Научная статья на тему 'CHUST TARIXI VA O‘LKASHUNOSLIK MUZEYI EKSPONATLARINING ETNOTURIZM RIVOJIDAGI O‘RNI'

CHUST TARIXI VA O‘LKASHUNOSLIK MUZEYI EKSPONATLARINING ETNOTURIZM RIVOJIDAGI O‘RNI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
4
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
Namangan viloyati / Chust tumani / Chust tarixi va o‘lkashunoslik muzeyi / tarixiy artefaktlar / etnoturizm / arxeologik buyumlar / etnografik eksponatlar.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — A.Doniyorov, M Turdixo‘jayeva

Maqolada Namangan viloyati Chust tumanida joylashgan Chust tarixi va o‘lkashunoslik muzeyida saqlanayotgan tarixiy artefaktlar va ularning etnoturistik ahamiyati haqida so‘z boradi.Muzeyning tashkil etilishi, muzeyda saqlanayotgan arxeologik va etnografik topilmalar tahlil etilgan. Shuningdek, bugungi kunda etnoturizmning rivojida muzey materiallaridan foydalanishning nazariy jihatlari haqida taklif va mulohazalar o‘rin olgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «CHUST TARIXI VA O‘LKASHUNOSLIK MUZEYI EKSPONATLARINING ETNOTURIZM RIVOJIDAGI O‘RNI»

CHUST TARIXI VA O'LKASHUNOSLIK MUZEYI EKSPONATLARINING ETNOTURIZM RIVOJIDAGI O'RNI

1A.Doniyorov, 2M.Turdixo'jayeva

1Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti Tarix fanlari doktori, professor, Toshkent, Uzbekiston Respublikasi, 2Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti tayanch doktorant,

Toshkent, Uzbekiston Respublikasi ORCID: 1https://orcid.org/0000-0001-8710-5398, 2https://orcid.org/0009-0008-5599-9647

https://doi.org/10.5281/zenodo.13895279

Annotatsiya. Maqolada Namangan viloyati Chust tumanida joylashgan Chust tarixi va o'lkashunoslik muzeyida saqlanayotgan tarixiy artefaktlar va ularning etnoturistik ahamiyati haqida so'z boradi.Muzeyning tashkil etilishi, muzeyda saqlanayotgan arxeologik va etnografik topilmalar tahlil etilgan. Shuningdek, bugungi kunda etnoturizmning rivojida muzey materiallaridan foydalanishning nazariy jihatlari haqida taklif va mulohazalar o 'rin olgan.

Kalit so'zlar: Namangan viloyati, Chust tumani, Chust tarixi va o'lkashunoslik muzeyi, tarixiy artefaktlar, etnoturizm, arxeologik buyumlar, etnografik eksponatlar.

Аннотация. В статье говорится об исторических, археологических и этнографических артефактах, хранящиеся в Чустском историко-краеведческом музее, расположенном в Чустском районе Наманганской области, их этнотуристическом значении. Озвучены предложения и комментарии по теоретическим аспектам использования музейных материалов в развитии этнотуризма.

Ключевые слова: Наманганская область, Чустский район, Чустский историко-краеведческий музей, исторические артефакты, этнотуризм, археологические объекты, этнографические экспонаты.

Abstract. The article talks about the historical artifacts stored in the Chust Museum of History and Local Lore, located in the Chust district of the Namangan region, and their ethno-touristic significance. The organization of the museum, the archaeological and ethnographic findings stored in the museum are analyzed. Also, today there are proposals and comments about the theoretical aspects of using museum materials in the development of ethnotourism.

Keywords: Namangan Region, Chust District, Chust Museum of History and Local Lore, historical artifacts, ethnotourism, archaeological objects, ethnographic exhibits.

