Научная статья на тему 'O’ZBEKISTONDAGI XALQARO SAVDO VA TURIZM IMKONIYATLARINI RIVOJLANTIRISHDA BUYUK IPAK YO’LINING O’RNI'

O’ZBEKISTONDAGI XALQARO SAVDO VA TURIZM IMKONIYATLARINI RIVOJLANTIRISHDA BUYUK IPAK YO’LINING O’RNI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
1
2
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
Ipak yo'li / O'zbekiston / iqtisodiy o'sish / turizm / savdo / sarmoya / investitsiyalar / Bir Belbog’ – Bir yo’l / global integratsiya.

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Husenov Muhriddin Bahriddinovich

Qadimdan G’arb va Sharqni bog’lovchi bo’lib xizmat qilib kelayotgan yo’llardan biri hisoblangan Buyuk Ipak Yo’li O’zbekiston uchun muhim ahamiyatga ega. So’nggi yillarda O’zbekiston ushbu tarixiy ahamiyatga ega yo’lni qayta tiklash va shu orqali mintaqaviy savdo aloqalarni mustahkamlash maqsadida keng ko’lamli islohotlarni olib bormoqda. Maqolada, O’zbekistonning Ipak Yo’lini tiklash bo’yicha qilayotgan sa’yi harakatlari, bu orqali infratuzilmalarni rivojlantirish, ko’proq sarmoyalar kiritishga bo’lgan harakatlariga urg’u beradi. Tarixiy tahlillarga tayangan holda, amalga oshirilayotgan islohotlar va tashabbuslarni tahlil qilgan holda, maqolada O’zbekiston iqtisodiyotini Ipak yo’li orqali o’sishi mumkin ekanligiga urg’u qaratib o’tiladi

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O’ZBEKISTONDAGI XALQARO SAVDO VA TURIZM IMKONIYATLARINI RIVOJLANTIRISHDA BUYUK IPAK YO’LINING O’RNI»

O'ZBEKISTONDAGI XALQARO SAVDO VA TURIZM IMKONIYATLARINI RIVOJLANTIRISHDA BUYUK IPAK YO'LINING O'RNI Husenov Muhriddin Bahriddinovich

Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universiteti Moliya fakulteti talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.11088577

Annotatsiya. Qadimdan G'arb va Sharqni bog'lovchi bo'lib xizmat qilib kelayotgan yo'llardan biri hisoblangan Buyuk Ipak Yo'li O'zbekiston uchun muhim ahamiyatga ega. So 'nggi yillarda O'zbekiston ushbu tarixiy ahamiyatga egayo'lni qayta tiklash va shu orqali mintaqaviy savdo aloqalarni mustahkamlash maqsadida keng ko 'lamli islohotlarni olib bormoqda. Maqolada, O'zbekistonning Ipak Yo'lini tiklash bo'yicha qilayotgan sa'yi harakatlari, bu orqali infratuzilmalarni rivojlantirish, ko'proq sarmoyalar kiritishga bo'lgan harakatlariga urg'u beradi. Tarixiy tahlillarga tayangan holda, amalga oshirilayotgan islohotlar va tashabbuslarni tahlil qilgan holda, maqolada O'zbekiston iqtisodiyotini Ipak yo'li orqali o'sishi mumkin ekanligiga urg'u qaratib o'tiladi

Kalit so'zlar: Ipak yo'li, O'zbekiston, iqtisodiy o'sish, turizm, savdo, sarmoya,investitsiyalar, Bir Belbog'-Biryo'l, globalintegratsiya.

Аннотация. Шелковый путь - одна из древних сетей дорог, соединяющая Восток и Запад и имеющая огромное историческое значение для Узбекистана. В последние годы Узбекистан инициировал масштабные экономические реформы, направленные на восстановление своего статуса регионального торгового центра и привлечение иностранных инвестиций. В статье представлены усилия Узбекистана по возрождению Шелкового пути для торговли и инвестиций с упором на конкретные области, такие как развитие инфраструктуры и торговли, инвестиционные возможности. Анализируя исторический фон, текущие экономические реформы и текущие инициативы, в этой статье подчеркивается потенциальный рост экономики Узбекистана через Шелковый путь.

Ключевые слова: Шелковый путь, Узбекистан, экономический рост, туризм, торговля, инвестиции, Один пояс - один путь, глобальная интеграция.

Abstract. The Silk Road is one of the ancient network of roads which connects East and West and holds an immense historical significance for Uzbekistan. In last years, Uzbekistan has initiated extensive economic reforms aimed at revitalizing its status as a regional trade center and to attract foreign investments. The article presents the Uzbekistan's efforts to revive the Silk Road for trade and investment, focusing on specific fields such as infrastructure and trade development, investment opportunities. By analyzing historical background, ongoing economic reforms and present initiatives, this article emphasizes the potential growth in Uzbekistan's economy through the Silk Road.

