Research BIB / Index Copernicus
BUGUNGI KUN MATBUOTIDA TASVIR FUNKSIYASI
Madolimov Hasanboy Shuhratovich
NamDU o'qituvchisi
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada muallif jurnalistikaning tasvir (informatsion) funksiyasi xususida to'xtalgan. Tasvir funksiyasining bugungi matbuotdagi o'rni, OAVning informatsiya berishdagi zamonaviy usullardan foydalanishi borasida so 'z yuritib, ularni misollar bilan yoritib bergan.
Kalit so'zlar: informatsiya, soha, gazeta, jurnal, umumsiyosiy, ixtisoslashgan, tarmoq, krossmedial, rukn, sarlavha.
This article talks about the informational function of journalism. It is known from the history of journalism and its theory that the emergence of the press is related to the needs and interests of people in social information - to know the events and news happening in life. Therefore, collecting and distributing information is the main factor and means of informing the public about events and events that are happening in life.
Keywords: information, field, newspaper, magazine, general political, specialized, network, crossmedia, rubric, title.
Jurnalistika tarixi va uning nazariyasi fanidan ma'lumki, matbuotning paydo bo'lishi kishilarning ijtimoiy informatsiyaga - hayotda yuz berayotgan voqea-hodisa va yangiliklarni bilib turishga bo'lgan ehtiyojlari va qiziqishlari bilan bog'liqdir. Shunday ekan, informatsiya yig'ish va tarqatish, hayotda sodir bo'layotgan voqea va hodisalardan ommani xabardor qilishning asosiy omili, vositasi hisoblanadi. B.Do'stqorayev o'zining "O'zbekiston jurnalistikasi tarixi" deb nomlanuvchi darsligida matbuotning tasvir funktsiyasi masalasiga to'xtalib, bu ijtimoiy yumush mamlakatimizda vujudga kelgan ilk matbuot nashri bo'lmish "Turkiston viloyatining gazeti"da ham mavjud bo'lganligini ta'kidlab, mazkur nashr matbuotning bu funktsiyasi xususida: "...gazetalar har xil viloyat va xalqlar xususida xabarlar beradur. Bu xabarlarni gazet o'qug'uvchilar tez vaqtda oladurlar" deb yozganligini bayon etadi.1
1 ^ycT^opaeB E. "Y36eKHCTOH ^ypHa^HcruRacH Tapuxu. (1-RHCM. 1870-1917 HH^ Hoa6pb)" ,3,apc^HR. Fa$yp Fy^OM HOMHgarH HampuëT-MaT6aa h^o^hh ynu. TomReHT, 2009. 83-6eT
ABSTRACT
KIRISH
Research BIB / Index Copernicus
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR
"Jumalistika jamiyat hayotining barcha sohalarida birdek ishtirok etadi. Shu bois, uning ijtimoiy institut sifatidagi rolini ham jamiyatdagi iqtisodiy, siyosiy, ma 'naviy-ma'rifiy va g'oyaviy, ijtimoiy jarayonlardan ayricha tasavvur etib bo'lmaydi.
