Научная статья на тему 'INTERNET JURNALISTIKASINING YANGI YO‘NALISHI BLOGERLIK FAOLIYATI'

INTERNET JURNALISTIKASINING YANGI YO‘NALISHI BLOGERLIK FAOLIYATI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
3248
240
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
blog / Blogerlik faoliyati / Fuqarolik jurnalistikasi / Blog (tarmoqdagi jurnal) / "web log" "vebkundalik" / Shaxsiy blog / Moda blogi / Taomlar retsepti blogi / Sayohat blogi / Musiqa blogi / spam . / Blog / Blogging / Civil journalism / blog (web log) / "Web log" / personal blog / recipe blog / travel blog / spam.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Yulduz Asqar Qizi Hakimboyeva

Blogerlik faoliyati uning yutuqlari, kamchiliklari, muallifdan talab etiladigan qanday bilimlarni egallash zarurligi to’g’risida fikr mulohazalar shuningdek, mashhur blogerlarning yutuqlari haqida keltirib o’tilgan. Bloggerlar — yaxshi boshqaruvchilardir. Ular o'z vaqtini to'g'ri taqsimlay bilishi lozim. Blogger oʻz vaqtini toʻgʻri rejalashtira olsagina, uning blogi doimiy ravishda yangilanib turadi. Agar blog jamoaviy yoki korporativ bo'lsa, uning rahbari jamoani boshqarib turishi kerak bo'ladi: muallif va kontent-menejerlarni qidirish va ishga yollash, uydan turib ishlashni tashkillashtirish hamda uni nazorat qilish. Blogger har kuni boshqaruvga oid ko'plab muhim qarorlarni qabul qiladigan odamdir. Yaxshi bloggerlardan yaxshi boshqaruvchilar chiqishiga shubha yo'q.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE NEW DIRECTION OF INTERNET JOURNALISM IS BLOGGING ACTIVITIES

Blogging activity commentations on its achievements, shortcomings, what to be required of the necessary knowledge required is also about the achievements of popular blogers. Bloggers are good managers. They need to be able to distribute their time properly. Only his blog will be renewed only if a blogger planned his time correctly. If the blog is collective or corporate, its leader will have to lead the team: the search and hiring author and content managers, organize home and control home. The blogger is a man who makes many important decisions regarding the management day. There is no doubt that good stewards will come out of good bloggers.

Текст научной работы на тему «INTERNET JURNALISTIKASINING YANGI YO‘NALISHI BLOGERLIK FAOLIYATI»

INTERNET JURNALISTIKASINING YANGI YO'NALISHI - BLOGERLIK

FAOLIYATI

Yulduz Asqar qizi Hakimboyeva

Maktabgacha ta'lim vazirligi Axborot xizmati yetakchi mutaxassisi

ANNOTATSIYA

Blogerlik faoliyati uning yutuqlari, kamchiliklari, muallifdan talab etiladigan qanday bilimlarni egallash zarurligi to'g'risida fikr mulohazalar shuningdek, mashhur blogerlarning yutuqlari haqida keltirib o'tilgan. Bloggerlar — yaxshi boshqaruvchilardir. Ular o'z vaqtini to'g'ri taqsimlay bilishi lozim. Blogger o'z vaqtini to'g'ri rejalashtira olsagina, uning blogi doimiy ravishda yangilanib turadi. Agar blog jamoaviy yoki korporativ bo'lsa, uning rahbari jamoani boshqarib turishi kerak bo'ladi: muallif va kontent-menejerlarni qidirish va ishga yollash, uydan turib ishlashni tashkillashtirish hamda uni nazorat qilish. Blogger har kuni boshqaruvga oid ko'plab muhim qarorlarni qabul qiladigan odamdir. Yaxshi bloggerlardan yaxshi boshqaruvchilar chiqishiga shubha yo'q.

Kalit so'zlar: blog, Blogerlik faoliyati, Fuqarolik jurnalistikasi, Blog (tarmoqdagi jurnal), "web log" - "vebkundalik", Shaxsiy blog, Moda blogi, Taomlar retsepti blogi, Sayohat blogi , Musiqa blogi, spam .

THE NEW DIRECTION OF INTERNET JOURNALISM IS BLOGGING

ACTIVITIES

ABSTRACT

Blogging activity commentations on its achievements, shortcomings, what to be required of the necessary knowledge required is also about the achievements of popular blogers. Bloggers are good managers. They need to be able to distribute their time properly. Only his blog will be renewed only if a blogger planned his time correctly. If the blog is collective or corporate, its leader will have to lead the team: the search and hiring author and content managers, organize home and control home. The blogger is a man who makes many important decisions regarding the management day. There is no doubt that good stewards will come out of good bloggers.

Keywords: Blog, Blogging, Civil journalism, blog (web log), "Web log", personal blog, recipe blog, travel blog, spam.

