Научная статья на тему 'NAMANGAN VILOYATI TARIXI VA MADANIYATI DAVLAT MUZEYI'

NAMANGAN VILOYATI TARIXI VA MADANIYATI DAVLAT MUZEYI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
87
8
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
muzey / ekspozitsiya / eksponat / davlat / tarix / viloyat / madaniyat / islohot. / музей / экспозиция / экспонат / государство / история / регион / культура / реформа.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — J.J.Gaziyev

Namangan viloyati tarix va madaniyat davlat muzeyi Namangan viloyatining boy tarixiy-madaniy merosini asrab-avaylash va namoyish etish borasidagi nufuzli muassasa hisoblanadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

STATE MUSEUM OF HISTORY AND CULTURE OF NAMANGAN REGION

Государственный музей истории и культуры Наманганской области является авторитетным учреждением по сохранению и экспонированию богатого историко-культурного наследия Наманганской области.

Текст научной работы на тему «NAMANGAN VILOYATI TARIXI VA MADANIYATI DAVLAT MUZEYI»

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

С Original paper

© J.J.Gaziyev1B_

1Namangan davlat pedagogika instituti, Namangan, O'zbekiston

Annotatsiya

KIRISH: Namangan viloyati tarix va madaniyat davlat muzeyi Namangan viloyatining boy tarixiy-madaniy merosini asrab-avaylash va namoyish etish borasidagi nufuzli muassasa hisoblanadi.

MAQSAD: ushbu tadqiqotning maqsadi Namangan viloyati tarix va madaniyat davlat muzeyining tashkil topishi, rivojlanishi va bugungi kundagi hissasini o'rganishdan iborat.

MATERIALLAR VA METODLAR: Ushbu tadqiqotda arxiv tadqiqotlari, muzey xodimlari bilan suhbatlar, muzey yozuvlari va nashrlarini tahlil qilish kabi sifatli yondashuv qo'llaniladi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR: Namangan viloyati tarix va madaniyat davlat muzeyida arxeologik topilmalar, tarixiy hujjatlar, etnografik ashyolar, san'at asarlari kabi osori-atiqalarning keng kolleksiyasi saqlanmoqda.

XULOSA: Namangan viloyati tarix va madaniyat davlat muzeyi Namangan viloyatining tarixiy-madaniy merosini asrab-avaylash va targ'ib etishda muhim muassasa bo'lib xizmat qilmoqda.

Kalit so'zlar: muzey, ekspozitsiya, eksponat, davlat, tarix, viloyat, madaniyat, islohot.

ГОСУДАРСТВЕННЫЙ музеи истории и культуры наманганскои

ОБЛАСТИ_

© Ж.Ж.Газиев1Н

Жаманганский государственный педагогический институт, Наманган, Узбекистан Аннотация

ВВЕДЕНИЕ: Государственный музей истории и культуры Наманганской области является авторитетным учреждением по сохранению и экспонированию богатого историко-культурного наследия Наманганской области.

Iqtibos uchun: Gaziyev J.J. Namangan viloyati tarixi va madaniyati davlat muzeyi. // Inter education & global study. 2024. №5(1). B.456-465.

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

ЦЕЛЬ: целью данного исследования является изучение становления, развития и вклада Государственного музея истории и культуры Наманганской области.

МАТЕРИАЛЫ И МЕТОДЫ: в исследовании использован качественный подход, включающий архивные исследования, интервью с сотрудниками музея и анализ музейных записей и публикаций.

ОБСУЖДЕНИЕ И РЕЗУЛЬТАТЫ: государственный музей истории и культуры Наманганской области располагает обширной коллекцией археологических находок, исторических документов, этнографических предметов, произведений искусства.

ЗАКЛЮЧЕНИЕ: Государственный музей истории и культуры Наманганской области служит важным учреждением в сохранении и популяризации историко-культурного наследия Наманганской области.

Ключевые слова: музей, экспозиция, экспонат, государство, история, регион, культура, реформа.

STATE MUSEUM OF HISTORY AND CULTURE OF NAMANGAN REGION_

©Jobir J. Gaziev1H

1Namangan State Pedagogical Institute, Namangan, Uzbekistan_

Annotation

INTRODUCTION: the state museum of history and culture of Namangan Region is an authoritative institution for preserving and displaying the rich historical and cultural heritage of Namangan Region.

AIM: the purpose of this study is to study the establishment, development and contribution of the State Museum of History and Culture of Namangan region.

MATERIALS AND METHODS: This study uses a qualitative approach, including archival research, interviews with museum staff, and analysis of museum records and publications.

DISCUSSION AND RESULTS: The State Museum of History and Culture of Namangan region has a wide collection of archaeological finds, historical documents, ethnographic objects, works of art.

