Научная статья на тему 'URUGʻ MEVALI DARAXTLARNING KOʻCHATZORLARIDA SOʻRUVCHI VA KEMIRUVCHI ZARARKUNANDALARINING, TUR TARKIBI VA UCHRASH DARAJASI'

URUGʻ MEVALI DARAXTLARNING KOʻCHATZORLARIDA SOʻRUVCHI VA KEMIRUVCHI ZARARKUNANDALARINING, TUR TARKIBI VA UCHRASH DARAJASI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
olma bogʻi / koʻchatzor / zararkunandalar / soʻruvchi / kemiruvchi / biologiyasi / qarshi kurash choralari / kurash vositalari / entomofag.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Boboqulov Akobir Zulfitdin Oʻgʻli, Omanturdiyev Shokir Sayilboyevich, Boltayev Botir Safarovich, Xudoyqulov A’Zamjon Mirzoqulovich

Maqolada olma daraxti koʻchatzorlariga zarar yetkazuvchi zararkunandalar tur tarkibi, yetkazuvchi zarari, biologik xususiyatlari uchrash darajasi ma’lumotlar keltirilgan. Olingan natijalar asosida xulosa va takliflar berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «URUGʻ MEVALI DARAXTLARNING KOʻCHATZORLARIDA SOʻRUVCHI VA KEMIRUVCHI ZARARKUNANDALARINING, TUR TARKIBI VA UCHRASH DARAJASI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "STATUS AND DEVELOPMENT PROSPECTS OF FUNDAMENTAL AND APPLIED MICROBIOLOGY: THE VIEWPOINT OF YOUNG SCIENTISTS" _25-26 SEPTEMBER, 2024_

URUG' MEVALI DARAXTLARNING KO'CHATZORLARIDA SO'RUVCHI VA KEMIRUVCHI ZARARKUNANDALARINING, TUR TARKIBI VA UCHRASH DARAJASI

1Boboqulov Akobir Zulfitdin o'g'li, 2Omanturdiyev Shokir Sayilboyevich, 3Boltayev Botir Safarovich, 4Xudoyqulov A'zamjon Mirzoqulovich

1Magistrant 2Tayanch doktorant 3Q.x.f.n., professor 4Q.x.f.f.d., dotsent 1,2,3,4Toshkent davlat agrar universiteti https://doi.org/10.5281/zenodo.13838604

Annotatsiya. Maqolada olma daraxti ko'chatzorlariga zarar yetkazuvchi zararkunandalar tur tarkibi, yetkazuvchi zarari, biologik xususiyatlari uchrash darajasi ma'lumotlar keltirilgan. Olingan natijalar asosida xulosa va takliflar berilgan.

Kalit so'zlar: olma bog'i, ko'chatzor, zararkunandalar, so'ruvchi, kemiruvchi, biologiyasi, qarshi kurash choralari, kurash vositalari, entomofag.

Kirish. O'zbekistonning tabiiy iqlim sharoiti mevali daraxtlar va tok o'stirish uchun eng qulay hisoblanadi. Respublikada meva daraxtlardan olma, nok, behi, olcha, gilos, o'rik, shaftoli kabilar ko'plab ekiladi. Biroq bog' va tokzorlarni zararkunanda va kasalliklardan samarali himoya qilmay turib, ulardan sifatli va yuqori hosil olib bo'lmaydi. Faqat olma qurtiga qarshi kurash olib borilmasa hosilning 50 va hatto 70% ini yo'qotish mumkin. O'zbekistonning mevali bog'larida 200 dan zièd zararkunanda va 50 dan ortiq kasallik qo'zg'atuvchi zamburug'lar uchrashi qayd qilingan.

Bog' va tokzorlarda uchraydigan zararkunandalarning ayrim turlari - olma, olxo'ri va uzum mevaxo'r qurtlari, binafsharang, soxta qalqondorlar, meva o'rgimchakkanalari, nok shirinchasi, nok shira biti, akatsiya sohta qalqondori, sharq meva qurti, g'ilofli kuya yil va mavsum davomida bir necha marta avlod berib katta zarar yetkazadi [8.]. Ushbu zararkunandalari ichida mevalari daraxtlar ko'chatlariga jiddiy zarar keltiradigan zararkunandalar bular uzoqboshi qo'ng'izlar hisoblanadi.

