Научная статья на тему 'BUYUK ISTE’DOD SOHIBI KOMPOZITOR'

BUYUK ISTE’DOD SOHIBI KOMPOZITOR Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
75
11
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
teatr / akter / spektakl / saxna / orkestr / obraz / drama

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Jabbarbergen Xojanov, Mexriban Xojanova

Najimaddin Muxammeddinov xalqimizning har bir farzandi uchun yaqindan tanish. Bu ismni eshitganimizda ko‘z o‘ngimizda qoraqalpoq xalqining musiqasini baland cho‘qqilarga olib chiqqan betakror iste’dod egasi namoyon bo‘ladi. N.Muxammeddinov o‘zining chuqur fikrlashi va yuqori estetik didi bilan sug‘orilgan qalb nolalari bilan yozilgan, yetti notaga olamning go‘zalligini jamlagan qoraqalpoqning bebaho musiqiy asarlarin yaratgan buyuk darg‘a hisoblanadi. Uning o‘tgan va bugungi asrimiz uchun yaratgan boy madaniy va ma’rifiy ishlari so‘zimizning isboti bo‘la oladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BUYUK ISTE’DOD SOHIBI KOMPOZITOR»

BUYUK ISTE'DOD SOHIBI - KOMPOZITOR

Jabbarbergen Xojanov Mexriban Xojanova O'zDSMI Nukus filiali

Annotatsiya: Najimaddin Muxammeddinov xalqimizning har bir farzandi uchun yaqindan tanish. Bu ismni eshitganimizda ko'z o'ngimizda qoraqalpoq xalqining musiqasini baland cho'qqilarga olib chiqqan betakror iste'dod egasi namoyon bo'ladi. N.Muxammeddinov o'zining chuqur fikrlashi va yuqori estetik didi bilan sug'orilgan qalb nolalari bilan yozilgan, yetti notaga olamning go'zalligini jamlagan qoraqalpoqning bebaho musiqiy asarlarin yaratgan buyuk darg'a hisoblanadi. Uning o'tgan va bugungi asrimiz uchun yaratgan boy madaniy va ma'rifiy ishlari so'zimizning isboti bo'la oladi.

Kalit so'zlar: teatr, akter, spektakl, saxna, orkestr, obraz, drama

OWNER OF GREAT TALENT - COMPOSER

Jabbarbergen Khojanov Mehriban Khojanova UzSIAC Nukus branch

Abstract: Najimaddin Mukhammeddinov is familiar to every child of our nation. When we hear this name, we see before our eyes a unique talent who brought the music of the Karakalpak people to great heights. N. Mukhammeddinov is considered to be a great artist who created priceless musical works of Karakalpak, written with heartfelt laments, filled with his deep thinking and high aesthetic taste. The rich cultural and educational works he created for the past and present age can be the proof of our words.

Keywords: theater, actor, performance, stage, orchestra, image, drama

Qoraqalpoq xalqining milliy koloritga boy, ko'ngilning nozik torlarin cherta olgan, uni musiqaning yirik janrlari hisoblangan opera, balet, simfoniya asarlariga aylantira olgan iste'dod sohibi bugun o'zining 85 yoshin qarshi olmoqda. Bu muborak yosh faqatgina uning oila a'zolari uchun emas, balki butun respublikamiz jamoatchiligi, san'atsevar xalqimizning bayrami desak yangilishmaymiz. Chunki N.Muxammeddinov Qoraqalpog'iston Respublikasining davlat madhiyasini yozgan, shuningdek birinchi milliy opera va birinchi baletni, birinchi simfoniyani yaratgan,

har doim birinchilikni boy bermay, iste'dodlilar orasidan ajralib chiqqan ustoz kompozitor hisoblanadi.

Rasmda kompozitor Najimaddin Muxammeddinov Butun hayotini o'zi sevgan kasbiga bag'ishlagan, xalqimizning boy milliy merosi hisoblangan milliy musiqasini rivojlantirishga munosib hissasini qo'shgan qahramonimiz bugungi kunda yoshlarimizga ibrat bo'ladigan zabardast ijodkorlarimizdan sanaladi. Uning bosib o'tgan hayoti va ijod yo'li yosh kompozitorlar uchun namuna maktabi bo'lishi so'zsiz.