CONCLUSION: The State Museum of History and Culture of Namangan Region serves as an important institution in preserving and promoting the historical and cultural heritage of Namangan Region.

Key words: museum, exposition, exhibit, state, history, region, culture, reform.

Для цитирования: Газиев Ж.Ж. Государственный музей истории и культуры наманганской области // Inter education & global study. 2024. №5(1). С. 456-466.

For citation: Jobir J. Gaziev. (2024) State museum of history and culture of namangan region, Inter education & global study, (5(1)), pp. 456-465. (In Uzbek).

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

Namangan viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyi keksa va navqiron muzeylar

sirasiga kiradi.Namangan viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyi ma'naviy-ma'rifiy muassasa bo lishi bilan birga ajdodlar merosini saqlaydigan, avlodlarga ko rsatib faxr iftixor tuygularini shakllantiruvchi maskandir.

Namangan viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyi Namangan viloyatida 1920 yilda tashkil etilgan bugungi kunda 92 yillik tarixga egadir.[1] 1918 yil 19 apreldagi Turkiston Respublikasi xalq komissarlari sovetining dekretiga asosan Namangan shahrining markazidagi savdogar Hamdam Qalandarov do'koni binosi 1920 yilda muzey uchun ajratib berildi. Muzey Namangan shahridagi 1-maktabning fizika fani o'qituvchisi Ivanov Vladimir Ivanovich tashabbusi bilan tashkil etilgan. Vladimir Ivanov 1919 yili xalq ta'limi nozirligiga yozgan xatida o'quvchilarga puxta bilim berish maqsadida Namangan shahrining maktablaridagi barcha fizika o'quv asboblarini bir joyga jamlash va yagona fizika laboratoriya xonasini tashkil etishni taklif qilgan. Bu taklif esa xalq ta'limi nozirligi tomonidan ma'qullangan. Mahalliy tashkilot Turkiston oqsoqollari Kengashi madaniyat bo limining qaroriga asosan Namangan shahar xalq ta limi bo'limi tasarrufida fizika muzey kabineti ishga tushdi. Namangan viloyat o'lkashunoslik muzeyi tashkil bo'lgan dastlabki yillarda jamg'arma fondi, bo'lim va ekspozitsiyalarni ochish uchun yetarli eksponatlar yo'q edi. Asosan eksponatlar geologiya, minerologiya va zoologiyaga tegishli ashyolar bor edi. Bular ichida qisman mahalliy aholini uy ro'zg'orda foydalanadigan etnografiya buyumlari uchrardi.

1920 yilga kelib xalq ta limi bo'limi yangi muzeyni moddiy texnika bazasini mustahkamlashga e'tiborini kuchaytirib, eksponatlar sotib olish uchun mablag' ajratdi. 1920 yilda ish boshlagan yosh bu maskanda 1922 yilga kelib eksponatlari soni 900 taga etdi. Muzeyni kengaytirish va eksponatlar sonini ortishida hamda xalq qo'lidagi tarixiy asori atiqalarni to'plashda shahar aholisi qo'ldan kelgancha o'z yordamini ko'rsatdi. Natijada 1923 yilga kelib muzeydagi eksponatlar turlariga qarab quyidagi bo'limlar tashkil etildi:

1. Zoologiya

2. Minerologiya

3. Anatomiya

4. Numizmatika

5. O'quv qurollari

1923-yilning so'ngida muzey 6 bo'limdan iborat bo'lib, eksponatlarning soni 770 tani tashkil etdi. Muzeyga 1920-yili 3205 nafar, 1923-yilda esa 20339 nafar kishi tashrif buyurdi. 1922-1927-yillarda muzey tomonidan ilmiy harakterdagi quyidagi ishlarni amalga oshirish ko'zda tutilgan:

a)Etnografiya bo'limini mahalliy aholining kiyim-kechaklari bilan to'ldirish, uy-ro'zg'or buyumlari ya'ni idish-tovoq kollektsiyasini to'ldirish. Chust hunarmandlari mahsulotlari erkak va ayol do'ppilari hamda pichoqlari kollektsiyasini boyitish;

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

b) Tabiatshunoslik bo'yicha kollektsiyani to'ldirish maqsadida yoz faslida viloyatning Chust, Yangiqo'rg'on va Kosonsoy tumanlariga paxodlar uyushtirish;

v) Mahalliy aholining turmush tarzini hunarmandchilik san'atini, savdo-sotiq ishlarini, mehnat faolligini aks ettiruvchi fotosuratlar ko'rgazmasini tashkil etish; g) Aholi hadya qilgan sopol buyumlar kollektsiyasini tartibga keltirish; d) Aholidan numizmatikaga oid eksponatlarni yig'ib olish va ularni davrlashtirish ishlarini amalga oshirish va boshqalar.[2]

Muzey faoliyatini yuritishda 1920-1927 yillarda V.I.Ivanov muzey rahbari ya'ni mudiri bo'lib, faqat 3 ta shtat mavjud edi. Ular mudir va farrosh, qoravul. Bugungi kunda muzeyda 57 ta shtat birligi bo'lib, ular texnik va ilmiy xodimlarga taqsimlangan holda faoliyat yuritadi.

