Научная статья на тему 'TA'LIM TIZIMI BOSHQARUVIDA GENDER TENGLIK MASALALARI'

TA'LIM TIZIMI BOSHQARUVIDA GENDER TENGLIK MASALALARI Текст научной статьи по специальности «Социологические науки»

CC BY
13
34
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Ключевые слова
ta’lim / gender / tamoyil / qaror / gender tenglik / Gender sensibilizatsiya.

Аннотация научной статьи по социологическим наукам, автор научной работы — Saidova Xilolaxon Rashidjon Qizi, Rahimova Mahzunaxon Qahhorjon Qizi, Qodirova Inobatxon Dilshod Qizi

Ta'lim tizimi boshqaruvida gender tenglik masalalari bu har bir shaxsning jinsidan qat'i nazar, teng ta'lim olish imkoniyatlaridan bahramand bo'lishini ta'minlashni o‘z ichiga oladi. Bu masala nafaqat ayollar va qizlar, balki erkaklar va o‘g‘il bolalar uchun ham dolzarbligicha qolmoqda. Shu munosabat bilan quyidagi maqolada ta'lim tizimi boshqaruvida gender tenglik masalalariga atroflicha to’xtalib o’tilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TA'LIM TIZIMI BOSHQARUVIDA GENDER TENGLIK MASALALARI»

TA'LIM TIZIMI BOSHQARUVIDA GENDER TENGLIK

MASALALARI

1Saidova Xilolaxon Rashidjon qizi, 2Rahimova Mahzunaxon Qahhorjon qizi, 3Qodirova Inobatxon Dilshod qizi

1Qo'qon davlat pedagogika instituti, Ta'lim menejmenti kafedrasi o'qituvchisi 2'3Qo'qon davlat pedagogika institute, Maktab menejmenti yo'nalishi talabalari https://doi.org/10.5281/zenodo.11181771

Annotatsiya. Ta'lim tizimi boshqaruvida gender tenglik masalalari - bu har bir shaxsning jinsidan qat'i nazar, teng ta'lim olish imkoniyatlaridan bahramand bo'lishini ta'minlashni o'z ichiga oladi. Bu masala nafaqat ayollar va qizlar, balki erkaklar va o'g'il bolalar uchun ham dolzarbligicha qolmoqda. Shu munosabat bilan quyidagi maqolada ta'lim tizimi boshqaruvida gender tenglikmasalalariga atroflicha to'xtalib o'tilgan.

Kalit so'zlar: ta'lim, gender, tamoyil, qaror, gender tenglik, Gender sensibilizatsiya.

Abstract. Gender equality issues in the governance of the education system include ensuring that everyone, regardless of gender, enjoys equal educational opportunities. This issue remains relevant not only for women and girls, but also for men and boys. In this regard, the following article deals with issues of gender equality in the management of the educational system.

Key words: education, gender, principle, decision, gender equality, Gender sensitization.

"Gender tengligiga erishish, ayollar va qizlarning huquqlarini kengaytirish bizning zamonamizning tugallanmagan ishi va bugungi kunda dunyodagi eng katta inson huquqlari muammosidir"

Antoniy Guterrish

Ayollar va qizlar dunyo aholisining yarmini tashkil qiladi, bu insoniyat salohiyatining yarmiga teng. Insonning eng muhim huquqlaridan biri bo'lgan gender tengligi jamiyatda tinchlik va totuvlikni ta'minlash, barqaror rivojlanish asosida inson salohiyatini to'liq ro'yobga chiqarishda muhim o'rin tutadi. Xotin-qizlarning jamiyatga qo'shilishi mehnat unumdorligi va iqtisodiy o'sishni oshirishi isbotlangan.

O'zbekistonda ta'lim tizimi boshqaruvida gender tenglik masalalari jamiyatimizning har tomonlama rivojlanishi uchun asosiy shartlardan biri hisoblanadi. Gender tengligi nafaqat insonning asosiy huquqi, balki tinchlik, farovonlik va barqaror rivojlanishga erishishning muhim asosidir. Gender tenglik markaziy hukumat va mahalliy ta'lim organlari tomonidan olib borilayotgan maqsadli chora-tadbirlarni talab qiladi. Bu chora-tadbirlar ayollar va erkaklar o'rtasidagi ta'lim va rivojlanishdagi tobora kuchayib borayotgan tafovutlarni yo'q qilishni maqsad qiladi.

