Научная статья на тему 'CHET TILIDAGI BADIIY MATNDA TIL O’RGANUVCHI TOMON MADANIYATIGA OID JIHATLARNING MAVJUDLIGI'

CHET TILIDAGI BADIIY MATNDA TIL O’RGANUVCHI TOMON MADANIYATIGA OID JIHATLARNING MAVJUDLIGI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
3
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
badiiy matn / chet tili / madaniyat / muloqot / ta’lim tizimi. / художественный текст / иностранный язык / культура / общение / система образования.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — S.R. Mirzayeva

mazkur maqolada chet tili o’qitishda foydalaniladigan badiiy matnlarda til o’rganuvchining madaniyatiga mos keluvchi jihatlarning mavjugligi haqida so’z boradi. Shuningdek, chet tili dars jarayonida madaniy muloqotlar xususiyatlari yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

PRESENCE OF CULTURALLY-RELATED ASPECTS IN FOREIGN LANGUAGE LITERARY TEXT

в данной статье говорится о наличии аспектов, совместимых с культурой изучающего языка в художественных текстах, используемых при обучении иностранному языку. Также выделены особенности культурного общения на уроке иностранного языка.

Текст научной работы на тему «CHET TILIDAGI BADIIY MATNDA TIL O’RGANUVCHI TOMON MADANIYATIGA OID JIHATLARNING MAVJUDLIGI»

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

Original paper

© S.R. Mirzayeva18_

1Namangan davlat pedagogika instituti, Namangan, O'zbekiston

Annotatsiya

KIRISH: mazkur maqolada chet tili o'qitishda foydalaniladigan badiiy matnlarda til o'rganuvchining madaniyatiga mos keluvchi jihatlarning mavjugligi haqida so'z boradi. Shuningdek, chet tili dars jarayonida madaniy muloqotlar xususiyatlari yoritilgan.

MAQSAD: badiiy tahlil-matn tahlilining murakkab turlaridan bo'lib, unda xilma-xil vazifalar bajariladi. Chunki bu tahlildan kuzatiladigan maqsad asarning xususiyatlarini o rganishdir. Badiiy matnda kishilarning munosabatlar doirasida bir-biri bilan bog'langan kishilar xayotining ma'lum davridagi voqealari tasvirlanadi. Bu voqealarda davrning siyosiy ijtimoiy, madaniy va ahloqiy xayoti o'z aksini topadi.

MUHOKAZA VA NATIJALAR: mulohaza o'quvchilarda til va madaniyatning muloqotdagi roli haqida tushunchani rivojlantirishga yordam beradi. Bilimlarni rivojlantirish, o'quv uslublarini yangilash va mulohaza yuritish orqali o'quvchilar madaniyat va til o'rtasidagi tafovutlar va o'xshashliklarni oson anglaydilar

XULOSA: xulosa o'rnida shuni ayta olamanki, ushbu maqola til va madaniyat o'rtasidagi munosabatlarga e'tibor qaratishga urinish,nega madaniyatni o'qitish chet tili o'quv dasturining ajralmas qismi bo'lishi kerakligini tushunish haqida ma'lumot beradi. Adabiyotlarni chuqur tahlil qilish madaniyat va uning chet tillarini o'rganish jarayonidagi ahamiyatli jihatlarni yaxshiroq tushunishga hissa qo'shishga qaratilgan edi.

Kalit so'zlar: badiiy matn, chet tili, madaniyat, muloqot, ta'lim tizimi.

ПРИСУТСТВИЕ КУЛЬТУРНО-СВЯЗАННЫХ АСПЕКТОВ В ИНОЯЗЫЧНОМ ХУДОЖЕСТВЕННОМ ТЕКСТЕ_

© С.Р. Мирзаева1И

1Наманганский государственный педагогический институт, Наманган, Узбекистан Аннотация

ВВЕДЕНИЕ: в данной статье говорится о наличии аспектов, совместимых с культурой изучающего языка в художественных текстах, используемых при обучении

Iqtibos uchun: Mirzayeva S.R. Chet tilidagi badiiy matnda til o'rganuvchi tomon madaniyatiga oid jihatlarning mavjudligi. // Inter education & global study. 2024. №8. B.268-273.

