Scientific Journal Impact Factor
YANGI O'ZBEKISTON: AJDODLARIMIZNING BOY MEROSI VA
QO'SHNICHILIK MUNOSABATLARI
Pardayeva Marhabo Davlatovna Respublika Ma'naviyat va ma'rifat ma^azi Вихого viloyati bo'limi гahbaгi, falsafa fanlari nomzodi, dotsent
Maqolada hozirgi yangi O 'zbekiston sharoitida qo 'shnichilik munosabatlarining jamiyat taraqqiyotidagi o 'rni tahlil qilingan. Ajdodlarimizning boy madaniy merosida qo'shnichilik munosabatlarining falsafiy talqini ochib berilgan. Markaziy Osiyo xalqlarining do 'stona munosabatlarining turli xususiyatlari ko 'rsatib berilgan. Hozirgi kunda qo 'ni qo 'shnichilik munosabatlarini yanada mustahkamlash borasida davlatimiz va hukumatimiz tomonidan amalga oshirilayotgan chora tadbirlar yoritib berilgan.
Kalit so'zlar. Markaziy Osiyo, qo'ni qo'shnichilik munosabatlari, madaniy meros, taraqqiyot, mehmondorchilik.
НОВЫЙ УЗБЕКИСТАН: БОГАТОЕ НАСЛЕДИЕ НАШИХ ПРЕДКОВ
И ОТНОШЕНИЯ СОСЕДСТВА
Пардаева Мархабо Давлатовна
Руководитель Бухарского регионального отделения Республиканского центра духовности и просвещения, кандидат философских наук, доцент
АННОТАЦИЯ
В статье анализируется роль добрососедства в развитии общества в новых условиях современного Узбекистана. Раскрывается философская трактовка добрососедства в культурных наследие наших предков. Уделяется особое внимание на различные особенности дружеских отношений народов Средней Азии. Изложены меры, принимаемые нашим государством и правительством для дальнейшего укрепления добрососедских отношений.
Ключевые слова. Центральная Азия, добрососедские отношения, культурное наследие, развитие, гостеприимство.
ANNOTATSIYA
Scientific Journal Impact Factor
NEW UZBEKISTAN: A RICh HERITAGE OF OUR ANCESTORS AND NEIGHBORHOOD RELATIONS
Pardaeva Markhabo Davlatovna
Head of the Bukhara regional branch of the Republican Center for Spirituality and Education, PhD in Philosophy, assistant professor
The article analyzes the role of good neighborliness in the development of society in the new conditions of modern Uzbekistan. The philosophical interpretation of good neighborliness in the cultural heritage of our ancestors is revealed. Special attention is paid to various features of friendly relations between the peoples of Central Asia. The measures taken by our state and government to further strengthen good-neighborly relations are outlined.
Keywords. Central Asia, good neighborly relations, cultural heritage, development, hospitality.
Qadimiy davlatchiligimiz nuqtai nazaridan qaraganda, XXI asrning 20-yillari -Milliy tiklanishdan milliy yuksalish davri hisoblanadi. Muayyan mamlakatda ma'naviyat va ma'rifatni ko'tarish, u haqda g'amxo'rlik qilish davlat siyosati darajasiga ko'tarilgan bo'lsa, o'sha mamlakatda tinchlik, barqarorlik vujudga kelib, qo'ni-qo'shnichilik munosabatlari rivojlanib, ilm-fan, ma'rifat va madaniyat rivojlanadi. Bu o'z navbatida, mamlakat oldida turgan turli eng murakkab muammolarni ham hal etish imkonini yaratadi. Davlat o'z faoliyatida ma'naviyat va ma'rifatni rivojlantirishni ustuvor vazifa sifatida qaragandagina, uning barqaror taraqqiy etishi uchun imkoniyatlar kengayib boradi.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
Tadqiqot manbalarini ajdodlarimizning boy madaniy merosi, Sharq mutafakkirlari asarlari, tazkira va maqomatlar, qo'ni qo'shnichilik munosabatlarini yanada rivojlantirishning ma'naviy va huquqiy asoslari tashkil qiladi.