Agar boshqa ayrim yo'nalishlarda jurnalistikaning axborot berish vazifasi birinchi o'ringa qo'yilmasa, ijtimoiy sohada axborot vositasi sifatidagi roli asosiy o'rin tutadi. Bundan ko'rinadiki, matbuotning axborot-kommunikatsiya roli jamiyat a'zolari tomonidan o'z o'rni va vazifalarini anglanishiga, ijtimoiy tizimning barcha elementlari kelishuvi va barqarorligi hamda o'zaro munosabatlariga yordam beradi (S.G.Korkonosenko. "Osnovi jurnalistiki", Moskva-2002, 166-bet)"2
Demak, matbuotning birinchi navbatdagi bajaradigan ijtimoiy yumushi, bosh vazifasi, asosiy funktsiyasi tasvir - xabardor etishlikdan iboratdir. Buni matbuotning ilk nashrlaridan to hozirgi kunimizgacha bo'lgan amaliy faoliyati to'la isbotlab turadi. Jurnalistikaning mazkur funktsiyasi turli davrlarda turlicha xususiyatlarga ega bo 'lib, zamon va davr talabi bilan goh kengayib, goh cheklanib keldi. Faqat ozod va mustaqil davlatda faoliyat olib boradigan demokratik matbuotdagina jurnalistikaning boshqa funktsiyalari qatorida uning tasvir funktsiyasi ham to'la ish ko'radi.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Jahon matbuoti ommaga tinchlik, taraqqiyparvarlik kabi ilg'or g'oyalarni tarqatishi bilan bir qatorda jahon informatsiya maydonida ayrim teskaricha fikrlar, informatsion xurujlar ham paydo bo'lib qolmoqda. Bu esa jurnalistikaning mazkur funktsiyasining turli g'oyalarga xizmat qilishini ko'rsatib turibdi. "Jurnalistikaning funktsional tizimi o'ziga xosligini muayyan jamiyat doirasida mas'uliyat va ma'lum xizmatlarni taqdim etish orqali oladi. Bugungi plyuralistik jamiyatlarda ular, avvalambor, ijtimoiy jihatdan dahldor reallik modellari bilan bog'liq bo'lgan yangiliklar qiymati va haqiqatdan tashkil topgan media kommunikatsiyasi uchun mavzularni taqdim etishdan iborat. Ushbu mavzulashtirish "haqiqat" tasviri sifatida emas, balki tizimning ishlash operatsiyasiga muvofiq amalga oshiriladi."3
Bugungi kunda O'zbekistonda ko'plab ommaviy axborot vositalari ish olib bormoqda. Mazkur ommaviy axborot vositalari o'z faoliyatlarida jurnalistikaning barcha funktsiyalari qatorida uning tasvir - xabardor etishlik funktsiyasidan keng foydalanib kelmoqdalar. Gazetalar har kuni, radio va televidenie esa har soatda, informatsion agentliklar har bir daqiqada va internet har bir soniyalarda kishilarga
2 Косимова Н., Тошпулатова Н., Шофайзиева Н., Муратова Н. Босма ОАВ тадририятлари учун укув кулланма, Тошкент 2008, 6-бет
3 Weischenberg S., Kriener M. Journalistik. Band 3: Quiz und Forum (Fragen/Antwonen, Diskussion, Evaluation) -Opladen: Westdeutscher Verlag GmbH, 1998, 15-бет
Research BIB / Index Copernicus
hayotning turli jabhalari, dunyoning turli mamlakatlaridan turli xabarlar, yangiliklarni yetkazib bermoqdalar. Matbuotning mazkur funktsiyasini keng yo'lga qo'yish, informatsiya yig'ish va tarqatishni yanada takomillashtirish bo'yicha qator yangi qonunlar qabul qilindi. Chunki ,jurnalistning vazifasi axborot olib, aholini bundan xabardor etish. Shu asosga ko'ra, jurnalistlar informatsiya olishda faqat umuman mumkin bo'lgan manbalar bilan chegaralanib qolmaydi, balki bunda alohida huquqlarga ham ega bo'lishadi. Bular asosida ular ijtimoiy vazifasini bajarish muhitida bo'ladilar".4 Shunday ekan, O'zbekiston respublikasining 1997 yil 24 aprelda qabul qilingan "Jurnalistik faoliyatni himoya qilish to'g'risida", 2002 yilning 12 dekabrida qabul qilingan "Axborot erkinligi printsiplari va kafolatlari to'g'risida", 2007 yilning 15 yanvarida qabul qilingan "Ommaviy axborot vositalari to'g'risida" kabi qonunlar matbuotimiz va ommaviy axborot vositalari ishini yaxshi yo 'lga qo'yishda, ya'ni tasvir funktsiyasini to'la amalga oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Zero, "avval ta'kidlanganidek, jurnalistikaning informatsion funktsiyasi umuman ommaviy axborot vositalarining demokratik vazifasi hisoblanadi. "Erkin axborot oqimi" erkin demokratik jamiyatning sifat belgisidir" 5
Sodir bo'lgan voqea-hodisalar, ularning rivojidagi o'zgarishlar to'g'risidagi informatsiyalarni operativ tarzda retsipientga o'z vaqtida xolis va sof holda yetkazish, albatta, jurnalistikaning vazifasi hisoblanadi. Informatsiyalarni bir tomonlama, kimningdir manfaati yo'lida noxolislik tomon og'ishib tarqatish shu ommaviy axborot vositasining obro'siga putur yetkazishi tabiiy. Bunga voqea-hodisani to'la o'rganmaslik yoki ta'magirlik zamin yaratadi. Holatni mufassal o'rganish o'rniga distantsion ma'lumotlar yig'ish orqali ma'lum material tayyorlash bo'lib o'tgan voqea, voqea jarayoni borasida noto'g'ri tasavvur hosil qiladi. Ta'magirlik yo'li bilan informatsiya tarqatish, ya'ni hokimiyatni qo'lga olganlarga yoqish uchun berilgan axborotlar auditoriya uchun shunchaki harflar, tovushlar va tasvirlar yig 'indisi hisoblanadi.
