Научная статья на тему 'FAVQULODDA VAZIYATLAR MAVZUSINI YORITIShDA JURNALISTNING KASBIY KOMPETENTSIYALARI'

FAVQULODDA VAZIYATLAR MAVZUSINI YORITIShDA JURNALISTNING KASBIY KOMPETENTSIYALARI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
61
9
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Davlat / siyosat / fuqaro / jamiyat / favqulodda vaziyatlar / tajriba / gonzo-jurnalistika / multimedia / jahon / milliy-diniy. / State / politics / citizen / society / emergency / experience / gonzo journalism / multimedia / world / national-religious.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Elmuratova, Ruxsora

Ushbu maqolada jurnalistikaga oid adabiyotlarda ekstremal jurnalistika ziddiyatli vaziyatlar jurnalistikasining bir yo'nalishi sifatida qaraladi. Ziddiyatli vaziyatlar jurnalistikasi – bu dunyoning ma'lum bir nuqtasida urush harakatlari, turli qarama-qarshiliklar va notinchlik yuzaga kelgan “qaynoq nuqtalarda” faoliyatni tashkil qiladigan ixtisoslashgan jurnalistikaning bir yo'nalishi ekanligi qalamga olingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

PROFESSIONAL COMPETENCES OF A JOURNALIST IN COVERING THE SUBJECT OF EMERGENCIES

This article examines extreme journalism as a direction of conflict journalism in journalistic literature. It is noted that conflict journalism is a branch of specialized journalism that organizes activities in “hot spots” where military operations, various conflicts and unrest took place in a certain part of the world.

Текст научной работы на тему «FAVQULODDA VAZIYATLAR MAVZUSINI YORITIShDA JURNALISTNING KASBIY KOMPETENTSIYALARI»

о

FAVQULODDA VAZIYATLAR MAVZUSINI YORITIShDA JURNALISTNING KASBIY KOMPETENTSIYALARI

d https://doi.org/10.5281/zenodo.10366907

Ruxsora ELMURATOVA,

tadqiqotchi, TDSHU. Toshkent, O'zbekiston Tel: +998 94 625-88-29; Email: @Rukhsara Talibjanovna

Annatatsiya. Ushbu maqolada jurnalistikaga oid adabiyotlarda ekstremal jurnalistika ziddiyatli vaziyatlar jurnalistikasining bir yo'nalishi sifatida qaraladi. Ziddiyatli vaziyatlar jurnalistikasi - bu dunyoning ma'lum bir nuqtasida urush harakatlari, turli qarama-qarshiliklar va notinchlik yuzaga kelgan "qaynoq nuqtalarda" faoliyatni tashkil qiladigan ixtisoslashgan jurnalistikaning bir yo'nalishi ekanligi qalamga olingan.

Kalit so'zlar. Davlat, siyosat, fuqaro, jamiyat, favqulodda vaziyatlar, tajriba, gonzo-jurnalistika, multimedia, jahon, milliy-diniy.

Аннотация. В данной статье экстремальная журналистика рассматривается как направление конфликтной журналистики в публицистической литературе. Отмечается, что конфликтная журналистика - это отрасль специализированной журналистики, которая занимается организацией деятельности в «горячих точках», где в определенной части мира происходили военные действия, различные конфликты и беспорядки.

Ключевые слова. Государство, политика, гражданин, общество, чрезвычайная ситуация, опыт, гонзо-журналистика, мультимедиа, мир, национально-религиозное.

Annotation. This article examines extreme journalism as a direction of conflict journalism in journalistic literature. It is noted that conflict journalism is a branch of specialized journalism that organizes activities in "hot spots" where military operations, various conflicts and unrest took place in a certain part of the world.

Keywords. State, politics, citizen, society, emergency, experience, gonzo journalism, multimedia, world, national-religious.