Tadqiqot usullari: tadqiqot muammosiga doir Sharq mutafakkirlari asarlarini o'rganish va tahlil qilish.
ABSTRACT
Olam ahli, bilingiz-kim, ish emas dushmanlig Yor o'ling bir-biringizg'a-kim, erur yorlig ' ish.
Alisher Navoiy
KIRISH
Scientific Journal Impact Factor
NATIJALAR
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev raisligida joriy yilning 19 yanvar kuni ma'naviy-ma'rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish, bu borada davlat va jamoat tashkilotlarining hamkorligini kuchaytirish masalalari bo'yicha o'tkazilgan videoselektor yig'ilishida "Agar jamiyat hayotining tanasi iqtisodiyot bo'lsa, uning joni va ruhi ma'naviyatdir. Biz yangi O'zbekistonni barpo etishga qaror qilgan ekanmiz, ikkita mustahkam ustunga tayanamiz. Birinchisi - bozor tamoyillariga asoslangan kuchli iqtisodiyot. Ikkinchisi - ajdodlarimizning boy merosi va milliy qadriyatlarga asoslangan kuchli ma'naviyat... Biz yaratayotgan yangi O'zbekistonning mafkurasi ezgulik, odamiylik, gumanizm g'oyasi bo'ladi. Biz mafkura deganda, avvalo, fikr tarbiyasini, milliy va umuminsoniy qadriyatlar tarbiyasini tushunamiz. Ular xalqimizning necha ming yillik hayotiy tushuncha va qadriyatlariga asoslangan" [1], deb ta'kidlagan edi.
Shuni qayd etish kerakki, mamlakatimizda ro'y berayotgan har qanday yuksalishlar, e'tirofga loyiq yangiliklarning barchasi o'zining mustahkam ma'naviy asoslariga ega.
Yangi O'zbekiston sharoitida umuminsoniy qadriyatlarimiz yanada chuqurroq ildiz otdi. Xalqimizning azaliy odatlariga amal qilib, qo'shnichilik munosabatlarini tiklash, saxovat ko'rsatish, bag'rikenglikni namoyon qilish, turar joylarni obod qilish, ta'lim-tarbiya o'choqlarini qurish va ta'mirlash, yo'llar, ko'priklar qurishga e'tibor kuchaytirildi. Bu davrda katta bir oilaning farzandlari O'zbek, Tojik, Turkman, Qirg'iz va Qozoqlar ba'zi bir masalalarda vujudga kelgan araz va ginalarni unutib, yana o'zlarining tarixan tarkib topgan oilalariga qaytdilar. Ular munosabatlarining yaxshilanishiga to'siq, parda bo'lib turgan devorlarga olib tashlandi. Muammolarning yechimini topish birlik, muhokama qilish, hal qilish, taraqqiyotga erishishda o'zaro hamkorlik qilish, hamjihat bo'lish - bularning bari Yangi O'zbekiston sharoitida amalga oshdi.
Tili, dini, an'ana va urf-odatlari bir-biriga o'xshash xalqlar tarixiy taraqqiyot davomida she'r, dostonlarda, adabiyotning barcha yo'nalishlarida bir-birlariga nisbatan o'zaro hurmatda bo'lganlar, quda andachilik munosabatlarini yo'lga qo'yganlar. Turkman xalqi Alisher Navoiy g'azallarini sevib o'qiganidek, o'zbek xalqi ham Maxtumqulini o'z shoiridek ardoqlaydi. Atoqli shoir "Firog'iyning ikki ko'zi bor, biri turkman bo'lsa, biri o'zbegim", deya ikki xalq o'rtasidagi qardoshlik va do'stlikni mehr bilan tarannum etgan edi. Bugun ushbu do'stlik an'analari yanada yangi bosqichga ko'tarildi. Markaziy Osiyo xalqlari jahon sivilizatsiyasiga ulkan hissa qo'shgan xalqdir. Uning ma'naviyat, fan, madaniyat sohasidagi erishgan
Scientific Journal Impact Factor
yutuqlari jahon xalqlariga asrlar osha xizmat qilib kelmoqda. Yangi O'zbekiston sharoitida qo'ni-qo'shnichilik munosabatlarini qayta yo'lga qo'yish, shuningdek jahon sivilizatsiyasidagi munosib va adolatli o'rnini tiklashga erishildi.
