INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "STATUS AND DEVELOPMENT PROSPECTS OF FUNDAMENTAL AND APPLIED MICROBIOLOGY: THE VIEWPOINT OF YOUNG SCIENTISTS" _25-26 SEPTEMBER, 2024_
BUTGULLI EKINLAR (RAPS, XANTAL) NING QISHLOQ XO'JALIGIDA AHAMIYATI, ZARARKUNANDALARINING TUR TARKIBI, TARQALISHI VA ZARARI
1Kenjaev Yunus Chintoshevich, 2Xudoyqulov A'zamjon Mirzaqulovich, 3Safarova Gulrux Milievna assistent, 4Sodiqov Elyor Kamoliddin o'g'li
Q.x.f.d., professor, O'zbekiston milliy universiteti 2Q.x.f.f.d., dotsent 3Toshkent davlat agrar universiteti 4Assistent, Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar instituti https://doi.org/10.5281/zenodo.13837322
Annotatsiya. Ushbu maqolada butgulli ekinlar xususan rapsning qishloq xo'jaligidagi ahamiyati, so'ruvchi va kemiruvchi zararkunandalarining tur tarkibi, tarqalishi, zarari va ularga qarshi kurash choralari bo'yicha ma'lumotlar keltirilgan.
Kalit so'zlar: raps, xantal, ekish, rivojlanish, muddat, so'ruvchi, kemiruvchi zararkunanda, tarqalishi, zarari, qarshi kurash choralari.
Kirish. Dunyoda mamlakatlarida rapsdan aholini oziq-ovqat, chorvani yem-xashak va sanoatni xom - ashyo mahsulotlariga bo'lgan talabini qondiradigan hamda tuproq unumdorligini oshirada, yem-xashak va siderat ekinlarini yetishtirish agrotexnologiyasini ishlab chiqish va uni muntazam takomillashtirishda mineral o'g'itlarni qo'llashga alohida e'tibor qaratilmoqda. Shu nuqtai nazardan, rapsni yetishtirishda mineral o'g'itlar qo'llash me'yorlarni ishlab chiqish va qo'llash orqali uning biomassa hosildorligini oshirish kabi ustuvor yo'nalishlarda tadqiqotlar o'tkazish dolzarb vazifalardan hisoblanadi.
Raps va xantal ko'pchilik mintaqalarda moyli ekinlar guruhiga kiradi. Bu ekinlarni ekish bo'yicha Hindiston birinchi o'rinda turadi. Moyli ekinlar, karamguldoshlar oilasiga kiradigan ekinlarning umumiy maydoni Hindistonda 3,5 mln. gektarni tashkil etadi, bu ekinlarning urug'ida 32,7-42,5% gacha moy va 24,60-31,87% protein saqlaydi. Ko'kat o'g'it sifatida rapsdan foydalanganida tuproq unumdorligi va uning fitosanitar holati yaxshilanadi [M.Jennifer, 4. 125-b].
Oraliq ekin sifatida raps Shvesiya, Gollandiya, Germaniya va boshqa mamlakatlarda moyli ekin sifatida katta maydonlarga ekiladi. Raps moyli ekin sifatida ekilishi bilan bir qatorda, chorva uchun ozuqa hamda O'zbekiston sharoitida tuproq unumdorligini tiklovchi va oshiruvchi ko'kat o'g'it vazifasini ham bajaradi [Yu.Bbikovskiy, 6. 22-b.; R.Oripov, 1. 60-69-b.].
Raps dalalarning fitosanitari bo'lib, turli infeksiyalarni yo'qotadi, tuproqni fosfor, kalsiy va mikroelementlar bilan boyitadi. U nitratlarni so'ruvchi ekin bo'lib, tuproqdagi eruvchan azotni 62%gacha o'zlashtiradi. Shu sababli, mazkur ekinni almashlab ekishga kiritish tavsiya etiladi [X.Bo'riyev, X.Nazarov, Sh.Umidov, 2. 33-34-b.].
Tajribalarida kuzgi bug'doydan so'ng oraliq ekin sifatida raps 10 kg/ga, vika 50 kg/ga, ularning aralashmasida 10+50 kg/ga ekilgan. Mazkur oraliq ekinlarni poyasining 15-20 sm qismi ildizi bilan qo'shib kuzda siderat sifatida haydab tashlanganda, tuproqning 0-30 sm qatlamidagi gumus miqdori dastlabki ko'rsatkichiga (0,815%) qaraganda - 0,026%ga, azot (0,075%) - 0,013% ga, fosfor (0,095%) - 0,010%ga yuqori bo'lishi aniqlangan. Bundan tashqari, tuproqning agrofizik xossa-xususiyatlari ham yaxshilangan [I.Tursunov, N.O'razmatov, 3. 36-37-b.].