N.Muxammeddinov haqida uning 85 yillik bayrami oldidan u bilan birga mehnat qilgan, jamoadoshi va davomchisi sifatida ikki og'iz gapirishni lozim topdik. To'g'ri bugungi kunga qadar u haqida turli monografiyalar, maqolalar, ocherklar, she'riy misralar, kitoblar, hujjatli filmlar tayorlangan. Shunda ham har bir inson hayotida ochilmagan bir jumboq bo'ladi. Ayniqsa buyuk iste'dod egalarining kundalik turmush tarzi, ijodi o'quvchi uchun juda qiziq deb o'ylaymiz.

Najimaddin og'a biz ko'rgan, biz bilgan insonlar, rahbarlar va ijodkorlar orasida haqiyqiy insoniylik fazilatlariga ega, ko'ngli toza inson bo'lib kelgan. U har doim musiqa olamining sehrli sozlari orqali o'zi bilan birga kasbdoshlari, tengdosh va do'stlari bilan tillashib, har doim ishga kelsa yuzida tabassum bilan, salomga yarasha alik olib, musiqa hirgoya qilib , bizlarning ko'nglimizni ko'taradigan ajoyib inson bo'ldi. U ana shu ilhom pariylari orqali o'zining munosib asarlarini yaratgan bo'lsa ajab emas. N.Muxammeddinov faqatgina kompozitor emas, u ustoz, u mehribon ota, mohir boshqaruvchi jamoatchilik ishlarida faol va buyuk fidokor inson.

Xalq kuylarin, xalq sozlari orkestri, simfonik orkestr uchun oldingidan ham boyitib qayta ishladi. Ijodi davomida 300dan ortiq romans va qo'shiqlarni maromiga keltirib yaratgan, shuningdek yirik musiqali saxna asarlarin yozgan arxivi boy inson

hisoblanadi. Najimaddin Muxammeddinov qanday qiyin ma'sulyatli davlat vazifalarin bajarishga qaramasdan musiqa olamin hayotining mazmuniga aylantirdi. Iste'dodli professional kompozitor betinim ijodiy mehnati natijasida qoraqalpoq musiqa dunyosida yangilik yaratib, professional musiqa dunyosida o'ziga xos maktab yaratgan buyuk kompozitorga aylandi. Buning bir misoli sifatida buyuk shoir Ibroyim Yusupov librettosiga yozilgan «Ajiniyaz» operasi so'zimiz isboti bo'la oladi.

Qoraqalpoqlarning dastlabki operasi «Ajiniyaz» N.Muxammeddinovning tinimsiz mehnatlarining merosi sifatida dunyoga keldi. Uning ushbu asariga xalq kuylarin asos qilib oldi, o'zining qalb tubidan qaynab chiqqan yorqin rangli musiqa oqimi bilan sug'orib, rivojlantirib katta simfonik orkestr uchun tinglovchilarni beixtoyor o'ziga tortadigan professional musiqa galereyasin yaratdi.

Bunday katta asarlar Najimaddin Muxammeddinovning ijodida ko'plab uchraydi, misol tariqasida «Ayjamal» baleti, Najim Dawqaraevning «Alpomish» pyesasi, Kenesbay Raxmanovning «To'qqiz to'nqildoq bir chinkildak» komediyasin, «Posqan el» simfonik poemasi va boshqalar. Shularning orasida alohida tilga olinadigan N.Dawqaraevning «Alpomish» pyesasiga yozilgan kompozitorning musiqasi asarga yangi rang, yangi ovoz, mazmun berib boyitgan. Ayniqsa mustaqillik yillarinda N.Muxammeddinov o'ndan ziyod O'zbekiston, markaziy Osiyo miqyosida bo'lib o'tgan O'zbekiston milliy simfonik va xalq soz asboblari orkestrining birlashgan jamoalari tomonidan tayorlangan konsertlarda faol ishtirokin alohida aytib o'tish joyiz.

