Научная статья на тему 'TA’LIM TRANSFORMATSIYASIDA GENDER TENGLIK MASALALARI VA XOTIN-QIZLARNING ILM-FAN SOHASIDA HUQUQ VA IMKONIYATLARINI KENGAYTIRISH'

TA’LIM TRANSFORMATSIYASIDA GENDER TENGLIK MASALALARI VA XOTIN-QIZLARNING ILM-FAN SOHASIDA HUQUQ VA IMKONIYATLARINI KENGAYTIRISH Текст научной статьи по специальности «Социологические науки»

CC BY
7
6
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Ключевые слова
Gender tenglik / ta’lim transformatsiyasi / “Gender-madad” / tenglik huquqi / ilm-fan / jins bo‘yicha bevosita kamsitish / jins bo‘yicha bilvosita kamsitish / sun’iy to‘siqlar / konvensiya / qonunchilik / ta’lim krediti / milliy maqsad.

Аннотация научной статьи по социологическим наукам, автор научной работы — Maxmudova Hurmat Muxtorovna

Ushbu maqolada Ta’lim transformatsiyasida gender tenglik masalalari bo‘yicha: aslida barcha insonalar erkin, qadr‐qimmat va huquqlarda teng ekanligi, irqi, terisining rangi, jinsi, tili, dini, siyosiy eʼtiqodi yoki boshqa eʼtiqodlaridan, milliy yoki ijtimoiy kelib chiqishidan, mulkiy ahvoli, qaysi tabaqaga mansubligi va boshqa holatlaridan qatʼiy nazar va hech bir kamsitishlarsiz, davlat va jamiyat tomonidan belgilab berilgan huquq va erkinliklardan foydalanish va amalga oshirish huquqiga ega ekanligi, bu huquqlarni cheklashga hech kim haqli emasligi, jamiyatning barcha sohalarida gendir tenglikni ta’minlash masalalarini ijobiy hal etish, shuningdek, Xotin-qizlarning ilm-fan sohasida huquq va imkoniyatini kengaytirish masalalari bo‘yicha: dunyoni anglamoq ilm olish bilan amalga oshsa insonlarni, ayniqsa xotin-qizlarning ilm olib, ilm-fan taraqqiyotida o‘z hissalarini qo‘shishlariga sun’iy ravishdagi to‘siqlarga yo‘l qo‘yilmaslik choralari haqida, o‘tkazilgan so‘rovnomalar va o‘rganishlar natijasida ko‘plab xotin-qizlarning ilm-fan bilan shug‘ullanishga qiziqishi mavjudligi aniqlanganligi haqida, agar qiziqish bo‘lsa buni albatta qo‘llab quvvatlash zarurati to‘g‘risida, chunki ayol oilani ham, farzand tarbiyasini ham, ilm-fanni ham birgalikda olib borishiga imkoniyati yetarli ekanligi, ta’lim transformatsiyasida gender tenglikni ta’minlash ilm-fan taraqqiyotida muhimligi haqida, suniy ravishdagi to‘siqlar nimalarda ko‘rinayotgani va ularni bartaraf etish to‘g‘risidagi takliflar, hamkorlik haqidagi masalalar bayon qilinadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TA’LIM TRANSFORMATSIYASIDA GENDER TENGLIK MASALALARI VA XOTIN-QIZLARNING ILM-FAN SOHASIDA HUQUQ VA IMKONIYATLARINI KENGAYTIRISH»