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "STATUS AND DEVELOPMENT PROSPECTS OF FUNDAMENTAL AND APPLIED MICROBIOLOGY: THE VIEWPOINT OF YOUNG SCIENTISTS" _25-26 SEPTEMBER, 2024_
Raps siderat ekin sifatida qovun kasalliklariga qarshi kurashda yaxshi samara beradi. Rapsning yana bir jihati shundaki, u tuproqni tozalaydi, kislotali tuproqlarni neytrallashtiradi. O'zbekistonda raps asosan kuzda ekilganda juda yaxshi samara beradi. Yashil massa hosildorligi 320-350 s/ga ni takshil etadi.
Raps bahorgi va kuzgi muddatlarda ekilishi mumkin. O'zbekiston sharoitida faqat kuzgi muddatda ekish yuqori natijalar beradi. Fransiyada esa katta maydonlarga bahorgi muddatlarda ekiladi va bu sharoitda yetishtirilgan urug'lar 43-45% moy saqlaydi. Angliyadagi yaylovlarda ozuqa ekinlarining tarkibi kamligi sababli Beshol, Kanar, Emerald, Fora va Layer kabi navlar ekiladi va ular chorva uchun to'yimli ozuqa hisoblanadi, Angliyada o'rtacha hosildorlik urug'dan gektariga 25-30 syentnerni tashkil etadi. Raps to'g'risidagi ma'lumotlar shundan dalolat beradiki, bu ekin yuqori hosil berish imkoniyatiga ega [K.Dovban, 5. 404-b.]. O'zbekiston sharoitida xantal va raps gektariga 450-500 syentner fitomassa hosilini beradi.]
1-rasm. Rapis maydoning umumiy ko'rinishi (Dala tajribasi. Toshkent viloyati 2023-2024y.y. )
Asosiy qism. Butgulli ekinlarni yetishtirish davrida bir qancha so'ruvchi va kemiruvchi zararkunandalari bo'lib, ushbu zararkunandalar ekinning unib chiqish davridan boshlab, hosil pishish davriga zarar yetkazadi. Ushbu zararkunandalardan biri bu karam shirasi hisoblanadi. Karam shirasi - Brevicoryne brassicae L. Teng qanotli-lar turkumining shiralar Aphididae oilasiga mansub bo'lib, O'zbekistonning karam yetishtiriladigan barcha yerlarida, shuningdek chet mamlakatlarda ham keng tarqalgan. Karam shirasi asosan raps, xantal, karamga, kamroq sholg'om, rediska va turpga zarar yetkazadi. Shuningdek, bu hasharot yovvoyi butguldosh o'simliklarda ham rivojlanadi. Zararlangan karam butunlay hosil o'ramasligi mumkin, barglari mayda bo'lib qoladi va ust tomonidan qavarib chiqadi, rangi sarg'ayadi. Karam shirasi O'rta Osiyo sharoitida ko'proq kechki karamni shikastlaydi. Urug'lik uchun ekilgan karamning hosili keskin kamayadi.
Karam oq kapalagi - Pieris brassicae L. Kapalaklar turkumining oq kapalaklar - Pieridae oilasiga mansub. Bu zararkunanda O'zbekistonda va qo'shni davlatlarda karamning asosiy zararkunandasi hisoblanadi.
Karam oq kapalagi hamma butguldosh ekin va begona o'tlarga shikast yetkazishi mumkin. O'zbekiston sharoitida bu zararkunanda o'rtagi va kechki karamni kuchli zararlaydi. Zarari ayniqsa o'simlik karam bosh o'rashidan oldin zararlansa ko'p bo'ladi - bunda mutlaqo hosil olmaslik ham mumkin. O'zbekiston sharoitida yozgi karam himoya qilin-masa hosildorlik 60-70%
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "STATUS AND DEVELOPMENT PROSPECTS OF FUNDAMENTAL AND APPLIED MICROBIOLOGY: THE VIEWPOINT OF YOUNG SCIENTISTS" _25-26 SEPTEMBER, 2024_
ga kamayishi mumkin. Qurtlari paydo bo'lishi bilan; karam o'ralganda: 5-10% zararlangan o'simlik-lar bo'lib, ularda 5-10 tadan qurt bo'lsa o'tkaziladi.
Sholg'om oq kapalagi - Pieris rapae L. Kapalaklar turkumining oq kapalaklar - Pieridae oilasiga mansub. O'zbekistonning barcha viloyatlarida uchray-di. Qurti barcha butguldosh ekinlar va begona o'tlar bargini yeb shikast yetkazadi. U karam, sholg'om, raps kabi ekinlarning hosildorligini pasaytiradi.
