Научная статья на тему 'OʻZBEK JURNALISTIKASINI RIVOJLANISH BOSQICHLARI'

OʻZBEK JURNALISTIKASINI RIVOJLANISH BOSQICHLARI Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

CC BY
909
112
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
televideniya / jurnalistika / xalqaro jurnalistika / O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi / o‘quv laboratoriyasi / seminar

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Abduqodirov Shahboz Qobul Oʻgʻli

Mazkur maqolada O‘zbekistonda jurnalistikaning rivojlanish tarixi va bosqichlari haqida fikr-mulohazalar yurutilga.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «OʻZBEK JURNALISTIKASINI RIVOJLANISH BOSQICHLARI»

O'ZBEK JURNALISTIKASINI RIVOJLANISH BOSQICHLARI

Abduqodirov Shahboz Qobul o'g'li

UrFU talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.7423798

Annotatsiya: Mazkur maqolada O'zbekistonda jurnalistikaning rivojlanish tarixi va bosqichlari haqida fikr-mulohazalar yurutilga.

Kalit so'zlar: televideniya, jurnalistika, xalqaro jurnalistika, O'zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, o'quv laboratoriyasi, seminar.

O'zbekiston telejurnalistikasi taraqqiyoti tarixida 1991-yilda davlat mustaqilligining qo'lga kiritilishi alohida bob bo'ldi. 1991-1994 yillarda telejurnalistika yo'nalishi bo'yicha kadrlar Toshkent, Nukus, Andijon va Samarqand davlat universitetlari hamda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida tayyorlandi. 1994-1995-yillardan boshlab bu mutaxassislik Namangan davlat universiteti, Toshkent san'at institutida ham joriy qilingan.

Matbuot ommaviy axborot vositalarining birinchi namunasidir. Keyin radio, sal o'tib televideniye, endilikda esa internet jurnalistikasi paydo bo'ldi. Baribir, matbuot (bosma nashrlar) sohaning asosiy va tayanch turi sifatida o'z nufuzini yuqori darajada saqlab kelmoqda. Unga birinchi navbatda ehtiyoj bor. Qolaversa, matbuotni jamiyatni hayotini o'zida muhrlaydigan ko'zgu deyish mumkin. Tajribali jurnalist sifatida O'zbek matbuotining bugungi holati haqida nima deya olasiz?

- Har qanday ilgarilanma harakat (u revolyutsion bo'ladimi yoki evolyutsionmi) tez-tez ortiga boqib, o'z-o'zini taftish qilib turishi qonuniy holat. Busiz izchil taraqqiyot ta'minlanmaydi. Mamlakatimizda kechayotgan jarayonlarga shu mashtabdan qaraganimizda, jamiyatda ijtimoiy fikrni shakllantirishning asosiy minbari bo'lgan matbuot ham rivojlanish bosqichlarida o'zini-o'zi taftish qilib boradi.

Shuni tan olish lozimki, matbuot bizning milliy madaniyatimizda nisbatan "yosh" soha hisoblanadi. Mabodo, hadisshunoslik, geodeziya yoki mineralogiya singari fanlarning asosiga tamal toshi bizning tuprog'imizda qo'yilganini inobatga olsak, jurnalistikaning (xususan, gazeta, jurnallarning) paydo bo'lishi unchalik qadimiy ildizlarga ega emasligi ayon bo'lib qoladi. Bu holning "o'ziga xos va mos" sabablari borki, hozir gap bu haqda emas. Umuman, tan olib aytadigan bo'lsak, dastlabki tarqatma bosma nashrlar paydo bo'lgandan beri bu madaniyat turi tugal shakllanishga ulgurmay, turli siyosiy vazifalarni bajarishga giriftor bo'ldi va aytish mumkinki, hali "suyagi qotib ulgurmagan vujud" turli o'zgarishlarga duchor bo'lib, qorishiq bir qiyofa kasb etdi. Shunday qilib, o'zi ichdan pishib yetilgan, o'zgarmas

tamoyillar va oltin qoidalarga ega bo'lishi lozim bo'lgan soha tinimsiz yangilanishlar jarayonini boshdan kechirib kelmoqda. Oqibatda matbuot (men radio yoki TV demayapman!) jamiyatda o'z o'rnini tayin eta olmadi va hatto u "O'zi, bizga shu soha kerakmi?" singari mujmal taassurot uyg'otdi ham. Mutaraqqiy mamlakatlar tajribasi esa shuni ko'rsatmoqdaki, borliqni tafakkur boshqarayotgan dunyoda qanday qilib fikr minbarisiz, jamiyatning lokomotivi bo'lgan ijtimoiy fikr fabrikasisiz kun ko'rish mumkin? Barcha xulosalar mamlakatga kuchli, eng zamonaviy darajadagi matbuot kerakligini tasdiqlab turibdi.