Davlat va jamiyat paydo bo'lgan davrlardan buyon u yoki bu axborotlar insoniyat uchun muhim manba bo'lib xizmat qilgan. Ayniqsa hozirgi axborot texnologiyalari rivojlangan bir davrda uning ahamiyati jamiyat hayotining bir bo'lagi desak xato bo'lmaydi. Axborot olamining rivojlanishi natijasida ixtisoslashgan jurnalistikaning faoliyat turlari ham ko'payib bormoqda. Masalan, "horij

mamlakatlarida har bir sohaning o'z jurnalisti bo'lib, xususan, siyosiy jumalistika, xalqaro jurnalistika, tadbirkorlik jurnalistikasi, musiqaga oid jurnalistika, sportga oid jurnalistika, ilmiy jurnalistika, restoranlarga oid jurnalistika, jurnalistik tekshiruv, gonzo-jurnalistika, multimediaga oid jurnalistika, fuqaro jurnalistikasi, diniy jurnalistika kabi turlarga bo'lingan" [1].

Jahon mamlakatlari tajribasini kuzatar ekanmiz, Favqulodda vaziyatlar bilan bog'liq mavzularni yoritish borasidagi yo'nalish ekstremal jurnalistika deyiladi. Ekstremal jurnalistika - OAVga maqolalar tayyorlash uchun tabiiy va texnogen halokatlar, favqulodda vaziyatlar, milliy-diniy va boshqa harbiy ziddiyatlar hamda jangovar harakatlar ketayotgan hududlarda bevosita ma'lumot to'plash va tahlil qilish ishlarini olib boradigan jurnalistikaning bir yo'nalishidir. Bunda jurnalist o'zining kasbiy vazifasini bajarish vaqtida uning hayoti va sog'lig'i xavf ostida qoladi[2] .

Jurnalistikaga oid adabiyotlarda ekstremal jurnalistika ziddiyatli vaziyatlar jurnalistikasining bir yo'nalishi sifatida qaraladi. Xo'sh, ziddiyatli vaziyatlar jurnalistikasi o'zi nima? Ziddiyatli vaziyatlar jurnalistikasi - bu dunyoning ma'lum bir nuqtasida urush harakatlari, turli qarama-qarshiliklar va notinchlik yuzaga kelgan "qaynoq nuqtalarda" faoliyatni tashkil qiladigan ixtisoslashgan jurnalistikaning bir yo'nalishidir. Bu borada horijlik olimlarning tadqiqotlariga murojaat qiladigan bo'lsak, rossiyalik olim V.Tulupovning fikricha, "Ekstremal jurnalistika g'ayritabiiy faktlar va voqealarni tadqiq etadigan ziddiyatlar jurnalistkasining bir turidir"[3] . Yana bir rus olimi Ye.Burachevskiyning fikricha, "Ekstremal jurnalistika - jurnalistlarning ziddiyatlar, jangovar harakatlar, terroristik aktlar vaqtida shuningdek, FVlar hududi va tabiiy tabiiy ofatlar zonalarida ma'lumotlar to'plash va tahlil qiladigan yo'nalishidir" [4].

Favqulodda vaziyatlar jurnalistikasi yoxud ekstremal jurnalistika-jurnalistika yo'nalishlaridan biri bo'lib, OAVda chop etish uchun material FVlar - tabiiy, texnogen, ekologik halokatlar vujudga kelgan, terroristik sodir bo'lgan va harbiy harakatlar olib borilayotgan hududlarda yig'iladi. Bunda jurnalist xatti-harakatlari mavjud holatning o'zi bilan murakkablashib, u o'zining kasbiy faoliyatini hayoti va sog'lig'ini xavf ostida qoldirgan holda amalga oshiradi. Ekstremal jurnalistika tushunchasi o'tgan asrning 90-yillarida, dunyoda siyosiy vaziyat keskinlashgan, qudratli sobiq Sovet Ittifoqi parchalanib, uning tarkibidagi 15 ta respublika o'zining mustaqil yo'lini tanlagan, shu sababli ayrim hududlarda qurolli to'qnashuvlar, millatlararo ziddiyatlar vujudga kelgan davrda va shuning oqibatida paydo bo'ldi. Natijada 2004 yili Ekstremal jurnalistika markazi tuzildi [5] . Favqulodda vaziyatlarda jurnalistlar xavfsizligini ta'minlash masalasi bir necha bor ko'tarilib, 1970 yili BMTning Bosh Assambleyasida Frantsiya tashqi ishlar vaziri M.Shumann tashabbusiga binoan, mazkur masalaga alohida jiddiy tus berildi. Shuning ta'sirida