Karam kuyasi - Plutella maculipennis Curt. O'zbekistonning butguldosh o'simliklar o'sadigan barcha tumanlarida keng tarqalgan. Karam kuyasi butguldosh o'simliklarni zararlaydi. Karamda uning zarari ayniqsa o'simlik yosh davrida o'sish nuqtasini shikastlashida ko'rinadi, keyinchalik karam o'ralganidan keyin uning ahamiyati uncha qolmaydi, lekin mahsulot ko'rkini buzadi. O'zbekistonda karam kuyasi asosan o'rtagi va kechki karamga zarar yetkazadi.
Butguldosh o'simliklarga yuqorida ifodalanganlardan tashqa-ri boshqa zararkunandalar ham shikast yetkazishi mumkin. Bulardan asosiylari karam tunlami (Mamestra brassicae L.), ildiz kemiruvchi tunlamlar (Noctuidae oilasi), simqurtlar (Elateridae oilasi), o'rgimchakkana (Tetranychus urticae Koch.), oqqanotlar (Aleyrodinae kenja turkumi) va boshqalar hisob-lanadi. Qulay sharoit vujudga kelishi bilan bularning har biri karamning ashaddiy zararkunandalari qatoridan o'rin olishi mumkin [Sh.Xujaev, 7. 248-257 b.].
Butgulli ekinlarning zararkunandalariga qarshi kurash choralari. Butgulli ekinlar zararkunandalariga qarshi kurashda ekin maydonlarini begona o'tlardan tozalash, yerlarni o'z vaqtida samarali shudgor qilish, erta bahorda dala atroflariga proflaktik kimyoviy ishlov berish talab etiladi. Ekinlarni o'suv davrida mineral va mahalliy o'g'itlarni o'z vaqtida va muddatida berish zararkunandalariga qarshi chidamlilikni bir-necha barobarga oshiradi. So'ruvchi zararkunandalariga qarshi oltinko'z entomofagini 3 - 5 kun oralatib 3 marta tarqatish, kemiruvchi zararkunandalari tuxumlariga qarshi trixogramma entomofagini, qurtlariga qarshi brakon entomofagini 1:5, 1:10, 1:15 nisbatlarda tarqatish talab etiladi.
Butgulli o'simliklarning so'ruvchi va kemiruvchi zararkunandalariga qarshi ekinlarning o'suv davrida zararlanish 5% bo'lib, ularda tuxumi va yosh qurtlari paydo bo'lishi bilan; 5-10% zararlangan o'simliklar bo'lib, ularda 5-10 tadan qurt bo'lsa o'tkaziladi. Buning uchun quyida keltirilgan insektitsidlar qo'llaniladi. Karam oq kapalagi va karam kuyasiga qarshi Kinmiks, 5% em.k. (0,15-0,2 l/ga), Sumi-alfa, 5% em.k. (0,2 l/ga), preparatlarini qo'llash tavsiya etiladi. Butgulli ekinlarni so'ruvchi zararkunandalariga qarshi esa Fyuri, 10% s.e.k. (0,3 l/ga) preparati taviya etiladi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI
1. Oripov.R.O O'zbekiston dehqonchiligida qishki oraliq ekinlarini istiqbollari // Xalqaro ilmiy-amaliy Konferensiya maqolalar to'plami. Tuproq unumdorligini oshirish ilmiy va amaliy. Toshkent, 2007. - B. 60-69.
2. Bo'riyev X., Nazarov X., Umidov Sh. Bahorgi raps navlarining morfo-biologik belgilari // AGRO ILM. - 2018. -№ 2(52). -B. 33-34.
3. Tursunov I., O'razmatov N. Oraliq ekinlar - vika va rapsning tuproqda ildiz massasi va ko'k massa hosildorligi // O'zbekiston qishloq xo'jaligi. - 2018. -№ 9. -B. 36-37.
4. Jennifer Miller. Cropping project finds benefit from Mustard green manure. Reserv. Alternat. Amer.J. of Pesticide Reform. 2004. Vol. 56. Fevral 9. P. 125.
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "STATUS AND DEVELOPMENT PROSPECTS OF FUNDAMENTAL AND APPLIED MICROBIOLOGY: THE VIEWPOINT OF YOUNG SCIENTISTS" _25-26 SEPTEMBER, 2024_
5. Dovban K.I. Zelenoye udobreniye v sovremennom zemledelii: voprosw teorii i praktiki / K.I.Dovban. - Minsk: Belorus. Nauka, 2009. -404 s.
6. Bbikovskiy Yu.A. Mnogoletniye travw - luchshiy predshestvennik baxchevbix kultur // Kartofel i ovo^i. -Moskva, 2004, -№6. -S. 22.
7. Xy^aeB ffl.T. Xo.nMypagoB Э.А. YcHM^HK^apHH 3apapKyHaHga.napgaH yHryanamraH X,HMOA KH^Hm, x,aMga arpoTOKCHKonorHa acocnapH. 2014 hh^. 248-257 6.