Har bir muassasa va tashkilotni taraqqiyotida rahbarning o'ziga xos roli bor. Xuddi shunday muzey rivojini va rolini oshirishda 1927-1937 yillarda muzeyga mudirlik qilgan Inomjon Nizambayevning ham alohida o'rni bor. Inomjon Nizambayev ma'rifatli inson bo'lib, viloyatda maorifni rivojlantirishda ham ulush qo'shib, muzeyga tarixiy eksponatlarni jamlash va fondni to'ldirishda alohida jonbozlik ko'rsatgan. Buni isbotini tarixiy hujjatlarga muhrlangan hisobotlardan, qayd etish daftarlaridan hamda 1930 yilga kelganda muzey xazina fondidagi eksponatlar soni 3000 taga, ziyoratchilar soni esa 20000 ga etganida ko'rish mumkin. I.Nizambayev sayi harakati bilan Namanganda hosil bayrami tashkil etilib, bunda shahar hunarmand birlashmalari tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar ko'rgazmasi bo'lib o'tdi. Ko'rgazma yakunidan so'ng ularning ko'p qismi muzey xazina fondiga hadya etildi, bu esa o'z-o'zidan eksponatlar soni ortganligini ko'rsatadi. Muzeylar o'zlarining ilk paydo bo'lgan kunidan boshlab, o'z zamonasiningaks ettirgan, har bir davrning ehtiyojlarini ifoda qilgan, qisqa qilib aytganda zamon ko'zgusi vazifasini bajargan. Dastlabki shakllanish davrida ma'lum bir shaxslar uchun xizmat qilgan muzeylar, asta-sekin ommaviylashib bordi va jamiyat madaniyatining ajralmas bir qismiga aylandi.

1930-yillardan keyin muzey jamoasi Namangan aholisini, ayniqsa maktab o'quvchilarini tabiatga qiziqishlarini hisobga olib, sohaga oid eksponatlar to'plash va namoyish etishga e'tiborni kuchaytirdi. "O'lka geografik tuzilishi", "Aholisi", "Tuproqlari", "Iqlimi", "Suv manbalari", "Tog'lari" kabi mavzularda ma'lumotlar to'plandi. I.Nizambayev say'i-harakati bilan Namanganda hosil bayrami tashkil etilib, bunda shahar hunarmand birlashmalari tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar ko'rgazmasi bo'lib o'tdi. Ko'rgazma yakunidan so'ng ularning ko'p qismi muzey xazina fondiga hadya etildi, bu esa o'z-o'zidan eksponatlar soni ortganligini ko'rsatadi.

1938-yilda muzey ko'rgazma zallarini qayta jihozlash maqsadida muzey vaqtinchalik yopiladi. 1939-yilda tabiat, tarix, sotsializm qurilishi bo'limlari tashkil etilib, jihozlash ishlari tugagach, yana o'z ishini davom ettirdi. 1940-yilga kelib esa eksponatlar soni 10000 tani tashkil etdi. Unda o'lkamiz tabiatiga, tarixiy yodgorliklariga, me'morchilik, amaliy san'at, tibbiyot, madaniy hayotni aks ettiruvchi eksponatlar jamlandi. Muzeyga tashrif buyuruvchilar soni 23000 kishini tashkil etdi.. Namangan viloyat o'lkani o'rganish

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

muzeyi 1941 yil mart oyida O'zbekiston Respublikasi hududida Namangan oblastini tashkil topishi munosabati O'zSSR Oliy Sovetining Namangan oblasti bo'yicha tashkiliy komiteti tomonidan Namangan shahar o lkashunoslik muzeyini Namangan oblast o lkani o'rganish muzeyi maqomida qayta tashkil etish togrisida qaror qabul qilindi. [3]

1941 yil 2-jahon urushi bo layotganligi sababli 1943 yilga qadar muzey o'z faoliyatini vaqtincha to'xtatdi. 1943 yil 8 sentyabrda O'zbekiston Oliy Sovetining Namangan viloyatini tashkil etish bo'yicha tashkiliy qo mitasi tomonidan Namangan viloyat o'lkashunoslik muzeyini qayta ochish to g risida qaror qabul qilindi va muzey o'z faoliyatini yurita boshladi ya'ni 1943 yildan viloyat o lkani o'rganish muzeyida 4 ta bo'limga ega bo'lgan holda qaytadan ish boshladi.[4] O'zSSR Xalq Komissarlar Sovetining 1945 yil 27 oktyabrdagi 1766-sonli Qaroriga asosan Namangan oblast o'lkashunoslik muzeyi Namangan oblast Xalq ta'limi bo'limi ixtiyoridan Namangan oblast Madaniy oqartuv muassasalari bo'limi tasarrufiga o'tkazildi (1946 yil 11 mart 11-sonli akt bo'yicha).