Keywords: Silk Road, Uzbekistan, economic growth, tourism, trade, investments, One Belt - One Road, global integration.

Kirish. Buyuk Ipak Yo'li qadimgi savdo, iqtisodiy va madaniy aloqalarni tutashtirgan timsollardan biri bo'lib kelgan. Yevropa, Xitoy va boshqa osiyo mamlakatlarini tutashtirgan bu yo'l o'z davrida sivilizatsiyalarni bog'lovchi eng muhim siyosiy yo'llardan biri hisoblangan. Minglab kilometrlarga cho'zilgan ushbu yo'l turli mamlakatlar o'rtasida tovarlar, g'oyalar, va e'tiqodiy qarashlar almashinuvini osonlashtirgan. Ipak yo'lining zamirida G'arbda talab katta hisoblangan ipak va shu kabi hashamat beruvchi ipak mahsulotlari savdosi tashkil qilgan. Bundan

tashqari,ioak yo'li bo'ylab zirvaorlar, turli qimmatbaho metallar, zargarlik, kulolchilik, hunarmandchilik mahsulotlari savdo tarmog'ini bositgan. Shunigdek, savdogarlar, olimlar, diplomatlar bu yo'l orqali sayohat qilib boshqa sivilizatsiyalarga o'zlarining diniy qarashlari, falsafiy fikrlar va ilmiy kashfiyotlari bilan o'rtoqlashishgan.

Afsuski, bu yo'l Usmoniylar davriga kelib turli xil cheklovlar sabab faoliyati to'xtab qolgan edi. Biroq, 5 asrlik tanaffusdan so'ng, 2013-yilda Xitoy "Bir makon - bir yo'l" (OBOR) strategiyasini taqdim etdi. Xitoy tomonidan Si ZinPin raisligi ostida taqdim qilingan ushbu loyiha o'z ichiga 60 ta mamlakatni birlashtirishga qaratilgan bo'lib, loyiha qiymati tahminan 900 milliard dollarga baholangan. "Bir makon - bir yo'l" loyihasi faqat mintaqa hududiga kiruvchi davlatlarnigina o'z ichiga olibgina qolmay, ushbu yo'l doirasidagi davlatlar bilan aloqa o'rnatmoqchi bo'lgan boshqa mamlakatlarni ham o'z ichiga oladi.

"Bir makon - bir yo'l" tashabbusi muhimligi haqida bir qator davlat rahbarlari o'z fiklarini bildirib o'tishgan. Xususan, Rossiya prezidenti Vladimir Putin anjumanda "Yirik siyosiy va iqtisodiy markazlarda noaniqlik tobora o'sib borayotgani, masalan, aytaylik, Qo'shma Shtatlarda ichki siyosiy kurash davom etayapti, nafaqat siyosat, balki iqtisodiyotda ham ma'lum bir asabiylashishga sabab bo'lmoqda" deya ta'kidlagan. [1]

Markaziy Osiyoning yuragida joylashgan O'zbekiston ham qadimgi va hozirgi buyuk ipak yo'lida o'ziga xos strategik ahamiyatga ega. Uning geografik joylashuvi Sharq va G'arbning bog'lovchi yo'lning chorrahasi bo'lib xizmat qiladi. Shunigdek, Buxoro, Samarqand, Xiva kabi ming yillik tarixga ega, madaniyat markazi hisoblangan shaharlar hozirgacha o'ziga sayohatchilarni jalb qilib kelmoqda.

2017-yil 15-may kuni o'tkazilgan "Bir makon - bir yo'l" xalqaro forumi doirasida O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev o'z nutqida ushbu konsepsiyaning mintaqa uchun muhimlilik darajasini ta'kidlab o'tgan. "Ishonamanki, sayyoraning 60 foiz aholisi yashaydigan hududni qamragan bu ulkan loyihaning amalga oshirilishi mamlakatlarimiz o'rtasidagi do'stlik va hamkorlikni, xalqlarimiz farovonligi ta'minlanishiga yordam beradi" deya qo'shimcha Shavkat Mirziyoyev [2]

Bundan shuni xulosa qilishimiz mumkinki, O'zbekiston o'zining qulay geografik, siyosiy joylashuvidan kelib chiqqan holda "Bir makon - bir yo'l" loyihasi bo'yicha bir qator imkoniyatlardan unumli foydalanish imkoniga ega. Xususan, loyihaga a'zo davlatlar bilan diplomatik aloqalarni mustahkamlash, turizm, madaniy-ijtimoiy almashinuvlar orqali ta'lim, tibbiyot kabi sohalarni takomillashtirish, o'z madaniy boyliklarini dunyoga namoyish qilish va eng asosiysi o'tish davrini boshdan kechirayotgan O'zbekiston iqtisodiyotini barqarorlashtirish uchun yangi investitsiyalar jalb qilinishiga yordam beradi.