Ana shu mulohazalar ko'lamida bugungi milliy matbuotimizning ahvoli va mavqeini tasavvur qilish imkoni tug'iladi. Nega bunday hol ro'y berdi? Agar sabablar haqida gapiriladigan bo'lsa, bu holni milliy matbuotimizning "dumbulligi" bilan izohlash lozim bo'ladi.

Yuqorida eslatilganidek, tinimsiz siyosiy islohotlarga giriftor qilingan, buyurtmalar iskanjasidan chiqib keta olmagan o'zbek matbuoti hali ham o'zini kashf etish borasida izlanayapti.

Ko'z oldingizga keltiring: dastlabki gazeta-jurnallar paydo bo'lganda ular ko'proq ma'rifatni targ'ib qildi. Keyinchalik siyosiy hayotga aralashib, odamlarni o'z tarixini o'rganish, qadr-qimmatini anglashga chaqirdi. Pirovardida hokimiyatga intilishga undadi. Birdaniga oktyabr to'ntarishi va totalitar mafkura oyboltadek yorib kirdi va hammasi aralash-quralash bo'lib ketdi.

Milliy matbuot o'z qiyofasini topa olishga ulgurmadi. Bu hol mustaqillikkacha davom etdi. Istiqlol yillarida esa ochig'i, matbuotning o'z qiyofasini kashf etish borasidagi sa'y-harakatlar izchil davom etmadi va ko'zga ko'rinarli natijaga erishilmadi. Holbuki, u bir paytlar norasmiy holda "to'rtinchi hokimiyat" maqomiga ega bo'lgandi. Bugun vatandoshlarimiz bu "hokimiyat"ni barcha puchmoqlardan izlayapti, biroq topish oson bo'lmayapti.

Bu holga tushishning bosh sabablaridan biri, mening nazarimda, kasbga sadoqatning yetishmagani, kasbiy tayyorgarlikning zaifligi bilan belgilanadi. Bu hol esa xodimlar tayyorlash tizimining milliy-tarixiy zamindan uzilib qolgani, dunyoqarashni soxta aqidalar ruhida shakllantirilgani bilan izohlanadi.

Sho'ro zamonida jurnalistga komfirqaning yugurdagi, nari borsa maddohi sifatida qaralardi. Ana shunday sun'iy andazalar asosida tayyorlangan xodimlar amaliy faoliyatga tayyor emas edi. Jurnalistikada "Hammanarsa haqida yozish mumkin" degan kasbiy qoida amal qiladi. Mabodo, qalamkash hammaning e'tiboridagi voqea haqida eplab yoza olmasa, uning yozganlari e'tirozga sabab bo'lsa, hatto ish sudgacha borsa, bunda kimni ayblash lozim? (Omadi gap shuki, sudlashish jurnalistik faoliyatda oddiy hol hisoblanadi, biroq tarafkashlik tufayli paydo bo'lgan g'alva tufayli sudlashish bilan haqiqatni himoya qilib sudlashish o'rtasida katta farq bor). Yoki o'rtada sobit turishi, faqat adolat tantanasi uchun ishlashi lozim bo'lgan

kasb egasi buyurtma bilan bir tomonning manfaatini himoya qilib tursa, kasbning obro'yi qoladimi? Bunday hollaming sabablari ko'p bo'lishi mumkin, lekin asosiysi, kasbiy e'tiqodning sustligi emasmi? Demak, jurnalistning maslagi ham sohaning rivojida muhim o'rin tutar ekan.

