Научная статья на тему 'BUYUK IPAK YO’LI – BUYUK MAQSADLAR, BUYUK REJALAR, BUYUK HARAKATLAR YO’LI'

BUYUK IPAK YO’LI – BUYUK MAQSADLAR, BUYUK REJALAR, BUYUK HARAKATLAR YO’LI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
Buyuk ipak yo’li / ma’rifat / ma’naviyat / konferensiya / hamkorlik.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Najmidinova Guzal

Maqolada Buyuk ipak yo’lining tarixi haqida so’z boradi. So’ngra, hozirgi kunda Buyuk ipak yo’lini qayta tiklash va uning yo’nalishidagi davlatlar, shaharlar o’rtasidagi ma’naviy-ma’rifiy, madaniy qadriyatlar, ilm-fan yutuqlari bilan bog’liq turli konferensiyalar, tadbirlar, o’quvlar tashkil etish haqidagi amaliy takliflar beriladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BUYUK IPAK YO’LI – BUYUK MAQSADLAR, BUYUK REJALAR, BUYUK HARAKATLAR YO’LI»

BUYUKIPAK YO'LI - BUYUK MAQSADLAR, BUYUK REJALAR, BUYUK HARAKATLAR YO'LI

Najmidinova Guzal

Osiyo xalqaro universiteti, II kurs magistranti https://doi.org/10.5281/zenodo.13895460

Annotatsiya. Maqolada Buyuk ipak yo'lining tarixi haqida so'z boradi. So'ngra, hozirgi kunda Buyuk ipakyo 'lini qayta tiklash va uningyo'nalishidagi davlatlar, shaharlar o'rtasidagi ma'naviy-ma'rifiy, madaniy qadriyatlar, ilm-fan yutuqlari bilan bog'liq turli konferensiyalar, tadbirlar, o'quvlar tashkiletish haqidagi amaliy takliflar beriladi.

Kalit so'zlar: Buyuk ipak yo'li, ma'rifat, ma'naviyat, konferensiya, hamkorlik.

Аннотация. В статье говорится об истории Великого Шелкового пути. В настоящее время имеются практические предложения по организации различных конференций, мероприятий и тренингов, связанных с духовными, образовательными, культурными ценностями, научными достижениями между странами и городами вдоль Великого Шелкового пути.

Ключевые слова: Великий Шелковый путь, просвещение, духовность, конференция, сотрудничество.

Abstract. The article talks about the history of the Great Silk Road. Currently, there are practical proposals for organizing various conferences, events and trainings related to the spiritual, educational, cultural values, scientific achievements between the countries and cities along the Great Silk Road is given.

Keywords: Great Silk Road, enlightenment, spirituality, conference, cooperation.

Mashhur "Buyuk Ipak yo'li" karvon yo'lini Sharq va G'arb o'rtasidagi aloqalarning ko'p asrlik timsoli deb atash mumkin. Qit'alararo yo'l 10 ming kilometrga cho'zilgan va Sharq mamlakatlarini O'rtayer dengizi bilan birlashtiruvchi bo'g'inga aylangan. Buyuk Ipak yo'li i miloddan avvalgi II asrdan qariyb eramizning XV asrigacha faoliyat ko'rsatgan. Shubhasiz, Ipak yo'li orqali nafaqat nodir tovarlar olib o'tilgan, balki bilim, madaniyat, texnologiya almashinuvi, diplomatik aloqalar ham amalga oshirilgan.

"Buyuk ipak yo'li" nomi o'sha davrlarda G'arb mamlakatlari uchun qimmatbaho bo'lgan mahsulot - ipak bilan bog'liq. Ipak qurti pillasidan ipak tayyorlash texnologiyasi taxminan besh ming yil oldin zamonaviy Xitoy hududida kashf etilgan deb hisoblanadi. Asta-sekin ipakchilik sirlari o'zlashtirilib borildi va eramizning III asridayoq ko'plab mamlakatlarda, jumladan, O'zbekistonda ham Farg'ona vodiysi hududida ipak ishlab chiqarila boshlandi.