Bosh Assambleya Inson huquqlari komissiyasiga xavfli hududlarga xizmat safariga borgan jurnalistlar xavfsizligini ta'minlashga doir maxsus Konventsiya tayyorlash vazifasini topshirdi. 1971 yili Komissiya o'zi tayyorlagan Konventsiya loyihasini Assambleya va a'zo-davlatlarga tarqatdi. Mulohazalar, takliflar olindi, ular ishlab chiqildi va nihoyat, birmuncha uzoq davom etgan tegishli jarayonlardan so'ng, 1977 yilning 8 iyunt kuni bo'lib o'tgan Diplomatik konferentsiyada 1-Protokolning 79-moddasi - "Jurnalistlarni muxofaza qilish choralari" nomi ostida qabul qilindi. Mazkur moddaning ma'nosi quyidagicha: - "Qurolli konflikt davom etayotgan, ekologik halokat vujudga kelgan hududda xizmat safarida bo'lgan fuqaro sifatidagi jurnalist fuqaro shaxslarga xalqaro gumanitar huquq tomonidan beriladigan huquqlardan to'la-to'kis foydalanadi. - Qurolli kuchlarda akkreditatsiyadan o'tgan harbiy muxbirlarga III Konventsiyada maxsus holat maqomi qo'llaniladi. Protokolga ilova qilingan shaxsni tasdiqlovchi hujjat namunasiga mos hujjati bo'lgan shaxs haqiqatan ham fotojurnalist hisoblanadi"[6] . BMT Konventsiyasining 5-modda, 2-xatboshida jurnalist fuqarosi hisoblangan hukumat tomonidan beriladigan mazkur hujjatning orqa tomonida "Ushbu hujjat egasi xizmat safari chog'ida professional etikaning barcha me'yorlariga qat'iyan rioya etishi va o'zi borgan boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmasligi, har qanday siyosiy va harbiy faoliyatlarga yoxud jangovar harakatlarga daxldor bo'lib qolishdan o'zini ehtiyotlashi zarur degan eslatmalar bo'lmog'i kerak" degan so'zlar yozilgan. Bu OAVning jamoatchilik fikriga, uning shakllanishiga ko'rsatadigan ta'siri. Shunday ekan, OAV orqali tarqatilayotgan axborot yuz bergan konfliktning yaxshi yoxud yomon tomonga o'zgarishiga ham ta'sir ko'rsatishi ehtimolini e'tibordan chetda qoldirish mumkin emas. Shuning uchun ham ziddiyatli vaziyatlarda qo'llanishi uchun turli mavqedagi xalqaro siyosiy institutlar tomonidan xalqaro normalar ishlab chiqilgan, fotojurnalist etikasi me'yorlari yaratilgan, OAVning o'zini o'zi senzura qilishi yo'lga qo'yilgan. Bu o'rinda o'zini-o'zi senzura qilishni to'g'ri talqin etmoq zarur, zero, jurnalistning xolisligi va mustaqilligi birinchi navbatda uning shaxsiy, kasbiy odobi va madaniyatiga bog'liqdir. Biz tinch davrda faoliyat yuritayotgan jurnalistning kasb odobiga doir muammolar haqida ko'p gapiramiz, biroq ekologik va texnogen xavfli hududlarda jurnalistning burchi, erkinligi va mas'uliyati masalasi bir necha o'n va yuz baravar ortib ketadi. Konfliktli holatlardagi voqea-hodisalarni yozishda o'ziga xos nozikliklar mavjud albatta. Birinchi navbatda, jurnalist yuz bergan hodisalar haqida boshqalardan ko'ra tezkor va ta'sirli axborot yozishga harakat qiladi.