TA'LIM TRANSFORMATSIYASIDA GENDER TENGLIK MASALALARI VA XOTIN-QIZLARNING ILM-FAN SOHASIDA HUQUQ VA IMKONIYATLARINI

KENGAYTIRISH Maxmudova Hurmat Muxtorovna

Buxoro Davlat Universiteti Yurisprudensiya ta'lim yo'nalishi talabasi [email protected] +99891 924-84-09 https://doi.org/10.5281/zenodo.10659428 Annotatsiya. Ushbu maqolada Ta'lim transformatsiyasida gender tenglik masalalari bo'yicha: aslida barcha insonalar erkin, qadr-qimmat va huquqlarda teng ekanligi, irqi, terisining rangi, jinsi, tili, dini, siyosiy e 'tiqodi yoki boshqa e 'tiqodlaridan, milliy yoki ijtimoiy kelib chiqishidan, mulkiy ahvoli, qaysi tabaqaga mansubligi va boshqa holatlaridan qat'iy nazar va hech bir kamsitishlarsiz, davlat va jamiyat tomonidan belgilab berilgan huquq va erkinliklardan foydalanish va amalga oshirish huquqiga ega ekanligi, bu huquqlarni cheklashga hech kim haqli emasligi, jamiyatning barcha sohalarida gendir tenglikni ta'minlash masalalarini ijobiy hal etish, shuningdek, Xotin-qizlarning ilm-fan sohasida huquq va imkoniyatini kengaytirish masalalari bo'yicha: dunyoni anglamoq ilm olish bilan amalga oshsa insonlarni, ayniqsa xotin-qizlarning ilm olib, ilm-fan taraqqiyotida o'z hissalarini qo 'shishlariga sun'iy ravishdagi to'siqlarga yo'l qo'yilmaslik choralari haqida, o'tkazilgan so'rovnomalar va o'rganishlar natijasida ko'plab xotin-qizlarning ilm-fan bilan shug'ullanishga qiziqishi mavjudligi aniqlanganligi haqida, agar qiziqish bo'lsa buni albatta qo'llab quvvatlash zarurati to'g'risida, chunki ayol oilani ham, farzand tarbiyasini ham, ilm-fanni ham birgalikda olib borishiga imkoniyati yetarli ekanligi, ta'lim transformatsiyasida gender tenglikni ta'minlash ilm-fan taraqqiyotida muhimligi haqida, suniy ravishdagi to'siqlar nimalarda ko'rinayotgani va ularni bartaraf etish to'g'risidagi taklflar, hamkorlik haqidagi masalalar bayon qilinadi.

Bizningdono xalqimizda "Beshikdan to qabrgacha ilm izla"deb,- doimo ta'kidlanadi. Tayanch so'zlar: Gender tenglik, ta'lim transformatsiyasi, "Gender-madad", tenglik huquqi, ilm-fan, jins bo'yicha bevosita kamsitish, jins bo'yicha bilvosita kamsitish, sun'iy to'siqlar, konvensiya, qonunchilik, ta'lim krediti, milliy maqsad.

Аннотация. В данной статье рассматриваются вопросы гендерного равенства в трансформации образования: по сути, все люди свободны, равны в своем достоинстве и правах, независимо от расы, цвета кожи, пола, языка, религии, политических убеждений или иных убеждений, национального или социального происхождения. независимо от их имущественного положения, сословия и других обстоятельств и без какой-либо дискриминации они имеют право пользоваться и осуществлять права и свободы, установленные государством и обществом, и никто не имеет права ограничивать эти права, обеспечить гендерное равенство во всех сферах жизни общества по вопросам позитивного решения вопросов, а также по вопросам расширения прав и возможностей женщин в области науки: если познание мира реализуется через приобретение знаний, люди, особенно женщины, должны узнавать и способствовать развитию науки о мерах по предотвращению искусственных барьеров, о том, что в результате опросов и исследований установлено, что многие женщины интересуются наукой, если есть интерес к необходимость обязательно это поддержать, ведь у женщины достаточно возможностей вместе вести семью, воспитывать детей и заниматься наукой, о важности обеспечения гендерного равенства в трансформации образования в развитии

науки, искусственных Каковы препятствия и предложения по их устранению описаны вопросы сотрудничества.

«Ищите знания от колыбели до могилы» всегда подчеркивается в нашем мудром народе.

Ключевые слова: Гендерное равенство, трансформация образования, «Гендерная помощь», закон о равенстве, наука, прямая дискриминация по признаку пола, косвенная дискриминация по признаку пола, искусственные барьеры, конвенции, законодательство, образовательный кредит, национальная цель.

