Научная статья на тему 'CHIRCHIQ SHAHRI MIKROTOPONIMLARINING LINGVOMADANIY GURUHLARI'

CHIRCHIQ SHAHRI MIKROTOPONIMLARINING LINGVOMADANIY GURUHLARI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
toponim / lingvokulturema / lingvomadaniy jihat / Jizzax / astionim / godonim / agoronim / nekronim.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Muhabbat Qodirova

Ushbu maqolada joy nomlarini tadqiq qilishda lingvomadaniy yondashuv hamda mazkur yondashuvdagi o’ziga xos jihatlar Jizzax viloyati Jizzax shahri mikrotoponimik manzarasi misolida tahlil qilingan. Toponimlarning joyning nomi sifatida atoqli ot vazifasini bajarishdan tashqari ularning ekstralingvistik jihatlari haqida fikr-mulohazalar bayon qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «CHIRCHIQ SHAHRI MIKROTOPONIMLARINING LINGVOMADANIY GURUHLARI»

CHIRCHIQ SHAHRI MIKROTOPONIMLARINING LINGVOMADANIY

GURUHLARI

Muhabbat Qodirova

Jizzax davlat pedagogika universiteti

Annotatsiya. Ushbu maqolada joy nomlarini tadqiq qilishda lingvomadaniy yondashuv hamda mazkur yondashuvdagi o'ziga xos jihatlar Jizzax viloyati Jizzax shahri mikrotoponimik manzarasi misolida tahlil qilingan. Toponimlarning joyning nomi sifatida atoqli ot vazifasini bajarishdan tashqari ularning ekstralingvistik jihatlari haqida fikr-mulohazalar bayon qilingan.

Kalit so'zlar: toponim, lingvokulturema, lingvomadaniy jihat, Jizzax, astionim, godonim, agoronim, nekronim.

Аннотация: В данной статье исследуется лингвокультурный подход к изучению географических названий и его особенности на примере микротопонимической картины города Джизак Джизакской области. Помимо выполнения функции имен собственных, названия мест также анализируются с точки зрения их экстралингвистических аспектов.

Ключевые слова: топоним, лингвокультурема, лингвокультурный аспект, Джизак, астионим, годоним, агороним, некроним.

Annotation: This article examines the linguocultural approach to the study of place names and its distinctive features, using the microtoponymic landscape of Jizzakh city in Jizzakh region as a case study. In addition to serving as proper nouns, the place names are discussed in terms of their extralinguistic aspects.

Keywords: toponym, linguocultural unit, linguocultural aspect, Jizzakh, astionym, godonym, agoronym, nekronym.

Onomastikaning asosiy o'rganish obyektlaridan biri hisoblangan toponimlar shunchaki joyning atoqli nomigina bo'lib qolmasdan, ular lingvokulturema sifatida o'z semantik keysida ajdodlarimizning etnogenezi, urf-odat, kasb-hunar, ijtimoiy,

40

madaniy-ma"naviy, diniy-falsafiy qarashlari, joylarni nomlashdagi mohirlik va topqirligi kabi ekstralingvistik xususiyatlarni mujassamlashtiradi. Toponimlar o'zbek tilining tarixiy, lisoniy boyligi, xalq ma'naviyatining katta merosi sifatida lingvomadaniyatshunoslikning ham o'rganish obyektlaridan biri hisoblanadi. Prezidentimiz Sh.Mirziyoyevning "Agar jamiyat hayotining tanasi iqtisodiyot bo'lsa, uning joni va ruhi m'naviyatdir. Biz yangi O'zbekistonni barpo etishga qaror qilgan ekanmiz, ikkita mustahkam ustunga tayanamiz. Birinchisi - bozor tamoyillariga asoslangan kuchli iqtisodiyot bo'lsa, ikkinchisi - ajdodlarimizning boy merosi va milliy qadriyatlarga asoslangan kuchli ma'naviyat." [1], - degan fikri toponimik meros uchun ham tegishlidir.

Dunyoda hamma narsaning nomi bor. «Tog'» deganda balandmi pastmi, kattami-kichikmi umuman tog' tushuniladi. Ko'l ham shunday umumiy atama, turdosh ot. Bunday so'zlami xohlagan tilga tarjima qilish mumkin. Atoqli ot esa qandaydir bir narsani, predmetni, obyektni bildiradi va odatda taijima qilinmasdan hamma tillarda deyarli bir xil yoziladi va talaffuz qilinadi.

