Научная статья на тему 'BОSHLАNG‘ICH SINF О‘QUVCHILАRINING BАDIIY TАHLIL KО‘NIKMАLАRINI SHАKLLАNTIRISHNING ILMIY-NАZАRIY АHАMIYАTI'

BОSHLАNG‘ICH SINF О‘QUVCHILАRINING BАDIIY TАHLIL KО‘NIKMАLАRINI SHАKLLАNTIRISHNING ILMIY-NАZАRIY АHАMIYАTI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
badiiy tahlil / boshlang'ich ta'lim / kognitiv rivojlanish / ijodkorlik / madaniy savodxonlik / hissiy intellect / estetik qadrlash / badiiy ta'lim / tanqidiy fikrlash / художественный анализ / начальное образование / когнитивное развитие / творчество / культурная грамотность / эмоциональный интеллект / эстетическое восприятие / художественное образование / критическое мышление.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Sh.Sh.Burxonov

boshlang'ich sinf o'quvchilarida badiiy tahlil qilish ko'nikmalarini shakllantirish ularning umumiy kognitiv rivojlanishi va madaniy savodxonligi uchun juda muhimdir. Badiiy tahlil tasviriy san'atni talqin qilish va tushunishni, tanqidiy fikrlashni, ijodkorlikni va estetik baholashni rivojlantirishni o'z ichiga oladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE SCIENTIFIC-THEORETICAL SIGNIFICANCE OF THE FORMATION OF ARTISTIC ANALYSIS SKILLS OF ELEMENTARY SCHOOL STUDENTS

формирование навыков художественного анализа у учащихся начальных классов имеет важное значение для их общего познавательного развития и культурной грамотности. Художественный анализ предполагает развитие интерпретации и понимания визуального искусства, критического мышления, творчества и эстетического восприятия.

Текст научной работы на тему «BОSHLАNG‘ICH SINF О‘QUVCHILАRINING BАDIIY TАHLIL KО‘NIKMАLАRINI SHАKLLАNTIRISHNING ILMIY-NАZАRIY АHАMIYАTI»

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

Original paper

© SH.SH.Burxonov1^_

Jizzax davlat pedagogika universiteti, Jizzax, O'zbekiston

Annotatsiya

KIRISH: boshlang'ich sinf o'quvchilarida badiiy tahlil qilish ko'nikmalarini shakllantirish ularning umumiy kognitiv rivojlanishi va madaniy savodxonligi uchun juda muhimdir. Badiiy tahlil tasviriy san'atni talqin qilish va tushunishni, tanqidiy fikrlashni, ijodkorlikni va estetik baholashni rivojlantirishni o'z ichiga oladi.

MAQSAD: ushbu tadqiqotning asosiy maqsadi boshlang'ich sinf o'quvchilarida badiiy tahlil qilish ko'nikmalarini shakllantirish muhimligini ta'kidlaydigan ilmiy-nazariy asoslarni o'rganishdir. Tadqiqot badiiy tahlilni erta ta'limga integratsiyalashning afzalliklari va usullarini ta'kidlashga harakat qiladi.

MATERIALLAR VA METODLAR: ushbu tadqiqot sifat va miqdoriy ma'lumotlarni birlashtirgan aralash usullardan foydalanadi. Sifatli ma'lumotlar san'at o'qituvchilari bilan suhbatlar, sinfda kuzatishlar va o'quvchilarning badiiy asarlarini tahlil qilish orqali to'planadi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR: muhokamalar badiiy tahlil mahoratining ilmiy-nazariy ahamiyatiga oid bir qancha muhim fikrlarni ochib beradi. Natijalar shuni ko'rsatadiki, badiiy tahlilni o'quv dasturiga kiritish o'quvchilarning umumiy rivojlanishiga sezilarli foyda keltirishi mumkin. O'qituvchilar ushbu ko'nikmalarni rivojlantirish uchun turli usullardan, masalan, yo'l-yo'riqli muhokamalar, amaliy san'at loyihalari va muzeylarga tashrif buyurishlari mumkin.

XULOSA: ushbu tadqiqot boshlang'ich sinf o'quvchilarida badiiy tahlil ko'nikmalarini shakllantirishning ilmiy-nazariy ahamiyatini yoritib beradi. Ushbu ko'nikmalar kognitiv rivojlanish, ijodkorlik, madaniy savodxonlik, hissiy intellekt va estetik baholashga yordam beradi.

Kalit so'zlar: badiiy tahlil, boshlang'ich ta'lim,kognitiv rivojlanish, ijodkorlik,madaniy savodxonlik, hissiy intellect, estetik qadrlash, badiiy ta'lim,tanqidiy fikrlash

НАУЧНО-ТЕОРЕТИЧЕСКАЯ ЗНАЧИМОСТЬ ФОРМИРОВАНИЯ УМЕНИИ ХУДОЖЕСТВЕННОГО АНАЛИЗА У УЧАЩИХСЯ МЛАДШИХ КЛАССОВ_

© Ш.Ш.Бурх,онов 1И_

Iqtibos uchun: Burhonov SH.SH. Boshlang'ich sinf o'quvchilarining badiiy tahlil ko'nikmalarini shakllantirishning ilmiy-nazariy ahamiyati .// Inter education & global study. 2024. №5(1). B.117-126.

