Научная статья на тему 'CHET EL ELEMENTI BILAN MURAKKABLASHGAN NIKOH MUNOSABATLARINI HUQUQIY TARTIBGA SOLISH'

CHET EL ELEMENTI BILAN MURAKKABLASHGAN NIKOH MUNOSABATLARINI HUQUQIY TARTIBGA SOLISH Текст научной статьи по специальности «Право»

CC BY
166
17
Читать
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
chet el elementi bilan murakkablashgan / nikoh munosabatlari / nikoh yoshi / chet el fuqarosi / nizolarni hal etish / shaxsiy qonun tushunchasi / kollizion norma / konsullik nikohlari. / with a foreign element / marital relations / marriageable age / foreign citizen / dispute resolution / the concept of personal law / conflict of law norms.

Аннотация научной статьи по праву, автор научной работы — Tog‘aymurodova, Zuhra

O‘zbekistonning chet el davlatlari bilan munosabatlari rivojlanib bormoqda. Ushbu maqolada bugungi kundagi dolzarb mavzulardan biri bo’lgan chet el elementi bilan murakkablashgan nikoh masalalari bayon qilinadi. Bunda nikoh tuzish, nikohdan ajralish va nikohni haqiqiy emas deb topish masalalarini huquqiy tartibga solishga asosan to‘xtalib o‘tiladi. Davlatlarning huquqiy tizimi har xilligi sababli, chet el elementi bilan murakkablashgan nikohlarni huquqiy tartibga solishda turli muammoli vaziyatlar vujudga keladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
Предварительный просмотр
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

LEGAL REGULATION OF MARRIAGE RELATIONS COMPLICATED WITH A FOREIGN ELEMENT

Day by day Uzbekistan's relations with foreign countries are developing. This article will address the issues of marriage with a foreign element, which is one of the current topics. It mainly deals with the legal regulation of marriage, divorce and the recognition of marriage as invalid. Due to the diversity of the legal system of states, various problematic situations arise in the legal regulation of marriages with a foreign element.

Текст научной работы на тему «CHET EL ELEMENTI BILAN MURAKKABLASHGAN NIKOH MUNOSABATLARINI HUQUQIY TARTIBGA SOLISH»

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7_______3(10), October, 2023

CHET EL ELEMENTI BILAN MURAKKABLASHGAN NIKOH MUNOSABATLARINI HUQUQIY TARTIBGA SOLISH

Tog‘aymurodova Zuhra

Toshkent davlat yuridik universiteti talabasi

ANNOTATSIYA

O‘zbekistonning chet el davlatlari bilan munosabatlari rivojlanib bormoqda. Ushbu maqolada bugungi kundagi dolzarb mavzulardan biri bo ’lgan chet el elementi bilan murakkablashgan nikoh masalalari bayon qilinadi. Bunda nikoh tuzish, nikohdan ajralish va nikohni haqiqiy emas deb topish masalalarini huquqiy tartibga solishga asosan to ‘xtalib o ‘tiladi. Davlatlarning huquqiy tizimi har xilligi sababli, chet el elementi bilan murakkablashgan nikohlarni huquqiy tartibga solishda turli muammoli vaziyatlar vujudga keladi.

Kalit so‘zlar: chet el elementi bilan murakkablashgan, nikoh munosabatlari, nikoh yoshi, chet el fuqarosi, nizolarni hal etish, shaxsiy qonun tushunchasi, kollizion norma, konsullik nikohlari.

АННОТАЦИЯ

Отношения Узбекистана с зарубежными государствами каждый день развиваются. В этой статье будут рассмотрены вопросы брака с иностранным элементом, который сегодня является одной из актуальных тем. В ней в основном затрагивается правовое регулирование вопросов заключения брака, развода и признание брака недействительным. Из-за разнообразия правовой системы государств, возникают различные проблемные ситуации в правовом регулировании браков с иностранным элементом.

Ключевые слова: с иностранным элементом, брачные отношения, брачный возраст, иностранный гражданин, разрешение споров, понятие личного права, коллизионная норма, консульские браки.

ABSTRACT

Day by day Uzbekistan's relations with foreign countries are developing. This article will address the issues of marriage with a foreign element, which is one of the current topics. It mainly deals with the legal regulation of marriage, divorce and the recognition of marriage as invalid. Due to the diversity of the legal system of states, various problematic situations arise in the legal regulation of marriages with a foreign element.