Bugungi kunda tarmoq bloglardan iborat, bloglarning o'zaro birlashishi blogosferaning katakli tuzilishini shakllantiradi. «Fuqarolik jurnalistikasi» (citizen journalism) tushunchasi bizga G'arbdan kirib keldi. G'arbda «jurnalistika» atamasi

biroz boshqacha talqin qilinib, fakat ijod turi deya e'tirof etilgan. Blogging fuqarolik jurnalistikasining asosiy shakllaridan biri, bu bir qator manbalar bilan tasdiqlanadi.

Bloglar alohida odamga (shaxsiy) yoki guruhga tegishli bo'ladi. Masalan:

Bahodir Ahmedov blogi (https://t.me/bahodirahmedoff ) ,

Aziza Qurbonova blogi ( https://t.me/qurbonova a )

Shahnoza Soatova blogi ( https://t.me/shahnozxon )

Zafarbek Solijonov (https://t.me/Zafarbek Sol ijonov)

Bloglarning mavqei jahon axborot makonida kundan kunga oshib bormoqda. littp://go.mail.ru/search?fm=l&q saytining xabar berishicha: 2004 yildan buyon 14 iyun xalqaro blogerlar kuni sifatida nishonlanmoqda.

Blogerlik - ommaviy axborot sohasidagi faoliyat. Ammo blogerlik shu sohadagi ishning boshqa turlariga, masalan, notiqlik. Matbuot, radio yoki televideniyedagi faoliyatga o'xshamaydi. Masalan, Rossiya Federasiyasida blogerning saytiga bir kecha-kunduzda uch ming iste'molchidan ko'prok odam kirsa, mazkur blog OAV deb nomlanish huquqiga ega bo'lishi qonun bilan belgilangan.

O'zbekiston qonunchiligida bunday me'yor yo'q. 2014-yilda qabul qilingan «O'zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o'zgartish va qo'shimchalar kiritish to'g'risida»gi qonunda «bloger - internet jahon axborot tarmog'idagi o'z veb -saytiga va (yoki) veb-sayt sahifasiga hamma erkin foydalanishi mumkin bo'lgan, ijtimoiy-siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va boshqa xususiyatga ega axborotni joylashtiruvchi, shu jumladan, axborotdan foydala- nuvchilar tomonidan ushbu axborotni muhokama qilish uchun joylashtiruvchi jismoniy shaxs» deya ta'riflanadi. O'zbekiston Respublikasining 2003-yil

1-dekabrda qabul qilingan «Axborotlashtirish to'g'risida»gi konunning 3-moddasi shu mazmundagi xatboshi bilan to'ldirilgan.

Yana bir qo'shimcha Qonunning 12-moddasiga tegishli. Bu yerda «veb-saytning va (yoki) veb-sayt sahifasining egasi, shu jumladan, bloger hamma erkin foydalanishi mumkin bo'lgan axborot joylashtiriladigan in ternet jahon axborot tarmog'idagi o'z veb-saytiga va (yoki) veb-sayt sahifasiga hamma erkin foydalanishi mumkin bo'lgan axborotni joylashtirishdan avval uning to'g'riligini tekshirishi, shuningdek, joylashtirilgan axborotning noto'g'riligi aniqlangan taqdi rda uni darhol o'chirib tashlashi shart»1 deb belgilangan.

Mazkur huquqiy me'yorda blogerlik faoliyati qonuniy kafolatlangan. Faqat huquqshunoslar tomonidan qonunga yoziladigan sharh yoki izohlarda qanday axborotni noto'g'ri deb hisoblash mumkinligi haqida tushuncha berilmagan. Misol uchun, aytaylik, bir bloger boshqa bloger materialini o'z sahifasiga joylashtirsa va bu ma'lumot noto'g'ri chiqsa, unda kim javobgarlikka tortilishini aniqlash zarur bo'ladi. Vaholanki, internet kengliklarida axborot noto'g'riligi tushunchasi turli mamlakatlarda

1 http://www.lex.uz/pages/getpage.aspx?lactjd=2456411

Uzbekistan www.scientificprogress.uz

turlicha talqin etiladi. Internet esa davlat chegaralarini bilmaydi. Bu - jahon «o'rgimchak to'ri»ning jiddiy muammolaridan biri.

Aslida internet qonunchiligini yaratish bugungi kunning eng dolzarb masalasi bo'lib qoldi. Fuqarolarning internetdagi faoliyatiga nisbatan dunyo hamjamiyati ikki qismga bo'linib ketdi. AQSH amaliyotiga ko'ra, internetda o'z materiallarini joylashtiradigan har bir kishi jurnalist deb hisoblanishi mumkin. Xitoy qonunchiligida esa bloger sifatida faqat davlatning tegishli idorasi tomonidan rasman ro'yxatga olingan shaxslar bu faoliyat bilan shug'ullanishlari mumkin. Dunyo elektron axborot makoni paydo bo'lganidan buyon mazkur holat eng murakkab masala bo'lib turibdi. Matbuot, radio va televideniye davrida bu muammo yo'q edi, endi esa u holat o'zgardi va o'z yechimini kutmoqda. O'zbekistan Respublikasining nuqtai nazariga kelganda aytish zarurki, bizning mamlakatimiz pozitsiyasi Xitoy olib borayotgan faoliyatga yaqin.