Abstract. This article examines issues of gender equality in the transformation of education: in essence, all people are free, equal in dignity and rights, regardless of race, color, sex, language, religion, political beliefs or other beliefs, national or social origin. Regardless of their property status, class and other circumstances and without any discrimination, they have the right to enjoy and exercise the rights and freedoms established by the state and society, and no one has the right to restrict these rights, ensure gender equality in all spheres of society on issues ofpositive resolution of issues, as well as on issues of empowering women in the field of science: if knowledge of the world is realized through the acquisition of knowledge, people, especially women, must learn and contribute to the development of science about measures to preventing artificial barriers, that as a result of surveys and studies it has been established that many women are interested in science, if there is an interest in it, it is necessary to support this, because women have enough opportunities to lead a family together, raise children and engage in science, about the importance of ensuring gender equality in the transformation of education in the development of science, artificial What are the obstacles and proposals for eliminating them, issues of cooperation are described.

"Seek knowledge from the cradle to the grave " is always emphasized by our wise people.

Keywords: Gender equality, educational transformation, "Gender-aid", equality law, science, direct discrimination based on gender, indirect discrimination based on gender, artificial barriers, convention, legislation , education loan, national goal.

KIRISH. Gender tenglik masalasi, nega ta'lim sohasida jinsiy tafovut bo'lishi kerak? Bu notog'ri. Ta'lim transformatsiyasida gender tenglikni ta'minlash va xotin-qizlarning ilm-fan sohasida huquq va imkoniyatini kengaytirish juda muhim. Bu o'zi nima?

Gender tenglik (lotinchadan paritas - tenglik) — muvozanatli, ya'ni, hayotning barcha sohalarida (siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy) hokimiyat va qarorlar qabul qilishda erkaklar va ayollarning bir xil, teng ishtiroki, jinslar o'rtasidagi tengligi hisoblanadi.

O'zbekiston Respublikasining "Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to'g'risida"gi Qonunida genderga quyidaicha tarif berilgan. Gender — xotin-qizlar va erkaklar o'rtasidagi munosabatlarning jamiyat hayoti va faoliyatining barcha sohalarida, shu jumladan siyosat, iqtisodiyot, huquq, mafkura va madaniyat, ta'lim hamda ilm-fan sohalarida namoyon bo'ladigan ijtimoiy jihati ekanligi tushutirlgan.

Shuningdek, jins bo'yicha bevosita kamsitish - jamiyat hayoti va faoliyatining barcha sohalarida xotin-qizlar va erkaklarning huquqlari hamda erkinliklarini tan olmaslikka qaratilgan har qanday tarzda farqlash, istisno etish yoki cheklash, shu jumladan oilaviy holati, homiladorligi, oilaviy majburiyatlari tufayli kamsitish, shuningdek shahvoniy shilqimlik qilish, teng mehnat va malaka uchun har xil haq to'lash deb, hamda jins bo'yicha bilvosita kamsitish esa - bir jinsdagi shaxslarni boshqa jinsdagi shaxslarga nisbatan noqulayroq holatga tushirib qo'yadigan

vaziyatlarni, holatlarni yoki mezonlarni yaratish, shu jumladan gender tengsizlikni ommaviy axborot vositalari, ta'lim, madaniyat orqali targ'ib etish, muayyan jinsdagi shaxslar uchun salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin bo'lgan shart-sharoitlar yoxud talablar belgilash deb ta'rif berilgan.

Gender tengligi inson huquqlarining ajralmas qismi bo'lsa-da, dunyoda gender bilan bog'lik kamsitilish, gender bo'yicha diskriminatsiya, huquqlarning poymol etilishi, gender asimmetriya keng tarqalgan. Gender asimmetriya (gender asymmetry) ijtimoiy hayotning ayrim sohalarida ayollar va erkaklar tengsizligini anglatadi.