"Ipak yo'li" atamasi nisbatan yaqinda paydo bo'lgan. 1877-yilda baron Ferdinand fon Rixtgofen birinchilardan bo'lib savdo yo'li xaritasini batafsil o'rganib, unga shunday nom berdi. Taxminan milodiy I asrda Buyuk Ipak yo'li o'z taraqqiyotining yuksak cho'qqisiga chiqdi. Savdo yo'li sharqda Xitoyning Loyan shahridan boshlanib, Xitoyning ko'plab shaharlari va O'rta Osiyodan o'tib, Italiyada, Rimda tugagan. Yo'l uchta yo'nalish va ko'plab tarmoqlardan iborat bo'lgan. Asosiy yo'nalishlar Shimoliy, Markaziy va Janubiy yo'llar edi.

Shimoliy yo'l Tarim daryosi bo'ylab Tyan-Shan tog'lari orqali, Farg'ona vodiysiga burilib, O'rta Osiyo daryolari oralig'idan Volganing quyi oqimiga, yunon koloniyalariga o'tgan. Yo'l-yo'lakay karvonlar shaharlarda yoki eng go'zal vohalarda to'xtab, o'z mollarini sotardilar. Shu tariqa, yangi shaharlar paydo bo'ldi, eskilari esa o'sib, yanada kattalashdi. O'zbekiston hududida

savdo va hunarmandchilik shaharlari: Andijon, Qo'qon, Buxoro, Shahrisabz, Samarqand va Xiva gullab-yashnagan.

Janubiy yo'l Hindiston, Afg'oniston va Eronning hozirgi hududlaridan o'tgan. Markaziy yo'l Fors va O'rtayer dengizi orqali o'tgan. Ipak yo'lining yo'nalishlari butun dunyoga ma'lum bo'ldi va tez orada u orqali nafaqat karvonchilar, balki afsonaviy sayohatchilar va sarkardalar ham o'ta boshladilar. Masalan, italiyalik sayyoh va savdogar Marko Polo Buyuk Ipak yo'li bo'ylab sayohat qilganidan so'ng "Dunyo xilma-xilligi haqida kitob" asarini yaratdi. Shuningdek, jahonga mashhur sarkarda Chingizxon Buyuk Ipak yo'li tarmoqlari bo'ylab o'tgan. Ko'p yillar davom etgan mashaqqatli yo'l mard sayohatchilar va savdogarlarni cho'chitib yubormadi. Ularning yo'lida jangari ko'chmanchilar, suvsiz cho'llar va iqlimi og'ir tog'lar uchrashishi mumkin edi. Ko'pincha to'g'ri yo'lning yo'nalishini "odamlar va hayvonlarning suyaklari" orqali tanib olish mumkin edi. Ammo bu yo'l tufayli dunyo biz hozir ko'rib turganimizdek, zamonaviy tarzda o'zgardi. Ulug'vor yodgorlik shaharlari tarixiy va me'moriy binolari bilan o'tmishdan bir xotira sifatida tirik afsonaga aylandi.

Oradan necha asrlar o'tib bugun dunyoda yangi tarix, yangi xalqaro vaziyat yuzaga kelmoqda. Markaziy Osiyoning roli yana tarix sahnasiga qaytmoqda. Bu jarayonlar, tabiiyki, O'zbekistondan tashabbuskorlikni talab qilmoqda va bu Prezidentimizning uzoqni ko'zlagan diplomatik strategiyasida o'z ifodasini topmoqda. Chunki bugungi O'zbekiston yangi Buyuk ipak yo'li markazida joylashgan qudratli, demografik, tarixiy-madaniy aloqalar, geosiyosiy, iqtisodiy jihatdan juda muhim va ishonchli davlatga aylangan. Bir necha yildan buyon O'zbekistonda aynan Buyuk ipak yo'li masalalariga oid turli tadbirlar, anjumanlar o'tkazib kelinmoqda.

Xususan, YuNESKO Buyuk ipak yo'li dasturi bilan hamkorlikda 2021 yil 14-15 sentyabr kunlari Xiva shahrida tashkil etilgan "Markaziy Osiyo - jahon sivilizatsiyalari chorrahasida" xalqaro madaniyat forumi va 2023 yil 4-8 sentyabr kunlari YuNESKO bosh qarorgohida ulug' alloma Abu Rayhon Beruniy hayoti va ijodiga bag'ishlab o'tkazilgan xalqaro ko'rgazma hamda konsert dasturiga yuqori baho berdi. 2022 yil 23 avgustda Samarqand shahrida "Buyuk ipak yo'li" turizm markazi ochildi.

