Научная статья на тему 'PROFESSIONAL TA’LIMNI TASHKIL QILISHDA O’QUVCHINING ASOSIY VAZIFALARI'

PROFESSIONAL TA’LIMNI TASHKIL QILISHDA O’QUVCHINING ASOSIY VAZIFALARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
683
97
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
malaka / professional standart / Mutaxassislik malakasi.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Xabibullayeva Irodaxon Dilshod Qizi

Yangi professional ta’lim muassasalarida ta’lim mazmuni, soni va sifati, ta’lim dasturlari, texnologiyalarining isloh qilinishi oqibatida bir qancha o‘zgarishlar amalga oshiriladi. Ushbu vazifalarning amalga oshirilishi esa iqtisodiyotni taraqqiy ettirish, kambag‘allikni qisqartirish, yoshlar va xotin-qizlarning hayotda munosib o‘rin topishi, natijada xalqimiz turmush farovonligini oshirish masalalarining ijobiy hal etilishini ta’minlaydi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «PROFESSIONAL TA’LIMNI TASHKIL QILISHDA O’QUVCHINING ASOSIY VAZIFALARI»

"RAQOBATBARDOSH KADRLAR TAYYORLASHDA FAN - TA'LIM - ISHLAB

CHIQARIS H INTEGRATSIYAS INI TAKOMILLAS HTIRIS H ISTIQBOLLARI" MAVZUSIDAGI XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA 2023-yil 22-noyabr

PROFESSIONAL TA'LIMNI TASHKIL QILISHDA O'QUVCHINING ASOSIY

VAZIFALARI Xabibullayeva Irodaxon Dilshod qizi

Andijon davlat universiteti o'qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.10159952

Annotatsiya. Yangi professional ta'lim muassasalarida ta'lim mazmuni, soni va sifati, ta'lim dasturlari, texnologiyalarining isloh qilinishi oqibatida bir qancha o'zgarishlar amalga oshiriladi. Ushbu vazifalarning amalga oshirilishi esa iqtisodiyotni taraqqiy ettirish, kambag'allikni qisqartirish, yoshlar va xotin-qizlarning hayotda munosib o'rin topishi, natijada xalqimiz turmushfarovonligini oshirish masalalarining ijobiy hal etilishini ta'minlaydi.

Kalit so'zlar: malaka, professional standart, Mutaxassislik malakasi.

Аннотация. В результате реформирования содержания, количества и качества образования, образовательных программ и технологий в новых профессиональных образовательных учреждениях будет реализован ряд изменений. Реализация этих задач обеспечит положительное решение вопросов экономического развития, сокращения бедности, обретения молодежи и женщин достойного места в жизни и, как следствие, повышения благосостояния нашего народа.

Ключевые слова: квалификация, профессиональный стандарт, Квалификация по специальности.

Abstract. As a result of the reform of the content, quantity and quality of education, educational programs and technologies, a number of changes will be implemented in new professional educational institutions. The implementation of these tasks will ensure a positive solution to the issues of economic development, poverty reduction, youth and women finding a proper place in life, and as a result, increasing the well-being of our people.

Keywords: qualification, professional standard, Specialty qualification.

Kirish. Prezidentimizning Oliy Majlisga Murojaatnomasida mamlakatimizda 2020-2021 yillar davomida boshlanadigan kadrlar malakasini xalqaro ta'lim bozorining talablariga moslashtirishga yordam berish, Milliy malaka tizimi ishlab chiqish, yurtimizda 340 ta kasb-hunar maktabi,147 ta kollej va 143 ta texnikumni tashkil etish bo'yicha aniq vazifalar belgilab berilgan edi. Shu asosda respublikamizda amalga oshirilayotgan keng ko'lamli islohotlar fonida O'zbekiston iqtisodiyotida sezilarli yuksalish kuzatildi, ko'lam va sifat jihatdan jiddiy tarkibiy o'zgarishlar yuz berdi.

Prezidentimiz tomonidan sohada tub islohotlarni amalga oshirish va zamonaviy professional ta'lim tizimini barpo etishning maqsad va ustuvor vazifalari, bir so'z bilan aytganda, sohaning yangi vazifalar belgilab berildi.

Uning mohiyati yangi sifat va formatda inson resurlarini rivojlantirish, yoshlarda ichki va tashqi mehnat bozori talab qilayotgan amaliy kvalifikatsiyalarni shakllantirish, ularning Vatanga muhabbatini, xalqiga sadoqatini yuksaltirishdan iboratdir.