Namangan viloyati o'zining tarixiy qadamjolari bilan doimiy tarzda sayyohlarni o'ziga jalb etib kelayotgan viloyatlardan hisoblanadi. Viloyatning barcha tumanida turistlarning e'tiborini tortuvchi go'shalar talaygina bo'lib, xususan Chust tumani o'zining pichoqchilik hamda do'ppichilik an'analari bilan doim dunyoga mashhur hudud bo'lgan. Shu bilan bir qatorda Chust istirohat bog'ida joylashan kichkingina, ko'rimsiz bo'lishiga qaramay o'zida butun boshli tarixni namoyish eta olgan Chust tarixi va o'lkashunoslik muzeyi bugungi kunda turizm rivojida foydalanish mumkin bo'lgan maskan hisoblanadi. Achinarli jihati ushbu muzeyga berilayotgan e'tibor yetarli darajada emas, shu bilan bir qatorda muzeyning tashkil etilishi, uning tarixi, unda saqlanuvchi eksponatlar haqida biron bir maqola ham yozilmagan.Ushbu maqolada biz ushbu muzey va uning xazinasi hisoblangan tarixiy ashyolar haqida ma'lumot berishga harakat qilamiz.

Chust tarixi va o'lkashunoslik muzeyi Chust istirohat bog'ida joylashgan. Ushbu bog' shahar markaziga yaqin joylashib, mavlono Lutfulloh sharafiga nomlangan. Farg'ona vodiysi aholisining sevimli maskanlaridan biri bo'lgan Chust madaniyat va istirohat bog'i xalq orasida Mavlono Lutfulloh nomi bilan ataladi. Ushbu ko'ngil ochar bog'ga nafaqat respublikamizning

turli hududlaridan qolaversa xorijlik sayyohlar ham tez tez tashrif buyurib turishi bilan ajralib turadi. Bu yerga butun Markaziy Osiyodan mehmonlar doimiy kelishlari haqida mahlliy aholi fahr bilan aytishadi. Muzey XV asrda qurilgan "Mavlono Lutfulloh" me'moriy yodgorligi o'rnida faoliyat olib bormoqda. (Rasm -1) Buyuk allomalardan biri XV asrnig oxiri - XVI asrda yashagan, Movarounnahrdagi naqshbandiya tariqatining buyuk namoyandasi bo'lgan Mavlono Lutfulloh Chustiyning hayoti va faoliyatini o'rganish ham muzey tarixiga hissa qo'shish hisoblanadi [1, 2].

Muzey tarixi haqida ma'lumotlat yetarli darajada emas, biroq ushu muzeyni tashkil etishga umrining so'nggi yilini bag'ishlagan Qodirxonov Rashidxon (1929-2015) haqida m'lumotlar yetarli darajada. kamtarin, fidoiy va yaratuvchi inson sifatida nomi muzeyda ulug'langan ushbu shaxs Chust muzeyini shakllantirishga, eksponatlar bilan boyitishga, muzeyni chin ma'noda chustliklarning o'z qadryatlarini anglashga hizmat qila oladigan maskanga aylantirishda yetarli darajada hizmat qilgan va umrini shunga bag'ishlagan. Chustliklar shuning uchun ham Rashidxon otani kamtar va fidoiy, zahmatkash, yuksak ma'naviyatga ega inson sifatida tanishadi.

Muzeyga kirish eshigi oldida O'zbekistonning ilk xalq shoiri 1938-yilda otib tashlangan So'fizoda hamda shoir va yozuvchi Chustiyning byustlari o'rnatilgan (Rasm -2). Muzeyda qadimiy Chust shahar tarixida muhim ahamiyatga ega shaxslar haqida ko'plab ma'lumotlar saqlanadi. Xususan, shaharning birinchi shifokori, birinchi feldsher, harbiy rahbarlar, 1932-yilda shu yerda tashkil etilgan Chust bog'ining birinchi direktori Azim Zaripov va boshqa chustlik mashhur shaxslarning larning sur'atlari saqlanmoqda.(Rasm -3) Muzeyga kirishda eshik yonida odam bo'yi bilan barobar qilib ishlangan Chustning ramziy timsoli hisoblangan pichoq ham tashrifchining e'tiboridan chetda qolmaydi. (Rasm -4) Muzey mantiqiy, davriy jihatdan eksponatlar joylashtirilmagan bo'lsa-da, ajoyib manzara ko'rsatilgan. Ibtidoiy davr Chust tarixiga kichik bir devoriy qism ajratilgan bo'lib, unda Yu.A.Zadneprovskiy va B.X. Matboboyevlarning tuman ibtidoiy tarixi bo'yicha ilmiy ishlari mavjudligi haqida ma'lumot berilgan. Bugungi kunda saqlanib qolmagan tosh va qoyalarga chizilgan sur'atlar rasmi keltirilgan. Shuningdek, qadimgi chustiklarning qurol-aslahalari, mehnatda foydalangan buyumlari saqlanadi.

