Научная статья на тему 'BUXORO AMIRLIGIDA TA’LIM TIZIMI'

BUXORO AMIRLIGIDA TA’LIM TIZIMI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Abdurasulova F.B.

O‘rta Osiyo tarixida Buxoro amirligi o‘zining maktab va madrasalari soni ko‘pligi bilan alohida o‘rinni egallagan. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, Buxoro amirlikning poytaxti bo‘lib qolmaygina u jahon tarixida “Buxoroi sharif” kabi nomlar bilan manbalarda uchraydi. Arablar bosqinidan so‘ng islom dining kirib kelishi, Buxoroning sekin astalik bilan O‘rta Osiyoda islom olamining markaziga aylantira bordi. Buxoroda ko‘plab maktablar, masjid-u madrasalar ochila boshladi. Buxoro madrasalarida dunyoviy ilmlar bilan bir qatorda diniy bilimlar ham berila boshladi. Bular tafsir (Qur’on sharhlari), hadis, fiqh kabi sohalardir. Buxoro ilmma’rifat tarqatish bilan bir qatorda mamlakatning siyosiy boshqaruvida ham muhum o‘rin egallar edi. Shaharda tasvvuf pirlari, shayxlari faoliyat yurgizar va orqalaridan ergashuvchi muridlari bilan birgalikda komillikka erishish, allohga do‘st bo‘lish va yaqinlashishning so‘fiylik usullari orqali xalqni islom shariat ahkomlaridan xabardor qilib turar edilar. “Tarix-i jahongushoy” kitobida [1, B. 19] shunday yozilgan: “Buxoro qubbat ul-islomning sharq o‘lkalaridan biri hisoblanadi. Madinyat ul-islom martabasidadir. Unga tutash yerlar fuqaro va Ulamo nuri ravshanligi ila orastadur [1, B. 19].

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BUXORO AMIRLIGIDA TA’LIM TIZIMI»

BUXORO AMIRLIGIDA TA'LIM TIZIMI

Abdurasulova F.B.

tayanch doktorant,

Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy universiteti. https://doi.org/10.5281/zenodo.11175066 O'rta Osiyo tarixida Buxoro amirligi o'zining maktab va madrasalari soni ko'pligi bilan alohida o'rinni egallagan. Shuni alohida ta'kidlash kerakki, Buxoro amirlikning poytaxti bo'lib qolmaygina u jahon tarixida "Buxoroi sharif" kabi nomlar bilan manbalarda uchraydi. Arablar bosqinidan so'ng islom dining kirib kelishi, Buxoroning sekin astalik bilan O'rta Osiyoda islom olamining markaziga aylantira bordi. Buxoroda ko'plab maktablar, masjid-u madrasalar ochila boshladi. Buxoro madrasalarida dunyoviy ilmlar bilan bir qatorda diniy bilimlar ham berila boshladi. Bular tafsir (Qur'on sharhlari), hadis, fiqh kabi sohalardir. Buxoro ilm-ma'rifat tarqatish bilan bir qatorda mamlakatning siyosiy boshqaruvida ham muhum o'rin egallar edi. Shaharda tasvvuf pirlari, shayxlari faoliyat yurgizar va orqalaridan ergashuvchi muridlari bilan birgalikda komillikka erishish, allohga do'st bo'lish va yaqinlashishning so'fiylik usullari orqali xalqni islom shariat ahkomlaridan xabardor qilib turar edilar. "Tarix-i jahongushoy" kitobida [1, B. 19] shunday yozilgan: "Buxoro qubbat ul-islomning sharq o'lkalaridan biri hisoblanadi. Madinyat ul-islom martabasidadir. Unga tutash yerlar fuqaro va Ulamo nuri ravshanligi ila orastadur [1, B. 19].