Shu tariqa tizim oldiga quyidagi vazifalar qo'yildi:

— hududlar va sohalar kesimida iqtisodiy taraqqiyotga munosib hissa qo'sha oladigan o'rta bo'g'in kadrlarini tayyorlash;

— yoshlarni malakali mehnat orqali o'z hayot farovonligini ta'minlashga o'rgatish;

"RAQOBATBARDOSH KADRLAR TAYYORLASHDA FAN - TA'LIM - ISHLAB CHIQARIS H INTEGRATSIYAS INI TAKOMILLAS HTIRIS H ISTIQBOLLARI" MAVZUSIDAGI XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA 2023-yil 22-noyabr

— o'z mehnat faoliyatiga innovatsion va kreativ yondashish, yaratuvchanlik, intellektual, madaniy, ma'naviy potensialni rivojlantirish kabi kompetensiyalarni shakllantirish metodologiyasini yaratish

Professional ta'limi tizimida kichik malakali mutaxassislarni tayyorlash ko'p jihatdan mutaxassislik fan o'qituvchilari va muhandis-pedagoglarning layoqatlariga bog'liqdir. Ishlab -chiqarish ta'limi jarayonida kasbiy-pedagogik ko'nikma va malakalar tizimi yaratiladi, o'quvchilar kerakli ishlab chiqarish tajribasiga, kasbiy mahoratga ega bo'ladilar. SHuning uchun professional kollejlari mutaxassislik fan o'qituvchilari va muhandis-pedagoglari ishlab chiqarish jarayonining va o'z mehnat faoliyatining mazmunini aniq tasavvur etishi lozim.

Hozirda professional ta'limi tizimiga har yili mutaxassislik Pedagogika ma'lumotiga va ta'lim-tarbiya ish tajribasiga ega bo'lmagan yangi muhandis-pedagoglar, ya'ni korxonalarning malakali ishchilari, oliy va o'rta Mutaxassislik professional ta'limi muassasalari ning bitiruvchilari kelib qo'shilmoqda. Halq ta'limi tizimida faoliyat ko'rsatayotgan muhandis-pedagoglar mutaxassislik malakasiga hamda Pedagogik malakaga ega bo'lishi lozim

MyTaxaccHc^HK $aH yKHTyBHHCHHHHr Ma^aKacH

1 {>

MyTaxaccHC^HK Ma^aKacH

negarorHK Ma.iaKacii

Mutaxassislik malakasi deb, Mutaxassislik fan o'qituvchilari va muhandis-pedagogning Mutaxassislik soha bo'yicha ko'nikma va malakalari nazarda tutiladi. Ularning malakalarining ikkinchi qismi «Kasbiy Pedagogika» bilim sohasiga tegishli bo'lib, Pedagogik malakalarini o'z ichiga oladi. CHunki o'quv jarayoni faqatgina bilim berishga asoslanib qolmasdan, balki ta'lim va tarbiya psixologiyasi bilan uzviy bog'langan.

Bu esa ulardan psixologiya, mehnat Pedagogikasi, kasbiy Pedagogika, iqtisod asoslarini, ishlab chiqarishni tashkil etish va boshqarish asoslari bo'yicha ham malakalarga ega bo'lisini talab etadi. Mutaxassislik va Pedagogik malakalar bilan bir qatorda Mutaxassislik fan o'qituvchilari va muhandis-pedagoglarda shaxsiy va ijtimoiy layoqatlarning ham bo'lishi talab etiladi

SHaxsiy layoqatlar quyidagilarni o'z ichiga oladi: o'zini tutishi, shaxsiy ijodkorlik, mashliyatlilik va boshqalar. Ijtimoiy layoqatlarga tashkilotchilik qobiliyati, o'quvchilar bilan muhandis-pedagoglar faqat o'quv ishlab chiqarish faoliyatini bajaribgina qolmay, balki guruhlarga rahbarlik qiladilar. munosabat, jamoa bilan munosabat kiradi. Bundan tashqari o'qituvchi va muhandis- Pedagoglar rahbarlik qobiliyatlariga ham ega bo'lishlari lozim. CHunki Mutaxassislik fan o'qituvchilari va muhandis-pedagoglar faqat o'quv ishlab chiqarish faoliyatini bajaribgina qolmay, balki guruhlarga rahbarlik qiladilar.