ISSN 2992-9024 (online) 2024, №5(1)

Ilmiy-nazariy va metodik jurnal Научно-теоретический и методический журнал Scientific theoretical and methodical journal

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY 1Джизакский государственный педагогический университет, Джизак, Узбекистан

Аннотация

ВВЕДЕНИЕ: формирование навыков художественного анализа у учащихся начальных классов имеет важное значение для их общего познавательного развития и культурной грамотности. Художественный анализ предполагает развитие интерпретации и понимания визуального искусства, критического мышления, творчества и эстетического восприятия.

ЦЕЛЬ: основной целью данного исследования является изучение научно-теоретических основ, подчеркивающих важность формирования навыков художественного анализа у учащихся младших классов. В исследовании делается попытка подчеркнуть преимущества и методы интеграции арт-анализа в дошкольное образование.

МАТЕРИАЛЫ И МЕТОДЫ: в исследовании использованы смешанные методы, сочетающие качественные и количественные данные. Качественные данные будут собраны посредством интервью с учителями рисования, наблюдений в классе и анализа работ учащихся.

ОБСУЖДЕНИЕ И РЕЗУЛЬТАТЫ: дискуссия выявляет несколько важных моментов, касающихся научно-теоретической важности навыков арт-анализа. Результаты показывают, что включение искусствоведческого анализа в учебную программу может значительно улучшить общее развитие учащихся. Учителя могут использовать различные методы для развития этих навыков, такие как управляемые дискуссии, практические художественные проекты и посещения музеев.

ЗАКЛЮЧЕНИЕ: данное исследование проливает свет на научно-теоретическую значимость формирования умений художественного анализа у учащихся младших классов. Эти навыки способствуют когнитивному развитию, творчеству, культурной грамотности, эмоциональному интеллекту и эстетическому восприятию.

Ключевые слова: художественный анализ, начальное образование, когнитивное развитие, творчество, культурная грамотность, эмоциональный интеллект, эстетическое восприятие, художественное образование, критическое мышление.

Для цитирования: Бурбонов Ш.Ш. Научно-теоретическая значимость формирования умений художественного анализа у учащихся младших классов..// Inter education & global study. 2024. №5(1). С. 117-126.

THE SCIENTIFIC-THEORETICAL SIGNIFICANCE OF THE FORMATION OF ARTISTIC ANALYSIS SKILLS OF ELEMENTARY SCHOOL STUDENTS_

© Sherali Sh. Burhonov1H

© intereduglobalstudy.com

2024, ISSUE 5(1)

ISSN 2992-9024 (online) 2024, №5(1)

Ilmiy-nazariy va metodik jurnal Научно-теоретический и методический журнал Scientific theoretical and methodical journal

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

Jizzakh State Pedagogical University, Jizzakh, Uzbekistan

Annotation

INTRODUCTION: the formation of artistic analysis skills in primary school students is essential for their overall cognitive development and cultural literacy. Art analysis involves the development of visual art interpretation and understanding, critical thinking, creativity, and aesthetic appreciation.

AIM: the main purpose of this study is to study the scientific-theoretical foundations that emphasize the importance of the formation of artistic analysis skills in elementary school students. The study attempts to highlight the benefits and methods of integrating art analysis into early education.

MATERIALS AND METHODS: this study uses mixed methods combining qualitative and quantitative data. Qualitative data will be collected through interviews with art teachers, classroom observations, and analysis of student artwork.

DISCUSSION AND RESULTS: The discussion reveals several important points regarding the scientific-theoretical importance of art analysis skills. The results show that incorporating art analysis into the curriculum can significantly benefit students' overall development. Teachers can use a variety of methods to develop these skills, such as guided discussions, hands-on art projects, and museum visits.

CONCLUSION: this study sheds light on the scientific-theoretical importance of forming artistic analysis skills in elementary school students. These skills promote cognitive development, creativity, cultural literacy, emotional intelligence, and aesthetic appreciation.

Keywords: artistic analysis, primary education, cognitive development, creativity, cultural literacy, emotional intellect, aesthetic appreciation, artistic education, critical thinking

For citation: Sherali Sh.Burhonov. The scientific-theoretical significance of the formation of artistic analysis skills of elementary school students (2024), Inter education & global study, (5(1)), pp. 117-126. (In Uzbek).