Keywords: with a foreign element, marital relations, marriageable age, foreign citizen, dispute resolution, the concept ofpersonal law, conflict of law norms.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7_______3(10), October, 2023

KIRISH

Hozirgi taraqqiy etib borayotgan zamonda oilaviy munosabatlar ham kundan-kunga rivojlanmoqda. Davlatlar har bir sohada aloqalar o‘rnatib, munosabatlarga kirishishmoqda, shu tariqa turli davlatlar fuqarolari yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar o‘rtasida ham fuqarolik munosabatlari vujudga kelmoqda. Misol uchun, chet el elementi bilan murakkablashgan mulkiy munosabatlar, oila, nikoh munosabatlarini hozirgi kunda tez-tez uchratamiz. Bunday munosabatlar xilma-xillashib borgani sayin, taraflar o‘rtasidagi huquqiy holatlar, nizolar kelib chiqa boshlaydi. Bundan tashqari, nizolarni hal etishda qaysi davlat huquq tizimini qo‘llashni aniqlashda ham muammolar paydo bo‘ladi. Buning sababi, har bir davlatning o‘z huquqiy tizimi mavjudligi va ular bir-biridan farq qilishidir. Masalan, nikoh munosabatlarini o‘rnatishda asosiy e’tibor qaratiluvchi dunyo davlatlaridagi nikoh yoshini ko‘rib chiqsak, O‘zbekistonda bu yosh erkaklar va ayollar uchun o‘n sakkiz yoshni, Yaponiyada yigirma yoshni, Ozarbayjonda erkaklar uchun o‘n sakkiz, ayollar uchun o‘n yetti yoshni, Shvetsiyada o‘n besh yoshni, Xitoyda esa yigirma ikki yoshni tashkil qiladi1. Ko‘rib turganimizdek, chet el elementi bilan murakkablashgan nikoh munosabatlarida yosh bilan bog‘liq tafovutlar mavjud, ya’ni O‘zbekistonda o‘n sakkiz yoshga to‘lgan Yaponiya fuqarosi uylansa, Yaponiyada bu nikoh haqiqiy emas deb topiladi. Bu kabi nizolarni huquqiy tartibga solishda, xalqaro xususiy huquq asosiy o‘rinni egallaydi. Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi2 , hamda Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro paktda3 har bir shaxs nikoh qurish huquqiga ega ekanligi belgilab qo‘yilgan. Ular nikohdan o‘tayotganlarida ham, nikohda bo‘lgan vaqtda ham va nikoh bekor qilinayotganda ham bir xil huquqlardan foydalanadilar.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Chet el elementi bilan murakkablashgan nikohlarni ro‘yxatga olish, tugatish yoki haqiqiy emas deb topishni tartibga solib turuvchi xalqaro hujjat mavjud emas. Chet el elementi bilan murakkablashgan nikoh tushunchasiga to‘xtalib o‘tsak, bu tushuncha subyektlar o‘rtasida vujudga kelgan nikoh munosabatlarida, subyektlarning biri chet el fuqarosi bo‘lishi tushuniladi. Bunday munosabatlardan kelib chiqqan nizolarni hal etishda taraflarning shaxsiy qonuni aniqlanadi hamda ularning shaxsiy qonunidan foydalanib nizolar hal qilinadi. Shaxslar qaysi davlat fuqarosi bo‘lsa, uning shaxsiy qonuni sifatida o‘sha davlatning qonunchiligi olinadi yoki ularning doimiy yashash joyiga nisbatan shaxsiy qonun belgilanadi. Shaxsiy

1 Xalqaro xususiy huquq darslik (2019)

2 Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi

3 Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro pakt

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7_______3(10), October, 2023