Har bir OAV informatsiyalarni ommaga tezkorlik bilan yetkazishga urinadi. Lekin bugungi kun uchun dolzarb bo'lgan mavzular ma'lum bir vaqt davomida o'z ahamiyatini yo'qotmaydi. Biron gazeta boshqa bir gazeta bergan informatsiyani abonentlariga o'z talqinida yetkazishi mumkin. Masalan, 19 dekabr kuni «Tashkent city» xalqaro ishbilarmonlik markazi hududida xalqaro hamjamiyatning korruptsiyaga qarshi kurashish borasidagi sa'y-harakatlarini ifodalovchi
4 Altendorfer O., Hilmer L. (Hrsg.), Medienmanagement - Band 1: Methodik - Journalistik und Publizistik -Medienrecht, (Kurt-Ulrich Mayer), VS Verlag für Sozialwissenschaften | GWV Fachverlage GmbH, Wiesbaden 2009, 298-6eT
5 Lorenz D. Journalismus, 2., aktualisierte und erweiterte Auflage. - Stuttgart, Weimar: Verlag J.B. Metzler, SpringerVerlag GmbH Deutschland, 2009. - 97-6eT
Research BIB / Index Copernicus
monumentning ochilish marosimi bo'lib o'tgani to'g'risida "Xalq so'zi" va "Ishonch" gazetalarida axborot berilgan. Bu ma'lumot "Xalq so'zi" gazetasining 2023 yil 20 dekabridagi6 sonida berilgan bo'lsa, "Ishonch" gazetasining 2023 yil 21 dekabrdagi7 sonida e'lon qilingan. Bo'lib o'tgan voqeani "Xalq so'zi" gazetasi hisobot shaklida bergan bo'lsa, "Ishonch" gazetasida xabar tarzida yetkazilgan. Garchi "Ishonch" gazetasi ikki kun kechikib xabar yetkazayotgan bo'lsa-da, muhim ahamiyatga ega bo'lgan bu voqeadan o'z mushtariylarini boxabar qilishni lozim deb bilishgan va qisqa xabarda buni ifodalab o'tishgan. Bundan kelib chiqadiki, informatsiyalarning o'z yangiligini saqlab qolishi uning ahamiyati hamda OAVning voqea-hodisaga qay jihatdan yondashuviga ham bog'liq.
Ma'lumki, gazetalar ijtimoiy hayotni yoritish nuqtai nazaridan turli xillarga bo'linadi. Bular umumsiyosiy, ixtisoslashgan va tarmoq gazetalari bo'lib, har bir tur o'zida jamiyat hayotining u yoki bu qatlamlarini aks ettirishi bilan ajralib turadi. Umumsiyosiy gazetalar jamiyat hayotining bosh masalalarini yoritadi hamda ko'pchilik uchun mo'ljallab chiqariladi. Umumsiyosiy gazetalar odatda davlat, hukumat, partiyalar, shuningdek, jamiyatda muhim o'rin tutuvchi jamoat tashkilotlari tomonidan chiqariladi. Bunday gazetalar tipiga "Xalq so'zi"ni misol tariqasida keltirish mumkin.