Buzoqboshi qo'ng'izlar qattiq qanotlilar (Coleoptera), turkumiga, plastinka mo'ylovlilar (Scarabaeidae) oilasiga, buzoqboshi qo'ng'izlar (Melontha) avlodiga mansub turlardir. O'rta Osiyodagi mevazor bog'larga buzoqboshi qo'ng'izlarning uch turi; zararli buzoqboshi qo'ng'iz,uch tishli buzoqboshi qo'ng'iz va mart buzoqboshi qo'ng'izi ko'p zarar yetkazadi.

Buzoqboshi qo'ng'izlarning lichinkasi daraxtlarning ildizini kemirib quvvatdan ketkazadi, ba'zan buzilgan bog'lar, o'rniga ekilgan ekinlarga ham zarar yetkazadi. Buzoqboshi qo'ng'izlar va boshqa ildiz zararkunandalariga qarshi kurashda agrotexnik va tashkiliy-xo'jalik chora tadbirlari asosiy o'rinni egallaydi. Qo'g'izlarning uchishi va tuxum qo'yish davrida barg kemiruvchi boshqa zararkunandalardan qarshi kurashda tavsiya etiladigan preparatlardan foydalanish ham qo'ng'izlarni yo'qotishga yordam beradi.

Simqurtlar tuproqqa ekilgan urug'lar, o'sim-liklar, ko'chatlar, shuningdek yer osti mevalarini shikastlaydi. Simqurtlar bug'doy, arpa, makkajo'xori, tamaki, g'o'za, piyoz, lavlagi, kungaboqar, kartoshka, sabzavot va boshqa ekinlarga qattiq zarar yetkazishi mumkin. Ular ildiz,

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "STATUS AND DEVELOPMENT PROSPECTS OF FUNDAMENTAL AND APPLIED MICROBIOLOGY: THE VIEWPOINT OF YOUNG SCIENTISTS" _25-26 SEPTEMBER, 2024_

poya va meva ichiga kemirib kirib yo'l hosil qiladi. Poya yoki o'simlik qurib qoladi. Toshkent shahri atrofida joylashgan xo'jalik-laming ekinlari odatda chertmakchilar bilan qattiq shikastlanadi. 1967 yildan 2000 yilgacha Qibray, Zangiota va Toshkent tumani xo'jaliklarida (odatda bahor faslida) turli xil ekinlarni (karam, pomidor, baqlajon, bodring, kartosh-ka) chertmakchi simqurtlaridan himoya qilishda mualliflar ham qatnashgan. O'zbekiston sharoiti uchun har m2 yerda 2 dona simqurt mavjudligi sust zararlanish, 3-5 tasi - o'rtacha va 5 tadan ortig'i kuchli deb qabul qilingan [3;80-82 b.].

Dunyoda chertmakchi qo'ng'izlarning 500 dan ortiq turlari mavjud. Shulardan O'zbekistonda 16 turi uchraydi. Ulardan Turkiston chertmak-chisi Agriotes meticulosus Cond. va mo'ylovdor qo'ng'izsimon chertmakchi Clon cerambycinus Sem. ko'proq o'rganilgan.

Chertmakchilar dunyoda keng tarqalgan hasha-rotlardir. Masalan, Turkiston chertmakchisini O'rta Osiyodan tashqari Kavkaz orti, Eron, Afg'oniston, Mo'g'iliston va Xitoyda uchratish mumkin. Rossiyaning shimoliy tumanlarida qoramtir chertmakchi - Agriotes obscurus L., qora chertmakchi - Athous niger L., ekin chertmakchisi - Agriotes sputatar L., keng chertmakchi - Selatosomus latus F. va cho'l chertmakchisi - Agriotes gurgistanus Fald. keng tarqalgan.