Bu davrlarda muzeyga Haydarali Zokirov, keyinchalik Nabijon Ahmedov, Ivan Malenkov, Obidjon Kamolovlar rahbarlik qildilar. Ular rahbarlik qilgan davrlarda muzey ilmiy muassasa maqomida:

- o'lka tabiati va tarixini o'rganish;

- tabiat haqidagi ilmiy bilimlarni targ'ib etish;

- o'lka tabiiy resurslari namunalarini yig'ish va targ'ib etish;

- viloyat ahlini Vatanga mehr va muhabbat ruhida tarbiyalash ishlarida ko'maklashish kabi faoliyat turlarini olib borildi.

1945-yil 20-oktyabrdagi O'zbekiston SSR xalq komissarlari Kengashining 1766-sonli Qarori bilan Namangan viloyat o'lkashunoslik muzeyi Namangan viloyat xalq maorifi bo'limidan Namangan madaniy-oqarsuv muassasalari bo'limi tasarrufiga o'tkazildi.[5]

1960-yilning 25-yanvarida O'zbekiston SSR Oliy Soveti Prezidumi Farmoniga binoan Namangan viloyati tugatilishi munosabati bilan viloyat o'lkashunoslik muzeyi ham ayni vaqtda Andijon viloyatiga bo'ysunuvchi Namangan shahar o'lkashunoslik muzeyiga aylantirildi. 1966-yili ushbu muzeyga 74019 nafar kishi tashrif buyurgan. Muzey bo'yicha 518 ta ekskursiya tashkil etilgan. 1966-yili viloyat tumanlarida ko'chma muzey faoliyat yuritgan. Ushbu muzeyni 9108 kishi tomosha qilgan. Ko'chma muzey ekspozitsiyalari bo'ylab 222 ta ekskursiya tashkil etilgan. 1967-yil 1-yanvarda muzey ixtiyorida 22375 ta eksponat mavjud edi.[6]

1967-yil 18-dekabrda O'zbekiston SSR Oliy Soveti Prezidumining Farmoniga binoan Namangan viloyati qayta tiklandi. Natijada 1968-yilda Namangan shahar o'lkashunoslik muzeyi Namangan viloyat madaniyat boshqarmasi tasarrufidagi viloyat o'lkani o'rganish muzeyiga aylantirildi.[7]

Namangan viloyat o'lkani o'rganish muzeyi xazina-fondida 64455 dan ortiq eksponatlar mavjud. Shulardan 3 mingga yaqini noyob ashyolardir. Jumladan, Qoraxoniylar, Somoniylar, Amir Temur va Qo'qon xonligi davriga oid tangalarni bu o'rinda alohida tilga olish joiz.[8] 1970-yildan boshlab muzey ilmiy xodimlari etnografik

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

ma'lumotlar hamda eksponatlar yig'ish ishlarini kengaytirishdi. Natijada juda ko'plab Namangan viloyatida rahbarlik qilgan va frontda qahramonlik ko'rsatgan insonlar to'g'risida ma'lumotlar jamlangan. Respublikadagi keksa ma'naviy-ma'rifiy muassasa bo'lgan muzey mazkur binoda 1988-yilga qadar faoliyat yuritgan. Namangan viloyatidagi madaniy muassasalar va ular binolari tekshiruvdan o'tkazilganda, Namangan viloyat o'lkashunoslik muzeyiga ham bino ajratish kerakligi ta'kidlandi va muzey uchun yer ajratish va yangi maxsus bino barpo etish masalasi viloyat hokimligining kun tartibiga kiritildi. Namangan viloyat o'lkani o'rganish muzeyi uchun yangi bino qurilishida bir qator rahbar xodimlarning xizmatlari katta bo'lgan. Jumladan, viloyat partiya komitetining 1-kotibi viloyat ijroiya komitetining raisi Botirali Hakimov, viloyat madaniyat boshqarmasi boshliqlari Umarxon Iminov, Hafiza Ahmedova, Sanoat Ziyayevalarning say'i-harakatlarini alohida ta'kidlash mumkin.

