Научная статья на тему '“BUYUK IPAK YO`LINING TARIXIY AHAMIYATI HAQIDA”'

“BUYUK IPAK YO`LINING TARIXIY AHAMIYATI HAQIDA” Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
savdogarlik / ipak / qadryotlar almashinuvi / madaniyatlar to`qnashuvi / davlatlar rivojlanishi.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Safarov Azizbek Kamol Ogli

Buyuk Ipak yoʻli – qadimda sharq bilan gʻarbni boʻgʻlab turgan savdo yoʻli, insoniyat rivojlanishi tarixining, uning birlashuvga hamda madaniy qadriyatlari bilan almashishga, hayotiy fazo-yu mahsulotlarni sotish uchun bozorlarga erishishga intilishining oʻziga xos boʻlgan hodisasi. Dengiz, okean yoʻllari ochilmasdan oldin bu yoʻllar muhim ahamiyat kasb etgan hisoblanadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «“BUYUK IPAK YO`LINING TARIXIY AHAMIYATI HAQIDA”»

"BUYUKIPAK YOLINING TARIXIY AHAMIYATI HAQIDA"

Safarov Azizbek Kamol og'li

Andijon qishloq ho jaligi va agrotehnologiyalari institute Agrobiznes raqamli iqtisodiyat fakulteti yurisprudensiya talim yo'nalishi 2-kurs talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.13895519

Annotatsiya. Buyuk Ipakyo'li - qadimda sharq bilan g'arbni bo'g'lab turgan savdo yo'li, insoniyat rivojlanishi tarixining, uning birlashuvga hamda madaniy qadriyatlari bilan almashishga, hayotiy fazo-yu mahsulotlarni sotish uchun bozorlarga erishishga intilishining o'ziga xos bo'lgan hodisasi. Dengiz, okean yo 'llari ochilmasdan oldin bu yo'llar muhim ahamiyat kasb etgan hisoblanadi.

Kalit so^zlar: savdogarlik, ipak, qadryotlar almashinuvi, madaniyatlar to'qnashuvi, davlatlar rivojlanishi.

Аннотация. Великий Шелковый путь - торговый путь, соединявший Восток и Запад в древности, уникальное событие в истории развития человечества, его стремления к объединению и обмену культурными ценностями, выходу на рынки сбыта продуктов и жизненного пространства. До открытия морских и океанских дорог эти дороги считались важными.

Ключевые слова: торговля, шелк, обмен ценностями, столкновение культур, развитие государств.

Abstract. The Great Silk Road is a trade route connecting the East and the West in ancient times, a unique event in the history of human development, its desire to unite and exchange cultural values, to reach markets for the sale ofproducts and living space. Before the sea and ocean roads were opened, these roads were considered important.

Keywords: trade, silk, exchange of values, clash of cultures, development of states.

Qadimda va o'rta asrlarda Sharq va G'arb mamlakatlarini ilk bor o'zaro bog'lagan qitalararo karvon yo'li (miloddan avvalgi 2-asr— milodiy 15-asr). Buyuk Ipak yo'li atamasi ushbu yo'ldan tashilgan qimmatbaho mahsulot - Xitoy ipagi bilan bog'liq. G'arb mamlakatlari uzoq vaqtgacha ipakchilik sirasrorlaridan bexabar bo'lishgan.

Buyuk ipak yo'li atamasi qadimda ishlatilmagan. Buyuk ipak yo'lini tarixiy, geografik va madaniy jihatlarini ilmiy o'rganish amalda ko'plab mamlakat olimlari tomonidan 19-asrning 2-yarmidan boshlangan. Uni tadqiq etishga G'arbiy Yevropa, Rossiya va Yaponiya olimlari salmoqli hissa qo'shdilar. Xususan, Yaponiyada „Buyuk ipak yo'li ensiklopediyasi" nashr qilindi. 1877-yil mashhur nemis olimi Karl Rixtgofen o'zining „Xitoy" nomli yirik ilmiy asarida ulkan Yevroosiyo materigining turli qismlarini bog'lovchi yo'llar tizimini „Ipak yo'li" deb atagan, keyinchalik „Buyuk ipak yo'li" atamasi qabul qilingan.

Miloddan avvalgi 2-asrgacha ham Sharq bilan G'arb o'rtasida O'rta Osiyo karvon yo'llari orqali amalga oshirilgan aloqalar mavjud bo'lgan. Bunga Tog'li Oltoydagi Poziriq qo'rg'onidan topilgan Kichik Osiyoda tayyorlangan buyumlar, Afg'oniston va O'rta Osiyodan topilgan yunon buyumlari misol bo'lishi mumkin. Iskandar Maqduniy (qarang Aleksandr Makedoniyalik) saltanati tuzilishi bilan bu aloqalar to'g'ri yo'lga solingan. Buyuk ipak yo'lining sharqiy qismini barpo etishda sug'diylar katta rol o'ynaganlar. Iskandar Maqduniy tomonidan Sug'diyona mamlakati istilo etilishi bilan ko'plab sug'diylar sharqqa tomon ko'chganlar va Buyuk ipak yo'lining markaziy qismini - O'rta Osiyodan tortib Xitoyning Chanan shahrigacha bo'lgan oraliq masofada savdo faktoriyalari (manzilgohlari) bunyod etganlar. O'z navbatida Xan imperiyasi

miloddan avvalgi 1-ming yillik oxirida o'z hududini O'rta Osiyo tomon kengaytirish siyosati yurgizib bu yo'nalishga alohida e'tiborini qaratadi va bu yo'l haqida ma'lumot to'plash, ayg'oqchilik va diplomatik maqsadlarida elchi Chjan Szyanni yuboradi. Ammo Suriyadagi O'rta dengizning sharqida joylashgan Giyerapol shahridan Serika (Xitoy)gacha bo'lgan masofa bo'ylab tuzilgan dastlabki batafsil yo'llik makedoniyalik savdogar May Titsian (milodiy 100 yil) tomonidan tuzilgan.