Chertmakchilar tuproqqa ekilgan urug'lar, o'simliklar, ko'chatlar, shuningdek yer osti mevalarini shikastlaydi. Simqurtlar bug'doy, arpa, makkajo'xori, tamaki, g'o'za, piyoz, lavlagi, kungaboqar, kartoshka, sabzavot va boshqa ekinlarga qattiq zarar yetkazishi mumkin. Ular ildiz, poya va meva ichiga kemirib kirib yo'l hosil qiladi. Poya yoki o'simlik qurib qoladi.

Toshkent shahri atrofida joylashgan xo'jalik-larning ekinlari odatda chertmakchilar bilan qattiq shikastlanadi. 1967 yildan 2000 yilgacha Qibray, Zangiota va Toshkent tumani xo'jaliklarida (odatda bahor faslida) turli xil ekinlarni (karam, pomidor, baqlajon, bodring, kartosh-ka) chertmakchi simqurtlaridan himoya qilishda mualliflar ham qatnashgan. O'zbekiston sharoiti uchun har m2 yerda 2 dona simqurt mavjudligi sust zararlanish, 3-5 tasi - o'rtacha va 5 tadan ortig' i kuchli deb qabul qilingan.

Chertmakchi qurtlarga qarshi kurashish uchun ayniqsa og'ir mexanik tarkibga ega bo'lgan soz tuproqli yerlarga organik va mineral o'g'it solib, kuzgi shudgor o'tkazish lozim. Bunda, birinchidan chertmakchilarning tuxum va qurti ko'plab mexanik ravishda va yirtqich jujelitsalar yordamida qirilib ketsa, ikkinchidan lichinkalarning yumshoq yerda ha-rakat qilishi qiyinlashadi, uchinchidan baquvvat rivoj-langan o'simlikning zararlanishga chidamliligi oshadi.

Urug' mevali bog'larda ko'chatlar kemiruvchi zararkunandalari bilan birga so'ruvchi zararkunandalar ham sezilarli darajada zarar kelitirilishi aniqlagan. Unga ko'ra, erta bahorda olma ko'chatlarga poya va barg shiralarini so'rib zarar keltiradigan zararkunandalaridan biri olma yashil biti hisoblanadi. Olma yashil biti (Aphispomi Deg) teng qanotlilar (Homoptega) turkumiga, shira (bit) lar (Aphidae) oilasiga mansub hasharotdir.

Ushbu zararkunanda olma ekiladigan barcha hududlarda keng tarqalgan. Olmadan tashqari nok,behi,do'lana va boshqa mevali daraxtlarga ham zarar yetkazadi. Voyaga yetgan bit, uning lichinkasi daraxtlarning kurtagi, bargi, guli va yosh novdalari shirasini so'rib zarar yetkazadi. Zararlangan barg qorayib to'kilib ketadi,novdalar qing'ir-qiyshiq,mevasi qattiq,bemaza bo'lib, yaxshi rivojlanmaydi va ko'pincha olma mevasi meva biti shirasining yopishqoq axlatiga belanadi. Tabiatda shiralarning bir qancha kushundalari bo'lib, bulardan xonqizi qo'ng'izlari, oltinko'z lichinkalari va sirfid lichinkalari bitlar bilan oziqlanib, ularni kamaytirib turadi [2;282-302 b.].

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "STATUS AND DEVELOPMENT PROSPECTS OF FUNDAMENTAL AND APPLIED MICROBIOLOGY: THE VIEWPOINT OF YOUNG SCIENTISTS" _25-26 SEPTEMBER, 2024_

Qizil qon shirasi - Eriosoma lanigerum Hausm. Olma-ning ashaddiy zararkunandalaridan biri. U O'zbekistondan tashqari barcha qo'shni mamlakatlarda hamda boshqa davlatlar hududida keng tarqalgan.