Blogerlik faoliyati O'zbekistonda ham tez rivojlanmoqda. «O'zbekistan ovozi» gazetasi muxbiri mazkur nashrning elektron saytida «kechagina «bloger» tushunchasi biz uchun mavhum edi. Bugun esa har birimiz o'z blogimizni ochib, unda mustaqil ravishda axborot berib borish imkoniyatiga egamiz» , deya ta'kidlamoqda.

Blogerlik faoliyatining xususiyatlari haqida gap ketganda, avvalo, blogerlar professional jurnalistlarga qay darajada yaqin, degan savolga javob berish zarur. Bizningcha, bu yerda asosiy ma'no «professional» so'zida mujassamlashgan, chunki blogerlar aynan professional xodim emas (o'z bloglariga ega bo'lgan professional jurnalistlar bundan mustasno). Shunday ekan ularni jurnalist deb atash mumkinmi emas. Qonunchilikda jurnalist kim degan savolga O'zbekiston Respublikasi «Jurnalistik faoliyatni himoya qilish to'g'risida»gi qonunning 3 -moddasida: «Jurnalist - O'zbekiston Respublikasining yoki xorijiy davlatning ommaviy axborot vositalarida xizmat qiladigan yoxud ularda shartnoma asosida faoliyat olib boorish hamda tarqatish

"5

bilan shug'ullanuvchi shaxsdir» , deb qayd etilgan. Qolaversa, jurnalist -O'zbekistonda jurnalistika sohasida ta'lim olgan, malaka va diplomga ega bo'lgan va jurnalistik faoliyat bilan shug'ullanuvchi mutaxassis. Lekin mamlakatimiz gazetalarida, ayniqsa, hududiy nashrlarda jurnalist diplomiga ega bo'lgan xodimlar deyarli qolmagan, asosan, filolog va tarixchilar jurnalist lavozimida faoliyat yuritmoqda. Qisqasi, O'zbekiston sharoitida blogerlikni ommaviy axborot bilan ishlash sohasidagi faoliyat desak, xato bo'lmaydi.

Blogning o'ziga xosligini harakterlab, I.B. Aleksandrova shunday deb yozadi: «Blog (tarmoqdagi jurnal) ommaviy kommunikasiyaning qizik bir turidir. Blogning janr belgilari noaniq. Bir tomondan, u an'anaviy kundalikning belgilariga ega, ko'ngil

2 http://uzbekistonovozi.uz/articles/index/php?ELEMENT ID=31541

3 «Jurnalistik faoliyatni ximoya kilish tugrisida»gi Uzbekistan Respublikasi konuni. Ommaviy axborot vositalari faoliyati soxasidagi me'yoriy-xukukiy xujjatlar tuplami. - T„ 2009. - B. 57.

izhoriga o'xshaydi, ikkinchi tomondan, bu shunday yozuvki, muallif uni katta auditoriya o'qishining tarafdoridir»4.

Blogerlar o'zlari tayyorlagan axborotni odatda rasmiy nashr maqomiga ega bo'lmagan kundaliklarida e'lon qiladilar, bu esa ularga o'z nuqtai nazarini ochiq tarzda aytishga imkoniyat yaratadi. Agar bloger o'z boshidan o'tganlarini yoki o'z ko'zi bilan ko'rganlarini yozsa, bu mutaxassislar tomonidan qo'llab-quvvatlanadi. Ayrim tadqiqotchilarning fikricha, bloger faqat o'zi ko'rgan guvohi bo'lga voqea-hodisalar haqida yozishi kerak, boshqacha ma'lumotlar go'yoki uncha ishonarli bo'lmaydi. O'ylaymizki, bloger o'z g'oyalari va tuyg'ulari haqida yozishga haqli. Agar odamlar uning materiallarini o'qishlarini xohlasa, eng avvalo, ko'pchilikni qiziqtiradigan voqealarni to'g'ri yoritishi shartligini esidan chiqarmasligi kerak.

Blogerlik jurnalistikasining o'ziga xos xususiyati shuki, bu yerda kimgadir havola qilish shart emas, odatda u o'z shaxsiy fikrini bildiradi, chunki blog uning kundaligidir.

