International scientific-practical conference on the topic of "Problems and perspectives of modern technology in teaching foreign languages"
CHET TILI DARSLARIDA MADANIYATLARARO MULOQOTNI SHAKLLANTIRISHDA MILLIY-MADANIY MAQOL VA IBORALARNING
O'RNI
d https://doi.org/10.24412/2181-1784-2022-20-666-670
Mamatova Feruza Maxammadovna
O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikasiyalar universiteti e-mail: [email protected], tel: +99897 705-10-18
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada ingliz va o'zbek maqol va iboralarinig milliy madaniy o'ziga hosligi "Mehmondo'stlik" an'anasini chog'ishtirmma tahlilida madaniyatlararo muloqotning muhim qismlaridan biri ekanligi yoritib berilgan.
Kalit so'zlar: Madaniyatlararo muloqot, an'ana, maqol va iboralar, milliy mentalitet, "mehmondo'stlik" an'anasi
THE ROLE OF NATIONAL-CULTURAL PROVERBS AND EXPRESSIONS IN FORMING INTERCULTURAL COMMUNICATION IN
This article highlights the national cultural specificity of English and Uzbek proverbs and phrases as an important part of cross-cultural communication in the comparative analysis of the tradition of "Hospitality".
Keywords: Cross-cultural communication, tradition, proverbs and idioms, national mentality, tradition of "Hospitality".
Madaniyatlararo muloqotni o'qitish bu o'zga madaniyat vakillarining madaniy o'ziga xos stereotip shakllarini tushunish va qabul qilish bilan bog'liq, shaxsning o'z xulq-atvori o'zgarishiga olib keladigan individual rivojlanish jarayoni tushuniladi. Demak, o'quv jarayonida shaxsiy tajribani egallashga alohida e'tibor qaratiladiki, bunda madaniyatlar orasidagi farqlar inson xulq-atvorini idrok etish, his etish, bunga ishonch hosil qilish, u haqda mulohaza yuritishning alohida aspektlari (boshqacha atganda, "madaniy spesifika") sifatida qaraladi. Bu borada esa, o'rganalayotgan til madaniyati, an'ana va odatlarini o'z ona tilisi bilan chog'ishtirib o'rganishda milliy, madaniy bo'yoqdorlikga ega frazeolgizmlarning o'rni katta.
FOREIGN LANGUAGE CLASSES
ABSTRACT
International scientific-practical conference on the topic of "Problems and perspectives of modern technology in teaching foreign languages"
Ingliz va o'zbek maqol va idiomalarida "mehmondo'stlik" an'anasining barcha belgilari ifodalangan. Hususan, mehmonlami taklif qilish, mehmonlarni kutib olish, aytilgan va aytilmagan mehmon, sahiy va ziqna mezbon, mehmonni kech yoki o'z vaqtida kelishi, mehmonning mezbon dargohidagi odob-ahloqi va mehmondorchilikning ovqatlanish bilan bo'lgan jarayonlari. Maqollarning mazmuniga ko'ra ingliz va o'zbek madaniyatida mehmonnavozlik ham mehmon ham mezbonga zavq, shavq beruvchi an'ana deb hisoblanadi: Mehmondorchilik - turmush ziynati [Shomaqsudov, Shorahmedov, 2004: 214], inglizlarda esa Welcome is the best cheer [Ivanova, 2006: 234] (Hush kelibsiz deyish eng yahshi kutib olishdir).
Ingliz va o'zbek oilaaviy an'analariga muvofiq mehmon chaqirish mehmondo'stlikning muhim taomillaridan biri hisoblanadi. Halqning ongida ushbu tartib mezbon tomonidan chaqiriladigan mehmona hurmat belgisi deb tushuniladi. Ushbu odob-ahloq stereotipi mehbon va mezbon o'rtasidagi do'stonalik ramzidir. Ingliz madaniyatida ayniqsa "hushmuomalalik" ingliz mentalitening yadrosi sifatida qadrlanadi. Bu ayniqsa mehbon va mezbon o'rtasidagi muloqotda aks etadi. Tabiiyki, mehmonlarni taklif qilishda ham shu kabi etiket qoidalariga rioya etish talab qilinadi va o'z navbatida bunda tartib va qoidalarga amal qilgan holda kamdan-kam vaziyatda mehmon taklifsiz keladi.