Sabablardan yana biri esa sho'ro tuzumining qiyofasi edi. Xohlaysanmi, yo'qmi, totalitar mafkura tarafida turishing lozim edi. O'shanda "to'rtinchi hokimiyat" deyilganda, xalq bilan davlat o'rtasidagi ko'prik emas, balki jazolovchi kuch, yana bir zo'ravon mahkama tushunilgan. Shu sababli gazetalarda "...ko'zingizni oching, sizga felyetonchi ketdi" tarzidagi shapkalar berilgan, felyetonchi esa qog'oz va qalam bilan birga ikkita to'pponcha osib yurgan. Shunday qilib, matbuot qo'rquv mashinasiga ham aylangan edi. Dunyo tajribasi esa bunday hollarni qoralaydi, bunday matbuotni tan olmaydi ham.

- Milliy matbuotimizdagi yosh kadrlar ijodini kuzatasizmi? Ular yozayotgan badiiy ijod namunalarining boshqa janrda yaratilayotgan asarlar bilan bahslasha olayaptimi?

- Albatta, yosh ijodkorlarning ijodini kuzatib boraman... Hozir dunyo siyosiy iqlimi tubdan o'zgardi, zo'ravonlikni, kuch ishlatishni targ'ib qilish nufuzli qonunlar bilan taqiqlandi. Jumladan, O'zbekiston eng erkparvar, adolatparvar siyosat tarafdori. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev rahbarligida yangilanish sari olib borilayotgan siyosatdan xalqimiz rozi, ulardan umidi katta. Shunday sharoitda milliy matbuotimiz ham yangilanishlar ilhomchisi va targ'ibotchisi bo'lishi ayni davr talabi.

Matbuotning o'rni va vazifasi bo'lakcha. Masalan, TV da voqelikning tashqi, fotografik manzarasi aks etsa va xulosalar ham birlamchi dalillar ko'magida chiqarilsa, matbuot yutuq va kamchiliklarning ildizlari, yuzaga chiqargan teran omillar haqida mushohada yuritish imkonini beradi. TV da bir xil manzaraning turli hududlarda kechish va sodir bo'lish jarayonini birdaniga qamrab olish imkoni bo'lmaydi. Matbuot esa dalillarni taqqoslab, ularni tahlilga "torta" oladi. Yutuqni ommalashtirish, kamchilikni bartaraf etish uchun esa ularning sabablarini topish lozim bo'ladi. Bu yumush matbuot xulosalari orqali amalga oshiriladi.

Bugungi kunda sohaning yetilgan muammolaridan biri - jurnalistning kasb mahorati, e'tiqodidan tashqari, malakali jurnalistning o'zini tayyorlash bo'lib turibdi. To'g'ri, bu bo'shliqni biror axborotni eplab yozadigan ma'lumotli odamlar hisobidan to'ldirish mumkin, ammo professional kasb odamini yetishtirish oson masala emas. Ko'plar yozishni bilgan odam redaksiyalarda ishlab keta oladi, deb o'ylaydi. To'g'ri, ishlab keta oladi, biroq ishkal shundaki, u havaskorlik darajasidan ko'tarilishi qiyin kechadi. Mabodo ish shunday bo'lganda edi, universitetlarda maxsus fakultet tashkil qilinmagan bo'lardi. (Umuman, bu soha xodimlarini tayyorlash bo'yicha dunyoda turli yondashuvlar mavjud). Shundanmi, ishtiyoqi baland kishilar jon-jahdi bilan

jumalist bo'lishga intiladi, jurnalistikada o'qiyotganlarning aksariyati esa afsuski, bitirgach shu sohada ishlamasligini aniq biladi.

Malakali, pishiq-puxta xodimlarning tayyorlanmaganligi ham milliy jurnalistikaning oqsab qolishiga sabab bo'ldi. Ochig'i, o'tgan yillarda jahon standartlari darajasida faoliyat ko'rsatgan hamkasbimni eslay olmayman. Topilishi mumkin, gap millat, xalq manfaatlari haqida ketmoqda. Shunday qilib, publitsistika proza, ayniqsa, poeziyaning soyasida qolib ketdi. Holbuki, publitsistikada hamma janrlar mavjud, bugun u eng yetakchi mavqega ega bo'lib turibdi.

- Tarmoq gazetalari aslida qanday bo'lishi kerak? Bugun ularga ehtiyoj bormi?