Blogerlik jurnalistikasining muhim bir belgisi - yangi axborot vaqti-vaqti bilan, davriylik asosida chiqib turishi. Bu jihat mazkur soxani an'anaviy jurnalistikaga yaqinlashtiradi. Bunday davriylikka aslida blogerni hech kim majburlamaydi. Lekin ularning o'zi, birinchidan, auditoriya navbatdagi materialni kutib turganini biladi, ikkinchidan, uning o'zi ham ma'lumotlarini tez-tez yetkazib turishga zarurat sezadi. Bloger auditoriya talab etadigan yangiliklarning, turi va mazmunini his qilishi kerak, aks holda u an'anaviy jurnalistika vakillari va boshqa blogerlar bilan raqobatga bardosh berolmaydi.

Blogerlar jurnalistikasiga qo'yiladigan yana bir talab - turli rahbarlar va politexnologlarning bevosita yoki bilvosita buyurtmalarini bajarishdan bosh tortishdir. Blogerlik faoliyatini olib boradigan muallif nafaqat savodli, shu bilan birga u ham tashqi, ham ichki erkinlikka ega bo'lishi zarur. Bu esa voqealarga teran nigoh bilan qarashni, ularni mustaqil baholay olishni, turli stereotiplardan holi bo'lishni, ma'mur iy yoki moliyaviy bog'lanib qolmaslikni talab etadi.

Blogerlarning bir qismi odatda muntazam yozadigan doimiy mualliflar bo'lmaydilar. Ayrimlari bir-ikki materialini e'lon qilganidan keyin axborot maydonida ko'rinmay qolishi mumkin. Biroq bu blogerlik faoliyatining inqirozi degani emas. Birinchidan, axborot maydonidan ketgan bir blogerning o'rniga ikkita yangisi kirib keladi. Ikkinchidan, o'z bloglarini doimiy olib boradigan mualliflar ko'p. Lekin asosiysi bu emas. Gap shundaki, ommaviy axborotni tarqatish sifatida blogerlik faoliyati paydo bo'lgani va yashashga huquqi borligiga ancha bo'lganini ko'pchilik tan

4 Aleksandrova I.B. Moblogi i blogi: alternativntiye SMI? // Vestnik Mosk. Un-ta. Ser. 10. Jurnalistika, 2008. - № 4. - S. 70.

olgan. Undan tashqari bu faoliyat ommaviylik bo'yicha dastlabki yillardagi matbuot, radio va televideniyeni ortda qoldirdi.5

Ma'lumki, ommaviy auditoriya mish-mish va shov-shuvlarni yoqtiradi hamda ularga ko'proq qiziqadi. Bu ehtiyoj blogerlarning materiallariga talabni oshiradi. An'anaviy tahririyatda vazifalar (jumladan, mavzular) xodimlar o'rtasida bo'lingan bo'lsa, bloger ko'p hollarda bir o'zi tahririyat vazifasini bajaradi. O'z nuqtai nazarini bayon etishda blogerlarning imkoniyatlari kengroq. Ular bevosita interfaol shaklda ko'prok ishlaydilar, matn bilan birga foto va videoyozuvlarni taqdim etadilar, yangiliklar bloklarini tuzadilar.

Blogerlar ijodida jurnalistikaning turli vazifalarini birlashtirish hodisasi uchrab turadi, ya'ni ular rasmiy materiallarni kamroq sharhlaydilar. Ammo rasmiy OAV esa ulardan iqtiboslar keltirib turadi. Zamonaviy virtual jurnalistika uchun hozirda bu odatiy hol bo'lib qolgan.

Bugungi kunda bir jurnalist ikki maqomda ish olib borishi tabiiy bo'lib qolmoqda, professional xodim va bloger. Chunki ayrim tahririyatlar jurnalistning erkin fikrini o'tkazmaydi, shunda ular shaxsiy pozisiyalarini bloger sifatida bildirishga intiladilar.

Ko'p jamiyatlar hayotida bir noodatiy manzara, ya'ni davlat yoki jamoatchilik vakillarining keng ommadan ayrim axborotni yashirishga urinishlari kuzatiladi. Bunday vaqtlarda blogerlar yangilik haqida bilganlaricha gapirib, yetakchilikni qo'lga oladilar. Bunday holatda xatto professional jurnalist yoki nashrlar, boshqa manba yo'qligi sababli, bloger uzatgan axborotdan foydalanishga majbur bo'ladi.

Bugungi kundagi "blog" tushunchasi inglizcha "web log" - "vebkundalik" birikmasidan kelib chiqqani ko'pchilikka ma'lum bo'lsa kerak. Bu ibora boshida "web log", keyinroq "weblog" holida qo'llanilgan bo'lsa, ko'p o'tmay "blog" holiga kelgan.