O'zbekiston-Tojikiston do'stligi, qo'shnichilik munosabatlari o'zgacha tus oldi. O'zbekistonda tojiklar, shuningdek Tojikistonda o'zbeklar juda ko'p istiqomat qiladi. Mamlakatimizda 15 ta tojik milliy madaniyat markazi millatlararo hamjihatlikni mustahkamlashga hissa qo'shmoqda. Tojik tilida gazeta va jurnallar chop etilib, teleko'rsatuv va radio eshittirishlar efirga uzatilmoqda. 255 ta maktabda ta'lim tojik tilida olib borilayotir. Bir qator oliy o'quv yurtlarida shunday fakultetlar va bo'linmalar faoliyat yuritmoqda. Mamlakatimizda keyingi yillarning o'zida tojik millatiga mansub 130 fuqaro yuksak davlat mukofotlariga sazovor bo'ldi.
Ta'kidlash joizki, 100 nafar mahalliy va xorijiy ekspertlar tomonidan Prezident Shavkat Mirziyoevning tarixiy ahamiyatga ega bo'lgan 10 ta eng muhim tashabbuslari aniqlanib, ular ichida eng ko'p ovozga (96 ta) ega bo'lgan tashabbus yaxshi qo'shnichilik munosabatlari, chegaralarning ochilishi va nazorat-kiritish punktlarining tashkil etilishi, ya'ni Markaziy Osiyo davlatlari bilan barcha masalalar bo'yicha konstruktiv muloqot o'rnatilgani e'tirof etildi.
Ajdodlarimizning boy merosida qo'shnichilik munosabatlariga juda katta e'tibor berilgan.
Payg'ambarimiz sollalohu alayhi vassalam: «Kimki urfda yaxshi ishni joriy qilsa, shu yaxshi ishning savobi va ergashib shu yaxshi ishni qilgan kishining savobi unga qiyomatgacha yetib turadi...» [3], deya marhamat qilganlar. Bunday misollarni Qur'oni Karim va Hadisi shariflardan ham ko'plab keltirish mumkin. Masalan, Baqara surasi, 195 oyati mazmuni quyidagicha: «Yaxshilik qiling! Albatta, Alloh yaxshilik qilguvchilarni sevadi». Hadisda esa: «Mening rizom yo'lida bir-birlarini sevganlarga muhabbatim sobit bo'lgay. Mening rizom uchun bir-birlarini ziyorat etganlarga, Mening rizom uchun bir-birlaridan yordam va ko'magini ayamaganlarga muhabbatim sobit bo'ldi», deb aytiladi. Ushbu oyati karima va hadisi sharifdan anglashiladiki, insonlar o'zaro mehr-muhabbatli, sadoqatli, bag'rikeng bo'lsalar, bir-birlarini Alloh rizosi uchun moddiy va ma'naviy qo'llab-quvvatlab tursalar, unday insonlarni Alloh ham sevadi.
O'tmishda allomalarimiz kishilarni yaxshilik qilishga, bag'rikenglikka undabgina qolmay, balki eng avvalo, o'zlari bu borada elga namuna ko'rsatganlar. Buyuk shoir va davlat arbobi Alisher Navoiy butun umri davomida insonparvarlikni, odamiylikni kuylab, uni ulug'lagan. Kishilar g'amida bo'lish, yaxshilik qilish, muruvvat ko'rsatish bu buyuk zot hayotining mazmuni bo'lgan. Husayn Boyqaro
Scientific Journal Impact Factor
Navoiyga yo'llagan maktublarida «Davlatning buyuk kishisi, xayrli ishlarning asoschisi...» degan so'zlar bilan boshlaganligi ham bejiz emas, albatta.