ISSN 2992-9024 (online) 2024, №8

Ilmiy-nazariy va metodik jurnal Научно-теоретический и методический журнал Scientific theoretical and methodical journal

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

иностранному языку. Также выделены особенности культурного общения на уроке иностранного языка.

ЦЕЛЬ: художественный анализ является одним из сложных видов анализа текста, и он многообразен. Поскольку цель работы можно увидеть из этого анализа это изучить характеристики. В рамках человеческих отношений в художественном тексте события в определенный период жизни людей, связанные друг с другом описано. В этих событиях политическая, социальная, культурная и нравственная жизнь того периода находит свое отражение.

ОБСУЖДЕНИЕ И РЕЗУЛЬТАТЫ: рефлексия помогает учащимся развить понимание роли языка и культуры в общении. Развивая знания, обновляя стили обучения и размышляя, учащиеся могут легко понять различия и сходства между культурой и языком.

ВЫВОД: в заключение могу сказать, что эта статья представляет собой попытку сосредоточиться на взаимосвязи языка и культуры и понять, почему преподавание культуры должно быть неотъемлемой частью учебной программы по иностранному языку. Углубленный анализ литературы был направлен на содействие лучшему пониманию культуры и ее важных аспектов в процессе изучения иностранных языков.

Ключевые слова: художественный текст, иностранный язык, культура, общение, система образования.

Для цитирования: Мирзаева С.Р. Присутствие культурно-связанных аспектов в иноязычном художественном тексте. // Inter education & global study. 2024. №8. С. 268-273.

PRESENCE OF CULTURALLY-RELATED ASPECTS IN FOREIGN LANGUAGE

LITERARY TEXT_

© Sayyora R. Mirzayeva1®

1Namangan State Pedagogical Institute, Namangan, Uzbekistan_

Annotation

INTRODUCTION: this article talks about the presence of culturally appropriate aspects in the literary texts used in foreign language teaching. Also, the features of cultural communication during the foreign language lesson are highlighted.

AIM: literary analysis is one of the complex types of text analysis, and it is diverse. Because the purpose of the work can be seen from this analysis is to study the characteristics. Within the framework of human relations in a literary text, events in a certain period of people's lives related to each other are described. The political, social, cultural and moral life of that period is reflected in these events.

DISCUSSION AND RESULT: reflection helps students develop an understanding of the role of language and culture in communication. By developing knowledge, updating

© intereduglobalstudy.com 2024, ISSUE 8

ISSN 2992-9024 (online) 2024, №8

Ilmiy-nazariy va metodik jurnal Научно-теоретический и методический журнал Scientific theoretical and methodical journal

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

learning styles, and reflecting, students can easily understand the differences and similarities between culture and language.

CONCLUSION: in conclusion, this article is an attempt to focus on the relationship between language and culture and why teaching culture should be an integral part of the foreign language curriculum. An in-depth analysis of the literature was aimed at promoting a better understanding of culture and its important aspects in the process of learning foreign languages.

Keywords: Literary text, foreign language, culture, communication, education system.

For citation: Sayyora R. Mirzayeva. (2024) 'Presence of culturally-related aspects in foreign language literary text, Inter education & global study, (8), pp. 268-273. (In Uzbek).

Matn (lotincha: textus — mato; birikma) — ma'lum moddiy tashuvchiga bog'langan inson fikri; belgilarning umumiy izchil va to'liq ketma-ketligi.

„Matn" tushunchasining ikkita asosiy talqini mavjud: immanent (kengaytirilgan, falsafiy qarashlarga yo'g'rilgan) va reprezentativ (asosan, xususiy munosabat aks etgan). Immanent yondashuv matnda voqelikka xolis munosabat bildirib, uning ichki tuzilishini uchinchi shaxs tomonidan yoritishga e'tibor qaratishni nazarda tutadi. Reprezentativ yondoshuv esa, matnni tashqi voqelik haqidagi ma'lumotni taqdim etishning maxsus shakli sifatida ko'rib chiqishni anglatadi.