Afsuski, bugun jamiyatimizda ko'pchilik bloggerlikni juda tor ma'noda tushunishadi. Ko'pchilik blogger deganda faqat jamiyatdagi kamchiliklarni aytib, tanqid qiluvchi shaxsni, blog deganda esa facebook profili, sahifasi telegram kanalini tushunishadi. Aslida esa blog juda keng ma'noga ega. Blogning quyidagi turlari mavjud:

1. Shaxsiy blog

2. Moda blogi

3. Taomlar retsepti blogi

4. Sayohat blogi

5. Musiqa blogi

6. Hayot tarzi blogi (Lifestyle)

7. Fitness blogi

5 Nozima Muratova, Nargis Qosimova, Gulnoza Alimova, A'zam Dadaxonov, Azizaxon Ilyosxonova, Sitora Xolmatova, Nigina Xakimova: Jurnalistika "Onlayn jurnalistika va mediada yangi trendlar" -T.: O'zbekiston, 2019. 135-b.

8. Layfhak blogi

9. Sport blogi

10. Moliya blogi

11. Siyosiy blog

12. Bola parvarishi haqidagi blog

13. Biznes blog

14. Filmlar blogi

15. Avtomobillar blogi

16. Yangiliklar blogi

17. Uy-hayvonlari blogi

18. Kompyuter o'yinlari blogi va boshqalar

Demak, blog - bu, onlayn-kundalik. Blogger esa uni yuritadigan odam. O'z -o'zidan, bloggerlik degani blog yuritish ekanligi kelib chiqadi.6

Jastin Xoll va Yoren Barger ("weblog" so'zini o'ylab topishgan) o'zlarining onlayn-kundaligini yuritishni boshlaganida, oradan bir necha yil o'tib, blog yuritish shunchaki qiziqish yoki xobbi emas, balki biznes, hatto alohida kasbga aylanishi mumkinligi haqida o'ylab ko'rmagan ham bo'lsa kerak. Buning ustiga bloggerlik juda ajoyib kasb. Balki, dunyodagi eng yaxshi kasbdir.

1. Bloggerlar - kuchli raqobatchilar. Internetda millionlab bloglar mavjud. Birgina WordPress platformasida ishlovchi bloglarning soni 76.5 millionga yaqin (2019-yil holatiga). Bundan tashqari yana Blogger, Tumblr va boshqa yirik blog platformalari ham mavjud. Misol uchun Civil.uz sayti ham WordPress platformasida ishlaydi.

Agar dunyodagi eng mashhur bloglar haqida bilishni xohlasangiz, unda nufuzli Technorati reytingiga murojaat qilishingiz mumkin.

Blogger juda tor sohada ijod qilgan taqdirda ham, unga albatta raqobatchi topiladi. Ularning orasida eng yaxshisi bo'lish uchun tinmay mehnat qilish lozim. Lekin, yaxshi yangilikdan biri shuki, O'zbekiston sharoitida hali yoritilmagan sohalar juda ko'p. Borlari ham talabga javob beradigan darajada emas. Bu esa yangi blogerlar uchun juda yaxshi imkoniyat, negaki ularga raqobatdoshlar deyarli mavjud emas.

2. Bloggerlar - universal odamlardir. Mualliflik blogi - bu, mini-gazeta demakdir. Unda faqatgina bitta xodim ishlaydi xolos. Bloggerning o'zi ham muallif, ham tuzatuvchi, ham muharrir, ham dizayn bilan ishlovchi bo'ladi. Ko'p hollarda, maqolani o'qigan o'quvchi uning ortida qanchalik mehnat yotganini his qila olmaydi, xatto bittagina "layk"ni ham qizg'onadi.

Grammatika, uslubshunoslik, HTML, SEO, dizayn va hatto, psixologiya - yaxshi blogger bu sohalarning har biridan oz-moz bilimga ega bo'lishi lozim.

6 https://civil.uz/bloggerlik-nima-birinchi-dars/

3. Bloggerlar — yuqori kompyuter savodxonligiga ega odamlardir. Agar blog muallifi uchun eng asosiysi — yaxshi yozish, deb o'ylasangiz, adashasiz. To'g'ri, orfografik va tinish belgilari bo'yicha savodxonlik ham kam ahamiyatga ega emas, lekin bundan tashqari blogger texnikani ham yaxshi tushunishi lozim. Agar gap shaxsiy blog haqida ketsa, bloggerning oldiga hech kim kelib, uning blogini tekinga sozlab bermaydi. Shuning uchun ham blogger dasturlash, veb-dizayn, qidiruv tizimlari va ijtimoiy tarmoqlar bilan ishlash sohalarida ham yetarlicha bilimga ega bo'lishi lozim. Bundan tashqari, bloggerga o'z blogini spam yoki fishing-hujumlardan ham himoya qilishni bilishi ham zarar qilmaydi. Bloggerlar - marketing guruhlaridir. Maqola yozildi, blogda e'lon qilindi, bo'ldimi? Aslo unday emas! Blog mo'ljallangan auditoriya uni o'qishi uchun blogger internetmarketing strategiyalarini o'rganadi: qidiruv tizimlari uchun optimallashtirish, ijtimoiy tarmoqlarda targ'ib qilish, matnli reklama... Bularni maktabda yoki universitetda o'qitishmaydi. Dunyoning qaysidir bir burchagida yashovchi hamda kulinariyaga oid blog yurituvchi uy bekasi yuqoridagilarni o'zi o'zlashtirishi lozim.