- Malakali xodimlar tayyorlashning ikkinchi qanoti - hududiy matbuot. Oddiy holat - daryoning to'lib oqishi buloqlar suvining mo'lligidandir. Oldin buloq quriydi, so'ngra ilojsiz qolgan daryo taqirga aylanadi. Avvalo, hududiy matbuot - tuman yoki viloyatlarda gazeta-jurnal nashr etishning ma'naviy tomonlariga e'tibor qarataylik. Tuman yoki viloyat markazlarida gazeta-jurnal tahririyatlarining bo'lishi, aniqki, bir madaniy, ijodiy markaz mavjudligidan darak beradi. Bu joy qalbida ijod ishqi bo'lgan bo'lajak qalamkashlar, san'atkorlar, umuman, ziyolilarning sevimli maskaniga aylanadi. Baland parvozlar ana shu dargohdan boshlanadi. Hammamizning tomog'imiz tuman gazetalarida ko'tarilgan, desam, xato bo'lmas. Boz ustiga, mustaqillik tufayli hududiy matbuotning yumushi yana ham ko'paydi. Axir o'sha joydagi tarixiy maskanlar, qadriyatlar, taniqli kishilar haqida o'sha joyning odaml ari ko'proq biladi va "qotirib" yoza oladi. Bu mavzulardagi chiqishlar yurtimizning endi yozilajak to'la tarixiga chizgilar bo'lib qo'shilishi bor gap.

Mamlakatimizda san'atga, sportga juda katta e'tibor berilayapti. Yoshlarimizning muvaffaqiyatlari haqida ham hududiy matbuotda batafsil hikoya qilish mumkin. Qolaversa, tuman va viloyat gazetalari kelajak uchun shu joylarning chinakam solnomasini bitib boradi.

Tuman yoki viloyat gazetasida, umuman, matbuotda ishlashning o'zgacha gashti, mas'uliyati bor. Bu soha odamning barcha qobiliyatini bir maqsadga safarbar qilishni talab qiladi. Albatta, birinchi shart - ona tili imlo qoidalarini puxta bilish, yuqori darajadagi savodxonlik bo'lgan gazetachilik fikrni ravon, tushunarli ifodalashga o'rgatadi. Yoki oddiy holat - asil nusxani gazeta sahifasi bilan solishtirib o'qish ham diqqatni bir nuqtaga jamlash, boshqa narsalarga chalg'imaslik, ishda basarishta bo'lish, umuman, yuqori mas'uliyatni talab qiladi. Kimki shunday sinovga bardosh bersa, ishlab keta oladi, bo'lmasa, ko'p o'tmay, boshqa sohani tanlaydi. Xarakterdagi bunday qat'iylik har qanday sohada asqatadi. Shuning uchun redaksiya maktabini o'tagan xodimlar boshqa har qanday sohada qiynalmay ishlab ketgan, hatto boshqalardan ko'ra yaxshi ishlagan ham. Shu ma'noda redaksiyalarni malakali xodimlar tayyorlash maktabiga tenglashtirsa bo'ladi.

Gazeta-jurnallarda tafakkurning jami qirralari yuzasidan bahs yuritiladi. Har kuni gazeta varaqlab yoki jurnal sahifalarini taxtlab yurgan odamga uning "changi" o'z-o'zidan yuqib qolaveradi. Kasblar orasida jurnalistga har qanday soha odami bilan teng gaplasha oladigan, yuqori madaniyatli shaxs sifatida qarashadi.

Bir davlat arbobining (Napoleon) "Har qanday jurnalist vazir bo'lishi mumkin, biroq har qanday vazir jurnalist bo'la olmaydi", degan gapi bot-bot takrorlanib turishi ham behuda emas. Bu mezonlar aslida, jurnalistga qo'yilgan talablar. Ana shunday qadriyatlarni mujassamlashtirgan ma'naviy boylik mustaqillik g'oyalaridan to'yinib, yangicha ko'rku kamol kasb etishga haqli. Negaki, kuchli davlatni kuchli mafkuraviy qurolsiz tasavvur qilib bo'lmaydi.