Qizil qon shirasi O'rta Osiyo sharoitida turli yoshdagi lichinka va yetuk zot shakllarida olma daraxt-larining ildizlari, po'stloq osti va yo'g'on shoxlarning asosida qishlaydi. Mart-aprel oylarida uyg'onib, harakat qila boshlaydi. Daraxt tanasining nozik (ochiq) joylariga yopishib, to'da hosil qiladi. Bunday joylar oq paxta kabi qoplama bilan qoplanganday bo'lib tuyuladi.

Qizil qon shirasi mavsumda 15-16 ta bo'g'in berib rivojlanadi. Zarar-langan daraxt va novdalarda g'urralar paydo bo'lib, novda qiyshayadi va rivojlanishdan orqada qoladi. Qizil qon shirasining lichinkalari to'rt marta po'st tashlab rivoj-lanadi. Ular daraxtga yopishib olgan joyidan ko'chmay, bir joyda voyaga yetadi. May oyidan boshlab qizil qon shirasi koloniyalarida boshqa joylarga tarqash uchun qanotli zotlar paydo bo'la boshlaydi. Lekin bu zararkunanda joydan-joyga asosan ko'chatlar bilan tarqaydi. Qizil qon shirasining juda samarali tabiiy kushandasi mavjud. Bu - mayda afelinus yaydoqchisidir (Aphelinus mali Hald.). Mazkur yaydoqchining laboratoriyalarda ko'paytirilib tabiatni boyitishga qara-tilgan usullari yaratilgan va foydasi amaliy tasdiqlangan [3;282-287 b.].

Yuqoridagilardan kelib chiqib, urug' mevali daraxtlar ko'chatzorlarida kemiruvchi so'ruvchi zararkunandalarining tur tarkibi, tarqalishi va uchrash darjasini o'rganish bo'yicha tadqiqotlar olib borildi.

Tadqiqot uslublari. Tadqiqotlar Toshkent viloyati Qibray tumani ToshDAU o'quv tajriba xo'jaligida umumqabul qilingan uslublar asosida olib borildi. Tajriba dalasidagi tuproq 50x50 sm qalinlikda, 0,40 sm chuqurlikda qazilib, tuproq g'alvirlangan o'tkazildi va unda qolgan zararkunandalarning turli yoshdagi rivojlanish bosqishlari sanaldi hamda ular labaratoriyada o'rganildi [3;5-10 b., 2;35-45 b. ].

Tadqiqot natijalari. Olib borilgan tadqiqot natijalariga ko'ra, olma daraxti ko'chatzorlarda tuproq osti kemiruvchi zararkunandalar jumladan kuzgi tunlam yuqori darajada uchrashi aniqlangan bo'lsa, undov tunlami, quyruqli buzoqbosh, buzoqbosh qo'ng'izlar, simqurtlar, qora tanli qo'ng'izlar o'rtacha darajada uchrashi aniqlandi. Quyruqli buzoqbosh, buzoqbosh qo'ng'izlar olma ko'chatlarini yuqori darajada zararlashi aniqlandi.

Olma daraxtlarining ko'chatlari barglariga, tana va novdalariga so'ruvchi zararkunandalardan shiralar, saratonlar, yuqori darajada, olma qon shirasi, komstok qurti, qalqondorlar, o'rgimchakkanalar o'rtacha darajada uchrashi aniqlandi. Tadqiqotlar davomida urug' mevali bog'larning ko'chatzorlarida shiralar yuqori darajada zararlashi aniqlandi. Shuningdek saratonlar, qon biti va o'rgimchakkananing zarari o'rtacha darajada, unsimon qurtlarning zarari past darajada bo'lishi aniqlandi (Jadval-1.).

Jadval-1.

Urug' mevali daraxtlarning ko'chatzorlarida so'ruvchi va kemiruvchi zararkunandalarining

uchrash darajasi va zarari

(Toshkent viloyati Qibray tumani ToshDAU o'quv tajriba xo'jaligi 2023-2024y.y.).