Bloggerlar - tavakkalchilardir. Blogosferadagi muvaffaqiyat ko'pincha oddiy tavakkalchilikdan boshlanadi. Ammo, yo'l -yo'lakay uni rivojlantirish uchun ko'proq e'tibor qaratish lozim bo'ladi. Bloggerlar o'ziga yoqmaydigan ishni tashlab, o'zi pul topishga kirishadi. Aynan shu lahzadan boshlab blogger tadbirkorga aylanadi. Barcha moliyaviy risklarni o'z bo'yniga oladi. Eng katta muammo shundaki, blogger o'z blogini foydaga chiqara oladimi?

AQSH, Yevropa hamda Osiyoning ba'zi mamlakatlarida blog yuritib, keyinchalik yirik kompaniyaga aylanib ketgan tajribalar juda ko'p. Bilasizmi-yo'qmi, lekin The Huffington Post, Mashable, TechCrunch kabi internet-nashrlar ham boshida oddiygina blog sifatida ish boshlagan. Bugungi kunga kelib esa ular bir necha million dollarlik kompaniyalarga aylanishdi.

6. Bloggerlar - biznesmenlardir. Blogger o'z blogidan foyda olishi uchun u biznesmen bo'lishi darkor. Mijozlarni q idirish, sotuv, reklama - bularning barchasi biznes yuritishning elementlari hisoblanadi. Boshida oddiygina shaxsiy blog sifatida ochilgan bloglar, bugungi kunda yirik biznes loyihalariga ham aylanib ketgan.

7. Bloggerlar — yaxshi boshqaruvchilardir. Ular o'z vaqtini to'g'ri taqsimlay bilishi lozim. Blogger o'z vaqtini to'g'ri rejalashtira olsagina, uning blogi doimiy ravishda yangilanib turadi. Agar blog jamoaviy yoki korporativ bo'lsa, uning rahbari jamoani boshqarib turishi kerak bo'ladi: muallif va

kontent-menejerlarni qidirish va ishga yollash, uydan turib ishlashni tashkillashtirish hamda uni nazorat qilish. Blogger har kuni boshqaruvga oid ko'plab muhim qarorlarni qabul qiladigan odamdir. Yaxshi bloggerlardan yaxshi boshqaruvchilar chiqishiga shubha yo'q.

8. Bloggerlar — ijodkorlardir. Qobiliyatli inson har sohada qobiliyatli bo'ladi. Bu ibora to'lig'icha bloggerlarning xususiyatlariga to'g'ri keladi. Internetda qiziq narsalar haqida yozadiganlar kam. Hatto, faqat matn asosiga qurilgan bloglarda ham foto va video-materiallar bo'lishi tabiiy. Shuning uchun ham, bloggerlar o'z qobiliyatini yozuvchilik, rasm, video va boshqa sohalarda ham sinab ko'radigan ijodkorlar bo'lishadi. 9. Bloggerlar — tadqiqotchilardir. Shunchaki "Internet -foydali" yoki "Internet - foydasiz" deyish yaxshimas. Buni isbotlash kerak. Buning uchun blogger izlanish olib borishi, statistik ma'lumotlarni yig'ishi, so'rov o'tkazishi va h.k. ishlarni amalga oshirishi lozim. Yaxshi blogger o'z pozitsiyasini argumentlar bilan ko'rsatib bera oladi.

10. Bloggerlar — bilim ulashuvchilardir. Biror odamning kundalik hayoti haqidagi onlayn-jurnal hech kimga kerak emas. Odamlar yangi bilimlarni beradigan resurslarni o'qishni xohlaydi. Bunday bloglar O'zbekistonda qo'l bilan sanarli va borlari ham asosan ingliz va rus tillarini o'rganishga qaratilgan.

11. Bloggerlar-jamoat fikrini shakllantiruvchilardir. Blog - muhokama uchun maydondir. U shunday joyki, har kim biror mavzu yuzasidan o'zining pozitsiyasini erkin bildirishi mumkin. Bloglar - odamlarning ongi va kayfiyatiga kuchli ta'sir etkazuvchi vositalardir. Shou-biznes va siyosat vakillari bekorga bloggerga aylanib qolishgani yo'q. 12. Bloggerlar - tartibli odamlardir. O'zini hurmat qiladigan blogger shubhali ma'lumotni yozmaydi, auditoriyani haqorat qilmaydi yoki provokatorlik qilmaydi. U o'zining mas'uliyatini his qila oladi. Shuning uchun ham blogger kompyuter etikasi va umumqabul qilingan ahloq normalariga amal qilishi lozim.