Adabiyotlar tahlili. Buyuk ipak yo'li yillar davomida G'arb, Sharq, Janub va shimol davlatlarining iqtisodiy, madaniy integratsiyalashuvi uchun kritik omillardan biri hisoblanib kelgan va bunga doir bir necha asarlarda ta'kidlab o'tilgan.

"Ilmiy muomalaga "Ipak Yo'li" atamasini ilk marotaba nemis olimi, tarixchisi, geografi F.Rixtofen(1833-1905) dostonida kiritgan" [3]

Shuningdek, Ipak yo'li tarixdan iqtisodchilar uchun o'z ilmiy izlanishlarini olib borish uchun asosiy nuqtalardan biri bo'lib xizmat qilgan. Uilyam J.Bernshteyn o'zining "A Splendid Exchange: How Trade Shaped the World"(2008) asarida Ipak Yo'li savdo dinamikasini tahlil qilib, ipak, ziravorlar va qimmatbaho metallar kabi mahsulotlar orqali tovar almashinuvini osonlashtirish mumkinligi haqida ta'kidlab o'tadi. Bunda, savdogarlar uzoq masofali savdo-sotiq muomalasi orqali boylik to'plash yo'llari ko'rsatib o'tilgan. [4]

Bilamizki, Buyuk Ipak yo'li din, san'at va madaniyatlar uchun o'zaro millatlararo almashinuv yo'li vazifasini ham bajarib kelgan. Richard Foltz ushbu Ipak yo'li orqali oshirilgan madaniy almashinuvlarni o'rganib, uning tarmoqlari bo'ylab islom, buddizm va boshqa diniy e'tiqodlarning tarqalishini o'rganib chiqqan va o'z xulosalarini berib o'tgan [5].

So'nggi yillarda davlatlar o'rtasidagi munosabatlar yanada mustahkamlashuvi, integratsiyalashuv takomillashishi zarurligi bois, Ipak Yo'liga bo'lgan ahamiyat yanada oshdi. Turli manba va asarlardan olingan xulosalarni umumlashtirgan holda O'zbekiston, tarixda bo'lgani kabi, hozirgi zamonaviy Buyuk Ipak yo'lining rivoji uchun muhim rol o'ynaydi Shu bilan birgalikda O'zbekiston, savdo, turizm va madaniy almashinuvni rivojlantirish uchun o'zining tarixiy merosidan foydalanishga intilayotgan ekan, ushbu tarmoqni rivojlantirish uchun qo'shimcha tadqiqotlar talab etadi.

Tahlil va natijalar.

Hozirgi zamonaviy sharoitda "Bir makon - bir yo'l" loyihasi rivojalnayotgan davlatlar uchun global ahamiyatga ega yangi savdo tarmog'ida qatnashish va jahon rivojlangan mamlakatlar iqtisodiyoti bilan integratsiyalashuv imkoniyatlarini taqdim etadi. "Bir makon - bir yo'l" loyihasidan maqsad, unga a'zo bo'lgan davlatlarning avtomobil yo'llari, temir yo'l, portlar va energiya infratuzilmalariga loyihalarga investitsiyalar jalb qilinib, yangi texnologiyalar orqali xarajatlarni kamaytirish hisoblanib, shu orqali ishtirokchi mamlakatlarda iqtisodiy o'sish va rivojlanishini rag'batlantirishni maqsad qilgan.

Bundan tashqari Buyuk Ipak yo'li yohud, "Bir makon - bir yo'l" tashabbusida barqaror rivojlanish bilan birgalikda, atrof-muhitni muhofazasini ta'minlash muhim ekanligi ta'minlaydi. Rivojlanish bosqichidan o'tayotgan mamlakatlar iqtisodiyotini sanoatlashtirish va modernizatsiya qilishga intilayotgan bir paytda, iqtisodiy o'sishni ekologik barqarorlik bilan muvozanatlashtirish zarur. Yashil infratuzilma, qayta tiklanadigan energiya va barqaror rivojlanish loyihalariga sarmoya kiritish orqali mamlakatlar kelajak avlodlar uchun atrof-muhitni muhofaza qilish bilan birga iqtisodiy o'sishni rag'batlantirishi mumkin.