Buxoroda ta'lim XVIII asrning birinchi yarmi XIX asrda ham o'tmishdagi nufuzini saqlab qola olgan. Buxoro amirlari bir necha asrlar davomida savodxonlik va ta'lim, marifatga katta e'tibor qaratganlar. Madrasada ta'lim ayniqsa amirlar Shohmurod va Haydar davrida rivojlangan. Ahmad Donish ta'kidlaganidek, Haydar davrida "Buxoroga yer yuzining turli burchaklaridan va barcha aholi punktlaridan odamlar o'qish uchun kelardi. Shariat ilmlari va hukmlari shu qadar ravnaq topdiki, islom davrida avvalgi padoshalarning birortasi olimlari ilm-fanda bunchalik muvaffaqiyatga erisha olmadilar" [2, C. 142] J. Kunits ham Buxoroni "arab-eron madaniyatining qal'asi", Markaziy Osiyoning yuz yillik tarixidagi "Islomning markazi", 250 masjid va madrasalar qad ko'targan ilm maskani deya atagan [3, C. 18] deydi. Ilmi olish istagida Volga va ural mintaqalarida, Hindistindan, Afg'onistondan va Sharqiy Turkistondan ko'plab talabalar tashrif buyurishgan. Buxoro amirligida islom ta'limidan saboq beradigan madrasalar soni ko'p bo'lgan. Boshqa yurtlardan kelgan ayrim talabalar o'qishni tamomlagach ham, amirlikda mudarris bo'lib qolganliklari ham uchrab turgan. Misol uchun Muhammad Sharif ibn Mahammad Naqiy amir Shohmurod va Haydarlar hukmronligi yillarida yashab,

Buxoro madrasalaridan birida tarix hamda, adabiyot tarixidan ta'lim berganliklari tarixdan ma'lum. O'zi esa vaqti-vaqti bilan shoirlik qilgan. Abu Sharaf Muhammad Husayn ibn Abu Umar Bulg'oriy esa o'zi haqida shunday deydi". "Faqir Bulg'or madrasalaridan biri bo'lgan Kargal shahridan 1231/1815 yilda Buxoroga kelib, hozirgi kunga qadar 1261/1845 shu yerda yashayapman". Tadqiqotchi Xanikovning 1842-yilgi ma'lumotlarida o'sha yilda 180-200 ta madrasa faoliyat yuritgan va unda 15000 va 16000 ta talaba tahsil olgan. [4, C. 30] Buxoro amirlari amir Shohmurod (1785-1800) hamda amir Haydar (1800-1826) va amir yillarda ushbu amirlar hukmronligi davrida ilmga e'tibor ko'proq qaratilgan, diniy va dunyoviy bilimlar juda rivojlangan. Amir Shohmurod (1749-1800) amirlik hukmdori bo'lguniga qadar bozorda yukkashlik qilgan, pichoqlarga qin yasab kun kechirganligi, qolaversa uning ilm-fanga qiziqishi nihoyatda balnd bo'lgan edi.

Yoshligida bir necha yillar Buxoroning eng obro'li madrasalaridan biri Mir arab madrasasida bilim olgan. Shu bilan bir qatorda u tasavvuf ilmini ham o 'rganadi va so'fiyona hayot tarzi uning odatiy hayotiga aylanadi. Buni Sadri Ziyo (18651932) ning bergan ma'lumotlari ham o'z isbotini topgan: "Amir Shohmurod Mir arab madrasasining hujralaridan birida kun kechirar, riyozot chekib ilm olish bilan mashg'ul bo'lgan va aholi orasida "Amir Jannatmakon" degan nom bilan tanilgan. Bu haqida Abu Tohirxojaning "samariya" asarida ham yozilishicha Shohmurod yoshligida bir necha yillar Mir arab madrasalarida tahsil olgan deyilgan. "Tuhfat az-zoirin" asarida esa uning o'g'li amir Haydar ham "Amir Said" va " Firdavsmakoniy" kabi nomlar bilan xalq orasida tanilgani haqida ma'lumotlar bor [5. C.10]. Ba'zi manbalarning guvohlik berishicha amir Haydarning " Amir" yoki " Oliy" nomli madrasalar qurdirgnligiga ham duch kelamiz [6. B. 591]. U Buxoro amiri bo'lgach (1785), o'z mansabiga ko'ra belgilangan maosh bilan hayot kechirgan hadya va sovg'a salomlarni qabul qilmagan" [7. B. 145] deb ta'riflagan. Hattoki XIX asrning ikkinchi choragida Buxoro amirligida bo'lib sayohat qilgan venger sharqshunoslaridan Herman Vamberning yozishicha, Amir Shohmurod hukmronlik yillarini buxoroliklar "Saodat asri" deb aytishgan ekan. Amirlar Shohmurod va Haydar hatto madrasalarda mudarris domla bo'lib faoliyat ham yuritganlar.