Rus bloggerlari orasida Ilya Varlamov, Artemiy Lebedev kabilar o'z blog postlarida so'kinib yozishi bilan ham nom qozongan. Biroq, bunday narsalar bizning o'zbek mentalitetimizga mos kelmaydi.

Xulosa qiladigan bo'lsak, bloggerlik faqat jamiyatdagi kamchiliklarni topib tanqid qilish emas, balki juda keng qamrovli faoliyat hisoblanadi. Blogger bo'lish uchun sizdan professional yozuvchi bo'lishni talab qilmaydi. Shunchaki ozgina

n

kompyuter savodxonligi va yozadigan sohangizga qiziqish bo'lsa, kifoya.

"Bloggerlikka kimning qiziqishi qanday qilib bilmadim-u, lekin men oxirgi bir yil davomida bu sohaga asosiy ishlarimdan ham vaqt ajratish darajasida qiziqayapman. Saytim orqali fikrlarimni minglab o'zbekistonlik o'qishlari, yozganlar hech qanday cheklovlarsiz butun dunyoga bir zumda tarqalishi meni alohida ilhomlantiradi. Saytim bilan men o'zimni jurnalistdek his etaman. Saytim o'zim uchun mening shaxsiy televideniyam, yoki radio kanalimdek tuyuladi. Uning efirida o'zim xohlagan kuy taraladi, o'zim qiziqqan ma'lumotlar uzatiladi. TV yoki radio efirdan farqli ravishda boshqarilishi bilan saytim orqali muloqotga kirishish va kirish faoliyatining yanada jonli bo'lishini ta'minlash. Blogingiz o'zingizni, qiziqtirishni, hissiyotlaringizni

7 https://civil.uz/bloggerlik-nima-birinchi-dars/ blogidan 17.06.2021 da olindi.

Uzbekistan www.scientificprogress.uz

ifodalashi kerak. Qanaqa mavzusida blog ochilishi ahamiyatsiz - har qanday shaklda ham unga qiziqish bildiruvchilar bo'ladi. Ammo birnchi navbatda blogingizda ishlashni qiziqtirish kerak. Chunki unga har kuni kirib, blog mavzusiga mos maqolalar, yangiliklar qo'shib turadigan kishi Siz bo'lasiz! Shunday ekan, saytni boshqarish uchun ochmang, uni ishlash uchun oching. Sayt mavzusini "Odamlar nimaga qarab qiziqar ekan?" degan savol asosida tanlamang. "Men nimaga qiziqaman?", "Men har kuni qaysi mavzuda zavqlanib, charchmasdan, hissiyot bilan maqolalar yoza olaman?", "Blogimni qaysi mavzuda ochsam uni sevib yuritaman?" degan savollarga ishlash uchun javob toping va bu javobni blogingizning asosiy mavzusiga aylantirmoqda. O'zingiz qiziqqan bitta yoki ikkita sohani tanlab oling-da, blogingizda har kuni shu mavzularga ko'rib chiqilgan, o'rganilayotgan yoki o'rganishni xohlagan ma'lumotlarga asoslanib maqolalar yozing." deya ta'riflaydi bloger Azamat

o

Xodjakov bloggerlikka qiziqqanlar uchun o'z maqolasida..

Rossiyalik jurnalist Lipa Moskvicheva shunday deb yozadi: «Buni afsus yoki qonuniyat deb qabul qilish kerakmi, lekin zamonaviy internet davrida iste'molchilar yangiliklar uchun an'anaviy nashrlardan ko'ra ko'proq blogerlarga murojaat etmoqdalar»9.

Tadqiqot jarayonida blogerlarda bunday texnikaviy, mavzuiy, xronologik, tashkiliy va boshqa afzalliklar talaygina eka nligiga guvoh bo'ldik. Masalan, axborot texnologiyalarini chuqur tushunmaydigan oddiy odam bemalol axborot almashinuvi jarayonida qatnasha oladi. Jurnalistika amaliyotida voqeani ko'rgan odamdan ma'lumotlar olish qadrlanadi. Bu jihatdan blogerlar bilan hec h kim tenglasholmaydi. Balki bu ishni professionallik bilan bajara olmaydilar, lekin ular hodisani ko'rib, u haqdagi xabarni tezkorlik bilan yetkazadigan muxbirlardir.

E'lon qilinayotgan materialni forum ko'rinishida, turli talqinlar asosida muhokama qilish yoki sharhlash ijtimoiy tarmoqlar uchun odatiydir. An'anaviy medialarning xabarlariga ko'ra, blogerlar faoliyatida ma'lumotlarning mukobili tez-tez uchrab turadi, xatto, ularga nisbatan fuqaroviy jurnalistlar ataylab teskari axborot berishi mumkin. Natijada auditoriya uchun solishtirish imkoniyati paydo bo'ladi. Shunday qilib, har bir jamiyat uchun suv va havodek zarur bo'lgan fikrlar xilma-xilligi shakllanadi.