N.Muxammeddinov 1986-1999 yillarda Madaniyat vazirligin boshqarib turgan paytida kadrlar tayorlash masalasiga alohida etibor qaratgan. Sankt-Peterburg konservatoriyasiga simfonik orkestr dirijiyori bo'limiga Qurbanbay Zaretdinov, vokal bo'limiga Tolibek Xojanazarovni, Moskvada ikki yillik rejissyorlik kursiga Bawetdin Baymurzaev, Berdibay O'tebaevlarni va Turdibay Xojasovlarni, Toshkent konservatoriyasining vokal bo'limiga Roza Qutekeeva, Abat Qalliev, Eliza Aytniyazovalar o'qishga yuborildi. Hozirgi paytda ular Qoraqalpoq davlat musiqali teatrining yetakchi mutaxasislari.

Yangi dramaturglar, rejissyorlar, baletmeysterlar yetishib chiqdi. Endi ushbu kadrlarga tayanib yangi spektakllar, opera-baletlar saxnalashtirish imkoni paydo bo'ldi. Bu imkoniyatlar asosida Berdoq nomidagi qoraqalpoq davlat musiqali teatrining shtat birliklari kengaydi, katta simfonik orkestr tuzildi. Yangi balet truppasi, xor jamoasi tashkillashtirildi. Bu g'amxorliklar natijasida teatrda operalar, baletlar, musiqali spektakllar dramatik pyesalar namoyish etila boshladi. Bunga misol qilib, «Ajiniyaz» operasi (I.Yusupov librettosi, kompozitor N.Muxammeddinov, baletmeyster T.Xojasov), «Aleko» operasi (kompozitor S.Raxmaninov, rejissyor Q.Abdreymov), «Maysaraning ishi» operasi (kompozitor S.Yudokov, rejissyor N.Ansatbaev), «Ayjamal» baleti (kompozitor N.Muxammeddinov, baletmeyster

T.Xojasov), «G'arip oshiq» (kompozitor Q.Zaretdin, rejissyor B.Baymurzaev) «Sohibqiron» (dramaturg A.Oripov, rejissyor N.Ansatbaev) va boshqa saxna asarlarin misol keltirishga bo'ladi.

Ayniqsa N.Muxammeddinov so'ngi yillarda yaratilgan Mo'ynoq bilan Orol dengizin kuylovchi milliy qo'shiqlar, «Gulayim» etnooperasi har bir yosh ijodkorni ilhomlantirib, oldinga qadam tashlashga undaydi. Televizor yoki radiodan uning qo'shiqlarin tinglab qolsak, boshqa kompozitorlardan milliy koloritga boyligi, so'zida qaysidir ma'noda sahroyi xalqimizning milliyligi qaynar buloq kabi oqib, jilolangan ovozlari orqali ko'ngilga birdek manzur qo'shiqlari ayni shu Najimaddin og'aning muallifligidagi asar ekanligin darhol anglaysan va kompozitor iste'dodiga lol qolasan. O'ziga xos uslub, o'ziga xos janrlik yondashuvi bor kompozitorga xalqimiz allaqachon o'zining bahosini bergan. Ijodkor uchun xalqning duosidan,mehir va olqishidan ortiq baho yo'q deb hisoblaymiz.

N.Muxammeddinov har bir yangi asari bilan shunday yuqori baholarga erishib kelmoqda. Shoirni yuzaga chiqazadigan, har bir ijrochini saxnaga olib chiqadigan bu kompozitor hisoblanadi. Bu uchlikning birga ishlashi orqali yuqori darajadagi san'at asari paydo bo'ladi. Kompozitor asarlarin olib qarasak, ularni eshitganimizda yana va yana tinglagin keladi. Chunki uning asarlari birinchidan milliylik bilan sug'orilgan, ikkinchidan insonning ich-ichiga chuqur kirib boradi, uchinchidan u asarlar ichki kechinmalari bilan mehnat sevarligin kuylaydigan yuqori darajadagi namunalar bo'lganligi uchun ularni tinglashdan zerikmaysiz. Aksincha ilhom bag'ishlaydi. Kompozitor ustoz sifatida bir qator iste'dod egalarin, O'zbekiston va Qoraqalpog'iston Respublikalari xalq artistlarin (B.Matchanov, M.Xojaniyazov, B.O'tepbergenova, T.Doshumova, G.Sirimbetova, R.Qutekeeva, M.Sapaeva, G.Ayimbetova) madaniyat va san'at fidokorlarin kompozitor yosh «Nihol» (M.O'temuratov, S.Annaqulova, R.Xojasov, G'.Bekchanov, G.Utepova) bilan «Zulfiya»larimizni yetishtirgan ustoz bo'la oldi.

