Scientific Journal Impact Factor
О
KO'P SAHIFALI MATBAA NASHRLARINING TURKISTON HUDUDIDA TASHKIL ETILISH TARIXI, TAKOMILI VA MUAMMOLARI
Kattayeva Sohibjamol Abdukarimovna, Toshkent davlat to'qimachilik va yengil sanoat inctituti Magistratura bo'limning 5A320802 - Matbaa texnologiyasi va dizayni mutaxassisligi birinchi kurs magistratura talabasi.
Annotatsiya: Matbaa sohasini davriy nashrlar hamda kitob sanoatidan ayro tasavvur qilib bo 'Imaydi. Mazkur ko 'p sahifali matbaa nashrlari bosish texnologiyalari istiqboli davrida zamon, makon xususiyatlaridan kelib chiqib, qator jarayon va holatlar guvohi bo'lib kelgan. Maqola Turkiston zaminida matbaa nashrlarining tashkil etilish, tarqalish va takomillashib borish jarayonlari tarixi haqida bayon qiladi.
Kalit so 'zlar: gazeta, bosma, jurnal, kitob, nusxa, matbuot, mexanizm, bosma usul, ahborot, hudud, texnologiya.
Abstract: The printing industry is inseparable from the periodicals and the book industry. These multi-page publications have witnessed a number of processes and situations in the future of printing technology, depending on the characteristics of time and space. The article tells about the history of creation, distribution and improvement of book printing in Turkestan.
Keywords: newspaper, print, magazine, book, copy, print, mechanism, printing method, information, region, technology.
Аннотация: Полиграфическая промышленность неотделима от периодической печати и книжной индустрии. Эти многостраничные публикации стали свидетелями ряда процессов и ситуаций в будущем технологии печати, в зависимости от характеристик времени и пространства. В статье рассказывается об истории создания, распространения и совершенствования книгопечатания в Туркестане.
Ключевые слова: газета, печать, журнал, книга, копия, печать, механизм, способ печати, информация, регион, технология.
Matbaa sanoati o'z navbatida jurnalistikaning eng qadimgi turi - bosma matbuot bilan chambarchas bog'liq bo'lib, uning Тш-kiston zaminida qadamba qadam rivojlanib kelish jarayoni ham o'ziga xos tarixga ega.
So'nggi yillarda olib borilayotgan islohotlar jurnalistikaning ham bir emas bir necha qadam ilgarilab borishiga sababchi bo'lmoqda. Xususan, taxminan 20-30 yillar
KIRISH
Scientific Journal Impact Factor
O
ilgari jurnalistikaning eng ommabop va ta'sirchan turlari sifatida bosma matbuot yetakchi o'rin egallagan bo'lsa, bugunga kelib axborot texnologiyalarining rivoji sabab internet barcha OAV turlari element va shakllarini o'zida birlashtirgan holda ham ta'sir, ham ommaviylik jihatidan ustunlik qilmoqda.
Shuningdek, bosma matbuot barcha OAV turlari ichida eng ko'p tarixga egaligi bilan ayniqsa ahamiyatlidir. Jurnalistika tarixi deyilganda bosma matbuot tarixi nazarda tutiladi, sababi sohaning taraqqiyoti aynan bosma nashrlarning taraqqiyoti bilan chambarchas bog'liqdir.
O'zbek jurnalistikasining tarixiy ildizlari, o'lkada og'zaki va yozma axborot shakllarining tarkib topishiga borib taqaladi. Dastlabki yozma matnlarda ham, o'tmishdagi o'zbek adiblari va allomalarining ijodida ham ijtimoiy axborot va publisistika belgilarini ko'rishimiz mumkin. Ammo Turkistonda ommaviy axborot turlari bo'lmish gazeta va jurnallarni nashr etish esa XIX asrning ikkinchi yarmidan, chorizm istilosidan keyin boshlangan.