Jurnalistning bevosita halokat hududidan turib tayyorlagan jurnalistik materiali ob'ektivligi bilan ajralib turadi. Bunday halokatlarning fojeaviyligini faqatgina uni o'z ko'zi bilan ko'rgan jurnalistgina o'z o'quvchisiga yetkazib bera oladi. Favqulodda vaziyatlar jurnalistikasining yana bir o'ziga xosligi bor. Gap shundaki, halokat yuz

bergan hududlarda turli sabablarga ko'ra axborot olinmaydigan, ya'ni "axborotsiz" fursatlar yuz beradi. Xo'sh, bunday holatlarda nima qilmoq kerak? Jurnalistlarda "axborotning yo'qligi ham axborot", degan naqlnamo gap bor. Demak, jurnalist "axborotsiz" fursatda jim o'tirgani ma'qulmi yoxud unchalik tekshirilmagan axborotni yo'qdan ko'ra qabilida tarqataverishi kerakmi? Ikkinchi usulni qo'llaydiganlar ham uchrab turadi, vaholanki, unchalik tekshirilmagan axborotni tarqatish ham keng ommani chalg'itishga xizmat qilishi hech gap emas. Halokat sodir bo'lgan hududlarda hech qanday muxbir yoki fotojurnalist to'la-to'kis o'zi istagan darajada harakatlana olmaydi, istalgan daqiqada zarur axborotni qo'lga kiritolmaydi. Bundan, u kechayotgan asl jarayon haqida tasavvurga ega emas degan xulosa kelib chiqadi. Shuning uchun Favqulodda vaziyatlarda faoliyat yuritayotgan jurnalist jurnalistikaning asosiy tamoyillariga rioya etgan holda olingan axborotni xolis kuzatishi, ekologik halokatli hududlardan tayyorlangan materialda fikrlar rang-barangligiga e'tibor berishi kerak

Hozirgi tahlikali zamonda OAVda ko'proq favqulodda hodisalar haqidagi axborotlarni berish ommaviy tus olgan. Qayerdadir sunami bo'lgani, aviahalokat yuz bergani, poyezdlar to'qnashgani, etnik guruhlar, xalqlar orasida nizolar kelib chiqqani yoki terrorchilik harakati sodir etilgani haqidagi xabarlar uzatiladigan kundalik axborotlardan albatta o'rin oladi. Bunday axborotlar haqida gap ketar ekan, favqulodda vaziyatlarda jurnalistlarning ishtirok etishi masalasi kun tartibiga chiqadi. Albatta, avvalo halokat sodir bo'lgan joyga yetib borgan jurnalist favqulodda vaziyatlar dan muhofazalanish uchun maxsus kiyim kiyishi, agarda uning yordami zarur bo'lsa, avvalo jabrlanuvchilarga yordam ko'rsatishi hamda o'z vazifasini amalga oshirishi lozim. Bunday vaziyatlarda jurnalistdan maxsus tayyorgarlik, ham ruhan, ham jismonan kuch talab etiladi.

Rivojlangan horij mamlakatlari tajribasini ko'radigan bo'lsak, Angliyada favqulodda vaziyatlar jurnalistikasi fan sifatida o'rgatilmaydi. Jurnalistlar uch oylik kurs davomida tegishli bilimlarga va tushunchaga ega bo'lishadi. Rossiya Federatsiyasida favqulodda vaziyatlar jurnalistikasi bo'yicha jurnalistlar Favqulodda vaziyatlar Vazirligi oliy o'quv yurtlarida maxsus dastur asosida tayyorgarlik va malaka oshirish kurslarida o'qitilib, jurnalist ham ruhan, ham jismoniy bilimlarga ega bo'ladi. Tibbiy va harbiy bilimlar ham qo'shimcha tarzda o'rgatiladi [7] . Favqulodda vaziyatlarda faoliyat olib borayotgan jurnalist harbiy bilimlar bilan bir qatorda tibbiy yordam ko'rsatish ko'nikmasiga ham ega bo'lishi va ruhiy jihatdan kuchli bo'lishi kerak. U har qanday holatda ham axborotni oshkor etmasligi lozim. Jurnalist favqulodda vaziyatlar sodir bo'lgan hududlar bo'yicha ma'lumotni yoritayotganda mazkur hududning tarixi, madaniy hayoti, aholisining mentaliteti, turmush tarzi va ijtimoiy hayotini o'rganishi talab qilinadi.

