Научная статья на тему 'CHET EL MAMLAKATLARI MISOLIDA OLIY TA’LIMDA AYOLLAR RAHBARLIGI TAHLILI'

CHET EL MAMLAKATLARI MISOLIDA OLIY TA’LIMDA AYOLLAR RAHBARLIGI TAHLILI Текст научной статьи по специальности «Прочие социальные науки»

CC BY
5
11
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Ключевые слова
ayollar yetakchiligi / oliy ta’lim boshqaruvi / gender tenglik.

Аннотация научной статьи по прочим социальным наукам, автор научной работы — Mamadaminova Nigora Almuratovna

Ayollar dunyo aholisining qariyb yarmi yoki undan ko'pini tashkil qiladi, ammo stereotiplar ularning siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyotdagi muvaffaqiyatli ishtirokiga xalaqit berishda davom etmoqda. Turli sohalarda gender tenglikni ta’minlash va ayollar yetakchiligini oshirishga qaratilgan sa’y-harakatlarga qaramay, ayollar ham xususiy, ham davlat tashkilotlarida yuqori lavozimlarda yetarlicha vakillik darajasiga hali ham chiqa olmagan. Tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, rahbarlikda erkaklar va ayollarning birgalikda faoliyat ko’rsatishlari tashkilotlarga katta foyda keltiradi va iqtidorli ayollarni ilgari surish uchun tenglik belgisi bo'lib xizmat qilishi va kelajakdagi ayol liderlar uchun namuna bo'lishi mumkin. Ushbu maqola chet elda, oliy ta'lim tizimida gender tenglik masalasini hamda yetakchilik rollarini egallashda ayollar duch keladigan qiyinchiliklarni ko'rib chiqadi. Mavzuni tahlil qilish va muhokama qilish uchun ikkinchi darajali ma'lumotlardan foydalaniladi. Maqola O'zbekistondagi oliy ta'lim boshqaruvida gender tenglikni ta'minlashga yordam beradi va muhokamalarga sabab bo'ladi degan umiddamiz.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «CHET EL MAMLAKATLARI MISOLIDA OLIY TA’LIMDA AYOLLAR RAHBARLIGI TAHLILI»

CHET EL MAMLAKATLARI MISOLIDA OLIY TA'LIMDA AYOLLAR RAHBARLIGI TAHLILI

Mamadaminova Nigora Almuratovna

Varshava Universiteti doktoranti, Polsha https://doi.org/10.5281/zenodo.11181214

Annotatsiya. Ayollar dunyo aholisining qariyb yarmi yoki undan ko'pini tashkil qiladi, ammo stereotiplar ularning siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyotdagi muvaffaqiyatli ishtirokiga xalaqit berishda davom etmoqda. Turli sohalarda gender tenglikni ta'minlash va ayollar yetakchiligini oshirishga qaratilgan sa'y-harakatlarga qaramay, ayollar ham xususiy, ham davlat tashkilotlarida yuqori lavozimlarda yetarlicha vakillik darajasiga hali ham chiqa olmagan. Tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, rahbarlikda erkaklar va ayollarning birgalikda faoliyat ko'rsatishlari tashkilotlarga katta foyda keltiradi va iqtidorli ayollarni ilgari surish uchun tenglik belgisi bo'lib xizmat qilishi va kelajakdagi ayol liderlar uchun namuna bo'lishi mumkin. Ushbu maqola chet elda, oliy ta'lim tizimida gender tenglik masalasini hamda yetakchilik rollarini egallashda ayollar duch keladigan qiyinchiliklarni ko'rib chiqadi. Mavzuni tahlil qilish va muhokama qilish uchun ikkinchi darajali ma'lumotlardan foydalaniladi. Maqola O'zbekistondagi oliy ta'lim boshqaruvida gender tenglikni ta'minlashgayordam beradi va muhokamalarga sabab bo'ladi degan umiddamiz.

Kalitso'zlar: ayollaryetakchiligi, oliy ta'lim boshqaruvi, gender tenglik.

Abstract. Women make up nearly half or more of the global population, yet stereotypes continue to hinder their successful participation in both private and state organizations. Research shows that having a diverse leadership team benefits organization, and promoting talented women can serve as a signal of equality and provide role models for future female leaders. This article examines the gender equality context in academia in foreign countries as well as challenges women face in attaining leadership roles in higher education worldwide. It employs the secondary data to analyse and discuss the topic. It is intended that the article would create discussions and help to create gender equality within higher educational management in Uzbekistan.

Key words: women's leadership, higher education management, gender equality.