Masalan, dunyo bo'yicha davlat boshqaruvi, siyosiy qarorlar qabul qilish, yirik va o'rta biznes sohasida erkaklarning ustunlik qilishi, iqtisodiyotning kam daromadli sohalarida ayollarning ustunlik qilishi. 60% qizlar boshlang'ich va o'rta ta'limni o'g'il bolalarga qaraganda kam oladishlari haqida statistik ma'lumotlar mavjud. Umuman olganda, xotin-qizlar huquqlarining himoya qilinishi va ularning manfaatlari ifoda etilishida siyosiy hayotda va qarorlar qabul qilish jarayonida ayollarning erkaklar bilan tengma-teng ishtiroki talab etiladi. Gender tengligi insonning asosiy huquqlari tizimiga kiradi.

NAZARIY ASOS METODLAR. Ushbu maqolada, kuzatish, materiallarni o'razo taqqoslash, hujjatlarni o'rganish, statistik ma'lumotlar tahlil qilish, so'rovnomalar o'tkazish va o'rganish kabi usullaridan keng foydalanildi.

Tenglik va kamsitilmaslik 1945-yilda qabul qilingan Birlashgan Millatlar tashkiloti Nizomining asosiy tamoyillaridandir. Ayollar huquqlari - inson huquqlari bo'lganligi sababli, ayollar barcha inson huquqlariga ega va ulardan foydalanadi. Shu ma'noda, gender tengligi Birlashgan Millatlar Tashkilotining asosiy qadriyatlaridan biri bo'lib, jinsiy kamsitish deyarli barcha inson huquqlari to'g'risidagi shartnomalarida taqiqlangan.

Mamlakatimizda bugungi kunda gendertenglikni ta'minlash hamda xotin-qizlarning ilm olib, ilm-fan taraqqiyotida o'z hissalarini qo'shishlariga keng imkoniyatlar yaratilyapdi. Jumladan, O'zbekiston Respuplikasi Konstitutsiyasi ayollar huquqlarini har doim ta'minlashga alohida e'tibor beradi. Konstitutsiyaning 58-moddasida Xotin-qizlar va erkaklar teng huquqliligi, Davlat xotin-qizlar va erkaklarga jamiyat hamda davlat ishlarini boshqarishda, shuningdek jamiyat va davlat hayotining boshqa sohalarida teng huquq va imkoniyatlarni ta'minlashi belgilangan. Shuningdek, 37-moddasida esa O'zbekiston Respublikasining fuqarolari davlat xizmatiga kirishda teng huquqqa egadirlar. Davlat xizmatini o'tash bilan bog'liq cheklovlar qonun bilan belgilanadi deb belgilangan. Bu esa Konstitutsiyaviy huquqdir.

O'zbekiston Markaziy Osiyoda birinchilardan bo'lib, 1995 yil 6 mayda BMTning Xotin-qizlarni kamsitishining barcha shakllariga barham berish to'g'risidagi konvensiyasiga qo'shildi. Shuningdek, Onalikni himoya qilish to'g'risida, Mehnat va kasb sohasidagi kamsitish to'g'risidagi konvensiyalari va boshqa xalqaro hujjatlarni ratifikatsiya qilgan.

"Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to'g'risida"gi Qonunda xotin-qizlar va erkaklarga shaxsiy, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlarni amalga oshirishda teng huquqlilikni, jamiyat hamda davlat ishlarini boshqarishda, saylov jarayonida teng ishtirok etishni kafolatlashi mustahkamlab qo'yilgan.

Oliy Majlis Senatida Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo'mitasi tashkil etilgan. Alohida Gender tenglikni ta'minlash masalalari bo'yicha komissiya tashkil etilib, u xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni ta'minlash sohasidagi ishlarning holati to'g'risida har yili O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga axborot taqdim etishi belgilab qo'yilgan.