Ta'lim sohasida bo'layotgan tub o'zgarishlar, barcha yo'nalishlarda bo'lgani kabi boshlang'ich ta'limga ham o'zining ijobiy ta'sirini ko'rsatmoqda. Boshlang'ich ta'limni rivojlantirish, o'quvchilarni yetuk, bilimli qilib o'qitish va tarbiyalash avvalam bor, shu soha o'qituvchilarini o'z sohalari bo'yicha kuchli qurollangan, yaxshi bilimga, tushuncha va metodikaga ega bo'lishlarini talab etadi. Boshlang'ich sinf o'qituvchisi pedagogikadan yaxshi xabardor, pedagogik mahoratga ega, metodikadan o'z tushunchasiga ega, bolalar psixologiyasini yaxshi biladigan, bolalar bilan o'zaro aloqaga yaxshi kirishadigan, xushmuomala, ota-onalar bilan yaxshi munosabat o'rnata oladigan bo'lishi kerak.

Umumiy pedagogika nazariyasi va amaliyoti darsligida o'qituvchiga quyidagicha ta'rif keltirilgan: "O'qituvchi - guruhdagi o'quv tarbiya jarayonining tashkilotchisidir. O'qituvchi o'quvchilar uchun dars vaqti, darsdan tashqari va tarbiyaviy tadbirlarni tashkil

© intereduglobalstudy.com

2024, ISSUE 5(1)

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

etish, o'tkazish, o'quvchilarga kerakli maslahatlar berishda bilimlar manbai bo'lishi lozim". Demak, o'qituvchi dars jarayonining asosiy yo'l boshchisi hisoblanar ekan.

Shu bilan birga maktab ta'lim tizimining ham o'z oldiga qo'ygan vazifalari mavjud. Bu vazifalar kichik maktab yoshidagi o'quvchilar umumiy rivojlanishining o'sganligi, psixologiya va xususiy metodika sohasidagi yutuqlar sinfda o'qish mazmuni va o'qitish metodlariga o'zgartirish kiritishni talab etmoqda. Shularga bog'liq holda badiiy asarni tahlil qilish metodikasi takomillashtirila borildi: takkroriy bayon qilish mashqlari kamaytirildi, ijodiy va o'qilgan matn yuzasidan o'z fikrini bayon qilib, mustaqil fikrlash ko'nikmasini o'stiradigan mashqlar ko'paytirildi, asar qismlari ustida emas, balki yaxlit asar ustida ishlanadigan bo'ldi, asar g'oyasi va obrazlarini tushuntirishda o'quvchilarning mustaqilligi, ijodkorligi ortdi. Matn ustida ishlashda xilma-xil topshiriq turlaridan, turli jadval va diagrammalardan, ta'limda texnika vositalaridan va ilg'or pedagogik texnologiya usullaridan ko'proq foydalanila boshlandi.XX asrning 60-yillarida yaratilgan maktab dasturida kichik maktab yoshidagi o'quvchilarda shakllantiriladigan matn ustida ishlash ko'nikmalari belgilab berildi, shuningdek, 1-4-sinflarda o'qish malakasiga qo'yilgan talablar aniq ajratildi. XX asrning 70-yillari boshlarida mazmuni va metodik apparati jihatidan hayotga yaqinlashtirilgan o'qish kitoblari yaratildi.

O'zbekiston Respublikasi Musaqillikka erishgach ta'lim sohasida ham katta islohotlar amalga oshirildi. 1999-yil boshlang'ich ta'lim tizimining ham "Davlat ta'lim standarti" yaratildi, o'quv dasturlari yangilandi. 2005-yil

tajriba-sinov natijalari hisobga olinib, davlat ta'lim standartlari va o'quv dasturlari qayta ko'rib chiqildi, "O'qish kitobi" darsliklari ham yangilandi.

O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-sentyabrdagi "Xalq ta'limini boshqarish tizimini takomillashtirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi PF-5538-son Farmoni ijrosi yuzasidan ishlab chiqilgan amaldagi mavjud darsliklarning eskirganligi, yangi avlod darsliklarini yaratish lozimligi borasida ko'rsatma berildi.

Narijada, 2021-yil boshlang'ich sinflarda darslik sifatida qo'llanilayotgan "Ona tili" hamda "O'qish kitobi" darsliklari umumlashtirilib yagona "Ona tili va o'qish savodxonligi" darsligi yaratildi. Bu esa yuqoridagi talabni bajarish uchun tashlangan ilk qadam edi. Dastlab, 1 -2-sinflar uchun bu darslik ishlab chiqilib amalga tatbiq etilgan bo'lsa, 2022-yil sentyabr oyidan Respublikadagi barcha umumiy o'rta ta'lim maktablarida 3-sinf "Ona tili va o'qish savodxonligi" darsligi ham o'quvchilarga topshirildi.