Zamonaviy Ipak yo'lining ko'lamiga baho berish uchun uning makroiqtisodiy ko'rsatkichlardagi ulushini ko'rishimiz mumkin:

Xalqaro Valyuta Jamg'armasi (IMF) taqdim qilgan statistik ma'lumotlarga ko'ra, zamonaviy Ipak yo'li jahon yalpi ichki mahsulotining 40%ini jamlaydi. Shuningdek, u jahon savdosining 44% qismini tashkil qilib, dunyo savdo aloqalarida muhim o'rin egallashi ekanligini ko'rinib turibdi. Eng e'tiborga molik jihati shuki, Ipak yo'li o'tgan mamlakatlarda dunyo aholisining 62% ulushi istiqomat qiladi. Bu demografik ko'rsatkich Ipak yo'lining iqtisodiy

o'sishga bo'lgan moyilligi, turli jamiyat vakillari o'rtasidagi madaniyatlar almashinuvini rag'batlantirish dolzarb ekanligini ko'rsatib o'tadi.

Ushbu statistik ma'lumotlar Ipak yo'lining nafaqat iqtisodiy ahamiyatini, balki uning umuminsoniy faoliyati, innovatsion g'oyalar almashinuvidagi roliga ham urg'u qaratadi. "Bir makon - bir yo'l" kabi loyihalarga ko'proq mamlakatlar a'zo bo'lishi, ko'proq sarmoyalar kiritilar ekan, ular barqaror rivojlanish, farovonlikka erishish uchun xizmat qilishda davom etadi.

Oxirgi 5 yillikda dunyoning geosiyosiy tuzilishi tufayli undagi barqarorlik o'zgardi. Bu "Bir makon - bir yo'l" doirasidagi ma'lum davlatlar o'rtasidagi aloqalarni sustlashuviga olib keldi:

• AQSH-Xitoy o'rtasidagi ziddiyatlar, eng muhimi hisoblanadi va bu yer sharining mintaqalashuviga olib keltirish xavfi ortishiga sabab bo'lishi mumkin. Chunki, oldinlar Yevropa korxonalariga investitsiya kiritayotgan Xitoy, ushbu loyihadan so'ng Osiyo mamlakatlariga urg'u qaratishni boshlashdi.

• Rossiya-Ukraina urushi mintaqalashuvni tezlashtirishga olib keldi. Ushbu voqelikka ko'p davlatlar neytral sifatida qarab, aralashmaslikka qaror qilishgan bo'lsada, AQSHning Rossiya tomon qilingan sanksiyalar, Rossiya bilan hamkor davlatlarga bilvosita o'z ta'sirini o'tkazmoqda.

Ushbu uzoq muddatli ta'sirga ega ziddiyatlar bir qator qiyinchiliklar tug'dirsada, ba'zi bir korxona va tashkilotlar uchun yangi yo'llar orqali rivojlanish tomon undaydi.

"Bir makon - bir yo'l" doirasida tashkil qilinayotgan mintaqalararo imkoniyatlar O'zbekistonning turli sohalarini rivojlantirish uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Xususan uning dastlabki bosqichida:

• Xitoy va Hindiston kabi yirik ishlab chiqaruvchilar bilan aloqalarni mustahkamlab, Xitoyning yaqin sharq mamlakatlarida olib borayotgan ishlab chiqarish zanjiri borasida faol tarzda investitsiyalar jalb qilish

• Mintaqaning energiya importchilar va eksportchilari bilan aloqalarni mustahkamlash, ekologiyadagi islohotlarga urg'u qaratish. O'rta Sharq davlatlari 78% neft va gaz mahsulotlarini Osiyo mamlakatlariga eksport qilishadi. Bu kelgusi 10 yillikda ham asosiy xaridor Buyuk Ipak yo'li mamlakatlari bo'lib qolishini anglatadi. Ammo, bu mahsulotlarning zararini minimallashtirib, ularning samaradorligini oshirish maqsadida "yashil iqtisodiyot" loyihalariga alohida urg'u qaratish lozim. Mintaqadagi toza energiyadan foydalanish ko'lami oshsa kelajakdagi kutilishi mumkin bo'lgan ekologik muammolar riski kamaygan hisoblanadi.

• Dunyoning 62% aholisi istiqomat qiladigan Ipak Yo'li mintaqasida yo'lovchi va yuk tashish transport turlarini ko'paytirish, yangi yo'llar yaratish doimo muhim ahamiyat kasb etadi. Transport infratuzilmasidagi muammolar yengillashar ekan, bu a'zo davlatlar o'rtasidagi odamlar qatnovini yengillashtiradi va bu madaniy almashinuvlar jarayonini yanada mustahkamlaydi.