Shu bilan birga, Adliya vazirligi tomonidan 2021-yilda "Gender-madad" elektron huquqiy maslahatchi platformasi ishlab chiqilgan bo'lib, ushbu platformada xotin-qizlarning huquqiy savodxonligini oshirishga qaratilgan turli mavzularga oid ma'lumotlar bazasi joylashtirildi. Mavzular quyidagilardan iborat: Ayollar huquqiy himoyasi; Gender tenglik; Ayollarga imtiyozlar; Oilaviy munosabatlar; Oilaviy zo'ravonlik; Xalqaro tashkilotlar Gender tengligiga erishish strategiyasi. Bundan tashqari, platforma orqali gender masalalar bo'yicha huquqiy borada maslahatni onlayn chat orqali olish tizimi yo'lga qo'yilgan.

"Xotin-qizlar huquqlari bo'yicha dolzarb ikki oy" doirasida tashkil etilgan sayyor qabullarda esa jami 1400 dan ziyod xotin-qizlarning muammolari eshitilib, ijobiy hal etilgan.

NATIJALAR. Ta'lim transformatsiyasida gender tenglik masalalari va xotin-qizlarning ilm-fan sohasida huquq va imkoniyatini kengaytirish masalalarini ijobiy hal etish maqsadida muammolar o'rganildi. Bir qarashda muammo yo'qdek ko'rinadi. Shunday bo'lsada so'rovnomalar o'tkazish va o'rganish natijasida ko'plab xotin-qizlarning hayotida qisman bo'lsada gender tenglik ta'minlanmagan holatlarning uchragani, shuningdek, ilm-fan bilan shug'ullanishga qiziqishi mavjudligi, ammo qandaydir sun'iy ravishdagi to'siqlarning mavjudligi haqida hayotiy misollar orqali fikr bildirishdi. Bu sun'iy to'siqlarga berilgan fikrlarga tayanib quyidagilarni kiritish mumkin:

1. Mablag' yetishmasligi;

2. Oila va farzandlar tarbiyasi bilan vaqt yetishmasligi;

3. Oliy ta'limni tugatib ma'lum vaqt uyda bo'lib, bilimlarni esdan chiqib qolganligi;

4. Oila a'zolarining ayniqsa turmush o'rtog'ining qarshiligi;

5. Xotin-qizlar huquqlari bo'yicha qonunchilikdan yetarli xabardor emasligi;

6. Boshqa omillar sabab bo'layotganligi asosiy omillar deyish mumkin.

TAKLIFFLAR. Xo'sh bu muammolarni bartaraf etish mumkinmi? Albatta mumkin. Bu

bo'yicha bir qator takliflar va imkoniyatlarni keltirib o'tamiz.

S Mablag' masalasi - O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Oliy, o'rta maxsus va professional ta'lim tashkilotlarida xotin-qizlarning ta'lim olishlarini qo'llab-quvvatlashga doir chora-tadbirlar to'g'risida" 2022-yil 18-iyuldagi PQ-323-son qaroriga asosan respublikadagi barcha xususiy, xorijiy va davlat oliy, o'rta maxsus va professional ta'lim tashkilotlari hamda ularning filiallarida kunduzgi, sirtqi va kechki ta'lim shakli bo'yicha talaba xotin-qizlarning kontrakt to'lovlari uchun 14 foiz stavkasida ta'lim krediti ajratish belgilangan va 14 foiz stavkasi 100 foiz davlat tomonidan qoplanadi. Ta'lim kreditining asosiy qarzini kredit oluvchi tomonidan ta'lim tashkilotida ta'limning tegishli turi bo'yicha rasmiy o'qish muddati tugagandan so'ng yettinchi oydan boshlab, 7 yil davomida qaytarilishi belgilangan. Shuningdek, Oliy ta'lim muassasalarining magistratura bosqichida o'qiyotgan talaba xotin-qizlarning kontrakt to'lovlari Davlat budjeti mablag'lari hisobidan qoplab berilishi belgilangan. Bu ilm fanga qiziquvchi xotin-qizlar uchun fundmental ta'lim olish uchun juda yaxshi imkoniyatlardandir.

