O'zbekiston Milliy Universiteti O'zbekistonda mediata'lim:muammolar, yechimlar va istiqbollar
NatjonalUniver^^
TALABA -YOSHLAR MADANIYATINI SHAKLLANTIRISHDA OMMAVIY
AXBOROT VОSITALARINI ORNI
E. Y. Ro'zimatov
O'zMU Ijtimoiy fanlaг fakulteti "Pedagogika va umumiy psixologiya" kafedгasini katta o'qituvchisi
ANNOTATSIYA:
Kishilik jamiyati paydo bo'lgandan beri inson axboгot olish, taгqatish va undan foydalanishga ehtiyoj sezib keladi. Albatta, qadimda bu jarayon juda sodda ko'rinishga ega edi. Dunyo taraqqiy etgan saгi u murakkablashib, axboгotning jamiyatdagi o'mi yanada oshdi. Ayni paytda mutaxassislaг haг qanday davlatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasi bilan biïga mudofaa qudгati ham axborat tizimi va texnologiyalaгiga bog'liqligini takidlashmoqda. Shu o'rinda jamiyat hayotining turii sohalaгini kompyuteгlashtiгish, elektгon komшunikatsiyalaг, elektran ko'rinishdagi malumot^ bazasi, zamonaviy axborat texnologiyalaridan foydalanish ijobiy natijalaг bilan Ыг qatoгda, axboгot tiziшlaгiga buzgunchilik maqsadida tasiï etishni kozda tutuvchi yangi "axborat quroli"ning tasiri kuchayishiga olib kelayotganini aytib o4ish joiz. Bu esa oz navbatida, mamlakatimizning axboгot гesuгslaгi va telekommunikatsiya taimoqlarini noqonuniy maqsadlaгda ishlatishga qaгshi himoya cho^anm ko'rish va ulaming benuqson faoliyatini taminlashga davat etmoqda.
Kalit so'zlar: talaba, оmmaviy aхbогоt vоsitalari, axboгot, internet, yoshlaг, jamiyat.
АННОТАЦИЯ:
c самого зарождения человеческого общества люди ощущали потребность получать, распространять и использовать информацию. Конечно, в древности этот процесс выглядел очень просто. По мере развития мира он становился все более сложным, а роль информации в обществе возрастала. На данный момент эксперты подчеркивают, что уровень социально-экономического развития любой страны, как и оборонная мощь, зависит от информационной системы и технологий. Помимо положительных результатов компьютеризации различных сфер жизни общества, электронных коммуникаций, электронных баз данных, использования современных информационных технологий, появилось новое «информационное оружие», целью которого является воздействие на информационные системы с целью разрушения. приводит к усилению эффекта Это, в свою очередь, побуждает нас принимать защитные меры от
May 2024
434
O'zbekiston Milliy Universiteti O'zbekistonda mediata'lim:muammolar, yechimlar va istiqbollar
^ationalUniversity^fUzbekista^^^^^^^^^MediaeiHi
использования информационных ресурсов и телекоммуникационных сетей нашей страны в незаконных целях и обеспечивать их безупречную работу.
Ключевые слова: студент, средства массовой информации, информация, Интернет, молодежь, общество
ANNOTATION
since the beginning of human society, people have felt the need to receive, distribute and use information. Of course, in ancient times, this process looked very simple. As the world developed, it became more complex, and the role of information in society increased. At the moment, experts emphasize that the level of socioeconomic development of any country, as well as the defense power, depends on the information system and technologies. In addition to the positive results of computerization of various spheres of society, electronic communications, electronic databases, the use of modern information technologies, a new "informational weapon" that aims to influence information systems with the purpose of destruction It is worth mentioning that it leads to an increase in the effect of This, in turn, encourages us to take protective measures against the use of information resources and telecommunication networks of our country for illegal purposes and to ensure their flawless operation.
Keywords: student, mass media, information, Internet, youth, society.