Ma'lumki, jamiyatning barqaror rivojlanishi oliy ma'lumotli mutaxassislar, jumladan, bilimning turli sohalarida kashfiyotlar qilishga qodir olimlar sonini ko'paytirishni taqozo etadi. Ayollarni faoliyatning barcha jabhalariga, jumladan, ta'lim va fanga jalb etishning global tendentsiyasi gender tengligi siyosatini shakllantirish zaruriyatini oldindan belgilab beradi.

Ta'lim - bu insonlarni jamiyati uchun zarur bo'lgan bilim, ko'nikma va qadriyatlarga tarbiyalashda katta roliga ega bo'lgan muhim sohadir. O'zbekistonda ta'lim boshqaruvining gender tenglik aspektlarini diqqatga olishi, shuningdek, ushbu tamoyilni ta'limning barcha bosqichlarida tadbiq etish hayotiy zaruratdir. Ta'limda gender tenglikni ta'minlash nafaqat ayollarning ta'lim olish huquqlarini himoya qilish bilan bog'liq bo'libgina qolmay, balki muvozanatli va ijtimoiy jihatlarni ham ko'zda tutadi.

Gender - xotin-qizlar va erkaklar o'rtasidagi munosabatlarning jamiyat hayoti va faoliyatining barcha sohalarida, shu jumladan siyosat, iqtisodiyot, huquq, mafkura va madaniyat, ta'lim hamda ilm-fan sohalarida namoyon bo'ladigan ijtimoiy jihat hisoblanadi. Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlarini ta'minlashning asosiy prinsiplari qonuniylik, demokratizm, xotin-qizlar va erkaklarning teng huquqliligi, jins bo'yicha kamsitishga yo'l qo'yilmasligi, ochiqlik va shaffoflik kabi jihatlarni o'z ichiga oladi.

So'nggi yillarda amalga oshirilgan keng qamrovli islohotlar natijasida O'zbekiston Respublikasida jamiyat hayoti va faoliyatining barcha sohalarida xotin-qizlar hamda erkaklar uchun teng huquq va imkoniyatlarni ta'minlash, xotin-qizlarni tazyiq va zo'ravonliklardan himoya qilish masalalari bo'yicha mustahkam huquqiy asoslar yaratildi. Hususan, O'zbekistonda gender tenglik masalalarini huquqiy asosi sifatida hukumat tomonidan ba'zi asosiy hujjatlar qabul qilingan bo'lib, ushbu hujjatlar ayollarning va erkaklarning teng huquqlarini ta'minlash va jinsiy tenglik tamoyillarini mustahkamlashga qaratilgandir. Hususan, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 28.05.2021 yildagi SQ-297-IV-son qarori 2030-yilga qadar O'zbekiston Respublikasida gender tenglikka erishish strategiyasini tasdiqlash haqida bo'lib bu hujjat ayollarning jamiyatdagi rolini oshirish va gender tenglikni amalga oshirish bo'yicha strategik maqsadlarni o'rnatadi. Gender strategiyasi doirasida gender tenglik tushunchasi jamiyat hayoti va faoliyatining barcha sohalarida, shu jumladan siyosat, iqtisodiyot, huquq, madaniyat, ta'lim, ilmfan, sport munosabatlarida xotin-qizlar va erkaklarning huquq hamda imkoniyatlarining tengligini anglatadi[1]. Shuningdek, O'zbekiston Respublikasining "Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to'g'risida" 02.09.2019 yildagi O'RQ-562-sonli Qonuni ham xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni ta'minlash sohasidagi munosabatlarni tartibga soladi. Jumladan ushbu qonun bilan Xotin-qizlar va erkaklar davlat tomonidan kafolatlangan teng huquq hamda imkoniyatlarga ega ekanligi belgilab qo'yilgandir[2].

Umumiy qilib aytganda bu hujjatlar O'zbekistonda gender tenglikni ta'minlash masalalarida hukumatning mavqeini aks ettiradi va muhim strategik yo'nalishlar hamda qonuniy chora-tadbirlar doirasini ko'rsatadi. Ularning samarali amalga oshirilishi ayollarning va erkaklarning deyarli teng imkoniyatlarga ega bo'lishlarini va jamiyatning barcha sohalarida teng ishtirok etishlarini ta'minlaydi.

Gender sensibilizatsiyasi, ya'ni ta'lim muassasalarida gender tenglikka nisbatan sezgirlikni oshirish, o'quv rejalariga gender perspektivasini integratsiya qilishdan boshlanadi. Bu jarayon darsliklarni, o'qitish metodlarini va baholash amaliyotlarini shu asosda qayta ko'rib chiqishni o'z ichiga oladi.