Amir Shohmurod madrasalarda "Hidoya", Bayzoviyning " Kitob usul ad-din" asaridan shu bilan birga Shotibiyning asarlari va unga yozilgan sharhlardan ta'lim bergan. Shohmurodning o'g'li Miriyning yozib qoldirishicha, Amir Shohmurod "Shotibiya" va unga yozilgan har bir sharhlarni yoddan bilgan. Shu bilan bir qatorda qiroat, hadis, va fiqh ilmlarining ustasi bo'lgan, u vaqtining asosiy qismini madrasalarda sarflab talabalarga ta'lim bergan, ko'plab shogirdlar yetishtirib chiqargan. Qolaversa u soliqlardan tushgan daromad hisobidan talabalarga nafaqa (stipendiya) to'lashni qo'llagan hukmdorlardan [1.C,516]. Madrasalarda ta'lim-

tizimida bir qancha islohotlar bo'ladi. Bu maqsad uch yo'l bilan amalga oshirildi: madrasaning eskirgan binolarini tiklash, vaqflar muassasasi orqali mablag'ni tiklash, madrasa mudarrisi mudarrislari lavozimlariga mas'ul shaxslarni tayinlash [8.C, 290] Ziyo istab keluvchi ilm ahli Buxoroga tashrif buyura boshlaydi. Buxorodagi eng mashhur madrasalardan hisoblangan Mir-i Arab madrasasi, Abdulazizxon madrasasi, Ko'kaltosh madrasasi, Abdullaxon madrasasi, Ulug'bek madrasasi, Nodir Devon begi madrasasi, Chor Manor madrasasi va boshqalar hisoblangan. Tarixnavis Miriyning (1778-1829) "Mahozin at-taqvo" asarida Shohmurod taxtga o'tirgunga qadar ham bir qancha ilm maskanlarini xaroba holatga kelib qolganligini va ular omborxona vazifalarini bajarayotganligini yozadi. Shohmurod madrasa talabalarini stipendiyalar bilan ta'minlab, ularni soliq tushumlari hisobidan to'lardi [1.C,516] XIX asr o'rtalarida 800 nafar tinglovchisi bo'lgan "Xidoya-i sharif" madrsasasida "dahyak" deb nomlangan stipendiya joriy qilingan. U odatda 120 tanga bo'lgan bo'lsa amir Muxaffarxon davrida 200 tangagacha ko'tarilgan. [9]Ahmad Donish (1826-1897) va Sadri Ziyolar Amir Haydar davrida ilm olish maqsadida dunyoning boshqa mamlakatlaridan ham talabalar Buxoroga ta'lim olish istagida kelganliklarini, ilm-fan o'z cho'qqisiga chiqib olim-u fuzalolar bungacha bunchalik yutuqqa ega bo'lmaganligini ta'kidlashadi.[2.C,99] Buxoro amirligi hayotining barcha sohalaridagi ijtimoiy, me'yoriy munosabatlar islom va uning asosi bo'lgan shariatning kuchli ta'sirida bo'lgan. Ya'ni jamiyatda belgilangan har qanday qoida va me'yorlar shariat nuqtai nazaridan belgilangan edi. O'rta Osiyodag ta'lim, ilm-fan markazi Buxoo shahri butun mintaqaning ma'naviy hamda diniy poytaxti sifatidagi o'rni ilmiy tadqiq qilingan va o'rganilgan.

Adabiyotlar:

1. Вохидов Ш., Аминов Б. Тарихи Муллазода ( Бухоро мозорлари зикри). - Тошкент, 2009.

2. Дониш А. История мангитской династии. Перевод, предисловие и примечание И.А. Наджафовой. Душанбе: Дониш, 1967.

3. Kunits J. Dawnover Samarkand. The rebirth of Central Asia. - New York, 1935. - P. 23.; Джурабаев Д.Х. Изучение политической истории Бухарского эмирата в советский и постсоветский периоды. // Историография, исторические источники, методы исторического исследования.

4. Анке фон Кюгельген. Легитимация среднеазиатской династии мангитов в произведениях их историков (XVIII - XIX вв.) Алматы: Дайк -Пресс 2004.

5. Тураев Х. "Тухфат азгзоирин" ("Подарок паломникам") перевод с таджикского-персидского. Предисловие и комментарии - Ташкент, 2021.

6. Мирзо Олим Махдум Хожи. Тарихи Туркистон. - Тошкент: Янги аср авлоди, 2009.

7. Замонов А. Урта аср тарихий шахслари хдётининг айрим номалум сахдфалари. - Тошкент: BAYOZ, 2020.

8. Маликов А.М. Культура Самарканда в конце XVIII - первой половине XIX в./Культурно-исторические процессы в Центральной Азии (древность и средневековье). - Алматы: Дайк-пресс, 2012.

9. Klichev O. Scholarships of Emirs of Bukhara // https:// Oriente Moderno (2020) 57-74, 24.03.2024.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.