Ixtisoslashgan gazetalar esa jamiyat hayotining katta bir sohasini yoritish uchun maxsus chiqariladi. Bunday gazetalar odatda markaziy hukumat tomonidan yoki ma'lum bir sohani boshqaruvchi idora tomonidan chiqariladi. Ixtisoslashgan gazetalar umumsiyosiy gazetalarga qaraganda o'z sohasini kengroq, chuqurroq yoritadi va asosan o'sha sohada ishlovchi kishilarga mo'ljallanadi. Gazetalarning uchinchi turi esa tarmoq nashrlari bo'lib, ular jamiyat hayotining ma'lum bir tarmog'i hayotini yoritish uchun chiqariladi va shu tarmoqda ishlovchilarga tarqatiladi. Bu xil gazetalar asosan o'sha tarmoq hayotini yoritish bilan shug'ullanadi. Shuni aytish kerakki, har uch turdagi gazetalar matbuotning tasvir funktsiyasini to'la bajarib, jamiyatning shu kundagi, ayni zamondagi hayotini ham aks ettiradilar. Binobarin, shu tarzda jamiyatning shu kundagi, ayni zamondagi hayoti, bugunning tarixi butun to'laligi bilan o'z aksini topadi va bunda jurnalistikaning tasvir funktsiyasi muhim ahamiyatga ega bo'ladi. Ixtisoslashgan gazetalarga "Ma'rifat", "Qishloq hayoti" kabilar misol bo'la oladi.
Ixtisoslashgan gazetalardan tashqari jamiyat hayotining turli tarmoqlarini yorituvchi gazetalar ham mavjud bo'lib, ular o'zi yoritishi lozim bo'lgan tarmoq hayoti haqidagi yangiliklar bilan auditoriyani chuqurroq tanishtirib borishga
6 Y3A. Коppyпцннra Kapmn Kypamnm co^acnga rçarop My^HM Tama66ycrap H^rapn cypragn. "Xa^K; cy3n" ra3eTacu, 2023 hhïï 20 geRa6pb
7 Коppyпцннra Kapmn Mypocacn3 Kypamnm 3apyp. "HmoHn" ra3eTacn, 2023 hhïï 21 geRa6pb
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences
Research BIB / Index Copernicus
mo'ljallangan. Bu kabi gazetalardan biri "Postda" gazetasi bo'lib, unda respublikamiz ichki ishlar vazirligi, jamoat tartibini saqlash masalalari o'z aksini topadi.
Jurnalistikaning asosiy funktsiyalarining bajarilishida gazetalar tipologik ko'rinishlari mazmun jihatidan "ierarxik" shakllanganligi barcha davriy yangiliklarni istalgan paytda topish imkonini beradi. Ya'ni misol tariqasida keltirilgan "Postda" tarmoq gazetasi faoliyati ham fikrimiz dalilidir. Tarmoq gazetalari orqali yoritilayotgan masalalar ham ixtisoslashgan gazetalar kabi asosan shu kasb egalari uchun mo'ljallanganligiga qaramay, shu tarmoq muammolari, shart-sharoitlari bilan qiziquvchilar uchun faktli ma'lumot bo'lib xizmat qiladi.
Gazetalar matbuotning tasvir funktsiyasini amalga oshirishda turli vositalardan foydalanadilar. Ana shunday o'ziga xos jurnalistik vositalardan biri rubrika - rukndir. Chunki "gazetalar qamrovi kengayib borishi materiallarni ajratish uchun rukn va sarlavhalarga ehtiyoj tug'dirgan" 8 Shunday ekan, axborotlarni yetkazishda ruknlar muhim rolga ega. Avvalo, rukn uning ostida beriladigan material mavzusining asosiy mazmunini o'zida mujassamlashtiradi, ya'ni ko'tarilayotgan masala yoki muammoni nimaga qaratilganligini ko'rsatib turadi. Bu bilan esa berilayotgan materiallarga, tasvir etilayotgan voqea va hodisalarga o'quvchining diqqatini tortadi. "Ruknlar so'z iqtisodiga bo'ysunadi va shu bilan birga sxemalarning ifodalanishiga ko'ra murakkabliklarni kamaytirishga xizmat qiladi".9 Bu esa gazeta xodimlari bilan bir qatorda o'quvchilarga ham kerakli ma'lumotlarni topishda va saralashda yengillik beradi.