№ Zararkunandalar tur tarkibi Uchrash darajasi Zarar yetkazish darajasi

Yer ostki zararkunandalari

1. Kuzgi tunlam +++ ++

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "STATUS AND DEVELOPMENT PROSPECTS OF FUNDAMENTAL AND APPLIED MICROBIOLOGY: THE VIEWPOINT OF YOUNG SCIENTISTS" 25-26 SEPTEMBER, 2024

2. Undov tunlam ++ ++

3. Sim qurtlar ++ ++

4. Quyruqli buzoqboshi ++ +++

5. Buzoqboshi qo'ng'izi ++ +++

Yer ustki zararkunandalari

1. Shiralar +++ +++

2. Saratonlar +++ ++

3. Unsimon qurtlar ++ +

4. Qon biti ++ ++

5. O'rgimchakkana ++ ++

6. Shirinchalar ++ ++

7. Qalqonqorlar ++ ++

Uchrash darajasi - (+++) ko'p, (++) o'rtacha, (+) kam.

Xulosalar. Urug'mevali bog'lar ko'chatzorlarida asosan ildiz kemiruvchi (yerosti tunlamlar, quyruqli buzoqbosh, simqurtlar, qora tanli qo'ng'izlar, buzoqboshi qo'ng'izlari), so'ruvchi zararkunandalar (shiralar, saratonlar, unsimon qurtlar, qon biti, shirinchalar, qalqondorlar, o'rgimchakkanalar) katta zarar yetkazar ekan, ularga qarshi oldini olish (yerga ishlov berish, sug'orish, o'g'itlash va boshqalar) va kimyoviy kurash choralarini olib borilishi talab etiladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI

1. Tomorqa va dala hovlilaridagi bog' va tokzorlarini zararkunanda hamda kasalliklardan himoya qilish. Nabiyev.U.Y. 2009 yil. 9-11 b.

2. Поляков И.Я. Прогноз развития вредителей и болезней сельскохозяйственных культур (с практикумом). 1984 г. С. 35-45.

3. Xo'jayev Sh.T. O'simliklarni zararkunandalardan uyg'unlashgan himoya qilish, hamda agrotoksikologiya asoslari Toshkent. 2014. 282-302 b.

4. Xo'jayev Sh.T. Insektisid, akarisid va biologik faol moddalar va fungisidlarni sinash bo'yicha uslubiy kursatma. Toshkent-2004. 5-10 betlar.

5. O'zbekiston Respublikasi qishloq xo'jaligida o'simlik zararkunandalari, kasalliklariga va begona o'tlarga qarshi foydalanish uchun ruxsat etilgan kimyoviy va biologik himoya vositalar, defoliantlar hamda o'simliklarning o'sishini boshqaruvchi vositalar ro'yxati. (O'zbekiston Respublikalasi kimyolashtirish va o'simliklarni himoya qilish vositalari Davlat komissiyasi). Toshkent. 2016.384 b.

6. Sulaymonov. B., Boltayev B.S. Abdualimov Sh.X. Bog', tokzor va dala ekinlarining zararkunanda, kasalliklari hamda ularga qarshi kurash choralari usullari. 2018-yil. 5-9 betlar. Navruz nashriyoti.

7. Sulaymonov B.A., Kimsanboyev X.X., Esanbayev.Sh. Mevali bog' zararkunandalari va ularga qarshi biologik usulni qo'llash usullari.T.2015 y. 71-74 betlar. "Extremum-Press" MCHJ nashiryoti.

8. Po'latov.O.A., Xurasanov X.J. Mevali bog'larni asosiy zararkunandalari. T,2015 y. Agroilm.12-15-betlar.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "STATUS AND DEVELOPMENT PROSPECTS OF FUNDAMENTAL AND APPLIED MICROBIOLOGY: THE VIEWPOINT OF YOUNG SCIENTISTS" 25-26 SEPTEMBER, 2024

9. Sulaymonov B.A, Kimsanbayev X.X., Anorbayev A.R., Boltayev B.S., Ortiqov.U.D., Xamroyev B.S O'simliklarni kimyoviy himoya qilish. T-2020.

10. https://agro-olam.uz.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.