An'anaviy OAVning ayrim tahririyatlari ayni bir paytda o'z bloglariga ega bo'lmoqda, qolaversa, blog hududi ular uchun sinov poligonlari vazifasini o'taydi. Auditoriya qiziqishini uyg'otgan materiallar gazeta va jurnallar, radioeshittirish va teleko'rsatuvlarning asosiy nomerlarida paydo bo'ladi. Agar biron-bir narsa noto'g'ri chiqsa, bloglar norasmiy manbalar bo'lgani sababli ulardagi xatolar uchun javobgarlik pastroq bo'ladi.

8 https://azamat.uz/ozbekistonlik-superblogger-uchun-eng-zarur-4-ta-narsa/ blogidan 17.06.2021 da olindi.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

9 http://iledebeaute.ru/karera/2014/1/13/40340/ saytidan olindi.

Blogerlar uchun ularga ahamiyatli deb tuyulgan boshqa birovlarning materiallarini o'z saytlariga ko'chirib joylashtirish xarakterli tendensiyadir. An'anaviy media bunday usuldan odatda foydalanmaydi.

Blogerlar o'z faoliyatida asosiy e'tiborni jamiyatdagi noroziliklar, aholining tanqidiy fikrlaydigan qatlamlariga qaratadi, jamoaviy aksiyalar va harakatlarni qo'llab - quvvatlaydi. Avvalgi mediasiyosat - axborotni yashirish, voqealarni no'to'g'ri baholash, nashrlarning ikkiyuzlamachiligi va yugurdakligi blogerlar uchun yaxshigina imkoniyatlar yaratdi. Shunday paytda, taassufki, blogerlarning aynan tahrir qilinmagan, filtrlanmagan jurnalistikasi omma diqqatini o'ziga ko'proq to rtadi.

Professional jurnalistlardan farqli o'larok, blogerning doimiy ish haqi yo'q, uning xizmati muharrirga bog'liq emas, u siyosiy platformaga rioya qilishga yoki materialni o'z muddatida topshirishga majbur emas.

Bloglar va bloggerlar yangiliklar olamida haqiqiy inqilob yasadi. Ayniqsa, ushbu format paydo bo'lgan dastlabki yillarda (2004). Bloglar muqobil pozitsiya bildirish, axborot so'rovlari, sharhlarga tez javob qaytarish, xabarlarga shaxsan javob berish orqali an'anaviy ommaviy axborot vositalari bilan ochiqchasiga raqobatlasha boshladi. Bloggerlar, ko'pincha bir nechta tildan xabardor bo'lgan holda yangiliklar nashrlarida materiallarni uzatishning turli usullarini o'zida mujassam etgan o'ziga xos media muhit yaratdilar. Ammo, birinchi navbatda, yakka tartibdagi bunday "ommaviy axborot vositalari" yangiliklarni chuqur tahlil va hissiyotga beriluvchanlik bilan g'ayrioddiy uslubda taqdim etdilar. Ya'ni, foydalanuvchilar yangiliklarni qanday xohlasa, shunday uzatdilar.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:

1. http://www.lex.uz/pages/getpage.aspx?lactjd=2456411 sayti

2. 1 http://uzbekistonovozi.uz/articles/index/php?ELEMENT_ID=31541

3. 1 «Jurnalistik faoliyatni ximoya kilish tugrisida»gi Uzbekiston Respublikasi konuni. Ommaviy axborot vositalari faoliyati soxasidagi me'yoriy-xuquqiy xujjatlar to'plami. -T„ 2009. - B. 57.

4. Aleksandrova I.B. Moblogi i blogi: alternativntiye SMI? // Vestnik Mosk. Un-ta. Ser. 10. Jurnalistika, 2008. - № 4. - S. 70.

5. Nozima Muratova, Nargis Qosimova, Gulnoza Alimova, A'zam Dadaxonov, Azizaxon Ilyosxonova, Sitora Xolmatova, Nigina Xakimova: Jurnalistika "Onlayn jurnalistika va mediada yangi trendlar" -T.: O'zbekiston, 2019. 135-b.

6. https : //civil. uz/bloggerlik-nima-birinchi-dars/

7. https : //civil. uz/bloggerlik-nima-birinchi-dars/ blogidan 17.06.2021 da olindi.

8. https://azamat.uz/ozbekistonlik-superblogger-uchun-eng-zarur-4-ta-narsa/ blogidan 17.06.2021 da olindi.

9. http://iledebeaute.ru/karera/2014/1/13/40340/ saytidan olindi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.