2016-yilning 14 dekabr kuni bo'lib o'tgan Oliy Majlis palatalarining qo'shma majlisida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev "Axborotkommunikatsiya texnologiyalari sohasi qanchalik rivoj topgani sari, uning afzalligi va qulayliklaridan foydalanish bilan bir qatorda, butun mamlakatimizda axborot xavfsizligini ta'minlash eng dolzarb masalaga aylanib bormoqda." deb ta'kidlab o'tgandi
Axborot oqimi oz mohiyatiga ko'ra malum bir maqsadga yo'naltirilgan bo'ladi. Uning qanchalik yoshlarimizga tasir qilishi uning oldiga qo'yilgan maqsad sari puxta yo'naltirilganligiga bog'liq. Tabiiyki, axborot oqimining salbiy tasiri esa ularda shakllangan mafkuraviy himoya tizimining mukammalligi omiliga bog'liq[1].
Malakali muta^assislar tayyorlashning eng muhim talabi, bu ularni aхbоrоtlar bilan ishlash ko'nikmalarining shakllantirish bilan bоg,liq. Aхbоrоtlarni qabul qilish talim muassasalarida o'qitilayotgan fanlardan, tarmоg,i va оmmaviy aхbоrоt
vоsitalari ощвК o zlashtirishlari mumkin. SHuning uchun ham bu kanallardan kеlayotgan aхbоrоtni yoshlarni talim-tarbiyasiga tasirini chuqurrоq o'rganish muhim sanaladi. Hozirgi kunda ommaviy axborot vositalarining axborot xuruji kuchayib, manipulyatsion jarayonlarning keng yoyilishiga sabab bo'lmoqda. Bu kabi
May 2024
435
O'zbekiston Milliy Universiteti O'zbekistonda mediata'lim:muammolar, yechimlar va istiqbollar
tahdidlardan oz vaqtida ogoh bolib, unga qarshi maxsus immunitetni hosil qilish — davr talabi. Bugungi kunda dunyoda sodir bo'layotgan urush-talofat, buzg'unchilik, inqilobiy harakatlar va terrorchilikka axborot xuruji katta tasir korsatmoqda. Chunki axborot tom manoda yangi asrning eng qimmat materialiga aylanmoqda. OAVning axborot yetkazish imkoniyati va kuchidan g'arazli niyatda foydalanuvchi egoistlar, buzgunchi kuchlar axborotini oz manfaatlariga xizmat qildirishga urinmoqda. Yani bazi bir materiallar ularning vayronkor mafkurasi bilan yo'g'rilmoqda. Bilamizki, globallashuv jarayonida arzimas, ahamiyati katta bolmagan bir xabar ham bazan katta tarixiy voqea va global hodisaga sabab bolishi mumkin.
Demak, insonning axborot sohasidagi xavfsizligini taminlash uchun fuqarolarning axborot madaniyatini yuksaltirish, yani ularga axborotni saralash va undan ongli foydalanish konikmalarini shakllantirish zarur. Axborotni tanlash va undan unumli, to'gri foydalanish esa insonning ong darajasi bilan bogliq. Ong darajasi bilim darajasiga, bilim darajasi esa oz navbatida bilishga, yani reallik va borlliqdagi voqea-hodisalar mazmun-mohiyati bilan vobastadir. Ko'r-ko'rona yoki atayin qorani oqqa bo'yab ko'rsatish mavjud holatni maqsadli o'zgartirishga olib keladi[3].
Axborot maydonida ham oz shaxsiy manfaatlarini kozlab, axborotni noxolis, noaniq yetkazilish axborot xurujining debochasi, desak, xato bolmaydi. Shuning uchun birinchi navbatda, axborot yetkazuvchi shaxs xolislik, aniqlik va tezkorlikka tayanishi, axborot oluvchi esa uni mutlaqlashtirmasdan, oz shuuri darajasida tahlil qilishi, so'ng qabul qilishi, ishonch bildirishi darkor. Agar biz axborot olish madaniyatini shakllantirsak, milliy g'oyamiz va manaviy merosimizga tayanib faoliyat olib borsak, axborot xurujiga qarshi immunitetni kuchaytirgan bolamiz.
