Научная статья на тему 'BUGUNGI KUNDA TA`LIM SAMARADORLIGINI OSHIRISHDA MEDIATA`LIMNING AHAMIYATI'

BUGUNGI KUNDA TA`LIM SAMARADORLIGINI OSHIRISHDA MEDIATA`LIMNING AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
multimedia / texnologiya / jarayon / axborot oqimi / takomillashtirish / o`zgarishlar / ma`lumot. / мультимедиа / технология / процесс / информационный поток / улучшение / изменения / информация.

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Umida Ismadiyarova

Ushbu maqolada Bugungi kunda multimedia texnologiyalari — ta'lim jarayonini axborotlashtirishning istiqbolli yo'nalishlaridan biri ekanligi, Ta'lim jarayoniga zamonaviy axborot texnologiyalarining joriy etilishi dasturiy va metodik ta'minotni takomillashtirish haqida so`z boradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

В данной статье говорится о том, что сегодня мультимедийные технологии являются одним из перспективных направлений информатизации образовательного процесса, внедрения современных информационных технологий в учебный процесс и совершенствования программного и методического обеспечения.

Текст научной работы на тему «BUGUNGI KUNDA TA`LIM SAMARADORLIGINI OSHIRISHDA MEDIATA`LIMNING AHAMIYATI»

O'zbekiston Milliy Universiteti O'zbekistonda mediata'lim:muammolar, yechimlar va istiqbollar

^ationalUniversity^fUzbekista^^^^^^^^^MediaeiHi

BUGUNGI KUNDA TA LIM SAMARADORLIGINI OSHIRISHDA MEDIATALIMNING AHAMIYATI

Umida Ismadiyarova

Pedagogika va umumiy psixologiya kafedrasi o'qituvchisi

ANNOTATSIYA:

Ushbu maqolada Bugungi kunda multimedia texnologiyalari — ta'lim jarayonini axborotlashtirishning istiqbolli yo'nalishlaridan biri ekanligi, Ta'lim jarayoniga zamonaviy axborot texnologiyalarining joriy etilishi dasturiy va metodik ta'minotni takomillashtirish haqida so'z boradi.

Kalit so'zlar: multimedia, texnologiya, jarayon, axborot oqimi, takomillashtirish, o'zgarishlar, malumot.

АННОТАЦИЯ:

В данной статье говорится о том, что сегодня мультимедийные технологии являются одним из перспективных направлений информатизации образовательного процесса, внедрения современных информационных технологий в учебный процесс и совершенствования программного и методического обеспечения.

Ключевые слова: мультимедиа, технология, процесс, информационный поток, улучшение, изменения, информация.

ANNOTATION:

This article talks about the fact that today multimedia technologies are one of the promising directions of informatization of the educational process, the introduction of modern information technologies into the educational process and the improvement of software and methodical support.

Keywords: multimedia, technology, process, information flow, improvement, changes, information.

Shiddat bilan o'zgarib borayotgan hozirgi davrda axborot oqimini ko'p ekanligi undan o'zimizga foydali va kerakligini ajrata olish ham hozirda muhim va dolzarb muammoga aylanmoqda desak ham bo'ladi.

Bunday vaziyatlarda o'quvchi yoshlarni ham ongini zaharlamaydigan yengil yelpi axborot oqimlaridan himoya qilish vazifasi ham barchamizning burchimizga aylanib ulgurdi. Turli vositalarda, tarmoqlarda kelayotgan axborotning rost yoki yolg'on foydali yoki befoyda ekanligini bilish uchun esa barchamiz fikrlashimiz

May 2024

31

O'zbekiston Milliy Universiteti O'zbekistonda mediata'lim:muammolar, yechimlar va istiqbollar

