Научная статья на тему 'O‘ZBEKISTONDA NIKOHNI BEKOR QILISHGA DOIR MUNOSABATLARNI TAKOMILLASHTIRISH (XORIJIY MAMLAKATLAR MISOLIDA)'

O‘ZBEKISTONDA NIKOHNI BEKOR QILISHGA DOIR MUNOSABATLARNI TAKOMILLASHTIRISH (XORIJIY MAMLAKATLAR MISOLIDA) Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
205
28
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Nikohni bekor qilish / O’zbekiston / Oila kodeksi / Yevropa / huquq / Minsk konvensiyasi.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Shohijaxon Jobirovich Fayzulloyev, Islom Baxtiyorovich Musurmonov

Ushbu maqolada muallif O’zbekistonda nikohni bekor qilish tartibi va xorijiy davlatlar tajribasi to’g’risida ma’lumot beradi. Huquqiy tizimdagi kamchiliklar va ularga takliflar va fiklarini taqdim etgan. Jahon miqiyosida ajrimga sabab bo’layotgan holatlar misol tariqasida berilgan. O’zbekiston Respublikasi Xotin Qizlar Qo’mitasi tomonidan o’tkazilgan sorovnoma yuzasidan o’zining argumentlarini bayon etgan. Mamlakatimizdagi nikohni qurish va bekor qilish to’g’risida foiz ko’rsatkichidagi asoslarga to'xtalib o’tgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O‘ZBEKISTONDA NIKOHNI BEKOR QILISHGA DOIR MUNOSABATLARNI TAKOMILLASHTIRISH (XORIJIY MAMLAKATLAR MISOLIDA)»

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230

O'ZBEKISTONDA NIKOHNI BEKOR QILISHGA DOIR MUNOSABATLARNI TAKOMILLASHTIRISH (XORIJIY MAMLAKATLAR MISOLIDA)

Ushbu maqolada muallif O'zbekistonda nikohni bekor qilish tartibi va xorijiy davlatlar tajribasi to'g'risida ma'lumot beradi. Huquqiy tizimdagi kamchiliklar va ularga takliflar va fiklarini taqdim etgan. Jahon miqiyosida ajrimga sabab bo'layotgan holatlar misol tariqasida berilgan. O'zbekiston Respublikasi Xotin Qizlar Qo'mitasi tomonidan o'tkazilgan sorovnoma yuzasidan o'zining argumentlarini bayon etgan. Mamlakatimizdagi nikohni qurish va bekor qilish to'g'risida foiz ko'rsatkichidagi asoslarga to'xtalib o'tgan.

Kalit so'zlar: Nikohni bekor qilish, O'zbekiston, Oila kodeksi, Yevropa, huquq, Minsk konvensiyasi.

Hozirgi davrda er-xotinlarning mulkiy munosabatlarini tartibga solishda ikkixillik mavjud: bir qator davlatlar oila huquqida erning hukmronligi xarakterli bo'lib, ko'pchilik mamlakatlarda hozirgi davrgacha oilada er-xotinning teng huquqli emasligi saqlanib qolingan. Bu davlatlarda Fuqarolik kodeksi bo'yicha nikoh shartnomasi o'rnatilgan bo'lib, shartnoma nikohdan oldin tuzilib, unda avvalo xotinning mulkiga nisbatan erning huquqi mustahkamlanadi.1

Barchamizga ma'lumki, hozirgi kunda butun dunyoda ajralishlar soni soniya sayin ortib bormoqda. Ushbu ko'rsatkich Yevropada tashkil etadi. Faqatgina islomiy mamlakatlarda oila ko'p yillardan beri deyarli buzilmas tuzilma bo'lib saqlanib kelmoqda. Ko'pincha u yerdagi nikoh rishtalarini buzishga faqat erkakning huquqi borligi sabab sifatida qaraladi. Ayol kishi esa faqat sudga murojaat qilish huquqiga ega. Bu o'z-o'zidan jamiyatda qoralangan bo'ysunuvchi harakat sifatida baholanadi. Ushbu ajrim arizasini berish uchun esa jiddiy sabablar keltirilgan bo'lishi kerak. Ko'plab mamlakatlarda amal qiladigan inson huquqlari qonunlari esa arab mamlakatlarida amal qilinmasligicha qolmoqda.