Respublikamizning markaziy umumsiyosiy nashri bo'lgan "Xalq so'zi" gazetasining tasvir funktsiyasini qanday bajarayotganligi, mamlakatning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, madaniy-ma'naviy hayotining eng muhim, bosh masalalarini qanchalik qamrab olayotganligini gazeta foydalanadigan ruknlar misolida ham ko'rish mumkin. Gazeta sahifalarida turli xil ruknlarni uchratish mumkin, bular kichik va sahifa-ruknlaridan iboratdir. Gazetaning 2023 yil 22 dekabr 273-sonidagi birinchi sahifasi "Fikr", "Seminar", "Eksklyuziv intervyu" va "Munosabat" nomida kichik ruknlardan tarkib topgan. Ikkinchi bet "Parlament", uchinchi bet "Jarayon" va to'rtinchi bet "Ko'zgu" nomli sahifa-ruknlardan tarkib topgan. O'z navbatida "Ko'zgu" sahifa-rukni ham "Tajriba va tashabbus", "Bunyodkorlik" hamda "Forum" nomli kichik ruknlardan iborat.10
8 Dernbach B., Godulla A., Sehl A. (Hrsg.), Komplexität im Journalismus. - Wiesbaden: Springer Fachmedien GmbH, ein Teil von Springer Nature, 2019. - 68-бет
9 Dernbach B., Godulla A., Sehl A. (Hrsg.), Komplexität im Journalismus. - Wiesbaden: Springer Fachmedien GmbH, ein Teil von Springer Nature, 2019. - 68-бет
10 "Халк сузи" газетаси, 2023 йил 22 декабрь
Research BIB / Index Copernicus
Gazeta o'z sahifa-ruknlari nomlarini tez-tez o'zgartirib turadi. Bu esa nashrning hayotning barcha qirralarini qamrab olish, ko'proq yangiliklar berish, ya'ni jurnalistikaning tasvir funktsiyasini bajarishida qo'l keladi.
Jurnalistikaning tasvir funktsiyasi bajarilishida sarlavhalarning ham o'rni kattadir. Zotan, rukn va sarlavha konsonans effekt beradi. Sarlavhalar o'quvchilarni mateгial mazmuniga jalb qilishda katta ahamiyatga ega. Chunki, '^^ha^ o'qib o'tiriladigan maqolalardan ko'ra tezkorlik bilan ommaga boruvchi yo'ldn-" 11 Sarlavhalar tarixan ham gazetalar yordamida informatsiya tarqatishda muhim rol' o'ynagan. Ya'ni, buni taгixiy voqealaráan ham bilish mumkin: "... Xyoret 1898 yili siyosiy qarashlari vajidan va gazetasi tirajini oshirish maqsadida AQSH va Ispaniya o'rtasida Kuba uchun bo'ladigan urushdan manfaatdor edi. Uning asosiy gazetasi "New Yo^ Journal" yolg'on, soxta vatanparvarlik aks etgan, lekin diqqatni tortadigan sarlavhalarga zo'г beгa boshladi".12
Sarlavhalar ba'zi hollarda esa o'quvchi uchun umumiy mazmunni ifodalaydi. Zotan, tasvir funktsiyasi bajarilishida foydalaniladigan xabar janrida voqea-hodisalami tasviгlash "teskari piгamida" asosiga qurilgani yaqqolгoq ko'rinadi. Ya'ni biron yangilik berilsa, uning asosiy mazmuni sarlavha va kiritma so 'zida o'z aksini topadi. "Sariavha doimo Ыгог Ыг hodisa yoki g'oyaning mohiyatini ochib berish vositasi hisoblanadi, demak, bu vosita ustida ishlash jurnalist, yozuvchi, muharrirdan alohida mas'uliyat talab qiladi".13 Sababi, axborot asrida retsipientlar ayrim hollarda sarlavhalar bilan cheklanish holatlarini ham kuzatish mumkin.