Kirish. Ayollar dunyo aholisining katta bo'lagi ekanligiga qaramay va hattoki yuqori lavozimlarda ayollarning teng ulushiga ega kompaniyalar raqobatbardoshroq ekanligi va yaxshi natijalarga erishayotgani haqidagi ilmiy dalillar keng tarqalgan bo'lishiga qaramay, butun dunyo bo'ylab hali ham gender tenglik mavjud emas va bu hali ham biror bir davlatda erishilgani yo'q. Tenglikka erishish yo'lidagi birinchi qadamlar ayollar yetakchilik lavozimlarini egallashda duch keladigan qiyinchiliklarni aniqlash va yaxshiroq tushunish va ularni yengish uchun ba'zi strategiyalarni ishlab chiqish bo'lishi mumkin. Kerakli siyosiy va qonunchilik choralariga qo'shimcha ravishda, ayollar yetakchiligi va ularni rag'batlantirish sohasidagi muammolarni tushunish uchun kontekstni o'rganish muhim hisoblanadi.

Afsuski, gender tengligi kabi atamalar Markaziy Osiyoda unchalik keng ifodalanmaydi. Ayollarning oila va jamiyatdagi roli va mavqei chet eldagidan, xususan rivojlangan yevropada mamlakatlaridan farq qiladi. Shunga qaramay, Qozog'iston va O'zbekistonda qolgan mamlakatlarga nisbatan ma'lum yaxshilanishlar kuzatildi. Biroq shuni aytish lozimki, so'nggi besh yil ichida O'zbekistonda gender tengligi va ayollar yetakchiligiga oid sanoqli nashrlar chop etilgan xolos.

Mavzuni yaxshiroq va chuqurroq tushunishimiz uchun keling ayol rahbarlarning oliy ta'limda qanday vaziyatda ekanliklarini chet el mamlakatlari misolida ko'rib chiqsak.

Ayollar jahon miqyosida oliy ta'limda yuqori rahbarlik lavozimlarida sezilarli darajada kam vakillik qiladilar, har bir qit'ada yetakchilik lavozimlarini egallagan ayollar erkaklarnikiga qaraganda ancha kam [1]. Dunyoning ko'plab mintaqalarida gender statistikasining tubdan yetishmasligi mavjud bo'lib, bu masalaning ko'p qirralarini to'liq tushunishni yanada murakkablashtiradi. Ish-oila muvozanati, turmush qurish, farzand ko'rish vaqtlari, patriarxal tuzim, jamiyatdagi ayollarning roli - bularning barchasi butun dunyo bo'ylab ayol akademiklar duch keladigan muammolardir.

Gonkong misoli

Gonkongda so'nggi yillarda oliy ta'lim imkoniyatlarining kengayishi natijasida bakalavr bosqichida talaba qizlar soni ortdi va ayollarning mehnatga jalb etilishi ortdi. Shunga qaramay, 2001/02 yildagi 30,0 foizga nisbatan bir oz o'sish, 2019-2020 yillarda esa sakkizta davlat universitetlarida barcha sinflar bo'yicha o'qituvchilar tarkibining uchdan bir qismidan sal ko'proqni (34,3 foiz) ayollar tashkil etadi xolos. [2]. Rahbarlik va qarorlar qabul qilish lavozimlarida ayollar ulushi hamon past. Turli sohalarda yuqori boshqaruv lavozimlarida ayollar erkaklarnikiga qaraganda sezilarli darajada kamroq. Haqiqatdan ham, gap kengroq ish kuchiga jalb qilinganda ham, ayollarning ishtiroki ko'rsatkichlari vaqt o'tishi bilan ularning yoshi o'sib borishi bilan pasayadi, erkaklarning ishtiroki ko'rsatkichlari barqaror bo'lib qolmoqda, bu esa oilaga g'amxo'rlik qilish majburiyatlari va boshqa kamsituvchi omillar va stereotiplarning turli ta'siriga ishora qiladi

[3].

Gonkong oliy ta'limida yetakchilik lavozimlarini egallagan akademik ayollar ko'pincha yolg'izlanib qolish, tashqaridan turli bosim va o'ziga bo'lgan ishonchsizlik hissiyotlarini boshdan kechiradilar. Asosan erkak a'zolardan tashkil topgan qo'mitaning birinchi va yagona ayol a'zosi bo'lgan yangi ayol rahbar tez-tez uning nutqi va xatti-harakati, malakasi va ishonchliligi haqida boshqa a'zolar tomonidan so'roq qilinishi kuzatilgan [4].