Xalqimizda "Qo'shning tinch, sen tinch", degan ajoyib naql takror va takror esga olinadi. Yon atrofimizda noxush voqealar sodir bo'layotganda bunga aslo befarq bo'la olmaymiz. Insonning, faqat o'z dardi bilan emas, o'zgalar dardi bilan ham yashashligi uni bu nomga loyiq ekanligini bildiradi. Alisher Navoiy bobomiz aytganidek:
Qo'shnichilik munosabatlarida mehmondorchilik an'analarining roli beqiyosdir! Markaziy Osiyo davlatlari o'zaro bir-birlarining uylariga xalq vakillari bilan borib, tarixan tashkil topgan qadriyat va udumlarni qayta tiklashga muvaffaq bo'lmoqdalar. Mehmondorchilik, ya'ni mehmon kutish va kuzatish odati dunyodagi aksariyat xalqlarga xos xususiyatdir. O'zbek xalqi bu odatni juda qadim zamonlardan ixtiyor qilgan. Shuning uchun madaniyatimizning ko'hna manbalarida mehmondorchilik insonning, oilaning, qabila va xalqning odamiylik, saxovat, madaniy va ma'naviy aloqasi - bag'rikenglik muloqoti mezoni sifatida juda katta qadr bilan tilga olingan. O'zbeklar, "mehmonxonang tor bo'lsa ham, mehru diling keng bo'lsin", deyishadi.
Kaykovus o'zining "Qobusnoma"sida: "Har vaqt mehmonlaring uyingga oyoq qo'ysalar, sen barcha odamlaring bilan ularning oldilariga chiqqil va yaxshi so'z bila muloqot qil, to ular sening shukringni aytsinlar" [4] deb nasihat qilgan.
Turkiy xalqlar qadimdan mehmondorchilik odatiga qat'iy rioya qilishgan. Mahmud Qoshg'ariyning XI asrning nodir namunasi bo'lgan "Devonu lug'otit turk" [5] asarida bu haqda quyidagi misralar yozib qoldirilgan: Mehmon kelsa, o'tqazg'il, hordiq olib, tinch bo'lsin.
Umar Xayyom yorug' dunyoni kirib-chiqiladigan rabotga qiyoslab, bunda har kuni boshqa-boshqa qavmlar qo'nim topadi deydi:
Buyuk alloma Husayn Voiz Koshifiy o'zining "Futuvvatnomai sultoniy" asarida mehmon kutish har bir insoning olijanob xislatiga aylanishi kerakligi xususida to'xtalib, mehmon kutish odobi va qoidalarini ko'rsatib o'tadi: mehmonga halol va pokiza taomni taqdim etish; mehmonni biror g'arazli maqsad yoki riyo uchun kutmaslik. Uningcha, mehmon qancha kelsa ham mezbon ranjimasligi, chaqirilmagan
Odami ersang demagil odami, Oningkim yo 'q xalq g 'amidin g 'ami [11-14].
Oti ham yorug'likda, arpa somonga to'ysin.
Dunyo yak rabotu du dar ast, Dar in rabot har ko'z qavmi digar ast.
Scientific Journal Impact Factor
mehmonni ko'proq hurmat qilishi, baxillik qilmasligi, mehmondan narsani qizg'anmasligi kerak, deb shunday yozadi:
Kimki ko'rsang bu jahonda o'z rizqin teradir, Xoh sening uyingda bo'lsin, xoh o'z ayvonida. Sen karam xonini yoz ham shukr qil, parvardigor Berdi oshu non do'stga do'st dasturxonida [6].
Qo'shnichilik munosabatlarining tiklanishi bag'rikenglik timsolidir! Bag'rikeng inson qalbini quyoshga o'xshatadilar. Shu quyosh taftidan mehrga tashnalar bahra oladilar, bulutli kunlar yorishadi, ishonch, iymon, e'tiqod mustahkamlanadi, hayot jozibasi ortadi. Shunday kishilar tufayli ezgulik bor, yaxshilik bor. Imom G'azzoliy hazratlarining «Muqoshafat ul-qulub» nomli kitoblarida bu haqda shunday deyiladi:
Jonkuyarlik odatingni hech kimsadan ayama,
Kunlar o'tib ketdi endi, bo'ldi endi, bas, dema.