Yevropaning bir necha rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlari-Fransiya, Germaniya, Rossiya va AQShda ajralishlar soni nikohlar soniga nisbatan yil sayin ortib

1 Lunts M. Mejdunarodnoe chastnoe pravo. -M.: Yur.lit. 1984. -62 b.

Shohijaxon Jobirovich Fayzulloyev

Toshkent davlat yuridik universiteti o'qituvchisi

Islom Baxtiyorovich Musurmonov

Toshkent davlat yuridik universiteti talabasi

ANNOTATSIYA

406

UZBEKISTAN | www.caajsr.uz

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230

bormoqda. Ammo sotsiolog mutaxassislaming fikriga ko'ra, ushbu mamlakatlardagi ajralishlarning to'rtdan bir qismi xiyonat tufayli sodir bo'lmoqda. Bundan tashqari aholi farovonligining oshishi, moddiy boyliklarning jamiyatning barcha qatlamlari o'rtasida adolatli taqsimlanishi, mamlakatning iqtisodiy tizimining jadal rivojlanishi, aholi qonun-qoidalarining ta'minlanishi hamda so'nggi yillarda ayollar huquqlarini oshib

■y

borishi Paradoks sifatida aks tasir ko'rsatmoqda. Yevropa davlatlarining iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarida turmush o'rtoqlarning har biri o'zini xavfsiz his qilishi, barcha qiyinchilik va holatlarga yolg'iz o'zi tayyorligi va hattoki bolalar bilan ham

-5

ushbu vaziyatdan chiqa olishga ishonch hissini olib keldi.

Yevropa mamlakatlaridagi nikohni bekor qilishga sabab bo'ladigan bir necha omillar mavjud bo'lib, bularga:

❖ Xiyonat va o'zini begona his qilish;

❖ Turli xil yuqumli kasalliklar (OIV va OITS);

❖ alkogol va giyohvandlik (alkogol mahsulotlarini iste'mol qilish bo'yicha Yevropa davlatlari peshqadamlari Moldova va Litva davlatlari (O'zbekiston Respublikasi esa spirtli mahsulotlari istemoli bo'yicha 138-o'rinni egalaydi) hisoblanadi, Rossiya spirtli ichimliklarni yetkazib berish bo'yicha Yevropada peshqadam davlatlardan biri hisoblanadi4;

❖ gomoseksual munosabatlar (yangi hushtorlarning paydo bo'lishi)

❖ bepushtlik yoki farzand ko'rishni istamaslik;

❖ kompyuter o'yinlariga qaramlik. (So'ngi 10 yil ichida Yevropa mamlakatlarida kompyuter o'yinlariga qaramlik, nikoh qurish masalasini ortga surushga sabab bo'lmoqda) 5.

Mamlakatimizda oilaviy-huquqiy munosabatlar davomli huquqiy munosabatlar sirasiga kiradi. Ushbu munosabatlar huquqiy munosabatning maqsadlari bilan chambarchas tarzda amalga oshiriladi. Oila qurishdan (nikohdan) maqsad er-xotinning kelishuvi asosida butun umri davomida birga yashashga qaratilgan. Afsuski, jamiyatda oilalar o'rtasida ko'plab holatlar bo'ladiki, buning oqibati nikohning tugatilishiga asosiy sabablardan biri bo'ladi. Natijada nikohning bir umrlik tuzilgan shartlari buziladi. Nikohning tugatilishiga har qadamda guvoh bo'lishimiz mumkin. Mamlakatimizda so'nggi yillarda olib borilayotgan islohotlar va ayollar huquqlariga berilayotgan e'tibor katta ahamiyatga egadir. Qizlarning yosh turmush qurishlari (kelin bo'lish) ajrimlarning ortishiga sabab bo'layotganligi ayni haqiqatdir. Darhaqiqat, Xotin-qizlar qo'mitasining

2 Paradoks (yun) kutilmagan, g'alati yani, ko'pchilik tomonidan kabul etilgan an'anaviy fikr, tajribaga o'z mazmuni yoki shakli bilan keskin zid degan manoni bildiradi

3 https ://mir24 .tv/news/13253248/mir-napopolam-18 -prichin-razvoda

4 https://gtmarket.ru/ratings/global-alcohol-consumption

5 https ://mir24 .tv/news/13253248/mir-napopolam-18 -prichin-razvoda

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230

ma'lumotiga ko'ra O'zbekistonda 7 million oila mavjud.6 Yosh oilalar, asosan, kundalik janjallar, ya'ni moliyaviy muammolar sababli ajralib ketishmoqda. Xotin-qizlar qo'mitasi tomonidan o'tkazilgan sorovnomada 17-18 yoshlar turmush qurishga tayyormi?- deb berilgan savolga, 75% ishtirokchilar ikkisi ham (ayol va erkak) tayyor emas deb ta'kidlashgan. 8% ishtirokchilar faqat ayol yoki erkak tayyor bo'lishi mumkin deb hisoblashadi. Taxminan teng miqdordagi ishtirokchilar javob berishga qiynalishdi

n

(8%), 9% respondentlar esa ikkisi ham turmush qurishga tayyor deb hisoblashgan.