Yuqorida "mehmon", "host" so'zlarining mazmunini aniqlaganimiz sabab, ingliz tilidagi imlama yoki chaqirilmagan mehmon oppozisiyasiga nisbatan maqollarga ettibor qaratamiz: An unbidden guest knows not where to sit (Chaqirilmagan mehmonni o'tirgani joyi yo'q"; He comes uncalled sits unserved (Chaqirilmagan mehmonga hizmat ko'rsatilmaydi). Ingliz lingvomadaniyatida "chaqirilmagan mehmon" kuchli tanqidga olinadi, bunga sabab, albatta ingliz millatining mentaliteti, turmush tarzi va harakteri bilan bog'liqdir. "Masalan, ingliz jamiyatida, siz kimnidir uyiga agar oldindan qo'ng'iroq qilgan bo'lsangiz yoki uchrashuvni kelishib olgan bo'lgan taqdirdagina bora olasiz. Ushbu holda, sizga choy yoki qahva taklif qilishadi, ammo, oldindan tushlik yoki kechki ovqatga maxsus takli qilinmagan bo'lsangiz sizga yegulik taklif qilish majburiy emas" [Grainger, Kerkam, Mansor, Mills, 2015]. O'zbek oilaviy an'anasiga ko'ra chaqirilmagan mehmonga ham mezbon hushmuomalalik bilan munosabatda bo'ladi. O'zbek millatining har qanday vaziyatda ham mehmondo'st halq ekanligini o'zbek lingvomadaniyatida aks etgan quyidagi maqoldan tushunib olish mumkin: O'zi kelgan mehmon -mezbonning izzati; O'zi kelgan mehmon - atoyi xudo;Odam bor joyga odam keladi. Demak, o'zbek millati uchun mehmonni yahshi kutib olish nafaqat majburiyat, balki
International scientific-practical conference on the topic of "Problems and perspectives of modern technology in teaching foreign languages"
muqaddas burchdir. O'zbek millati mehmonning kelishini rizq, baraka kelishi bilan qiyoslaydi, shu tufayli, mehmonni qadrlaydi: Mehmon kelgan uydan baraka arimaydi; Mehmon kelgan uyning chirog'i ravshan yonadi [Suvonqulova, 2014:10]. Chaqirilmagan mehmon kelganda, hech ikkilanmadan o'zi uchun tayyorlagan yegulikni o'rtaga qo'yib mehmon bilan baham ko'rish va bundan mamnun bo'lishi o'zbek oilaviy an'anasiga aylanib ulgurgan, zero uning ongida mehmon o'z rizqi bilan kirib keladi va mehmonni yeguliksiz ketkazish odob doirasiga kirmaydi degan tushuncha yotadi: Mehmon o'z rizqi bilan keladi;Mehmonning rizqi o'zidan oldin keladi; Oshing oz bo'lsa ham, fetling soz bo'lsin.Iso Jabborning ta'kidlashicha, mehmonning kim bo'lishidan qatiy nazar unga hechbo'lmaganda choy va non taklif qilinadi: "Odat bo'yicha o'zbekning xonadoniga kelgan kishi (tanishmi yoki notanishmi) dasturxonga, bir piyola choyga yoki non-tuz totishga taklif qilinadi" [Jabborov, 1994: 176]. Qoida bo'yicha, mehmon biror-bir tadbir munosabati bilan chaqiriladi. U qandaydir tantana (to'y, tug'ulgan kun, farzandning tug'ulishi, biror-bir yutuqga erishilganda hursandchiilikni baham ko'rish uchun ziyofat, uy to'yi, diniy bayramlar,8-mart, Yangli yil,inglizlarda esa Pasxa, Rojdestvo,chaqaloqning tug'ulishiga uyushtirilgan bazm, yangi uyga ko'chish munosabati bilan beriladigan ziyofat va hokazolar) yoki dam olish kuni tashkil qilingan oila a'zolar, qarindoshlar o'rtasida uyishtirilgan kamtarona ziyofatlar bo'lishi mumkin. Ingliz lingvomadaniyatida to give a tea party; to give a luncheon party; to give at home (imlama ziyofat uyushtirmoq) idiomalari ma'lum bir ziyofat uchun mehmon taklif qilish mazmunini beradi va o'z navbatida ingliz madaniyati uchun mehmon chaqirish hamda "chaqirilgan mehmon" tushunchasi mehmondo'stlik etketini bosh tamoyillaridan biri ekanligini ko'rsatadi. O'zbek millatida "chaqirilmagan mehmon" ingliz jamiyatida farqli ravishda qatiy tanqidga olinmaydi, aksincha mehmonni uyidan tez ketishiga qarshilik qiladi, ketayotgan paytida esa qayta-qayta yana kelishini so'raydi: Mehmonning ketishini so'rama, kelishini so'ra;Kel demoq bor, ket demoq yo'q.