Masalan, Samarqand deganda, respublikamizdagi Zarafshon daryosi sohilida joylashgan go'zal tarixiy shahar tushuniladi. Buxoro deyish bilan O'zbekistonning ko'hna shahri, shu nomli viloyat markazi ko'z o'ngimizda namoyon bo'ladi. Shunday qilib, toponim (geografik nom) — avvalo so'zdir. Biroq u oddiy so'z emas, birinchidan, atoqli ot. Ayni paytda ko'pgina toponimlar, hatto tilshunos olimlar uchun ham tushunarsiz.

Xorazm, Samarqand, Farg'ona, Namangan kabi nomlarning kelib chiqishi haqida qancha fikrlar bildirilgan bo'lsa ham, ularning kelib chiqishi, etimologiyasi hamon noma'lum. Joy nomlari shu qadar ko'pki, hamma toponimlarning ham ma'nosiga yetib bo'lmaydi. Nom qancha ko'hna bo'lsa, uning etimologiyasini bilish shuncha qiyin bo'ladi.

Hamma nomlardan ma'no qidirib, mazmuni anglashilmagan nomlari o'zgartirilib, boshqacha atash minglab yillarning mahsuli bo'lgan ma'naviy yodgorlik ildiziga bolta urish demakdir. Biz uchun noaniq bo'lgan geografik nomlar ma'nosini kelajak avlodlar tushunib oladi. Ma'nosidan qat'iy nazar, barcha nomlar manzil

vazifasini bajaradi. Shunday qilib, toponimlarning kishilik jamiyati uchun eng muhim va zaruriy funktsiyasi manzil bo'lib xizmat qilishdir.

Demak, joy nomlari bir obyektni ikkinchi obyektdan farq qilish uchun, bu obyektning nomini aniq ko'rsatish uchun zarur. Shu o'rinda toponimlarning kelib chiqish etimologiyasini madaniyat bilan aloqasini ko'rib chiqish zarurligi seziladi. Geografik nomlar manzilgina emas, balki ko'pdan-ko'p axborot — tarixiy, geografik, lingvistik ma'lumot tashiydi. Har qanday geografik nom muayyan mazmunga ega, ma'nosiz nom bo'lmaydi. Lekin ko'pgina joy nomlarining ma'nosi yo'qolgan, aniqrog'i hozirgi kishilar uchun tushunarsiz bo'lib qolgan.

Toponimlar turli asrlar mevasi bo'lib, uzoq davrlar yashaydi. Qadimiy tillarda qo'yilgan nom keyingi xalqlar uchun oddiy toponimdan boshqa narsa emas, uning qanday ma'noni anglatishi haqida har doim ham o'ylab o'tirishmaydi. Geografik nomlar turli davrlar guvohi. Turli soha olimlari — tilshunoslar, geograflar, tarixchilar, arxeologlar, geologlar, etnograflar toponimikaga murojaat qiladilar. Geografik nomlarga qarab o'tmishda qanday xalqlar yashaganini, turli millat xalqlarining o'zaro aloqalarini, ularning bir joydan ikkinchi joyga ko'chib yurishini bilib olish mumkin.

Turli davrlarda yashagan va turli tillarda gaplashgan xalqlar o'rta Osiyo, jumladan o'zbek halqining etnogenezida muayyan darajada ishtirok etgan va o'lkaning tarixiy toponimiyasida iz qoldirilgan. Buni O'rta Osiyoning o'tmishda ko'chmanchi va yarim ko'chmanchi bo'lgan aholisining hozirgacha saqlanib qolgan urug'-qabila nomlarida ham ko'rish mumkin. Sarmat, Sirak (Siroq), To'xar, Alan, Mitan kabi toponimlar o'lkada turli davrlarda yashagan qadimiy xalqlar va qabila nomlarining in'ikosidir. Har bir mamlakatda, viloyat, har bir tumanda, shaharda va hatto qishloqda qanchadan-qancha toponimlar bor. 1966 yilda Jizzax viloyati Zomin tumanidagi Tamtum qishloq atrofidan 300 dan ortiq toponim va mikrotoponim yozib oldik. Bular chek yerlar, dalalar, bog'lar, qo'nish joylari, tabiiy obyektlar — qoyalar, qirlar, tepaliklar, dalalar, soyliklaming nomlaridir.