Mutaxassislik fan o'qituvchisining lavozim vazifalari quyidagilardan iborat:

"RAQOBATBARDOSH KADRLAR TAYYORLASHDA FAN - TA'LIM - ISHLAB

CHIQARISH INTEGRATSIYASINI TAKOMILLASHTIRISH ISTIQBOLLARI" MAVZUSIDAGI XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA 2023-yil 22-noyabr

S o'quvchilarning kasb-hunarga moyilligini, mahorat va malakasini rivojlantirish;

S tanlangan kasb va ixtisosligi o'quv fanlari bo'yicha chuqur bilimlarni, ilmiy dunyoqarashni shakllantirish;

S ta'lim jarayonida o'qitishning samarali usulllari, vositalari va shakllarini, yangi Pedagogik texnologiyalarni keng qo'llash;

S o'qitadigan fani bo'yicha darsdan tashqari ishlarni, tugarak mashg'ulotlarini tashkil

qilish;

S o'quvchilarni bilim sifati, o'zlashtirish darajasi va davomatini nazorat qilish;

S o'quvchilar bilan yakka tartibda ishlash;

S o'quvchilarni fan olim'iadalariga tayyorlash;

S o'quv xonalarini jahon standartlari va dizayn talablari darajasida jihozlashda qatnashish;

S ilg'or Pedagogik tajribalarni o'rganish va qo'llash;

S muntazam ravishda malakasini oshirish.

O'quv jarayonida ta'lim oluvchilar va Pedagoglar o'rtasida o'ziga xos munosabatlar o'rgatilib bu jarayon ikki tomonning birgalikdagi faoliyati natijasida boradi. SHuning uchun ham ta'lim jarayoni ikki tomonlama xarakterga ega deyiladi. Pedagoglar va talabalarning faollik darajasi ta'lim jarayonining samarasini belgilaydi. Albatta bu jarayonda Pedagog yo'naltiruvchi sifatida maydonga chiqadi. Pedagog aniq maqsadni ko'zlab reja va dastur asosida bilim, ko'nikma va malakalarni shakllantiradi. Talabalar esa ularni faol o'zlashtirib olishlari kerak. Ta'lim jarayonida

Xulosa: Pedagog o'rgatish, bilim, malaka, ko'nikma hosil qilish vazifasini bajarsa, talabalar o'zlashtirish jarayonini o'z boshidan kechiradilar. Bu murakkab 'sixik jarayon bo'lib, sezgi, idrok, tasavvur, tafakkur kabilar ishtirokida boradi. O'qish talabalarning o'zlashtirish, bilish qobiliyatlari, fkrlash o'eratsiyalari va harakatlarini hosil qilish jarayonidir. Bu 'assiv tomoshabinlik jarayoni emas, balki talabaga noma'lum bo'lgan xaqiqatlarni ochib beradigan faol, ijodiy faoliyat jarayonidir.

REFERENCES

1. Kasbiy Pedagogika (ma'ruzalar matni) Nam. D.U. Namangan 2014 y

2. Xodjaboev A. Xusanov L. Kasbiy ta'lim metodologiyasi. T.: Fan va texnologiyalar, 2007.

3. : Olimov Q.T. Kasb ta'limi uslubiyati. O'quv qo'llanma. - T.: 2006. 164 b.

4. Akademik litsey va professional kollejlari uchun meyoriy-huquqiy hujjatlar to''lami. Toshkent: O'MKHTM, 2005.

5. Olimov Q.T. va boshqalar. Mutaxassislik fanlarini o'qitish metodikasi. - Toshkent: Fan, 2004.

6. Semushina L.G., Yaroshenko N.G. Soderdanie i texnologii obucheniya v srednix s'etsialnix uchebnix zavedeniyax. - Moskva: Masterstvo, 2001.

7. Mirsaidov K.J. Mutaxassislik fanlarini o'qitish va ishlab chiqarish ta'limi. - Toshkent: SHiituvchi, 1996.

8. Xodjaboev A. Xusanov L. Kasbiy ta'lim metodologiyasi. T.: Fan va texnologiyalar, 2007.

9. Sharon A. Wynne. Pedagogy professional res'onsibilities. EC-12 Teacher Certification. 2013. 251 b. Yangi tahrirdagi "TA'LIM TO'G'RISIDA"GI O'ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI .23.09.2020 YIL.10-M0DDA PROFESSIONAL TA'LIM HAQIDA.

"RAQOBATBARDOSH KADRLAR TAYYORLASHDA FAN - TA'LIM - ISHLAB CHIQARISH INTEGRATSIYASINI TAKOMILLAS HTIRIS H ISTIQBOLLARI" MAVZUSIDAGI XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA 2G23-yil 22-noyabr

10. https://review.uz/uz/post/yangi-professional-talim-yangi-missiya

11. https://www. norma. uz/oz/qonunchilikda_yangi/professional_talim_dual_talimga_utkazi ladi

12. http://toshvil.uz/oz/professional_ta_limning_tizimi_va_yangi_yangi_tarmog_i_yo_lga_qo_y

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.