RAQOBATBARDOSH KADRLAR TAYYORLASHDA FAN - TA'LIM - ISHLAB

CHIQARIS H INTEGRATSIYAS INI TAKOMILLAS HTIRIS H ISTIQBOLLARI" MAVZUSIDAGI XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA 2023-yil 22-noyabr

hayotiga daxldor muhim masalalar bo'yicha o'z fikrlarini bildirishlari uchun Oliy Majlis internet tarmog'ida "Mening fkrim" deb nomlangan maxsus veb-sahifa tashkil etilgani va joylarda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Xalq qabulxonalarini tashkil etilishi o'ziga xos institut sifatida eng muhim yangiliklardan biri bo'ldi. Natijada davlat hokimiyatining aholi bilan samarali muloqoti tashkil etilib, fuqarolar murojaatlarini ko'rib chiqishning sifat jihatidan yangi tizimi yo'lga qo'yildi va "Fuqarolar emas, hujjatlar harakatlanadi" tamoyiliga ko'ra, davlat xizmatlari ko'rsatishning yangi tizimi shakllantirildi. Ammo hanuzgacha davlat xizmatchilarining maqomi belgilanmagan, davlat xizmatiga qabul qilishning oshkora mexanizmlari ishlab chiqilmagan.[6]

Qonunlarni qabul qilish jarayonida ularni aholi o'rtasida keng muhokama qilish, qonunlar loyihasini ishlab chiqishda fikr va takliflarni quyidan, ya'ni, fuqarolardan olish tartibini samarali amalga oshirish hamda normativ-huquqiy hujjatlar, ya'ni qonunlarni hayotga qanday tatbiq etilayotganini o'rganish maqsadida Oliy Majlis huzurida Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti tashkil etildi.[7]O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzurida Davlat xizmatlari agentligi tashkil etildi va faoliyati yo'lga qo'yildi. 2018-2020 yillarda joriy etilishiga qarab Davlat xizmatlari markazlarida "yagona darcha" tamoyili bo'yicha ko'rsatiladigan 58 ta davlat xizmatining ro'yxati tasdiqlandi. [8]Davlat boshqaruvida 2017-yildan boshlab kadrlar masalasiga yondashuvda yangi davr boshlandi. Davlat hokimiyati organlarida kadrlar masalasi zamonaviy darajada tashkil qilinmoqda. Bu o'z navbatida mahalliy boshqaruvni zamon talablari darajasida olib borish imkonini bermoqda.

Davlat xizmatchisiga xos me'yorlar: odoblilik, xushfe'llik; davlat organiga u yoki bu xizmat uchun kelgan har bir fuqaroga nisbatan hurmat; o'zining ba'zi fuqaroviy huquqlarini ongli va ko'ngilli ravishda cheklash (masalan, davlat siyosatini ko'pchilik oldida tanqid qilish, hokimiyat organlari va davlat arboblarini muhokama qilish; u yoki bu masalani hal qilishda shaxsan o'z nomidan va'da berish va hokazolar); xizmat sirini saqlash va boshqalar.

Xulosa

Har bir xizmatchining o'z xizmat burchlariga sadoqati va bilim darajasi tashkilot rahbariyati tizimiga muvofiq ravishda shakllanadi. Ammo talabchanlikni ko'r-ko'rona oshirish, imkonsiz natijalarni talab qilish xizmatchining o'z burchiga salbiy munosabatlarini yuzaga keltiradi. Aksincha, talablar sust va unga nistaban loqayd munosabatda bo'linsa, rahbarning bu kayfiyati xizmatchiga ham ta'sir ko'rsatib, intizom pasayadi, tashkilotga sadoqat, muhabbati so'nadi va kashfiyotchilik xislati butunlay yo'qoladi. Xizmatchining bilim darajasi turg'un holga kelib qoladi. Turg'unlik esa, tashkilot taraqqiyotining ashaddiy kushandasidir. Bu kamchiliklarni bartaraf etish uchun rahbariyat o'sha tashkilot bilan aloqador jahonning eng ilg'or yutuqlarini xizmatchi tomonidan o'zlashtirilishini, uni tashkilotning kerakli tarmoqlari bo'ylab tarqalishini ta'minlashi talab etiladi. Buning uchun davlat xizmatchilarini tanlash va tayyorlash texnologiyasiga ega bo'lmog'i lozim. Bu texnologiya taxminan quyidagi umumiy tamoyillarga asoslanishi kerak: tashabbuskorlik; rejalashtirish; qaror qabul qilish; tashkillashtirish; muvofiqlashtirish; ijro etish; boshqarish; nazorat qilish; baholash; taftish qilish. Ushbu tamoyillarga javob bera oladigan davlat xizmatchilari faoliyati va mehnat natijalari tez ko'zga tashlanadi va rivojlanish kuchaygan sari raqobatbardoshligi oshaveradi.

REFERENCES

1. Mirziyoyev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob xalqimiz bilan birga quramiz. -T.: O'zbekiston, 2017. 26-32 betlar.

"RAQOBATBARDOSH KADRLAR TAYYORLASHDA FAN - TA'LIM - ISHLAB CHIQARIS H INTEGRATSIYAS INI TAKOMILLAS HTIRIS H ISTIQBOLLARI" MAVZUSIDAGI XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA 2023-yil 22-noyabr

2. Mirziyoyev Sh.M. Tanqidiy tahlil, qat'iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik - har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo'lishi kerak. -T.: O'zbekiston, 2017. 53-bet.

3. Mirziyoyev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob xalqimiz bilan birga quramiz. -T.: O'zbekiston. 2017. 481-bet.

4. Qarang: O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi "O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha Harakatlar strategiyasi to'g'risida"gi PF-4947-sonli Farmoni; 2017-yil.

5. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 22-yanvardagi "2017-2021-yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasini "Faol tadbirkorlik, innovatsion g'oyalar va texnologiyalarni qo'llab-quvvatlash yili"da amalga oshirishga oid davlat dasturi to'g'risida"gi PF-5308-sonli Farmoni. Ma'rifat gazetasi. 24.01.2018 y., № 7.(9072) 3-bet.

6. Mirziyoyev Sh.M. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi. 2018-yil 28-dekabr, www.prezident.uz.

7. Mirziyoyev Sh.M. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi. - T.: O'zbekiston, 2018, 27-bet.

8. Qarang: O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 12-dekabrdagi "Aholiga davlat xizmatlari ko'rsatishning milliy tizimini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PF-5278-sonli Farmoni. // www.lex.uz.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.