Ana shu toponimlarga qarab qishloq tarixini, unda kimlar yashagani, yerga bo'lgan xususiy mulkchilik haqida tasavvur hosil qilish mumkin. Maydoni O'zbekistonnikidan sal katta bo'lgan Shvetsiyada 12 million toponim qayd qilingan.

Respublikamizda ham kamida shuncha toponim bor deyish mumkin. Butun dunyoda esa bir necha milliard toponim bo'lishi kerak. Geografik nomlar — xaritaning muhim elementidir. Joy nomlari obyektlarning manzillari boyish bilan birga hududning tabiati, tabiiy boyliklari va boshqa geografik xususiyatlari haqida ma'lumot bera oladi.

Toponimika geologik qidiruv ishlarida ham katta yordam beradi. Geologiya-minerologiya fanlari doktori R.A.Musin o'zining ko'p yillik ilmiy faoliyatida qadim zamonlarda ishga solingan konlaming o'rinlarini toponimika ancha aniq ko'rsatib bera olishini isbot qiladi. Konsoy, Kontepa, Oltinbel, Oltintog', Simob, Kumushkon, Miskon, Ko 'hila'1, Qo'rg'oshinkon kabi daryo va soylar, tog'lar va tepaliklar, yo'llar va dovonlar, maydon va mavzelar bu joylardan yer osti boyliklari qazib olinganidan dalolat beradi. Masalan, Parkent qishlog'i yaqinida joylashgan Kumushkondan qadimda ham, yaqin — yaqinlarda ham qo'rg'oshin qazib olingan. Nima uchun Kumushkon Qo'rg'oshinkon deb atalgan emas? Buning siri yaqindagina aniqlandi. Ma'lum bo'lishicha, Kumushkonning qo'rg'oshin rudalari boshqa kon rudalaridan o'zining kumushga boyligi bilan ajralib turarkan. [2]

Jizzax shahri ma'muriy birlik sifatida 1973-yil 28-dekabrda tashkil etilgan. 51 yillik tarixi davomida u nafaqat shahar yoki Jizzax viloyati, balki mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy hayotida faol ishtirok etib kelmoqda. Shimoliy-sharqda Qozog'iston Respublikasi va Sirdaryo viloyati, janubi-g'arbda Samarqand, Navoiy viloyatlari, janubi-sharqda Tojikiston Respublikasi bilan chegaradosh. Maydon 21,2 ming km2. Aholisi 1 mln 483,1 ming kishi (2022.04). Jizzax viloyatida 12 ta tuman bor: Arnasoy, Baxmal, Do'stlik, Sharof Rashidov, Zarbdor, Zafarobod, Zomin, Mirzacho'l, Paxtakor,Yangiobod, Forish, G'allaorol. 20 ta shahar va shaharchalar (Gagarin, Dashtobod, Do'stlik, Jizzax, Marjonbuloq, Paxtakor, G'allaorol, Zarbdor, Zomin, Bo'ston, Zafarobod,

O'smat, Uchquloch, Bog'don, Pishag'ar, Qo'ytosh, Sharq yulduzi, Arnasoy), 400 qishloq fuqarolari yig'ini bor (2022).

Eng mashhur versiyalardan biriga ko'ra, shahar nomi so'g'dcha „Dizak" so'zidan kelib chiqqan bo'lib, „kichik qal'a" degan ma'noni anglatadi. [3]

Jizzax O'rta Osiyodan o'tgan bir necha qadimiy karvon yo'lining tutashgan joyida vujudga kelgan. Yozma manbalarda ilk bor arab geograf olimlari va sayyohlaridan Ibn Havkal va Muqaddasiplarning asarlarida Ustrushonaning Faknon viloyatidagi shahar deb tilga olinadi.