Insoniyat xayotini kommunikativ faoliyatsiz, ya'ni bir-birlari bilan til orqali o'zaro munosabatsiz tasavvur qilish qiyin. Shaxsning belgisi sifatida uni xarakterlovchi yoshi, jinsi, ma'lumoti, kasbi, ijtimoiy kelib chiqishi xududi, xamda millatidan qat'iy nazar, qanday bo'lmasin, biz doim, biror narsani bilishga va bilib olgan narsalarimizni asrab- avaylashga, yodda saqlab qolishga urinamiz. Boshqacha qilib aytganda til vositasida aktiv kommunikativ (aloqa) faoliyat bilan shug'illanamiz. Kommunikativ faoliyatning ayrim aspektlari yoki ko'rinishlari ko'pincha avtomatik tarzda namoyon bo'lsa, ayrimlari maxsus o'rganish, ta'lim prosessida ozlashtiriladi. So'z san'atiga orgatish, juda ko'p mutaxassislarning sa'i-xarakatlari bilan amalga oshiriladi.

Badiiy nutq yozma formada nomoyon bo'ladi. Uning og'zaki ko'rinishi esa (aktyor yoki biron kimsa tomonidan o'qilgani) yozma formaga nisbatan ikkilamchi yoki bevosita xarakterga ega. Bu forma matn o'qiyotgan shaxs bilan chambarchas bog'liq bo'lib, uning o'zgarishi bilan u xam o'zgaradi. Badiiy nutqning birligi yoki boshqacha qilib aytganda mezoni- bu tugal xabar ifodalovchi bir butun, badiiy jixatdan nixoyasiga yetgan asardir. Tildagi mavjud xar qanday funktsional uslub tomonidan ifoda etilayotgan xabar kabi badiiy asar matnni ham nutq aktining birin-ketin keluvchi tanlam majmuasi deb qarash mumkin. Bu esa o'z navbatida bir qator obektiv va subektiv, shaxsga aloqador bo'lgan faktorlar bilan izohlanadi. Tilga olib o'tilgan faktorlarning tasiri ko'proq ikki xil nutq doirasida, yani xar kungi og'zaki va badiiy nutqda namoyon bo'ladi. Bu ikki xil nutqning birinchisi, situasiya bilan, norasmiyligi bilan xarakterlansa, ikkinchi g'oyaviy-estetik yo'nalishi va asr

© intereduglobalstudy.com 2024, ISSUE 8

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

xamoxangligi bilan xarakterlanadi. Badiiy ijod bu borliqni inson tomonidan aloxida olingan maxsulidir.

Matnning adabiy tahlilida quyidagi maslalarga aloxida e'tibor berilishi lozim:

1. Badiiy matn tahlilida tasvirlangan voqelik va shu voqelikka yozuvchining munosabati aniqlanadi. Masalan: Alisher Navoiyning "Farxod va Shirin" dostonida olijanob fazilatlarini ulug lash, adolat va xalqparvarlik, do stlik va qaxramonlik, muxabbat erkinligi va unga sadoqati asarni g'oyaviy mazmunini tashkil qiladi. Asarda Xisrav, Yosumon kabi yovuz kuchlar bilan Farxod, Shirin, Mexinbonular o rtasidagi kurash ko'rsatiladi. Shoir Farxod, Mexinbonu, Shirinlarning barcha xarakatlariga xayrixoxlik bildiradi. Shoxni adolatli bo lishiga undash g oyasini ilgari suradi.

2. Tahlilda asarning mazmuniga xam shakliga xam berish va mazmunning yetakchi rolini ta'kidlab o'tish zarur.

3. Asar tahlilida obrazlar asarning umumiy mazmuni bilan bogliq xolda organiladi.

4.Asar syujeti va kompozisiyasini o'rganish xam adabiiy tahlilning asosiy vazifasidir. Badiiy asardagi mavzu, obraz, til, kompozisiya, muayyan g'oyani ifodalaydi. Mavzu va g'oyaning aktualligi va xalqchiligi, mazmun va shaklning o'zaro

mosligi, obrazning tipikligi va xaqqoniyligi syujet va kompozisiyaning pishiqligi, badiiy tilning tasviriyligi va ekspressivligi adabiy tahlil jarayonida aniqlanadi. Matn tahlilida tahlilning yuqoridagi u yoki bu turidan foydalaniladi. Matnni sharhlash so'z va so'z shakllari badiiy tasvir vositlarining asar g'oyaviy va estetik mazmunini oshirishdagi roli izoxlanadi. Matnni sharxlashda lingvistik aspekt asosiy o'rinni egallaydi. U tradision adabiiy tahlilda xam yetakchi sanaladi, chunki u matnning estetik strukturasi va badiiy tasvir vositlarini o'rganishga ko'maklashadi.