Favqulodda vaziyatlar mavzusini yoritishda jurnalist jurnalistika sohasi bilan birgalikda Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish sohasidagi vakolatli organlarning me'yoriy-huquqiy hujjatlari va faoliyati haqida bilimga ega bo'lishi lozim. Masalan, O'zbekistonda FVV tizimi va FVDTning mutaxassislarining maslahatlari, sohadagi me'yoriy-huquqiy hujjatlar, o'quv, ilmiy qo'llanmalar, ixtisoslashgan gazeta va jurnallardan foydalanishi kerak. Sodir bo'lgan favqulodda vaziyatlar, uning oqibatlari haqida tegishli tashkilotlar bilan hamkorlik qilgan tarzda asosli manbalarni yoritish zarur. Shu o'rinda shuni ham aytib o'tish kerakki, biron FV sodir bo'lganda barchaning diqqat-e'tibori voqeaning nima sababdan kelib chiqqanligi, qachon sodir bo'lganligi, qancha zarar yetkazilganligi kabi savollar barchani qiziqtiradi. Mazkur savollarga javob berish favqulodda vaziyatlar ni bartaraf etish ishlariga jalb qilingan tashkilotlar (mas:FVV, IIV, SSV va boshqalar)ning matbuot xizmatlarida faoliyat yuritadigan mas'ul rahbar va hodimlar zimmasiga tushadi.

Bunda matbuot xizmati rahbari voqea-hodisa to'g'risida ma'lumotlarni ochiq va shaffof yetkazishi kerak. Bu haqda amerikalik jurnalist AQShning sobiq Prezidenti B.Klintonning matbuot xizmati vakili Styuzen King quyidagi fikrlarni bildiradi: "Favqulodda vaziyatlar vaqtida barcha ishtirokchi shaxslarni zalga yig'ing-da, faqat faktlarni bayon qiling. Hech qachon bilganingizdan ortiq narsani aytmang, o'z fikringizni aytishga tavakkal qilmang va jurnalistlarga muttasil yangi axborotni ayting. Reportyorlar axborot olishlari lozim, siz ularga hech narsa aytmasangiz, ular mish-mishlarni e'lon qilishadi" [8] . Agar favqulodda vaziyatlar bo'yicha ma'lumotlarni matbuot xizmati xodimi o'z vaqtida e'lon qilmasa, turli asossiz xabarlar va mish-mishlarning tarqalishiga, tegishli vazirlik yoki idoraning matbuot xizmatiga bo'lgan ishonch susayishi mumkin. Shundan kelib chiqib, mazkur sohada faoliyat yuritadigan jurnalistning o'z mutaxassisligi bo'yicha tayyorlaydigan materiali yoki maqolasi original, sifatli va o'quvchiga ko'rsatadigan psixologik ta'sir holatlari hisobga olingan bo'lishi lozim. Favqulodda vaziyatlar bilan bog'liq mavzular sodir bo'lgan FVlar, ularning oldini olish, bartaraf etish kabi masalalarni o'z ichiga olgan bo'lsa, bunda sodir bo'lgan Favqulodda vaziyatlar haqida materiallar xususan, voqea tafsilotlari, qurbonlar soni, Favqulodda vaziyatlar ning tarqalish ko'lami bilan bog'liq ma'lumotlar aholining ruhiy-psixologik holatiga salbiy ta'sir ko'rsatishi mumkin. Shu sababli ham favqulodda vaziyatlar mavzusiga oid soha jurnalistlarida ishga nisbatan boshqa sohalarga qaraganda mas'uliyat katta bo'ladi. Chunki ular ham jurnalist, ham ixtisoslashgan sohaning mutaxassisi sifatida faoliyat yuritadi. Shundan kelib chiqib, favqulodda vaziyatlar mavzusini yoritadigan jurnalist mazkur sohada chuqur bilimga ega bo'lishi, favqulodda vaziyatlar bilan bog'liq materiallarni chuqur tahlil qila olishi, mustaqil nuqtai-nazarga ega bo'lishi va shu bilan birga sodir bo'lgan Favqulodda vaziyatlar haqida xabar beruvchi emas, balki aholini ogohlikka, ularning xavfsizligini

ta'minlashga xizmat qiladigan profilaktik material sifatida yoritilishiga e'tibor berishi zarur.