Ayni paytda ZiyoNET axborot tarmog'i yoshlarning talim, ilm-fan, madaniyat va marifat sohalariga oid keng qamrovli yangiliklardan boxabar bolishi, dolzarb axborotlardan samarali foydalanishida keng imkoniyatlar yaratmoqda.
Barkamol avlodni tarbiyalashda ommaviy axborot vositalari va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanish, yoshlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, intilishlarini qo'llab-quvvatlash, ularni manaviy va jismoniy kamol toptirish, Vatanga muhabbat, istiqlol g'oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash, turli yot g'oyalar va past saviyali "ommaviy madaniyat" tasiridan asrashga keng imkoniyatlar yaratmoqda.
Jamiyatning ma'naviy hayotini boshqarish oldiga qo'yilgan maqsad esa ilm-ma'rifatni, madaniyatni, har tomonlama kamol topgan yuksak intellektual, yuksak darajadagi pok va axloqli kishini tarbiyalab yetishtirishdan iboratdir.
Har qanday nisbatan katta miqyosdagi bevosita ijtimoiy yoki birgalikda qilinadigan mehnat-idora qiluvchiga ma'lum darajada muxtojdir. Bu idora qiluvchi
May 2024
436
O'zbekiston Milliy Universiteti O'zbekistonda mediata'lim:muammolar, yechimlar va istiqbollar
^ationalUniversity^fUzbekista^^^^^^^^^MediaeiUi
indivudual ishlarni bir-biriga muvofiqlashtiradi va ishlab chiqarish organizmining mustaqil organlari harakatidan farq qilib, butun organizm harakatidan kelib chikadigan umumiy funksiyalarni bajaradi. Yakka skripkachi o'zini-o'zi idora qiladi. Lekin, orkestr esa -dirijyorga muhtojdir. Demak, to'g'ri boshqaruvning muhim sharti - boshqaruvchi-rahbarning bo'lishidir.
Ijtimoiy-siyosiy hayotni boshqarish oldiga qo'yilgan maqsad ijtimoiy tafovutlarni bartaraf etish, jamiyatning ijtimoiy o'z-o'zini idora qilishga aylantirishdir.
Biz yashayotgan jamiyat muvaffaqiyat bilan rivojlanish uchun yuksak intellektual potensialga ega bo'lishi kerak. Ijtimoiy tarbiyani, ilm va ma'rifat berishni, aholiga maishiy-madaniy xizmat ko'rsatishni ilmiy asosda boshqarish zarurati ana shundan kelib chiqadi. Eng yangi ilmiy texnika inqilobi asrida ma'naviy ishlab chiqarishning fan kabi sohasini boshqarish g'oyat katta ahamiyat kasb etadi.
Yosh avlodning tarbiyasi bilan yetarlicha shug'ullanmagan mamlakat turg'unlik va inqirozga mahkumdir. Negaki, jamiyatda ham moddiy va ma'naviy boyliklar ishlab chiqarish to'xtovsiz ravishda yuksalib borishi lozim
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, zamon talablariga javob beradigan mutaxassislar tayyorlashimiz uchun biz talim jarayonida axborot va ilg'or pedagogik texnologiyalardan foydalanishning mustahkam o'zlashtirilishiga erishmog'imiz davr talabidir. Yoshlar bizning kelajagimiz. Ularni axborot madaniyatini shaklantirish orqali maqsadimizga erishamiz.
REFERENCES:
1. O'zb. Res. Prezidenti Sh.Mirziyoyevning 2016-yil 14-dekabrdagi Oliy Majlis palatalarining qo'shma majlisiga qilgan murojati.
2. Axborot xvsizligi S.K. Ganiyev, M.M. Karimov, K.A. Tashev
3. Axborot xavfsizligi asoslari Karimov I.M., Turgunov N. A.
4. O'zbekiston Respublikasi 2022-yil 15-fevraldagi Kiberxavfsizlik to'g'risidagi yangi qonun.
5 .http: //www.connect.uz/
437
May 2024