Shu o'rinda savol tug'iladi: amaldagi qonunga ko'ra oila qurish yoshi 17-18 yoshni tashkil qiladi, ajrimlarning oldini olish uchun nikoh qurish yoshini oshirish maqsadga muvofiqmi? Ushbu savolga menda ijobiy va salbiy argumentlar mavjuddir:

1-argument. Mening fikrimcha, nikoh yoshini o'zgartirish ajrimning oldini olaolmaydi, ajrimlarning kelib chiqishiga ishsizlikning ham ta'siri kattadir. Yoshlarni ish bilan ta'minlash va ularni ma'lum soha vakiliga aylanishi ularga daromad topishi uchun imkon beradi.

2-argument. Xorij mamlakatlarining oila qurish yoshi, ya'ni o'rtacha 23-25 yoshda nikoh qurishni qonunchiligimizga kiritadigan bo'lsak, mamlakatimizdagi demografik o'sish suratiga ta'sir qiladi, bu esa tug'ilishning kamayishiga olib kelishi mumkin. Ushbu holat mahsulotlarga bo'lishi mumkun bo'lgan taqchillikni yuzaga kelmasligiga va tabiiy boyliklarimizni (resurslar) kelajak avlodlarimiz uchun saqlagan bo'lamiz.

Mamlakatimizda hududlar kesimida nikoh qurishning eng yuqori ko'rsatkichlar

o

bosqichiga to'xtaladigan bo'lsak, ushbu ko'rsatkichni "promille" bo'yicha ko'rib chiqsak: Xorazm (6,4), Qoraqalpog'iston (5,2), Sirdaryo (5,1) va Surxondaryo (4,9) viloyatlarida qayd etildi. Eng past koeffitsient Namangan (3,6), Samarqand (3,7), Navoiy (3,8) va Jizzax (4,2) viloyatlarida qayd etilgan. O'zbekistonda birinchi yarim yillikda 75,5 ming nikoh va 12,8 ming ajralish qayd etilgan, bu o'tgan yilning shu davriga nisbatan mos ravishda 27,5 foiz va 20 foizga kamdir. Buzilgan oilalarning 19,6 foizi (taxminan 2500 nafari) ikki yoki undan ortiq bolaga ega.9

Hududlar kesimida yarim yil davomida eng yuqori ajralishlar esa Toshkent (1,3), Sirdaryo (1,2), Andijon (1,0) va Navoiy (0,9) viloyatlarida kuzatildi. Eng past ko'rsatkich Qoraqalpog'iston (0,5), Qashqadaryo (0,5), Xorazm (0,5) va Surxondaryo (0,6) viloyatlarida qayd etilgan.10

Hukumatimmiz tomonidan olib borilayotgan islohotlar natijasida mamlakatimmiz

6 https://uzbekistan.ureport.in/story/306/

7 https://uzbekistan.ureport.in/story/306/

8 Promille - mingdan bir, '/io foiz; belgilangan; umumiy narsaning mingdan birlik sonini bildirish uchun ishlatiladi. ppm belgisi yana bitta "nol" qo'shilishi bilan foiz belgisidan hosil bo'ladi.

9 https://www.gazeta.uz/ru/2020/08/04/marriages-and-divorces/

10 https://www.gazeta.uz/ru/2020/08/04/marriages-and-divorces/

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230

aholisining turmush darajasining yahshilanishiga, bundan tashqari ajrimlarning ham kamayishiga zamin yaratilib kelinmoqda.

O'zbekiston Respublikasining Oila kodeksining 37-moddasiga binoan nikohnining tugatilishi quyidagi asoslarda amalga oshiriladi:

❖ er-xotindan birining vafoti;

❖ sud tartibida bedarak yo'qolgan er yoki xotindan birining o'lgan deb elon qilinishi;

❖ er-xotindan biri yoki har ikkalasining arizasiga muvofiq ajralish yo'li bilan;

❖ sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan er yoki xotinning vasiysi bergan arizasiga muvofiq nikoh munosabati tugatilishi belgilanib qo'yilgan.11