qonun taraflar o‘rtasida tuzilgan nikohni ro‘yxatga olishga, haqiqiy yoki haqiqiy emas deb topishga, tugatishga, hamda boshqa nizolami hal etishga yordam beradi. Masalan, Norvegiya, Fransiya, Meksika kabi davlatlarda bir jinsli nikohga ruxsat berilgan bodsa, O‘zbekistonda bunday nikohlar tan olinmaydi, chet el elementi bilan murakkablashgan munosabatlarni tartibga solishda shu kabi normalarga e’tibor qaratiladi. O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari chet el davlatida nikoh qurayotganda yoki chet el fuqarolari bilan nikoh munosabatlarini o‘rnatayotganda O‘zbekistonning konsullik idoralariga murojaat qilishadi4. O‘zbekiston Respublikasi o‘z hududida ham, uning tashqarisida ham fuqarolarini huquqiy himoya qilish va ularga homiylik ko‘rsatishni kafolatlaydi5. Chet davlatlarida bunday vazifalarni konsullik idoralari bajaradi. Elchixonalarning asosiy faoliyati bu vakillik, davlatlararo diplomatik aloqalarni ta’minlashga qaratilgan, konsullik idoralari esa bevosita mamlakat fuqarolarining boshqa mamlakat hududidagi huquq va manfaatlarining himoyasini ta’minlaydi. Konsullik idoralari yurisdiksiyaviy harakatlarni (notarial harakatlar va fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish) amalga oshiradilar 6. 1963-yilgi Konsullik aloqalari to‘g‘risidagi Vena konvensiyasida hamda O‘zbekistonning ikki tomonlama kelishuv va shartnomalarida konsullik idoralarining vazifalari belgilab qo‘yilgan. Shu hujjatlarga asosan, konsullik idoralari nikohni qayd etish huquqiga ega bodadilar. Nikoh munosabatlarida nizo kelib chiqqanida, uni huquqiy tartibga solishda yuqorida ta’kidlab odilganidek, shaxsning shaxsiy qonuniga yuzlaniladi. Shaxsiy qonunni aniqlashda, jismoniy shaxs fuqarosi bodgan davlatning qonuni olinadi yoki doimiy yashab kelayotgan davlatining qonunchiligidan foydalaniladi. Bundan tashqari, ba’zi bir davlatlarda shaxsning shaxsiy qonunidan emas, balki subyektlar nikohdan odgan joyning qonunchiligi qodlaniladi7. Shaxsiy qonun aniqlangach, nizo shu normalar bilan hal etiladi. Fransiyada nikohni tan olish uchun nikoh fransuz qonunchiligiga zid bodmasligi lozim8. O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksiga binoan, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi va chet el fuqarosi yoki fuqaroligi bodmagan shaxs bilan tuzilayotgan nikoh O‘zbekistonda yoki undan tashqarida tuzilishidan qat’iy nazar qonunchilikka muvofiq bodishi lozim9. Ko‘plab davlatlarning qonunchiligida va xalqaro konvensiyalarda nikohga monelik qiluvchi holatlar ham belgilab odilgan. Bularga, nikoh yoshiga yetmaganlik, nikohdan oduvchilarning biri yoki ikkalasi qonuniy boshqa nikohda bodishi, shajarasi bo‘yicha to‘g‘ri tutashgan qarindosh bodishi hamda sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb

4 O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi

5 O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi

6 Лукашук И.И. Международное право. Особенная часть: Учебник

7 Xalqaro xususiy huquq darslik (2019)

8 Французский гражданский кодекс

9 O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksi

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7_______3(10), October, 2023

topilgan bo‘lishi kiradi. Shu kabi holatlar aniqlansa jismoniy shaxslaming nikoh tuzishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Agar nikohdan o‘tayotgan shaxslar barcha talablarga rioya qilgan bo‘lsalar, nikoh qayd etiladi. Qayd etilgan nikohni endi fuqarosi bo‘lgan davlat haqiqiy deb tan olish masalasi ko‘rib chiqiladi. O‘zbekistonda chet elda tuzilgan nikohlar O‘zbekiston qonunchiligiga zid kelmasa haqiqiy deb tan olinadi. Bu amaliyotni biz Fransiyada, Rossiyada, Markaziy Osiyo davlatlarida10, Germaniyada (barcha harakatlar qonunchilikka to‘g‘ri kelishi shart) uchratamiz. Shu bilan birga, ba’zi bir davlatlarda nikoh davlat organlari tomonidan tuzilsagina tan olinadi (Germaniya), ba’zi davlatlarda esa diniy tuzilgan nikohlar ham tan olinsa (Buyuk Britaniya), boshqa bir guruh davlatlarda diniy nikohdan o‘tish uchun avval davlat organida nikohdan o‘tish talab qilinadi (Italiya, Chexiya, Polsha)11. Xalqaro xususiy huquqda oqsoq nikoh tushunchasi ham qo‘llaniladi. Davlatlar qonunchiligining xilma-xilligidan kelib chiqib, bir davlatda tan olingan, boshqasida haqiqiy emas deb topilgan nikohlar huquqiy oqibat keltirib chiqarmaydi, shu sababli ham nikohning taraflar shaxsiy qonuniga binoan bo‘lishi talab qilinadi.