Qolaversa chust ayollari mehnat mahsuli bo'lgan Chust do'ppilari namoyishi hamda turli usulda tayyorlangan turli bezaklar bilan ishlangan Chust pichoqlari sayyohlarni ba'lki mahalliy aholini ham qiziqishiga sabab bo'ladi (Rasm-5). Muzeydan joy olgan Chust do'ppilarining tarixi qadimga borib taqaladi [5]. Shu o'rinda Chust do'ppilari haqida ham ma'lumott berishni lozim topdik. Namangan viloyat chevarlari tikkan Chust do'ppilari naqshlaming keskinligi (yaxlit bodom, shaklining qisqa va keskin qamralgan uchlari bor) va yon boshining ancha kattaligi bilan farqlanadi. Chustda "To'y" do'ppilari O'zbekistonda keng tarqalgan turlaridan biri. Chust do'ppisining shakli qattiq, to'rt qirrali, burchaklari egilgan. Do'ppi tepasida do'ppini to'rt bo'limga bo luvchi chizigilar yo'q. Kizakning naqshi ichidagi ostki qismi naqsh bilan bog'lanmagan, ravoq - musulmon me'morchiligidan olingan naqsh bezagi bilan bezatilgan. Uning ma'nosi insonga osmondan ilohiy kuchlar yordam bermoqda kabi ma'no bo'lishi mumkin, Chust do'ppilarining barcha ko'rinishlari, kompozitsiya, siluet, rang uyg'unligida bajarilgan. Shuning uchun kashta ustalari o'zining tasavvurini detallaming mayda ishlanishiga va fonni boyitishga qaratadilar, 1920-yillardan boshlab chust do'ppilardagi ilgarigi chizma tasvirlik va bir ranglilik saqlangan holda unga to'rsimon ko'rinish - doira, shoxchalar, tomchilar, "bodom" tasviri bilan ug'unlashgan, nozik to'ri naqshlami hosil qiladi. Musalan, erkaklar do'ppisida Chust 1940-50-yillar "Qalampir" egiluchanlik tasvirida qo'chqor boshi, "hayot g'ildiragi" "rozelka" kashta naqshlari ham uchraydi [3]. Chust to'ppisining tarixi haqida muzeyda alohida ko'rgazmalar tashkil qilinishi lozim.

Muzeyda etnografik eksponatlar bilan bir qatorda arxeologik buyumlar, ham ko'plab uchraydi. Masalan, XVI asrda tayyorlangan turli sopolva misdan ishlangan buyumlar shular jumlasidandir.( Rasm -6) Misol uchun: -Mis samovar-XVI asr (Rasm -7) -Mis ko'za XVI asr(Rasm -8) -Qovoq cho'mish XVI asr (Rasm -9) -Sopol quvur XVI asr (Rasm -10)

-XV-XVI asrlarda yasalgan yirik sopol hum (Ushbu xum Kamarsadalik kosib Ne'matjon Raximov tomonidan muzeyga taqdim etilgan) (Rasm -11)

Bundan tashqari muzeyning asosiy eksponatlari hisoblangan turli tarixiy kitoblar ham muzeyga ko'rk bag'ishlab turibdi. Ular orasida jadidlarimizning kitoblarini borligi ham quvonarli.