Sanab o'tilgan faktlar nikoh tugatilishining asoslaridir. Nikohdan ajralish yuqorida keltirilgan ikki asosdan farq qilib, faqat er-xotinning hayotligida ro'y beradi. O'lim yuridik fakt bo'lib, er-xotin o'rtasidagi nikoh munosabatlarini tugatadi. Er-xotindan birini sudning hal qiluv qaroriga asosan vafot etgan deb elon qilish o'z huquqiy oqibati bo'yicha o'limga tenglashtiriladi. Shuning uchun o'lgan deb topilgan shaxs bilan uning er yoki xotini o'rtasidagi nikoh ham tugallanadi. Bizning jamiyatda nikoh birga tuzilgan ittifoq hisoblanadi. Malum holatlarda agar oila amalda buzilgan bo'lsa, u ajralish asosida tugatilgan bo'lishi mumkin. Nikohdan ajralish er-xotin o'rtasidagi huquqiy munosabatlarni kelajak vaqt uchun to'xatishga asos bo'ladi. Bunday ajralish nikohni haqiqiy emas deb topishdan farq qiladi. Nikohni haqiqiy emas deb topishda nikoh vujudga kelgan vaqtdan boshlab huquqiy munosabatlar tugallangan hisoblanadi. Biroq nikohdan ajralish bilan barcha huquqiy munosabatlar tugallanmaydi. Masalan, sobiq er-xotindan birining aliment olish huquqi bunday holda saqlanib qoladi.12

Nikohdan ajratish asoslari turli mamlakatlarda turlicha belgilanadi, chet el elementi bilan murakkablashgan nikohdan ajratish munosabatlarini hal qilishda ayrim muammolarni keltirib chiqaradi. Xususan, nikohdan ajratishga yo'l qo'yish-qo'yilmaslikni qaysi mamlakat moddiy qonunchiligi asosida hal etish; er-xotinlar turli fuqarolikka mansub bo'lganda qanday yo'l tutish; ommaviy tartib qoidalarini qaysi holatlarda qo'llash. Turli fuqarolikka ega bo'lgan er-xotinlarning yoki bir fuqarolikka ega bo'lgan chet el fuqarolarini nikohdan ajratish nafaqat qonunni tanlashning kollizion muammosi bilan, balki muhim ahamiyatga ega bo'lgan nikohdan ajratish ishining qaysi mamlakat sudloviga tegishliligini belgilovchi protsessual muammo bilan ham bog'liq bo'ladi.

11 N.M.Akayeva, 2016. Xorijiy davlatlarda nikoh shartnomasining mazmuni. B: Oila Huquqi. Tashkent: Yosh kuch, pp. 5558

12 N.M.Akayeva, 2016. Xorijiy davlatlarda nikoh shartnomasining mazmuni. B: Oila Huquqi. Tashkent: Yosh kuch, pp. 5154

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=2223Q

Bunda esa 1993-yilgi Minsk konvensiyasining 28, 29-moddalari nikohdan ajratish masalalarida ishning qaysi mamlakat sudloviga taalluqliligini belgilashda quyidagi holatlardan kelib chiqadilar:

❖ nikohdan ajratishga doir ishni ko'rishda er-xotinlarning fuqaroligi mansub bo'lgan mamlakatning muassasalari vakolatlidir;

❖ agar ariza bilan murojaat etish vaqtida er-xotinlarning ikkalasi ham boshqa mamlakat hududida yashasalar, nikohdan ajratish ishini ko'rishga ushbu mamlakat muassasalari ham vakolatlidirlar. Ya'ni er-xotinlar ushbu mamlakat sudiga ham murojaat etishlari mumkin;

❖ agar er-xotinlar turli mamlakat fuqarolari bo'lsalar, nikohdan ajratish ishini er-xotinlarning ikkalasi yashayotgan mamlakat muassasalari ko'rishga vakolatlidir;

❖ agar er-xotinlar turli mamlakatlar hududida yashayotgan bo'lsalar, nikohdan ajratish

ishini er-xotinlar yashayotgan ikkala mamlakatning muassasalari ko'rishga 1

vakolatlidir.