Boshqaruvda gender tenglikni ta'minlash tamoyillari[2]: qonuniylik, demokratiya, ochiqlik, oshkoralik tamoyillari bilan bir qatorda boshqaruv faoliyatida xodimlarning jinsiga qaramay, ularning professional rivojlanish va martabasida teng imkoniyatlar yaratishga qaratilgan tamoyillar ham gender tenglikni ta'minlashga hizmat qiladi. Bu jarayon quyidagi asosiy tamoyillarga tayanadi:

1. Adolat va teng huquqlik: Har bir xodimning faoliyati va yutuqlari gender masalasi asosida emas, balki ularning qobiliyatlari, ko'nikmalari va natijalari asosida baholanishi kerak.

2. Rag'batlantirish va imkoniyatlar yaratish: Ayollar va erkaklar uchun bir xil lavozimlarga xodimlarni ishga olish, yuqori lavozimlarga ko'tarilish va rivojlanish imkoniyatlarini taqdim etish.

3. Shaffof boshqaruv: Ayollarni qaror qabul qilish jarayonlariga jalb qilish, jamoaviy muhokama va maslahatlashuvlar orqali ularning fikr va tajribalaridan foydalanish.

4. Aholini jalb qilish siyosati: Xodimlar orasida gender tenglikni targ'ib qilish va ishga qabul qilish jarayonlarida, shuningdek lavozimlarni targ'ib qilishda kimningdir jinsiga asoslanib imtiyozlarni bermaslik.

5. Ishlab chiqarish muhiti: Xodimlarning xavfsiz va qulay ish muhitida ishlashini ta'minlash, har qanday shakldagi jinsiy diskriminatsiyaga barham berish.

6. Gender tenglikka oid o'quv dasturlari: Barcha xodimlar uchun gender tenglik bo'yicha ta'lim va o'quv dasturlarini taqdim etish, gender masalalari bo'yicha ong va tushunchalarning o'sishini qo'llab quvvatlash.

7. Tenglikka oid tashkiliy siyosat: Tashkilot ichida gender tenglik siyosatini ishlab chiqish va bu siyosatni tashkilotning barcha darajalariga joriy qilish.

Boshqaruvda gender tenglikni ta'minlash tamoyillarining amal qilishi jamiyatimizda adolatli va teng huquqli muhitni rivojlantirish, ijtimoiy barqarorlikni ta'minlash va umuman, iqtisodiy o'sish va taraqqiyotga hissa qo'shishning muhim omillaridan biridir. Ushbu jarayon ko'plab qonunlar, qoidalar va siyosatlar orqali aniqlanadi hamda boshqaruv organlarining mas'uliyatli yondashuvini talab etadi.

Boshqaruvda gender tenglikni ta'minlash tamoyillari haqida so'z yuritganda shaffof boshqaruv tizimiga alohida e'tibor qaratib o'tish joiz deb bilaman. Gender tenglik masalasi qaror qabul qilish jarayonida diqqat bilan ko'rib chiqilishi va barcha ishtirokchilarning huquqlari va manfaatlarini teng darajada inobatga olisnishi talab etiladi. Qaror qabul qilishda quyidagi yondashuvlar gender tenglikni asoslashga hizmat qiladi:

1. Har tomonlama tahlil: Masala yuzasidan atroflicha ma'lumot to'plash va gender tenglik nuqtai nazarini inobatga olish orqali, o'rtaga tashlanayotgan qarorlar barcha uchun adolatli va foydali bo'lishini ta'minlash.

2. Jamoaviy ishtirokchi jarayoni: Ayollarni ham, erkaklarni ham qaror qabul qilish jarayonida teng ishtirok etishga jalb qilish, ularning fikr va tajribalarini inobatga olish.

3. Gender audit va monitoring: Qabul qilingan qarorlarning gender jihatdan oqibatlarini baholash va monitoring qilish.

4. Siyosat va me'yoriy hujjatlarni qayta ko'rib chiqish: Qonunchilik va boshqa siyosat hujjatlarini qayta ko'rib chiqish va ularning gender tenglik tamoyillariga mos kelishini ta'minlash.

5. Maslahatlashuvlar va davra suhbatlari: Muammoga turli tomonlardan yondoshuv va tahlilni kengaytirish uchun turli manfaatdor tomonlar bilan davra suhbatlarini o'tkazish.

6. Teng imkoniyatlar uchun mos dasturlarni ishlab chiqish: Ta'lim, ish bilan ta'minlash va tijorat faoliyati kabi sohalarda gender tenglikni ta'minlash uchun maxsus dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish.