Avvalda aytganimizdek, jurnalistlar material mazmunini sarlavha yordamida ochib berishga yoki jalb etishga intilishadi. Masalan, "Ishonch" gazetasining 2022 yil 4 oktyabr 121-sonida "Mablag'ni tejaymiz deb, bilimni garovga qo'ymayapmizmi?"14 sarlavhali materialda maktab ta'limiga doir masala ko'tariladi, ya'ni Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 2 avgustdagi 425-sonli qarori haqida gap boradi. Sarlavhadan o'quvchi ma'lumot ta'lim haqida ekanligini bilishi mumkin.
Sarlavhalarning imkonlari tugagan joydan fotojurnalistika materiallari orqali ilk ma'lumot^ yetkaziladi. "Fotografiyasiz ommaviy axboгot vositalaгini tasavvuг etish qiyin, u OAVning taгkibiy qismi."15 Masalan, "Ishonch" gazetasining 2022 yil 4
11 Maxмyдовa У. Зaмонaвий хорижий пу6лицистик мaтнлaрдa тил Ba услу6 мyaммолaри, 5А120102-Лингвистикa (инглиз тили) Maracrp aкaдемик дaрaжaсини олиш учун ёзилгaн диссертaция. - Кдрши: 2017. - 33-бет
12 Сaидов Х..А., Жaмиятнинг демокрaтлaшyви жaрaёнидa aхборот жaнрлaрининг ривожлaниш омиллaри, 10.00.09 - жyрнaлистикa, филология фaнлaри доктори илмий дaрaжaсини олиш учун ёзилгaн диссертaция, Тошкент: 2021. - 48-бет
13 Косимовa Н. Экологик жyрнaлистикa Узбекистон сиёсaтидa: ривожлaниш тенденциялaри Ba yзaро адмкорликни aмaлгa ошириш yсyллaри. Филологи фaнлaри доктори (Doctor of Science) илмий дaрaжaсини олиш учун ёзилган диссертaция. - Тошкент 2021. 229 б. 156-б.
14 Тyрaбоевa М. MaблaFни тежaймиз деб, билимни гаровга кyймaяпмизми? "Ишонч" гaзетaси, 2022 йил 4 октябрь
15 Гримов А. Аyдиовизyaл жyрнaлистикa (тележyрнaлистикa) фaнидaн yrçyB-услубий мaжмya. Тошкент, 2019
Research BIB / Index Copernicus
oktyabr 121-sonida "15 sotixdan 30 million so'm daromad"16 nomli materialda sarlavha orqali materialning umumiy mazmuni va berilgan fotolar yordamida esa yetkazilayotgan informatsiya yanada yorqinroq ifodalangan. Ya'ni 15 sotixdan 30 million daromadni malina orqali olinayotganligi anglashiladi.
Jurnalistikaning tasvir funktsiyasi gazetalar bilan bir qatorda matbuotning asosiy turlaridan biri bo'lgan jurnallarda ham o'z aksini topadi. Jurnallar gazetalardan farqli o'laroq asosan jamiyat hayotining chuqur qatlamlarini, berayotgan voqea va hodisalarning ichki mohiyatini yoritishga mo'ljallansa-da, baribir, bu - hayotni tasvirlashdan kelib chiqadi. Lekin jurnallar faoliyatining asosiy qismi tahlil funktsiyasi bilan bog'liq. Bundan tashqari informatsiya yetkazishda krossmedial usuldan ham foydalanib turiladi. Masalan, "Xalq so'zi" gazetasining 2023 yil 19 noyabrdagi sonida "Yangi sport va transport infratuzilmasi ob'ektlari azim poytaxtga ko'rk bag'ishlaydi"17 sarlavhasidagi material O'zA sahifasida18 ham aynan shu nomda berilgan. "Ishonch" gazetasida bu usuldan asosan "Kun nafasi" ruknida beriladigan materiallarda foydalaniladi. Umuman olganda, bu tarzda informatsiyalarni berishinteraktivlikni oshirib, OAV materiallarini mazmun jihatidan ham boyitadi.