Xulosa: O'zbekiston Respublikasidagi eng yuqori qadriyatlardan biri bu Konstitutsiyada e'lon qilingan inson huquqlari va erkinliklari tamoili hisoblanadi. Shu bilan birga, ularni tan olish, ularga rioya qilish va himoya qilish majburiyati davlatning o'ziga yuklangan bo'lib, bu sohadagi xalqaro standartlarga mos keladi. Bugungi kunga kelib, O'zbekiston Respublikasida fuqarolarning fuqarolik va oilaviy huquqlarini amalga oshirish va himoya qilishda yetarlicha samarali ishlar olib borilmoqda va bu yo'lda kuchli mexanizm yaratilgan. Ammo fuqarolik va oilaviy munosabatlarning huquqiy jihatdan xorijiy (chet el) elementlar bilan murakkab tus oladigan bo'lsa, ushbu ishtirokchilarning huquqlarini himoya qilish uchun faqat ichki vositalar yetarli hisoblanmaydi, xorijiy (chet el) davlatlarning vakolatli organlari bilan o'zaro xalqaro shartnomaga asoslangan hamkorlikni o'rnatish zaruriyati paydo bo'ladi. Bunday hollarda fuqarolarning huquqlarini himoya qilish samaradorligi davlatlarning xohish-istaklarining izchilligiga, ularning hamkorligini xalqaro miqyosda aniq tartibga solishga, xalqaro huquq normalarini milliy qonunchilikka o'z vaqtida joriy etishga, davlat organlari tizimini yaratishga bog'liq tarzda amalga oshiriladi.

O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga binoan fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlarida nikohdan ajralish mumkin bo'lgan hollarda bunday nikohdan ajralish O'zbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonalarida yoki konsullik muassasalarida amalga oshirilishi mumkin. Ammo konsullik muassasalarida nikohni qayd etishdan farqli ravishda nikohdan ajratish biri chet el

13 I.Rustambekov, 2019 Xalqaro xususiy huquqda oila munosabatlarining huquqiy tartibga solinish. B: Xalqaro xususiy huquq, Toshkent: Yangi avlod, pp. 257-bet

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230

fuqarosi bo'lgan shaxslar o'rtasida ham amalga oshirilishi mumkin. Chet mamlakatda yashovchi O'zbekiston Respublikasi fuqarolarining nikohdan ajratish munosabatlari ushbu mamlakatning vakolatli organlarida ham amalga oshirilishi mumkin. O'zbekistonda chet mamlakatlarda chiqarilgan nikohdan ajratish to'g'risidagi sud qarorlarini e'tirof etish, ushbu qaror O'zbekiston Respublikasida chiqarilgan qarorlarga tenglashtirilishini anglatadi.14

1. I.Rustambekov, 2019 Xalqaro xususiy huquqda oila munosabatlarining huquqiy tartibga solinish. B: Xalqaro xususiy huquq, Toshkent: Yangi avlod.

2. N.M.Akayeva, 2016. Xorijiy davlatlarda nikoh shartnomasining mazmuni. В: Oila Huquqi. Tashkent: Yosh kuch.

3. Lunts M. Mejdunarodnoe chastnoe pravo. -M.: Yur.lit. 1984.

4. Jobirovich, S. F. (2021). History of Uzbekistan's Legislation on Investment-A Comparative Study of Uzbekistan and Some Developed Countries Investment Legislation. International Journal of Development and Public Policy, 1(6), 228-232.

5. Jobirovich, S. F., & Younas, A. (2022). The New Law of the Republic of Uzbekistan" On Investments and Investment Activities" As a Door to New Investment Opportunities. EUROPEAN JOURNAL OF INNOVATION IN NONFORMAL EDUCATION,, 2(2), 155-161.

6. Shokhijakhon, F. (2021). INTERNATIONAL PRACTICE OF THE REGULATION OF FOREIGN INVESTMENTS-A COMPARATIVE STUDY OF UZBEKISTAN AND SOME DEVELOPED COUNTRIES LEGISLATION ON INVESTMENT. Збгрник наукових працъ SCIENTIA.

7. Файзулгоев, Ш. Ж. (2021). CREATING A FAVORABLE LEGAL FRAMEWORK TO ATTRACT FOREIGN INVESTORS-A COMPARATIVE STUDY OF UZBEKISTAN, KAZAKHSTAN AND SOME DEVELOPED COUNTRIES. ЖУРНАЛ ПРАВОВЫХ ИССЛЕДОВАНИЙ, (SPECIAL 3).

https://www.gazeta.uz/ru/2020/08/04/marriages-and-divorces/ https://uzbekistan.ureport.in/story/306/

https://mir24.tv/news/13253248/mir-napopolam-18-prichin-razvoda

https://gtmarket.ru/ratings/global-alcohol-consumption

https://mir24.tv/news/13253248/mir-napopolam-18-prichin-razvoda

14 I.Rustambekov, 2019 Xalqaro xususiy huquqda oila munosabatlarining huquqiy tartibga solinish. B: Xalqaro xususiy huquq, Toshkent: Yangi avlod, pp. 261-bet

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yhati

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.