7. Gender rejalashtirish: Qaror qabul qilishda gender o'lchovlarini rejalashtirish va hamkorlikda ishlash, gender tenglik sifatida oliy qadriyatni qabul qilgan tashkilotlarning qarorlarida bu asosiy mezon bo'lib xizmat qilishi.

Qaror qabul qilish jarayonida gender tenglikni ilgari surish, muassasalar va tashkilotlar uchun ham qonuniy majburiyat, ham iqtisodiy va ijtimoiy samaradorlikni oshirishga yordam beruvchi strategik yondashuvdir. Ushbu jarayonlarni boshqarishda adolat va teng huquqlilik tamoyillari qat'iyan inobatga olinishi lozim.

Xulosa. O'zbekiston ta'lim tizimi boshqaruvining gender tengligini ta'minlash bo'yicha sa'y-harakatlari mustahkamlanishi va davom ettirilishi lozim. Gender tengligi ta'limning har bir darajasida, qaror qabul qilish jarayonlaridan tortib, sinf xonalarigacha bo'lgan amaliyotlarda o'z aksini topishi zarur. Bu borada hukumat, o'quv yurtlari va fuqarolik jamiyati o'rtasidagi hamkorlik

muhim ahamiyat kasb etadi. Ta'lim tizimini bosharishda gender tenglik masalalarini e'tiborga olish, muassasaga, talabalarga va o'qituvchilarga bir qancha afzalliklar yaratadi. Bu ta'lim sifatini oshirishga, shaxsning intellektual va ijodiy salohiyatini yuksaltirishga hamda jamiyatda teng huquqlilik va adolatli munosabatlarni mustahkamlashga yordam beradi. O'zbekistonda ta'lim tizimining boshqaruvini gender tenglik prinsiplariga muvofiq yaxshilash - bu zamonaviy jamiyatimizning talabi va kelajagi uchun o'ta muhimdir.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1. O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2021-yil 28-maydagi SQ-297-IV-sonli qarori "2030-yilga qadar O'zbekiston Respublikasida gender tenglikka erishish strategiyasi"

2. O'zbekiston Respublikasining 02.09.2019 yildagi O'RQ-562-son "Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to'g'risida" qonuni

3. Xilolaxon, Xilolaxon Saidova. "Ta'lim sifatini taminlashning tashkiliy huquqiy asoslari." Молодые ученые 1.7 (2023): 107-109..

4. Xilolaxon, Xilolaxon Saidova. "Ta'lim sifatini taminlashning tashkiliy huquqiy asoslari." Молодые ученые 1.7 (2023): 107-109.

5. Ustadjalilova, K. (2022). International Journal of Early Childhood Special Education, 14(8).

6. Ustadjalilova, X. (2023). Pedagogik tadqiqotlar metodlari va statistik gipotezalarning nazariy jihatlari. Scientific journal of the Fergana State University, (6), 21-21.

7. Umarovna, Radjabova Gavhar. "Features of the market of educational services and the problem of interaction of higher educational institutions with employers." E Conference Zone. 2022.

8. Umarovna Rajabova Gavkhar. "Conceptual foundations for improving the organizational and economic mechanism of the university management system." International Journal of Early Childhood Special Education 14.8 (2022).

9. Xusnida, Madaminova. "Specific aspects of the development of teachers'professional development in educational institutions." Open Access Repository 9.12 (2023): 176-181.

10. Rashidovna, MadaminovaKhusnida. "Development of independent thinking skills of children in a preschool educational organization." Galaxy International Interdisciplinary Research Journal 11.11 (2023): 44-47.

11. Nurmatova, mi. "The nature and theoretical description of the concept of1' economic competence"." international journal of social science & interdisciplinary research ISSN: 22773630 Impact factor: 7.429 11.07 (2022): 16-20.

12. Нурматова, М. И. 'Теоретическое описание понятия "экономическая компенсация"." современная наука: актуальные вопросы, достижения и инновации. 2022

13. Rahmonova, Manzura. "The understanding of human capital index and analysis of its situation in uzbekistan." Interpretationandresearches 1 (2023).

14. Shokirovna, R. M. (2024). SMART texnologiyalarning ilg'or pedagogik texnologiyalardagi o'rni va ilmiy nazariy asoslari "ta'lim menejmenti" fani tahlilida. Science and innovation, 3(Special Issue 18), 694-697.

15. Sultonmurodovna, Otajonova Maftuna. "Formation of independent education of students based on time management technologies." Open Access Repository 9.12 (2022): 143-149.

16. Sultanmurodovna, Otajonova Maftuna. "Essential Characteristic and Advantage of "Time Management"." Central Asian Journal of Innovations on Tourism Management and Finance 3.10 (2022): 32-36.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.