Jurnalistlar fvqulodda vaziyatlar bilan bog'liq jarayonlarni yoritish uchun materiallar tayyorlashda quyidagi omillarga e'tibor qaratish lozim:

- Favqulodda vaziyatlar ning kelib chiqishi omili va uni keltirib chiqargan sabablarni o'rganish;

- Favqulodda vaziyatlar ning yuzaga kelish muammolarini tadqiq etish;

- Favqulodda vaziyatlar to'g'risidagi materiallarning aholiga psixologik ta'sirini hisobga olish shart. Ko'p hollarda sodir bo'lgan FVning sabablari, xavfi, ehtimoliy oqibatlari to'g'risida noto'g'ri tasavvurlar paydo bo'lishiga olib kelib, odamlar orasida vahima uyg'onishiga olib kelishi mumkin;

- faktlar bilan ishlaganda ma'lumotlarni OAVga berayotganda g'oyatda ehtiyotkor bo'lishi, ularni tekshirib, keyin auditoriyaga e'lon qilishi kerak;

- sodir bo'lgan FVni yoritishda aholini ogohlikka da'vat etish

va jamoatchilik xavfsizlik madaniyatini rivojlantirish masalasini qo'yish.

Favqulodda vaziyatlar jurnalistikasi sohasida faoliyat olib borayotgan jurnalist o'tkir qalam egasi bo'lishi, sohada amalga oshirilayotgan tadbirlarni chuqur o'rganishi, ularni keng yorita olishi, shuningdek mavjud muammolarni dadil ko'tarib chiqishi, doimo izlanishi hamda ijodiy mahoratini oshirib borishi kerak. Masalan: Bu haqda 2010 yil 14 aprelda Jorjtaun universitetida o'tkazilgan "Gaitidagi fojia: talofatlarni qoplash" [9], mavzusida tadbirda bir necha mashhur jurnalistlar Gaitidagi zilzila oqibatlarini yoritish borasida fikr almashadilar. Bu haqda CBS News va 60 Minutes televizion jurnali bosh muxbiri Bayron Pitts quyidagi fikrlarni bildiradi: "Zilzila kabi ofatlar va fojialarni yoritish - reportajning eng oddiy turidir. Bunday yangiliklar haqida maqola yozish boshqa maqolalardan deyarli farq qilmaydi. Bu qiyin ish emas. Bunda siz kim?, nima?, qachon?, qayerda?, nimaga? va qanday? savollari asosida ma'lumotlarni keltirasiz. Ya'ni siz ko'rgan narsalaringiz haqida xabar berasiz. Favqulodda vaziyatlarni yoritish oson bo'lishi mumkin, ammo bu jarayon insoniyat va o'lim bilan bog'liq bo'lganda ehtiyotkorlik bilan yondashuv kerak" [10] . Ko'p holatlarda favqulodda vaziyatlar ro'y bergan hududlar bo'yicha jurnalistlar materiallar tayyorlashda qiyinchiliklarga duch keladi. Chunki bu yerda halok bo'lgan, jabrlangan odamlar, buzilib ketgan infrastruktura, moddiy ta'minot va xukumat tomonidan amalga oshirilayotgan qutqaruv ishlari bilan bog'liq muammolar bo'lishi mumkin.

Hozirgi kunda dunyoda yuz berayotgan global iqlim o'zgarishi natijasida tez-tez vujudga kelayotgan halokatlar, ya'ni suv toshqinlari, sel kelishlar, yong'inlar, zilzilalar sodir bo'lgan hududlardagi jurnalist oldida turgan vazifa oddiy kundalik hayotda OAV vakillari oldida turgan maqsad va vazifalardan deyarli farq qilmaydi. Bu - axborotni to'plash, qayta ishlash va uzatishdir. Ammo ana shu axborot, fakt va

dalillar to'planadigan vaziyatning o'zi jurnalistdan ehtiyotkorlik bilan birgalikda, kasbiy mahorat, vaziyatni tahlil eta olish, halokat oqibatida jabr chekkanlar bilan suhbatlashishda axloqiy me'yorlarga rioya etishni talab qiladi. Ekologik va texnogen vaziyatlarda jurnalist faoliyati qanday bo'lishi lozim? U nimalarga birinchi galda o'z e'tiborini qaratishi kerak?