Muzeyning eski binosida faoliyat yuritish davr talabiga javob bermay, ishchi guruh tomonidan o'rganilib, Namangan oblast 1-sekretari vazifasidagi Rajabov say'i-harakati bilan Respublikadagi keksa ma'naviy-ma'rifiy muassasa bo'lgan muzey mazkur binoda 1986 yilga qadar faoliyat yuritdi.

1986 yilda Namangan shahar hokimligi buyrug'iga asosan tipovoy loyiha asosida qurilish ishlari boshlangan va 1988 yilda nihoyasiga etkazilgan.1988 yil avgust oyida zamonaviy, yangi va ko'rkam binoga ko'chib o'tildi.

Muzey Namangan shahar N.Namongoniy ko'chasi 41-uyda joylashgan. Umumiy yer maydoni 5322 kv.m bo'lib, shundan 1700 kv.m ko'rgazma zallari, 520 kv.m eksponatlarni saqlash maydonini tashkil etadi. Ko'rgazma zallari 7 ta, ma'muriy xizmat xonalari 6 ta, xo'jalik va qo'shimcha xonalar 8 tani tashkil etadi. [9].

Xodimlarning jonbozliklari va samrali mehnatlari natijasida muzey 1998 yilda 1-toifali muzeylar qatoriga kirdi. Bu yili uning direktori Saidaxon Muhammadiyeva boshchiligida 2-qavatda tabiat bo'limini jihozlash ishlari boshlandi. Viloyat rassomlar uyushmasining T.Ashurov boshchiligidagi musavvirlar guruhi viloyat tabiatini ochib berish uchun ajratilgan ko'rgazma zallarini o'zgacha bir ko'rinishda bezadilar. Keyingi yillarda tabiat bo'limini viloyatimizning tabiati, o'simlik va hayvonot dunyosi namunalari va turli mavzularga oid diorammalar, vitrinalar bilan jihozlash ishlarini olib borishda erkin Qoraboev rahbarligida faoliyat yuritgan ilmiy xodimlarni xizmatlari beqiyosdir.

Ibrohimjon Yunusovich Yusupov 2004 yil avgustidan Namangan viloyat o'lkani o'rganish muzeyiga direktor bo'lib tayinlandi. Shu kundan boshlab muzeyning ilmiy salohiyatida tubdan o'zgarishlar yasaldi, muzey taraqqiyotida rivojlanish bosqichiga ko'tarildi.

Jumladan, 2004-2008 yillarda 3-qavatda tarix, etnografiya, Namangan viloyati sporti, mustaqillik yillarida Namangan, Namangan adabiy muhiti ko'rgazma zallari zamon talabi asosida rejali tematik-ekspozitsion reja asosida jihozlandi.

Umuman olganda Vatan ostonadan boshlanadi. Shu Vatan tarixi, madaniyati, urf-odati, marosimi, an'analarini bilish, o'rganish va kelajak avlodga etkazish barchamizning

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

burchimizdir. Bu borada Namangan viloyat o'lkani o'rganish muzeyida ibratli ishlar amalga oshirib kelinmoqda.

Viloyat o'lkani o'rganish muzeyi 2010-yil o'zining 90 yillik yubileyini nishonladi.

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yildagi № 68 Qarorini bajarish uchun O'zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari Vazirligi tomonidan "SKM-muzey" Dasturi ishlab chiqilgani va 2013-yil oxiriga qadar 17 mingga yaqin eksponatlarni ilmiy pasportlari, suratlari ilmiy xodimlar tomonidan talab darajasida tayyorlandi va mas'ul xodimlar tomonidan kompyuterga kiritilganini e'tirof etamiz. 2014-yili esa 3731 dona eksponatlarni SKM ga tushirib, kompyuterga tushirilgan eksponatlar sonini 18057 donaga yetkazildi.

Muzeyda qurilish va ta'mirlash ishlari uchun 2013-yilda mahalliy byudjetdan 29 mln 845 ming so'm mablag' ajratilib, muzeyning birinchi qavati ma'muriyat xonalari, zallari va issiqlik tizimi joriy ta'mirlangan edi, 2014-yilda esa mahalliy byudjetdan 80 mln so'm ajratildi. Homiy sifatida obodonlashtirish boshqarmasi 15 mln so'm mablag' ajratdi.

2016 yilda ham shu an'anani davom ettirgan holda viloyatimizning Pop, To'raqo'rg'on, Mingbuloq, Yangiqo'rg'on, Uchqo'rg'on, CHust, Namangan, Chortoq tumanlarida ko'chma ko'rgazmalari tashkil etildi. Unda "Muzey tarixiy yodgorliklar maskani", "Mustaqillik-milliy g'ururimiz", "Farzand tarbiyasida muzeylarni o'rni", "Ajdodlar merosi maskani" kabi mavzularda muzey, viloyat tarixi, tabiati, etnografiyasi, san'atini ifodalovchi eksponatlar mavjud. Viloyatimiz tabiati, tarixi, etnografiyasi, san'ati va madaniyati, hunarmandchiligi va boshqa jihatlarni o'zaro bog'liq o'rganish, istiqlol yillaridan oldin ta'qiqlangan mavzular: milliy o'zlikni anglash, tasavvuf kabi ko'plab mavzularda tadqiqot olib borish imkoniyati vujudga keldi.