• To'g'ri hamkorlar topish, hozirgi murakkab va xilma-xil bozorda rivojlanishda qo'l keladi. O'zbekiston o'z aholisining madaniy va siyosiy qarashlaridan kelib chiqqan holda o'ziga mos hamkorlar tanlash, o'z manfaatlari yo'lida harakat qilishi bozordagi o'z o'rnini mustahkamlashda katta ahamiyat kasb etadi.

Xulosa. Tarix davomida savdo, ilm, sivilizatsiyalar markazi sifatida rol o'ynagan Buyuk Ipak yo'lini tiklanilayotgani hozirgi siyosiy barqaror bo'lmagan dunyo uchun muhim o'ringa egadir. Samarqand, Buxoro, Xiva kabi tarixga boy shaharlarga ega O'zbekiston bu tarixiy savdo yo'lida alohida e'tiborga olinishi lozimdir. Ipak yo'lining tarixi, me'morchiligi, a'nanalarini

saqlab qolgan holda O'zbekiston o'z iqtisodiyotini barqarorlashtirish uchun ushbu islohotlarga faol tarzda o'z hissasini qo'shmog'i lozimdir.

Xitoy boshchiligida tashkil etilgan "Bir makon - bir yo'l" tashabbusi O'zbekiston va unga qo'shni bo'lgan davlatlar uchun o'z tarixiy merosini dunyoga namoyon qilish, hamda iqtisodiyotini barqarorlashtirish uchun keng imkoniyatlar yaratdi. O'zbekiston bu imkoniyatlardan foydalanar ekan, uning boy merosini asrab-avaylashi va kelajak avlodlar uchun targ'ib qilishi muhimligini anglashi zarur. Ushbu boyliklarni asrab-avaylash va ularning ahamiyatini chuqurroq anglash orqali O'zbekiston Ipak yo'lini rivojlantirishda davom etishi, qo'shni mamlakat aholisi bilan munosabatlarni kuchaytirib, o'zaro hurmat va savdo hamkorliklarini rivojlantirishini ta'minlay olishi mumkin.

Xulosa qilib aytganda, "Bir makon - bir yo'l" tashabbusi ostida boshqa rivojlangan, rivojlanayotgan mamlakatlar qatori O'zbekiston ham tarixiy ahamiyat kasb etgan ushbu yo'lning qadrini saqlab qolishga hissasini qo'shmog'i lozim. Bu orqali kelajak avlod uchun yanada farovon kelajak belgilash imkoniyatiga ega bo'liniladi.

REFERENCES

1. https://kun.uz/uz/17811935 Putin: «Bir makon, bir yo'l» sabab jahon iqtisodiyoti barqarorlashadi

2. https://kun.uz/uz/60716455 Shavkat Mirziyoyev Pekinda davlat rahbarlari yig'ilishida nimalarni gapirdi?

3. Azimovna, R. F. (2024). Youth Entrepreneurship and its Development Measures. Best Journal of Innovation in Science, Research and Development, 3(1), 340-343.

4. Asatullaev, X., Tursunov, B., & Mamanazarov, A. (2019). Enterprise development strategy. Text of lectures.

5. N.A.Kuziev. "Zamonaviy ipak yo'lini tadqiq etish xorijlik olimlar nigohida hamda O'zbekistonning ishtiroki" 2022.

6. Рахматуллаева, Ф., & Шаробиддинов, А. (2023). YALPI HUDUDIY MAHSULOT SAMARADORLIGINI OSHIRISH YO 'LLARI. Ижтимоий-гуманитар фанларнинг долзарб муаммолари/Актуальные проблемы социально-гуманитарных наук/Actual Problems of Humanities and Social Sciences., 3(S/4), 140-146.

7. Tursunov, B. (2021). The role of industrial zones in ensuring the efficiency of activities in territorial competitiveness. Экономика и финансы (Узбекистан), (Спецвыпуск 4), 159162.

8. William J.Bernstein, "A Splendid Exchange: How Trade Shaped the World" April 11, 2008

9. Foltz, R. (2010). The Silk Road and Its Travelers. In: Religions of the Silk Road. Palgrave Macmillan, New York. https://doi.org/10.1057/9780230109100 1

10. Sh, B. D., & Tursunov, B. O. (2019). Directions for building a competitive economy through active investment and social development. Popular scientific pamphlet. T.:"Economy-Finance.

11. https://www.oliverwyman.com/our-expertise/insights/2023/jun/new-silk-road.html#chart

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.