Yangi tahrirdagi "Ona tili va o'qish savodxonligi" darsligi matnlarning bolalarbopligi, qiziqarliligi va hayot bilan bog'langanligi bilan oldingi darsliklardan ahamiyatli sanaladi. Bu fanni o'qitishda asosiy e'tibor o'quvchida tilga doir 4 ko'nikma: o'qib tushunish va badiiy tahlil qilish, tinglab tushunish va badiiy tahlil qilish, nutq so'zlash va yozish hamda grammatik savodxonlikni shakllantirishga qaratiladi. Ta'lim jarayonida o'quvchilar voqea-hodisalarni kuzatish, anglash, qiyoslash, analiz va sintez qilishga o'rgatish orqali ijodiy va tanqidiy tafakkurni, bolaning fikrlash doirasini rivojlantirish muhim ahamiyatga ega.

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

Bolaga o'qish savodxonligini o'rgatishda kommunikativ yondashuv, tilning muloqot vazifasi birlamchi hisoblanib, integrativ, faoliyatga yo'naltirilgan, orginalilik, kashfiyotchililik, farqli va tanqidiy yondashuvlar e'tiborda bo'lishi ta'kidlanadi.

Quyida badiiy asar boshlang'ich sinflarda metodik qoidalar asosida tahlil qilinishini ko'rib chiqamiz:

1 .Asarning mazmunini tahlil qilish to'g'ri, tez, ifodali va ongli o'qish malakalarini shakllantirish bir jarayonda boradi (asarning mazmunini tushunishga doir topshiriq o'qish malakalarini takomillashtirish topshirig'i hamdir.)

2.Asarning mavzusi va g'oyaviy asoslarini, uning obrazlari, kompozitsiyasi va tasviriy vositalarini tushuntirish o'quvchilarning еМ shaxs sifatida kamol topishida alohida ahamiyatga ega, shuningdek, o'quvchining bog'lanishli nutqini o'sishi(lug'atining faollashishi va boyishi)ni ta'minlaydi.

3.0'quvchilarning hayotiy tajribasiga tayangan holda asarning mazmunini ongli idrok etishning asosi va uni tahlil qilishning zaruriy sharti hisoblanadi.

4. Sinfda o'qishga o'quvchilarning umumiy bilish faoliyatini aktivlashtirish, atrof-muhit haqidagi bilimlarini kengaytirish va ilmiy dunyoqarash asoslarini shakllantirishning yaxshi natija beruvchi vosita sifatida qaraladi.

Asarni tahlil qilishda hisobga olish zarur bo'lgan muhim omillardan biri uning o'quvchilarga ko'rsatadigan hissiy ta'siridir. O'quvchilar asar muallifining asosiy fikrini tushunibgina qolmay, muallif hayajonlangan voqealardan o'quvchi ham hayajonlansin. Matnni tahlil qilish o'quvchida fikr qo'zg'atishi, hayotiy tajribasining asar muallifi qayd etgan dalillarga to'g'ri kelish - kelmasligini aniqlashi zarur. Tahlilning davomida asarning badiiy go'zalligi, estetik qiymati ham alohida qayd qilib o'tiladi.

O'qish metodikasi adabiyotshunoslik, pedogogika, psixologiya ishlab bergan nazariy qoidalarga asoslanadi. Sinfda o'qishni to'g'ri uyushtirish uchun o'qituvchi badiiy asarning o'ziga xos xususiyatlarini, ta'limning turli bosqichlarida o'qish jarayonining psixologik asoslarini, kichik maktab yoshidagi o'quvchilarning matnni idrok etish va o'zlashtirish xususiyatlarini ham hisobga olish kerak.

O'qish darslari o'quvchilarda badiiy asarlarning bir-biridan farqini ajrata olish, yozuvchining real hayotiy voqealarni qanday badiiy obrazlar, badiiy vositalar orqali aks ettirgani va qanday obrazlar yaratganini aniqlay olish, mustaqil o'qish va asarni tahlil qilish malakasi o'uvchilar sinfdan-sinfga o'tgan sari o'stirib boriladi. O'quvchilar badiiy asardagi adabiy ma'lumotlarni o'zlashtirish orqali badiiy asarning g'oyasi, mazmuni va ahamiyatini anglab ola boshlaydilar. O'quvchilar asardagi adabiy tushunchalarni o'rganish natijasida badiiy adabiyot san'atning bir turi ekanligi, uning hayot bilan aloqadorligini bilib oladilar. Asarda adabiy tushunchalarni shakllantirish bilan birga o'quvchilarning nutqini rivojlantirish ham muhim ahamiyat kasb etadi.

Boshlang'ich sinflarda asarni badiiy tahlil qilish jarayonida quyidagi adabiy janr turlari: hikoya, ertak, doston, sher, rivoyat, masal, maqol, topishmoq bilan birga o'xshatish, sifatlash, jonlantirish, mubolag'a bilan ham amaliy tarzda tanishtiriladi.