S Oila va farzandlar tarbiyasi bilan vaqt yetishmasligi, oliy ta'limni tugatib ma'lum vaqt uyda bo'lib, bilimlarni esdan chiqib qolganligi - farzand tarbiyasi alohida e'tibor talab qiladi albatta. Ammo XXI asr axborot texnologiyalar asrida yashayotgan ekanmiz o'z sohasoda onlayn ta'lim olib o'z ustiga ishlash uchun imkoniyatlar yetarlidir. Bu borada onlayn, masofaviy ta'limga ham ruxsat berilyapdi bugungi kunda."Takrorlash bilimning asosidir"- deb ta'kidlashadi. Inson doimiy ravishda o'z ustiga ishlamasa esidan chiqishi tabiiy hol, albatta. Ishtiyoq kuchli bo'lsa, har kun hech bo'lmaganda o'ttiz daqiqani ilm uchun ajratsa, natijasi uzoq kuttirmaydi.

S Oila a'zolarining ayniqsa turmush o'rtog 'ining qarshiligi - bu jiddiy muammo bo'lib ko'proq mentalitetdan kelib chiqyapdi. Jamyatda ayrim toifa kishilarda: "Bo'ldi uyda o'tirsin,o'zim boqaman, yana o'qib nima qilib beradi va hokazo..." kabi noto'g'ri fikr yuritish shakllangan. Xotin-qizlar huquqlarini sun'iy ravishda chegaralash oqibatida bir muhim mavzu taraqqiy etmay qolib ketadi, afsuski. Aslida ayollar oilani ham ilm-fanni ham, ishni ham uddalay oladi. Agar qiziqishi maqsadi bo'lsa buni albatta qo'llab quvvatlash zarur. Bu boradi, oila va ayollarni qo'llab quvvatlash jamiyatlari birgalikda, hamkorlikda tusuntirish ishlarini kengroq doirada olib borishi kerak.

S Xotin-qizlar huquqlari bo'yicha qonunchilikdan yetarli xabardor emasligi - Garchi ijtimoiy tarmoqlarda huquqiy kanallar ko'pchilikni tashkil qilsada ammo yangi qonunchilik mazmun mohiyatini yetarli darajada ochib berolmasligi mumkin. Huququqiy targ'ibot ishlari joylarda, har bir hudud, har bir mahalla kesimida tashkil etish maqsadga muvofiqdir. Chunki qonunchiikdagi huquq va erkinliklar, imkoniyatlar yanada soddaroq, tilda tushuntirilsa yanada tushunarli bo'ladi. Bu borada huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan oila va xotin-qizlar qo'mialari bilan keng hamkorlik masalalari yo'lga qo'yilishi hamda ko'ngilli volontiorlar guruhlari tashkil etilib, targ'ibot ishlarini ommalashtirsa maqsadga muvofiq bo'ladi.

S Boshqa omillar - Bunda vaziyatdan kelib chiqqan holda xotin-qizlarning ilm-fan bilan shug'ullanishiga yangicha innovatsion imkoniyatlarni yaratish haqida ommaviy takliflarni ko'rib chiqish zarur.

MUNOZARA. "Izlagan imkon topar..."- degan maqol bor xalqimizda. Yaxshi niyat bilan boshlamoqchi bo'lgan ishning yo'li albatta ochiladi. Ayniqsa u ilm yo'li bo'lsa. Huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan oila va xotin-qizlar qo'mialari, fuqarolar o'zini-o'zi boshqarish organlari bilan keng hamkorlikni yo'lga qo'yish, xotin-qizlar huquqlarini sun'iy ravishda chegaralashga yo'l qo'yilmasligiga, xotin-qizlarning ilm-fan bilan shug'ullanishga hamda jamiyatning barcha sohalrida xotin-qizlar va erkaklar o'rtasida gender tenglik masalalarini hal etishda muhim omil bo'lib xizmat qiladi. Maqolada keltirilgan takliflarni ham keng ommaga qo'lanilishi ijobiy natijadorlikka xizmat qiladi.