Bu davrda Turkiston o'lkasida xususiy matbuot nashrlari paydo bo'la boshlaydi. "Okraina" (1890-1898) gazetasi o'lkadagi birinchi xususiy nashr sanalib, u xususiy gazetalar tarmog'ini o'sishishida alohida ahamiyat kasb etadi. Shu bilan birga, "Zakaspiyskoe obozrenie", "Russkiy Turkestan", "Asxabad" va boshqa matbuot nashrlari paydo bo'ladi hamda ular yo'nalishi va mazmuni jihatdan o'xshash hamda farqli jihatlarga ega bo'lgan. Turkistonda ishchilar xarakatining paydo bo'lishi bilan parallel holatda o'lkada "Iskra", "Vpered", "Proletariy", "Pravda" kabi markaziy bolshevikcha gazetalarning hamda boshqa inqilobiy adabiyotlar tarqala boshlaydi. Mahalliy sotsial-demokratlar nashrlarini tashkil etish borasida ko'rilgan tadbirlar natijasida "Rabochiy", "Soldatskiy listok Pravda", "Rabochiy listok - Molot" gazetalari, "Russkiy Turkestan", "Ashabad", "Samarqand" kabi xususiy ro'znomalari tashkil etiladi va ularda sotsialdemokratik g'oyalarni targ'ib qilish boshlanadi. Turkistonda jadidlik harakati mohiyati va uning milliy jurnalistikaning taraqqiy topishida muhim o'rin egallaydi. Ismoil Obidiy, Mahmudxo'ja Behbudiy, Munavvar qori, Ubaydulla Asadullaxo'jaev, Abdulla Avloniy va boshqalar tomonidan Turkistonda "Taraqqiy" (1906), "Xurshid" (1906), "Tujjor" (1907), "Shuhrat" (1908), "Osiyo" (1908), "Samarqand" (1913), "Sadoi Turkiston" (1914), "Sadoi Fargona" (1914) kabi xususiy milliy gazetalar tashkil qilingan.
1903 yilning mart oyida tuzilgan Muvaqqat hukumat davrida Turkistonda «Najot», «Turon», «Kengash», «Xurriyat», «Ulug' Turkiston», «Sho'roi islomiya», «Farg'ona nidosi», «El bayrog'i» singari gazetalari, «Kengash», «Xurriyat», «Yurt»,
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Scientific Journal Impact Factor
o
«Ishchilar dunyosi», «Chayon» kabi jurnallari nashr qilinadi. 1924 yil dekabrdan O'zbekistonda matbuot va nashriyot ishlari yanada rivojlandi. O'zbek davlat nashriyoti tashkil etildi. Bu davrda O'zbekistonda qancha kitoblar nashr etilganini 1-jadvaldan ko'rish mumkin. 1924 yilda 193 nomda 2054 bosma taboq hajmda 571 ming nusxa kitob chiqarilgan. Kitob nashr qilish, 1928 yilda 1924 yilga nisbatan adadi jihatidan 4,6 baravar, hajmi (bosma taboq) jihatidan esa 6 baravar ko'paygan edi.
1941 yili O'zbekistonda 183 gazeta va 47 jurnal chop qilinar edi. 1938-1941 yillari 48 millionga yaqin nusxada 4378 nomda kitob chiqarilgan bo'lib, bunga 260 million bosma taboq qog'oz sarf etilgan. Ikkinchi jahon urushining boshlanishi o'zbek milliy matbuotida o'ziga xos burilish yasadi. Umuman, sho'rolar matbuotining urush davri faoliyatiga qisqacha tavsif beradigan bo'lsak, bu vaqtda frontda o'zbek tilidagi qator nashrlar, xususan, "Dushmanga qarshi olg'a", "Suvorovchi", "Vatan uchun", "Front xaqiqati","Qizil askar haqiqati", "Vatan sharafi uchun" gazetalarining ham tarqatilganini aytib o'tish o'rinlidir. Urushdan keyingi -mamlakat xalq xo'jaligini tiklash, "sotsializm qurilishi uzil-kesil va to'la g'alaba qilishi"ni ta'minlashda matbuotning vazifasi oshib boradi. Turg'unlik yillarida sho'ro ommaviy axborot vositalari sistemasi takomillashadi. Shuningdek, Sobiq sho'ro tuzumi davrida O'zbekistonda davriy matbuot tarmog'i respublika, viloyat va tuman miqyosida chiqadigan umumsiyosiy va tarmoq gazetalari, shuningdek, yangi jurnallar hisobiga kengayadi. Ayni paytda radiojurnalistika va telejurnalistika ham tarkib topa boradi. Lekin bular mustabid tuzum ko'zlagan siyosiy, iqtisodiy va mafkuraviy maqsadlarga xizmat qilishga mahkum edi. Keyinchalik kommunistlar partiyasiga xizmat qiladigan sho'ro matbuoti barham topa boshlaydi. Bu davr matbuot tarqatishning eng taraqqiy etgan davri sifatida e'tirof etish mumkin. 1930 yilda tashkil etilgan davlat boshqaruvidagi "Soyuzpechat" markaziy chakana savdo va obuna agentligi o'z faoliyatida eng yuqori natijalarga erishadi. "Soyuzpechat" bosh direksiyasidan tashqari uning tarkibiga filiallar, mahalliy agentliklar, ixtisoslashgan do'konlar, ko'chma savdo do'konlari, gazeta va jurnallar uchun avtomatlar kirgan hamda ularning barchasi chakana savdo tarmog'ini tashkil qilgan. 1975 yil birinchi yanvarda 500 dan ortiq savdo markazlari, 30,500 do'konchalar va 11 mingga yaqin savdo avtomatlari bor edi. Ushbu tarmoq yordamida davriy nashrlarga qo'shimcha ravishda, filateliya materiallari, kitoblar, risolalar, grafik mahsulotlar, ko'krak nishonlari va boshqa iste'mol tovarlari sotilgan. 1980 yilga kelib, "Soyuzpechat" kuchli moddiy-texniy bazaga ega edi va barqaror iqtisodiy ko'rsatkichlarga ega edi.