Shunday qilib, chet el fuqarolari va fuqaroligi bodmagan shaxslar fuqarolik munosabatlariga kirishayotganlarida bir xil huquq va majburiyatlarga ega bodadilar, bu munosabatlar kollizion normalar bilan tartibga solinadi. Chet el fuqarosi yoki fuqaroligi bodmagan shaxs bilan tuzilgan nikoh davomida nizolar kelib chiqib, taraflar ajrashishga qaror qilsa, bu jarayon davlatlar qonunchiligidan kelib chiqib hal qilinadi. Misol uchun, O‘zbekistonda fuqaro chet el fuqarosi yoki fuqaroligi bodmagan shaxs bilan nikohdan ajralmoqchi, bu holatda O‘zbekiston qonunchiligi qo‘llaniladi, agar bu holat O‘zbekistondan tashqarida amalga oshirilayotgan bo‘lsa, hamda tegishli davlat qonunchiligiga rioya qilingan bo‘lsa nikohdan ajralish O‘zbekiston Respublikasida haqiqiy deb tan olinadi. Nikohdan ajralish FHDYo organlari tomonidan amalga oshirilishi mumkin bo‘lsa, O‘zbekistondan tashqarida bu vazifani diplomatik vakolatxonalar yoki konsullik idoralari bajaradi. Xitoyda nikohdan ajralish jarayonida taraflar yashab kelayotgan davlatining huquq tizimi qodlaniladi, agar ularning yashash joyi bitta bodmasa, fuqarolik olgan davlatining qonunchiligi qodlaniladi, shunda ham muammo bo‘lsa va ular bir davlat fuqarosi bodishmasa, nikoh qayd etilgan davlat qonunchiligi qo‘llaniladi12. Fuqarolik, oilaviy va jinoiy ishlar bo‘yicha huquqiy yordam va huquqiy munosabatlar to‘g‘risidagi Minsk Konvensiyasiga muvofiq, nikohdan ajralishda tomonlarning ikkisi ham konvensiyaga a’zo bo‘lgan davlatlarning fuqarolari bo‘lsa, qaysi davlat organiga

10 Законодательство по международному частному праву стран Центральной Азии

11 Европейское семейное право учебник

12 Законодательство по международному частному праву стран Восточной Азии - Проектная группа «Современная конструкция международного частного право» - Национальный исследовательский университет «Высшая школа экономики»

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7_______3(10), October, 2023

nikohdan ajratishni so‘rab murojaat qilgan bodsa, shu davlatning huquq tizimi qodlaniladi13. Belgiyada nikohdan ajralish uchun taraflar o‘z xohishiga ko‘ra shu qarorga kelgan bodishi, shu nikohdan ajralish turi mavjud bodgan davlat fuqarolari bodishi va shunday davlatda doimiy yashash joyiga ega bodishi lozim. Fransuz qonunchiligiga ko‘ra, nikohdan ajralish uchun agar taraflar umumiy yashash joyiga ega bodsa, domitsiliy qonuni qodlaniladi. Domitsiliy - biror davlatda doimiy yoki oddiy yashash joyiga ega bodganligidan kelib chiqib, shaxsiy qonunni belgilash hisoblanadi14. O‘zbekistonning qonun hujjatlariga binoan davlatda nikohdan ajratish FHDYo organlari tomonidan amalga oshiriluvchi holatlar, xorijda diplomatik vakolatxonalar va konsullik idoralari tomonidan amalga oshirilishi mumkin. O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksiga binoan, fuqarolar bilan chet el fuqarolari yoki fuqaroligi bodmagan shaxslar o‘rtasida nikohdan ajralish jarayonlari chet el davlati qonunchiligiga binoan amalga oshirilgan bodsa, O‘zbekistonda haqiqiy deb tan olinadi. O‘zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashab kelayotgan chet el fuqarolari yoki fuqaroligi bodmagan shaxslar O‘zbekistonning vakolatli idoralarisan nikohdan odmoqchi yoki nikohdan ajralmoqchi bodsa, O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga binoan bosqichlar amalga oshiriladi 15 . Dunyoning ko‘plab davlatlarida nikohdan ajrashishda taraflarning oddiy yashash joyi qonunchiligi qodlaniladi. Agar jarayonda barcha qonuniy bosqichlarga amal qilingan bodsa, nikohdan ajralish haqiqiy deb tan olinadi, mulkiy va boshqa oilaviy holatdan kelib chiqqan nizolar ana shu davlat qonun normalariga asosan hal qilinadi.