2025 yilda YuNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasiga tarixan Buyuk ipak yo'li chorrahasida joylashgan Samarqand shahri mezbonlik qilishini inobatga olinib, anjuman doirasida hamkorlikda mazkur dastur faoliyatiga bag'ishlangan qo'shimcha tadbir (sayd-ivent) tashkil etish taklif etildi. YuNESKOning Buyuk ipak yo'li dasturiga mazkur qadimiy savdo, ilm-fan va madaniy almashuv tarmog'ining boy tarihi va umumiy merosini o'rganish, turli madaniyatlarning o'zaro ta'sirini tadqiq etish maqsadida 1988 yilda asos solingan.

Yurtimizda Buyuk ipak yo'liga qaratilgan e'tibordan kelib chiqib biz bermoqchi bo'lgan takliflar shulai dan iborat:

- Buyuk ipak yo'li yo'nalishida joylashgan davlatlar tarixi, qadriyatlari, ma'naviy-ma'rifiy merosini o'rganish maqsadida Oliy o'quv yurtlari o'rtasida hamkorlik yo'lga qo'yilishi;

- Shu yo'nalishda alohida transportlar tashkil qilinib, ilm-fan bilan shug'ullanadigan olimlar, magistrlar, talabalarning boshqa davlatlarga sayohatlar tashkil etilishi;

- Oliy o'quv yurtlari o'rtasida hamkorlik bitimlari imzolanib, fan o'qituvchilari va talaba yoshlar ishtirokida offline/online konferensiyalar, anjumanlar tashkil qilinishi

- Buyuk ipak yo'li doirasidagi davlatlar orasida qo'lyozmalar, tarixiy kitoblar almashinuvi tashkil qilinib, necha asrlardan buyon kutubxonalarda chang bosib yotgan kitoblar xalqqa taqdim qilinsa;

- Oliy o'quv yurtlarida orasida videomostlar tashkil qilinib, bizning darslarda online tarzda xorij talabalari ishtirok etishsa Buyuk ipak yo'liga bo'lgan qiziqish yanada ortib, bu sohada o'qiyotgan talaba yoshlarda ilmga, o'qishga, o'rganishga bo'lgan qiziqish yanada ortar edi.

Shuningdek, o'zim hozirda tasavvuf mavzusida ilmiy izlanishlar olib boryapman. Buyuk ipak yo'li yo'nalishida joylashgan davlatlar - Eron, Hindiston, Xitoy va Markaziy Osiyoning qolgan davlati hududida yashab o'tgan avliyolar, tasavvuf namoyondalari haqida bilishni xohlayman va agar imkon bo'lsa, o'sha joylarga borib, ular yashagan shahar, qishloqlarni ko'rib, bu haqida ilmiy ishlarimda yozish niyatim ham bor. "Ipak yo'li: turizm prizmasi orqali hamkorlik" xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi menga bu istaklarimni, maqsadimni qog'ozga tushirishga imkon berdi. Ajabmas, bir necha yilda bu haqiqatga aylansa.

Xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki, Buyuk ipak yo'li - buyuk maqsadlar yo'li, buyuk rejalar va buyuk harakat yo'lidir. Agar Buyuk ipak yo'lida joylashgan davlatlar ilm-fan sohasida o'z oliy o'quv yurtlarini birlashtirsa, hamkorlikda faoliyat yuritsa, uning maqomi va ahamiyati avvalgidan ham ortgan bo'lar edi. Buyuk ipak yo'li nafaqat iqtisodiy, turistik tashkilot, balki ma'naviy-ma'rifiy, ilm-fan ravnaqiga hissa qo'shuvchi yirik tuzilmagan aylanar edi. Biz yoshlar, ilmiy tadqiqotchilar bu yo'lda xizmat qilishga tayyormiz.

REFERENCES

1. O'zbekiston Milliy Enksklopediyasi I jild.Toshkent 2005

2. Buyuk ipak yo'li-A.Xo'jayev.Toshkent, 2007

3. O'zbekistonning tarixiy o'tmishi-E.Rtveladze.Toshkent, 2009

4. A.V.Kizim. Turizmda axborot texnologiyalari. (o'quv qo'llanma). 2011.

5. www.tsn.ua/ru/tourism/top- 10-poleznyh-mobilnyh-prilozheniya-dlya-turistov-367448.html

6. N.R.Zaynalov. Turizmda axborot texnologiyalari. (o'quv qo'llanma). -Т.: «Voris-nashriyoti», 2017.

7. https://zarnews.uz/uz/post/ozbekiston-yuneskoning-buyuk-ipak-yoli-dasturi-bilan-hamkorlikni-kengaytirmoqda

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.