Scientific Journal Impact Factor
o
- Bosma tarqatish sohasida ishlovchilarning o'rtacha yillik soni 84, ming kishi;
- Kioska tarmog'i 34,3 ming donaga o'sgan;
- "Soyuzpechat" ning 620 ta savdo do'koni;
- 11,6 ming dona transport vositasiga ega edi.
Ko'rsatilgan raqamlar albatta tahsinga sazovor. Ammo yillar davomida bu ko'rsatkichlar tobora regress holatiga kelib bormoqda. Bugungi kunga kelib, kitob, gazeta va jurnallar ilgarigidek yuz minglab nusxalab chop etilmaydi. Sabablar esa turlicha, matbuotning yillar davomida ommaviyligini pasaytirgan faktorlar sifatida qog'oz narxi, internet va sifatli kontent masalalari turadi. Qog'oz narxining qimmatlashib borishi matbuot nashrlari adadining keskin kamayishi bilan birga, kitoblar adadiga ham o'z ta'sirini o'tkazgan. Kitob o'qishning ham boshqa alternativ usullari paydo bo'ldi. Qimmat qog'oz degani nashr tannarxining oshib borishi demakdir. Tannarxning oshishi esa gazeta va jurnalning obuna qiymati, kitob narxining oshishiga sezilarli ta'sir ko'rsatadi. Obuna narxining ko'tarilishi esa unga obuna bo'luvchilarning soniniing keskin kamayib borishiga sabab bo'lib boradi. Bosma nashrlarda ham ularning savdosi o'sishida nashrning tannarxi mushtariylar uchun cho'ntakbop bo'lishi kerak. Ammo, qog'oz narxining bir tarafdan 2016-2018 yillarida jahon bozorida qariyb 55-65 foizga (mamlakatimizda valyuta liberalizatsiyasi natijasida bu narx ichki bozorda qariyb 185 foizga) o'sishi bosma mediamahsulotlarning tannarxi keskin ko'tarilishiga sabab bo'ldi. Ustiga ustak, qog'oz importi bozori bir nechtagina yirik kompaniyalar qo'lida bo'lgani sabab boshqa importyor kompaniyalar ichki bozorda sog'lom raqobat qila olmayapti.
Xulosa qilib aytish mumkinki, bosma nashrlarni qo'llab-quvvatlash yo'lida hech bo'lmasa keyingi ikki yilda qog'oz importini davlat o'z monopoliyasiga aylantirib turishi lozim. Ya'ni, har bir nashr yoki bosmaxonaga qog'ozni to'g'ridan-to'g'ri davlatdan sotib olish imkoniyati yaratilsa, bosma nashrlar va matbaa sektori ancha oyoqqa turib olishi uchun imkon yaratilgan bo'lar edi. Misol uchun, "Sharq" nashryotida 1 dona A2 formatdagi 8 betli gazeta bosish un belgilangan narxlar turli yillar davomida quyidagicha bo'lgan:
Mamlakatimizda qog'oz ishlab chiqarish va yoki importni rivojlantirish asnosida sohani qayta rivojlantirish matbuot nashrlari va kitob mahsulotlarini ommalashtirish va bu orqali aholining savodxonligini yangi bosqichga ko'tarish,
XULOSA
-2015 yilda 352 so'm 40 tiyin -2017 yilda 599 so'm 50 tiyin 2020 yilda 1419 so'm 30 tiyin
Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 5
educational, natural and social sciences (~) ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423
kadrlar sifatini yaxshilash imkoniyati yaratiladi.
REFERENCES
1. Do'stqoraev B. O'zbekiston jurnalistikasi tarixi (darslik). - T.: G'.G'ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2009.
2. Гуревич С.М. Газета: вчера, сегодня, завтра. — Б.49. (манба: http : //evartist.narod.ru/j ourn.htm)