Birinchidan, ekologik va texnogen halokatlar sodir bo'lganda davlat organlari uning va ko'rilgan zarar hajmini, qurbonlar sonini kamaytirib ko'rsatishga harakat qilishadi. Bunday vaziyatda ob'ektiv axborot olish juda ham qiyin. Masalan, 2014 yil avgust oyida Yaponiyada sodir bo'lgan suv toshqini oqibatida 42 kishi vafot etgan. Mahalliy ommaviy axborot vositalarining xabarlariga ko'ra, 43 kishi bedarak yo'qolgan. Xirosima hududida 3.000 ga yaqin qutqaruvchilar aholini evakuatsiya qilgan. Halokat oqibatida 100.000 dan ortiq odamlar o'z uylarini tashlab ketishga majbur bo'lishgan[11] . Yuqorida keltirilgan dalillar Yaponiya xukumatining rasmiy bayonotidan olingan. Ammo norasmiy manbalarning keltirilishicha, suv toshqinidan xalok bo'lgan va jabrlanganlarning soni bir necha barobar ko'proq. Halokat hajmining kengligi jurnalist faoliyatini qiyinlashtiradi.

Ikkinchidan, olingan axborotning to'g'riligiga ishonch hosil qilish favqulodda vaziyatlarda juda muhimdir. Chunki bunday holatlarda aksariyat dezinformatsiya tarqatiladi. Jurnalist olingan axborotni kamida ikkita manbadan tekshirib ko'rishi lozim. Faqat shundagina uning to'g'riligiga ishonch hosil qilish mumkin. Albatta manbalarni tekshirib ko'rish yo'llari ko'p. Birinchi galda olingan axborotni mavjud hujjatlar bilan solishtirish. Ekologik halokat sodir bo'lgan hududdagi aholi va mutasaddi davlat organlari, nodavlat notijorat tashkilotlarning vakillari bilan suhbatlashish, hokimiyat va arxivga murojaat etib, ma'lumotlarni solishtirish.

Uchinchidan, jurnalist o'zi tayyorlagan materialining salbiy oqibatlarini ham o'ylab ko'rib, "zarar yetkazma" tamoyiliga asosan ish ko'rishi maqsadga muvofiqdir. Aksariyat holatlarda ekologik halokat sodir bo'lgan hududlardagi jabrlanuvchilar holati, halokat hajmi va uning oqibatlarini ko'rsatishda ehtiyotkorlik zarur. Uzilgan qo'l-oyoqlar, cho'kib ketgan odamlarning jasadlari, zilzila oqibatida bino tagida qolib ketgan va tanasining biror bir qismi chiqib qolgan jabrlanuvchilarni yirik planda ko'rsatish har qanday o'quvchining hissiyotlari, birinchi galda jabrlanuvchilarning qarindoshlari va yaqinlarining his-tuyg'ulariga salbiy ta'sir ko'rsatishi mumkinligini unutmaslik lozim.

To'rtinchidan, jurnalist o'zining siyosiy, diniy qarashlaridan qat'iy nazar, har qanday holatda vaziyatni to'g'ri baholashi va betaraflik tamoyiliga rioya etishi kerak. Ekologik va texnogen xavflar mavjud yoki halokatlar sodir etilgan vaziyatlarda jurnalist aynan o'zining siyosiy yoki diniy qarashlarini o'z materialida aks ettirmasligi,

aniq dalillarga ega bo'lmay turib, mish-mishlarga asoslangan holda yolg'on axborotni tarqatmasligi juda ham muhimdir.