Namangan viloyat o'lkani o'rganish muzeyida bugungi kunda 4 ta bo'lim,

3 ta sektor faoliyat yuritadi. Ular: fond, tarix, tabiat, adabiyot va san'at bo'limlari va ma'naviyat, mustaqillik, adabiyot sektorlaridir.

Muzeyda faoliyat olib borayotgan bo'limlar:Hozirda viloyat o'lkani o'rganish muzeyida "Tabiat", "Tarix", "Ma'naviyat", "Uslubiyot", "Ilmiy fond xazina" bo'limlari, "San'at", "Adabiyot va qo'lyozma", "Mustaqillik yillarida Namangan" sektorlari hamda "Mashrab" muzeylari faoliyat ko'rsatib kelmoqda.

Tarixidan bexabar xalq-mazlum xalq, tarixi yolg'on yozilgan xalq-mahkum xalk, tarixini asragan va bilgan xalq-qudratli va tenglar ichidateng xalqdir. O'lka

tarixiga oid muzey ko'rgazma zallarida va muzey xazina fondida 66827 ta ekspo-natlar mavjuddir.

2012 yil 27 mart O'zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o'rinbosari A.Aripov tasdiqlagan bayonnoma qaroriga ko'ra, O'zbekiston Respublikasida 18 may «Xalqaro muzeylar kuni» ning 35 yilligini keng nishonlash rejalashtirilgan va Namangan viloyat hokimligida ham bu to'g'rida Dasturi ishlab chiqildi va 21 aprelda tasdiqlandi.

2012 yil 18 may kuni «Muzeylar xalq tarixi ko'zgusidir» mavzusida Namangan viloyatidagi barcha muzeylarni jamlagan holda festival tashkil etildi. Bu festivalda Farg'ona, Andijon muzeylari rahbarlari ham ishtirok etishdi.

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

Muzeyda muhim sanalar va tarixiy kunlarga bag'ishlangan ko'rgazmalar, tadbir va muloqotlar tashkil etish an'anaga aylangan. Undan tashqari viloyatga daxldor rassomlar, hunarmandlar va mashhur xalq e'tiborini qozongan yurtdoshlarga ehtirom tarzida noan'anaviy tadbirlar ham tashkil etiladi.

Bu borada Inog'om Xidiraliev, Usmon Nosir, Is'hoqxon Ibrat, Sofizoda hamda Yo lchi Qosimovlar xotirasiga o'tkazilgan tadbirlarni sanab o'tish mumkin.

Namangan viloyatida turizmni rivojlantirishga oid Dastur tasdiqlanib, uning 6 -bandida muzeyda qayta jihozlash va ta'mirlash rejalashtirilgan. Bu tadbir Dasturi asosida muzeyda ko'rgazma zallarini qayta jihozlash ishlariga e tibor qaratilib, ularning ilmiy kontseptsiyalari, mavzuiy ekspozitsion rejalari ishlab chiqilmoqda.

Hozirgi kunda Namangan viloyat o lkani o'rganish muzeyida jami 47023 dona eksponat mavjud bo lib, shundan 355 ta rassomchilik, 15288 ta foto-suratlar, 27 ta haykaltaroshlik, 7445 ta arxeologik, 7093 ta numizmatik, 3367 ta etnografik, 11140 hujjatlar 2308 tasi boshqa buyumlarni tashkil etadi. Muzeyda 4 ta bo'lim, 3 ta sektor bo'lib, Xazina, Adabiyot va san'at, Tabiat, tarix bo'limlari bo'lsa, Mustaqillik, san'at, ma'naviyat sektorlaridir va ular o'z yo'nalishlari bo'yicha faoliyat yuritadi. 2012 yil 1 may holatiga kelib muzeyda 57 shtat birligi mavjuddir.

Namangan viloyat o'lkani o'rganish muzeyida bugungi kunda 57 ta xodim bo'lib, shulardan 23 tasi ilmiy xodimlardir.

Muzey fondini to'ldirish uchun mahalliy tashkilotlar bilan hamkorlik yo'lga qo'yish kerakligi bugungi kunning eng dolzarb vazifalaridandir. Ijtimoiy hamkorlik muzey sohasiga aloqador tashkilotlar, qishloq fuqarolar yig'ini, fermer xo'jaliklari bilan samarali yo'lga qo'yilsa muzey fondini yangi eksponatlar bilan boyishi ayni haqiqatdir. Bu masala muzeyning galdagi vazifalaridan biri bo'lib, ilmiy tadqiqot izlanishlar talab etadi.