Imkon qadar yaxshilik qil, yaxshilikning yo'li keng,
Birov uchun bo'lgin yoqa, birov uchun, mayli, yeng.
Kuching yetsa, hojat chiqar, dindoshingga mador bo'l,
Dardini ol, g'amdan qutqar, g'am yo'liga devor bo'l.
Kenglik-zo'rlik paytlaringda yaxshilik qil, ey shunqor!
Sening ham bir kuning kelar bir hojatga intizor.
Yangi O'zbekiston o'zining yaqinlariga, qo'shnilariga qalb taftini darig' tutmaslikni o'zining oliy maqsadi deb biladi.
Azaldan qardosh xalqlar bir-birining salomatligi xususida qayg'urgan, boshiga musibat tushganda yordam qo'lini cho'zgan, muammoli vaziyatlarni o'zaro tahlil qilgan. Bu yuksak umuminsoniy, milliy qadriyat hozirgi kunda ham butun dunyoni larzaga keltirgan pandemiya sharoitida xalqlarimizning salomatligini saqlash, ushbu virusga qarshi bahamjihat kurashish maqsadida onlayn videoanjumanlar o'tkazishni taqozo qildi.
Ta'kidlash joizki, Markaziy Osiyo davlatlari koronavirus pandemiyasi tarqalishiga yo'l qo'ymaslik borasida amalga oshirilayotgan birinchi navbatdagi chora-tadbirlar yuzasidan fikr almashib, ushbu xavfli yuqumli kasallikka qarshi kurashish maqsadida mamlakatlar sog'liqni saqlash vazirliklari va boshqa vakolatli idoralari o'rtasidagi sheriklikning aniq mexanizmlari ishlab chiqildi.
Yangi O'zbekiston sharoitida xalqimizning unutilayozgan qadimiy an'ana va urf-odatlari qayta tiklanishi barobarida ularning ijtimoiy ahamiyati oshib bormoqda. O'zbekiston Respublikasidagi tinchlik va barqarorlik butun mintaqada mo''tadil siyosiy iqlim, tinchlik va barqarorlik bardavom bo'lishida juda katta ahamiyatga
Scientific Journal Impact Factor
egadir [7-10]. Shavkat Mirziyoev tashabbusi bilan Markaziy Osiyo davlat rahbarlarining maslahatlashuv uchrashuvlari tashkil etilgani fikrimizning yaqqol dalilidir. Mazkur uchrashuv doimiy muloqot maydoniga asos soldi, mintaqada xavfsizlik, barqaror rivojlanishni ta'minlashga xizmat qilib kelmoqda. O'zbekiston mintaqa mamlakatlari, xususan, Tojikiston va Qirg'iziston bilan eng nozik masalalar yechimida, ayniqsa, davlat chegaralarini delimitatsiya va demarkatsiya qilish borasida pragmatik yondashib, tarixiy kelishuvlarga erishmoqda. xususan Prezidentimiz taklif etgan «Ipak yo'li» viza rejimi transmilliy sayyohlik mahsuloti yo'lidagi to'siqlarni (qo'shni davlatlar chegaralarini kesib o'tishda viza, bojxona va chegara to'siqlari) yengishga imkon beradi. Amalda, viza olgan chet ellik sayyoh, masalan, O'zbekistonda, Qozog'istonga yangi viza olishiga hojat qolmaydi - u avtomatik ravishda bitta safar davomida boshqa mamlakatga tashrif buyurish uchun noyob imkoniyatga ega bo'ladi.
Prezident Shavkat Mirziyoev tashabbusi bilan 2021 yilning 15-16 iyul kunlari Toshkentda o'tkazilgan "Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy o'zaro bog'liqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar" mavzusidagi konferensiyada [2] Afg'oniston masalasida nafaqat Markaziy Osiyo, shu bilan birga, Janubiy Osiyo davlatlari yakdillik namoyish etib, ikki mintaqa o'rtasida hamkorlikni tiklash, bu masalada Afg'onistonning o'rni juda ham muhim ekanligi alohida e'tirof etildi. Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov raislik qilgan Maslahat uchrashuvida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev, Qozog'iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqaev, Qirg'iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov va Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon, shuningdek, BMT Bosh kotibining Markaziy Osiyo bo'yicha maxsus vakili, Markaziy Osiyo uchun preventiv diplomatiya bo'yicha mintaqaviy markaz rahbari Natalya German xonim ham ishtirok etdi.