Nikoh munosabatlarini huquqiy tartibga solishda yana bir “nikohni haqiqiy emas deb topish” tushunchasi mavjud. Nikoh haqiqiy emas deb topilishi uning aslida nikoh tuzilgan paytidan boshlab mavjud bodmaganini bildiradi. 1993-yilgi Minsk Konvensiyasiga binoan nikohni haqiqiy emas deb topishda nikohni qayd etishda qodlanilgan ahdlashuvchi tomonning qonun normalari qodlaniladi16. Taraflarning soxta nikoh tuzganligi bu nikohni haqiqiy emas deb topishga asos bodadi, chunki soxta nikohlar nikohning qayd etilishidan vujudga keladigan moddiy manfaatlarni ko‘zlab tuziladi va er-xotinlik munosabatlari mavjud bodmaydi. Bundan tashqari, nikoh tuzish shartlarining buzilishi (masalan, nikoh yoshiga yetmagan shaxslar o‘rtasida nikoh munosabatlari o‘rnatilishi) uning haqiqiy emas deb topilishiga asos bodadi. Chet el elementi bilan murakkablashgan nikohlarni haqiqiy emas deb topishda davlatlarning kollizion normalaridan foydalaniladi. Nikohni haqiqiy emas deb topishga sabab, nikoh qayd etilayotganda qonuniy shartlarga rioya qilinmaganlik

13 Fuqarolik, oilaviy va jinoiy ishlar bo‘yicha huquqiy yordam va huquqiy munosabatlar to‘g‘risidagi Minsk Konvensiyasi

14 И.В. Гетьман-Павлова «Международное частное право» учебник

15 O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksi

16 Xalqaro xususiy huquq darslik

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7_______3(10), October, 2023

hisoblanadi. Shunday ekan, nikohni haqiqiy emas deb topish asoslari davlatlar tomonidan belgilanadi.

XULOSA

Demak, chet el elementi bilan murakkablashgan nikoh munosabatlarini huquqiy tartibga solishda davlatlarning qonunchilik normalariga murojaat qilinadi, hamda kollizion normalardan foydalaniladi. Nikoh munosabatlarida kelib chiquvchi nizoli vaziyatlarni hal etish uchun qodlaniluvchi davlatning qonunini aniqlab olish muammo keltirib chiqaradi, hamda jarayonning uzoq davom etishiga olib keladi. Agar fuqarolar va chet el fuqarolari yoki fuqaroligi bodmagan shaxslar nikoh tuzayotganida, kelajakda nizoli vaziyatlar kelib chiqsa, qaysi davlat qonunchiligidan foydalanishlari, nizo qanday yod bilan hal qilinishini, bundan tashqari mulkiy holatlarni nikoh shartnomasida hal belgilab olishsa, bu nizolarni tezda hal qilinishi va ikki tomonning ham natijadan qoniqadi va ko‘plab nizoli vaziyatlarga yechim beradi. Albattaki, tuzilgan nikoh shartnomasi soxta nikohga asos bodmasligi lozim. Nikoh munosabatlarini qonunlar, kollizion normalar bilan tartibga solinishi ularning jamiyatdagi roli va ahamiyatini mustahkamlashga xizmat qiladi. Zero, nikoh munosabatlaridan vujudga keluvchi oila - jamiyatning bo‘gdni hisoblanadi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR (REFERENCES)

1. Xalqaro xususiy huquq darslik (2019)

2. Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi

https://constitution.uz/oz/pages/humanrights

3. Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro pakt https://lex.uz/docs/-2640479

4. O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi

5. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi

6. Французский гражданский кодекс http://oceanlaw.ru/wp-

content/uploads/2018/02/%D0%A4%D 1 %80 .%D0%9A%D0%BE%D0%B4%D0%B 5%D0%BA%D 1 %81-123.pdf

7. O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksi

8. Законодательство по международному частному праву стран Центральной Азии https: //pravo .hse.ru/intpril aw/CA

9. Европейское семейное право учебник

http://osu.ru/sites/sempravo/docs/Erokhina ESP uchebnik 2016.pdf

10. Законодательство по международному частному праву стран Восточной Азии - Проектная группа «Современная конструкция международного частного

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7_______3(10), October, 2023

право» - Национальный исследовательский университет «Высшая школа экономики»

11. Fuqarolik, oilaviy va jinoiy ishlar bo‘yicha huquqiy yordam va huquqiy munosabatlar to‘g‘risidagi Minsk Konvensiyasi

12. И. В. Г етьман-Павлова «Международное частное право» учебник

13. Лукашук И.И. Международное право. Особенная часть: Учебник

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.