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

Badiiy asarni tahlil qilish orqali o'quvchilarda ona tiliga hurmat va muhabbat hissi, asar g'oyasini chuqur anglab idrok etishga zamin hozirlaydi va asarni ongli o'qish ko'nikmasi ham o'stiriladi, o'quvchining nutqi rivojlantiriladi.

"O'qish savodxonligi - jamiyat tomonidan ishlab chiqilgan va insonlar tomonidan ulug'lanadigan yozma tilning shakllarini idrok etish va amaliyotda qo'llay olish qobiliyatidir. O'quvchilar matnlardan turli shakllarda ma'no olishlari mumkin. Ular maktabda va kundalik hayotda o'quvchilar jamoalarida qatnashish va zavq olish, o'rganish uchun o'qiydilar".

Xalq og'zaki ijodida ertak janrining o'quvchilar tomonidan yaxshi qabul qilinib, qiziqib mutolaa qilinishining asosiy sabablaridan biri ertak tilining ta'sirchanligi, xalq tiliga yaqinligi va o'tkir sujetliligidir. Shuni unutmaslik lozimki ertak o'qib bo'lingach, ertakning badiiy tili ustida ishlashga alohida ahamiyat qaratish zarur.

1-sinf "Ona tili va o'qish savodxonligi" darsligida keltirilgan "Serkaboboning hiylasi" ertagida "Serkabobo va uning bolalariga hujum qilmoqchi bo'lgan bo'ri" haqida va "Yovuz bo'rini adabini berib qo'yishini so'rab Serkabobo yordam ilinjida arslonning yoniga borishi va arslonning yomon niyatini payqab qolib arslonni ham dog'da qoldirgani" haqidagi badiiy vositalar yordamida tasvirlangan manzaralar juda ko'p. Hayvonlarni obrazlarga kiritish orqali bolalarga badiiy asar matni yoritib beriladi va ular ustida ishlash orqali bolalarning badiiy tahlil ko'nikmalari shakllantiriladi.

Ertaklarda o'xshatishlar, jonlantirish va mubolag'alardan foydalanilgan. O'quvchilarga ularni izohlab berish, keyinchalik matndan toptirish, qayta hikoyalashda, ulardan nutqlarida foydalanishga o'rgatish zarur.

2-sinf "Ona tili va o'qish savodxonligi" darsligida ham bir qancha ertaklar berilgan bo'lib, bulardan biri: "Dangasa harflar" ertagida "Katta "O" va uning ukasi kichik "o" lar mehnat qilishdan qochib raqamlar mamlakatiga borishgani va u erda ularni "qavslar" hamda "4" , "5" raqamlari tutib olib harflar mamlakatining qiroli huzuriga olib kelgani" haqidagi ertakdir. Bu ertakda harflar va raqamlar badiiy vositalar orqali jonlantirilgan hamda ularni yagona qirol bo'lmish "ruchka" boshqargani, ular xuddi mamlakat aholisi kabi yashayotganligi ertakda jonlantirish, sifatlash, o'xshatish kabi badiiy til vositalaridan keng foydalanilganligini ko'rishimiz mumkin. O'quvchilarga ertak qahramonlarining sifatlarini izohlab berish, matndan yangi so'zlarni yoki talaffuzi qiyin bo'lgan so'zlarni topib, ularga izoh berish va qayta hikoyalashda shu so'zlardan nutqlarida foylalanishga o'rgatish zarur.

Doimo asar o'qib bo'lingach, undagi badiiy til vositalari ustida ishlanadi. Chunki ularning ma'nosi matndan, asarning mazmunidan anglashiladi. Ayniqsa, masallarda allegoriyani ochishda ko'chma ma'noli so'zlardan ko'proq foydalaniladi. Ular o'quvchilarga masal mazmunini tushunishiga xalal bergani uchun ayrim ko'chma ma'noda ishlatilgan so'zlar asarni o'qishdan oldin tushuntiriladi.

3-sinf "Ona tili va o'qish savodxonligi " kitobidan o'rin olgan Kavsar Turdiyevaning "Tog'lar" she'rida "Billur kokil yarashar", "Jilg'achalar tarashar", misralarida o'xshatish , jonlantirish; "Qarang mag'rur tog'larga", "Go'yo uzun karvondir" misralarida metafora;

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

"Shivir-shivir sirlashib", "Quyoshjonni tepaga kuzatuvchi narvondir" kabi misralarida jonlantirish va o'xshatishlar qo'llangan. Bular ustida ishlanganda quyidagicha savol-topshiriqlandan foydalanishimiz mumkin:

I.Shoir tog'ga qanday sifat bilan ta'rif beradi?(mag'rur tog'lar)

2.Tog'dagi qorlarni nimaga o'xshatadi? (billur kokilga)

3.Go'yo uzun karvondir deyilgan misralarda nima nazarda tutilgan?( uzun bepoyon tog'lar)

4.Quyoshjonni tepaga kuzatuvchi narvondir misralarini qanday tushunasiz?