Shahar arablar istilosidan oldin ham mavjud bo'lgan. Jizzax IX-X asrlarda Somoniylar, XI-XIII asr boshida Qoraxoniylar, Xorazmshohlar davlati, XIV-XV asrlarda Temuriylar davlati, XVI-XVIII asr 1-yarmida Buxoro xonligi, XVIII asr 2-yarmidan 1866-yilgacha Buxoro amirligiga tobe bo'lgan. Shahar bir necha marta inqirozga uchrab, yana qayta tiklangan. XVI-XVII asrlarda aholi hozirgi eski bozordagi O'ratepaga ko'chgan. XIX asr 60-yillarida u ham harobaga aylangan. Keyinchalik yana tiklangan. XIX asr 2-yarmidan Turkiston general gubernatorligi tarkibiga kiritilgan. Jizzaxda tegirmon, juvozxona, temirchilik ustaxonalari, kulolchilik korxonalari va boshqalar ishlab turgan. Shahar XVI-XIX asrlarda ko'pgina tarixiy voqealarning guvohi bo'lgan. 1571-yilda Abdullaxonning Dashti qipchoq xoni Boboxon va Toshkent hokimi Darveshxon bilan Jizzaxdagi to'qnashuvi shaharga ko'p talafot yetkazgan. 1866-yil 12-18-oktyabrda Jizzax qal'asi rus bosqinchilari tomonidan to'pga tutilib, vayronaga aylantirilgan. 1916-yildagi Jizzax isyonida shahar rus mustamlakachilari tomonidan yana vayron qilinib, aholi beshafqat qirilgan.

• Arnasoy tumani (G'oliblar)

• Baxmal tumani (O'smat)

• G'allaorol tumani (G'allaorol)

• Sharof Rashidov tumani (Uchtepa)

• Do'stlik tumani (Do'stlik) Tuman va • Zomin tumani (Zomin) markazlari • Zarbdor tumani (Zarbdor)

• Zafarobod tumani (Zafarobod)

• Mirzacho'l tumani (Gagarin)

• Paxtakor tumani (Paxtakor)

• Forish tumani (Bog'don)

• Yangiobod tumani (Balandchaqir)

44

Jizzax vohasi O'zbekiston tarixida avlodlar ardog'iga munosib madaniy manzillari, bebaho tarixiy maskanlari bilan eng munosib o'ringa daxldor.

Jizzax tarixining eng qadimgi sahifalari haqida gap ketganida, albatta, jahon tarixiga daxldor sanalmish "Sayxonsoy qoyatoshlari"dagi suratlarni (4,5 ming yil avval), eng qadimgi odamlar yashaganligi taxmin etilayotgan "Peshag'or g'ori" madaniy qatlamlarini, ikki ming - ikki yarim ming yillik tarixga ega "Mozorsoy yodgorliklari"ni, "Jomonjar yer osti ehromlari"ni, qadimgi manbalarda tilga olingan "Gaza, Xarakana, Zomin, Sobot, Miq, Marsmanda, undanda qadimgiroq bo'lmish Xitoy solnomalarida tilga olingan "Yecha shahri" qoldiqlari bo'lmish qadimgi qal'alar va shaharlar o'rinlarini faxr bilan tilga olamiz.

Qadimgi va o'rta asrlarda bunyod etilgan me'moriy yodgorliklar bizgacha yetib kelmagan. O'rta asrlarga oid ko'pgina qal'aqo'rg'on va karvonsaroylar tepa va qo'rg'on (Ko'ltepa, Oqtepa, Rabot, Qo'rg'ontepa, Xonimqo'rg'on, Kaliyatepa) kabi nomlar bilan ataladi. Bularning soni 100 dan ortiq. Jizzax va G'allaorol tumanlari hududidagi Takalisoydagi qoyatoshlarda ibtidoiy chorvachilik, ovchilik davriga oid mingdan ortiq rasm, Baxmal, G'allaorol, Jizzax tumanlarida juda ko'p yer osti yo'llari saqlangan. 1956-yilda Baxmal tumani hududidan Budda ibodatxonasi qoldig'i topilgan. Parpiota, Malik Girkushoq, Avliyoi Serob, Nuriddin masjidlarining qoldiqlari saqlangan. Forish tumanida qad roslagan „Band" to'g'oni qoldig'i hozir ham mavjud. Jizzax tumanida Uzunota qabri bor. Bu yerda sohibqiron Amir Temur 1404-yil dekabr oyining so'nggi kunida bir kecha tunagan. Jizzax ruslar tomonidan bosib olingandan so'ng rus harbiy ish boshchilari nazoratida mahalliy aholi kuchi bilan barpo etilgan bir qancha imoratlar (uyezd hokimi binosi, rus askarlari qarorgohi, qamoqxona, cherkov) saqlanib qolgan. [4]

Biz o'z tadqiqot ishimizda Toshkent viloyati, xususan, Chirchiq shahar mikrotoponimiyasini tadqiq qilishda ularni lingvomadaniy jihatdan quyidagicha tasnifladik:

1-Jadval

Jizzax shahri mikrotoponimlarining lingvomadaniy guruhlari

Lingvomadaniy Aholining kasb-kori, Milliy urf-odatlar Aholining

guruhlari hunari va mehnat va qadriyatlar dunyoqarashi,

\ jarayonlari bilan asosida tafakkuri bilan

\ bog'liq joy nomlari shakllangan joy bog'liq joy

\ nomlari nomlari

Toponimlarning

Turlari

Astionimlar "Hamroqul Nosirov "Navruzbuloq" "Zilol"

(shaharcha, mavze, SFU", "A.Navoiy "Zargarlik" "Xalqobod"

kichik joy nomlari) SFU", "O'sar "Qassoblik" "Qipchoq"

Xatamov MFY", "Jizzaxlik" "Do'stlik"

"Qaliya MFY" "Sovungarlik" "Bunyodkor"

"Kimyogar"

"Islom Karimov" "Yunus Rajabiy" "Chamanzor"

"Sharof Rashidov" "Zulfiyaxonim" "Dehqonobod"

"Olimjon Azizov" "Sayiljoyi" "Oqqo'rg'onlik"

"Hamraqulova" "Gulzor" "Yangiqo'rg'on"

Godonimlar (ko'cha "Baynalminal" "Bo'ston" "Charog'bon"

nomlari) "Rasul Isayev" "Yangi hayot" "Ziyolilar"

"Abdulla Qodiriy" "Mo'minobod"

"Hamid Olimjon" "Sardoba"

"Yo'ldosh "Nurliobod"

Oxunboboyev" "Yunusobod"

"Mahkam G'oziyev"

"Xamza"

Agoronimlar (maydon, parklar va bog'lar nomlari) "O'ria bog'i" "Istiqlol istirohat bog'i" "Sharaf Rashidov" xiyoboni "Istiqlol" istirohat bog'i

Nekronimlar (mozorlar, qabristonlar va shu tipdagi muqaddas qadamjoylarning atoqli nomi) "Qaliya" qabristoni "Mo'mintepa" qabristoni

Til kommunikatsiya jarayonida o'zining ijtimoiy vazifalarini to„laligicha namoyon etadi. U nafaqat aloqa, fikr ifodalash va yetkazish, ta"siï etish, balki konseptual olam manzarasiga oid ma"naviy bilimlarni to„plash va saqlash, obyektiv voqelikni idrok qilish vositasi ham hisoblanadi.

Ana shu tilning onomastik sathiga mansub bo'lgan toponimlar bugungi kun lingvistikasida atoqli joy nomlari sifatida nafaqat onomastik ko'lamda, balki til va madaniyat o'rtasidagi bog'liqlikni kuzatish imkonini beruvchi tilshunoslikning ancha yangi va dolzarb yo'nalishi bo'lgan lingvomadaniyatshunoslikning ham tadqiqot obyektlaridan biriga aylanmoqda. Toshkent vohasi toponimlarini har bir shahar va tuman kesimida to'plash va o'гganish, uni tizimli tahlil va tadqiq etish o'zbek tilidagi atoqli otlar tizimining shakllanish bosqichlari xususida qimmatli ma'lumotlaT beribgina qolmay, xalqimiz tarixi, etnogenezi, urf-odatlari, turmush tarzi, mazkur areal jo'grafiyasi va arxeologiyasi, shuningdek, ma'naviyatimiz sarchashmalari haqida keng qamrovli izlanishlar olib borishga asos bo'la oladi. Xalqimiz tarixi, taqdiri va turmush tarzining o'ziga xos indikatori hisoblangan joy nomlari ajdodlarimiz tafakkurining bebaho yodgorligi, o'zbek ma'naviyati xazinasini asrlar davomida boyitib kelgan lingvokulturema sanaladi.

Adabiyotlar:

1. Mirziyoyev Sh.M. Jamiyat hayotining tanasi iqtisodiyot bo'lsa, uning joni va ruhi ma'naviyatdir. //https://president.uz/uz/lists/view/4G89.

2. https://uz.wikipedia.org/wiki/Jizzax_(shahar)#cite_note-2

3. Qorayev S. Toponimika. T.: "O'zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti", 2GG6

4. O'rol Nosirov va Raya Nurqulova "Jizzax viloyati" O'zME. Birinchi jild. Toshkent, 2GGG-yil.

5. Siddiqova Sh. O'ziniki bo'lmagan ko'chirma gaplar badiiy matnlar misolida // Tafakkur ziyosi. 2G22/ maxsus son. -B. 39-46.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.