N.Muxammeddinov o'zining ijodiy mahorati, xalq uchun ishlagan mehnatlarining mukofotin davlatimiz tomonidan munosib baholandi. Unga 1974 yili «Qoraqalpog'istonda xizmat ko'rsatgan madaniyat xodimi», 1977 yili «O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan madaniyat xodimi» unvoni berildi. 1974yili Hamza nomidagi O'zbekiston davlat mukofoti, 1994yili Berdoq nomidagi Qoraqalpog'iston davlat mukofotin qo'lga kiritishga muyassar bo'ldi. 2002yili «Mehnat shuhrati», 2007yili «El-yurt hurmati» ordeni, shu bilan birga Qoraqalpog'iston Respublikasi Joqarg'i Kengesining «Ardoqli Nuroniy» mukofoti bilan tag'dirlandi. Inson bolasi hurmat-ehtiromga, izzat-etiborga yanada yasharadi. Uning ko'nglin ko'klarga ko'taradi. Najimaddin og'aga bugungi kunda xalqimizning ana shunday ehtiromi va olqishi yanada kuch quvat bag'ishlaydi.

Biz kompozitorning har bir yaratgan asaridan, yurgan yo'lidan amalga oshirgan ishlaridan ibrat olishimiz kerak. U har bir asari ustida chuqur izlanib, shoshmasdan ishlaydi. Bu fazilat ayniqsa bugungi kun uchun juda muhim xususiyat sanaladi. Kompozitor o'z asarlarini yozib, notaga tushirib, saxnada ijro etib qolmasdan ularni xalqimizning tarixiga muhirlab, kelajak avlodga yetkazish uchun turli tillarda chop qildirishga ham ulgurgan mehnatsevar, jonkuyar inson.

Dunyoga mashhur kompozitor I.Verdi o'zining «Otello» operasini 80 yoshda yozgan bo'lsa, dunyoda ikkinchi bo'lib N.Muxammeddinov «Gulayim» operasini 82yoshida yozib, hayratlanarli yangilikni olib keldi deb bemalol faxrlana olamiz.

Bu bilan nima demoqchiman, Najimaddin og'a musiqa poygasida hali ham o'z tulporin qamchilab chopib kelayotgan chavandoz singari hali ham chopishi davom etib, xalqimizning san'atiga o'zining bebaho musiqiy meroslarin yaratishni davom etadi. Bu mashaqqatli ishlarida Najimaddin og'aga kuch quvat, sihat - salomatlik tilab qolamiz.

Najimaddin Muxammeddinov Qoraqalpog'iston Respublikasi madhiyasi muallifi, qoraqalpoq xalqining birinchi operasining, birinchi baletining, birinchi simfoniyasining muallifi bo'lishi bilan birga XX asr va bugungi kunimizda ham keng quloch yozib o'sib kelayotgan musiqa sanatimizning buyuk darg'asi bo'lib, baland cho'qqilarga tamon bo'y cho'zaverdi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Bayandiev T. «Qoraqolpoq teatr tariyxi» T., UzDSI, 2009

2. Tursunov T. Sahna va zamon. T.: Yangi asr avlodi, 2007.

3. Matyakubova G. "Qaraqalpaq saz dunyasinin' sardari". Nokis "Bilim" 2022

4. Islomov T. Tarix va sahna. - T.: G'. G'ulom nomidagi adabiyot va san'at nashriyoti, 1998.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.