Научная статья на тему 'JURNALISTIKA SOHASINING ASOSIY FUNKSIYALARI VA VAZIFALARI'

JURNALISTIKA SOHASINING ASOSIY FUNKSIYALARI VA VAZIFALARI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
2344
135
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Gipermedia / transmediya / jamiyat / erkinlik / matbuot / jurnalist / mustaqil / ijtimoiy / iqtisodiy / demokratik jamiyat. / Hypermedia / transmedia / society / freedom / press / journalist / independent / social / economic / democratic society.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Egamberdiyev, Islomjon

Ushbu maqolada jurnalistika sohasining asosiy funksiyalari va vazifalari haqida so’z boradi. Bugungi kunda jurnalistika sohasiga e’tiborning tobora oshib borishi kuzatilmoqda. Erkinlikka intilish har bir jurnalistning ajralmas huquqi bo‘lib, uni qanday tushunish va amalga oshirish masalasi, uni ta'minlash uchun, albatta, huquqiy kafolatlar, huquqiy jihatlar, muayyan siyosiy tuzilmalardan himoyalanish, iqtisodiy erkinlik haqida yoritilgan. Jurnalistika sohasi rivojlanib undagi erkinlik yanada ortishi uchun sohaning fuksiya va vazilarni aniq bilib olishimiz kerak, ushbu maqolada shu borada misollar keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

MAIN FUNCTIONS AND TASKS OF JOURNALISM

This article discusses the main functions and tasks of journalism. Today, there is a growing focus on journalism. The pursuit of freedom is an inalienable right of every journalist, and the question of how to understand and implement it, of course, to ensure it, is covered by legal guarantees, legal aspects, protection from certain political structures, economic freedom. In order for the field of journalism to develop and increase its freedom, we need to know the functions and responsibilities of the industry, and this article provides examples.

Текст научной работы на тему «JURNALISTIKA SOHASINING ASOSIY FUNKSIYALARI VA VAZIFALARI»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

O

R

VOLUME 2 | ISSUE 5 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

JURNALISTIKA SOHASINING ASOSIY FUNKSIYALARI VA

VAZIFALARI

Egamberdiyev Islomjon

O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti magistranti

Ushbu maqolada jurnalistika sohasining asosiy funksiyalari va vazifalari haqida so 'z boradi. Bugungi kunda jurnalistika sohasiga e 'tiborning tobora oshib borishi kuzatilmoqda. Erkinlikka intilish har bir jurnalistning ajralmas huquqi bo 'lib, uni qanday tushunish va amalga oshirish masalasi, uni ta'minlash uchun, albatta, huquqiy kafolatlar, huquqiy jihatlar, muayyan siyosiy tuzilmalardan himoyalanish, iqtisodiy erkinlik haqida yoritilgan. Jurnalistika sohasi rivojlanib undagi erkinlik yanada ortishi uchun sohaning fuksiya va vazilarni aniq bilib olishimiz kerak, ushbu maqolada shu borada misollar keltirilgan.

Kalit so'zlar: Gipermedia, transmediya, jamiyat, erkinlik, matbuot, jurnalist, mustaqil, ijtimoiy, iqtisodiy, demokratikjamiyat.

This article discusses the main functions and tasks of journalism. Today, there is a growing focus on journalism. The pursuit of freedom is an inalienable right of every journalist, and the question of how to understand and implement it, of course, to ensure it, is covered by legal guarantees, legal aspects, protection from certain political structures, economic freedom. In order for the field ofjournalism to develop and increase its freedom, we need to know the functions and responsibilities of the industry, and this article provides examples.

Keywords: Hypermedia, transmedia, society, freedom, press, journalist, independent, social, economic, democratic society.

Jurnalistika sohasiga nazar tashlaydigan bo'lsak, biz eng avvalo O'zbekistonda ilm-u ma'rifat o'rta asrlarda qanchalar ravnaq topganligini, o'z ajdodlarimiz bilan qanchalar faxrlansak shunchalar arzishini, allomalardan qolgan buyuk meroslarni ko'z qorachig'imizdek asrash ham qarz, ham farz ekanligini eslab o'tishimiz shart. O'rta asrlarda qanchalar rivojlangan ilm-u ma'rifat o'chog'i xonliklar davri va Chor Rossiyasi davriga kelib to'xtab qolganligining guvohiga aylanamiz. Ammo ruslar hukmronligi davrida ham ziyolilar qatlami, ya'ni buyuk jadidlar maydonga chiqib xalqni erkini, tinchligini, kelajak faqat ilm-u ma'rifatda ekanligini uqtirish uchun bor