Muzeyda shu bilan bir qatorda hech qanday ma'lumoti keltirilmagan eksponatlar ham talaygina, bugungi zamonaviy texnika asrida muzeylar ham elektron tizimga o'tayotgan bir paytda bu achinarli hol albatta. Muzeylar turizmni rivojlantirishda doimo eng muhim omil bo'lib hizmat qilgan. Shunday ekan viloyat markazidagi yirik muzeylar bilan bir qatorda tuman markazlarida joylashgan kichik muzeylarga ham e'tiborni kuchaytirish bu oldimizda turgan muhim vazifalardan biri hisoblanadi. Ayniqsa xorij sayyohlarini o'ziga jalb etayotgan Chust tumanidagi ushbu muzeyning eksponatlaridan entoturizmni yuksaltirishda foydalanish muhim hisoblanadi. E.N.Trofimovning aytganidek, etnografik turizm bu - turli xalqlarning an'anaviy madaniyati va hayotining xususiyatlarini saqlab qolgan aholi maskanlariga tashrif buyurish, shu jumladan xalq turmush tarziga oid muzeylari bilan tanishishga asoslangan madaniy-ma'rifiy turizm yo'nalishidir[4]. Aynan Chust muzeyi chustliklarning turmush tarzidan habar beradi. Xulosa sifatida quyidagi taklif va mulohazalarni bildirishni lozim topdik; -Chust tarixi va o'lkashunoslik muzeyining afzalligi bu uning lokalizatsiyasidadir ya'ni muzey istirog'at bog'ining ichida joylashan. Ushbu joylashuv muzeyga tashrif buyuruvchilarning soniga albatta ta'sir ko'rsatadi. Shundan foydalangan holda muzey binosi zamonaviy tarzda tamirlanishi juda muhim.

-Shu bilan bir qatorda muzey eksponatlarini keyingi avlodga yetkazishda muhim hisoblangan saqlanish sharoitini yetarlicha amalga oshirish lozim.

-Muzeyda saqlanayotgan eksponatlar ma'lumotlar bazasini kengaytirish, Chustda joylashgan arxeologik va tarixiy maskanlar haqidagi ilmiy nashrlardan foydalangan holda axborot doskasini yaratish muhim.

-Muzeyda doimiy tarzda ko'rgazmalarning o'tkazilishi ham mahalliy aholi orasida tuman tarixi haqida tushunchalar kengayishiga olib keladi.

Bugungi kunda turizm rivojini amalga oshirishda Namangan viloyati ilgarilab bormoqda. Shu o'rinda Chust tarixi va o'lkashunoslik muzeyining imkoniyatlaridan ushbu soha rivojida foydalanish davr talabi hisoblanadi. E'tibordan chetda qolayotgan ammo, tumanning necha asrlik tarixini o'zida saqlovchi ushbu muzey yordamida etnoturizm rivojida foyda beruvchi maskandir.

Rasm-1Chust muzeyining kirish qismi. Rasm -2 alloma Chustiy bryusti

Rasm -3 Chustlik mashhur shaxslar

Rasm -4 Chust pichog'i maketi

Rasm -5 Chust pichoqlari

Rasm -6 Muzeydagi mis buyumlar

Rasmlar muallifi: Mahliyo Turdixo'jayeva.

REFERENCES

1. Mamatov J. Chust tumani ziyoratgohlari tarixidan (Mavlono Lutfulloh ziyoratgohi misolida) //"Tarixiy obyektlar va tabiiy maskanlar uyg'unligi asosida O'zbekistonning turistik salohiyatini rivojlantirishning asosiy yo'nalishlari va istiqbollari" mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasidagi maqolalar to'plami. - Toshkent Universitet, 2024. -Б.71-76

2. Нажмиддин Файзиддин угли . Чуст тарихи. - Чуст, 1995. - 171б

3. Sattorova A. O'zbek milliy do'ppido'zlik san'atining o'zig xos jihatlari va yoshlar ma'naviyatida tutgan o'rni//O'zMU habarlari 2023 № 1(4)-B.182-185

4. Убайдуллаева Б. Этнотуризм тушунчаси, Узбекистонда этнотуризм шарт-шароитлари ва муаммолар//"Tarixiy obyektlar va tabiiy maskanlar uyg'unligi asosida O'zbekistonning turistik salohiyatini rivojlantirishning asosiy yo'nalishlari va istiqbollari" mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasidagi maqolalar to'plami. - Toshkent6 Universitet, 2024. -Б.97-103

5. Xakimova G. Naqqoshlik tilida ramziylikning aksi// Journal of advanced research and stability Vol- 01, 2021.- B.2007-2016

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.