Ilmiy fondishlari: O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 12-apreldagi "O'zbekiston Respublikasining "Muzeylar to'g'risida"gi qonunini ro'yobga chiqarish uchun zarur bo'lgan normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash haqida"gi 68-sonli qaroriga muvofiq O'zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari Vazirligi tasarrufidagi sertifikatsiya va kompyuterlashtirish markazi hamda muzeylarni qo'llab-quvvatlash Respublika "O'zbekmuzey" jamg'armasi mutaxassislari tomonidan "SKM-muzey" hamda "SKM-GID" Dasturi ishlab chiqilgan edi. Bu Dastur asosida muzey ashyolarini hisobga olish va boshqarishni avtomatlashtirish tizimiga o'tilgan edi.

Davlat katalogini yaratish jarayoni mamlakatimizda faoliyat ko'rsatayotgan muzeylarga toifa berish, muzey ashyolari va kolleksiyalarini qayta ro'yxatdan o'tkazish, muzey xodimlarini malakasini oshirish tadbirlarini o'z ichiga oladi.

Hisobot yilida jami ilmiy xodimlar tomonidan 2536 dona eksponatlarga ilmiy pasportlar yozilgan. Fonddagi "hujjatlar" va"Arxeologiya" bo'limlariga tegishli eksponatlar talab darajasida suratga oldirilmoqda. Yil davomida "SKM-muzey" Dasturiga tushirish ishlari davom etdi va 3731 dona eksponat "SKM-muzey" Dasturiga kiritildi. Hozirga qadar Dasturga tushirilgan eksponatlar soni 18057donani tashkil etadi.

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

Muzeyda va muzeydan tashqarida o'tkazilayotgan ko'rgazmalarda muzey fondida saqlanayotgan eksponatlardan mavzularni yoritishda hamda yosh avlodni ajdodlarga ehtirom tuyg'ularini shakllantirishda foydalanilmoqda. Viloyatning To'raqo'rg'on,Uychi, Uchqo'rg'on, Norin, Yangiqo'rg'on,Kosonsoy tumanlariga uyushtirilgan ko'chma ko'rgazmalar jarayonida 400 dan ortiq eksponatlar namoyish etilgan va ular vositasida Vatan, o'lka tarixi, san'ati, madaniyati, arxeologiyasi, hunarmandchilik sohalari haqida ilmiy xodimlar tomonidan ma'ruzalar o'qilgan. Namangan viloyati o'lkani o'rganish muzeyida haqida, undagi o'zgarish va yangiliklar, tarixi, ko'rgazma zallari haqida internetda ham ma'lumot olish uchun muzey shaxsiy sayti www.nammuzey.uz nomi ostida yaratilgan.

Muzey jamoasining sa'yi-harakatlari va samarali mehnatlari tufayli 1998 yildan boshlab 1 -toifali, 2017 yildan oliy toifali muzeylar qatoridan o'rin oldi. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 11 dekabrdagi "2017-2027 yillarda davlat muzeylari faoliyatini takomillashtirish moddiy-texnik bazasini mustahkamlash bo'yicha kompleks chora-tadbirlar dasturini tasdiqlash to'g'risida"gi 975-sonli Qaroriga muvofiq Namangan viloyati o'lkani o'rganish muzeyining nomi Namangan viloyati tarixi va madaniyati davlat muzeyiga almashtirildi. [10] Hozirgi kunda Namangan viloyati tarixi va madaniyati davlat muzeyi 4 ta bo'lim, 3 ta sektor faoliyat yuritadi. Ular: fond, tarix, tabiat, adabiyot va san'at bo'limlari va ma'naviyat, mustaqillik, adabiyot sektorlaridir.O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 11 dekabrdagi 975 sonli qarori,O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligining 2017 yil 14 dekabrdagi 874-sonli hamda Namangan viloyati Madaniyat boshqarmasining 2017 yil 20 dekabrdagi 89-sonli buyruqlarini ijrosini ta'minlash maqsadida 2018 yil 1 yanvardan faoliyati tugatiladigan muzeylarda Namangan viloyat Madaniyat boshqarmasi tomonidan tuzilgan komissiya a'zolari ishtirokida Namangan viloyat "Xotira va Qadrlash" muzeyi, Uychi, Chortoq, Mingbuloq, Yangiqo'rg'on, To'raqo'rg'on tuman muzeylari balansidagi muzey ashyolari, kolleksiyalari, moddiy texnik bazasi qayta sanoqdan o'tkazish, xatlov jarayoni o'tkazildi. Shundan Namangan viloyati "Xotira va Qadrlash" muzeyi 25900 ta eksponat, 6 ta gorizontal vitralar, 13 ta vertikal vitrina;