Malayziya rahbar ayollari misoli Xotin-qizlar taraqqiyoti va ularning ta'lim sohasidagi yutuqlari nuqtai nazaridan zamonaviy, islomiy, ko'p irqli davlat bo'lgan Malayziya Osiyoning eng ilg'or davlatlaridan biri sifatida tan olingan. Malayziyada ayollarning gender tengligiga erishishdagi manfaatlarini hisobga olish va davlat va xususiy tashkilotlarda rahbarlik lavozimlarining kamida 30% ayollar tomonidan egallashini talab qiluvchi rasmiy kvotani joriy etish orqali ayollarning imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan Milliy Ayollar siyosati mavjud. Xotin-qizlar ishtirokini oshirish va rahbarlik lavozimlariga ko'tarilish bo'yicha hukumat pozitsiyasi quvonarli, ammo ba'zi muammolar hali ham mavjud [5]. 2020 yilgi ma'lumotlar shuni ko'rsatadiki, hukumat tomonidan tavsiya etilgan kengash a'zolarining atigi 42,1 foizi ayollardir va faqat bitta (5%) ayol davlat universitetining Boshqaruv/direktorlar kengashiga rahbarlik qilish uchun tayinlangan. Ayollar qaror qabul qiluvchi barcha qo'mitalar, kengashlar, ishga qabul qilish bo'yicha hay'atlarda va rahbarlar orasida kam vakillik qiladilar, chunki rahbarlik lavozimlarida ayollar kamroq [5]. Avvalo, oila dinamikasi bilan bog'liq ijtimoiy me'yorlar muhim ahamiyatga egadir. Ikkinchidan esa, malayziyalik ayollarning oliy ta'lim tizimidagi yutuqlari ko'pincha e'tiborga olinmaydi. Natijada, ayollar yetakchiligining rivojlanishi kutilganidan sekinroq amalga oshdi va ayollarning yetakchilik tendensiyasi salbiy tomonga o'zgardi [5].

Avstraliya rahbar ayollari misoli

O'ttiz yildan ko'proq vaqt davomida gender tengligi Avstraliya universitetlari uchun ustuvor vazifa bo'lib kelgan. Bu davrda ko'plab yutuqlarga erishildi. Universitetlar ayollarning yetakchilik orzularini ro'yobga chiqarish va ularning martabalarini oshirishda qo'llab-quvvatlash uchun ichki va tashqi dasturlarni yaratdilar. Ijobiy tomoni shundaki, Avstraliyada gender tenglikka deyarli erishildi, 2019 yil holatiga ko'ra, akademik xodimlarning qariyb 48 foizini ayollar tashkil etadi. Salbiy tomoni esa, bu sohada ayollar duch kelgan uzoq vaqtdan beri mavjud bo'lgan muammolar hali ham mavjud va natijada ayollar yetakchilik rollarida kam ishtirok etishda davom etmoqda. Avstraliyadagi 39 ta universitetning 11 prorektori va 10 ta rektori ayollardir. Ish joyidagi gender tengligi muammolarini hal qilish haqida gap ketganda, Avstraliya nisbatan progressiv bo'ldi. Ish joyidagi gender diskriminatsiyasiga qarshi kurash bo'yicha birinchi qonun 1986 yilda Avstraliya hukumati tomonidan qabul qilingan. Ushbu qonunchilik asoslari Avstraliya universitetlariga gender diskriminatsiyalarini bartaraf etish va institutda ham, oliy ta'lim tizimida ham ayollarning muvaffaqiyatli yetakchiligini qo'llab-quvvatlash uchun rejalar va dasturlarni yaratish bo'yicha aniq ko'rsatmalar berdi. Hatto ba'zi hollarda, muassasalar o'z ish kuchida ayollar sonini oshirish maqsadida faqat ayollar uchun ochiq bo'lgan ish o'rinlarini e'lon qilishlari uchun qonunchilikdan ruxsat so'rashgan [6].

Finlandiya misoli

Yevropa gender tenglik indeksiga ko'ra, Finlandiya dunyodagi eng teng huquqli jamiyatlardan biriga ega, Save the Children's State of the World's Mothers hisobotiga ko'ra, u onalar uchun eng yaxshi davlatlar qatoriga kiradi va Jahon iqtisodiy forumining raqobatbardoshlik reytingiga ko'ra esa eng raqobatbardosh jamiyatlar qatoriga kiradi [7]. Xo'sh, Finlyandiya oliy ta'lim tizimida gender tengligini targ'ib qilishda qanday o'rin tutadi?

2020-yilda Finlyandiya universitetlaridagi barcha talabalarning deyarli 55 foizini ayollar tashkil etdi. Bunda oliy ta'lim muassasasi talabalari deganimizda bakalavr, magistratura va doktorantura dasturlarida tahsil olayotgan ayollarni nazarda tutyapmiz. Oliy ta'lim maskanlarining quyi darajasida ayollar ulushi erkaklarnikiga teng va hatto biroz yuqori bo'lsa ham, yuqori rahbariyat haqida gap ketganda ko'pgina Yevropa davlatlarida bo'lgani kabi ayol rahbarlar soni erkaklarnikidan ortda qoladi.