Ta'kidlash joizki, qo'shni davlat rahbarlari uchrashuvi bu qardosh xalqlar munosabatlarida yangi davrni boshlab berdi. Bu esa, albatta, mehnatkash xalqimizning ertangi buyuk istiqbolimizga bo'lgan ishonchini yuksaltiradi hamda bunyodkorlik borasidagi ishlariga yangicha shiddat bag'ishlaydi. Ulkan ma'naviyat ustuniga ega bo'lgan qo'ni-qo'shnichilik munosabatlari yangi O'zbekiston sharoitida yanada munosib e'tirofga loyiq bo'ldi.
REFERENCES
l.O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev raisligida joriy yilning 19 yanvar kuni ma'naviy-ma'rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish, bu borada
377
XULOSA
Scientific Journal Impact Factor
davlat va jamoat tashkilotlarining hamkorligini kuchaytirish masalalari bo'yicha o'tkazilgan videoselektor yig'ilishida so'zlagan nutqi.
2. Prezident Shavkat Mirziyoevning 2021 yilning 15-16 iyul kunlari Toshkentda o'tkazilgan "Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy o'zaro bog'liqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar" mavzusidagi konferensiyada so'zlagan nutqi.
3. А.Абдурахдоонов «Саодатга элтувчи билим». - Т.: «Мовароуннахр», 2003 й
4. Кайковус "Кобуснома" 1994 й 53-бет
5. М.Саттор "Узбек удумлари" Т., 1993й. 70- бет
6. Хусайн Воиз Кошифий "Футувватномаи султоний ёхуд жавонардлик тарикати" Т.,1994 й. 64-бет
7. Кенжаева, Х. П., Тожиев, Ф. И., & Жураев, Б. Н. (2014). РОЛЬ ЖЕНЩИН В СОЗДАНИИ И РАЗВИТИИ ДЕМОКРАТИЧЕСКОГО ОБЩЕСТВА В УЗБЕКИСТАНЕ. In Инновации в технологиях и образовании (pp. 119-123).
8. Кенжаева, Х. П. (2021). ФУКАРОЛИК МАДАНИЯТИ МЕЗОНЛАРИ ШАРК ФАЛСАФАСИ ТАЛКИНИДА. Academic research in educational sciences, 2(3).
9. Кенжаева, Х. П. (2021). Аёллар ижтимоий фаоллигини оширишда фукаролик институтларининг урни. Scientific progress, 1(6), 957-961.
10. Кенжаева, Х. (2021). Миллий маънавий меросимизда таълим-тарбия масалалари. Общество и инновации, 2(6/S), 18-24.
11. Пардаева, М. Д. (2021). УТМИШИ ШАРАФЛИ, КЕЛАЖАГИ БУЮК ХАЛК МАЪНАВИЯТИДА ХДЗРАТ АЛИШЕР НАВОИЙ КАРАШЛАРИНИНГ УРНИ. ИННОВАЦИИ В ПЕДАГОГИКЕ И ПСИХОЛОГИИ, 4(3).
12. Pardaeva, M. D. (2020). THE ROLE OF THE JADID'S THINKING VIEWS IN THE FIGHT AGAINST ENLIGHTENMENT AGAINST IGNORANCE. Утмишга назар журнали, 10(3).
13. Пардаева, М. Д., Узбекистан, Р., & Голди-Скотт, М. Р. (2020). Реформа школьного образования в Узбекистане: переосмысление методики обучения и оценки. ISBN 978-5-9929-0917-3© ОГУ имени ИС Тургенева, 2020© МОО «Академия информатизации образования», 2020© Коллектив авторов, 2020, 25.
14. Пардаева, М. Д. (2018). Использование средств народной педагогики в воспитании толерантности у молодежи. Проблемы педагогики, (6 (38)).