Chindan han tog'lar quyoshga narvon vazifasida xizmat qiladimi?

kabi savollardan foydalanishimiz o'rinlidir.

Darslikning "Yetti xazina" bo'limida Anvar Obidjonning "O'rmonda ziyofat" she'riy hikoyasi berilgan. Ushbu she'rda ham ko'plab jonlantirishlar va metanimiya, metaforalar qo'llangan . Masalan, hayvonlarning insonlar kabi gapira olishlari, o'zlariga maxsus taom buyurtirishlari, hayvonlar oshxonaga kelib ovqatlanishlari va oshxonaning oshpazi, ham o't yoquvchisi ham, ofitsianti ham hayvonlar ekanligini ko'rsatuvchi she'rdagi "Sher oshxona ochibdi",

"Bo'rivoy-o't qalovchi", "Quyon - bosh oshpaz", "Ho'kiz bobo qorovul", "eshakka xat yozilgan, tuyog'ingni art", "Qo'zi beda buyurdi, olmaxon - yong'oq" misralarida kuzatishimiz mumkin. Matn tahlilida "She'rning birinchi to'rtligini o'qing. Unda qaysi so'z o'z ma'nosidan boshqa ma'noda qo'llangan?" yoki "She'rning 2-3 to'rtligida jonivorlarning insonlarga xos sifatlari berilgan qatorni toping?" yoki boshqa ma'noda qo'llanilgan so'zlarni o'z ma'nosida qo'llab gap tuzing. Bu so'zlar qanday ma'noda qo'llanganda ta'sirchan bo'ladi? kabi

savol-topshiriqlardan foydalanish mumkin.

Ko'chma ma'noli so'zlar ko'proq qo'llaniluvchi janrlardan biri maqol janridir. Masalan "Yurt boshiga ish tushsa, Er yigit hozir" maqolida keltirilgan "boshiga" so'zi metafora yo'li bilan ma'nosi ko'chgan, o'quvchilarga bu so'zning ma'nosi qanday usul biln ko'chganligi aytilmaydi, faqat boshqa ma'noda qo'llanilganligi o'z ma'nosi bilan taqqoslangan holda o'quvchilarga o'rgatiladi.

Bundan tashqari, tarixiy asarlarda ham ta'sirchan, tasviriy-bo'yoqdor so'zlar ko'p uchraydi. Jumladan, 4-sinf "O'qish kitobida" keltirilgan Sarigul Bahodirovaning "To'maris" asari hamda "Najmiddin Kubro" asarida onhazrat, podshoh, shohim, shayx hazratlari, a'yonlar so'zlari qo'llangan. Asar matnida qadimiy davr bilan bog'liq qo'shimchalarning qo'llanilishi ham asarga joziba bag'ishlaydi. Masalan, "Shox ko'p o'ylabdi. Nihoyat, taklifni qabul aylabdi", "Farog'atda osuda umr ko'rursiz", "Mening yaqinlarim ming kishidan ham ko'p erur" kabi so'zlar ikkinchi shaxs qo'shimchasi o'rnida hurmat ma'nosida va yoki boshqa ma'nolarda uchinchi shaxs qo'shimchasi qo'llanilgan. Asarda "Onhazrat, bir qoshiq qonimdan kechsangiz, fikrimni ayturman, - deb ta'zim qilibdi." jumlasida ham "bir qoshiq qonimdan kechsangiz" birikmasi ibora hisoblanadi. Iboralar doim ko'chma ma'noda qo'llanilib, nutqning ta'sirchanligini oshiradi. Matndan iboralar aniqlangach ,

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

ma'nosini izohlashdan tashqari, ularga ma'nodosh yoki qarama-qarshi ma'noli iboralarni toptirish ham yaxshi samara beradi.

Topishmoq janrida ham jonlantirish va o'xshatishlar juda ko'p. Masalan, 2-sinf "Ona tili va o'qish savodxonligi" kitobida berilgan "Dum-dumaloq barkash non ko'k yuzida suzadi", "Tim qora kichkina xol, to'xtatar yo'lda darhol" topishmoqlarida o'xshatish hamda jonlantirish qo'llanilgan.

Masal janrida ham bir qator badiiy til vositalaridan foydalaniladi. Masalan, "Chumoli va Tipratikan", "O'jar toshbaqa" masallarida "Bola ko'nglin ko'tarar", "O'g'irlik mol aylar jonsarak", "Kosang joningga huzur", "Parcha go'sht bo'lib yurar", "Senga qalqon usti-bosh", "Jish Toshbaqa" kabi birikma, ibora va gaplar uchraydiki, ular ustida ishlashda " Ularga hayotdan misollar keltiring", "Bunday kelishmovchiliklar qachon va kimlar orasida bo'lib o'tishi mumkin?" kabi topshiriqlar berish, ulardagi ma'noni boshqacha ko'rinishda bayon ettirish, o'zaro taqqoslash, ta'sirchanligidagi farqlarni aniqlashtirish katta ta'limiy ahamiyat kasb etadi. Masalan, "Kosang joningga huzur"- Kosang joningni, sog'lig'ingni asraydi, "Bola ko'nglin ko'tarar" - Bolasiga yaxshi gaplar gapirar kabi.