Mehmon kutish stereotip sifatida ingliz va o'zbek halqlarining oilaviy an'analarida o'z ifodasini topgan. Maqollar va idiomalarni tahlil qilib aytish mumkinki, o'zbeklarda mehmonni fahr va hursandchilik bilan kutib olish qoidasi borligini sezish mumkin. Masalan, Ochiq chehra bilan; Hush ko'rdik idiomalari va Ochiq yuz - ne'matdan yahshi;Oshing oz bo'lsa ham, fe'ling soz bo'lsin. Mehmonni kutib olish o'zbek madaniyata uni uyning eng yahshi joyiga o'tkazish bilan ham belgilanadi. Mehmonni ranjitib qo'ymaslik uchun, uni qulay, toza, chiroyli joyga
International scientific-practical conference on the topic of "Problems and perspectives of modern technology in teaching foreign languages"
o'tkazish maqsadida mezbon shoshib qoladi. Odatda mehmon uyning "to'ri" siga taklif qilinda, bu mezbonni mehmonga ko'rsagan hurmati deb tushuniladi. Chunki "to'ri" bu mezbon xonadonidagi mehmonhonaning yuqori qismi bo'lib, quyi qismida, ya'ni xonadan chiqish uchun eshikga yaqin bo'lgan joy asosan hizmat qiladiganlar o'tiradi. Bu an'ana quyidagi ibora va maqollarda o'z aksini topgan: idioma: O'tkazgani joy topaolmaslik, maqol: Mehmonga ko'nglingni ber, uying to'rini ber. Iso Jabborning yozishicha: "O'zbek milliy odatiga binoan mehmonlarni o'tqazish asosan yoshiiga va el oldidagi hurmatiga qarab to'rdan boshlanadi" [Jabborov, 176], mehmonni to'g'ri joyga o'tqazish ham o'zbek mehmondo'stlik madaniyatining odoblaridan biridir. Bunday hayajon uyg'otuvchi stereotip ingliz lingvomadaniyatida ham ifodalanadi. Masalan, to play host (mehmonni kutmoq); to give a hospitable welcome; (mehmonni hurmat bilan kutib olmoq) Keep open door idiomalari va Good will and welcome is your best cheer (Ezgulik va "Hush kelibsiz" deyish eng yahshi kutib olish) maqolini aytib o'tish mumkin.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI
1. Jabborov I. O'zbek xalq etnografiyasi. T., "O'qituvchi" 1994. -311 b.
2. Ivanova Ye.V. Mir v angliyskix i russkix poslovisax. Uchebnoye posobiye. — SPb.: Izd-vo S.-Peterb. un-ta; Filol. f-t SPbGU, 2006. — S. 281.
3. Suvonqulova X. O'zbek xalq maqollari. -T.: Adabiyot uchqunlari, 2014. - 152 b.
4. Shomaqsudov Sh., Shorahmedov Sh. Ma'nolar mahzani, Toshkent: O'zbekiston Milliy ensiklopediyasi, 2004. - B. 448.
5. Karen Grainger, Zainab Kerkam, Fatheh Mansor, Sara Mills, Offering and hospitality in Arabic and English Article in Journal of Politeness Research Language Behaviour Culture • February 2015 DOI: 10.1515/pr-2015-0003
6. Kh, Khasanova G., and Kenjaboev Sh Kh. "The role of education system in human capital development." Восточно-европейский научный журнал 2-1 (66) (2021): 48-51.
7. Khasanova G. K. MODERN TRENDS IN THE DEVELOPMENT OF EDUCATION AND VOCATIONAL TRAINING IN THE WORLD //The Way of Science. - 2014. - С. 68.
8. Хашимова С. On some features of teaching foreign language for students of non-philological areas at the initial stage. - 2019. - Евразийское Научное Объединение. - С. 334-338.
International scientific-practical conference on the topic of "Problems and perspectives of modern technology in teaching foreign languages"
9. Хашимова С. НЕКОТОРЫЕ ГРАММАТИЧЕСКИЕ И СЕМАНТИЧЕСКИЕ ОСОБЕННОСТИ УДВОЕНИЯ В ЯПОНСКОМ ЯЗЫКЕ. - Страны. Языки. Культура. - С. 334-338.
10. Hashimova, S. A., & Nasirova, S. A. (2021). FEATURES OF FORMING OF ANIMATED NOUNS WITH THE AFFIXES IN MODERN CHINESE LANGUAGE. Journal of Central Asian Social Studies, 2(04), 1-10
11. Nasirova, S. A. (2020). CONCEPTS OF ФШ ^Ш" CHINESE DREAM" AND Щ ^ Ш ^ ^ " COMMUNITY OF THE ONE FATE OF HUMANITY"-A LINGUISTIC AREA. Journal of Central Asian Social Studies, 7(01), 05-14.
12. Abdullaevna, N. S. (2020). Lexical-semantic and cognitive specifics of political discourse (based on Si Jinping's speeches). ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 70(5), 1086-1092.
13. Nasirova, S. A., Hashimova, S. A., & Rikhsieva, G. S. (2021). THE INFLUENCE OF THE POLITICAL SYSTEM OF CHINA ON THE FORMATION OF SOCIAL AND POLITICAL TERMINOLOGY. Journal of Central Asian Social Studies, 2(04), 10-17.