Ta'lim transformatsiyasida gender tenglikni ta'minlash va xotin-qizlarning ilm-fan sohasida huquq va imkoniyatini kengaytirish masalalari bo'yicha fikrlar o'rganilganda erkaklarning ham ko'pchiligi bu fikrni maqullayotgani quvonarli hol bo'ldi.

Shuningdek, bu borada ayollar oila va ishdan xoli holda motivatsiya olish uchun psixologik qo'llab quvvatlash, psixolog bilan turli suhbat, treninglar o'tkazish tarafdori ekanligini ta'kidlashdi. Darhaqiqat, bu chora-tadbirlar to'g'ri va sog'lom fikrlar uyg'otib, muammolarning ijobiy hal etishiga yordam berishi mumkin.

Ta'lim transformatsiyasida gender tenglikni ta'minlash va xotin-qizlarning ilm-fan sohasida huquq va imkoniyatini kengaytirish bo'yicha Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 2015-yilda o'tkazilgan Barqaror rivojlanish sammitida 70-son rezolyutsiyasi qabul qilingan.Ushbu hujjatga muvofiq O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi "2030-yilgacha bo'lgan davrda barqaror rivojlanish sohasidagi milliy maqsad va vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risida" qaror qabul qildi. Shu bilan birga, O'zbekiston Barqaror rivojlanishning maqsadlari doirasida "Gender tenglikni ta'minlash hamda barcha xotin-qizlarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirish"ga oid vazifalar ishlab chiqildi. 2030-yilga kelib barcha xotin-qizlarga nisbatan kamsitishlarning har qanday shakliga barham berish, siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy hayotda qarorlar qabul qilishning barcha darajalarida ayollarning to'liq va samarali

ishtirokini va yetakchilik qilish uchun teng imkoniyatlarni ta'minlash uchun barcha zaruriy

choralarni ko'rish belgilangan.

Bundan tashqari, ushbu maqsad yo'lida davlatning turli darajalarida Davlat dasturlarini

qabul qilish jarayonida gender tenglik tamoyillarini joriy qilinayotgani quvonarli hol. Bu masala

uzil kesil hal bo'lishi va qonuchilik ijrosi bo'yicha har birimiz mas'ulmiz.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi

2. O'zbekiston Respublikasining 2019-yil 2-sentabrdagi "Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to'g'risida"gi O'RQ-562-son qonuni

3. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 18-iyuldagi "Oliy, o'rta maxsus va professional ta'lim tashkilotlarida xotin-qizlarning ta'lim olishlarini qo'llab-quvvatlashga doir chora-tadbirlar to'g'risida"gi PQ-323-son qarori

4. 1995-yil 6-mayda BMTning "Xotin-qizlarni kamsitishining barcha shakllariga barham berish to'g'risida"gi konvensiyasi

5. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 7-martdagi "Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to'g'risida"gi PF-87-son Farmoni

6. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 15-avgustdagi 447-sonli qarori

7. Shamsiyeva M.X. Gender tenglik. Buxoro Davlat Universiteti ilmiy axboroti.G'G'2015. №1. - B.126.April, 2022. 929

8. Saidov A.X. Inson huquqlari bo'yicha xalqaro shartnomalar: to'plam. - T.: Adolat. 2004. -B.44

9. Tansiqboyeva G.Ayollarning diskriminatsiya qilinishini bartaraf etish - ularning amaldagi tengligining zaruriy sharti.G'G'Ayol huquqi va erkinliklari. - T.: Adolat, 2002.- B.

10. Issues of Social Sciences and Humanities

11. https://uz.wikipedia.org/wiki/Gender asosida kamsitish

12. https://uzmarkaz.uz/news/xotin-qizlar-kafolati

13. https://lex.uz/docs/-5899498#-5901440

14. https://lex.uz/docs/-4494849

15. http://www.insonhuquqlari.uz/oz/menu/hotin-izlar-uulari

16. https://t.me/klinika12345

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.