Finlandiyaning ilmiy tadqiqotlarni moliyalashtiruvchi asosiy organi bo'lgan Finlandiya akademiyasidan tadqiqot moliyalashtirish uchun erkaklarga qaraganda kamroq ayollar murojaat qilgan bo'lsa-da, 2017-yilda ayollar jamoa yetakchilari bunday mablag'ni nisbatan ko'proq olishgan. Finlyandiyada hozirda universitet rektorlarining 29 foizi va prorektorlarning 38 foizi ayollardir. Biroq, foizlarni ehtiyotkorlik bilan hisoblash kerak, chunki Finlyandiyada atiga 14 ta universitet borligini hisobga olsak, bir kishining o'zgarishi universitet rahbariyatidagi ayollar ulushining sezilarli o'zgarishini anglatadi [8].

Ta'lim va Madaniyat vazirligi universitetlar tenglik majburiyatlarini amalga oshirishlarini nazorat qiladi va ta'minlaydi. Har bir universitetdan Tenglik va kamsitmaslik rejasi (Equality and Non-discrimination) bo'lishi talab qilinadi, u universitet va vazirlik o'rtasidagi samaradorlik bo'yicha muzokaralarda ko'rib chiqiladi. Rejalar odatda ishga yollashda teng huquqlilik, lavozimda ko'tarilish, ish haqi, ish va shaxsiy hayot muvozanati va kamsitish, jinsiy zo'ravonlik va zo'ravonlikning oldini olish qonun- qoidalarini o'z ichiga oladi [9].

Demak, xulosa qilib aytadigan bo'lsak, gender tenglik bo'yicha ilg'rilab ketgan davlatlarda avvalo davlat hamda vazirlik ayolalr huquqini himoya qilish bo'yicha faoldirlar va muassasalarni qattiq nazoratga olishgan. Aslida qonun chiqarish bilan ish bitmaydi. Ko'p mehnat va vaqt talab etiladi. Albatta bunda aholi o'rtasida turli xil trening va ilmiy konferensiyalar bunda asqotadi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1. Bothwell E. (2020 yil, 6 mart). Top universitetlarda ayollar yetakchiligi 2017-yildan beri birinchi marta o'sib bormoqda. Times Higher Ed. https://www.timeshighereducation.com/news/female-leadership-top universitiesadvances-first-time-2017

2. Aholini ro'yxatga olish va statistika boshqarmasi. (2020). Ayollar va erkaklar ichida Gonkongning asosiy statistikasi. https://www.statistics.gov.hk/pub/B11303032020AN20B0100.pdf

3. Li, L. va Kam, I. (2021). "Ayollar oliy ta'lim rahbariyatida: Gonkongdagi muammolar". Amerika ta'lim kengashi.

4. Tang, H. H. H. (2019). Jahon miqyosidagi universitetlar va oliy ta'limda ayol yetakchiligi: Sharqiy Osiyo oliy ta'limining amaliy tadqiqotlari. Gender va Osiyo-Tinch okeani mintaqasidagi oliy ta'limning o'zgaruvchan qiyofasi, 41-56.

5. Azman, N. (2021). Malayziya ayollari oliy ta'lim rahbariyatida: taraqqiyotsiz va'da. Amerika ta'lim kengashi.

6. Lorio, A. (2021). Oliy ta'limdagi ayollar uchun to'siqlarni buzish: avstraliya perspektivasi. Amerika ta'lim kengashi.

7. Husu, L. (2019) Nordik akademiyasida gender tengligi: yutuqlar va qiyinchiliklar D. Vujadinovic & Z. Antonijevic (Eds.), Rodna ravnopravnost u visokom obrazovanju: Koncepti, prakse i izazovi (63-73-betlar). Akademska knjig. https://www.divaportal.org/smash/get/diva2:1373520/FULLTEXT01.pdf

8. Nokkala, T. (2021). Finlyandiyada oliy ta'limdagi ayollar - muvaffaqiyat tarixi. Amerika ta'lim kengashi.

9. Tanhua, I. (2020) Oliy ta'lim muassasalarida tenglik va tenglikni targ'ib qilish bo'yicha hisobot. Ta'lim va madaniyat vazirligi nashrlari 2020:20. O.K.M. https://julkaisut.valtioneuvosto.fi/bitstream/handle/10024/162303/OKM_2020_20.pdf.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.