Beshinchidan, jurnalist tezkor ravishda material tayyorlashi va uzatishi uchun qisqa muddatda to'g'ri qaror qabul qilish zaruratini keltirib chiqaradi. Ekologik halokat sodir bo'lgan hududlardan uzatilgan tezkor material turli mish-mishlar va axborot xurujlarining oldini olishga yordam beradi, albatta. Bunda jurnalist jurnalistika janrlari: xabar, reportaj, intervbyu, ocherk, maqola va boshqalardan foydalanishi, qo'l ostidagi texnikani maksimal ishlatishi materialning ta'sirchanligini yanada oshirishga xizmat qiladi.

Oltinchidan, iqlim o'zgarishi va uning oqibati haqida material tayyorlayotgan jurnalist mavzu bo'yicha yetarli bilimga ega bo'lishi, tushunchalardan foydalana olishi lozim. Iqlim o'zgarishi bevosita ob-havo bilan bog'liq ekan, jurnalist tanlangan hududda aholining turmush tarzi, so'nggi yillarda qishloq xo'jaligidagi o'zgarishlar (bevosita ob-havo o'zgarishi munosabati bilan), maxalliy xalqning urf-odatlari bilan tanishishi maqsadga muvofiqdir. Mahalliy odatlarga hurmat bilan qarash jurnalistning to'liq va xolis axborot yig'ishi imkoniyatini beradi. Ekologik halokat sodir bo'lgan hududlarda axborot olish va uni tarqatish alohida muammo bo'lsa, jurnalistlarning jismoniy xavfsizligini ta'minlash yana bir jiddiy muammolardan sanaladi. Shulardan biri - jurnalistlarning bevosita halokat chog'ida shikastlanishidir. Har qanday ziddiyatli holatlar jurnalist faoliyat yuritishi uchun favqulodda vaziyat hisoblanadi. Axborotni vaqtida va mukammal uzatish jurnalistdan voqea joyida bo'lishni, voqea-hodisalarni o'z ko'zi bilan ko'rishini taqozo etadi. Ushbu majburiyat va burch jurnalistni eng xatarli joylarga borishga undaydi.

Xulosa o'rnida shuni aytish mumkinki, fuqarolarni Favqulodda vaziyatlarda muhofaza qilishda Favqulodda vaziyatlar jurnalistikasi ixtisosligini rivojlantirish, mutaxassislarni yanada ko'paytirish, FVV oliy o'quv muassasalari hamda jurnalistlar tayyorlanadigan oliy ta'lim muassasalari o'rtasida ta'lim sohasida hamkorlik ishlarini rivojlantirish, shu bilan birga OAVda aholining xavfsizlik madaniyatini rivojlantirishga xizmat qiladigan materiallar sonini oshirib borish lozim. Bu esa mamlakatimiz tinchligi va aholi hayotiy faoliyati xavfsizligini ta'minlashga xizmat qiladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI (REFERENCES):

[1] - Бурибекова Ш. Журналист шахси ва шахсияти. Т.: Узбекистан. 2012 й. Б.82.

[3] - https://studopedia.su/10_77753_zhurnalistika-ekstremalnih-situatsiy.

[4] - Тулупов В. Экстремальная журналистика. Воронеж: Изд-во ВГУ, 2000. С.22.

[5] - Бурачевская Е. Специфика работы журналиста в зоне экстремальной ситуации. Журнал. - ФГБОУВУ высшего образования «Сибирский государственный университет науки и технологий имени академика

[6] - М.Ф. Решетнева» (Красноярск), 2014 г. С. 14.

[7] - 89 www.cjes.ru

[8] - Гассер Г., Моду А. Защита журналистов в опасных командировках. Международное гуманитарное право и деятельностьфотожурналистов. -Международный Комитет Красного Креста. 1994. С.7

[9] - НДосимова Зиддиятли вазиятларда журналистика. Т:.УЗДЖТУ.2019.

[10] - CarnHBaH M. Mactyn MarôyoT xH3Marn. http://usinfo.state.gov. 2012. E.59.

[11] - Perreault M. Covering the Haiti earthquake of 2010: how journalists used technology to capture the conditions of Haiti in the aftermath. Washington, DC, 2010.

Б.142.

P.20-21.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.