ANNOTATSIYA

ABSTRACT

KIRISH

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

O

R

VOLUME 2 | ISSUE 5 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

ilm-u ma'rifatni xalqqa gazeta, jurnal, teatr orqali yetkazib berdilar, buning uchun hech qanday g'ov, to'siqqa, qiyinchilik va mashaqqatlarga bardosh bera oldilar. Xalqni, yosh avlodni o'qitish uchun gazetalar, jurnallar, teatr, kutubxonalar ko'plab tashkil qilish, maqolalar yozish, ularni yanada keng yoritish, haqiqatga boqqan holda faqat ezgulikka xizmat qilish o'sha davr jadidlarining muqaddas burchiga aylandi. Ammo rus istibdodi baribir jaholat bu davr ilm-u ma'rifatidan ustun keldi. Jurnalistika sohasi inqirozga uchradi. Qancha ziyolilar, jurnalistlar, adabiyotshunoslar qatag'on siyosati qurboni bo'ldilar. Faqat Vatanimiz 1991- yil mustaqillikni qo'lga kiritgach, SSSR tugagachgina barcha ilm ahliga sekin-asta shart-sharoitlar birin-ketin yaratilib berildi. Kelasi masala endi O'zbekistonda professional jurnalistika sohasini yaratish, ularning ishlash tizimini yangilash, haqqoniy qalami o'tkir jurnalistlarni yetishtirib chiqarish, maydonga faqat xolis va haqiqatni qo'rqmay ayta oladigan xalq manfaatini ko'zlovchi jurnalistlarni tarbiyalash eng dolzarb muammolardan biriga aylandi va buning uchun ko'plab ishlar amalga oshirildi. Ilmiy izlanishlar va tadqiqotlar. Mustaqillik yillarida ommaviy axborot vositalariga, jurnalistikaga munosabat o'zgardi. Avvalo, ularning huquqiy asoslarini yaratish tdbirlari ko'rildi. O'zbekiston Konstitutsiyasining 67-moddasiga ko'ra, ommaviy axborot vositalari erkin va qonunga muvofiq ishlaydi. 29-moddasida esa har kim o'zi istagan axborotni izlash, olish va uni tarqatish huquqiga ega, amaldagi konstitutsiyaviy tuzumga qarshi qaratilgan axborot va qonun bilan belgilangan boshqa cheklashlar bundan mustasno, deb belgilab qo'yilgan. O'zbekiston Respublikasining Oliy Majlisida 1997-yil 24-aprelda "Axborot olish kafolatlari va erkinligi to'g'risida" va "Jurnalistik faoliyatni himoya qilish to'g'risida", 1997-yil 26-dekabrda "Ommaviy axborot vositalari to'g'risida" Qonunlar qabul qilindi. Davlat organlari, muassasalar, tashkilotlarning mansabdor shaxslari senzurani amalga oshirganlik, jurnalistga tazyiq o'tkazganlik, uning professional faoliyatiga aralashganlik uchun javobgar bo'lishlari qonunan mustahkamlab qo'yildi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Ommaviy axborot vositalarining erkin faoliyat yuritishni ta'minlashga qaratilgan 10 ga yaqin qonun hujjatlari qabul qilindi. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti devonida tuzilgan Axborot markazi, Milliy matbuot klubi ommaviy axborot vositalariga moddiy jihatdan yordam berib kelmoqda. Respublika Vazirlar Mahkamasining qaroriga ko'ra, 1996-yil avgust oyida ommaviy axborot vositalarini demokratlashtirish va qo'llab-quvvatlash bilan shug'ullanuvchi ijtimmoiy-siyosiy jamg'arma tashkil etildi. Mustaqillik yillarida respublika ommaviy axborot

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 5 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

vositalarining soni ko'paydi, sifati yaxshilandi. 1990-yilda 376 nomda gazeta va jurnallar jurnalistlar tomonidan chop etilgan bo'lsa, 2010-yilda ommaviy axborot vositalari va elektron ommaviy axborot vositalari soni 1200 taga yetdi. 4 ta axborot agentligi, 55 ta nashriyot, 100 ga yaqin davlat va nodavlat teleradiostudiyalari va uning hududiy bo'linmalari faoliyat ko'rsatdi. Ko'pmillatli O'zbekistonda gazetalar, jurnallar, 24 May 2021 6-qism Toshkent teleradiostudiyalar 12 tilda - o'zbek, rus, qoraqalpoq, tojik, qozoq va boshqa tillarda chop etiladi, eshittiriladi. 6 ta gazeta va 8 ta jurnalda o'zbek tili bilan birga ingliz, arab, turk, urdu, forsiy, hind tillaridan foydalaniladi. Kelasi yillarda professional jurnalistika sohasini yanada rivojlantirish uchun ko'plab yanada ezgu ishlar, istiqbolli loyihalar amalga oshirish maqsadga muvofiq: a) hukumatimiz tomonidan maktab o'quvchilarini, talabalarni qo'llab-quvvatlash maqsadida ular yashayotgan hududlarda (chekka hududlarda) ko'plab jurnalistika o'quv markazlarini tashkil etish, viloyat va tuman hokimliklari bilan birgalikda ishlash; b) davlat budjeti hisobidan nogironligi bo'lgan, mehnatga layoqatsiz o'smirlar, talabalarni jurnalistika sohasi bo'yicha bepul o'qitish, Xalq ta'limi vazirligi va Oliy ta'lim vazirligi tomonidan ortiqcha qog'ozbozlikni yig'ishtirib, amalda yosh avlodni shaxsan o'zlari borib, o'qish sharoitlari bilan shaxsan tanishish; Doimiy ravishda o'zgarib turadigan media landshaft (dunyodagi eng mashhur kommunikatsiya texnologiyalari / xizmatlari to'plami) zamonaviy ommaviy axborot vositalarida aniq chegaralashni joriy qiladi, shu bilan konvergent jurnalistikaning qaysi janrlarini ajratish mumkin:

OAV - asosan ma'lum bir mintaqaga yo'naltirilgan, juda mahalliy rejadagi nashrlar. Ularning faoliyati ommaviy axborot vositalarining biri bilan cheklangan: gazeta, radio, televizion yoki Internet-resurs. Aynan shu tur bugungi kunda o'quvchilar «an'anaviy yangiliklar» deb ataydigan narsalarni to'liq aks ettiradi. Yaqinlashishga kelsak, ushbu toifada odatda ilgari tavsiflangan 1-2 darajadan oshmasligi kerak.

Gipermedia - yaqinlashgan jurnalistikaning ushbu janri uning tarkibini taqdim etish uchun faqat bitta media platforma bilan cheklanib qolmaydi.Masalan, bosma nashrda nashr etiladigan onlayn gazeta. Ular ko'pincha «multimedia» tushunchasi bilan tushuniladi / - vizual, audio, grafik va matn materialidagi ma'lumotlarni taqdim etishning boshqa vositalarining kombinatsiyasi. Gipermediyaga integratsiyalashuv, mos ravishda, barcha uchta darajada amalga oshiriladi.

Transmediya. Bu munozarali janr, munozarasi shu kungacha susaymaydi. O'z mohiyatida faqat qisman ommaviy axborot vositalarining xususiyatlari va funksiyalariga ega bo'lgan ijtimoiy tarmoqlarga (transmediya misollaridan biri)

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 5 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

alohida e'tibor beriladi. Bunday holda, tarkibning juda informatsion mazmuni shubha ostiga olinadi, chunki uni yaratish va tahrir qilish bilan jurnalistlar emas, aksariyat hollarda xabarlarning ko'proq kommunikativ (so'zlashuv) vositalariga moyil bo'lgan foydalanuvchilar shug'ullanadilar. Bundan tashqari, ko'plab mutaxassislar o'z funktsionalligi va amaliy qo'llanilishida bitta jurnalistik faoliyat doirasidan tashqariga chiqadigan bunday media platformani jiddiy yangilik sifatida qabul qilmaslikka chaqirishmoqda. Axir transmedia foydalanuvchilarga nafaqat publitsistik asarlar, balki reklama, ko'ngilochar kontent va boshqa ko'plab narsalarni taqdim etadi. Jurnalist faqatgina xabar tarqatuvchi jarchi emas. Bu ishni diktor ham, muxbir ham bajaraveradi. Albatta, jarchilik ham, darakchilik ham jurnalistikaning bir sohasi. Sodir bo'lgan qandaydir voqea, ijtimoy-siyosiy yoki madaniy-iqtisodiy muammo haqida xabar berilganidan so'ng yuzaga chiqqan ijtimoiy rezonansni sharhlash, tahrir, talqin, tahlil, muhokama qilish publitsistning ishi hisoblansa ham, publitsistikaning o'zi aynan jurnalistika degan poydevor ustida qad ko'tarib turganini esdan chiqarmaylik.

Albatta, matbuotda chiqqan har qanday xabar yoki yangilik tahlil qilinavermaydi. Chunki ommaga tarqatilgan bo'lsa ham jamoatchilik e'tiboridan chetda qolgan bo'lishi mumkin. Lekin xabar tarqatilgan vaqtda ko'pchilikning e'tiboridan chetda qolgani bilan keyinchalik boshqa bir voqea haqidagi xabar ta'sirida ommada kuchli rezonans yaratishi mumkin. Ijtimoiy rezonans tafsiloti esa ommaga tushuntirib berilishi shart. O'zbekistonlik jurnalistlar tomonidan mustaqil tadqiqotlar olib borilib, jamiyatimizdagi muammolarni yoritish evaziga aholi orasida huquqiy savodxonlik rivojlanishi turgan gap. Bu esa jamoaviy fikrni o'rtaga chiqaradi, yoshlarimizning ongiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Masalan, yaqindagina bo'lib o'tgan senator va to'y korteji mojarosi haqida jurnalistlarimiz yozib chiqdi. Hatto Prezident bizlar taraf bo'ldi. Bu O'zbekistonda ommaviy axborot vositalari maydoni shakllanganidan dalolatdir. Ilgari, afsuski, bunday emas edi.

REFERENCES

1. Qudratxo'jayev Sh. Internet: tarixi, tuzilishi, texnik xavfsizlik. O'quv-uslubiy qo'llanma. -T.: 2011.

2. Mo'minov F., Nurmatov A. Jahon jurnalistikasi tarixi. Toshkent - 2008

3. http://www.mediascope.ru/

XULOSA

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.