Bu ma'lumotlar Klavdiy Ptolomeyning „Geografik qo'llanma"sida saqlangan. Ptolemey esa o'z navbatida bu ma'lumotlarni tarixchi Marinning taxminan 107—114-yillar oralig'ida yozilgan va bizgacha yetib kelmagan asarlaridan olgan. Ushbu ma'lumotlarga köra, Buyuk ipak yo'li 2 kat (kiyem) ga bo'lingan: Giyerapoldan Toshminor (Toshqo'rg'on)gacha va Toshminordan Serikagacha. Yo'lning O'rta Osiyo qismi Ariya (hozirgi Turkmanistonning janubiy va Afg'onistonning shimoliy-g'arbida joylashgan qadimiy viloyat) dan boshlangan.

Ariyadan yo'l shimolga Marg'iyonadagi Antioxiyaga (Bayramali shahri yaqinidagi ko'hna Marv shahri xarobasi) ketgan, so'ngra sharqqa burilib Baktra (Shimoliy Afg'onistondagi Balx shahri)ga borgan. Bu yerdan yo'l shimoliy tomon yo'nalib Termiz atrofida Amudaryodan o'tilgan va so'ngra 2 tomonga ketilgan. Birinchisi, shimoldagisi bo'ylab Temir darvoza orqali Marokanda (Samarqand)ga, u yerdan Farg'onaga ketilgan. Ikkinchisi, janubdagisi esa Surxondaryo vodiysi bo'ylab komedlarning tog'li o'lkasiga (hozirgi Qorategin) olib borgan. Har ikki yo'nalish ham Toshminorga olib borgan. Uni ayrim olimlar Toshkent hududida, boshqalari Olay vodiysida joylashgan deb hisoblaydilar.

Toshminordan so'ng yo'l O'rta Osiyo hududidan tashqariga chiqqan, Ergashtom atrofida „savdogarlar qo'nimgohi" joylashgan, so'ngra yo'l TaklaMakon cho'lidan o'tib Dunxuanga, so'ngra Xitoyning qadimiy poytaxti - Chananga olib borgan. Bu yerdan yo'l ehgimol shimoli-g'arbga Koreya va Yaponiyaga ketgan bo'lsa kerak. Milodiy 5—8-asrlarda Buyuk ipak yo'lining Yettisuv orqali Choch (Toshkent vohasi), Sug'd, so'ngra Poykend, Marv bo'ylab Eron Xurosoniga eltuvchi shimoliy qismi muhim ahamiyat kasb etgan.

Ayni shu davrda Eron orqali Vizantiyaga ipak olib o'tish taqiqlanganligi munosabati bilan sug'd savdogarlari Vizantiya va Turk xoqonlari vositachiliklarida Sug'd va Xorazmdan Kaspiy dengizini aylanib o'tib, Shimoliy Kavkazdagi dovonlardan oshib Qora dengiz va keyinchalik Konstantinopolgacha olib boruvchi yangi yo'l tarmog'ini ochadilar.

G'arbda yuksak kadrlangan, qiymati jihatidan oltin va qimmatbaho toshlarga tenglashtirilgan ipak vositasida Vizantiya imperatorlari Yevropadan jangchilar yollashgan va qo'shni „varvar" - german va slavyan qabilalarining hukmdorlarini o'z tomonlariga og'dirib olishgan, chunki ipak ularda yanada qadrliroq sanalgan. Ipak bu paytda 3 buyuk davlat: Vizantiya imperiyasi, Sosoniylar Eroni va buyuk Turk xoqonligi o'rtasidagi iqtisodiy raqobat obyektiga aylangan. Biroq, bu „ipak" yo'li aftidan uzoq vaqt mavjud bo'lmagan, chunki 6-asr 2-yarmida Xitoy ipak ishlab chiqarish bo'yicha monopol huquqdan mahrum bo'lgan, asr oxirida esa Vizantiya shu qadar ko'p miqdorda ipak yetishtirar ediki, uni Xitoydan keltirishga hech qanday ehtiyoj qolmagan. Vizantiya ipak sanoatini barpo etilishi va uni astasekin Kavkazorti va O'rta dengiz mamlakatlariga tarqalishi bilan Buyuk ipak yo'lining tarixi tugaydi. Keyingi asrlarda, ayniqsa mo'g'ullar saltanati davrida garchand Sharq bilan G'arbni bog'lovchi karvon yo'li mavjud bo'lgani haqida ko'plab dalillarni keltirish mumkin bo'lsada, lekin „ipak yo'li" nomini unga shartli ravishda qo'llash mumkin, chunki bu yo'lning ahamiyatini endilikda ipak emas, boshqa tovar va maqsadlar belgilar edi.

REFERENCES

1. Silk Road Atlas (University of Washington)

2. „The Silk Road", a historical overview by Oliver Wild

3. The Silk Road Journal, a freely available scholarly journal run by Daniel Waugh

4. „The New Silk Road" - a lecture by Paul Lacourbe at TEDx Danubia 2013

5. Escobar, Pepe (February 2015). „Year of the Sheep, Century of the Dragon? New Silk Roads and the Chinese Vision of a Brave New (Trade) World", an essay at Tom Dispatch

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.