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

Uychi tumani muzeyidan 1842 ta eksponatlar va 6 ta gorizontal vitrina, 8 ta vertikal vitrina;

Chortoq tumani muzeyidan 1872 ta eksponatlar va 7 ta gorizontal vitrina, 7 ta vertikal vitrina;

Mingbuloq tumani muzeyidan 1153 ta eksponatlar va 6 ta gorizontal vitrina, 6 ta vertikal vitrina;

Yangiqo'rg'on tumani muzeyidan 1761 ta eksponatlar va 4 ta gorizontal vitrina, 10 ta vertikal vitrina;

To'raqo'rg'on tumani muzeyidan 1456 ta eksponatlar va 7 ta gorizontal vitrina, 7 ta vertikal vitrinalar Namangan viloyati tarixi va madaniyati davlat muzeyiga kirim qilindi.

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 11 dekabrdagi 975-sonli qaroriga asosan Kosonsoy tuman muziyi filial qilib biriktirildi. Namangan viloyat

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

televideniyesi bilan hamkorlikda "Bugunning gapi" teleshousi, "Beqasam", "Taqinchoqlar", "Namangan viloyat muzeyi", "Ro'molcha", "Namangan hunarmandchiligi", "Kandakorlik", "Chimildiq" kabi ko'rsatuvlar muzeyni ommalashtirishga xizmat qilmoqda, deydi: muzey ilmiy hodimlari . Tadbirlarda viloyat tarixi, adabiyoti, san'ati va noyob eksponatlari to'g'risida ilmiy xodimlar tomonidan ilmiy maqolalar, ilmiy ma'ruzalar, taklifnoma, dastur, afishalar, bukletlar tayyorlanib shu asosda tadbirlar o'tkazilmoqda.

Xulosa qilib aytganda, Namangan viloyati o'lkashunoslik muzeyi viloyat aholisining ma'naviy olamini boyitish bilan bir qatorda yoshlarnivatanparvarlik ruhida tarbiyalashda asosiy vosita vazifasini o'tamoqda.

ADABIYOTLAR RO'YXATI | СПИС ОК ЛИТЕРАТУРЫ | REFERENCES

1.Haydarov.Z.U. Namangan viloyatining sovet davri va mustaqillik yillaridagi ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy tarixi: qiyosiy tahlil.-Tarix fanlari nomzodi il.dar. olish uchun yozilgan diss. Avtorefarat: Toshkent, 2007.-b.18.

2.Мирзалиев Э. Наманган вилоят улкани урганиш музейи: кеча ва бугун. -ФарfOна. 2010.-Б. 11-12.

3.Гласс Ю.И., Ланда Л.М. Музеи Узбекистана. Ташкент, 1961. С. 58.

4.Turdiyev.B.I.Yoshlarni milliy qadriyatlarga xurmat ruhida tarbiyalashda muzeylarning o'rni(Namangan viloyati o'lkashunoslik muzeyi misolida).BMI.Namangan, 2014.-b.21..

5.Наманган вилоят улкани урганиш музейининг 2006 йил йиллик х,исоботидан. -Namangan, 2006.- Б.12.

6.НВДА,796-фонд. 1-руйхат, 45-иш, 9-варак,.

7.Мирзалиев Э., Наманган вилоят улкани урганишмузейи: кеча ва бугун. -Фарюна. 2010. -Б. 15-16.

8.Axmadaliyeva L. O'lmas yodgorliklar maskani. // Ta'lim va tafakkur. 2006. №3. -B. 2021.

9.Mirzaliev E.Yu. Namangan madaniyati tarixidan lavhalar.-Namangan, 1994.-b.78.

10. Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 11 dekabrdagi"2017-2027 yillarda davlat muzeylari faoliyatini takomillashtirish moddiy-texnik bazasini mustahkamlash bo'yicha kompleks chora-tadbirlar dasturini tasdiqlash to'g'risida"gi 975-sonli Qarori. https://lex.uz/ru/docs/3457075?otherlang=4

MUALLIF HAQIDA MA'LUMOT [ИНФОРМАЦИЯ ОБ АВТОРЕ] [AUTHORS INFO]

Gaziyev Jobirxon Jo'raxonovich, o'qituvchi. [Газиев Жобирхон Журахонович,

учитель], [Jobir J.Gaziev, teacher]; manzil: O'zbekiston, Namangan sh., Uychi ko'chasi, 316-uy [адрес: Узбекистан, ул. Уйчи, 316, г. Наманган], [address: Uzbekistan, 316, Uychi st., Namangan city]

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.