^ationalUniversity^fUzbekista^^^^^^^^^Mediaeiui

ishonchli va ishonchsiz manbalarni ajrata olishimiz juda muhimdir. Ma'lumotlarning ko'pligi sinflarda darslarning qiziqarli va mazmunli o'tishiga ham sabab bo'layotganligini ham aytib o'tish muhim. Respublikamizda ta'lim tizimi tubdan isloh qilinib, uzluksiz ta'lim, jumladan, oliy va o'rta maxsus ta'lim tizimida katta o'zgarishlar amalga oshirildi. Xususan, bu borada pedagogika oliy ta'lim muassasalari talabalarining mediakompetentligini rivojlantirish samaradorligiga erishish katta ahamiyat kasb etadi. Multimedia vositalari yordamida shaxsga yo'naltirilgan ta'limni amalga oshirish jarayoni zamonaviy, ko'ptarmoqli, predmetga yo'naltirilgan multimediali o'quv vositalarini ishlab chiqishni va foydalanishni talab etadi. Ular tarkibiga keng ma'lumotlar bazasi, ta'lim yo'nalishi bo'yicha bilimlar bazasi, sun'iy intellekt tizimlari, ekspert-o'rgatuvchi tizimlar, o'rganilayotgan jarayon va hodisalarning matematik modelini yaratish imkoniyati bo'lgan laboratoriya amaliyotlari kiradi.

Multimedia tushunchasi — turli shakldagi axborotlarni qayta ishlovchi vositalar majmuasini anglatadi. Multimedia texnologiyalari — bu turli shakldagi axborotlarni qayta ishlovchi vositalar majmuasidir. Multimedia texnologiyalariga avvalo, tovushlar, video-elementlarni qayta ishlovchi vositalar kiradi. Bundan tashqari, multiplikatsiya (animatsiya) va yuqori sifatli grafika ham multimedia texnologiyalari qatoriga kiradi. Ehtimol, kelajakda multimedia vositalari ma'lumotning boshqa turlari, masalan, virtual voqelik bilan ishlash imkonini berishi ham mumkin.

MULTIMEDIA VOSITALARINI TA'LIMDA QO'LLASH QUYIDAGILARGA IMKONIYAT YARATADI:

• ta'limning gumanizasiyalashuvini ta'minlash;

• o'quv jarayonining samaradorligini oshirish;

• ta'lim oluvchining shaxsiy fazilatlarini rivojlantirish (o'zlashtirganlik, bilimga chanqoqlik, mustaqil ta'lim olish, o'zini o'zi tarbiyalash, o'zini o'zi kamol toptirishga qaratilgan qobiliyatlilik, ijodiy qobiliyatlari, olgan bilimlarini amaliyotga qo'llay olishi, o'rganishga bo'gan qiziqishi, mehnatga bo'lgan munosabati);

• ta'lim oluvchining kommunikativ va ijtimoiy qobiliyatlarini rivojlantirish;

• Multimedia vositalari ta'lim berishning samarali va istiqbolli quroli (instrumentlari) bo'lib, u o'qituvchiga an'anaviy ma'lumotlar manbaidan ko'ra keng ko'lamdagi ma'lumotlar massivini taqdim etish;

• ko'rgazmali va uyg'unlashgan holda nafaqat matn, grafiklar, sxemalar, balki ovoz, animasiyalar, video va boshqalardan foydalanish;

• axborot turlarini ta'lim oluvchilarning qabul qilish (idrok etish) darajasi va mantiqiy o'rganishiga mos ravishda ketma-ketlikda tanlab olish imkoniyatini yaratadi.

May 2024

32

O'zbekiston Milliy Universiteti O'zbekistonda mediata'lim:muammolar, yechimlar va istiqbollar