Xonadonlarga gazeta-jurnallarning kirib borishi o'sha manzillarga ma'rifatning, ziyoning kirib borishidir (albatta, bu mahsulotlar nur olib kiradigan darajada nurli bo'lishi lozim). Erta tongda birinchi mashg'ulotini bosma nashrlarni varaqlashdan boshlagan xonadon ahli diliga bir munavvarlik yuqqanga o'xshaydi. (Iztirob bilan qayd etish joizki, hozir nashrlarda yorqin ruhli maqolalar kamayib ketdi; aksariyat ko'ngilochar oldi-qochdilar. Xalqimizning ko'ngli qachon "yopilib" qolgan yoki nima ish qilib charchagan?) Mutolaa bilan boshlangan kun boshqa xayrli amallarga yo'l ochadi. Xossatan, oilada kitobxonlik muhiti qaror topadi. Gazetadan shapaloqdek qiziqarli narsani mutolaa qilgan uy bekasida qalin kitobni ham o'qib chiqish hafsalasi paydo bo'ladi.

Umuman, ma'naviyat bilan bog'liq barcha yumushlar bir-biri ila ichki mantiq orqali bog'langan. Bir zanjir zaif bo'lsa yoki uzilib ketsa, ilgarilanma harakat ta'minlanmaydi. Mahalliy hayotni ishonchli va teran yoritadigan gazeta-jurnallar esa bardavomlik va uzviylikni ta'minlaydigan vosita. Umuman, tuman va viloyat gazetalarining ijtimoiy hayotni taraqqiy ettirishda o'rni beqiyos. Buni bosh muharrir va mas'ul jurnalistlar his etmog'i lozim. Endi shunchaki gazeta betlarini to'ldirish uchun yozib bo'lmaydi. Fan va texnika rivoji bilan basma-bas qalam tebratmoq darkor.

- Xalqda "Bo'zchi belboqqa yolchimaydi" degan gap yuradi. Ko'plarning muammosini yechishga safarbar qilingan matbuotning o'zi ham muammolar girdobida qolib ketgandek, nazdimizda. Siz ushbu holatni qanday izohlaysiz?

- Bu ayni damda aytilishi kerak bo'lgan gap bo'ldi. Oddiy masala - xodimlar mehnatiga haq to'lashni olib ko'raylik. Kecha ish boshlagan ham, deylik, 20 yil ishlab qo'ygan xodim ham bir xil maosh olaveradi. Bu borada mehnat staji, malaka singari omillarga e'tibor berilmagan. Bu xususiy masala. Umumiy tarzda esa matbuot, umuman, jurnalistikaning umuminsoniyat mezonlari darajasida e'tirof etilgan tamoyillari bor. "Matbuot o'zi mansub bo'lgan jamiyatning mahsulidir" singari aqidalarga qo'shilib bo'lmaydi. Axir Braziliya yoki Indoneziyaning o'ziga xos meditsinasi bo'lmaydi-ku.

Garchi meditsina va jurnalistika boshqa-boshqa soha bo'lsa-da, ularning zamirida insonga xizmat qilish tamoyili mujassam. Shunday ekan, jurnalist ham jamiyatda ham ma'nan, ham moddiy zoriqmasligi lozim. Qolaversa, jamiyat uchun meditsinaning o'rni qanchalik muhim bo'lsa, jurnalistikaning zarurati ham undan kam emas. Ilg'or mamlakatlar tajribasi bu nisbatni yuz yillar oldin tasdiqlagan.

Mabodo, umuman olganda, qaysi davlatda bo'lsa-da, matbuot umuminsoniy mezonlardan chekinib, o'z qobig'ida o'ralashib qolsa, bunga sohani emas, o'sha soha odamlarini ayblash lozim. Bizda tarixiy tajribalar asosida rivojlanayotgan, qonuniy asoslari mustahkam milliy matbuot mavjud. Davr talablari esa endi eski qoliplar doirasida ishlab bo'lmasligini ko'rsatayapti. Xayrli ishlarga kamarbasta bo'lib turgan vaqtli matbuotimiz muammolarini bartaraf etib, zamon bilan baqamti rivojlanishga kuch topa oladi, albatta.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Cherepaxov M. S, Problemi teorii publitsistiki, M., 1973;

2. Matbuotimiz fidoyilari [3 jildli; tuzuvchi va nashrga tayyorlovchi

3. I. Yesenboyev], 1—2j.lar, T., 1991, 1993;

4. Pidayev T., Matbuot — millat chirog'i, T., 1999;

5. Sulaymonov I., Men— jurnalistman, T., 2001.

6. Национальной телерадиокомпании Узбекистана» // lex.uz.

7. Akhmedov, T. (2017). The history of television journalism in Uzbekistan. Bulletin of Science and Practice, (12), 417-420;

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.