O'qish savodxonligini oshirish borasida ko'pchilik olimlar o'z fikrlarini keltirib o'tganlar. Xususan, rus olimasi Kovaleva Galina Sergeyevna boshlang'ich sinf o'quvchilarining o'qish savodxonligini takomillashtirish yo'nalishlari sifatida quyidagilarni keltirgan:

-Axborot matnlarini o'qishga e'tiborni kuchaytirish (aniq shaklda bayon etilgan ma'lumotlar asosida oddiy xulosalar chiqarish qobiliyatini shakllantirish);

-Gender xilma - xillikni kamaytirish;

-Kompyuter bilan ishlashning navigatsion ko'nikmalarini rivojlantirish lozim (masalan, klaviaturada yozish)"

Boshlang'ich sinf "Ona tili va o'qish savodxonligi" va "O'qish kitobi"da turli janrdagi badiiy va ilmiy-ommabop maqolalar berilgan. Sizga malumki, badiiy asarda hayot obrazlar orqali aks ettiriladi. Uning markazida inson, uning tabiat va jamiyatga munosabati turadi. Badiiy asarda atrofdagi borliqni, voqelikni obrazlar vositasida tasvirlash, obyektiv mazmun va subektiv bahoni aniq materialda berish haqidagi qoidalar metodika uchun katta nazariy-amaliy ahamiyatga egadir. Birinchidan, badiiy asar matni ustida ishlashni tashkil etishda obrazlar va muallifning asarda tasvirlangan voqea-hodisalarga munosabati o'qituvchining diqqat markazida turadi. O'quvchilar asardagi voqelikni obrazlar orqali tasvirlashning o'ziga xos xususiyatlarini tushuna boshlaydilar. Ikkinchidan, har qanday badiiy asarda aniq tarixiy davrdagi voqea-hodisalar tasvirlangan bo'ladi. Shu sababli asarda tasvirlangan voqea-hodisalarga tarixiy yondoshilgan holdagina matnni to'g'ri o'qish, qatnashuvchi shaxslarning xatti-harakati sabablarini tushunish, dalillarga tayanish va voqea-hodisalarni haqqoniy baholash mumkin. Boshlang'ich sinf o'quvchilarga bularni tatbiq etganda, avvalo, o'quvchilarni asarda tasvirlangan davr bilan qisqacha tanishtirish, so'ngra o'quvchilarda asarda ishtirok etgan shaxslarning xatti-harakatini, xarakter-xususiyatlarini, shu bilan birga ular yashagan davr va shu davrdagi ijtimoiy omillarni hisobga olgan holda, baholash malakasini shakllantirish

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

zarur. Uchinchidan, muallifning hayoti va qarasharini bolalarning yoshlariga mos holatda tanishtirish maqsadga muvofiq. To'rtinchidan, asarni tahlil qilishda bolalarni asarning g'oyaviy yo'nalishini tushunib olishga o'rgatish muhimdir. Bu esa asarni to'g'ri idrok etish uchun, matn ustida ishlash ko'nikmasini, o'quvchilarning dunyoqarashini shakllantirish uchun kerak. Yozuvchi badiiy asarda tasvirlangan hayotiy dalillarga, ijtimoiy jarayonlarga, jamiyatning turli tabaqa vakillariga o'z munosabatini ifodalashga harakat qiladi. Muallifning hayotiy materiallarga beradigan bahosi aniq dalillar asosida yaratilgan badiiy asarning g'oyaviy mag'zini ochib beradi. Asarning g'oyaviy yo'nalishi esa yozuvchining dunyoqarashiga bog'liq bo'ladi. Asarning tarbiyaviy ahamiyatiga kelsak, bu omilning o'quvchiga ta'sir kuchi uning g'oyaviy yo'nalishiga bog'liqdir. Badiiy asar ustida ishlashni to'g'ri tashkil qilishdada inobatga olinadigan yana bir jihat bu - shakl va mazmun birligi haqidagi qoidadir.