^ationalUmversity^fUzbekistan^^^^^^^^^M^

Bugungi kunda multimedia texnologiyalari — ta'lim jarayonini axborotlashtirishning istiqbolli yo'nalishlaridan biridir. Ta'lim jarayoniga multimedia texnologiyalarini joriy etish talabalar va o'quvchilarni intellektual rivojlantirish hamda jamiyatimizni ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiy ettirishning muhim shartidir. Shu sababli ham bugungi kun o'qituvchisi tinimsiz o'z ustida ishlashi, keng ijodiy tafakkurga ega, ilg'or pedagogik va multimedia texnologiyalarini samarali qo'llay oladigan shaxs sifatida o'z kasbiy-mutaxassisligi uchun zarur fazilatlar egasi bo'lishi davr talabidir. Ta'lim jarayoniga zamonaviy axborot texnologiyalarining joriy etilishi dasturiy va metodik ta'minotni takomillashtirish, moddiy baza, shuningdek, o'qituvchi mutaxassislar malakasini oshirishni talab etadi. Multimedia vositalari pedagog-kadrlarining malakasini va mahoratini yanada oshirishlarida ham muhim ahamiyatga molikdir. Bugungi kunda media, ya'ni ommaviy axborot vositalari, kino, teatr, san'atning turlari, madaniyat sarchashmalari, internet orqali uzatilayotgan har qanday ma'lumot insonongiga o'zining ma'lum bir ta'sirini o'tkazib, uning dunyoqarashini o'zgartirishga sabab bo'lmoqda. Yuqorida tilga olingan tushunchalarning qo'llanilishi va bugungi kunda media ta'lim, media savodxonlik, media tanqid va mediani o'rganishga bo'lgan intilishning asosiy maqsadi ham axborotning yaratilishi, uningtarqalish jarayonini tushunib yetish, tijorat, siyosiy, iqtisodiy, ma'naviy va madaniy maqsadlarda tarqatilayotgan axborotning mohiyatini anglagan holda uni baholay olishdir. Ayni paytda media ta'lim asoslarini har bir ta'lim muassasasiga o'quv dasturiga kiritish, o'quvchila yoshlarga maktablarda ta'lim jarayonida uning asoslarini interaktiv, turli o'yinlar shaklida tushuntirish, o'sib kelayotgan avlod tomonidan shiddatli axborot oqimida zarurini tanlash va unga tanqidiy yondoshgan holda baholay olish imkonini beradi. Bu esa o'z navbatida yoshlarning kelajakdagi fuqarolik pozitsiyasini yanada mustahkamlanishiga, jahonda yuz berayotgan voqea-hodisalarni xolis baholab, to'g'ri qaror qabul qila olishiga asos bo'lib xizmat qiladi.

REFERENCES:

1. Asfandiyorovich F. M. TA'LIM SOHASIDA MEDIA VOSITALARIDAN FOYDALANISHNING PSIXOLOGIK-PEDAGOGIK JIHATLARI //INTEGRATION OF SCIENCE, EDUCATION AND PRACTICE. SCIENTIFIC-METHODICAL JOURNAL. - 2021. - Т. 2. - №. 5. - С. 50-62.

2. Бабашев, Ф. А. (2018). Технология интеллект-карты в профессиональной компетентности будущих учителей. Актуальные проблемы гуманитарных и естественных наук, (7), 99-101.

3. Бабашев, Ф. А. МЕДИАОБРАЗОВАНИЕ-НЕОТЪЕМЛЕМАЯ ЧАСТЬ НЕПРЕРЫВНОГО ОБРАЗОВАНИЯ. Му- аллим rej м зликсиз билимлендири3, 63.

May 2024

33

O'zbekiston Milliy Universiteti O'zbekistonda mediata'lim:muammolar, yechimlar va istiqbollar National University of Uzbekistan_Media education in Uzbekistan: problems, solutions and prospects

4. Isoqovich O. F., Qizi I. M. F., O'g'Li F. S. B. MEDIA TA'LIM //Yosh Tadqiqotchi Jurnali. - 2022. - T. 1. - №. 8. - C. 22-28.

5. Maqsudov U. B. Q., Eraliyev Y. L., Qosimova G. TA'LIMDA MULTIMEDIALI VOSITALARDAN FOYDALANISHNING PEDAGOGIK XUSUSIYATLARI //Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences. - 2022. -T. 2. - №. 11. - C. 973-980.

34

May 2024

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.