Tahlil tiplari va badiiy matnni lingvistik sharxlash aspektlari munosabatini quyidagicha tasavvur qilish mumkin:

1. Tahlil lingvistik, stilistik va adabiy bo ladi, ular bir-biri bilan bog liq xolda olib boriladi.

2. Badiiy matnni lingvistik sharxlashda tahlil aspektlari tahlil, sintez xamda asarning g'oyaviy mazmuni va poetikasini izoxlashga xizmat qiladi. Turli darajada qollaniladigan til birliklarini aniqlash va tushuntirish xamda matndagi ekstralingvistik faktorlarini izoxlash tahlilining vazifasi sanaladi. Voqelikning

yaxlit bo'lagi so'zlar bilan asar kompozisiyasining o'zaro ta'sirini aniqlash vazifasi sanaladi. Kritisizm (Practical Criticizm) nomi bilan Angliyada mashxurdir.

Til o'rganish va o'qitishning dasturlari boy pedagogik tajribalarni hisobga olgan holda ishlab chiqilishi kerak:

muloqotga kirishuvchi sifatida orttirilgan tajribasi; o'quv jarayonida vositachilik qobiliyati; o'quvchilarning ma'lumot qabul qilish jarayoni yoxud o'quvchining o'quv uslubini aniqlash;

til va madaniyatni o'qitish jarayonida texnologiyalardan foydalanish; sinfda turli xil faol jamoalar tashkil etish;

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

ta'lim va madaniyat o'rtasidagi bog'liqlikni o'rganish.

Vositalar (asboblar va texnologiyalar), faoliyat tizimlari va jamoalardagi amaliyot jarayonini o'z ichiga oladi. Til o'rganish orqali o'quvchilar bir vaqtning o'zida kamida ikkita til va shu til tizimida madaniyat bilan hamohang tarzda ishlashni o'rganadilar. Xorijiy til o'rganish jarayonlariga ijtimoiy- madaniy yondashuv o'quvchilarning amaliyotda o'zlarining tajribalari, ishtiroklari, vositachiliklaridan foydalanishlariga yordam beradi. Ijtimoiy-madaniy nuqtai nazar o'quvchilarning o'quv muassasalarida yangi akademik "madaniyatlar" (harakat qilish, o'zaro ta'sir o'tkazish, tilni, obyektlar va jarayonlarni baholash va ulardan foydalanishning yangi usullari)ni o'rganish jarayonida ta'sir qiladi.

ulohaza o'quvchilarda til va madaniyatning muloqotdagi roli haqida tushunchani rivojlantirishga yordam beradi. Bilimlarni rivojlantirish, o'quv uslublarini yangilash va mulohaza yuritish orqali o'quvchilar madaniyat va til o'rtasidagi tafovutlar va o'xshashliklarni oson anglaydilar. Bu Kramshning "Bugun o'qituvchilar uchun mavzuni qay tarzda o'quvchiga yetkazishni bilish yetarli emas ular qo'shimcha o'quv uslublarini yaratish amaliyotini o'rganishlari kerak"-degan fikriga mos keladi. Ular nafaqat bilimni rivojlantirish va undan foydalanishni o'rganadilar, balki til, madaniyat va undan foydalanish haqida meta-ongni rivojlantiradilar. Bu meta-ong asta-sekin o'z-o'zini, o'z tilini, o'z madaniyatini anglashga aylanadi. O'quvchilar o'quv dasturi davomida ijtimoiy aloqa o'rnatishlari va ta'lim maqsadlarini tushunishlari kerak va bu ma'nolar har doim talqin qilish uchun zarurdir. O'quvchilar mavzu haqida berilgan sharh bilan birga keladigan mulohaza, talqinlar, taxminlar, istiqbollar, pozitsiyalar xilma-xilligini o'rganadilar. Bu muloqotda almashinadigan narsa nafaqat faktik bilimlar, mavzular va g'oyalar, balki tajriba almashishda ishtirok etayotganlarning barchasining tajribasi, ijodkorona fikrlari va dunyoqarashini o'z ichiga oladi.