Yuqoridagi kuzatuvlardan ko'rinib turibdiki, respublikamizda chiqadigan matbuot nashrlari ijtimoiy hayotni yoritishda, jurnalistikaning tasvir funktsiyasini ado etishda hayotga turlicha - rasmiy, partiyaviy, umumsiyosiy, ixtisoslashuv, tarmoq va dam oldiruv kabi nuqtai nazarlardan yondashadilar va shu tarzda ularda jamiyat hayoti bir butun holatda aks etadi. Jurnallar esa gazetalarni to'ldirib kelib, tasvir funktsiyasini yanada kengroq, chuqurroq bo'lishiga hamda uning tahlil funktsiyasi bilan hamkorlikda ish ko'rishiga xizmat qiladi. Matbuotning tasvir funktsiyasi jamiyat hayotining barcha tomonlarini to'la-to'kis aks ettirishni taqozo etadi. Bu vazifa qanchalik to'la bajarilsa, matbuotning jamiyat hayotiga ta'siri shunchalik muhim bo'ladi, insoniyat dunyo voqealaridan to'la xabardor bo'ladi, ongi oshadi, ijtimoiy hamda siyosiy faoliyati yanada keng ko'lamda bo'ladi.
ADABIYOTLAR RO'YXATI (REFERENCES)
1. Altendorfer O., Hilmer L. (Hrsg.), Medienmanagement - Band 1: Methodik -Journalistik und Publizistik - Medienrecht, (Kurt-Ulrich Mayer), VS Verlag für Sozialwissenschaften | GWV Fachverlage GmbH, Wiesbaden 2009
16 Эргашев Ж. 15 сотихдан 30 миллион сум даромад. "Ишонч" газетаси, 2022 йил 4 октябрь
17 УзА. Янги спорт ва транспорт инфратузилмаси объектлари азим пойтахтга курк багишлайди // "Халк сузи" газетаси, 2023 йил 19 ноябрь
18 https://uza.uz/uz/posts/yangi-sport-va-transport-infratuzilmasi-obektlari-azim-poytaxtga-kork-bagishlaydi_539957
XULOSA
Research BIB / Index Copernicus
2. Dernbach B., Godulla A., Sehl A. (Hrsg.), Komplexität im Journalismus. -Wiesbaden: Springer Fachmedien GmbH, ein Teil von Springer Nature, 2019
3. Lorenz D. Journalismus, 2., aktualisierte und erweiterte Auflage. - Stuttgart, Weimar: Verlag J.B. Metzler, Springer-Verlag GmbH Deutschland, 2009
4. Weischenberg S., Kriener M. Journalistik. Band 3: Quiz und Forum (Fragen/Antwonen, Diskussion, Evaluation) - Opladen: Westdeutscher Verlag GmbH, 1998
5. Дустккораев Б. "Узбекистан журналистикаси тарихи. (1-кисм. 1870-1917 йил ноябрь)" Дарслик. Гафур Гулом номидаги нашриёт-матбаа ижодий уйи. Тошкент, 2009
6. Каримов А. Аудиовизуал журналистика (тележурналистика) фанидан укув-услубий мажмуа. Тошкент, 2019
7. Косимова Н. Экологик журналистика Узбекистан сиёсатида: ривожланиш тенденциялари ва узаро хамкорликни амалга ошириш усуллари. Филология фанлари доктори (Doctor of Science) илмий даражасини олиш учун ёзилган диссертация. - Тошкент 2021
8. Косимова н., Тошпулатова Н., Шофайзиева Н., Муратова Н. Босма ОАВ тахририятлари учун укув кулланма, Тошкент 2008
9. Махмудова У. Замонавий хорижий публицистик матнларда тил ва услуб муаммолари, 5А120102-Лингвистика (инглиз тили) Магистр академик даражасини олиш учун ёзилган диссертация. - Карши: 2017
10. Саидов Х,.А., Жамиятнинг демократлашуви жараёнида ахборот жанрларининг ривожланиш омиллари, 10.00.09 - журналистика, филология фанлари доктори илмий даражасини олиш учун ёзилган диссертация, Тошкент:
2021