ADABIYOTLAR TAHLILI. Boshlang'ich sinflarda o'quvchilarining badiiy tahlil ko'nikmalarini shakllantirishni takomillashtirishga oid tadqiqotchilardan S.Matchonov, K.Yo'ldoshev, M.Mirqosimovalarning o'z tadqiqotlarida fikr yuritgan. S.Matchonov va K.Qosimovalarning "Ona tili o'qitish metodikasi", M.Asqarova "Boshlang'ich sinf o'quvchilarida o'qish va matnni tushunish ko'nikmalarini rivojlantirish" Pedagogika fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi (2020-yil 15-bet). Tal at G'afforovanin "Boshlang'ich talimda zamonaviy pedagogik texnologiyalar"ida badiiy tahlil ko'nikmalarini shakllantirish haqida fikr yuritilgan. Bundan tashqari, Qunduzxon Husanboyeva, Mutallib Hazratqulov, Shaxlo Jamoliddinova hammuallifligida nashr etilgan (2020) "Boshlang'ich sinflarda adabiyot o'qitish metodikasi" nomli darsligida ham tadqiqot mavzusiga doir bir qancha ilmiy farazlar, metodikalar berib o'tilganBizning ilmiy tadqiqot ishimiz aynan, boshlang'ich sinf o'quvchilariga taalluqli bo'lganligi hamda xalqaro tadqiqot bilan integratsiya qilinganligi bilan boshqa tadqiqot ishlaridan xarakterlanadi.

Xulosa. Ilmiy tadqiqot ishida badiiy tahlilni shakllantirish asosida sinfdan tashqari o'qish uchun badiiy saviyasi yuksak asarlar tanlash va ular ustida ishlash metodlarini aniqlash o'quvchilarning mustaqil o'qish ko'nikmalarini shakllantirishda alohida nazariy ahamiyat kasb etadi. Ishning amaliy ahamiyati shundaki, o'quvchilarning badiiy tahlil ko'nikmalarini shakllantirishga oid nazariy jihatdan asoslangan hamda tajribaviy jihatdan tekshirib ko'rilgan mashqlar tizimi va tegishli didaktik materiallar, metodik tavsiyalar ishlab chiqildi. Tadqiqotni amalga oshirish jarayonida tatbiq etilgan metodlardan boshlang'ich ta'lim maktablarida sinfdan tashqari o'qish darslari samaradorligini oshirishda, o'quv qo'llanmalari va metodik adabiyotlar yaratishda foydalanish mumkin.

ADABIYOTLAR RO'YXATI | СПИСОК ЛИТЕРАТУРЫ | REFERENCES

I.SH.M.Mirziyoyev "Milliy taraqqiyot yo'limizni qatiyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko'taramiz" - Toshkent, "O'zbekiston", 2017-yil, 592 bet 10-bet. 2.Asqarova M. "Boshlang'ich sinf o'quvchilarida o'qish va matnni

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

tushunish ko'nikmalarini rivojlantirish" Pedagogika fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi avtorefarati. Namangan. 2020. 15-b.

3.Ataboyev S. Kreativ qobilyatning asosiy mezonlari o'quvchilar shaxsi rivojlantirish asosi. Boshlang'ich ta'limda innovatsiyalar. 2022.

4.Azimova I., Mavlonova K., Quronov A., Tursunov Sh., 1-2-sinf Ona tili va o'qish savodxonligi darsligi Toshkent: Respublika ta'lim markazi, 2021.

"Boshlang'ich ta'lim" jurnali. 2000-2007-yy.

5.Doniyorov A. Boshlang'ich sinf "Ona tili va o'qish savodxonligi" darslarini yangicha yondashuv asosida tashkil etish usullari. ORIENTAL JOURNAL OF OCIAL SCIENCES. 2022. 8-b.

6.Eshmirzayev Y. Boshlang'ich sinf o'quvchilarini xalqaro baholash dasturlariga tayyorlashning ilmiy metodik jihatlari. Журнал инновatsiи в начальном образовании. 2020-yil, 132-136-b

7.Ergasheva M., Ergasheva Z., Abdusattorova S. Golden Brain scientific Journal. 2023. 43-44-b.

8.Ergasheva Z. Ta'limda filologiyani rivojlantirishning global masalalari mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman. 2022. 456-b.

9.Ergasheva M., Ergasheva Z., Abdusattorova S. Research and education scientific Journal. 2023. 57-b.

10.Eshmirzayev Yu.K. Boshlang'ich sinf o'quvchilarini xalqaro baholash dasturlariga tayyorlashning ilmiy-metodik jihatlari. Magistrlik dissertatsiyasi Jizzax-2022

11. www.jdpu.uz

12. www.tdpu.uz

13. www.arxiv.uz

MUALLIF HAQIDA MA'LUMOT [ИНФОРМАЦИЯ ОБ АВТОРЕ] [AUTHORS INFO]

Burxonov Shavqiddin Sherali o'g'li, o'qituvchi. [Бурхонов Шавциддин Ш.,

старший преподаватель, ], [Sherali SH.Burhonov, senior teacher,]; manzil: 130100. Jizzax viloyati, Jizzax shahri, Sharafa Rashidova ko'chasi, 4-uy. [адреа 130100.Джизакская область, город Джизак, улица Шарафа Рашидова, 4.], [address: 130100. Dzhizak region, city of Dzhizak, street Sharafa Rashidova, 4.]

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.