Til o'rganish yoki o'qitish o'quvchilarning kommunikativ kompetensiyasini rivojlantirishga qaratilgan bo'lib, u faqat o'rganilayotgan chet tilining grammatik, leksik va fonologik xususiyatlarini bilish va tushunish bilan cheklanib qolmasligi, balki o'sha til madaniyatini o'rganish yoki o'rgatish bilan ham shug'ullanishi kerak.Politzer va Brusk kabi ba'zi olimlarning fikricha, "Til va madaniyat bir xil tushunchalardir". O'qituvchilar nafaqat o'z o'quvchilariga madaniyatlararo muloqot qanday sodir bo'lishini taqdim etishlari va tavsiflashlari kerak, balki madaniyatlararo muloqotda amalga oshirilishi mumkin bo'lgan o'yinlar yoki simulyatsiyalar kabi amaliy vositalarni ham qo'llashlari zarur. Madaniyatlararo va shaxslararo (o'zaro) samarali muloqotni ular haqida yetarlicha tushunchaga ega bo'lmasdan amalga oshirish mumkin emas. Xorijiy tilni madaniyat bilan birgalikda o'rganishdan maqsad - muloqot masalalarini asosan til va madaniyatga e'tibor bergan holda tahlil qilishdan, farqli madaniyatlar orasidagi kommunikatsiyani osonlashtirish va to'qnashuvlarni oldini olishdan iborat. Til va madaniyat tushunchalari o 'zaro bog'liq bo'lib, bir-biridan ajratilmaydi, chunki tilning o'zi madaniyatdir. Madaniyatni o'qitish o'quvchilarga odamlarning turmush tarzi, qarashlari, e'tiqodlari va qadriyatlarini va til ko'nikmalari haqidagi bilimlarini oshirishga imkon beradi. Dalillar shuni ko'rsatadiki, agar o'qituvchilar til

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

o'qitish metodiga Imadaniyat tushunchasini targ'ib qilsalar, o'quvchilar til o'rganishda muvaffaqiyat qozonishlari mumkin, ya'ni o'quvchilar bu bilan nafaqat til bo'yicha, balki o'rganayotgan tillari haqida barcha zarur manbaalarga ega bo'ladilar. Zero, mad aniyat til yuzaga kelishidan oldin paydo bo'lgan tushunchadir.

ADABIYOTLAR RO'YXATI | СПИСОК ЛИТЕРАТУРЫ | REFERENCES

1 "BADIIY MATN VA UNI TAHLIL QILISH METODOLOGIYASI" O'saraliyeva G.M. Andijon davlat pedagogika instituti magistranti.

2 "CHET TILLARINI O'QITISHDA MADANIYATLARARO MULOQOTNI RIVOJLANTIRISH", Yusupova Oygul G'ofurjon qizi

3 Qodirova Xaticha Po'latboyevna, "Talqin va tadqiqotlar" ilmiy-uslubiy jurnali, 2022

4 Doniyorov Sh. Shukur Xolmirzayevning badiiy uslubining o'ziga xosligi. Nomzodlik diss.Toshkent.,2000

5 Yo'ldoshev M. Cho'lponning badiiy til mahorati. Nomzodlik diss.Toshkent.2000

6 Ne'matova D. Cho'lpon Publisistik asarlarining linguistik tahlili Nomzodlik diss. Toshkent., 2000;

MUALLIF HAQIDA MA'LUMOT [ИНФОРМАЦИЯ ОБ АВТОРЕ] [AUTHORS INFO]

Mirzayeva Sayyora Rustamjon qizi, tayanch doktorant [Мирзаева Сайёра Рустамжон кизи, докторант], [Sayyora R. Mirzaeva, PhD student]; manzil: Namangan viloyati, Uychi tumani, Ibn Sino, 4 [адрес:Ибн Сина, 4, г.Уйчи, Наманганская область], [address:Ibn Sina, 4, Uychi city, Namangan region]; E-mail: ermamatova. sayyora94@gmail.com

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.